QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
NIFEKARD® XL
NIFECARD® XL
Preparatning savdo nomi: Nifekard® XL
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): nifedipin (nifedipine)
Dori shakli: ajralib chiqishi nazorat qilinadigan, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi:
Ajralib chiqishi nazorat qilinadigan, plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 30 mg yoki 60 mg nifedipin;
yordamchi moddalar
yadrosi: povidon, natriy laurilsulfati, gipromelloza, Ludipress® (laktoza monogidrati, povidon va krospovidon aralashmasi), talk, magniy stearati,
qobig‘i: gipromelloza ftalati, trietilsitrat, gipromelloza, gidroksipropilsellyuloza, polietilenglikol 400, talk, titan dioksidi (E171), temir (II) oksidi (E172).
Ta‘rifi:
Och jigarrang-sariq rangdan och jigarrang-to‘q sariq ranggacha bo‘lgan dumaloq, ikki tomonlama qavariq, plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomonida «NDP 30» bostirilgan yozuvi bo‘lgan 30 mg li tabletkalar. Tabletka sirti notekis va g‘adir-budur bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Och jigarrang-sariq rangdan och jigarrang-to‘q sariq ranggacha bo‘lgan dumaloq, ikki tomonlama qavariq, plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomonida «NDP 60» bostirilgan yozuvi bo‘lgan 60 mg li tabletkalar. Tabletka sirti notekis va g‘adir-budur bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi: asosan tomirlarga ta‘sir etuvchi kalsiy kanallarining selektiv blokatorlari, digidropiridin hosilalari.
ATX kodi: S08SA05.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Nifedipin – 1,4-digidropiridin tipidagi kalsiy kanallari blokatorlari. U periferik tomir qarshiligini kamaytiradi va oqibatda arterial bosimni pasaytiradi. Nifedipin miokardning normal hududlarida ham, ishemik hududlarida ham yirik koronar arteriyalarni va arteriolalarni kengaytiradi, shuningdek koronar arteriyalarning spazmini yaqqol pasaytiradi. Nifedipin miokardni kislorod bilan ta‘minlashni ko‘paytiradi, stenokardiyani davolashda uning samaradorligi ana shundan kelib chiqadi.
Farmakokinetikasi
Nifedipin ichga qabul qilinganidan keyin tez va deyarli to‘liq (> 90%) so‘riladi. Biokiraolishligi taxminan 86% ni tashkil etadi.
Faol moddani ajralib chiqishi uzaytirilganligi hisobiga Nifekard XL birinchi doza qabul qilinganidan keyin taxminan 6 soatdan so‘ng platoga chiqish bilan nifedipinning plazmali konsentrasiyasini nazorat ostidagi bosqichma-bosqich oshishini ta‘minlaydi. Keyingi dozalar 24 soatlik interval bilan qabul qilinganidan keyin plazmali konsentrasiya plato darajasida minimal o‘zgarishlar bilan saqlab turiladi.
Nifedipinni plazma oqsillari bilan bog‘lanishi konsentrasiyaga bog‘liq va 92–98% chegarasida o‘zgarib turadi. Buyrak yoki jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda oqsillar bilan bog‘lanishi kamayishi mumkin.
Nifedipin ko‘proq darajada jigarda metabolizmga uchraydi. Metabolitlar nofaol, suvda yaxshi eruvchan bo‘ladi va yuborilgan dozaning 60% dan 80% gachasini tashkil etgan holda o‘zgarmagan nifedipinni juda oz miqdorlari bilan birga siydik bilan chiqariladi. Nifedipinning qolgan qismi safro bilan metabolitlar shaklida ahlat bilan chiqariladi. Nifedipinni farmakokinetikasi buyrak faoliyatini buzilish darajasiga kamroq bog‘liq.
Jigar va buyrak faoliyati normal bo‘lganida nifedipinni plazmadan yarim chiqarilish davri 2 soatdan 5 soatgachani (standart dori shakllarida) tashkil etadi.
Nifedipinni katta qismi siydik bilan chiqariladi. Nifedipin gemodializ va gemosorbsiya bilan deyarli ajratilmaydi.
Buyrak faoliyatini buzilishi
Farmakokinetikasi farq qilmaydi. Demak, buyrak faoliyatini buzilishlarida preparatning dozasiga tuzatish kiritish zarurati yo‘q.
