×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

OLOPAN ko'z tomchilari 5ml 0,1% N1

Kategoriya:
- Oftolmologik vositalar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Bangladesh
Faol modda:
Олопатадин
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- Beximсo Pharmaceuticals Ltd
Vakil:
- OMEGA SINTEZ
ATX kodi:
- S01GX09
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

BRIMOPTIK ko'z tomchilari 10ml 2mg/ml Ликвор ФармКомпания Armaniston
95 000 s`om dan
SULFASIL tomchilar 10ml 300mg/ml N1 Фармак, ПАО Ukraina
5 200 s`om dan
OPTIFUSIN ko'z tomchilari 5g 1% N1 Amman Pharmaceutical Industries Co. Ltd Iordaniya
IRIFRIN ko'z tomchilari 5ml 2,5% Sentiss Pharma Pvt. Ltd Hindiston
69 800 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
OLOPAN ko'z tomchilari 5ml 0,1% N1 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

OLOPAN

OLOPAN

 

Preparatning savdo nomi: OLOPAN

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): olopatadin

Dori shakli: ko‘z tomchilari, 0,1%.

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: olopatadin (olopatadin gidroxloridi ko‘rinishida) – 1 mg;

yordamchi moddalar: natriy xloridi, dinatriy gidrofosfat dodekagidrati, benzalkoniy xloridi, xlorid kislotasi, in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: allergiyaga qarshi vosita (fosfolipaza A2 ingibitori).

ATX kodi: S01GX09.

Farmakologik xususiyatlari

Olopatadin N1-gistamin reseptorlarining selektiv ingibitori hisoblanadi, shuningdek semiz xujayralardan yallig‘lanish mediatorlarini ajralib chiqishini ingibisiya qiladi. Yaqqol yallergiyaga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi.

Alfa-adrenergik, dopamin, 1 va 2 tip muskarin, shuningdek serotonin reseptorlariga samara ko‘rsatmaydi.

Farmakokinetikasi

Mahalliy qo‘llanilganda tizimli so‘rilishi past.

Qon plazmasidagi olopatadinning maksimal konsentrasiyasi (Smax) ga mahalliy qo‘llanilgandan keyin 2 soat davomida erishiladi va 0,5 ng/ml dan va 1,3 ng/ml dan kamroqni tashkil qiladi. Plazmada yarim parchalanish davri (T1/2) 3 soatni tashkil qiladi. Asosiy buyraklar orqali, 60-70% o‘zgarmagan ko‘rinishda chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Allergik kon‘yuntivitlarda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Mahalliy qo‘llanadi. Qo‘llashdan oldin flakonni chayqatish kerak.

Kattalar va 3 yoshdan oshgan bolalar: kon‘yunktival qopchaga 1 tomchidan kuniga 2 marta buyuriladi. Davolash davomiyligi 4 oygachani tashkil qilishi mumkin.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Mahalliy. Ayrim hollarda (5% dan kamroq): ko‘rishni noaniqligi, ko‘zlarda achishish va og‘riq, ko‘z yoshi oqishi, ko‘zlarda yod jism hissi, kon‘yunktiva giperemiyasi, keratit, irit, qovoqlarni shishi.

0,1-1% holatlarda holsizlik, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, faringit, rinit, sinusit, ta‘m bilishni o‘zgarishi kuzatiladi.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga individual yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Preparat 3 yoshdan kichik bolalarda, shuningdek homiladorlik va laktasiya davrida, “quruq ko‘z” sindromida va shox parda patologiyasida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Zarurati bo‘lganida boshqa mahalliy oftalmologik preparatlar bilan majmuada qo‘llanishi mumkin. Bunday hollarda ularni qo‘llash orasidagi interval kamida 5 minutni tashkil etishi kerak.

Maxsus ko‘rsatmalar

OLOPAN konservant benzalkoniy xloridi saqlaydi, u kontakt linzalar tomonidan so‘rilishi mumkin. Preparatni tomizishdan oldin linzalarni yechish va preparat tomizgandan kamida 20 minutdan keyin takroran taqish kerak.

