×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

NORMATIN ko'z tomchilari 5ml 0,5%

Kategoriya:
- Oftolmologik vositalar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Turkiya
Faol modda:
Тимолол
Ishlab chiqaruvchi:
- World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd. Sti., Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
ATX kodi:
- S01ED01
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 101 ta dorixonasida topildi

ico 22 400 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 38 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 38 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

DUOPROST ko'z tomchilari 2,5ml S.C. Rompharm Company S.R.L. Ruminiya
VIRGAN gel 5g 1,5mg/g Laboratoires Thea, Франция произведено: Farmila-Thea Farmaceutici S.p.A. Italiya
177 900 s`om dan
TAFLOTAN tomchilar 2,5 ml 15 mkg/ml Santen OY Finlyandiya
130 000 s`om dan
PALLADA ko'z tomchilari 5ml 0,1% N1 World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd. Sti., Турция произведено: World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S. Turkiya
50 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
NORMATIN ko'z tomchilari 5ml 0,5% qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

NORMATIN

NORMATIN

Preparatning savdo nomi: Normatin

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): timolol

Dori shakli: 0,5% li ko‘z tomchilari.

Tarkibi

1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 5 mg timolol (timolol maleati shaklida).

yordamchi moddalar: dinatriy fosfati dodekagidrati, natriy digidrofosfati monogidrati, natriy xloridi, dinatriy edetati, benzalkoniy xloridi, natriy gidroksidi, in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: rangsiz yoki deyarli rangsiz tiniq eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: Glaukomaga qarshi vositalar. Noselektiv beta-adrenoblokatorlar.

ATX kodi: S01YeD01

Farmakologik hususiyatlari

Farmakodinamikasi

Timolol maleati ichki ahamiyatli simpatomimetik faollikka, miokardga bevosita susaytiruvchi ta‘sirga yoki mahalliy anestetik (membranalarni barqarorlashtiruvchi) faollikka ega bo‘lmagan, beta1– va beta2-adrenergik reseptorlarning blokatori (noselektiv) hisoblanadi.

Beta-adrenergik reseptorlarni blokadasi sog‘lom pasientlarda va yurak kasalliklari bo‘lgan pasientlarda yurak zarbini pasaytiradi. Miokardning faoliyatini og‘ir darajadagi buzilishi bo‘lgan pasientlarda beta-adrenergik reseptorlarning blokadasi yurakning faoliyatini normal holatda tutib turish uchun kerak bo‘ladigan simpatik nerv tizimining rag‘batlantiruvchi samarasini susaytirishi mumkin.

Bronxlarda va bronxiolalardagi beta-adrenergik reseptorlarni blokadasi parasimpatik faollikning qarshi ta‘siriga javoban nafas yo‘llarining qarshiligini kuchayishiga olib keladi. Bunday davob reaksiyasi astma yoki boshqa bronxospastik holatlari bo‘lgan pasientlarda potensial havfli hisoblanadi.

Normatin ko‘z tomchilari preparati glaukomada yoki glaukoma bo‘lmaganida oshgan va normal ko‘z ichki bosimini pasaytiradi. Yuqori ko‘z ichki bosimi ko‘rish maydonini glaukoma oqibatida yo‘qolishini patogenezida asosiy havf omili hisoblanadi. Ko‘z ichki bosimi qanchalik yuqori bo‘lsa, ko‘rish maydonini glaukoma oqibatida yo‘qolishi va ko‘z nervini shikastlanish ehtimoli yuqori bo‘ladi.

Normatin preparati qo‘llanganidan so‘ng ko‘z ichki bosimini pasayishi odatda bir martalik dozasi qo‘llanganidan so‘ng yarim soat davomida boshlanadi. Maksimal samarasiga odatda 1-2 soat davomida erishiladi va ko‘z ichki bosimini ahamiyatli pasayishi bir martalik dozasi qo‘llanganidan so‘ng 24 soat davomida ushlanib turishi mumkin. Bir yil davomida ko‘p martalik kuzatishlar, timolol tomonidan ko‘z ichki bosimini pasayish samarasi yaxshi saqlanishini ko‘rsatadi.

