×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

NITROSORBID tabletkalari

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Faol modda:
Изосорбида динитрат
ATX kodi:
- C01DA08 Изосорбида динитрат
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 1 ta dorixonasida topildi

ico 10 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
48 000 s`om dan
DIGOKSIN tabletkalari 0,25mg N40 Борщаговский ХФЗ, ПАО, НПЦ Ukraina
6 500 s`om dan
ATORVAKOR tabletkalari 40mg N30 Фармак, ПАО Ukraina
19 000 s`om dan
KARVIDIL tabletkalari 12,5mg N28 Гриндекс, АО Latviya
71 400 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
NITROSORBID tabletkalari qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

NITROSORBID

NITROSORBIDUM

Preparatning savdo nomi: Izosorbid dinitrat

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): izosorbid dinitrat

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: izosorbid dinitrat– 10 mg;

yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, kalsiy stearati.

Ta‘rifi: oq rangli tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Antianginal vositalar.

ATX kodi: SO1DA08

Farmakologik xususiyatlari

Organik nitrat. Ko‘proq vena qon tomirlariga ta‘sir qiluvchi periferik vazodilyatator. Antianginal ta‘sir mexanizmi miokardni kislorodga bo‘lgan ehtiyojini kamaytirishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu yurakni qisqarishi oldidagi yuklamani kamayishi (periferik vena qon tomirlarni kengayishi oqibatida va o‘ng bo‘lmachaga qon kelishini kamayishi hisobiga) va qisqargandan keyingi yuklamani kamayishi (prekapillyar tomirlarni kengayishi va tomirlarning umumiy periferik qarshiligini (OPSS) kamayishi), hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri koronar qon tomirlarini kengaytirishi oqibatida bo‘ladi. Buning natijasida miokard perfuziyasi, uni kislorod bilan ta‘minlanishi yaxshilanadi, miokardning qisqaruvchanlik funksiyasi yaxshilanadi. Preparatning ta‘siri 30-50 minutdan so‘ng boshlanadi, yuqori samarasi 1,5-2 soatdan so‘ng yuzaga chiqib, 4-6 soatgacha davom etadi.

Qo‘llanilishi

Stenokardiya hurujlarini profilaktikasi va davolash, miokard infarktini tiklovchi davolash (majmuaviy davolash tarkibida), surunkali yurak yetishmovchiligini davolash (majmuaviy davolash tarkibida), o‘pka gipertenziyasini davolashda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Stenokardiya hurujlarini to‘xtatishda 10 mg nitrosorbit tabletkasini yarmi yoki bittasi chaynaladi va og‘izda ushlab turiladi (til tagida).

Stenokardiya hurujlarini oldini olishda boshlang‘ich dozasi 1 tabletka (10 mg) bo‘lib, sutkada 4-5 marta qabul qilinadi.

Samarasi yetarli bo‘lmaganda davolanishning 3-5 kunidan boshlab preparat dozasini sutkada 60-120 mg gacha oshirish mumkin.

Surunkali yurak yetishmovchiligini majmuaviy davolash tarkibida 1-2 tabletkadan (10-20 mg) sutkada 3-4 marta qabul qilinadi. Davolash muddatini turli xil holatlarda individual ravishda shifokor belgilaydi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparatni qabul qilganda: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, arterial gipotenziya, taxikardiya, ko‘ngil aynashi, qusish, qizib ketish, uyquchanlik, tilning yengil achishish hissi, eritematoz toshmalar bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar

  • organik nitratlarga bo‘lgan yuqori sezuvchanlik;

– gemorragik insult;

– yaqqol arterial gipotoniya (sistolik AB 90 mm simob ustunidan kam);

– bosh miya suyagi ichki bosimining oshishi;

– kollaps, shok;

– yaqqol arterial gipotenziya bilan kechadigan o‘tkir miokard infarkti;

– o‘pkaning zaharli shishi;

– ko‘z ichki bosimi yuqori bo‘lgan yopiq burchakli glaukoma;

– bosh miya suyagi, miya shikastlanishi;

– homiladorlik, laktasiyada qo‘llash mumkin emas.

Dorilar bilan o‘zaro ta‘siri

Nitrosorbidni antigipertenziv dori vositalari, antidepressantlar, MAO ingibitorlari bilan birga qo‘llaganda preparatni gipotenziv ta‘siri kuchayishi mumkin, digidroergotamin va etanol bilan esa, bu preparatlarning ta‘siri kuchayadi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Nitrosorbid preparatini uzoq muddat qo‘llaganda tolerantlik rivojlanishi mumkin, shuning uchun preparatni 3-6 xafta muntazam qabul qilgandan keyin 3-5 kun tanaffus qilish tavsiya qilinadi. Bu vaqtda nitrosorbid boshqa antianginal vositalar bilan almashtiriladi.

Preparat bilan davolanish davrida alkogol iste‘mol qilishni istisno qilish kerak.

Alohida hollarda, ayniqsa davolanishni boshida, tezkor ruhiy va harakat reaksiyalariga, xususan avtomobil boshqarishga bo‘lgan qobiliyati kamayishi mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborish

Simptomlari: bosh og‘rig‘i, yurak urishi, bosh aylanishi, arterial gipotenziya, ko‘ngil aynishi, qusish.

Davolash: simptomatik davolash.

Chiqarilish shakli

10 mg dan tabletkalar 10 donadan kontur uyali o‘ramlarda.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

NITROSORBID tabletkalari dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
NITROSORBID tabletkalari dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
NITROSORBID tabletkalari dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
NITROSORBID tabletkalari 10mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Изосорбида динитрат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ЧНПП
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9