×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

AVIKARNITIN eritma dlya priema vnutr 50ml 100mg/ml N10

Kategoriya:
- Hazm qilish va moddalar almashinuvi tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Левокарнитин
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Avantika Medex Pvt. Ltd, Индия произведено: Mars Remedies Pvt. Ltd
ATX kodi:
- A16AA01
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

XILAK FORTE tomchilar dlya priema vnutr 30ml Меркле ГмбХ Germaniya
115 000 s`om dan
KALSEMIN ADVANS tabletkalari N120 Bayer Consumer Care AG Germaniya
170 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
AVIKARNITIN eritma dlya priema vnutr 50ml 100mg/ml N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

AVIKARNITIN

AVICARNITIN

 

Preparatning savdo nomi: Avikarnitin

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): levokarnitin

Dori shakli: ichga qabul qilish uchun eritma

Tarkibi:

10 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 1000 mg levokarnitin;

yordamchi moddalar: propilenglikol, natriy benzoati, natriy metilparaben, natriy propilparaben, limon kislotasi monogidrati, bronopol, aspartam, banan ta‘mi essensiyasi, tozalangan suv.

Ta‘rifi: sariq rangli, banan ta‘mi essensiyali tiniq eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vosita.

ATX kodi: A16AA01.

Farmakologik ta‘siri

Farmakodinamikasi

Levokarnitin (L-karnitin) – V guruhi vitaminlariga yaqin tabiiy modda hisoblanadi. Sitoplazmadan mitoxondriylarga xujayra membranasi orqali yog‘ kislotalarini tashuvchisi sifatida moddalar almashinuvi jarayonida ishtirok etadi, u yerda bu kislotalar ko‘p miqdorda ATF shaklida metabolik energiya hosil bo‘lishi bilan beta-oksidlanish jarayoniga uchraydi. Organizmda karnitin yetishmovchiligida mushak to‘qimalarida (skelet mushaklari, miokardda) lipidlarni to‘planishi yuz beradi, bu ularning qisqaruvchanlik faolligini izdan chiqaradi. Oqsil va yog‘ almashinuvini, tiroksinning qisman antagonisti bo‘lib, gipertireozda yuqori asosiy almashinuvni normallashtiradi, qonda ishqoriy zahirasini tiklaydi, ketokislota hosil bo‘lishini va anaerob glikolizni susaytiradi, laktoasidoz darajasini kamaytiradi, shuningdek jismoniy faollikni oshiradi va jismoniy yuklamalarni o‘zlashtirishni oshiradi, bunda glyukogenni kamroq sarflanishini va jigarda va mushaklarda uning zahirasini oshishiga olib keladi. Levokarnitin anabolik ta‘sir ko‘rsatadi, me‘da shirasi sekresiyasini rag‘batlantiradi, oqsillar va uglevod molekulalarini parchalanishini sekinlashtiradi. Ortiqcha tana vaznini kamaytiradi va mushaklarda yog‘ miqdorini kamaytiradi. Neyrotrofik ta‘sir ko‘rsatadi, apoptoz rivojlanishini tormozlaydi, shikastlanish sohasini chegaralaydi va nerv to‘qimasining strukturasini tiklaydi.

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilinganda me‘da-ichak yo‘llaridan yaxshi (80%) so‘riladi. Smax ga 3 soatdan keyin erishiladi. Terapevtik konsentrasiyasi 9 soat davomida saqlanadi. Qon plazmasidan jigarga, miokardga, skelet mushaklariga kiradi. Buyraklar orqali, asosan asil efirlari ko‘rinishida chiqariladi.