Normatin preparatining ko‘z ichki bosimiga nisbatan gipotenziv ta‘sirini aniq mexanizmi hozirgi vaqtgacha aniqlanmagan. Odamlarda o‘tkazilgan tonografik va fluorofotometrik tekshirishlar, uning asosiy ta‘siri ko‘z ichki suyuqligini ishlab chiqarilishini pasayishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. Shunday bo‘lsa ham, ayrim tadqiqotlarda shuningdek ko‘z ichki suyuqligini chiqib ketishini biroz oshishi kuzatilgan.

Farmakokinetikasi

Olti nafar ko‘ngillilarning plazmasida dori vositasining konsentrasiyasini aniqlash bo‘yicha tekshirishda, 0,5% li timolol maleati oftalmologik eritmasi sutkada ikki marta mahalliy qo‘llanganida timololning tizimli ta‘siri aniqlangan. Ertalabki dozasi tomizilgandan so‘ng o‘rtacha maksimal konsentrasiyasi 0,46 ng/ml tashkil etgan va kechqurun navbatdagi dozasi tomizilgandan so‘ng 0,35 ng/ml ni tashkil etgan.

Qo‘llanilishi

Ko‘z ichki gipertenziyasi yoki ochiq burchakli glaukoma bo‘lgan pasientlarda yuqori ko‘z ichki bosimini davolash uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Normatin preparati kasallangan ko‘zga 1 tomchidan sutkada 2 marta tomiziladi.

Garchi ko‘z ichki bosimini barqarorlashuvi preparatni qo‘llash boshlanganidan so‘ng bir necha hafta davomida kuzatilsa-da, davolash samarasini baholash 4 haftadan keyin amalga oshiriladi.

Agar ko‘z ichki bosimi preparat muntazam qo‘llanganida normallashsa, preparatning dozasini 1 tomchidan sutkada 1 martagacha cheklash mumkin. Ko‘z ichki bosimini sutka davomida o‘zgarib turishi sababli, sutkada 1 marta qo‘llanganida kuzatiladigan qoniqarli javob ko‘z ichki bosimi kun davomida turli vaqtlarda o‘lchanganida eng samarali aniqlanadi.

Preparat 1 tadan ko‘p tomchidan sutkada 2 marta tomizish umuman olganda keyinchalik ko‘z ichki bosimini pasayishini chaqirmagan. Agar pasientning ko‘z ichki bosimi preparat shunday dozalash tartibida qo‘llanganida normallashmasa, uni pasaytirish uchun qo‘llanadigan boshqa preparatlar bilan yondosh davolash boshlanishi mumkin. Ikkita mahalliy beta-adrenergik blokatorlarni bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Keksa yoshdagi pasientlar

Umuman olganda, preparat keksa yoshdagi pasientlarda va yoshroq pasientlarda qo‘llanganida, uning havfsizligi va samaradorligida farqlar kuzatilmagan.

Nojo‘ya reaksiyalari

Eng ko‘p kuzatiladigan noxush reaksiyalar: ko‘zga tomizilganida achishish va sanchish hissi (sakkiz nafar pasientdan taxminan bir nafarida).

Timolol maleati oftalmologik preparatlar qo‘llanganida quyidagi noxush reaksiyalar kam kuzatilgan:

Umumiy buzilishlar va yuborilgan joydagi buzilishlar: bosh og‘rig‘i, asteniya, toliqish, ko‘krak qafasida og‘riq.

Yurak tomonidan: bradikardiya, aritmiya, xushni yo‘qotish, yurak blokadasi, bosh miyada qon aylanishini o‘tkir buzilishi. Bosh miya ishemiyasi, yurak yetishmovchiligi, stenokardiyani yomonlashishi, yurakni tez urishi, yurak urishini to‘xtashi, o‘pka shishi, shish.

Qon-tomirlari tomonidan: gipotenziya, gipertenziya, oqsoqlik, Reyno sindromi, qo‘l va oyoq kaftlarini sovuq qotishi.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, diareya, dispepsiya, anoreksiya, og‘izni qurishi.

Immun tizimi tomonidan: tizimli qizil yugurik.

Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, og‘ir miasteniyaning belgilari va simptomlarini oshishi, paresteziyalar.

Ruhiyatni buzilishlari: uyquchanlik, uyqusizlik, tungi dahshatlar, xulq-atvorni o‘zgarishlari va ruhiyatni buzilishlari (shu jumladan, depressiya, ongni chalkashishi, gallyusinasiyalar, havotirlik, dezorientasiya, asabiylik va xotirani yo‘qolishi).

