×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

OKSIKORT maz 10g

Kategoriya:
- Dermatologik
Ishlab chiqarilish joyi:
- Polsha
Faol modda:
Гидрокортизон, Окситетрациклин
Ishlab chiqaruvchi:
- Валеант, OOO, Россия произведено: Pharmaceutical Works Jelfa S.A.
ATX kodi:
- D07CA01
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 118 ta dorixonasida topildi

ico 27 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 37 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

GENTRIDERM krem 10g Seoul Pharma Co., Ltd Koreya
MOMETOKS krem 15g 0,1% Oxford Laboratories Pvt. Ltd Hindiston
36 500 s`om dan
PREDNIZOLON maz 10 g 5 mg/g Алтайвитамины, ЗАО Rossiya
4 500 s`om dan
ROAKKUTAN kapsulalar 20mg N30 F.Hoffmann-La Roche Ltd, Швейцария произведено: Catalent Germany Eberbach GmbH Germaniya
260 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
OKSIKORT maz 10g qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

OKSIKORT

OXYCORT

Preparatning savdo nomi: Oksikort

Dori shakli: surtma

Tarkibi:

1 g surtma quyidagilarni saqlaydi.

ta‘sir etuvchi modda: 30,0 mg oksitetrasiklin gidroxloridi, 10,0 mg gidrokortizon asetati,

yordamchi moddalar: oq vazelin 1,0 g gacha.

Ta‘rifi: bir xil, sariq rangli, yog‘li massa

Farmakoterapevtik guruhi: Antibiotiklar bilan majmuadagi glyukokortikosteroidlar. Antibiotiklar bilan majmuadagi gidrokortizon.

ATX kodi: D07CF01

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Oksikort – ikkita ta‘sir etuvchi modda: oksitetrasiklin va gidrokortizon saqlaydigan majmuaviy preparatdir.

Oksitetrasiklin – tetrasiklinlar guruhiga mansub antibiotik. Ko‘pchilik grammusbat va grammanfiy bakteriyalarga nisbatan bakteriostatik faollikni namoyon etadi.

Gidrokortizon – kortikosteroid hisoblanadi. Yallig‘lanishga qarshi, qichishishga qarshi ta‘siriga ega, qon tomirlarning o‘tkazuvchanligini kamaytiradi.

Oksikort preparati terining yallig‘lanish joyidagi tetrasiklinga sezgir bakteriyalarga ta‘sir etadi, shuningdek mahalliy yallig‘lanish jarayonlarini cheklaydi, eritema va qichishishni kamaytiradi.

Tarkibida gidrokortizon bo‘lgani uchun, preparat hujayra, subhujayra, shu jumladan lizosomal membranalarni barqarorlashtiradi. Lizosomalardan proteolitik fermentlarni ajralib chiqishini kamaytiradi, eozinofillardan yallig‘lanish mediatorlarini ajralib chiqishini kamaytiradi, semiz hujayralar sonini kamaytiradi va membranalarini barqarorlashtiradi. Alterasiya fazasini tormozlaydi va hujayrada yallig‘lanish infiltratlarini kamaytiradi, leykositlar va limfasitlarning yallig‘lanish o‘chog‘iga migrasiyasini pasaytiradi. Immunoglobulinlarni hujayralar yuzasidagi reseptorlari bilan bog‘lanishini kamaytiradi va limfositlarda va makrofaglarda sitokinlar (interleykinlar va interferonlar) sintezi yoki ajralib chiqishini tormozlaydi. Araxidon kislotasini fosfolipidlardan ajralib chiqishini va uning metabolitlari (prostaglandinlar, leykotrinlar, trombaksan) sintezini kamaytiradi. Natijada shikastlanish o‘chog‘ida giperemiya va ekssudasiya kamayadi.

Ilk immunologik javob yaqqolligini kamaytiradi. Immunologik komplekslarni hujayra membranalari orqali kirib borishiga to‘sqinlik qiladi va komplement komponentlari va immunoglobulinlar konsentrasiyasini kamaytiradi. Steroid reseptorlarni rag‘batlantirib, shishga qarshi faollikka ega bo‘lgan gipokortinlarni hosil bo‘lishini induksiya qiladi.

Glikoneogenezni kuchaytiradi, to‘qimalarda glyukozaning utilizasiyasini pasaytiradi va katabolik jarayonlarni faollashtiradi. Davolovchi dozalarda deyarli tizimli ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Farmakokinetikasi

Oksikort surtmasi teriga surtilganidan keyin, faol komponentlar epidermisda (asosan donali qavatida) to‘planadi.

Oksitetrasiklin teriga mahalliy surtilganda amalda so‘rilmaydi va tizimli ta‘sir ko‘rsatmaydi, uning ozgina miqdori so‘rilgandan keyin jigarda biotransformasiyaga uchraydi va buyrak orqali chiqariladi.