Qo‘llanilishi

  • uzoq vaqt gemodializ olayotgan va quyidagi simptomlari – doimiy yaqqol mushak spazmlari, miopatiya, mushak massasini kamayishi, skelet mushaklarini kuchsizligi, gipotenziya simptomlari, anemiya, uni buyraklarda reabsorbsiyasini buzilishi (SBE) bo‘lgan pasientlarda kartinni ikkilamchi yetishmovchiligi – tug‘ma (organik asiduriya), orttirilgan alimenter karnitin tanqisligi (malabsorbsiya, ichak kasalliklari);
  • ishemik kardiomiopatiyada miokardda metabolizmni buzilishlari (miokardda energiya manbai sifatida yog‘ kislotalarini utilizasiyasi juda jadal amalga oshadi, shuning uchun u L-karnitinga juda muhtoj, uni qo‘llagandan keyin qisqarishlar kuchini oshishi, mushaklar keyingi degenerasiyasini oldini olish, EKG normallashishi kuzatiladi);
  • stenokardiya, o‘tkir miokard infarkti, kardiogen shok oqibatidagi yaqqol gipoperfuziya holati;
  • markaziy va periferik nerv tizimini shikastlanishi, respirator distress-sindromi, psixomotor rivojlanishni buzilishlari, tirishishlar, ataksiya, piramid buzilishlar, ko‘zlarni harakatlantiruvchi nervlar tomonidan buzilishlar (tashqi oftalmoplegiya, ptoz va boshqalar);
  • jigarni shikastlanishi (avj olib boruvchi gepatomegaliya, jigar fibrozi, jigar yetishmovchiligi ko‘rinishlari), buyraklarni shikastlanishi (Fankoni triadasi, fosfaturiya, glyukozuriya, aminoasioduriya), endokrin buzilishlar (o‘sishni kechikishi, gipoglikemiya), eshitishni buzilishi (neyrosensor karlik), ko‘rishni buzilishlari (ko‘ruv nervlari atrofiyasi, ko‘z to‘r pardasining pigmentli degenerasiyasi, katarakta), me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar bilan kechuvchi polinevropatiya;
  • ishtahani pasayishi, tana vaznini kamayishi, kattalarda va bolalarda ozish bilan kechuvchi kasalliklar va holatlar;
  • nerv anoreksiyasi (nevrogen anoreksiya) va ruhiy kasalliklardagi jismoniy ozish, dissirkulyator va jarohat ensefalopatiyasi;
  • tashqi sekretor yetishmovchilik bilan yetishmovchilik bilan kechuvchi surunkali pankreatit;
  • sekretor funksiyasi yetishmovchilik bilan kechuvchi surunkali gastrit;
  • tug‘ruqdagi jarohat va yangi tug‘ilgan chaqaloqlar asfiksiyasi;
  • oziqlanish reflekslari susaygan (sust emish), gipotrofiya, gipotoniya va adinamiyasi bo‘lgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlar, chala tug‘ilgan va muddatida tug‘ilgan chaqaloqlar; yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda respirator distress-sindromi, to‘liq parenteral oziqlantirishda bo‘lgan chala tug‘ilgan chaqaloqlarni parvarish qilish;
  • yangi tug‘ilan chaqaloqlar sariqligi;
  • og‘ir kasalliklar va jarroxlik aralashuvlaridan keyingi rekonvalessensiya davrida;
  • bolalarda va 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda o‘sishni kechishi va tana vazni tanqisligi, bolalarda va 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda tireotoksikozning yengil shakllari;
  • teri kasalliklari (psoriaz, seboreyali ekzema, o‘choqli sklerodermiya va diskoid qizil yugurik) da majmuaviy davolash tarkibida;
  • davomli jadal sport mashqlari yoki boshqa yuqori yuklamalar (anabolik va adeptogen sifatida), ish qobiliyati, chidamlilikni oshirish va toliqishni kamaytirish uchun;
  • ekzogen-konstitusional semizlikda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga qabul qilish uchun eritma.

Ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar qabul qilinadi: sutkalik dozasi pasientning yoshi va tana vazniga bog‘liq – 0 oylikdan 6 oylikkacha 50 mg/kg, 6 oylikdan 1 yoshgacha – 100 mg/kg (1 ml eritma), 1 yoshdan 5 yoshgacha – sutkada 1000 mg tavsiya etiladi. 5 yoshdan oshgan bolalarga sutkada 2000 mg. Kattalarga patologiyaning og‘irlik darajasi va shifokor tavsiyasiga ko‘ra 2 g dan 4 g gacha buyuriladi.

Stenokardiya va infarktdan keyingi holat: shifokor tavsiyasiga ko‘ra kuniga 2 g dan 6 g gacha (20 ml dan 60 ml gacha preparat).

Avikarnitin preparatini 50 ml qaynatilgan, sovutilgan suv, choy, kisel, kompot, sharbat bilan suyultirish, shuningdek shirin taomlarga qo‘shimcha sifatida qabul qilish mumkin. Davolash kursi – 1 oy.

Nerv anoreksiyasi sindromida kattalarga 2 g dan sutkada 2 marta buyuriladi. Qo‘llash davomiyligi: 1-2 oy.

