×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

NAZIVIN burun uchun tomchilar 10ml 0,05%

Kategoriya:
- Nazal vositalar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Portugaliya
Faol modda:
Оксиметазолин
Ishlab chiqaruvchi:
- Софаримекс-Индустрия Кимика э Фармасуэтика С.А.
ATX kodi:
- R01AA05
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 13 ta dorixonasida topildi

ico 25 700 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

OTRIVIN sprey 10ml 0,1% ГСК Консьюмер Хелскер С.А. Shveytsariya
27 600 s`om dan
FARMAZOLIN tomchilar 10ml 0,05% Фармак, ПАО Ukraina
8 800 s`om dan
AVAMIS sprey 27,5mkg GlaxoSmithKline Export Limited, Великобритания произведено: Glaxo Operations UK Limited Buyuk Britaniya
88 000 s`om dan
KSIMELIN EKO sprey 10ml 35MKG Такеда ГмбХ Germaniya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
NAZIVIN burun uchun tomchilar 10ml 0,05% qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

NAZIVIN®

NASIVIN

Preparatning savdo nomi: Nazivin®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): oksimetazolin

Chiqarilish shakli: nazal tomchilar

Tarkibi:

1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda:

0,01% li Nazivin – 0,1 mg oksimetazolin gidroxloridi

0,025% li Nazivin – 0,25 mg oksimetazolin gidroxloridi

0,05% li Nazivin – 0,5 mg oksimetazolin gidroxloridi

Yordamchi moddalar:

Limon kislotasi monogidrati ……………………0,6093 mg

Natriy sitrati digidrati ………………………….3,823 mg

Gliserol (85%)…………………………………………..24,348 mg

Benzalkoniy xloridi (50% li eritma) …………0,100 mg

Tozalangan suv …………………………………………979,020 mg (0,01% li uchun); 978,870 mg (0,025% li uchun); 978,600 mg (0,05% li uchun)

Ta‘rifi: deyarli tiniq, rangsizdan biroz sarg‘ish rangligacha bo‘lgan eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: alfa2–adrenomimetik vosita.

ATX kodi: R01AA05.

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Nazivin® (oksimetazolin) preparati tomirlarni toraytiruvchi ta‘sirga ega. Yallig‘langan burun shilliq qavatiga mahalliy qo‘llanganida, uning shishi va burundan ajralmalarni kamaytiradi.

Burun orqali nafasni tiklaydi.

Burun shilliq qavatini shishini bartaraf qilinishi, burunning yondosh bo‘shliqlarining, o‘rta quloq bo‘shlig‘ining aerasiyasini tiklanishga yordam beradi, bu bakterial asoratlarni (gaymoritni, sinusitni, o‘rta otitni) rivojlanishini oldini oladi.

Preparat tez ta‘sir qila boshlaydi (bir necha minut davomida).

Preparatning ta‘sir davomiyligi 12 soatgacha.

Farmakokinetikasi

Mahalliy intranazal qo‘llanganida oksimetazalin tizimli ta‘sirga ega emas. Yarim chiqarilish davri intranazal yuborilganida 35 soat tashkil qiladi. 2,1% oksimetazolin siydik bilan va taxminan 1,1% ahlat bilan chiqariladi.

 

Qo‘llanilishi

  • tumov bilan kechuvchi o‘tkir respirator kasalliklarni davolash;
  • allergik rinit;
  • vazomotor rinit;
  • burunning yondosh bo‘shliqlarini yallig‘lanishida, yevstaxiitda, o‘rta otitda drenajni tiklanishi uchun;
  • burun yo‘llarida o‘tkaziladigan diagnostik muolajalardan oldin shishni bartaraf qilish uchun qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

0,01%, 0,025% va 0,05% li Nazivin® tomchilari burunga qo‘llash uchun mo‘ljallangan.

Kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalar: 0,05% li Nazivin® tomchilari 1-2 tomchidan har bir burun yo‘liga kuniga 2-3 marta qo‘llanadi.

1 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 0,025% li Nazivin® tomchilari 1-2 tomchidan har bir burun yo‘liga kuniga 2-3 marta qo‘llanadi.

1 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 4 haftalikkacha bo‘lgan bolalarga 0,01% li Nazivin® 1 tomchidan har bir burun yo‘liga kuniga 2-3 marta buyuriladi. 5 haftalikdan boshlab 1 yoshgacha – 1-2 tomchidan har bir burun yo‘liga kuniga 2-3 marta buyuriladi.

