×
×
  • NEYROMULTIVIT inyeksiya uchun eritma 2ml N5

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

NEYROMULTIVIT inyeksiya uchun eritma 2ml N5

Kategoriya:
- Vitaminlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Avstriya
Qadoqda soni:
- 5
Ishlab chiqaruvchi:
- Валеант, ООО, Россия произведено: G.L. Pharma GmbH
ATX kodi:
- A11DB
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 239 ta dorixonasida topildi

ico 50 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 83 600 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 58 200 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

SUPRADIN KIDS VOLSHEBNIYe draje N60 Bayer Consumer Care AG Germaniya
111 328 s`om dan
MAGNE V6 tabletkalari 5mg N50 Sanofi Aventis France, Франция произведено: Sanofi Winthrop Industrie Frantsiya
36 000 s`om dan
64 000 s`om dan
KANITRIN NEO eritma dlya priema vnutr 50ml 1000mg/10ml N1 Remedy Group, СП ООО для Citco Chemicals Ltd O'zbekiston
59 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
NEYROMULTIVIT inyeksiya uchun eritma 2ml N5 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

NEYROMULTIVIT®

NEUROMULTIVIT

 

Preparatning savdo nomi: Neyromultivit ®

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:         tiamin gidroxloridi (V1vitamini) ……….100 mg,

                                   piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini) .200 mg,

                                   sianokobalamin (V12  vitamini)……………..0,241 mg,

yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, magniy stearati, povidon.

qobiq tarkibi: makrogol 6000, titan dioksidi (Ye171), talk, gipromelloza, poliakrilat 30% li dispersiyasi2.

1 Miqdori 20% ortiqchasini o‘z ichiga oladi:

2 2,25 mg quruq modda 7,5 mg suspenziyaga mos keladi.

Ta‘rifi: oqdan yoki deyarli oq rangligacha bo‘lgan, ikki tomoni qavariq yuzali, dumaloq, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: V1 vitaminining V6 va V12 vitaminlari bilan majmuasi.

ATX kodi: A11DB.

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Farmakologik xususiyatlari preparatning tarkibiga kiruvchi vitaminlarning hususiyatlari bilan belgilanadi.

Tiamin (V1 vitamini) odam organizmida fosforlanish jarayonlari natijasida kokarboksilazaga aylanadi, u ko‘pchilik ferment reaksiyalarining kofermentidir. Tiamin uglevod, oqsil va yog‘ almashinuvida muhim rol o‘ynaydi. Sinapslarda nerv qo‘zg‘alishlarini o‘tkazish jarayonlarida faol qatnashadi.

Piridoksin (V6 vitamini) markaziy va periferik nerv tizimini normal faoliyat ko‘rsatishi uchun zarurdir. Fosforlangan holda aminokislotalar metabolizmining (dekarboksillanish, pereaminlanish va boshqalarda) kofermenti hisoblanadi Nerv to‘qimalarida faoliyat ko‘rsatuvchi muhim fermentlarning kofermenti sifatida namoyon bo‘ladi. Dopamin, noradrenalin, adrenalin, gistamin va GAMK kabi ko‘pchilik neyromediatorlarning biosintezida ishtirok etadi, glutamin kislotasi almashinuvida ishtirok etadi.

Sianokobalamin (V12 vitamini) normal qon hosil bo‘lishi va eritrositlarni yetilishi uchun zarur, shuningdek organizmning hayot faoliyatini ta‘minlovchi qator biokimyoviy reaksiyalarda: metil guruhlarini tashib o‘tilishida, nuklein kislotalar, oqsillar sintezida, aminokislotalar, uglevodlar, lipidlar almashinuvida ishtirok etadi. Nerv tizimidagi jarayonlarga (nuklein kislotalarini sintezida va serebrozidlar va fosfolipidlarni lipid tarkibiga) ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. Sianokobalaminning koferment shakllari – metilkobalamin va adenozilkobalamin xujayralarni replikasiyasi va o‘sishi uchun zarur.

Farmakokinetikasi

Preparatning komponentlari suvda eruvchan vitaminlar hisoblanadi, bu ularni organizmga to‘planib qolish ehtimolini istisno qiladi.

Tiamin va piridoksin ichakning yuqori qismida so‘riladi, so‘rilish darajasi dozaga bog‘liq. Sianokobalaminni so‘rilishi me‘dadan boshlanadi, sianokobalaminni to‘qimalarga yetkazib berilishi transkobalamin II transport oqsili yordamida amalga oshiriladi. Preparatning tarkibiga kiruvchi hamma vitaminlar jigarda metabolizmga uchraydi.

Tiamin va piridoksinni organizmdan chiqarilishi buyrak orqali amalga oshiriladi (taxminan 8-10% o‘zgarmagan ko‘rinishda chiqariladi).