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan: alopesiya, psoriazga o‘xshash toshma yoki psoriazni zo‘rayishi.

O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari: tizimli allergik reaksiyalarning belgilari va simptomlari (shu jumladan, anafilaksiya, angionevrotik shish, qichishish, eshakemi, mahalliy va tarqoq toshma).

Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan: bronxospazm (asosan ilgari bronxospastik kasalligi bo‘lgan pasientlarda), nafas yetishmovchiligi, hansirash, burunni bitishi, yo‘tal, nafas yo‘llarining yuqori bo‘limlarini infeksiyalari.

Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan: diabet bilan xastalangan pasientlarda gipoglikemiya simptomlarini yashirinishi.

Ko‘rish a‘zolari tomonidan: ko‘zlarni ta‘sirlanish belgilari va simptomlari (shu jumladan kon‘yunktivit, blefarit, keratit, ko‘zlarda og‘riq, ko‘zlardan ajralma ajralishi (masalan, qatqaloqlarni hosil bo‘lishi), ko‘zda yod jism hissi, qichishishi, ko‘z yoshini oqishi, ko‘zni qurishi), ptoz, shox pardaning sezuvchanligini pasayishi, kistoz makulyar shish, ko‘rishni buzilishi (shu jumladan refraksion o‘zgarishlar va diplopiya), psevdopemfigoid, filtrasion jarrohlik yo‘li bilan davolangandan keyin ko‘z to‘r pardasini ko‘chishi.

Eshitish a‘zolari tomonidan va labirint buzilishlari: quloqlarni shang‘illashi.

Jinsiy a‘zolari va sut bezlari tomonidan: retroperitoneal fibroz, libidoni pasayishi, Peyron kasalligi, impotensiya.

Timolol maleati peroral qo‘llanganida yoki boshqa peroral beta-blokatorlar qo‘llanganida klinika amaliyotida quyidagi noxush reaksiyalar qayd etilgan va timolol maleati oftalmologik doir vositasi sifatida qo‘llanganida rivojlanishi mumkin:

O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari: eritematoz toshma, zirqiragan og‘riq bilan kechuvchi isitma va tomoqda og‘riq, nafas faoliyatini susayishi bilan kechuvchi laringospazm.

Umumiy buzilishlar va yuborilgan joydagi buzilishlar: qo‘l-oyoqlarda og‘riq, jismoniy harakatlarni o‘zlashtirilishini pasayishi, tana vaznini yo‘qolishi, asteniya, toliqish, ko‘krak qafasida og‘riq.

Qon-tomirlari tomonidan: arterial yetishmovchilikni yomonlashishi, vazodilatasiya.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: me‘da-ichak yo‘llarida og‘riq, gepatomegaliya, qusish, mezenterial arteriyalar trombozi, ishemik kolit.

Qon va limfa tizimi tomonidan: trombositopeniyasiz kechuvchi purpura, trombositopenik purpura, agranulositoz.

Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan: giperglikemiya, gipoglikemiya.

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan: qichishish, terini ta‘sirlanishi, pigmentasiyani kuchayishi, terlash.

Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qimalar tomonidan: artralgiya.

Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, holsizlik.

Ruhiyatni buzilishlari: konsentrasiyani pasayishi, ongni katatoniyagacha zo‘rayib boruvchi qaytuvchan susayishi, vaqt va bo‘shliqni dezorientasiyasi bilan xarakterlanadigan o‘tkir qaytuvchan sindrom, emosional labillik, diqqatni jamlashni biroz buzilishi, neyropsixometriya ko‘rsatkichlarini pasayishi.

Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan: xirillashlar, bronxial abstruksiya.

Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan: siyishni qiyinlashishi.

