99 400 s`om dan
Dorixonalardan izlash135 000 s`om dan + yetkazish
Buyurtma berish107 900 s`om dan
Bron qilishILOVA-VARAQA: PASIENT UCHUN MA‘LUMOT
Nimesil®
Ichga qabul qilish uchun suspenziya tayyorlash uchun 100 mg granulalarda
Ta‘sir etuvchi modda: nimesulid
Ushbu dori preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin preparat uchun bu ilova-varaqani to‘liq va diqqat bilan o‘qib chiqing, chunki unda Siz uchun muhim bo‘lgan ma‘lumot saqlanadi.
Ilova-varaqaning mazmuni:
Nimesil® – og‘riq qoldiruvchi xususiyatlarga ega nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparat («NYAQP»). O‘tkir og‘riqni davolash uchun, osteoartritdagi og‘riq xurujlarida va hayz ko‘rish vaqtidagi og‘riqlarda qo‘llanadi.
Nimesil® preparatini buyurishdan oldin davolovchi shifokoringiz bu preparat qo‘llanganidagi foyda va nojo‘ya samaralarining paydo bo‘lishi xavfini baholaydi.
Agar ahvolni yaxshilanishi kuzatilmasa yoki ahvol yomonlashsa, shifokorga murojaat qiling.
Nimesil®ni quyidagi holatlarda qo‘llash mumkin emas:
Nimesil® preparatini 12 yoshdan kichik bolalarga buyurish tavsiya etilmaydi.
Nimesil®ni o‘ziga xos ehtiyotkorlik bilan qabul qilish kerak
Nimesil® preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin davolovchi shifokoringiz yoki dorixona xodimi bilan maslahatlashing.
Kasallikning simptomlarini nazorat qilish uchun kerak bo‘lgan eng kam samarali dozani, eng kam qo‘llash davomiyligida ishlatib, nojo‘ya samaralarini minimumga yetkazish mumkin.
Nimesil® preparatini qabul qilishdan oldin, Siz shunday preparatlarni qabul qilayotganingizni shifokoringiz yoki dorixona xodimi bilishi to‘g‘risida ishonch hosil qiling.
Keksa pasientlar
Nimesil® preparati me‘da, buyraklar, yurak yoki jigar faoliyatiga ta‘sir qilmayotganligiga ishonch hosil qilish uchun shifokor keksa pasientlar uchun takroriy vizitlarni ko‘proq buyurishi mumkin.
Keksa pasientlarda NYAQP larni qabul qilishda nojo‘ya samaralarni, ayniqsa hayot uchun xavfli bo‘lgan me‘da-ichakdan qon ketishlar yoki perforasiyani paydo bo‘lish tez-tezligi yuqori.
Yurak-qon tomir tizimiga ta‘siri
Nimesil® kabi preparatlarni qabul qilish yurak xuruji (miokard infarkti) yoki insult xavfini biroz oshishiga olib kelishi mumkin. Bu yuqori dozalar qo‘llanganida va preparat bilan uzoq vaqt davolanganda kasalliklarni paydo bo‘lish xavfini ehtimoli ko‘proq. Shifokor tomonidan tavsiya etilgan doza yoki davolash davomiyligini oshirmang.
Yurak kasalligi, avval o‘tkazilgan infarkt mavjudligida, yoki Siz agar Sizda bu kasalliklarni (masalan, yuqori qon bosimi, diabet yoki qonda xolesterinning yuqori miqdori borligida, chekishda) paydo bo‘lishining xavfi bor bo‘lishi mumkin deb hisoblasangiz, davolovchi shifokor yoki dorixona xodimi bilan mumkin bo‘lgan davolashni muhokama qilish kerak.
Shuningdek, anamnezida yuqori qon bosimi va/yoki yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar ehtiyotkorlikka rioya qilishlari lozim, chunki NYAQP ni qabul qilishda suyuqlikni tutilib qolishi va shishlar to‘g‘risida xabar berilgan.
Nimesulid trombositlarning faoliyatini yomonlashtirishi mumkin; shuning uchun qon ketishlariga moyilligi bo‘lgan pasientlar, Nimesil® ni ehtiyotkorlik bilan qabul qilishlari kerak. Nimesil® yurak va qon tomirlarning kasalliklarini oldini olish uchun asetilsalisil kislotasining o‘rnini bosmaydi.
