×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

NIMESIL 0,1 granuli N30

Kategoriya:
- Yallig'lanishga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Italiya
Faol modda:
Нимесулид
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Файн Фудс & Фармасьютикалз Н.Т.М. С.П.А.
ATX kodi:
- M01AX17
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KYUPEN SMILE suspenziya 100ml 100mg/5ml Ankur Drugs and Pharma Limited (Unit-I) Hindiston
Sinepar tabletkalari N1000 (Sotish taqiqlangan) Marion Biotech Pvt. Ltd. Hindiston
760 000 s`om dan
GLOBAVIKS poroshok 4,7 g 1500 mg/1200 mg N15 Ind-Swift Limited Hindiston
208 000 s`om dan
FANIGAN tabletkalari N100 Kusum Healthcare Pvt. Ltd. Hindiston
10 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
NIMESIL 0,1 granuli N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

ILOVA-VARAQA: PASIENT UCHUN MA‘LUMOT

Nimesil®

Ichga qabul qilish uchun suspenziya tayyorlash uchun 100 mg granulalarda

Ta‘sir etuvchi modda: nimesulid

Ushbu dori preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin preparat uchun bu ilova-varaqani to‘liq va diqqat bilan o‘qib chiqing, chunki unda Siz uchun muhim bo‘lgan ma‘lumot saqlanadi.

  • Ushbu ilova-varaqani saqlab qo‘ying. Ehtimol, Sizga uni yana o‘qib chiqishga zarur bo‘lib qolishi mumkin.
  • Agar Sizda qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, shifokoringizga yoki dorixona xodimiga murojat qiling.
  • Ushbu preparat shaxsan Sizga buyurilgan va boshqa shaxslarga berish uchun mo‘ljallanmagan. Ushbu preparat hatto ularda Sizdagi belgilarga o‘xshash simptomlar bo‘lsa ham, boshqa insonlarning sog‘lig‘iga zarar keltirishi mumkin.
  • Qandaydir nojo‘ya ta‘sirlar paydo bo‘lganida, o‘z shifokoringiz yoki dorixona xodimiga murojaat qiling. Bu har qanday nojo‘ya ta‘sirlarga, shu jumladan, ushbu ilova–varaqada ta‘riflanmaganlariga ham taalluqlidir. 4-bo‘limga qarang.

Ilova-varaqaning mazmuni:

  1. Nimesil® nima va u nima uchun qo‘llanadi?
  2. Nimesil® preparatni qabul qilishni boshlashdan oldin nimalarni bilish kerak?
  3. Nimesil® qanday qabul qilinadi?
  4. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlari
  5. Nimesil®ni saqlash sharoiti
  6. Boshqa ma‘lumotlar.

  1. NIMESIL® NIMA VA U NIMA UCHUN QO‘LLANADI?

Nimesil® – og‘riq qoldiruvchi xususiyatlarga ega nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparat («NYAQP»). O‘tkir og‘riqni davolash uchun, osteoartritdagi og‘riq xurujlarida va hayz ko‘rish vaqtidagi og‘riqlarda qo‘llanadi.

Nimesil® preparatini buyurishdan oldin davolovchi shifokoringiz bu preparat qo‘llanganidagi foyda va nojo‘ya samaralarining paydo bo‘lishi xavfini baholaydi.

Agar ahvolni yaxshilanishi kuzatilmasa yoki ahvol yomonlashsa, shifokorga murojaat qiling.

 

  1. NIMESIL® PREPARATINI QABUL QILISHDAN OLDIN NIMALARNI BILISH KERAK?

Nimesil®ni quyidagi holatlarda qo‘llash mumkin emas:

  • nimesulidga yoki Nimesil® preparatining yordamchi moddalaridan biriga yuqori sezuvchanlikda (allergiya);
  • ilgari asetilsalisil kislotasi yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan allergik reaksiyalarda (bronxospazm, rinit, eshakemi kabi);
  • ilgari nimesulid qabul qilganda jigarga zaharli ta‘sirlarida;
  • jigarga zaharli ta‘sir etuvchi boshqa preparatlarni, masalan parasetamol yoki boshqa og‘riqni qoldiruvchi yoki NYAQP ni qabul qilishda;
  • o‘rganib qolishni chaqiruvchi preparatlarni qabul qilish yoki o‘rganib qolishni bo‘lishida, Sizni preparatlarga yoki boshqa vositalarga qaram qilib qo‘yadi;
  • muntazam ko‘p miqdorda spirtli ichimliklarni qabul qilishda;
  • ilgari NYAQP bilan davolash bilan bog‘liq bo‘lgan me‘da-ichakdan qon ketishlari yoki perforasiyada;
  • jigar kasalliklarida yoki jigar fermentlarining darajasini oshishida;
  • hozirgi vaqtda yoki o‘tmishda peptik (me‘da yoki o‘n ikki barmoq ichak) yaralarning mavjudligida;
  • aniqlangan me‘da yoki ichakdan qon ketishlarda;
  • aniqlangan bosh miyaga qon quyilishida (insult);
  • boshqa qon ketishlar yoki qon ivishini buzilishi chaqirgan muammolar mavjudligida;
  • yurak yetishmovchiligida yoki buyraklar faoliyatini buzilishida (buyrak yetishmovchiligi) yoki jigarning har qanday patologiyasida;
  • shamollash yoki grippda (umumiy holsizlik, xastalik, etni uvishishi yoki qaltirashni his etish yoki yuqori haroratning mavjudligida);
  • homiladorlikning so‘nggi uch oyi davomida;
  • emizish davrida.

Nimesil® preparatini 12 yoshdan kichik bolalarga buyurish tavsiya etilmaydi.

Nimesil®ni o‘ziga xos ehtiyotkorlik bilan qabul qilish kerak

Nimesil® preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin davolovchi shifokoringiz yoki dorixona xodimi bilan maslahatlashing.

Kasallikning simptomlarini nazorat qilish uchun kerak bo‘lgan eng kam samarali dozani, eng kam qo‘llash davomiyligida ishlatib, nojo‘ya samaralarini minimumga yetkazish mumkin.

  • Ayrim qandlarni o‘zlashtiraolmaslik mavjudligida Siz ushbu preparatni qabul qilishni boshlashdan oldin shifokorga murojat qilishingiz lozim.
  • Agar Siz quyida qayd etilgan, Nimesil® preparati bilan o‘zaro ta‘sir qilishi mumkin bo‘lgan har qanday preparatlardan birini qabul qilayotgan bo‘lsangiz:
  • qonning qovushqoqligini kamaytiruvchi preparatlar (antikoagulyantlar, asetilsalisil kislotasi yoki boshqa salisilatlar);
  • boshqa NYAQP, shu jumladan SOG-2 ingibitorlari (siklooksigenaza-2 ingibitorlari);
  • yurak yetishmovchiligi yoki yuqori AB ishlatiladigan siydik haydovchi preparatlar, shuningdek boshqa antigipertenziv preparatlar;
  • depressiya va o‘xshash holatlarni davolash uchun qo‘llanadigan litiy preparatlari;
  • metotreksat;
  • siklosporin.

Nimesil® preparatini qabul qilishdan oldin, Siz shunday preparatlarni qabul qilayotganingizni shifokoringiz yoki dorixona xodimi bilishi to‘g‘risida ishonch hosil qiling.

  • Mumkin bo‘lgan jigar shikastlanishini ko‘rsatuvchi simptomlar kuzatilganida, Nimesil® bilan davolashni to‘xtatish va darhol davolovchi shifokorga murojaat qilish lozim. Jigar shikastlanishini taxmin qilish mumkin bo‘lgan simptomlarga ishtahani buzilishi, ko‘ngil aynishi, qusish, me‘dada og‘riq, charchoqlik, siydikni to‘qqa bo‘yalishi kiradi. Agar Sizda peptik yara, me‘da yoki ichakdan qon ketishi, nospesifik yarali kolit yoki Kron kasalligi bo‘lsa, Nimesil® preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin bu haqida davolovchi shifokorga xabar berishingiz kerak.
  • Agar Nimesil® preparati bilan davolanish vaqtida Sizda shamollash yoki grippga o‘xshash simptomlar (umumiy holsizlik, xastalik, etni uvishishi yoki qaltirashni his etish) boshlansa, preparat qabul qilishni to‘xtatish va paydo bo‘lgan simptomlar to‘g‘risida davolovchi shifokorga xabar berish kerak.
  • Agar Sizda yurak yoki buyraklarning kasalliklari bo‘lsa, Nimesil® preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin bu haqida davolovchi shifokoringizga xabar berishingiz kerak; chunki bu preparatni qabul qilganda buyraklarning faoliyatini yomonlashishi mumkin.
  • Agar Siz homiladorlikni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, bu haqida davolovchi shifokoringizga xabar berishingiz kerak, chunki Nimesil® preparati fertillikni pasaytirishi mumkin.