Aniq dozalashni ta‘minlash uchun 0,01% li Nazivin® tomchilari bo‘lgan flakon, tomchilarning miqdorini belgilari bo‘lgan darajalangan pipetkaga ega. Masalan, agar 1 tomchi buyurilgan bo‘lsa, pipetkani eritma bilan 1 belgisigacha to‘ldirish lozim.

Shuningdek quyidagi muolajaning ham samaradorligi isbotlangan: yoshiga qarab 0,01% li eritmaning 1-2 tomchisini paxtaga tomiziladi va burun yo‘llariga surtiladi.

0,01%, 0,025% va 0,05% li Nazivin® tomchilarini 3-5 kun davomida qo‘llash kerak. Tavsiya qilinganidan yuqori dozalarni faqat shifokor kuzatuvi ostida qo‘llash mumkin.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ba‘zida: burun shilliq qavatini achishishi yoki quruqligi, aksirish.

Kam hollarda: Nazivin® ning samarasi o‘tganidan so‘ng, burunni kuchli “bitishi” hissi bo‘ladi (reaktiv giperemiya). Mahalliy nazal qo‘llanganida, ko‘p marta dozani oshirib yuborilishi ba‘zan pulsni tezlashishi (taxikardiya) va arterial bosimni oshishi kabi tizimli simpatomimetik samaralarga olib keladi. Juda kam hollarda bezovtalik, uyqusizlik, toliqish, bosh og‘rig‘i va ko‘ngil aynishi kuzatilgan.

Uzoq davomiylik tinimsiz tomirlarni toraytiruvchi preparatlarni qo‘llanilishi taxifilaksiyaga, burun bo‘shlig‘ini shilliq pardasini atrofiyasiga va burun bo‘shlig‘ini shilliq pardasini qayta shishiga (dori riniti) olib kelishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Atrofik rinit, yopiq burchakli glaukoma; preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik.

Turli yosh toifalari uchun mo‘ljallangan preparatning tavsiya qilingan konsentrasiyalariga rioya qilish kerak (“Qo‘llash usuli va dozalari”ga qarang).

Ehtiyotkorlik bilan

Monoaminooksidaza ingibitorlarini va arterial bosimni oshishiga yordam beruvchi boshqa preparatlarni qabul qilayotgan pasientlarda ularni qabul qilgandan keyin 10 kun o‘tgandan keyingi davrda; ko‘z ichki bosimi oshganida, homiladorlik va laktasiya davrida, yurak-qon tomir kasalliklarining og‘ir shakllarida (gipertoniya, stenokardiya); tireotoksikozda va qandli diabetda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

MAO ingibitorlari va trisiklik antidepressantlar bir vaqtda buyurilganida – arterial bosimni oshishi.

Tomirlarni toraytiruvchi boshqa dori vositalarni birga buyurilishi nojo‘ya samaralarini rivojlanish xavfini oshiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatni uzoq muddat ishlatishga va dozasini oshirib yuborishga, ayniqsa bolalarda yo‘l qo‘ymaslik kerak.

Homiladorlik va laktasiya

Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanganida tavsiya etilgan dozani oshirish mumkin emas. Preparat faqat, ona va homila uchun xavf va foyda nisbati sinchkov baholanganidan keyin qo‘llanishi lozim.

Transport vositalari va qurilmalarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Uzoq muddat qo‘llanganidan keyin yoki tavsiya qilinganidan ortiqroq dozalarda oksimetazolin saqlovchi tumovga qarshi vositalarni qabul qilgandan keyin, yurak-tomir tizimiga va markaziy nerv tizimiga umumiy ta‘sirini inkor etish mumkin emas.

Bunday hollarda transport vositalari va qurilmalarni boshqarish qobiliyati pasayishi mumkin.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani sezilarli oshirib yuborilishida yoki tasodifan ichga qabul qilinganida quyidagi simptomlar paydo bo‘lishi mumkin: qorachiqni torayishi, ko‘ngil aynishi, qusish, sianoz, tana haroratini oshishi, taxikardiya, aritmiya, kollaps, yurak faoliyatini susayishi, arterial gipertenziya, o‘pka shishi, nafas buzilishlari. Bundan tashqari, ruxiy buzilishlar, shuningdek uyquchanlik, tana haroratini pasayishi, bradikardiya, arterial gipotenziya, nafasni to‘xtab qolishi va komani rivojlanishi mumkin bo‘lgan markaziy nerv tizimining faoliyatini susayishi paydo bo‘lishi mumkin.

Preparatni ichga qabul qilish bilan bog‘liq dozani oshirib yuborilishida, me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilish buyuriladi.

