×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

OKSITOSIN eritma 1ml 5ME/ml N10

Kategoriya:
- Gormonal vositalar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Vengriya
Faol modda:
окситоцин
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Дальхимфарм, ОАО
ATX kodi:
- H01BB02
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 216 ta dorixonasida topildi

ico 15 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 10 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

PREDNIZOLON tabletkalari 5mg N10 УЗХИМФАРМ, АО (упаков.) Rusan Pharma Ltd.,Индия (произ.) O'zbekiston
SLIDERON tabletkalari 16mg N20 Balkanpharma-Razgrad AD Bolgariya
125 000 s`om dan
OKSITOSIN eritma 1ml 5ME/ml N10 Дальхимфарм, ОАО Vengriya
6 700 s`om dan
PREDNIZOLON tabletkalari 5mg N100 Aburaihan Pharmaceutical Co. Eron
16 600 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
OKSITOSIN eritma 1ml 5ME/ml N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

OKSITOSIN

OXYTOCINE

 

Preparatning savdo nomi: Oksitosin

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): oksitosin

Dori shakli: vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma

Tarkibi:

1 ml quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: sintetik oksitosin – 5 XB;

yordamchi moddalar: xlorbutanol gemigidrati – 5,0 mg, 1 M sirka kislotasi eritmasi rN 3,0-4,5 gacha.

In‘eksiya uchun suv – 1 ml gacha.

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz, o‘ziga xos hidli suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: miometriyning qisqaruvchanligini kuchaytiruvchi vosita.

ATX kodi: N01VV02

Farmakologik xususiyatlari

Oksitosin – gipofizning orqa qismi peptid gormonining sintetik analogidir – bachadonning silliq mushaklari (ayniqsa homilador) va sut bezlaridagi mioepitelial xujayralarni qisqarishini rag‘batlantiradi.

Oksitosin kuchsiz antidiuretik samara ko‘rsatadi va terapevtik dozalarda arterial bosimga sezilarli darajada ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Samarasi teri ostiga va mushak ichiga yuborilganda 1-2 minutdan keyin kuzatiladi, 20-30 minut davom etadi; vena ichiga yuborilganda 0,5-1 minutdan keyin boshlanadi.

Farmakokinetikasi

T1/2 – 1-6 minut (homiladorlikning kechki davrlarida va laktasiya davrida qisqaradi). Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi past (30%).

Jigar va buyrakda metabolizmga uchraydi. Homiladorlik davrida nishon-a‘zolarda, yo‘ldoshda endogen va ekzogen oksitosinni faolsizlantiruvchi oksitosinazaning darajasi oshadi. O‘zgarmagan ko‘rinishda asosan buyrak orqali chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Tug‘ruq faoliyatini qo‘zg‘atish va rag‘batlantirish uchun; tug‘ruqdan keyingi erta davrda bachadondan gipotonik qon ketishlarini oldini olish va davolash uchun va bachadonni tug‘ruqdan keyingi involyusiyasini tezlashtirish uchun: kesar kesishda (yo‘ldosh olib tashlangandan keyin) bachadonni qisqaruvchanlik qobiliyatini kuchaytirish uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Oksitosin vena ichiga, mushak ichiga yuboriladi. Tug‘ruqni qo‘zg‘atish uchun mushak ichiga         0,5-2,0 XB oksitosin yuboriladi; zarurati bo‘lganida har 30-60 minutda in‘eksiya takrorlanadi.

Vena ichiga tomchilab yuborish uchun 1 ml oksitosin (5 XB) 500 ml 5% li dekstroza eritmasida suyultiriladi. Yuborishni minutiga 5-8 tomchidan boshlanadi, keyinchalik tug‘ruq faoliyatining xarakteriga qarab tezlik oshiriladi, lekin minutiga 40 tomchidan oshmasligi kerak. Infuziya jarayonida bachadon faolligi va homilaning YUQS ni doimiy nazorat qilish kerak.

