60 000 s`om dan
Dorixonalardan izlashQO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
NAZIVIN®
NASIVIN
Preparatning savdo nomi: Nazivin®
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): oksimetazolin
Chiqarilish shakli: nazal tomchilar
Tarkibi:
1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi:
Faol modda:
0,01% li Nazivin – 0,1 mg oksimetazolin gidroxloridi
0,025% li Nazivin – 0,25 mg oksimetazolin gidroxloridi
0,05% li Nazivin – 0,5 mg oksimetazolin gidroxloridi
Yordamchi moddalar:
Limon kislotasi monogidrati ……………………0,6093 mg
Natriy sitrati digidrati ………………………….3,823 mg
Gliserol (85%)…………………………………………..24,348 mg
Benzalkoniy xloridi (50% li eritma) …………0,100 mg
Tozalangan suv …………………………………………979,020 mg (0,01% li uchun); 978,870 mg (0,025% li uchun); 978,600 mg (0,05% li uchun)
Ta‘rifi: deyarli tiniq, rangsizdan biroz sarg‘ish rangligacha bo‘lgan eritma.
Farmakoterapevtik guruhi: alfa2–adrenomimetik vosita.
ATX kodi: R01AA05.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Nazivin® (oksimetazolin) preparati tomirlarni toraytiruvchi ta‘sirga ega. Yallig‘langan burun shilliq qavatiga mahalliy qo‘llanganida, uning shishi va burundan ajralmalarni kamaytiradi.
Burun orqali nafasni tiklaydi.
Burun shilliq qavatini shishini bartaraf qilinishi, burunning yondosh bo‘shliqlarining, o‘rta quloq bo‘shlig‘ining aerasiyasini tiklanishga yordam beradi, bu bakterial asoratlarni (gaymoritni, sinusitni, o‘rta otitni) rivojlanishini oldini oladi.
Preparat tez ta‘sir qila boshlaydi (bir necha minut davomida).
Preparatning ta‘sir davomiyligi 12 soatgacha.
Farmakokinetikasi
Mahalliy intranazal qo‘llanganida oksimetazalin tizimli ta‘sirga ega emas. Yarim chiqarilish davri intranazal yuborilganida 35 soat tashkil qiladi. 2,1% oksimetazolin siydik bilan va taxminan 1,1% ahlat bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
0,01%, 0,025% va 0,05% li Nazivin® tomchilari burunga qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalar: 0,05% li Nazivin® tomchilari 1-2 tomchidan har bir burun yo‘liga kuniga 2-3 marta qo‘llanadi.
1 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 0,025% li Nazivin® tomchilari 1-2 tomchidan har bir burun yo‘liga kuniga 2-3 marta qo‘llanadi.
1 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 4 haftalikkacha bo‘lgan bolalarga 0,01% li Nazivin® 1 tomchidan har bir burun yo‘liga kuniga 2-3 marta buyuriladi. 5 haftalikdan boshlab 1 yoshgacha – 1-2 tomchidan har bir burun yo‘liga kuniga 2-3 marta buyuriladi.
Aniq dozalashni ta‘minlash uchun 0,01% li Nazivin® tomchilari bo‘lgan flakon, tomchilarning miqdorini belgilari bo‘lgan darajalangan pipetkaga ega. Masalan, agar 1 tomchi buyurilgan bo‘lsa, pipetkani eritma bilan 1 belgisigacha to‘ldirish lozim.
Shuningdek quyidagi muolajaning ham samaradorligi isbotlangan: yoshiga qarab 0,01% li eritmaning 1-2 tomchisini paxtaga tomiziladi va burun yo‘llariga surtiladi.
0,01%, 0,025% va 0,05% li Nazivin® tomchilarini 3-5 kun davomida qo‘llash kerak. Tavsiya qilinganidan yuqori dozalarni faqat shifokor kuzatuvi ostida qo‘llash mumkin.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Ba‘zida: burun shilliq qavatini achishishi yoki quruqligi, aksirish.