Keksa pasientlar

Nimesil® preparati me‘da, buyraklar, yurak yoki jigar faoliyatiga ta‘sir qilmayotganligiga ishonch hosil qilish uchun shifokor keksa pasientlar uchun takroriy vizitlarni ko‘proq buyurishi mumkin.

Keksa pasientlarda NYAQP larni qabul qilishda nojo‘ya samaralarni, ayniqsa hayot uchun xavfli bo‘lgan me‘da-ichakdan qon ketishlar yoki perforasiyani paydo bo‘lish tez-tezligi yuqori.

Yurak-qon tomir tizimiga ta‘siri

Nimesil® kabi preparatlarni qabul qilish yurak xuruji (miokard infarkti) yoki insult xavfini biroz oshishiga olib kelishi mumkin. Bu yuqori dozalar qo‘llanganida va preparat bilan uzoq vaqt davolanganda kasalliklarni paydo bo‘lish xavfini ehtimoli ko‘proq. Shifokor tomonidan tavsiya etilgan doza yoki davolash davomiyligini oshirmang.

Yurak kasalligi, avval o‘tkazilgan infarkt mavjudligida, yoki Siz agar Sizda bu kasalliklarni (masalan, yuqori qon bosimi, diabet yoki qonda xolesterinning yuqori miqdori borligida, chekishda) paydo bo‘lishining xavfi bor bo‘lishi mumkin deb hisoblasangiz, davolovchi shifokor yoki dorixona xodimi bilan mumkin bo‘lgan davolashni muhokama qilish kerak.

Shuningdek, anamnezida yuqori qon bosimi va/yoki yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar ehtiyotkorlikka rioya qilishlari lozim, chunki NYAQP ni qabul qilishda suyuqlikni tutilib qolishi va shishlar to‘g‘risida xabar berilgan.

Nimesulid trombositlarning faoliyatini yomonlashtirishi mumkin; shuning uchun qon ketishlariga moyilligi bo‘lgan pasientlar, Nimesil® ni ehtiyotkorlik bilan qabul qilishlari kerak. Nimesil® yurak va qon tomirlarning kasalliklarini oldini olish uchun asetilsalisil kislotasining o‘rnini bosmaydi.

Me‘da-ichak yo‘llari uchun xavfsizligi

Me‘da-ichak qon ketishlari, yara va perforasiya:

Har qanday NYAQV qabul qilinganda, butun davolash davri mobaynida hayot uchun xavf soluvchi xabar beruvchi simptomlar va ularsiz, shuningdek o‘tmishda me‘da ichak yo‘llari tomonidan og‘ir patologiyalar mavjud bo‘lsa yoki bo‘lmagan holatda ham, me‘da-ichakdan qon ketishlari, yaralar yoki perforasiya kelib chiqishi mumkin.

Me‘da-ichakdan qon ketishi, yara yoki yarani perforasiyasi ro‘y berish xavfi, anamnezida yarasi bo‘lgan, ayniqsa qon quyilishi yoki perforasiya bilan asoratlangan pasientlarda, shuningdek keksa pasientlarda nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatning dozasini oshirish bilan oshadi («Nimesil® preparatini qabul qilish mumkin bo‘lmagan holatlar» bo‘limiga qaralsin). Bunday pasientlar uchun davolashni mumkin qadar eng kichik dozadan boshlash kerak.

Bu pasientlar uchun, shuningdek asetilsalisil kislotasi yoki me‘da-ichak kasalliklarini paydo bo‘lish xavfini oshiruvchi boshqa preparatlarning kichik dozalari bilan yondosh davolash zarur bo‘lgan pasientlar uchun, himoya qiluvchi vositalarni (masalan, mizoprostolni yoki proton pompa ingibitorlarini) qo‘llash bilan majmuaviy davolashni o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqish kerak.