Me‘da-ichak yo‘llari uchun xavfsizligi
Me‘da-ichak qon ketishlari, yara va perforasiya:
Har qanday NYAQV qabul qilinganda, butun davolash davri mobaynida hayot uchun xavf soluvchi xabar beruvchi simptomlar va ularsiz, shuningdek o‘tmishda me‘da ichak yo‘llari tomonidan og‘ir patologiyalar mavjud bo‘lsa yoki bo‘lmagan holatda ham, me‘da-ichakdan qon ketishlari, yaralar yoki perforasiya kelib chiqishi mumkin.
Me‘da-ichakdan qon ketishi, yara yoki yarani perforasiyasi ro‘y berish xavfi, anamnezida yarasi bo‘lgan, ayniqsa qon quyilishi yoki perforasiya bilan asoratlangan pasientlarda, shuningdek keksa pasientlarda nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatning dozasini oshirish bilan oshadi («Nimesil® preparatini qabul qilish mumkin bo‘lmagan holatlar» bo‘limiga qaralsin). Bunday pasientlar uchun davolashni mumkin qadar eng kichik dozadan boshlash kerak.
Bu pasientlar uchun, shuningdek asetilsalisil kislotasi yoki me‘da-ichak kasalliklarini paydo bo‘lish xavfini oshiruvchi boshqa preparatlarning kichik dozalari bilan yondosh davolash zarur bo‘lgan pasientlar uchun, himoya qiluvchi vositalarni (masalan, mizoprostolni yoki proton pompa ingibitorlarini) qo‘llash bilan majmuaviy davolashni o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqish kerak.
Anamnezida me‘da-ichak yo‘llari tomonidan nojo‘ya ta‘sirlari bo‘lgan pasientlar, ayniqsa keksalar qorin sohasida paydo bo‘ladigan har qanday odatdagi bo‘lmagan simptomlar (ayniqsa, me‘da-ichak qon ketishlari to‘g‘risida) shifokorga xabar berishlari kerak. Bu davolashning boshlang‘ich bosqichlarida o‘ta muhimdir.
Yara yoki qon ketishini paydo bo‘lish xavfini oshirishi mumkin bo‘lgan peroral kortikosteroidlar (yallig‘lanish holatlarida qabul qilinadigan preparatlar) kabi dori preparatlari, varfarin kabi antikoagulyantlar, depressiyani davolash uchun qo‘llanadigan serotoninning qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlari yoki asetilsalisil kislotasi kabi antikoagulyantlarni birga qabul qilish hollarida alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim («Boshqa dori preparatlarini qabul qilish» bo‘limiga qaralsin).
Nimesil® preparatini qabul qilish vaqtida me‘da-ichakdan qon ketishi yoki yara paydo bo‘lganida, preparat bilan davolashni bekor qilish kerak.
Anamnezida me‘da-ichak kasalliklari (nospesifik yarali kolit, Kron kasalligi) bo‘lgan pasientlarga nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim, chunki bu kasalliklar zo‘rayishi mumkin («Nimesil®ni o‘ziga xos ehtiyotkorlik bilan qabul qilish kerak» bo‘limiga qaralsin).
Teri reaksiyalari
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar qo‘llanganida terini qizarishi va pufakchalar hosil bo‘lishi bilan kechuvchi jiddiy teri reaksiyalari, shu jumladan hayotga xavf soluvchi reaksiyalarning (eksfoliativ dermatit, Stivens-Djonson sindromi va zaharli epidermal nekrolizi/Layell sindromi) juda kam hollari haqida ma‘lumotlar mavjud («Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlar» bo‘limiga qaralsin). Agar ilgari buyurilgan davolash kursida, reaksiyani boshlanishi ko‘pchilik hollarda davolashning birinchi oyi davomida paydo bo‘lgan bo‘lsa, pasientlarda bunday reaksiyalarning juda yuqori xavfi paydo bo‘ladi. Teri toshmalarini, shilliq qavatlarini shikastlanishining birinchi belgilari, yoki yuqori sezuvchanlikning boshqa belgilari paydo bo‘lganida, Nimesil® preparatini qo‘llashni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Boshqa dori preparatlarini qabul qilish
Kortikosteroidlarni va Nimesil® ni birga qabul qilish me‘da-ichakdan qon ketishi yoki yara xavfini oshirishi mumkin («Nimesil®ni o‘ziga xos ehtiyotkorlik bilan qabul qilish kerak» bo‘limiga qaralsin).
NYAQV varfarin kabi antikoagulyantlarning ta‘sirini kuchaytirishi mumkin («Nimesil®ni o‘ziga xos ehtiyotkorlik bilan qabul qilish kerak» bo‘limiga qaralsin).