Chiqarilish shakli

0,01%; 0,025% va 0,05% li nazal tomchilar

0,01% li Nazivin® uchun: 5 ml dan pipetka-qopqoqchali to‘q shisha flakonlarda. 1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

0,025% va 0,05% li Nazivin® uchun: 10 ml dan pipetka-qopqoqchali to‘q shisha flakonlarda. 1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

 

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

NAZIVIN burun uchun tomchilar 10ml 0,05% dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
NAZIVIN burun uchun tomchilar 10ml 0,05% dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
NAZIVIN burun uchun tomchilar 10ml 0,05% dori vositasi Софаримекс-Индустрия Кимика э Фармасуэтика С.А. tomonidan Portugaliya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
NAZIVIN burun uchun tomchilar 10ml 0,05% dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
NAZIVIN burun uchun tomchilar 10ml 0,05% dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
NAZIVIN sprey 22,5mkg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Оксиметазолин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Merck KGaA
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
RINAZOLIN tomchilar 10ml 0,1mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Оксиметазолин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 17 500 so'mdan Batafsil
RINAZOLIN tomchilar 10ml 0,5mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Оксиметазолин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 17 000 so'mdan Batafsil
RINAZOLIN tomchilar 10ml 0,25mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Оксиметазолин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 19 500 so'mdan Batafsil
NAZIVIN burun uchun tomchilar 0.01%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Portugaliya
  • Faol modda: Оксиметазолин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Merck Selbstmedikation GmbH, Германия произведено: Sofarimex-Industria Quimica e Farmaceutica, S.A.
Narh: 41 900 so'mdan Batafsil
NAZIVIN burun uchun tomchilar 0.025%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Portugaliya
  • Faol modda: Оксиметазолин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Merck Selbstmedikation GmbH, Германия произведено: Sofarimex-Industria Quimica e Farmaceutica, S.A.
Narh: 31 300 so'mdan Batafsil
NAZIVIN burun uchun tomchilar 0.05%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Portugaliya
  • Faol modda: Оксиметазолин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Merck Selbstmedikation GmbH, Германия произведено: Sofarimex-Industria Quimica e Farmaceutica, S.A.
Narh: 25 700 so'mdan Batafsil
RINOKTA OKSI sprey 10ml 0,25mg/1ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Оксиметазолин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Виокта,ООО произведено Фармтехнология,ООО
RINT sprey
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Оксиметазолин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 42 200 so'mdan Batafsil
RINT sprey so vkusom mentola
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Оксиметазолин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
RIZOSIN KIDS burun uchun tomchilar 10ml 0,025% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Оксиметазолин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nika Pharm, ДХО
RINAZOLIN sprey 15ml 0,5mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Оксиметазолин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 20 000 so'mdan Batafsil
NAZIVIN sprey 10ml 0,05%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Оксиметазолин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Merck KGaA
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
OKSIFRIN sprey 15 ml 11,25MKG
Narh: 42 000 so'mdan Batafsil
OKSIFRIN sprey 15 ml 22,5MKG
Narh: 42 000 so'mdan Batafsil
NESOPIN sprey 10ml 0,05%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Оксиметазолин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез АКОМПиИ,ОАО ("Синтез" ОАО)
NESOPIN sprey 20ml 0,05%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Оксиметазолин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез АКОМПиИ,ОАО ("Синтез" ОАО)
Другие формы препарата
NAZIVIN sprey 22,5mkg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Оксиметазолин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Merck KGaA
NAZIVIN sprey 10ml 0,05%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Оксиметазолин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Merck KGaA
NAZIVIN SENSITIV sprey nazalniy 10ml 11,25mkg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ispaniya / Avstriya
  • Faol modda: Оксиметазолин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фамар Хелс Кеа Сервисез Мадрид С.А.У./Мерк КГаА и Ко. Верк Шпитталь
NAZIVIN sprey nazalniy 10ml 22,5MKG
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Оксиметазолин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Мерк КГаА
NAZIVIN SENSITIV sprey nazalniy 10ml 22,5mkg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ispaniya / Avstriya
  • Faol modda: Оксиметазолин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фамар Хелс Кеа Сервисез Мадрид С.А.У./Мерк КГаА и Ко. Верк Шпитталь
NAZIVIN/NASIVIN sprey 22,5mkg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Portugaliya
  • Ishlab chiqaruvchi: Merck Selbstmedikation GmbH, Германия произведено: Sofarimex-Industria Quimica e Farmaceutica, S.A
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9