Anamnezida me‘da-ichak yo‘llari tomonidan nojo‘ya ta‘sirlari bo‘lgan pasientlar, ayniqsa keksalar qorin sohasida paydo bo‘ladigan har qanday odatdagi bo‘lmagan simptomlar (ayniqsa, me‘da-ichak qon ketishlari to‘g‘risida) shifokorga xabar berishlari kerak. Bu davolashning boshlang‘ich bosqichlarida o‘ta muhimdir.

Yara yoki qon ketishini paydo bo‘lish xavfini oshirishi mumkin bo‘lgan peroral kortikosteroidlar (yallig‘lanish holatlarida qabul qilinadigan preparatlar) kabi dori preparatlari, varfarin kabi antikoagulyantlar, depressiyani davolash uchun qo‘llanadigan serotoninning qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlari yoki asetilsalisil kislotasi kabi antikoagulyantlarni birga qabul qilish hollarida alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim («Boshqa dori preparatlarini qabul qilish» bo‘limiga qaralsin).

Nimesil® preparatini qabul qilish vaqtida me‘da-ichakdan qon ketishi yoki yara paydo bo‘lganida, preparat bilan davolashni bekor qilish kerak.

Anamnezida me‘da-ichak kasalliklari (nospesifik yarali kolit, Kron kasalligi) bo‘lgan pasientlarga nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim, chunki bu kasalliklar zo‘rayishi mumkin («Nimesil®ni o‘ziga xos ehtiyotkorlik bilan qabul qilish kerak» bo‘limiga qaralsin).

Teri reaksiyalari

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar qo‘llanganida terini qizarishi va pufakchalar hosil bo‘lishi bilan kechuvchi jiddiy teri reaksiyalari, shu jumladan hayotga xavf soluvchi reaksiyalarning (eksfoliativ dermatit, Stivens-Djonson sindromi va zaharli epidermal nekrolizi/Layell sindromi) juda kam hollari haqida ma‘lumotlar mavjud («Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlar» bo‘limiga qaralsin). Agar ilgari buyurilgan davolash kursida, reaksiyani boshlanishi ko‘pchilik hollarda davolashning birinchi oyi davomida paydo bo‘lgan bo‘lsa, pasientlarda bunday reaksiyalarning juda yuqori xavfi paydo bo‘ladi. Teri toshmalarini, shilliq qavatlarini shikastlanishining birinchi belgilari, yoki yuqori sezuvchanlikning boshqa belgilari paydo bo‘lganida, Nimesil® preparatini qo‘llashni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.

Boshqa dori preparatlarini qabul qilish

Kortikosteroidlarni va Nimesil® ni birga qabul qilish me‘da-ichakdan qon ketishi yoki yara xavfini oshirishi mumkin («Nimesil®ni o‘ziga xos ehtiyotkorlik bilan qabul qilish kerak» bo‘limiga qaralsin).

NYAQV varfarin kabi antikoagulyantlarning ta‘sirini kuchaytirishi mumkin («Nimesil®ni o‘ziga xos ehtiyotkorlik bilan qabul qilish kerak» bo‘limiga qaralsin).

Shuning uchun bu preparatlarning birga qo‘llash qon koagulyasiyasini kuchli buzilishlari bo‘lgan pasientlar uchun tavsiya etilmaydi va buyurilmasligi kerak. Agar preparat bilan majmuaviy davolashdan saqlanishning iloji bo‘lmasa, unda koagulyasiyaga qarshi faollikni sinchkovlik bilan nazorat qilish kerak.

Nimesil® va antitrombositar preparatlar yoki serotoninni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlarini (SQQOSI) birga qo‘llangan hollarda me‘da-ichakdan qon ketishini yuqori xavfi bo‘ladi («Nimesil®ni o‘ziga xos ehtiyotkorlik bilan qabul qilish kerak» bo‘limiga qaralsin).

Nimesil® furosemidning (yuqori qon bosimi va yurak yetishmovchiligini davolash uchun ishlatiladigan diuretik) va boshqa antigipertenziv preparatlarning ta‘sirini susaytiradi.