Bachadondan gipotonik qon ketishlarni oldini olish uchun oksitosin mushak ichiga 3-5 XB dan sutkada 2-3 marta 2-3 kun davomida har kuni, bachadondan gipotonik qon ketishlarni davolash uchun esa 5-8 XB dan kuniga 2-3 marta 3 sutka davomida yuboriladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Aritmiya va bradikardiya (onada va homilada), arterial bosimni pasayishi yoki oshishi, shok, subaraxnoidal qon ketishlar, ko‘ngil aynishi, qusish, neonatal sariqlik, homilada fibrinogen darajasini kamayishi, allergik reaksiyalar, bronxospazm, suvni tutilishi, tug‘ruq faoliyatini haddan tashqari faolligi, bu homilaning o‘tkir gipoksiyasi, normal joylashgan yo‘ldoshni muddatidan oldin ko‘chishi, bachadonni yorilishiga olib kelishi mumkin. Bunday asoratlarning simptomlari paydo bo‘lganida preparatni yuborishni darhol to‘xtatish kerak.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatga shaxsiy yuqori sezuvchanlik, arterial gipertenziya, buyrak yetishmovchiligi, bachadon yorilishiga moyillik, ona chanog‘ining o‘lchamlarini homilaning o‘lchamlariga mos kelmasligi (anatomik va klinik tor chanoq), homilani ko‘ndalang yoki qiyshiq joylashishi, muddatidan oldingi tug‘ruq, bachadon yorilishi xavfi, kesarev kesish yoki bachadondagi boshqa operasiyalardan keyin chandiqlarni mavjudligi, bachadonni haddan tashqarishi cho‘zilishi, ko‘p marta tug‘ruqdan keyingi bachadon, bachadon sepsisi, bachadon bo‘yini invaziv karsinomasi, bachadon gipertonusi (tug‘ruq jarayonida paydo bo‘lmagan), homilani ezilishi, yo‘ldoshni muddatidan oldin ko‘chishiga gumon, homilani bachadon ichidagi gipoksiyasi, yo‘ldoshni oldin kelishida qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Oksitosinni simpatomimetiklar bilan majmuada ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi (simpatomimetiklarning pressor ta‘sirini kuchaytiradi).

MAO ingibitorlari bilan birga qo‘llash arterial bosim oshishi xavfini oshiradi. Galotan va siklopropan arterial gipotenziya rivojlanishi xavfini kuchaytiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Faqat shifokor kuzatuvi ostida stasionar sharoitda bachadonning qisqaruvchanlik faoliyati, homilaning holati, ayolning arterial bosimi va umumiy holatining nazorati ostida qo‘llanilsin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: bachadonni haddan tashqari rag‘batlantirilishi, bu gipertonusga va bachadonni tetanik qisqarishlariga olib kelishi mumkin, bu o‘z navbatida bachadonni yorilishi, tug‘ruqdan keyingi qon ketishlar, homilaning yurak faoliyati tomonidan turli o‘zgarishlarga, gipoksiyaga va homilani nobud bo‘lishiga olib kelishi mumkin: homilani ezilishi, homilaning asfiksiyasi, homilaning bradikardiyasi, bachadon-yo‘ldosh gipoperfuziyasi, giperkapniya, homilaning tug‘ruq jarohatlari, suvli intoksikasiya, tirishishlar.

Davolash: oksitosinni yuborishni darhol to‘xtatish, suyuqlikni yuborishni kamaytirish, diurezni jadallashtirish, simptomatik preparatlar va gipertonik tuzli eritmalarni (elektrolit muvozanatni normallashtirish maqsadida), barbituratlarni (ehtiyotkorlik sifatida) yuborish kerak. Pasientni sinchkovlik bilan kuzatish kerak.

Chiqarilish shakli

Vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma 5 XB/ml.

1 ml dan neytral shisha ampulada.

5 ampula polivinilxlorid (PVX) plyonkali kontur uyali o‘ramda.

1 yoki 2 kontur uyali o‘ramlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va ampula skarifikatori bilan karton qutida.

5 yoki 10 ampulalar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va ampula skarifikatori bilan gofrirlangan kiritmali karton qutida.

