×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

NIMID tabletkalari 100mg N100

Kategoriya:
- Yallig'lanishga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Нимесулид
Qadoqda soni:
- 100
Ishlab chiqaruvchi:
- Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
Vakil:
- Kusum
ATX kodi:
- M01AХ17
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 101 ta dorixonasida topildi

ico 78 176 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 123 200 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

NUROFEN DLYA DETEY suspenziya so vkusom apelsina 150ml 100mg/5ml Рекитт Бенкизер Хелскэр (Великобритания) Лимитед Buyuk Britaniya
54 000 s`om dan
DIKLOBRAUN inyeksiya uchun eritma 3ml 25mg/ml N5 Brawn Laboratories Limited Hindiston
27 000 s`om dan
VRAGGRIPP P sirop 100ml N1 Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Индия произведено: Lincoln Parenteral Ltd. Hindiston
18 000 s`om dan
KETONAL FORTE tabletkalari 100mg N20 Sandoz Pharmaceuticals d.d., Словения произведено: Lek d.d. Sloveniya
32 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
NIMID tabletkalari 100mg N100 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

NIMID®

NIMID®

 

Preparatning savdo nomi: Nimid®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): nimesulid

Dori shakli: granulalar.

Tarkibi:

har bir sashe (2 g granula) quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: nimesulid – 100 mg;

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati (tablettoza 80), povidon K-30, natriy saxarini, limon kislotasi monogidrati, kolloid kremniy dioksidi, apelsin aromatizatori (DC100 PH), izopropil spirti va tozalangan suv.

Ta‘rifi: apelsin ta‘mli och-sariq rangli granulalar.

Farmakoterapevtik guruhi: nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita.

ATX kodi: M01AX17.

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Nimid® nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita bo‘lib hisoblanadi. U yallig‘lanishga qarshi, isitmani pasaytiruvchi va og‘riqsizlantiruvchi ta‘sirlarga ega. U siklooksigenaza-2 (SOG-2) fermentini ingibisiya qilish hisobiga prostaglandinlar sintezining selektiv ingibitori bo‘lib hisoblanadi. U fosfodiesteraza IV ni ingibisiya qiladi, bu fagositar va xemotaksik faoliyatga biron-bir ta‘sirsiz neytrofillarni faollashtirish yo‘li bilan superoksid hosil bo‘lishining pasayishiga olib keladi.

Nimid® fagositoz jarayonida hosil bo‘ladigan gipoxlorid kislotasini hujayradan tashqarida mavjud bo‘lishini pasaytiradi va konsentrasiyaga bog‘liq holda bazofillar va labrositlardan gistaminning ajralib chiqishini ingibisiya qiladi. Bu shuningdek trombositlarni faollashtirish omili shakllanishini pasaytiradi.

Nimid® metalloproteazalar (kollagenaza va stromelizin) sintezini ingibisiya qilish yo‘li bilan tog‘ay to‘qimasi buzilishini kamaytiradi.

Nimesulid yallig‘lanish sohalarida elastaza faolligini nazorat qiladi, bu yallig‘lanishga qarshi ta‘sirni ta‘minlaydi.

Farmakokinetikasi

Peroral qabul qilinganidan keyin nimesulid yaxshi so‘riladi. Ovqatning mavjudligi nimesulidning so‘rilish qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Maksimal konsentrasiyasiga erishish vaqti (Tmax) ichga qabul qilinganida 1,2-3,3 soatni tashkil etadi. Taqsimlanish hajmi (Vd) 0,18-0,39 l/kg ni tashkil etadi, qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi 99% ni tashkil etadi. Preparat gistogematik to‘siqdan yaxshi o‘tadi.

Nimesulid 4-gidroksi-nimesulidga jigar tomonidan metabolizmga uchraydi. Yarim parchalanish davri 1,8-5,25 soatni tashkil etadi. Umumiy klirens 31,02 dan 106,16 ml/soat/kg gacha o‘zgarib turadi.

Nimesulid metabolitlarini siydik bilan chiqarilishi 50,5-62,5% ni, axlat bilan chiqarilishi 17,9-36,2% ni tashkil etadi va 0,1% o‘zgarishsiz bo‘ladi.