Shubha qilingan noxush reaksiyalar xaqida xabarlar

Dori vositasi qayd etilgandan keyin shubha qilingan noxush reaksiyalar xaqida xabarlar muhim hisoblanadilar. Pasientda dori vositasiga nisbatan jiddiy noxush reaksiyalar aniqlanganida yoki yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan yangi noxush reaksiyalar paydo bo‘lganida, Milliy farmakoogohlik tizimiga muvofiq xabar berishingizni so‘raymiz.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
  • bronxial astma (shu jumladan anamnezida);
  • o‘pkani og‘ir darajadagi surunkali obstruktiv kasalliklari;
  • kardiogen shok;
  • o‘tkir va surunkali yurak yetishmovchiligi;
  • atrioventrikulyar blokadaning II va III darajasi;
  • sinusli bradikardiyada qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Normatin ko‘z tomchilari preparati monoterapiyada qo‘llanganida qorachiqning o‘lchamiga biroz ta‘sir qiladi yoki umuman ta‘sir qilmaydi. Ayrim hollarda Normatin va epinefrin bir vaqtda qo‘llanganida qorachiqlarni kengayishi kuzatiladi.

Peroral beta-adrenoblokatorlarni qabul qilayotgan va Normatin preparati bilan davolanayotgan pasientlarda ko‘z ichki bosimiga va beta-blokatorlarning ma‘lum tizimli samaralariga additiv samarasi kuzatilishi mumkin. Ikkita beta-adrenoblokatorlarni bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Normatin va peroral qabul qilanadigan yoki vena ichiga yuboriladigan kalsiyning antagonistlari bir vaqtda qo‘llanganida atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlikni buzilishi, chap qorincha yetishmovchiligi va gipotenziya kuzatilishi mumkinligi sababli, ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Yurak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarni ushbu preparatlar bilan bir vaqtda davolanishdan saqlanish kerak.

Beta-blokatorlar va rezerpin bir vaqtda qo‘llanganida additiv samaralar kuzatilishi, gipotenziya va/yoki yaqqol bradikardiya rivojlanishi, bu esa bosh aylanishi, xushdan ketish yoki postural gipotenziyaga olib kelishi mumkinligi sababli, pasientlarni sinchiklab kuzatish tavsiya etiladi.

Beta-adrenoblokatorlarni angishvonagul preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llash atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlik vaqtini uzayishi ko‘rinishida additiv samaraga olib kelishi mumkin.

Timolol CYP2D6 ingibitorlari (masalan, xinidin, serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlari) bilan bir vaqtda qo‘llanganida tizimli beta-blokada (masalan, yurak qisqarishlari sonini kamayishi, depressiya) kuchayishi xaqida xabar berilgan.

Peroral beta-adrenergik blokatorlar klonidin bekor qilinganida rikoshet gipertenziyani kuchaytirishlari mumkin. Timolol oftalmologik dori sifatida qo‘llanganida rikoshet gipertenziyani kuchayganligi xaqida xabar berilmagan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Boshqa oftalmologik preparatlar qo‘llanganida bo‘lgani kabi, Normatin ham tizimli so‘rilishi mumkin. Mahalliy qo‘llanganida tizimli beta-adrenergik blokatorlar uchun xos bo‘lgan noxush reaksiyalar rivojlanishi mumkin. Masalan, timolol maleati tizimli yoki oftalmologik dori sifatida qo‘llanganidan so‘ng, bronxospazm tomonidan chaqirilgan og‘ir respirator reaksiyalar va yurak tomonidan reaksiyalar, jumladan astma bilan xastalangan pasientlarda o‘lim holati, shuningdek yurak yetishmovchiligi oqibatida o‘lim holatlari xaqida xabar berilgan.

Simpatik stimulyasiya miokardning qisqaruvchanlik hususiyati sust bo‘lgan pasientlarda qon aylanishini tutib turish uchun kerak bo‘lishi mumkin, va uni beta-adrenergik reseptorlarni blokadasi oqibatida susayishi yurak yetishmovchiligini kuchaytirishi mumkin.

Anamnezida yurak yetishmovchiligidan dalolat beradigan ko‘rsatmalarga ega bo‘lmagan pasientlarda miokardning faoliyatini beta-blokator vositalari tomonidan ma‘lum vaqt davomida davomli susayishi ayrim hollarda yurak yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin. Yurak yetishmovchiligining birinchi belgilari yoki simptomlari paydo bo‘lganida Normatin preparatini qo‘llashni to‘xtatish kerak.

O‘pkaning yengil yoki o‘rtacha og‘irlik darajasidagi surunkali obstruktiv kasalliklari (masalan, surunkali bronxit, emfizema) yoki bronxospastik kasallikka (Normatin preparatini qo‘llash mumkin bo‘lmagan, anamnezida bronxial astmaga ko‘rsatmalari yoki bronxial astmadan tashqari) ko‘rsatmalari bo‘lgan pasientlarga beta-blokatorlar, shu jumladan Normatin preparatini qo‘llash mumkin emas.