Jigar faoliyatini buzilishida
Preparatning yarim chiqarilish davri sezilarli darajada ko‘payadi, umumiy klirensi esa pasayadi. Jigar sirrozi bo‘lgan pasientlarda yarim chiqarilish davri 7 soatgacha ko‘payishi haqida xabar berilgan.
Bolalar
Nifedipin antigipertenziv samaraninamoyon qiladi, ammo tavsiya etiladigan doza, uzoq muddat qo‘llanganida xavfsizligi yurak-qon tomir tizimi holatiga ta‘siri hamon aniqlanmagan. Bolalar uchun dozalash shakli mavjud emas.
Qo‘llanilishi
Nifekard XL katta yoshdagi pasientlarda:
Qo‘llash usuli va dozalari
Dozalari
Doza individual ravishda holatning og‘irlik darajasiga va davolashga nisbatan pasientning javob reaksiyasiga bog‘liq holda belgilanadi.
Aniq kasallik turiga bog‘liq holda tavsiya etiladigan doza bosqichma-bosqich tanlanadi.
Odatdagi boshlang‘ich doza 30 mg nifedipinni tashkil etadi.
Agar boshqacha doza nazarda tutilmagan bo‘lsa, kattalar uchun doza sutkada bir marta 30 mg yoki 60 mg dan 1 tabletkani tashkil etadi. Kasallikning og‘irlik darajasiga va davolashga nisbatan pasientning javobiga bog‘liq holda sutkalik doza asta-sekin 90 mg gacha oshirilishi mumkin.
Keksa pasientlar
Nifedipin farmakokinetikasi yosh ulg‘aygan sari o‘zgaradi, shuning uchun keksa pasientlarga samarani bir maromda saqlab turuvchi kichik dozalar talab qilinishi mumkin.
Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar
Jigar faoliyatini sinchkovlik bilan nazorat qilish, og‘ir hollarda esa dozani kamaytirish talab etiladi («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang).
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar
Dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Bosh miya qon tomirlarining og‘ir kasalliklari bo‘lgan pasientlar
Past dozalardan foydalanish lozim.
Bolalar
18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda nifedipin bilan davolash xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.
Qo‘llash usuli
Ichga qabul qilinadi. Preparatni ovqatdan oldin yoki keyin qabul qilish lozim. Tabletkalar butunligicha yetarli miqdordagi suyuqlik (masalan bir stakan suv) bilan yutiladi.
Preparatni greypfrut sharbati bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas («Dorilarning o‘zaro ta‘siri» bo‘limiga qarang).
Tabletkalarni 24 soatlik interval bilan, ya‘ni har doim sutkaning aynan bir vaqtida, imkon qadar nonushtadan yarim soat oldin qabul qilish lozim. Ovqatni bir vaqtda qabul qilish preparat so‘rilishini sekinlashtiradi, ammo kamaytirmaydi. Preparatni yog‘ miqdori yuqori bo‘lgan ovqatni qabul qilgandan keyin darhol qabul qilish plazmada eng yuqori konsentrasiyasi oshishiga olib kelishi mumkin.
Uzoq muddat davomida preparatning ta‘sirini ta‘minlash va qon plazmasida maksimal konsentrasiyasi oshishini oldini olish uchun tabletkani har doim sindirmay butunligicha yutish lozim.
Davolash davomiyligi davolovchi shifokor tomonidan belgilanadi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Nojo‘ya samaralarni baholash ularning yuzaga kelish tez-tezligi haqida quyidagi ma‘lumotlarga asoslangan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100, <1/10), tez-tez emas (≥1/1000, <1/100), kam hollarda (≥1/10000, <1/1000), juda kam hollarda (<1/10000), tez-tezligi noma‘lum (mavjud ma‘lumotlar asosida baholash mumkin emas).
Qon va limfa tizimi tomonidan buzilishlar
Kam hollarda: leykopeniya, anemiya, trombositopeniya trombositopenik purpura; juda kam hollarda: agranulositoz.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: allergik reaksiyalar, allergik shishlar/angionevrotik shish (shu jumladan hiqidoq shishi1), qichima, ekzema; kam hollarda: eshakemi; tez-tezligi noma‘lum: anafilaktik/anafilaktoid reaksiyalar.