Shuning uchun bu preparatlarning birga qo‘llash qon koagulyasiyasini kuchli buzilishlari bo‘lgan pasientlar uchun tavsiya etilmaydi va buyurilmasligi kerak. Agar preparat bilan majmuaviy davolashdan saqlanishning iloji bo‘lmasa, unda koagulyasiyaga qarshi faollikni sinchkovlik bilan nazorat qilish kerak.
Nimesil® va antitrombositar preparatlar yoki serotoninni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlarini (SQQOSI) birga qo‘llangan hollarda me‘da-ichakdan qon ketishini yuqori xavfi bo‘ladi («Nimesil®ni o‘ziga xos ehtiyotkorlik bilan qabul qilish kerak» bo‘limiga qaralsin).
Nimesil® furosemidning (yuqori qon bosimi va yurak yetishmovchiligini davolash uchun ishlatiladigan diuretik) va boshqa antigipertenziv preparatlarning ta‘sirini susaytiradi.
Nimesil® va litiy preparatlarini (ruxiy kasalliklarni davolash uchun vosita) birga qo‘llash qonda litiy miqdorini oshishiga olib kelishi mumkin. Qon zardobida litiy miqdorini tekshirish lozim.
Metatreksatni (revmatizm va rakni davolash uchun preparat) qo‘llashdan oldin yoki keyin 24 soat davomida Nimesil®ni buyurish, qonda metatreksatning konsentrasiyasini oshishiga va bu preparatning nojo‘ya ta‘sirlarini kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (nimesulid kabi) siklosporinning (immun javobni bostirish uchun qo‘llanadigan preparat, masalan, a‘zo ko‘chirib o‘tkazilganidan keyin) buyraklarga noxush ta‘sirlarini kuchaytirishi mumkin.
Agar Siz boshqa dori preparatlarini, shu jumladan reseptsiz beriladigan dori preparatlarini qabul qilayotgan bo‘lsangiz yoki yaqinda qabul qilgan bo‘lsangiz, iltimos, davolovchi shifokorga yoki dorixona xodimiga murojaat qiling.
Homiladorlik va emizish davri
Bunday hollarda har qanday dori preparatini qo‘llashdan oldin maslahat olish uchun davolovchi shifokor yoki dorixona xodimiga murojaat qilish lozim.
Homiladorlik vaqtida yoki emizish holatida, shuningdek homiladorlik ehtimoli bo‘lsa yoki rejalashtirilsa, ushbu dori preparatini qabul qilishdan oldin shifokorga yoki dorixona xodimiga maslahat uchun murojaat qiling.
Nimesil® ni homiladorlikning birinchi olti oyi davomida shifokorning maslahatidan so‘ng qabul qilish mumkin. Ona va bola uchun yuqori xavfi tufayli, Nimesil® ni homiladorlikning so‘nggi uch oyi davomida qo‘llash mumkin emas («Nimesil® preparatini qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar» bo‘limiga qaralsin).
Nimesulid homiladorlik yuz berishini qiyinlashtirishi mumkin. Agar Siz homiladorlikni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz yoki Sizda homiladorlikni boshlanishi bilan bog‘liq muammolar bo‘lsa, bu haqida shifokorni xabardor qilish kerak.
Nimesil®ni emizish davrida qo‘llash mumkin emas.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘siri
Agar Siz Nimesil® preparati qabul qilgandan so‘ng bosh aylanishini, bo‘shliqda orientasiyani yo‘qolishini yoki uyquchanlikni xis etsangiz, avtomobilni boshqarish yoki mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish mumkin emas.
Nimesil® ni doimo shifokorning qat‘iy ko‘rsatmasi bo‘yicha qabul qilish kerak. Agar Sizda shubhalar bo‘lsa, davolovchi shifokor yoki dorixona xodimi bilan maslahatlashing. Odatdagi doza – 100 mg dan 1 paketcha (ichidagisi 1 stakan suvda eritiladi) ovqat qabul qilgandan so‘ng sutkada ikki marta. Nimesil® ni iloji boricha qisqaroq vaqt davomida qo‘llash kerak, bir martalik davolash kursi 15 kundan oshmasligi kerak.