Sindirish nuqtasi yoki halqasi bo‘lgan ampulalar ishlatilganida ampula skarifikatori joylanmaydi.

Stasionarlar uchun o‘ramlar.

50 yoki 100 kontur uyali o‘ramlar teng miqdordagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan gofrirlangan karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 4°S dan 20°S gacha haroratda.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

OKSITOSIN eritma 1ml 5ME/ml N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
OKSITOSIN eritma 1ml 5ME/ml N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
OKSITOSIN eritma 1ml 5ME/ml N10 dori vositasi Дальхимфарм, ОАО tomonidan Vengriya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
OKSITOSIN eritma 1ml 5ME/ml N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
OKSITOSIN eritma 1ml 5ME/ml N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
OKSITOSIN RIXTER inyeksiya uchun eritma 1ml 5ME/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: окситоцин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ОАО «Гедеон Рихтер»
Narh: 23 000 so'mdan Batafsil
OKSITOSIN inyeksiya uchun eritma 1ml 5ME/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: окситоцин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Эллара, ООО
Narh: 20 000 so'mdan Batafsil
OKSITOSIN inyeksiya uchun eritma 1ml 5ME/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: окситоцин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Эллара, ООО
Narh: 6 700 so'mdan Batafsil
OKSITOSIN eritma 1ml 5ME/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: окситоцин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Эндокринный МЗ
Narh: 6 700 so'mdan Batafsil
OKSITOSIN — BIOLEK inyeksiya uchun eritma 1ml 5ME/ml N10
Ishlab chiqaruvchining dorilari
RIBOKSIN inyeksiya uchun eritma 5ml 20mg/ml N10
RIBOKSIN inyeksiya uchun eritma 10ml 20mg/ml N10
Narh: 12 300 so'mdan Batafsil
PAPAZOL tabletkalari N10
Narh: 1 500 so'mdan Batafsil
NIKOTINOVAYA KISLOTA inyeksiya uchun eritma 1ml 10mg/ml N10
Narh: 13 000 so'mdan Batafsil
NEO ANUZOL suppozitorii N10
DIKLOFENAK inyeksiya uchun eritma 3ml 25mg/ml N5
Narh: 2 000 so'mdan Batafsil
DIKLOFENAK suppozitorii 100mg N10
Narh: 6 500 so'mdan Batafsil
VALERIANI EKSTRAKT tabletkalari 20mg N50
Narh: 4 200 so'mdan Batafsil
VALERIANI EKSTRAKT tabletkalari 20mg N10
Narh: 1 000 so'mdan Batafsil
AMINOKAPRONOVAYA KISLOTA infuziya uchun eritma 100ml 50mg/ml
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
FUROSEMID inyeksiya uchun eritma 2ml 10mg/ml N10
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
DIBAZOL eritma 5ml 1% N10
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
OT KASHLYA tabletkalari N10
Narh: 1 400 so'mdan Batafsil
PARASETAMOL tabletkalari 500mg N10
Narh: 1 400 so'mdan Batafsil
ANALGIN tabletkalari 0,5g N10
Narh: 600 so'mdan Batafsil
ANDIPAL tabletkalari N10
Narh: 3 300 so'mdan Batafsil
PIRASETAM inyeksiya uchun eritma 5ml 200mg/ml N10
Narh: 6 700 so'mdan Batafsil
METILURASIL suppozitorii 500mg N10
Narh: 8 500 so'mdan Batafsil
LINKOMISIN inyeksiya uchun eritma 1ml 300mg/ml N10
Narh: 13 400 so'mdan Batafsil
OKSIPROGESTERONA KAPRONAT inyeksiya uchun eritma 1ml 125mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Дальхимфарм, ОАО
AZITROMISIN DALXIMFARM kapsulalar 250mg N10
PLATIFILLINA GIDROTARTRAT eritma 1ml 2mg/ml N10
Narh: 12 000 so'mdan Batafsil
PAPAVERINA GIDROXLORID eritma 2ml 2% N10
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
TILAKSIN tabletkalari 125mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya Federatsiyasi
  • Faol modda: Tiloron ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Дальхимфарм, ОАО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9