Sianokobalamin asosan safro bilan chiqariladi, uning buyraklar orqali chiqarilishi 6% dan 30% gachani tashkil qiladi.

Qo‘llanilishi

  • turli etiologiyali (diabetik, alkogol va boshqa) polineyropatiyalar;
  • nevritlar va nevralgiyalar;
  • umurtqa pog‘onasining degenerativ o‘zagarishlari fonidagi radikulitlar;
  • bel sindromi;
  • bo‘yin sindromi;
  • ishias, lyumbago;
  • pleksitlar;
  • qovurg‘alararo nevralgiya;
  • uchlamchi nerv nevralgiyasi;
  • yuz nervining falajida qo‘llaniladi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Tabletkalarni ovqatdan keyin, chaynamasdan va ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suyuqlik bilan  qabul qilish lozim.

Odatda 1 tabletkadan sutkada 1-3 marta buyuriladi.

6 yoshdan katta bolalarga shifokor tavsiyasiga ko‘ra, 1 tabletkadan sutkada 1-3 martadan buyuriladi.

Kurs davomiyligi odatda 2-3 haftani (shifokor tavsiyasi bo‘yicha) tashkil qiladi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparat bemorlar tomonidan yaxshi o‘zlashtiriladi.

Kam hollarda:

  • bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi
  • ko‘ngil aynishi

Juda kam hollarda:

  • V6 vitaminini juda katta dozalarda noto‘g‘ri qo‘llanganda sezuvchanlikni buzilishi
  • qichishish va urtikar toshma ko‘rinishidagi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari kuzatiladi.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
  • homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

  • levodopa bilan birga qo‘llanganda neyromultivit levodopaning parkinsonizmga qarshi samarasini pasaytiradi.
  • etanol bilan – tiaminni so‘rilishini keskin pasaytiradi.

Neyromultivitni qabul qilish vaqtida tarkibida V guruhi vitaminlari bo‘lgan polivitamin komplekslarini qabul qilish tavsiya qilinmaydi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Nevrologik simptomlarni boshlanishi mumkinligi sababli, preparatning yuqori dozalari bilan 4 haftadan ortiq vaqt davomida davolash tavsiya qilinmaydi. V12 vitaminini saqlaydigan preparatlar funikulyar mieloz va xafvli anemiyaning klinik manzarasini va laboratoriya tekshirishlari natijalarini yashirishi mumkin.

Dori vositasini transport vositalari va potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyati ta‘sirining o‘ziga xosligi.

Ta‘siri aniqlanmagan.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ataksiya va sezuvchanlikni buzilishlari bilan kechuvchi nevropatiya, EEG dagi o‘zgarishlar bilan kechuvchi serebral tirishishlar, allergik reaksiyalar.

Davolash: dozani oshirib yuborilishini ko‘rinishlarini og‘irligiga bog‘liq holda o‘tkaziladi. Me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni buyurish, keyinchalik simptomatik davolash.

 

Chiqarilish shakli va o‘rami

20 tabletkadan polivinilxlorid/polivinildenxlorid plyonkali va laklangan, chop etilgan alyumin folga konturuyali o‘ramda tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

1 kontur uyali o‘ram davlat va rus tillaridagi tiiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

NEYROMULTIVIT inyeksiya uchun eritma 2ml N5 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
NEYROMULTIVIT inyeksiya uchun eritma 2ml N5 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
NEYROMULTIVIT inyeksiya uchun eritma 2ml N5 dori vositasi Валеант, ООО, Россия произведено: G.L. Pharma GmbH tomonidan Avstriya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
NEYROMULTIVIT inyeksiya uchun eritma 2ml N5 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
NEYROMULTIVIT inyeksiya uchun eritma 2ml N5 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
TROMBO ASS tabletkalari 75mg N30
Narh: 12 300 so'mdan Batafsil
DOKSILAN tabletkalari 100mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Avstriya
  • Faol modda: Doksisiklin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Валеант, ООО, Россия произведено: G.L. Pharma GmbH
Narh: 8 700 so'mdan Batafsil
VAZONIT tabletkalari 600mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Avstriya
  • Faol modda: Pentoksifillin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Валеант, ООО, Россия произведено: G.L. Pharma GmbH
Narh: 63 000 so'mdan Batafsil
TRAMADOL LANNAXER tabletkalari 50mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Avstriya
  • Ishlab chiqaruvchi: Валеант, ООО, Россия произведено: G.L. Pharma GmbH
TRAMADOL LANNAXER inyeksiya uchun eritma 100mg 50mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Avstriya
  • Ishlab chiqaruvchi: Валеант, ООО, Россия произведено: G.L. Pharma GmbH
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9