Eritmani ifloslanishidan saqlanish uchun, pipetka uchi bilan biron-bir yuzalarga tegish mumkin emas.

Agar preparatni qo‘llagandan keyin pasientda ko‘rishi vaqtincha pasaysa, u tiklanmaguncha avtomobilni boshqarish va diqqatni yuqori jamlashni talab etuvchi faoliyat turlari bilan shug‘ullanish tavsiya etilmaydi.

Homiladorlik va laktasiya davri

Homilador ayollarga faqat, pasient uchun kutilayotgan foyda homila uchun potensial xavfdan yuqori bo‘lgandigina buyurish mumkin.

Pediatriyada qo‘llanishi

3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparatni qo‘llash bo‘yicha yetarli tajriba yo‘q. OLOPAN 3 yoshdan oshgan bolalarda kattalardagi dozalarda ishlatilishi mumkin.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Agar preparatni qo‘llagandan keyin pasientda ko‘rishi vaqtincha pasaysa, u tiklanmaguncha avtomobilni boshqarish va diqqatni yuqori jamlashni talab etuvchi faoliyat turlari bilan shug‘ullanish tavsiya etilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Mahalliy qo‘llanilganda dozani oshirib yuborilishining ehtimoli kam. Ko‘zlarga preparatning ortiqcha miqdori tushganida ko‘zlarni iliq suv bilan yuvish kerak.

Chiqarilish shakli

Tegishli markirovkaga ega, sig‘imi 5 ml bo‘lgan plastik flakon-tomchilagich.

1 flakon va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasini saqlovchi karton quti.

Saqlash sharoiti

Germetik berkitilgan holatda, quruq, salqin va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.

Yaroqlilik muddati

Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab: 2 yil;

Flakon ochilgandan keyin: 28 kun.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

OLOPAN ko'z tomchilari 5ml 0,1% N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
OLOPAN ko'z tomchilari 5ml 0,1% N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
OLOPAN ko'z tomchilari 5ml 0,1% N1 dori vositasi Beximсo Pharmaceuticals Ltd tomonidan Bangladesh mamlakatida ishlab chiqarilgan.
OLOPAN ko'z tomchilari 5ml 0,1% N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
OLOPAN ko'z tomchilari 5ml 0,1% N1 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
PALLADA ko'z tomchilari 2,5ml 0,2% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Олопатадин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd. Sti., Турция произведено: World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S.
Narh: 66 000 so'mdan Batafsil
NOLODON ko'z tomchilari 5ml 1mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Faol modda: Олопатадин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmaceutical Works Polpharma SA, Польша произведено: S.C. Rompharm Company S.R.L.
NEOLAP ko'z tomchilari 3ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Олопатадин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Alembic Pharmaceuticals Limited
PALLADA ko'z tomchilari 5ml 0,1% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Олопатадин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd. Sti., Турция произведено: World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S.
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
OLOPATALLERG ko'z tomchilari 5ml 1mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Faol modda: Олопатадин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: S.C. Rompharm Company S.R.L.
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
PALLADA NS sprey 30 ml 665mkg 240 doz
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Олопатадин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd Sti., Турция произведено: World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S.
VIZALLERGOL ko'z tomchilari 2,5 ml 0,2% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Олопатадин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Сентисс Фарма Пвт. Лтд.
Narh: 70 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
ODISIN ko'z tomchilari 5ml 0,5% N1
SINEREKS ko'z tomchilari 5ml 0,3% N1
KSALAPROST ko'z tomchilari 2,5ml 0,005%
IPRAZOL aerozol 20mkg+100mkg N200
AZMASOL aerozol 100mkg
BEKSITROL F aerozol 25+250mkg N120
INTRAMOL ko'z tomchilari 5ml 0,5% N1
DEKOMIT 100 aerozol 100mkg
BEKSITROL F aerozol 25+125mkg
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9