Modda almashinuvi va ovqatlanish tomonidan buzilishlar
Kam hollarda: giperglikemiya.
Ruhiy buzilishlar
Tez-tez emas: qo‘rquv hissi, uyquni buzilishi.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez: bosh og‘rig‘i; tez-tez: bosh aylanishi, ongni xiralashuvi, holsizlik; tez-tez emas: migren, tremor, paresteziya/dizesteziya, uyquchanlik, charchoqlik, asabiylik; tez-tezligi noma‘lum: gipesteziya.
Ko‘rish a‘zolari tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: ko‘rishni buzilishi; tez-tezligi noma‘lum: ko‘zni achishishi.
Yurak tomonidan buzilishlar
Tez-tez: palpitasiya; tez-tez emas: taxikardiya, ko‘krakda og‘riq (stenokardiya2); juda kam hollarda: miokard infarkti2.
Qon tomirlari tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez: shishlar; tez-tez: vazodilatasiya; tez-tez emas: gipotoniya, sinkopal holatlar.
Nafas yo‘llari tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: burundan qon ketish, burun bitishi, dispnoe.
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar
Tez-tez: qabziyat, ko‘ngil aynishi; tez-tez emas: qorinda og‘riq, dispepsiya, meteorizm, og‘iz qurishi; kam hollarda: milklarning giperplaziyasi, anoreksiya, to‘yib ketish hissi, kekirish; tez-tezligi noma‘lum: qusish, ezofagit.
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: jigar fermentlarini tranzitor oshishi; kam hollarda: sariqlik.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar
Tez-tez: eritromelalgiya, ayniqsa davolash boshlanishida, kuchli terlash; tez-tez emas: eritema; kam hollarda: fotosezuvchanlik allergik reaksiyalari, purpura; juda kam hollarda: eksfoliativ dermatit; tez-tezligi noma‘lum: toksik epidermal nekroliz.
Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qimalar tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: mushak spazmlari, bo‘g‘imlarni shishishi, mialgiya; tez-tezligi noma‘lum: artralgiya.
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: poliuriya, dizuriya, buyrak yetishmovchiligida buyrak faoliyati vaqtincha yomonlashishi mumkin.
Reproduktiv tizim va ko‘krak bezi tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: erektil disfunksiya; kam hollarda: preparatni qo‘llash bekor qilinganidan keyin qaytuvchan ginekomastiya.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyida buzilishlar
Tez-tez: umumiy holsizlik; tez-tez emas: nospesifik og‘riqlar, qaltirash.
1 hayot uchun xavfli jarayonga olib kelishi mumkin.
2 gohida, ayniqsa davolashni boshida stenokardiya xurujlariga olib kelishi mumkin, stenokardiyasi mavjud bo‘lgan pasientlarda esa xurujlarni tez-tez yuz berishi, ularni uzoq davom etishi va og‘irlik darajasi kuchayishi kuzatilishi mumkin.
Ayrim hollarda infarkt yuzaga kelishi bayon qilingan. Xavfli gipertenziyasi va gipovolemiyasi bo‘lgan, dializda bo‘lgan pasientlarda vazodilatasiya sababli qon bosimining sezilarli ravishda pasayishi yuz berishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Nifedipinga ta‘sir etuvchi moddalar
Nifedipinning metabolizmi asosan jigarda va ichakning shilliq qavatida lokalizasiyalanadigan P450 sitoxromi tizimining CYP3A4 izofermenti vositasida amalga oshiriladi. Ushbu ferment tizimini ingibisiya yoki induksiya qiluvchi moddalar nifedipinni jigar orqali (peroral qabul qilinganida) birinchi o‘tishiga ham, uning klirensiga ham ta‘sir ko‘rsatishi mumkin («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang).
Nifedipinni quyidagi preparatlar bilan birga qo‘llanganida dorilar bilan o‘zaro ta‘sirining kuchi va davomiyligini e‘tiborga olish lozim.
R450 3A4 sitoxromini induksiya qiluvchi moddalar
Rifampisin CYP3A4 ning yuqori faollikdagi induktori bo‘lib hisoblanadi. Rifampisin bilan bir vaqtda qo‘llanganida nifedipinning biokiraolishligi sezilarli ravishda kamayadi, buning hisobiga uning samaradorligi ham pasayadi. Shuning uchun nifedipinni rifampisin bilan kombinasiyada qo‘llash mumkin emas («Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar» bo‘limiga qarang).