Sekretor funksiyasini pasayishi bilan kechuvchi surunkali gastriti va tashqi sekretor yetishmovchiligi bilan kechuvchi surunkali pankreatiti bo‘lgan pasientlarda ishtahani rag‘batlantirish va tana vaznini oshirish uchun Avikarnitin preparati 500 mg sutkalik dozada sutkada 2 marta buyuriladi. Davolash davomiyligi: 1-1,5 oy.

Teri kasalliklarini davolaganda bir martalik doza sutkada 2 marta 1 g ni tashkil qiladi. Davolash davomiyligi: 2-4 hafta.

Davomli jismoniy yuklamalarda sutkada 2-3 marta 1-2 g dan nonushta va tushlikdan 30 minut oldin buyuriladi.

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga emizishdan 30 minut oldin bir martalik dozada (4-10 tomchi) sutkada 2 marta buyuriladi, sutkalik doza – 50-100 mg/kg. Tug‘ruq jarohati va asfiksiyasi bo‘lgan bolalarda hayotining birinchi kunidan yoki 5 kunidan va keyinchalik 2-6 hafta davomida buyuriladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Epigastral sohada og‘riq hissi, dispeptik ko‘rinishlar, mushak kuchsizligi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Glyukokortikosteroidlar preparatni to‘qimalarda to‘planishiga olib keladi.

Preparatni qabul qilishdan oldin, pasient boshqa preparatlarni qabul qilayotganligi haqida shifokorni ogohlantirish kerak.

Maxsus ko‘rsatmalar

Avikarnitin ko‘nikishni chaqirmaydi, chunki odam organizmi uchun tabiiy eritma hisoblanadi. Glyukozani o‘zlashtirilishi oshganida, Avikarnitin preparatini insulin yoki gipoglikemik peroral preparatlarni qabul qilayotgan qandli diabeti bo‘lgan pasientlarga yuborish gipoglikemiya chaqirishi mumkin. Shuning uchun gipoglikemik davolashni darhol boshqarish uchun bunday pasientlarda qonda glyukozaning darajasini doimiy nazorat qilish kerak.

Buyrak funksiyasini yaqqol buzilishlari bo‘lgan pasientlarda Avikarnitin preparatining yuqori dozalarini uzoq vaqt peroral qilish potensial toksik metabolitlar, trimetilamin (TMA) va trimetilamin-M-oksid (TMAO) konsentrasiyalarini oshishini chaqirishi mumkin, chunki ushbu metabolitlar odatda siydik bilan chiqariladi. Bunday hollarda siydik, nafas va ter ajralmalari yoqimsiz hidga ega bo‘ladi.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homiladorlik va laktasiya davrida Metakartin preparatini ona uchun davolashdan kutilgan foyda homila yoki go‘dak uchun potensial havfdan ustun bo‘lgan holdagina qo‘llash mumkin.

Pediatriyada qo‘llanishi

Preparat pediatriya amaliyotida qo‘llanadi.

Transport vositalari yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Preparat transport vositalari yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborganda toksiklik haqidagi ma‘lumotlar yo‘q. Levokarnitinning yuqori dozalari diareya chaqiradi. Qabul qilishning birinchi xaftasi davomida va qabul qilinayotgan dozani har bir oshirgandan keyin preparatni o‘zlashtiraolinishi nazorat qilinadi. Dozani oshirib yuborilishini davolash simptomatik.

Chiqarilish shakli

Ichga qabul qilish uchun eritma 10 ml, 50 ml yoki 100 ml dan flakonda.