Yirik jarrohlik aralashuvini o‘tkazishdan oldin beta-adrenergik reseptorlarning blokatorlarini bekor qilish zaruriyati munozarali hisoblanadi. Beta-adrenergik reseptorlarni blokadasi ular sabab bo‘ladigan reflektor stimulyasiyaga nisbatan yurakning javob berish hususiyatini izdan chiqaradi. Bu jarrohlik aralashuvlarida umumiy anesteziya havfini oshirishi mumkin. Beta-adrenergik reseptorlarning blokatorlarini qabul qilgan ayrim pasientlarda, anesteziya vaqtida uzoq davom etuvchi og‘ir gipotenziya kuzatilgan. Shuningdek yurakni ishlashida va uning qisqarishlarini tutib turishda qiyinchiliklar kuzatilganligi xaqida xabar berilgan. Buning asosida beta-adrenergik reseptorlarning blokatorlarini hamisha bekor qilish mumkin.

Agar jarrohlik aralashuvi vaqtida talab etilsa, beta-adrenergik blokatorlarining samaralari adrenergik reseptorlar agonistlarining ahamiyatli dozalari bilan almashtirilishi mumkin.

Gipoglikemiya yoki diabetni spontan rivojlanishi bo‘lgan, insulin yoki peroral gipoglikemik vositalarni qabul qiladigan pasientlarda (ayniqsa chidamli bo‘lmagan) beta-adrenergik blokatorlar qo‘llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Beta-adrenergik blokatorlar o‘tkir gipoglikemiyaning belgilari va simptomlarini yashirishlari mumkin.

Beta-adrenergik blokatorlar gipertireoidizmning ma‘lum klinik belgilari (masalan, taxikardiya) ni yashirishi mumkin. Rivojlanib borayotgan tireotoksikozga shubha qilingan pasientlarni, tireotoksik krizni qo‘zg‘atishi mumkin bo‘lgan beta-adrenergik blokatorlarni to‘satdan bekor qilishdan saqlanish maqsadida, ehtiyotkorlik bilan davolash kerak.

Beta-adrenergik blokatorlarni qon bosimi va pulsga nisbatan potensial samaralari borligi tufayli, ular bosh miyada qon aylanishini yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda qo‘llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Agar Normatin preparati bilan davolash boshlanganidan so‘ng bosh miyada qon aylanishini pasayishidan dalolat beruvchi belgilar yoki simptomlar rivojlansa, muqobil davolash mumkinligini ko‘rib chiqish kerak.

Ko‘z ichki suyuqligini ishlab chiqarilishini susaytiruvchi preparatlar (masalan, timolol bilan) davolanganda filtrasiyadan keyin ko‘zning tomirli pardasini ko‘chishi xaqida xabar berilgan.

Yopiq burchakli glaukomasi bo‘lgan pasientlarda davolashning eng asosiy maqsad ko‘zning burchagini ochish hisoblanadi. Buning uchun qorachiqni toraytirish kerak. Timolol maleati qorachiqqa ahamiyatsiz ta‘sir ko‘rsatadi yoki umuman ta‘sir ko‘rsatmaydi. Yopiq burchakli glaukomani davolashda Normatin preparati bilan monoterapiya o‘tkazish mumkin emas.

Beta-blokatorlar qo‘llanganida turli allergenlarga nisbatan og‘ir darajadagi anafilaktik reaksiyalariga yoki atopiyaga ko‘rsatmalari bo‘lgan pasientlar ushbu allergenlarni ko‘p marotaba bexosdan, diagnostik yoki terapevtik ta‘siriga ko‘proq darajada reaksiya ko‘rsatishlari mumkin. Bunday pasientlar anafilaktik reaksiyalarni davolash uchun ishlatiladigan epinefrinning odatdagi dozalariga javob bermasliklari mumkin.

Beta-ardenergik reseptorlarni blokadasi miasteniyaning ma‘lum simptomlari (masalan, diplopiya, ptoz va umumiy holsizlik) bilan bog‘liq bo‘lgan mushakning kuchsizligini kuchaytiradi. Timolol kam hollarda og‘ir darajadagi miasteniya yoki miasteniyaning simptomlari bo‘lgan ayrim pasientlarda mushaklar kuchsizligini kuchaytirgan.