Fenitoin, karbamazepin, fenobarbital
Fenitoin CYP3A4 fermentini induksiya qiladi. Fenitoin bilan birga qo‘llanganida nifedipinni biokiraolishligi pasayadi, bu uning samaradorligini susaytiradi. Ushbu preparatlar bir vaqtda qo‘llanganida nifedipinga klinik reaksiyani nazorat qilish va zarurat bo‘lganida uning dozasini ko‘paytirish lozim. Agar ushbu preparatlar bilan birgalikda davolash fonida nifedipin dozasini ko‘paytirish talab etilsa, u holda fenitoinni qo‘llash bekor qilinganida nifedipin dozasini pasaytirishni nazarda tutish lozim. Nifedipin va karbamazepin yoki fenobarbital o‘rtasida o‘zaro ta‘sirlashish mumkinligiga doir rasmiy tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Ushbu har ikkala preparat fermentlar induksiyasi oqibatida kalsiy kanallarining tuzilishi jihatdan yaqin bo‘lgan blokatori – nimodipinni plazmali konsentrasiyasini pasaytirishi tufayli, shuningdek nifedipinni samaradorligi pasaygani holda uning plazmali konsentrasiyasini pasayishini ham istisno qilib bo‘lmaydi.
R450 3A4 sitoxromni ingibisiya qiluvchi moddalar
CYP3A4 fermentining ma‘lum ingibitorlarini bir vaqtda qo‘llash qon plazmasida nifedipin konsentrasiyasini oshishiga olib keladi. Arterial qon bosimini nazorat qilish va zarurat bo‘lganida nifedipin dozasini pasaytirish lozim («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang).
Ma‘lumki, makrolid antibiotiklar (masalan, eritromisin, ammo azitromisin emas – u CYP3A4 faolligini so‘ndirmaydi), OITV-proteaza ingibitorlari (masalan, amprenavir, indinavir, nelfinavir, ritonavir va sakvinavir), zamburug‘larga qarshi azol preparatlari (masalan, ketokonazol, itrakonazol, flukonazol), fluoksetin, nefazodon boshqa preparatlarning R450 3A4 sitoxrom tomonidan amalga oshiriladigan metabolizmini ingibisiya qiladi. Shuning uchun ushbu guruhdagi har qanday preparatni nifedipin bilan bir vaqtda buyurilganida nifedipin plazma konsentrasiyalarini sezilarli oshishi mumkinligini istisno etib bo‘lmaydi («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang).
Xinupristin/dalfopristinni nifedipin bilan bir vaqtda buyurilishi nifedipin plazma konsentrasiyalarini oshishiga olib kelishi mumkin.
Nifedipin va valproat kislotasi o‘rtasida dorilarning o‘zaro ta‘siri mumkinligini o‘rganish bo‘yicha rasmiy klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Valproat kislotasi fermentlar faolligini so‘ndirishi oqibatida kalsiy kanallarining tuzilmaviy jihatdan yaqin blokatori bo‘lgan nimodipinni plazmali konsentrasiyasini oshirishi isbotlangani tufayli, shuningdek nifedipinni plazmali konsentrasiyasini oshishini va uning samaradorligini oshishini ham istisno qilib bo‘lmaydi.
R450 3A4 sitoxromi faolligini so‘ndirish qobiliyati sababli simetidin nifedipinni plazmali konsentrasiyasini oshiradi va uning antigipertenziv ta‘sirini kuchaytirishi mumkin.
Nifedipinga ta‘sir ko‘rsatish qobiliyatiga ega boshqa preparatlar
Sizaprid: sizaprid va nifedipinni bir vaqtda qabul qilish nifedipinni plazmali konsentrasiyalari oshishiga olib kelishi mumkin.
Diltiazem nifedipin klirensini pasaytiradi, hamda buning oqibatida uning plazmadagi darajalarini oshiradi. Ushbu preparatlar birga qo‘llanilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim, nifedipin dozasini pasaytirish talab qilinishi mumkin.