Gidrokortizon epidermisiga o‘tadi, kam miqdorda so‘rilib, tizimli ta‘sir etishi mumkin. Gidrokortizonni teridan so‘rilishi tez-tez qo‘llanganida, terining katta yuzalarida ishlatilganda, yuz terisiga yoki teri burmalari sohalariga qo‘llanganida, shuningdek namlik va mahalliy haroratni oshiradigan okklyuzion bog‘lovlar qo‘llanganida ortadi.

Gidrokortizonni teridagi, qo‘llangan joydagi kumulyasiyasi preparat tez-tez qo‘llanganida oshadi. Gidrokortizon bevosita epidermisda metabolizmga uchraydi, keyinchalik esa, uning ozgina miqdori so‘rilgandan keyin umumiy qon oqimiga tushadi – jigarda biotransformasiyaga uchraydi. Qonda 80% transkortin bilan va 10% albumin bilan bog‘lanadi. Metabolit ko‘rinishida va oz miqdorda o‘zgarmagan holda siydik orqali va oz miqdorda safro bilan chiqariladi.

Qo‘llanilishi

  • surunkali piodermiyalar (streptokokkli, stafilakokkli va aralash)
  • teri allergik kasalliklarining yiringli asoratlari
  • allergik dermatit
  • ekzema, kontaktli dermatit
  • oddiy va pufakchali impetigo
  • bakterial infeksiya bilan asoratlangan bichilishlar
  • furunkullar, furunkulyoz, ko‘p miqdordagi abssesslar
  • eshakemi, hashoratlar chaqishi, strofulyusda qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Oksikort preparatini shifokor tavsiyasiga muvofiq qo‘llash kerak. Surtma terining shikastlangan joylariga yupqa qavat qilib, sutka davomida 2-3 marta surtiladi. Surtmani okklyuzion bog‘lov ostida qo‘llash mumkin emas. Odatda davolash 1-2 hafta davom etadi. Yuz terisiga 1 haftadan ortiq qo‘llanmasin.

Nojo‘ya ta‘sirlari

  • preparat applikasiya qilingan joyda achishish, qichishish, ta‘sirlanish, terini haddan tashqari qurib ketishi, terining atrofik o‘zgarishlari, kontaktli dermatit, lab atrofidagi terini yallig‘lanishi, teri maserasiyasi, aknega o‘xshash toshmalar, dermektaziyalar, issiqlik toshishi, toshmalar, gipotrixoz, teri depigmentasiyasi, ikkilamchi teri infeksiyalari va follikulit.
  • preparat uzoq vaqt qo‘llanganida va (yoki) terining katta sohalarida qo‘llanganida, gidrokortizon qonga o‘tishi mumkin va kortikosteroidlar uchun tipik simptomlarini, shu jumladan buyrak usti bezini faoliyatini susayishini chaqirishi mumkin (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang).
  • preparatni uzoq vaqt yuz terisiga qo‘llash teri atrofiyasiga va qon tomirlarini kengayishiga olib kelishi mumkin.
  • preparat tarkibida saqlanuvchi oksitetrasiklin terini mahalliy ta‘sirlanishini, allergik reaksiyalar, yorug‘likka nisbatan yuqori sezuvchanlik reaksiyalari va (yoki) achitqilar yoki bakteriyalarning chidamli shtammlarini o‘sishiga olib kelishi mumkin.

Oksikort preparatini qo‘llash vaqtida ayrim pasientlarda boshqa nojo‘ya ta‘sirlar namoyon bo‘lishi mumkin. Yuqorida sanab o‘tilgan yoki bu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan har qanday boshqa nojo‘ya ta‘sirlar paydo bo‘lgan hollarda shifokorga xabar berish kerak.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • oksitetrasiklin, gidrokortizon yoki preparatning biron-bir yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik
  • teri tuberkulyozi
  • teri o‘smalari, terining rak oldi holatlari
  • terining bakterial, zamburug‘li, virusli kasalliklari (gerpes, suvchechak)
  • akne
  • perioral (og‘iz atrofi) dermatit
  • profilaktik emlashlar davri
  • homiladorlik va laktasiya davrida
  • 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Glyukokortikosteroidlar sirtga qo‘llanganida o‘zaro ta‘sir holatlari ma‘lum emas.

Immunologik tanqisligi kelib chiqishi xavfi tufayli, preparat bilan davolash paytida chechakka qarshi emlash va immunizasiyaning boshqa turlarini o‘tkazish mumkin emas. Glyukokortikosteroidlar qatoriga mansub ikki va undan ortiq dori vositalarini ishlatish tavsiya etilmaydi. Preparat immunosupressiv dori vositalari ta‘sirini kuchaytirishi va immunrag‘batlantiruvchi dori vositalarining ta‘sirini kuchsizlantirishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat shifokor ko‘rsatmasiga ko‘ra, faqat terida qo‘llash uchun mo‘ljallangan.