Qo‘llanilishi

  • bo‘g‘imlar va yumshoq to‘qimalarning yallig‘lanish va degenerativ revmatik kasalliklari: osteoartrit, osteoartroz, ankilozlovchi spondilit, bursit, tendinitda;
  • umurtqaning yallig‘lanish, degenerativ-distrofik va travmatik shikastlanishlari keltirib chiqargan og‘riq sindromida;
  • to‘qimalar yallig‘lanishi va shishi keltirib chiqargan posttravmatik va operasiyadan keyingi og‘riq sindromida;
  • yallig‘lanish va og‘riq sindromi bilan ginekologik kasalliklar: birlamchi algodismenoreya, adneksitda;
  • LOR-a‘zolar, tishlar, milklarning og‘riq bilan kechadigan yallig‘lanish kasalliklari: faringit, tonzillit, otit, aftoz stomatit, gingivitda qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat ovqatlangandan keyin ichga qabul qilinishi lozim.

Kattalar va 12 yoshdan katta bo‘lgan bolalar uchun odatdagi doza– 100 mg (bitta sashe ichidagi miqdor) bir kunda ikki marta ertalab va kechqurun qabul qilinadi. Paket ichidagi modda 1 stakan iliq suvda eritiladi va darhol ichiladi.

Keksa yoshdagi pasientlar uchun dozalash tartibiga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.

Davolash kursi individual ravishda aniqlanadi.

 

Nojo‘ya reaksiyalari

Tez-tez(≥ l/100,  l/10):

  • diareya, ko‘ngil aynishi, qusish;
  • jigar fermentlari faolligini oshishi.

Tez-tez emas (≥l/1,000, <l/100):

  • bosh aylanishi;
  • arterial gipertenziya;
  • hansirash;
  • qabziyat, meteorizm, gastrit;
  • qichishish, toshma, kuchli terlash;
  • shishlar.

Kam hollarda (≥l/10000, <l/1,000):

  • anemiya, eozinofiliya;
  • yuqori sezuvchanlik;
  • giperkaliemiya;
  • qo‘rquv hissi, asabiylik, tungi dahshatli tushlar;
  • ko‘rishni noaniqligi;
  • taxikardiya;
  • qon quyilishi, arterial bosimning labilligi, quyilishlar;
  • eritema, dermatit;
  • dizuriya, gematuriya, siydikning tutilib qolishi;
  • xolsizlik, asteniya.

Juda kam ollarda (<l/10000):

  • trombositopeniya, pansitopeniya, purpura;
  • anafilaksiya;
  • bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, ensefalopatiya (Reye sindromi);
  • bosh aylanishi;
  • ko‘rishning buzilishi;
  • astma, bronxospazm;
  • qorinda og‘riq, dispepsiya, stomatit, melena, me‘da-ichakdan qon ketishlar, o‘n ikki barmoq ichak yarasi va teshilishi, me‘da yarasi va teshilishi;
  • gepatit, yashin tezligida yuz beradigan gepatit (shu jumladan o‘lim bilan yakunlanuvchi), sariqlik, xolestaz;
  • eshakemi, angionevrotik shish, yuzni shishi, ko‘p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermalnekroliz;
  • buyrak yetishmovchiligi, oliguriya, interstisial nefrit;
  • gipotermiya.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • nimesulidga yoki preparatning yordamchi moddalaridan biriga yuqori sezuvchanlikda;
  • anamnezda asetilsalisil kislotasi yoki boshqa nosteroid preparatlar qo‘llanilishidan kelib chiqadigan giperergik reaksiyalar (masalan, bronxospazm, rinit, eshakemi) bo‘lganida;
  • anamnezda nimesulidga gepatotoksik reaksiyalar bo‘lganida;
  • boshqa potensial gepatotoksik preparatlardan bir vaqtda foydalanilganda;
  • alkogolizmda, narkomaniyada;
  • me‘da yoki o‘n ikki barmoq ichak yarasi qo‘zg‘alish fazasida, me‘da-ichak yaralarida, teshilishlarida yoki anamnezda qon quyilishida;
  • bosh miya qon tomirlariga qon quyilganida yoki anamnezda boshqa qon quyilishlarida, shuningdek gemofiliya bilan bog‘liq kasalliklarda;
  • qon ivishi tizimining og‘ir buzilishlarida;
  • og‘ir yurak yetishmovchiligida;
  • og‘ir buyrak yetishmovchiligida (kreatinin klirensi< 30 ml/min);
  • jigar kasalliklarida, jigar fermentlari faolligi oshganida, buyrak yetishmovchiligida;
  • shamollash va gripp simptomlari bo‘lgan pasientlarda;
  • 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda;
  • homiladorlik va laktasiya davrida;
  • fruktozani nasliy o‘zlashiraolmaslikda, glyukoza-galaktoza so‘rilishi buzilishida, saxaroza-izomaltaza tanqisligida qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Nimesulid va furosemidni bir vaqtda qo‘llanilishi peroral yuborilganida furosemidning biokiraolishligi pasayishiga, kalavalar filtrasiyasiga uning ta‘siri va buyrakda qon oqimi pasayishiga olib kelishi mumkin.