Siklosporin: nifedipin bilan birga qo‘llash uning darajasini oshishiga olib kelishi mumkin.
Nifedipinga boshqa preparatlarning ta‘siri
Gipotenziv preparatlar. Nifedipin diuretiklar, beta-adrenoblokatorlar, AAF ingibitorlari, angiotenzin II reseptorlari blokatorlari (AT-1 kichik tipidagi), kalsiy kanallarining boshqa blokatorlari, alfa-adrenoblokatorlari, FDE5 ingibitorlari, alfa-metildop kabi birgalikda qo‘llanuvchi gipertenziyaga qarshi preparatlarning gipotenziv ta‘sirini kuchaytirishi mumkin.
Nifedipinni beta-adrenoblokatorlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida pasientni sinchkovlik bilan kuzatish talab etiladi, chunki qator hollarda yurak yetishmovchiligi og‘irlashgan.
Digoksin. Bir vaqtda qo‘llanganida nifedipin digoksin klirensini pasaytirishi hamda buning oqibatida uning plazmadagi konsentrasiyasini oshirishi mumkin. Shuning uchun ehtiyotkorlik chorasi sifatida digoksin dozasini oshirib yuborilishi belgilari paydo bo‘lishini kuzatish zarur va zarurat bo‘lganida digoksin dozasiga uning plazmadagi konsentrasiyasini inobatga olgan holda tuzatish kiritish lozim.
Xinidin. Xinidin bir vaqtda qo‘llanganida qator hollarda uning qondagi konsentrasiyasini pasayishi kuzatilgan. Shuning uchun xinidin bilan davolash fonida nifedipinni buyurishda yoki uni qo‘llashni bekor qilishda qon plazmasida xinidin darajasini nazorat qilish va zarurat bo‘lganida xinidin dozasiga tuzatish kiritish tavsiya etiladi. Nifedipin bilan davolashga xinidin qo‘shilganida arterial qon bosimini sinchkovlik bilan nazorat qilish lozim. Zarurat bo‘lganida nifedipin dozasi pasaytiriladi.
Takrolimus R450 3A4 sitoxromi tizimi ta‘siri ostida metabolizmga uchraydi. So‘nggi ma‘lumotlar nifedipin va takrolimus bir vaqtda qo‘llanganida takrolimus dozasi alohida hollarda pasayishi mumkinligini ko‘rsatadi. Nifedipin bilan bir vaqtda qo‘llanganida takrolimusni plazmadagi konsentrasiyasini nazorat qilish va zarurat bo‘lganida uning dozasini pasaytirish lozim.
Vinkristin. Vinkristinni chiqarilishi pasayadi. Uning dozasini kamaytirish zarur.
Magniy sulfati. Nifedipin magniy sulfatini vena ichiga yuborilishi bilan bir vaqtda qo‘llanganida arterial qon bosimi birdaniga tushib ketishi mumkinligi sababli uni sinchkovlik bilan nazorat qilish zarur, chunki bu onaga ham, homilaga ham zarar keltirishi mumkin.
Sefalosporinlar. Sefalosporinlarning plazmadagi darajalari oshadi.
Fenitoin. Nifedipin fenitoin metabolizmini sekinlashtirishi va uning toksikligi namoyon bo‘lishini qo‘llab-quvvatlashi mumkin. Fenitoin bilan davolash fonida nifedipin buyurilganida qon plazmasida fenitoin konsentrasiyasini nazorat qilish tavsiya etiladi.
Nitratlar. Nitratlar bilan birga qo‘llanganida ularning sinergizmini inobatga olish zarur.
Teofillin. Bir vaqtda qo‘llanganida nifedipin teofillinning plazmadagi konsentrasiyasini oshiradi.
Fentanil. Fentanilni nifedipin bilan bir vaqtda qo‘llanilishi og‘ir arterial gipotenziyani yuzaga keltirishi mumkin, shuning uchun fentanil yuborilishidan kamida 36 soat oldin nifedipinni qo‘llashni bekor qilish (imkon qadar) tavsiya etiladi.
O‘zaro ta‘sirning boshqa turlari
Nifedipinni qo‘llash siydikda vanilil bodom kislotasi miqdorini spektrofotometrik o‘lchashlarning yolg‘on yuqori natijalariga olib kelishi mumkin, shuning uchun aniqlashning boshqa usullaridan (masalan, VEJX usulidan) foydalanish lozim.