Nimesil® va litiy preparatlarini (ruxiy kasalliklarni davolash uchun vosita) birga qo‘llash qonda litiy miqdorini oshishiga olib kelishi mumkin. Qon zardobida litiy miqdorini tekshirish lozim.

Metatreksatni (revmatizm va rakni davolash uchun preparat) qo‘llashdan oldin yoki keyin 24 soat davomida Nimesil®ni buyurish, qonda metatreksatning konsentrasiyasini oshishiga va bu preparatning nojo‘ya ta‘sirlarini kuchayishiga olib kelishi mumkin.

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (nimesulid kabi) siklosporinning (immun javobni bostirish uchun qo‘llanadigan preparat, masalan, a‘zo ko‘chirib o‘tkazilganidan keyin) buyraklarga noxush ta‘sirlarini kuchaytirishi mumkin.

Agar Siz boshqa dori preparatlarini, shu jumladan reseptsiz beriladigan dori preparatlarini qabul qilayotgan bo‘lsangiz yoki yaqinda qabul qilgan bo‘lsangiz, iltimos, davolovchi shifokorga yoki dorixona xodimiga murojaat qiling.

 

Homiladorlik va emizish davri

Bunday hollarda har qanday dori preparatini qo‘llashdan oldin maslahat olish uchun davolovchi shifokor yoki dorixona xodimiga murojaat qilish lozim.

Homiladorlik vaqtida yoki emizish holatida, shuningdek homiladorlik ehtimoli bo‘lsa yoki rejalashtirilsa, ushbu dori preparatini qabul qilishdan oldin shifokorga yoki dorixona xodimiga maslahat uchun murojaat qiling.

Nimesil® ni homiladorlikning birinchi olti oyi davomida shifokorning maslahatidan so‘ng qabul qilish mumkin. Ona va bola uchun yuqori xavfi tufayli, Nimesil® ni homiladorlikning so‘nggi uch oyi davomida qo‘llash mumkin emas («Nimesil® preparatini qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar» bo‘limiga qaralsin).

Nimesulid homiladorlik yuz berishini qiyinlashtirishi mumkin. Agar Siz homiladorlikni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz yoki Sizda homiladorlikni boshlanishi bilan bog‘liq muammolar bo‘lsa, bu haqida shifokorni xabardor qilish kerak.

Nimesil®ni emizish davrida qo‘llash mumkin emas.

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘siri

Agar Siz Nimesil® preparati qabul qilgandan so‘ng bosh aylanishini, bo‘shliqda orientasiyani yo‘qolishini yoki uyquchanlikni xis etsangiz, avtomobilni boshqarish yoki mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish mumkin emas.

  1. NIMESIL® PREPARATI QANDAY QABUL QILINADI?

Nimesil® ni doimo shifokorning qat‘iy ko‘rsatmasi bo‘yicha qabul qilish kerak. Agar Sizda shubhalar bo‘lsa, davolovchi shifokor yoki dorixona xodimi bilan maslahatlashing. Odatdagi doza – 100 mg dan 1 paketcha (ichidagisi 1 stakan suvda eritiladi) ovqat qabul qilgandan so‘ng sutkada ikki marta. Nimesil® ni iloji boricha qisqaroq vaqt davomida qo‘llash kerak, bir martalik davolash kursi 15 kundan oshmasligi kerak.

Agar Siz keragidan ortiq Nimesil® preparatini ko‘p miqdorda qabul qilgan bo‘lsangiz

NYAQV dozasini o‘tkir oshirib yuborilishining simptomlari odatda quyidagilar bilan cheklanadi: apatiya, uyquchanlik, ko‘ngil aynishi, qusish va epigastral sohada og‘riq. Me‘da-ichakdan qon ketishi paydo bo‘lishi mumkin. Kam hollarda arterial bosimni oshishi, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, nafasni susayishi va koma paydo bo‘lishi mumkin. NYAQP ning odatdagi dozalari qabul qilinganida va bunday preparatlarning dozasi oshirib yuborilganida og‘ir allergik reaksiyalarni paydo bo‘lishi to‘g‘risida xabar berilgan.