Nimesulid antigipertenziv preparatlarning ta‘sirini kamaytiradi.

Buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan bemorlarda nimesulid va AAF ingibitorlarini, angiotenzin II reseptorlari, shuningdek siklooksigenaza-supressorlari tizimi antagonistlarini bir vaqtda qo‘llanilishi odatda qaytuvchan bo‘lgan og‘ir buyrak yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin.

Nimesulidni teofillin bilan doimiy davolash vaqtida qo‘llanilishi teofillinning plazmadagi darajalarining marginal pasayishini ko‘rsatadi.

Nimesulid bir vaqtda qo‘llanilganida varfarin yoki boshqa shunga o‘xshash antikoagulyantlar ta‘sirini kuchaytiradi.

NYAQV ni beta-adrenoblokatorlar bilan bir vaqtda qo‘llanilishi arterial bosimni oshirishi mumkin.

Nimesulid litiy klirensini pasaytirishi mumkin, bu plazmada litiy darajasi va uning toksikligi oshishiga olib kelishi mumkin.

Nimesulidni siklosporin bilan bir vaqtda qo‘llanilishi siklosporinning nefrotoksikligini oshirishi mumkin.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Nimesulid ikkinchi qator preparati sifatida tavsiya etiladi. Nimesulid bilan davolash boshlanishi haqidagi qaror har bir alohida olingan pasient uchun barcha xavflarni baholashga asoslangan.

Nimesulidni furosemid, gipotenziv preparatlar, AAF ingibitorlari, siklooksigenaza ingibitorlari bilan birga qo‘llanilganida, ayniqsa keksa yoshdagi pasientlarda ehtiyotkorlikni namoyon qilish tavsiya etiladi. Preparatlarning bunday birgalikda qo‘llanilishi yetarli miqdorda suyuqlik iste‘mol qilinishini va buyrak funksiyasini nazorat qilinishini talab qiladi.

NYAQP ni beta-adrenoblokatorlar bilan bir vaqtda yuborilganida arterial bosimni nazorat qilish tavsiya etiladi.

Nimesulid litiy bilan davolanayotgan pasientlarga buyurilganida plazmada litiy darajasini nazorat qilish talab qilinadi.

Agar nimesulid metotreksat bilan davolashgacha yoki undan keyin 24 soatdan kam vaqt ichida qo‘llanilsa, ehtiyotkorlik talab qilinadi, chunki plazmada metotreksat darajasi va demak, ushbu preparat toksikligi oshishi mumkin.

Agar nimesulidni qabul qilayotgan pasientlarda tana harorati oshsa yoki gripp simptomlari paydo bo‘lsa, davolash to‘xtatilishi kerak.

Jigar shikastlanishi simptomlari (anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq, charchash, siydikni to‘q rangga kirishi) paydo bo‘lganida yoki laboratoriya tadqiqotlari natijalari normal ko‘rsatkichlardan o‘zgarganida nimesulid bilan davolashni to‘xtatish tavsiya etiladi.

Ushbu hollarda bunday pasientlarga nimesulidni takroriy buyurish mumkin emas.

Nimesulid bilan davolash vaqtida pasientlar boshqa analgetiklarni, boshqa NYAQP larni, shu jumladan siklooksigenaza 2 selektiv ingibitorlarini qabul qilishdan saqlanishlari lozim.