Oziq-ovqat mahsulotlari bilan o‘zaro ta‘siri
Greypfrut sharbati CYP3A4 fermentini ingibisiya qiladi. Sharbat bilan bir vaqtda qabul qilinganida qon plazmasida nifedipin konsentrasiyasini oshishiga va uning ta‘sirini uzaytirishga olib keladi. Greypfrut sharbati muntazam iste‘mol qilinganida mazkur ta‘sir yana 3 sutka davomida saqlanishi mumkin. Nifedipin bilan davolash vaqtida ovqatga greypfrutlarni yoki greypfrut sharbatini qo‘shishdan saqlanish lozim («Qo‘llash usuli va dozalari»ga qarang).
Maxsus ko‘rsatmalar
Arterial gipotenziyada preparat ehtiyotkorlik bilan buyuriladi, chunki arterial bosimni yanada ham ko‘p pasayishi xavfi mavjud. Agar sistolik arterial bosim (AB)
90 mm sim. ust. dan past bo‘lsa, davolashni boshlash kerak emas yoki to‘xtatish lozim.
Yurak chap qorinchasini sistolik disfunksiyasidan kelib chiqadigan yaqqol namoyon bo‘luvchi yurak yetishmovchiligida preparat ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Yurak chap qorinchasidan chiqariladigan fraksiyasi 30% dan kam bo‘lgan pasientlarda kalsiy kanallari antagonistlarini qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Preparatni obstruktiv kardiomiopatiyasi bo‘lgan pasientlarga qo‘llab bo‘lmaydi. Koronar arteriyalarni og‘ir obstruktiv zararlanishida nifedipinni qabul qilish stenokardiya xurujlari tez-tezligini, og‘irligini va davomiyligini (kam hollarda bo‘lsa-da) oshirishi mumkin. Bunday hollarda preparatni buyurish bekor qilinadi.
Xavfli arterial gipertenziyada va gipovolemiyada gemodializda bo‘lgan pasientlarda arterial bosim birdaniga pasayib ketishi mumkin, bu esa vazodilatasiya natijasidir.
Nifedipin P450 sitoxrom tizimidagi 3A4 fermenti bilan metabolizmga uchraydi. Ushbu fermentni ingibisiya yoki induksiya qiluvchi preparatlar nifedipinni jigar orqali birinchi marta o‘tishiga ham, uning klirensiga ham ta‘sir ko‘rsatishi mumkin («Dorilarning o‘zaro ta‘siri» ga qarang).
Nifedipinni qo‘llash siydikda vanilil bodom kislotasi miqdorini spektrofotometrik o‘lchashlarini soxta oshishi natijalariga olib kelishi mumkin, shuning uchun aniqlashning boshqa usullaridan (masalan, VEJX usulidan) foydalanish lozim.
Jigar yetishmovchiligida qo‘llanilishi
Og‘ir jigar yetishmovchiligida pasientlar holatini sinchkovlik bilan nazorat qilish zarur. Gohida dozani pasaytirish talab qilinadi («Qo‘llash usuli va dozalari» ga qarang).
Qandli diabetda qo‘llanilishi
Nifekard XL ni buyurilishi gipoglikemik terapiyaga tuzatish kiritishni talab qilishi mumkin. Giperglikemiya ehtimol qilingan pasientlarga preparat ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Bosh miya qon tomirlarining og‘ir kasalliklarida qo‘llanilishi
Past dozalardan foydalanish lozim.
Yordamchi moddalar to‘g‘risida ma‘lumot
Preparat laktoza monogidratini saqlaydi, shuning uchun uni galaktozani hazm qila olmaslik, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi sindromi kabi kam uchraydigan irsiy patologiyasi bo‘lgan pasientlar qabul qilmasliklari kerak.
Fertillik, homiladorlik va emizish
Fertillik
Ekstrakorporal urug‘lantirishda takroriy muvaffaqiyatsizlikka uchraganda va boshqa sabablar mavjud bo‘lmaganida Nifekard XL kabi kalsiy antagonistlarini qabul qilish bunga sabab bo‘lishi mumkin, chunki ular spermatozoidlar boshchasida qaytar biokimyoviy o‘zgarishlarni keltirib chiqargan holda sperma faoliyatini buzishi mumkin.
