×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Novokvik kapsulalar N10

Kategoriya:
- Hazm qilish va moddalar almashinuvi tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
споры лактобактерий, Стрептококки термофильные
Farmakologik guruhlari:
- Sinbiotik va immunobiotik.
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- East African (India)Overseas
Vakil:
- Phoenix Pharm Trade
ATX kodi:
- А07FA90
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 4 ta dorixonasida topildi

ico 50 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 55 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

145 000 s`om dan
KALKOR tabletkalari N30 Unicure (India) Pvt. Ltd. Hindiston
MYATI PERECHNOY LISTYa sire 50g Drug Offer Pharm, ООО O'zbekiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
10 ta kapsuladan blister o'ramda tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutida.

Bir kapsula qo'yidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

Lactobacillus sporogenes 50 mln,

Streptococcus faecalis 30 mln

Clostridium butyricum 2 mln,

Bacillus mesentericus 1 mln,

Saccharomyces boulardii 50 mln.

Novovik ichak va vaginal mikroflorasini tartibga soluvchi probiotik, prebiotik va immunobiotikdir (sinbiotik). Novokvik preparatining bir kapsulasini normal ichak mikroflorasini liofilizasiya qilingan bakteriyalar kamida 1.3•107 (133 million) muvozanatlangan majmuasini tashkil qiladi: Lactobacillus sporogenes, Streptococcus faecalis, Clostridium butyricum, Bacillus mesentericus, Saccharomyces boulardii. Novokvik preparatining tarkibidagi tirik bakteriya va zamburug'lar tabiiy ichak va vaginal mikrofloraning normal tarkibiy qismi bo'lib, ko'ngil aynishi, qorin og'rig'i, kekirish, qabziyat qorinni dam bo'lishi yoki meteorizm kabi belgilari paydo bo'lsa, organizmni chidamliligini oshiradi va disbakteriozning oldini olish uchun katta biokimyoviy ahamiyatga ega. Bu simptomlar ovqat hazm qilish buzilishi yoki dispeptik sindrom bilan bog'liq. Novokvik patogen va shartli-patogen bakteriyalarning o'sishiga to'sqinlik qiladi, ovqat hazm qilish fermentlarining optimal ta'sirini ta'minlaydi va ichak ishini normallashtiradi.
  • V, K gurux vitaminlari, askorbin kislotasi sintezida ishtirok etadi, shu bilan noxush tashqi muxitning noxush omillariga organizm chidamliligini oshiradi;

  • o't pigmentlari va o't kislotalari metobolizmida ishtirok etadi;

  • bakteriyalarga qarshi faollikga va yallig'lanishini yaqqolligini susaytirish bilan moddalarni sintezlaydi;

  • organizmni immun tizimini va umumiy chidamliligini ximoya funktsiyasini oshiradi;

Oddiy ichak mikroflorasining yuqori miqdoriy darajasi va uning mikrobiosenozdagi ustunligi, Novokvik yordamida erishiladi, natijada me'da - ichak yo'llari faoliyatini normallashtiradi, metabolik jarayonlarni yaxshilanadi, ichak kasalliklarining uzoq vaqt davom etuvchi shakllarini shakllantirishga to'sqinlik qilinadi, organizmning o'ziga xos bo'lmagan qarshiligini oshiradi.

Novokvik nafaqat me'da - ichak yo'llarini normallashtiradi, balki qinning biosenozini tiklaydi, ginekologik patologiyalarda patogen va shartli patogen mikrofloraning o'sishini to'xtatadi. Atrof-muhitning kislotali rn muxitini yaratishga yordam beradi, biostatik ta'sir ko'rsatadi, mahalliy immunitetni rag'batlantiradi va himoya to'siqni ta'minlaydi.



Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik kuzatilishi mumkin.
Novokvikni issiq suv yoki spirtli ichimliklar bilan bir vaqtning o'zida ichmaslik kerak.
Novokvik kattalar va quyidagi me'da-ichak yo'llari kasalliklari bo'lgan bolalarni davolash uchun mo'ljallangan:
  • Antibiotiklar, tuberkulyozga qarshi va sul'fanilamid preparatlarini qo'llash natijasida yuzaga keladigan turli etiologiyalarning disbakteriozlari;

  • O'tkir va surunkali gastroenterokolit, xolestaz, zaharlanish;

  • Ichakning ta'sirlanish sindromi va disfunktsiyasida;

  • Patogen va opportunistik mikroorganizmlar, salmonellyoz, dizenteriya, isitma va boshqalar;

  • O'tkir ichak kasalliklariga chalingan bemorlarda tiklanish davrida qo'llaniladi.

Ginekologik amaliyotda bakterial vaginoz va kandidoz uchun ishlatiladi.

Novokvik nafas yo'llarining infektsiyalari va atopik dermatit xavfini kamaytiradi, turli eiologiyali allergiyalarda samaralidir.

preparatni immuniteti susaygan odamlar uchun qo'llash mumkin emas
Har qanday immunodepressantlarni qabul qilishdan saqlanish kerak, chunki ular kasal bo'lish ehtimolini oshirishi mumkin. Novokvik antibiotiklar va ximya terapevtik dorilar kabi boshqa dorilar bilan birga ishlatilishi mumkin. Antibiotiklar bilan qabul qilinganda 2 soatlik vaqt oralig'iga rioya qilish kerak.
Novokvik ovqatdan 20-30 minut oldin qaynatilgan xona haroratidagi oz miqdordagi suv bilan ichiladi.
  • Kattalar: kuniga 2-3 kapsuladan, kuniga 1 kapsuladan qinga yoki shifokorning ko'rsatmasi bo'yicha qabul qilinadi.

  • Bolalar: ichga kuniga 1-2 kapsuladan yoki shifokorning ko'rsatmasiga bo'yicha qabul qilinadi.

Novokvik bilan davolashning davomiyligi kasallikning klinik ko'rinishlarining og'irligi, bemorning yoshiga qarab belgilanadi va 2 hafta davom etadi. Bemorning yoshiga qarab profilaktika maqsadida 5-10 kun davomida buyuriladi

Ehtimol dozani oshirib yuborilishi mumkinligi to'g'risida ma'lumot yo'q
Homiladorlik va emizish davrida diareyani davolash shifokor nazorati ostida amalga oshirilishi kerak.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

Novokvik kapsulalar N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
Novokvik kapsulalar N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
Novokvik kapsulalar N10 dori vositasi East African (India)Overseas tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
Novokvik kapsulalar N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
Novokvik kapsulalar N10 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Другие формы препарата
NOVOKVIK KIDS poroshok 3 g/30 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: EAST AFRICAN (INDIA) OVERSEAS
  • Vakil: Phoenix Pharm Trade
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9