Agar Siz keragidan ortiq Nimesil® preparatini ko‘p miqdorda qabul qilgan bo‘lsangiz
NYAQV dozasini o‘tkir oshirib yuborilishining simptomlari odatda quyidagilar bilan cheklanadi: apatiya, uyquchanlik, ko‘ngil aynishi, qusish va epigastral sohada og‘riq. Me‘da-ichakdan qon ketishi paydo bo‘lishi mumkin. Kam hollarda arterial bosimni oshishi, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, nafasni susayishi va koma paydo bo‘lishi mumkin. NYAQP ning odatdagi dozalari qabul qilinganida va bunday preparatlarning dozasi oshirib yuborilganida og‘ir allergik reaksiyalarni paydo bo‘lishi to‘g‘risida xabar berilgan.
Nimesil® preparatining navbatdagi qabuli o‘tkazib yuborilganidagi choralar
Agar Siz Nimesil® preparatining dozasini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz, unda keyingi galda preparatning navbatdagi dozasini qabul qiling.
O‘tkazib yuborilgan dozani o‘rnini to‘ldirish uchun ikki marta katta dozani qabul qilmang.
Agar Siz Nimesil® preparatini qabul qilishni to‘xtatgan bo‘lsangiz
Davolovchi shifokorning maslahatisiz Nimesil® preparatini qabul qilishni to‘xtatganingizda Sizning holatingiz yomonlashishi mumkin.
Nimesil®, har qanday boshqa dori preparati kabi nojo‘ya ta‘sirlar chaqirishi mumkin, garchi hamma pasientlarda bo‘lmasa ham.
NYAQP larga eng ko‘p kuzatiladigan nojo‘ya ta‘sirlarga me‘da-ichak yo‘llari tomonidan reaksiyalar kiradi. Peptik yaralar, ba‘zida hayotga xavf soluvchi, ayniqsa keksa pasientlarda me‘da-ichak yo‘llarida perforasiya yoki qon ketishi paydo bo‘lishi rivojlanishi mumkin («Nimesil®ni o‘ziga xos ehtiyotkorlik bilan qabul qilish kerak» bo‘limiga qaralsin). Eng kam hollarda gastritlar kuzatilgan.
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar bilan davolash bilan bog‘liq reaksiya sifatida shishlarni paydo bo‘lishi (organizmda suyuqlikning to‘planishi), arterial bosimni oshishi va yurak yetishmovchiligi to‘g‘risida xabar berilgan.
NYAQV ga terini qizarishi va pufakchalarni hosil bo‘lishi, shu jumladan Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz bilan kechuvchi jiddiy teri reaksiyalarining juda kam hollari to‘g‘risida ma‘lumotlar mavjud.
Nimesil® kabi preparatlarni qabul qilish yurak xuruji (miokard infarti) yoki insultning xavfini biroz oshishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Quyida keltirilgan qiymatlar nojo‘ya ta‘sirlarining paydo bo‘lishi tez-tezligini baholashga asos sifatida qabul qilingan:
Juda tez-tez: 10 davolangan pasientlardan 1 nafaridan ko‘pida |
Tez-tez: 10 pasientlardan 1 dan kam holat, ammo 100 davolangan
pasientlardan 1 nafaridan ko‘pida |
Ba‘zida: 100 pasientlardan 1 dan kam holat, ammo 1000 davolangan
pasientlardan 1 nafaridan ko‘pida |
Kam hollarda: 1000 pasientlardan 1 dan kam holat, ammo 10000 davolangan
pasientlardan 1 nafaridan ko‘pida |
Juda kam: 10000 davolangan pasientlardan 1 dan kam holat, ma‘lum emas
(mavjud ma‘lumotlar asosida baholashning imkoniyati yo‘q) |
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qon tomir va limfatik tizim tomonidan buzilishlar | Kam hollarda | Eritrositlar miqdorini kamayishi (anemiya)
Ayrim oq qon xujayralarining miqdorini oshishi (eozinofiliya) |
Juda kam hollarda | Trombositopeniya (qonda trombositlar miqdorini kamayishi)
Qon xujayralarining barcha turlari miqdorini kamayishi (pansitopeniya) Lokalizasiyalangan teridan qon ketishlari (purpura) |
|
Immun tizimi tomonidan buzilishlar | Kam hollarda | Allergik reaksiyalar |
Juda kam hollarda | Og‘ir allergik reaksiyalar (anafilaksiya) | |
Metabolizm va ovqatla-nishning buzilishlari | Kam hollarda | Qonda kaliy miqdorini oshishi (giperkaliemiya) |