Homiladorlik davrida
Nifekard XL ni homiladorlikning birinchi 20 haftasida qo‘llash mumkin emas («Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar» ga qarang).
Preparatni homilaga yoki yangi tug‘ilgan chaqaloqqa salbiy ta‘sirini istisno qilish uchun mavjud ma‘lumotlar yetarli emas, shuning uchun preparatni homiladorlikning 20 haftasidan keyin ushbu davrda qo‘llash faqat keltiradigan foyda xavfdan sezilarli darajada ortiq bo‘lganida va davolashning boshqa variantlarini qo‘llash mumkin bo‘lmaganida hamda samarasiz bo‘lganida o‘rinlidir.
Homiladorlikning 20 haftasidan keyin Nifekard XL preparatini faqat stasionar sharoitda tegishli kuzatuv ostida (onada arterial qon bosimini nazorat qilgan va homilaning hayoti ustidan doimiy nazorat qilgan holda) qabul qilish lozim.
Emizish
Nifedipin ko‘krak sutida chiqariladi. Agar emizish davrida Nifekard XL bilan davolash zarurati yuzaga kelsa, emizishni to‘xtatish lozim.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri
Preparatga nisbatan reaksiyalar intensivligi bo‘yicha har xil odamlarda sezilarli ravishda farqlanadi va transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatini buzishi mumkin. Davolashni boshlanishida, preparat almashtirilganida va alkogol bilan birga qabul qilinganida reaksiyalarni rivojlanish ehtimoli ayniqsa yuqori bo‘ladi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Nifedipin bilan og‘ir zaharlanishda quyidagi simptomlar bo‘lishi mumkin: komaga olib keluvchi ongni zo‘riqishi, arterial qon bosimni pasayishi, taxikardiya yoki bradikardiya turi bo‘yicha aritmiyalar, giperglikemiya, metabolik asidoz, gipoksiya, o‘pka shishi oqibatidagi kardiogen shok.
Davolashning asosiy vazifasi bo‘lib preparatning ta‘sir etuvchi moddasini chiqarish va gemodinamik barqarorlikni tiklash hisoblanadi.
Ichga qabul qilinganida, ayniqsa sekin ajralib chiqadigan preparatlar bilan zaharlanganda me‘dani jadal yuvish, zarurat bo‘lganida ichakni ham birgalikda yuvish buyuriladi.
Nifedipin dializda ajratilmaydi, ammo plazmaferezdan foydalanish (nifedipinni plazma oqsillari bilan yuqori darajada bog‘lanishi va taqsimlanishi hajmi nisbatan past bo‘lganligi tufayli) tavsiya etiladi.
Bradiaritmiyalar b-simpatomimetiklar bilan simptomatik davolanadi; xavfli bradiaritmiyalar hollari vaqtinchalik kardiostimulyatorni o‘rnatishni talab qiladi.
Kardiogen shokda va arterial vazodilatasiyada gipotenziyani kalsiy preparatlari bilan davolash lozim (10–20 ml 10% li kalsiy glyukonati eritmasi vena ichiga asta-sekin yuboriladi, zarurat bo‘lganida preparatni yuborishni takrorlash mumkin). Buning natijasida kalsiyning zardobdagi darajasi normal qiymatlarning yuqori chegarasiga erishishi mumkin yoki undan bir qancha oshishi mumkin. Agar kalsiy preparati qo‘llanganida arterial qon bosimini zarur bo‘lgan oshishiga erishilmasa, dopamin yoki noradrenalin kabi tomirlarni toraytiruvchi simpatomimetiklarni qo‘llash lozim. Ushbu preparatlarning dozasi faqat erishilgan samara kattaligi bo‘yicha aniqlanadi.
Yurakni zo‘riqishi xavfi yuzaga kelishi tufayli qo‘shimcha suyuqlik va hajmni o‘rnini bosuvchi eritmalarni ehtiyotkorlik bilan yuborish lozim.
Chiqarilish shakli
10 tabletka blisterda. 2 yoki 3 blister qo‘llash uchun yo‘riqnoma bilan birga karton qutiga joylashtirilgan.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramida, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish shartlari
Resept bo‘yicha beriladi.