10 ml dan 10 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

50 ml yoki 100 ml dan 1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

Saqlash sharoiti

Quruq joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

AVIKARNITIN eritma dlya priema vnutr 50ml 100mg/ml N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
AVIKARNITIN eritma dlya priema vnutr 50ml 100mg/ml N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
AVIKARNITIN eritma dlya priema vnutr 50ml 100mg/ml N10 dori vositasi Avantika Medex Pvt. Ltd, Индия произведено: Mars Remedies Pvt. Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
AVIKARNITIN eritma dlya priema vnutr 50ml 100mg/ml N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
AVIKARNITIN eritma dlya priema vnutr 50ml 100mg/ml N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
KAROVEL eritmasi 5 ml 1 g / 5 ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine İlaç San. ve Tic. A.Ş., Турция произведено: İdol İlaç Dolum San. ve Tic. A.Ş.
  • Vakil: Rotapharm
Narh: 85 000 so'mdan Batafsil
VIVOKARNIT tabletkalari 500 mg N20
ELVOKARIN eritma 5ml N5
LEKORN ENERDJI eritma 5ml 20% N5
LEKORN ENERDJI eritma 5ml 20% N10
LEKORN ENERDJI eritma 5ml 10% N5
ALMIBA sirop 120ml 400mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ispaniya
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Grand Medical Group AG, Швейцария произведено: Miquel Y Garriga S.L.
  • Vakil: Grand Medical Group AG
Narh: 125 000 so'mdan Batafsil
LEKORN inyeksiya uchun eritma 5ml 10% N5
LEKORN inyeksiya uchun eritma 5ml 20% N5
LEKORN inyeksiya uchun eritma 5ml 20% N10
LEKORN ENERDJI eritma 5ml 10% N10
ZEVRITIN inyeksiya uchun eritma 1000mg/5ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: СП ООО "Remedy Group"
  • Vakil: Izida Pharma
Narh: 90 000 so'mdan Batafsil
ZEVRITIN NEO eritma dlya priema vnutr 50ml 1000mg/10ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: СП ООО "Remedy Group"
  • Vakil: Izida Pharma
Narh: 107 000 so'mdan Batafsil
LEKORN inyeksiya uchun eritma 5ml 10% N10
KARTAN inyeksiya uchun eritma 5 ml 1 g/1 ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gretsiya
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Demo S.A Pharmaceutical Industry
  • Vakil: WELFAR VST
Narh: 101 800 so'mdan Batafsil
KARTAN eritma dlya priema vnutr 10ml 1g/10ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gretsiya
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Demo S.A Pharmaceutical Industry
  • Vakil: WELFAR VST
Narh: 115 900 so'mdan Batafsil
AVIKARNITIN eritma dlya priema vnutr 100ml 100mg/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avantika Medex Pvt. Ltd, Индия произведено: Mars Remedies Pvt. Ltd
AVIKARNITIN eritma dlya priema vnutr 10ml 100mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avantika Medex Pvt. Ltd, Индия произведено: Mars Remedies Pvt. Ltd
L VIAVA inyeksiya uchun eritma 1g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr.Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: Mefar Ilac Sanayii A.S.
  • Vakil: Dr.Sertus
ELKAR inyeksiya uchun eritma 5ml 100mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Пик-Фарма, ООО произведено Эллара,ООО
Narh: 50 400 so'mdan Batafsil
IZIKAR eritma dlya priema vnutr 50ml 1000mg/10ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi:
ALMIBA inyeksiya uchun eritma 5 ml 1 g/5 ml N5
Narh: 70 000 so'mdan Batafsil
AVIKARNITIN inyeksiya uchun eritma 5ml 200mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Makcur Laboratories Ltd., Индия для Avantika Medex Pvt. Ltd., Индия
  • Vakil: MChJ Konark Pharm MChJ
Narh: 91 700 so'mdan Batafsil
METAKARTIN eritma 5ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Buyuk Britaniya
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ltd
  • Vakil:
Narh: 80 000 so'mdan Batafsil
LEVOKAR eritma 50ml 1000mg/10ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
Narh: 61 000 so'mdan Batafsil
KARNILEV eritma dlya priema vnutr 1g N10
Narh: 146 800 so'mdan Batafsil
KARNILEV inyeksiya uchun eritma 1g N5
Narh: 116 500 so'mdan Batafsil
L VIAVA eritma dlya priema vnutr 1g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr.Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: Abdi Ibrahim Ilac San. Ve Tic. A.S.
L VIAVA inyeksiya uchun eritma 1g N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr.Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: Mefar Ilac Sanayii A.S.
  • Vakil: Dr.Sertus
Narh: 81 000 so'mdan Batafsil
ELKARNIT eritma 10 ml 1 g/10 ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: MEDIOFARM, ООО
Ishlab chiqaruvchining dorilari
AVIKARNITIN eritma dlya priema vnutr 100ml 100mg/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avantika Medex Pvt. Ltd, Индия произведено: Mars Remedies Pvt. Ltd
AVIKARNITIN eritma dlya priema vnutr 10ml 100mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avantika Medex Pvt. Ltd, Индия произведено: Mars Remedies Pvt. Ltd
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9