Pasientlar uchun ma‘lumot

Flakon-tomchilagichning uchligini ko‘zlarga va atrofdagi pardalariga tekkazish mumkin emas.

Mahalliy oftalmologik preparatlarni ishlatish bilan bog‘liq bo‘lgan bakterial keratit xaqida xabar berilgan.

Ko‘z tomchilari noto‘g‘ri ishlatilganida ko‘z infeksiyalarini yuzaga keltiradigan bakteriyalar bilan zararlanishi mumkin. Zararlangan eritmalar ishlatilganida ko‘zni jiddiy shikastlanishi va keyinchalik ko‘rishni yo‘qolishi bo‘lishi mumkin.

Ko‘zlarda jarrohlik aralashuvi o‘tkazilganida yoki ko‘zlarni interkurrent kasalliklari (masalan, jarohatlari yoki infeksiyalari) rivojlanganida pasientlar zudlik bilan shifokorga murojaat qilishlari va ushbu preparatni keyinchalik ishlatish masalasini hal qilishlari kerak.

Normatin preparati tarkibida konservant sifatida benzalkoniy xloridini saqlaydi, u yumshok qontakt linzalarga so‘rilishi va ko‘z to‘qimalariga noxush ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Demak, yumshoq kontakt linzalar taqilgan vaqtda preparatni ishlatish mumkin emas. Eritmani tomizishdan oldin linzalarni olib turish va preparat tomizilgandan so‘ng kamida 15 minutdan keyin qayta taqishlari kerak.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homiladorlik

Homilador ayollarda preparatni qo‘llash bo‘yicha yetarli va sinchkov nazoratli tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Normatin ko‘z tomchilarini homiladorlik vaqtida qo‘llash mumkin emas, uni juda ham zarur holatlar, davolashdan kutiladigan samara homila uchun potensial havfdan ustun bo‘lgan holatlar bundan mustasno.

Laktasiya

Timolol maleati ko‘krak sutida aniqlanadi. Preparat emizikli bolalarda qo‘llanganida, og‘ir darajadagi noxush reaksiyalar rivojlanishi mumkinligi tufayli, emizish davrida, ona uchun davolashdan kutiladigan foydani e‘tiborga olib, emizishni to‘xtatish yoki preparatni qabul qilishni to‘xtatish masalasini hal qilish kerak.

Pediatriyada qo‘llanishi

Timolol maleati oftalmologik eritmasining havfsizligi va samaradorligi u 2 yosh va undan oshgan bolalarda qo‘llanganida aniqlangan. Timolol maleati oftalmologik eritmasini bunday bolalarda qo‘llash ehtimoli bolalar va kattalarda o‘tkazilgan yetarli va sinchkov nazoratli klinik tadqiqotlarning natijalarida olingan dalillar bilan tasdiqlanadi. Preparat 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llanganida, uning havfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Normatin preparati qo‘llanganida bosh aylanishi, toliqish, ko‘zlarni o‘tkinchi ta‘sirlanishi, ko‘rishni xiralashishi va ko‘z yoshini oqishi vaqti-vaqti bilan rivojlanishi mumkinligini e‘tiborga olish kerak. Shuning uchun preparatni mexanizmlar bilan ishlashdan va avtotransportni haydashdan oldin qo‘llash mumkin emas.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Tizimli beta-adrenergik blokatorlar qo‘llanganida, kuzatiladigan bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, hansirash, bradikardiya, bronxospazm va yurak urishini to‘xtashi kabi tizimli samaralarga o‘xshash samaralarga olib keluvchi timololning dozasi ixtiyorsiz ravishda oshirib yuborilganligi xaqida xabar berilgan.

Davolash

Ichga qabul qilinganida me‘da yuviladi. Klinik tadqiqotlar, timolol tez dializ bo‘lmasligini ko‘rsatdi.

Simptomatik bradikardiyada bo‘g‘ilishni bloklash uchun atropin sulfati vena ichiga 0,25 mg dan 2 mg gacha dozada yuboriladi. Agar bradikardiya saqlanib tursa, vena ichiga izoprenalin gidroxloridi ehtiyotkorlik bilan yuboriladi. Qiyin davolanadigan holatlarda transvenoz kardiostimulyatordan foydalanish ko‘rib chiqilishi mumkin.