Kam hollarda: Nazivin® ning samarasi o‘tganidan so‘ng, burunni kuchli “bitishi” hissi bo‘ladi (reaktiv giperemiya). Mahalliy nazal qo‘llanganida, ko‘p marta dozani oshirib yuborilishi ba‘zan pulsni tezlashishi (taxikardiya) va arterial bosimni oshishi kabi tizimli simpatomimetik samaralarga olib keladi. Juda kam hollarda bezovtalik, uyqusizlik, toliqish, bosh og‘rig‘i va ko‘ngil aynishi kuzatilgan.
Uzoq davomiylik tinimsiz tomirlarni toraytiruvchi preparatlarni qo‘llanilishi taxifilaksiyaga, burun bo‘shlig‘ini shilliq pardasini atrofiyasiga va burun bo‘shlig‘ini shilliq pardasini qayta shishiga (dori riniti) olib kelishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Atrofik rinit, yopiq burchakli glaukoma; preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik.
Turli yosh toifalari uchun mo‘ljallangan preparatning tavsiya qilingan konsentrasiyalariga rioya qilish kerak (“Qo‘llash usuli va dozalari”ga qarang).
Ehtiyotkorlik bilan
Monoaminooksidaza ingibitorlarini va arterial bosimni oshishiga yordam beruvchi boshqa preparatlarni qabul qilayotgan pasientlarda ularni qabul qilgandan keyin 10 kun o‘tgandan keyingi davrda; ko‘z ichki bosimi oshganida, homiladorlik va laktasiya davrida, yurak-qon tomir kasalliklarining og‘ir shakllarida (gipertoniya, stenokardiya); tireotoksikozda va qandli diabetda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
MAO ingibitorlari va trisiklik antidepressantlar bir vaqtda buyurilganida – arterial bosimni oshishi.
Tomirlarni toraytiruvchi boshqa dori vositalarni birga buyurilishi nojo‘ya samaralarini rivojlanish xavfini oshiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni uzoq muddat ishlatishga va dozasini oshirib yuborishga, ayniqsa bolalarda yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Homiladorlik va laktasiya
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanganida tavsiya etilgan dozani oshirish mumkin emas. Preparat faqat, ona va homila uchun xavf va foyda nisbati sinchkov baholanganidan keyin qo‘llanishi lozim.
Transport vositalari va qurilmalarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Uzoq muddat qo‘llanganidan keyin yoki tavsiya qilinganidan ortiqroq dozalarda oksimetazolin saqlovchi tumovga qarshi vositalarni qabul qilgandan keyin, yurak-tomir tizimiga va markaziy nerv tizimiga umumiy ta‘sirini inkor etish mumkin emas.
Bunday hollarda transport vositalari va qurilmalarni boshqarish qobiliyati pasayishi mumkin.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani sezilarli oshirib yuborilishida yoki tasodifan ichga qabul qilinganida quyidagi simptomlar paydo bo‘lishi mumkin: qorachiqni torayishi, ko‘ngil aynishi, qusish, sianoz, tana haroratini oshishi, taxikardiya, aritmiya, kollaps, yurak faoliyatini susayishi, arterial gipertenziya, o‘pka shishi, nafas buzilishlari. Bundan tashqari, ruxiy buzilishlar, shuningdek uyquchanlik, tana haroratini pasayishi, bradikardiya, arterial gipotenziya, nafasni to‘xtab qolishi va komani rivojlanishi mumkin bo‘lgan markaziy nerv tizimining faoliyatini susayishi paydo bo‘lishi mumkin.
Preparatni ichga qabul qilish bilan bog‘liq dozani oshirib yuborilishida, me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilish buyuriladi.
Chiqarilish shakli
0,01%; 0,025% va 0,05% li nazal tomchilar
0,01% li Nazivin® uchun: 5 ml dan pipetka-qopqoqchali to‘q shisha flakonlarda. 1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
0,025% va 0,05% li Nazivin® uchun: 10 ml dan pipetka-qopqoqchali to‘q shisha flakonlarda. 1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.