Nimesil® preparatining navbatdagi qabuli o‘tkazib yuborilganidagi choralar

Agar Siz Nimesil® preparatining dozasini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz, unda keyingi galda preparatning navbatdagi dozasini qabul qiling.

O‘tkazib yuborilgan dozani o‘rnini to‘ldirish uchun ikki marta katta dozani qabul qilmang.

Agar Siz Nimesil® preparatini qabul qilishni to‘xtatgan bo‘lsangiz

Davolovchi shifokorning maslahatisiz Nimesil® preparatini qabul qilishni to‘xtatganingizda Sizning holatingiz yomonlashishi mumkin.

  1. 4. BO‘LISHI MUMKIN BO‘LGAN NOJO‘YA SAMARALARI

Nimesil®, har qanday boshqa dori preparati kabi nojo‘ya ta‘sirlar chaqirishi mumkin, garchi hamma pasientlarda bo‘lmasa ham.

NYAQP larga eng ko‘p kuzatiladigan nojo‘ya ta‘sirlarga me‘da-ichak yo‘llari tomonidan reaksiyalar kiradi. Peptik yaralar, ba‘zida hayotga xavf soluvchi, ayniqsa keksa pasientlarda me‘da-ichak yo‘llarida perforasiya yoki qon ketishi paydo bo‘lishi rivojlanishi mumkin («Nimesil®ni o‘ziga xos ehtiyotkorlik bilan qabul qilish kerak» bo‘limiga qaralsin). Eng kam hollarda gastritlar kuzatilgan.

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar bilan davolash bilan bog‘liq reaksiya sifatida shishlarni paydo bo‘lishi (organizmda suyuqlikning to‘planishi), arterial bosimni oshishi va yurak yetishmovchiligi to‘g‘risida xabar berilgan.

NYAQV ga terini qizarishi va pufakchalarni hosil bo‘lishi, shu jumladan Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz bilan kechuvchi jiddiy teri reaksiyalarining juda kam hollari to‘g‘risida ma‘lumotlar mavjud.

Nimesil® kabi preparatlarni qabul qilish yurak xuruji (miokard infarti) yoki insultning xavfini biroz oshishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Quyida keltirilgan qiymatlar nojo‘ya ta‘sirlarining paydo bo‘lishi tez-tezligini baholashga asos sifatida qabul qilingan:

Juda tez-tez:     10 davolangan pasientlardan 1 nafaridan ko‘pida
Tez-tez:                10 pasientlardan 1 dan kam holat, ammo 100 davolangan

pasientlardan 1 nafaridan ko‘pida

Ba‘zida:              100 pasientlardan 1 dan kam holat, ammo 1000 davolangan

pasientlardan 1 nafaridan ko‘pida

Kam hollarda:   1000 pasientlardan 1 dan kam holat, ammo 10000 davolangan

pasientlardan 1 nafaridan ko‘pida

Juda kam:          10000 davolangan pasientlardan 1 dan kam holat, ma‘lum emas

(mavjud ma‘lumotlar asosida baholashning imkoniyati yo‘q)

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Qon tomir va limfatik tizim tomonidan buzilishlar Kam hollarda Eritrositlar miqdorini kamayishi (anemiya)

Ayrim oq qon xujayralarining miqdorini oshishi (eozinofiliya)

Juda kam hollarda Trombositopeniya (qonda trombositlar miqdorini kamayishi)

Qon xujayralarining barcha turlari miqdorini kamayishi (pansitopeniya)

Lokalizasiyalangan teridan qon ketishlari (purpura)

Immun tizimi tomonidan buzilishlar Kam hollarda Allergik reaksiyalar
Juda kam hollarda Og‘ir allergik reaksiyalar (anafilaksiya)
Metabolizm va ovqatla-nishning buzilishlari Kam hollarda Qonda kaliy miqdorini oshishi (giperkaliemiya)
Ruxiy buzilishlar Kam hollarda Qo‘rquv hissi

Asabiylik

Tungi dahshatli tush ko‘rishlar

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar Ba‘zi hollarda Bosh aylanishi
Juda kam  hollarda Bosh og‘rig‘i

Uyquchanlik

Miya kasalligining ayrim shakli

(ensefalopatiya, shu jumladan, Reye sindromi)