Nimesulidni quyidagi hollarda ehtiyotkorlik bilan qabul qilish lozim:

  • jigar kasalliklarida, qon ivishi tizimi buzilishlarida, arterial gipertenziya, shish bilan bog‘liq yurak-qon tomir kasalliklarida; me‘da-ichak yaralarida, me‘da-ichakda qon ketishlarda yoki teshilishlarda, buyrak yetishmovchiligida;
  • dori ta‘siridagi og‘ir va o‘rtacha og‘irlikdagi gepatit. Nimesulidni qabul qilayotgan bunday pasientlar jigar funksiyasini nazoratidan (zarurat bo‘lganida qon plazmasida AST/ALT testidan) o‘tishlari kerak.

Gepatotoksiklikning birinchi belgilarida nimesulid bilan davolashni to‘xtatish zarur.

Homiladorlik yoki laktasiya davrida qo‘llanilishi

Homiladorlik davri

Homiladorlikning so‘ngi uch oyligida NimidÒ preparatini qo‘llash mumkin emas. Nimesulidning qo‘llanilishi ayollarda fertillik buzilishiga olib kelishi mumkin va u homiladorlikni rejalashtirayotgan ayollarga tavsiya etilmaydi. Prostaglandinlar sintezini so‘ndiradigan boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar kabi NimidÒ botall teshigining muddatidan ilgari yopilishiga sabab bo‘lishi, o‘pka gipertenziyasi, oliguriya, kam suvlikni keltirib chiqarishi mumkin. Bachadondan qon ketishi, bachadon atoniyasi va periferik shishlar rivojlanishi xavfi ortadi. Preparatni homilador ayollar tomonidan qo‘llanilishiga doir ma‘lumotlar mavjud emasligini hisobga olgan holda NimidÒ preparatini homiladorlikning І va ІІ uch oyliklarida buyurish tavsiya etilmaydi.

Laktasiya davri

Nimesulid ko‘krak sutiga o‘tishi noma‘lumligi tufayli, NimidÒ preparatini laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Preparatning ehtimol yuz berishi mumkin bo‘lgan noxush ta‘sirlari tufayli, avtotransportni boshqarish yoki potensial xavfli uskunani ishlatish vaqtida ehtiyotkorlikni namoyon qilish tavsiya etiladi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: gipoglikemiya, tana haroratini pasayishi, uyquchanlik, ko‘ngil aynishi, qusish, epigastral sohada og‘riqlar.

Davolash:me‘dani yuvish, simptomatik davolash.

 

Chiqarilish shakli

2 g dan sasheda, 30 sashe tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga karton qutiga joylangan.

 