Ta‘sirlanish simptomlari kelib chiqqanda davolash to‘xtatish kerak.

Preparatning yaralar, shilliq qavatlar bilan kontaktiga, shu jumladan ko‘zga tushishiga yo‘l qo‘yilmasin, agar ko‘zga tushsa, xona haroratidagi suv bilan yaxshilab yuvib tashlash kerak.

Glaukoma yoki katarakta yuz berishi xavfi tufayli, ko‘z atrofiga qo‘llanilmasin.

Preparatni uzoq vaqt (to‘xtovsiz 2 haftadan ortiq) qo‘llanilishidan yoki uni terining katta yuzalarida qo‘llashdan saqlanish kerak.

Agar 7 kun qo‘llanilgandan keyin yaxshilanishi kuzatilmasa, davolashni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.

Yuz terisiga, qo‘ltiq ostida, chovda, preparatni bu sohalarda kuchli so‘rilishi oqibatidagi dermatitlarni yuz berishidan saqlanish uchun, surtmani faqat o‘tkir zarurat tug‘ilgan hollardagina qo‘llash mumkin.

Preparat okklyuzion bog‘lovlar ostida qo‘llanilmasin. Okklyuziv bog‘lovni qo‘llash preparatning teridan qonga o‘tishini kuchaytiradi va natijada kortikosteroidlarning tizimli noxush ta‘siri rivojlanishi mumkin.

Gidrokortizon teri orqali qonga so‘rilishi va immunosupressiv ta‘sir ko‘rsatishi mumkin, shuning uchun preparat qo‘llanilayotgan paytda pasient virus infeksiyalari (suvchechak, qizamiq) ni yuqishidan saqlanishi kerak.

Psoriazi bo‘lgan pasientlarda alohida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Preparatda oksitetrasiklin bo‘lgani uchun va quyoshga allergiya yuz berishi mumkinligini nazarda tutib, quyosh nuri va sun‘iy UB-nurlaridan (masalan solyariydan) saqlanish kerak.

Dori preparatini qo‘llash, ayniqsa uzoq vaqt davomida qo‘llash, oksitetrasiklinga chidamli bakteriyalarning shtammlarini yoki zamburug‘larni o‘sishiga olib kelishi mumkin. Oksikort dori vositasi qo‘llanganida yangi infeksiyalarning simptomlari paydo bo‘lgan hollarda, preparatni bekor qilish va shifokorga murojaat qilish kerak.

Davolashdan oldin mavjud bo‘lgan teri osti to‘qimasidagi atrofik o‘zgarishlarda, ayniqsa keksalarda, preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Dori vositasini transport vositalari va potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Ta‘sir etmaydi.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Mahalliy qo‘llanganda dozani oshirib yuborilishi simptomlari kuzatilmagan.

Agar preparat terining katta sohalarida, katta dozalarda, okklyuzion bog‘lovlar ostida yoki shikastlangan teriga qo‘llanilganda, u qonga o‘tishi va kortikosteroid yoki oksitetrasiklinning tizimli ta‘sirini chaqirishi mumkin.

Chiqarilish shakli

10 g dan ichi laklangan alyumin tubalarda.

1 tubadan davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalar berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

OKSIKORT maz 10g dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
OKSIKORT maz 10g dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
OKSIKORT maz 10g dori vositasi Валеант, OOO, Россия произведено: Pharmaceutical Works Jelfa S.A. tomonidan Polsha mamlakatida ishlab chiqarilgan.
OKSIKORT maz 10g dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
OKSIKORT maz 10g dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
GIOKSIZON maz 10g
Narh: 3 900 so'mdan Batafsil
GIOKSIZON AKRIXIN maz 10g 1%+3%
Ishlab chiqaruvchining dorilari
KLOVEYT krem 25g 0,05%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Klobetazol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Валеант, OOO, Россия произведено: Pharmaceutical Works Jelfa S.A.
Narh: 42 000 so'mdan Batafsil
KLOVEYT maz 25g 0,05%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Klobetazol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Валеант, OOO, Россия произведено: Pharmaceutical Works Jelfa S.A.
Narh: 52 000 so'mdan Batafsil
GIDROKORTIZON maz 3g 0,5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Gidrokortizon ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Валеант, OOO, Россия произведено: Pharmaceutical Works Jelfa S.A.
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
SONAPAKS tabletkalari 10mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Tioridazin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Валеант, OOO, Россия произведено: Pharmaceutical Works Jelfa S.A.
Narh: 46 000 so'mdan Batafsil
SONAPAKS tabletkalari 25mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Tioridazin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Валеант, OOO, Россия произведено: Pharmaceutical Works Jelfa S.A.
Narh: 78 000 so'mdan Batafsil
BETADERM maz 15g
Narh: 33 000 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
OKSIKORT aerozol 55ml
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9