Ko‘rish a‘zolari tomonidan buzilishlar Kam hollarda Noaniq ko‘rish
Juda kam hollarda Ko‘rishni buzilishi
Eshitish a‘zolari va labirint apparati tomonidan buzilishlar Juda kam hollarda Bosh aylanishi
Yurak tomonidan buzilishlar Kam hollarda Pulsni tezlashishi (taxikardiya)
Tomirli buzilishlari Ba‘zi hollarda Qon bosimni oshishi
Kam hollarda Qon quyilishlari

Qon bosimini o‘zgaruvchanligi

«Qizish» hissi

Nafas yo‘llari,ko‘krak qafasi a‘zolari va ko‘ks oralig‘i tomonidan buzilishlar Ba‘zi hollarda Nafasni qiyinlashishi
Juda kam hollarda Astma

Bronxospazm

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar Tez-tez Diareya

Ko‘ngil aynishi

Qusish

Ba‘zi hollarda Qabziyat

Meteorizm

Me‘da-ichakdan qon ketishi

O‘n ikki barmoqli ichak yoki me‘daning yarasi va uning perforasiyasi

Juda kam hollarda Me‘daning shilliq qavatini yallig‘lanishi (gastrit)

Qorinda og‘riq

Ovqat hazm bo‘lishini buzilishi

Og‘izning shilliq qavatini yallig‘lanishi, shu jumladan yaralarni hosil bo‘lishi

Qora moysimon ich kelishi

Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar («Nimesil® preparatini qabul qilish mumkin bo‘lmagan holatlar» bo‘limiga qaralsin) Juda kam Jigarni yallig‘lanishi (gepatit)

Yashin tezligidagi va kuchli gepatit (shu jumladan o‘lim bilan tugovchi)

Sariqlik

Safro chiqarilishini buzilishi (xolestaz)

Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan buzilishlar Ba‘zi hollarda Qichishish

Toshma

Kuchli terlash

Kam hollarda Eritema

Dermatit

Juda kam hollarda Eshakemi

To‘qimalarni shishi (angionevrotik shish)

Yuzni shishi

Og‘ir teri reaksiyalari (ko‘p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz)

Buyrak va siydik chiqarish tizimi tomonidan buzilishlari Kam hollarda Siyishni qiyinlashishi

Siydikda qon

Juda kam hollarda Siyishni tutilishi

Buyrak yetishmovchiligi

Oliguriya

Buyrak to‘qimasini yallig‘lanishi (interstisial nefrit)

Preparatga mahalliy reaksiyalar va umumiy buzilishlar Ba‘zi hollarda To‘qimalarda suyuqlikni to‘planishi (shish)
Kam hollarda Kuchsizlanish

Holsizlik

Juda kam hollarda Tananing anomal past harorati (gipotermiya)

Nojo‘ya ta‘sirlar kuchayganida yoki ushbu ilova varaqada ko‘rsatilmagan har qanday nojo‘ya ta‘sirlar paydo bo‘lganida, bu haqda davolovchi shifokoringizga yoki dorixona xodimiga xabar bering.

 

  1. NIMESIL® PREPARATINI SAQLASH SHAROITI

Ushbu dori vositasini 30o S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlash lozim!

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Nimesil® ni paketcha va karton qutida ko‘rsatilgan “goden do” so‘zlaridan keyin ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatmang. Yaroqlilik muddatining o‘tish sanasi ko‘rsatilgan oyning so‘nggi kuniga to‘g‘ri keladi.

  1. BOSHQA MA‘LUMOTLAR

Nimesil® preparatining tarkibi

  • Ta‘sir etuvchi modda: nimesulid
  • Boshqa ingredientlari: saxaroza, apelsin hushbo‘yi, limon kislotasi, maltodekstrin va makrogolning setostearil efiri.

Nimesil® preparatining tashqi ko‘rinishi va o‘ram ichidagisi 

Granulalar qog‘oz, alyumin va polietilendan porsiyali paketlarga joylangan; porsiyali paketlar va ilova-varaqa karton qutiga o‘ramlangan. Bir karton qutida 9, 15 yoki 30 porsiyali paketlar saqlanadi; bir porsiyali paketchada 2 g granula (100 mg nimesulid)  mavjud.