Ruxiy buzilishlar | Kam hollarda | Qo‘rquv hissi
Asabiylik Tungi dahshatli tush ko‘rishlar |
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar | Ba‘zi hollarda | Bosh aylanishi |
Juda kam hollarda | Bosh og‘rig‘i
Uyquchanlik Miya kasalligining ayrim shakli (ensefalopatiya, shu jumladan, Reye sindromi) |
|
Ko‘rish a‘zolari tomonidan buzilishlar | Kam hollarda | Noaniq ko‘rish |
Juda kam hollarda | Ko‘rishni buzilishi | |
Eshitish a‘zolari va labirint apparati tomonidan buzilishlar | Juda kam hollarda | Bosh aylanishi |
Yurak tomonidan buzilishlar | Kam hollarda | Pulsni tezlashishi (taxikardiya) |
Tomirli buzilishlari | Ba‘zi hollarda | Qon bosimni oshishi |
Kam hollarda | Qon quyilishlari
Qon bosimini o‘zgaruvchanligi «Qizish» hissi |
|
Nafas yo‘llari,ko‘krak qafasi a‘zolari va ko‘ks oralig‘i tomonidan buzilishlar | Ba‘zi hollarda | Nafasni qiyinlashishi |
Juda kam hollarda | Astma
Bronxospazm |
|
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar | Tez-tez | Diareya
Ko‘ngil aynishi Qusish |
Ba‘zi hollarda | Qabziyat
Meteorizm Me‘da-ichakdan qon ketishi O‘n ikki barmoqli ichak yoki me‘daning yarasi va uning perforasiyasi |
|
Juda kam hollarda | Me‘daning shilliq qavatini yallig‘lanishi (gastrit)
Qorinda og‘riq Ovqat hazm bo‘lishini buzilishi Og‘izning shilliq qavatini yallig‘lanishi, shu jumladan yaralarni hosil bo‘lishi Qora moysimon ich kelishi |
|
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar («Nimesil® preparatini qabul qilish mumkin bo‘lmagan holatlar» bo‘limiga qaralsin) | Juda kam | Jigarni yallig‘lanishi (gepatit)
Yashin tezligidagi va kuchli gepatit (shu jumladan o‘lim bilan tugovchi) Sariqlik Safro chiqarilishini buzilishi (xolestaz) |
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan buzilishlar | Ba‘zi hollarda | Qichishish
Toshma Kuchli terlash |
Kam hollarda | Eritema
Dermatit |
|
Juda kam hollarda | Eshakemi
To‘qimalarni shishi (angionevrotik shish) Yuzni shishi Og‘ir teri reaksiyalari (ko‘p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz) |
|
Buyrak va siydik chiqarish tizimi tomonidan buzilishlari | Kam hollarda | Siyishni qiyinlashishi
Siydikda qon |
Juda kam hollarda | Siyishni tutilishi
Buyrak yetishmovchiligi Oliguriya Buyrak to‘qimasini yallig‘lanishi (interstisial nefrit) |
|
Preparatga mahalliy reaksiyalar va umumiy buzilishlar | Ba‘zi hollarda | To‘qimalarda suyuqlikni to‘planishi (shish) |
Kam hollarda | Kuchsizlanish
Holsizlik |
|
Juda kam hollarda | Tananing anomal past harorati (gipotermiya) |
Nojo‘ya ta‘sirlar kuchayganida yoki ushbu ilova varaqada ko‘rsatilmagan har qanday nojo‘ya ta‘sirlar paydo bo‘lganida, bu haqda davolovchi shifokoringizga yoki dorixona xodimiga xabar bering.
Ushbu dori vositasini 30o S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlash lozim!
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Nimesil® ni paketcha va karton qutida ko‘rsatilgan “goden do” so‘zlaridan keyin ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatmang. Yaroqlilik muddatining o‘tish sanasi ko‘rsatilgan oyning so‘nggi kuniga to‘g‘ri keladi.
Nimesil® preparatining tarkibi
Nimesil® preparatining tashqi ko‘rinishi va o‘ram ichidagisi
Granulalar qog‘oz, alyumin va polietilendan porsiyali paketlarga joylangan; porsiyali paketlar va ilova-varaqa karton qutiga o‘ramlangan. Bir karton qutida 9, 15 yoki 30 porsiyali paketlar saqlanadi; bir porsiyali paketchada 2 g granula (100 mg nimesulid) mavjud.
Sotuvda o‘ramlarning barcha o‘lchamlari bo‘lmasligi mumkin.
Dorixonalardan berish tartibi
Dori vositasi shifokor resepti bo‘yicha beriladi.