Saqlash sharoitlari

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

4 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

NIMID tabletkalari 100mg N100 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
NIMID tabletkalari 100mg N100 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
NIMID tabletkalari 100mg N100 dori vositasi Kusum Healthcare Pvt. Ltd. tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
NIMID tabletkalari 100mg N100 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
NIMID tabletkalari 100mg N100 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
EMERON gel 50g 2%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Makedoniya
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: REPLEK FARM Ltd. Skopje, Македония.
  • Vakil: VEGAPHARM
Narh: 63 400 so'mdan Batafsil
Avisil granulalari 100 mg N30
EMETRON tabletkalari 100 mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Makedoniya
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Vegapharm LLP., Великобритания произведено: Replek Farm Ltd. Skopje
  • Vakil: VEGAPHARM
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
FORSIL poroshok so vkusom apelsina 3g N30
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
NIMESIL granuli 100mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Laboratori Guidotti S.p.A. (Menarini Group), Италия произведено: Fine Foods Pharmaceuticals N.T.M. S.p.A.
Narh: 99 400 so'mdan Batafsil
NIMESIL granuli 100mg N15
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Laboratori Guidotti S.p.A. (Menarini Group), Италия произведено: Fine Foods Pharmaceuticals N.T.M. S.p.A.
NIMESIL granuli 100mg N9
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Laboratori Guidotti S.p.A. (Menarini Group), Италия произведено: Fine Foods Pharmaceuticals N.T.M. S.p.A.
NIMESIL granuli 2g N9
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Laboratori Guidotti S.p.A (Menarini Group) Италия производитель: Laboratorios Menarini S.A.Испания
NIMESIL granuli 100mg N15
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Laboratori Guidotti S.p.A (Menarini Group) Италия производитель: Laboratorios Menarini S.A.Испания
NIMELID granuli 100mg 100 mg/2 g N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: S.C.Rompharm Company S.R.L.
NAYZ gel 20g 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr.Reddy's Laboratories Ltd
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
NOVIRUS granuli 2,0g N10
NIMESUL poroshok 100mg 100 mg/2 g N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dentafill Plyus, ООО
NIMESULID poroshok 100mg 100 mg/2 g N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, НПП
NIMESIM tabletkalari 100mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Samarkand England Ecomedical, СП, ООО (упаков.) East African (India) Overseas, Индия (произ.)
APONIL tabletkalari 100mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Kipr
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Medochemie Ltd
FRENAG gel 30g 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Helba Pharmaceuticals Inc. Co., Турция произведено: Merkez Laboratory Pharmaceutical and Trade Co.
PROLID tabletkalari 100mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Protech Biosystems Pvt. Ltd
NIMID gel 30 g 10 mg/g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
NIMESULID ATM granuli 2g N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ATM Pharm, OOO
NIMELID granuli 100mg 100 mg/2 g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: S.C.Rompharm Company S.R.L.
SUARON tabletkalari 100mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd.
  • Vakil: GMP
Narh: 22 000 so'mdan Batafsil
SUARON poroshok 100mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd.
  • Vakil: GMP
Narh: 23 000 so'mdan Batafsil
NIMID tabletkalari 100mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 7 000 so'mdan Batafsil
NIMID granuli 2g N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
NIMESIL granuli 100mg N9
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Laboratori Guidotti S.p.A (Menarini Group) Италия производитель: Laboratorios Menarini S.A.Испания
NAYZ tabletkalari 100mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr.Reddy's Laboratories Ltd
Narh: 31 400 so'mdan Batafsil
NIMESAN tabletkalari 100mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Шрея Лайф Саенсиз Пвт Лтд
Narh: 15 060 so'mdan Batafsil
NIMULID 0,1 tabletkalari 0,1g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Панацея Биотек Лтд
NIMULID gel 30 g 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Panacea Biotec Ltd
Narh: 27 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
DERMAZOL shampun 100ml 2%
Narh: 39 000 so'mdan Batafsil
DERMAZOL shampun 50ml 2%
Narh: 34 000 so'mdan Batafsil
MUKEKS sirop 100ml 30mg/5ml
Narh: 26 000 so'mdan Batafsil
NIMID FORTE tabletkalari 100mg/2mg N100
Narh: 176 800 so'mdan Batafsil
UKRLIV tabletkalari 250mg N30
Narh: 165 000 so'mdan Batafsil
DOMRID tabletkalari 10mg N30
Narh: 35 800 so'mdan Batafsil
DOMRID suspenziya 60ml 1mg/ml
ESZOL tabletkalari 100mg N10
Narh: 84 900 so'mdan Batafsil
REMOV LOSON 50ml 4% N1
Narh: 33 000 so'mdan Batafsil
OKSAPIN tabletkalari 300mg N30
Narh: 35 500 so'mdan Batafsil
MEZAKAR tabletkalari 200mg N50
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
MEZAKAR SR tabletkalari 400mg N50
Narh: 78 000 so'mdan Batafsil
LOFLATIL tabletkalari 2mg/125mg N100
Narh: 89 600 so'mdan Batafsil
ZARDEKS kapsulalar 300mg N100
DIKLOSEYF suppozitorii 50mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
DIKLOSEYF suppozitorii 100mg N10
Narh: 32 000 so'mdan Batafsil
DIKLOSEYF MAKS gel 30g 5%
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
VOLVIT/WOLVIT tabletkalari 5 mg N30
VERTINEKS tabletkalari 5mg N10
ASKOSIN tabletkalari N100
Narh: 93 072 so'mdan Batafsil
ARTRIKYUR tabletkalari N60
ALFAFORKAL kapsulalar 0,25mkg N30
TAYGERON tabletkalari 750mg N5
Narh: 49 000 so'mdan Batafsil
TAYGERON tabletkalari 500mg N5
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
REKOL tabletkalari 10mg N14
Narh: 46 400 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
NIMID granuli 2g N30
NIMID gel 30 g 10 mg/g
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9