Sotuvda o‘ramlarning barcha o‘lchamlari bo‘lmasligi mumkin.

Dorixonalardan berish tartibi

Dori vositasi shifokor resepti bo‘yicha beriladi.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

NIMESIL 0,1 granuli N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
NIMESIL 0,1 granuli N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
NIMESIL 0,1 granuli N30 dori vositasi Файн Фудс & Фармасьютикалз Н.Т.М. С.П.А. tomonidan Italiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
NIMESIL 0,1 granuli N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
NIMESIL 0,1 granuli N30 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
EMERON gel 50g 2%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Makedoniya
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: REPLEK FARM Ltd. Skopje, Македония.
  • Vakil: VEGAPHARM
Narh: 63 400 so'mdan Batafsil
Avisil granulalari 100 mg N30
EMETRON tabletkalari 100 mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Makedoniya
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Vegapharm LLP., Великобритания произведено: Replek Farm Ltd. Skopje
  • Vakil: VEGAPHARM
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
FORSIL poroshok so vkusom apelsina 3g N30
Narh: 8 000 so'mdan Batafsil
NIMID tabletkalari 100mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 78 176 so'mdan Batafsil
NIMESIL granuli 100mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Laboratori Guidotti S.p.A. (Menarini Group), Италия произведено: Fine Foods Pharmaceuticals N.T.M. S.p.A.
Narh: 99 400 so'mdan Batafsil
NIMESIL granuli 100mg N15
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Laboratori Guidotti S.p.A. (Menarini Group), Италия произведено: Fine Foods Pharmaceuticals N.T.M. S.p.A.
NIMESIL granuli 100mg N9
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Laboratori Guidotti S.p.A. (Menarini Group), Италия произведено: Fine Foods Pharmaceuticals N.T.M. S.p.A.
NIMESIL granuli 2g N9
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Laboratori Guidotti S.p.A (Menarini Group) Италия производитель: Laboratorios Menarini S.A.Испания
NIMESIL granuli 100mg N15
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Laboratori Guidotti S.p.A (Menarini Group) Италия производитель: Laboratorios Menarini S.A.Испания
NIMELID granuli 100mg 100 mg/2 g N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: S.C.Rompharm Company S.R.L.
NAYZ gel 20g 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr.Reddy's Laboratories Ltd
Narh: 24 000 so'mdan Batafsil
NOVIRUS granuli 2,0g N10
NIMESUL poroshok 100mg 100 mg/2 g N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dentafill Plyus, ООО
NIMESULID poroshok 100mg 100 mg/2 g N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, НПП
NIMESIM tabletkalari 100mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Samarkand England Ecomedical, СП, ООО (упаков.) East African (India) Overseas, Индия (произ.)
APONIL tabletkalari 100mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Kipr
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Medochemie Ltd
FRENAG gel 30g 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Helba Pharmaceuticals Inc. Co., Турция произведено: Merkez Laboratory Pharmaceutical and Trade Co.
PROLID tabletkalari 100mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Protech Biosystems Pvt. Ltd
NIMID gel 30 g 10 mg/g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 28 600 so'mdan Batafsil
NIMESULID ATM granuli 2g N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ATM Pharm, OOO
Narh: 50 400 so'mdan Batafsil
NIMELID granuli 100mg 100 mg/2 g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: S.C.Rompharm Company S.R.L.
SUARON tabletkalari 100mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd.
  • Vakil: GMP
Narh: 22 000 so'mdan Batafsil
SUARON poroshok 100mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd.
  • Vakil: GMP
Narh: 24 600 so'mdan Batafsil
NIMID tabletkalari 100mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 7 000 so'mdan Batafsil
NIMID granuli 2g N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
NIMESIL granuli 100mg N9
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Laboratori Guidotti S.p.A (Menarini Group) Италия производитель: Laboratorios Menarini S.A.Испания
NAYZ tabletkalari 100mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr.Reddy's Laboratories Ltd
Narh: 22 400 so'mdan Batafsil
NIMESAN tabletkalari 100mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Шрея Лайф Саенсиз Пвт Лтд
Narh: 15 060 so'mdan Batafsil
NIMULID 0,1 tabletkalari 0,1g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Панацея Биотек Лтд
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9