Gipotoniyada dopamin, dobutamin yoki noradrenalin ishlatiladi. Qiyin davolanadigan holatlarda glyukagon gidroxloridini qo‘llash ijobiy samara berishi mumkinligi xaqida xabar berilgan.

Bronxospazmda izoprenalin gidroxloridini ishlatish kerak. Aminofillin bilan qo‘shimcha davolash ko‘rib chiqilishi mumkin.

O‘tkir yurak yetishmovchiligida umumiy qabul qilingan angishvonagul bilan davolash buyuriladi, diuretiklar va kislorod zudlik bilan qo‘llanilishi kerak. Qiyin davolanadigan holatlarda aminofillinni vena ichiga yuborish tavsiya etiladi. Shundan so‘ng, xabar qilinganidek, zarurat bo‘lganida, glyukagon gidroxloridi ishlatilishi mumkin.

Yurak blokadasida (ikkinchi yoki uchinchi darajasida) izoprenalin gidroxloridi yoki transvenoz kardiostimulyator ishlatish kerak.

Chiqarilish shakli

Ko‘z tomchilari 5 ml dan himoya xalqasi bilan himoyalangan, buraladigan himoya qopqog‘i va tiqin-tomchilagichli plastik flakonda.

Flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda 25°S yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Flakon ochilganidan so‘ng preparat 28 kun davomida ishlatilsin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

NORMATIN ko'z tomchilari 5ml 0,5% dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
NORMATIN ko'z tomchilari 5ml 0,5% dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
NORMATIN ko'z tomchilari 5ml 0,5% dori vositasi World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd. Sti., Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S. tomonidan Turkiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
NORMATIN ko'z tomchilari 5ml 0,5% dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
NORMATIN ko'z tomchilari 5ml 0,5% dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
TIMALOL ko'z tomchilari 5ml 0,5%
Narh: 12 000 so'mdan Batafsil
TIMALOL ko'z tomchilari 5ml 0,25%
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Тимолол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dentafill Plyus, ООО
ARUTIMOL ko'z tomchilari 5ml 0,5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Тимолол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Валеант, ООО, Россия произведено: Dr.Gerhard Mann Chem.-Pharm. Fabric GmbH
ARUTIMOL ko'z tomchilari 5ml 0,25%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Тимолол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Валеант, ООО, Россия произведено: Dr.Gerhard Mann Chem.-Pharm. Fabric GmbH
OFTIMOL tomchilar 5ml 5mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Тимолол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
INTRAMOL ko'z tomchilari 5ml 0,5% N1
TIMOPRESS ko'z tomchilari 5ml 0,5%
OFTAN TIMOLOL ko'z tomchilari 5ml 5,0mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Finlyandiya
  • Faol modda: Тимолол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Santen OY
Ishlab chiqaruvchining dorilari
DROPLEKS quloq uchun tomchilar 15ml
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
NELADEKS NS sprey 15ml
Narh: 80 000 so'mdan Batafsil
PALLADA ko'z tomchilari 5ml 0,1% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Olopatadin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd. Sti., Турция произведено: World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S.
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
NELADEKS ko'z tomchilari i ushnie 5ml
Narh: 52 400 so'mdan Batafsil
ETASID sprey 50mkg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Mometazon ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd. Sti., Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
Narh: 98 000 so'mdan Batafsil
EMOPROKS ko'z tomchilari 5ml 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Metiletilpiridinol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd. Sti., Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
Narh: 49 700 so'mdan Batafsil
SLEZOL FORTE ko'z tomchilari 15ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Gipromelloza, Dekstran ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd. Sti., Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
Narh: 35 000 so'mdan Batafsil
BESTOKSOL ko'z tomchilari 10ml 4%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Taurin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd. Sti., Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
Narh: 39 200 so'mdan Batafsil
KAPEL XOT poroshok 22g N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd. Sti., Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
KAPEL XOT poroshok 22g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd. Sti., Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
PALLADA ko'z tomchilari 2,5ml 0,2% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Olopatadin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd. Sti., Турция произведено: World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S.
Narh: 66 000 so'mdan Batafsil
MIDAKS ko'z tomchilari 10ml 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd. Sti., Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9