×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

PANTOGAM tabletkalari 250mg N50

Kategoriya:
- Asab tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Faol modda:
Гопантеновая кислота
Qadoqda soni:
- 50
Ishlab chiqaruvchi:
- Пик фарма,ООО произведено Пик фарма ЛЕК,ООО
ATX kodi:
- N06BX
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 267 ta dorixonasida topildi

ico 112 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 154 600 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 130 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

SEREBROLIZAT inyeksiya uchun eritma 1ml N10 Белмедпрепараты РУП Belarusiya
SEREBROLIZIN inyeksiya uchun eritma 10ml N5 Ever Neuro Pharma GmbH Avstriya
252 000 s`om dan
PIRASETAM inyeksiya uchun eritma 5ml 200mg/ml N10 Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО Belarusiya Respublikasi
10 000 s`om dan
SITIOKS P tabletkalari 500mg/800mg N20 Synokem Pharmaсeuticals Ltd Hindiston
147 900 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
PANTOGAM tabletkalari 250mg N50 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

PANTOGAM

PANTOGAM

Preparatnig savdo nomi: Pantogam

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): gopanten kislotasi (acidum hopantenicum)

kimyoviy nomi: (R)-4-[2,4-Dihydroxy-3,3-dimethyl-butyril)amino]butyrate calcium (2:1)

Dori shakli: sirop

Tarkibi:

faol modda: kalsiy gopantenati (Pantogam®) – 10,0 g;

yordamchi moddalar: gliserol (100% ga qayta hisoblanganda) 25,8 g, sorbit 15,0 g, limon kislotasi monogidrati 0,1 g, natriy benzoati 0,1 g aspartam 0,05 g, “Olcha 667” ozuqa aromatizatori 0,01 g, tozalangan suv – 100 ml gacha.

Ta‘rifi: rangsiz yoki biroz sarg‘ish olcha xidli suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: Nootrop vosita.

ATX kodi: N06BX

Farmakologik xususiyatlari

Pantogamning ta‘sir doirasi uning strukturasida gamma-aminomoy kislotasining bo‘lishi bilan bog‘liq. Ta‘sir mexanizmi Pantogamning GAMKB-reseptor-kanal kompleksiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta‘siri bilan bog‘liq. Preparat nootrop va tirishishga qarshi ta‘sirlarga ega. Preparat miyaning gipoksiyaga va toksik moddalarning ta‘siriga chidamliligini oshiradi, neyronlarda anabolik jarayonlarni rag‘batlantiradi, o‘rtacha sedativ ta‘siri yengil rag‘batlantiruvchi samarasi bilan qo‘shiladi, motor qo‘zg‘aluvchanlikni kamaytiradi, aqliy va jismoniy ish qobiliyatini faollashtiradi. Surunkali alkogolli intoksikasiyada va etanol bekor qilinganidan keyin GAMK metabolizmini yaxshilaydi. Novokain va sulfanilamidlarning faolsizlantirish mexanizmlarida ishtirok etuvchi asetillanish reaksiyalarini ingibisiya qilish xususiyatiga egaligi tufayli, oxirgi ikkala moddaning ta‘sirini uzayishiga erishiladi. Patologik oshgan qovuq refleksini va detruzor tonusini tormozlanishini chaqiradi.

Farmakokinetikasi

Pantogam me‘da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi, gemato-ensefalik to‘siq orqali o‘tadi, jigarda, buyrakda, me‘da devorida va terida eng yuqori  konsentrasiyalari hosil bo‘ladi. Preparat metabolizmga uchramaydi va o‘zgarmagan holda 48 soat davomida chiqariladi: qabul qilingan dozaning 67,5% buyrak orqali chiqariladi, 28,5% ahlat bilan chiqariladi.

Qo‘llanilishi

  • hayotining birinchi kunlaridan boshlab perinatal ensefalopatiyasi bo‘lgan bolalar;
  • bolalar serebral falajining turli shakllari;
  • turli darajada ifodalangan, shu jumladan ahloqiy buzilishlar bilan kechuvchi aqliy qoloqlik;
  • bolalarda umumiy ruhiy rivojlanishni kechikishi, maktab ko‘nikmalarini (o‘qish, yozish, hisoblash va boshqalarni) shakllanishini, nutq va harakat faoliyatini spesifik buzilishlari va ularni birga qo‘shilishi ko‘rinishidagi bolalardagi ruhiy holatning buzilishlari;
  • giperkinetik buzilishlar, shu jumladan diqqatni tanqisligi bilan kechuvchi giperfaollik sindromi;
  • nevrozsimon holatlar (duduqlanishda, asosan klonik shaklida, tiklarda, noorganik ahlatni va siydikni tutib tura olmaslikda);
  • bosh miya qon tomirlarining aterosklerotik o‘zgarishlari oqibatidagi mnestik-intellektual mahsullikni pasayishi, senil demensiyasini boshlang‘ich shakllarida, bosh miyaning travmatik, toksik, neyroinfeksion genezli organik shikastlanishlarida;
  • serebral organik yetishmovchilik bilan kechuvchi shizofreniya (psixotrop preparatlar bilan majmuada);
  • miyaning organik kasalliklarida (mioklonus tutqanoq, Gentington xoreyasi, gepatolentikulyar degenerasiya, Parkinson kasalligi va boshqalar), shuningdek neyroleptiklarni qabul qilish oqibatidagi ekstrapiramid sindromini davolash va oldini olish uchun;
  • ruhiy jarayonlarning sekinlashishi va antikonvulsantlar bilan birga bo‘lgan kognitiv mahsullikni pasayishi bilan birga bo‘lgan tutqanoq;
  • psixoemosional zo‘riqishlar, aqliy va jismoniy ish qobiliyatini pasayishi, diqqatni jamlashni va eslab qolishni yaxshilash uchun;
  • siyishning neyrogen buzilishlari (pollakiuriya, siyishga imperativ qistovlar, siydikni imperativ tutib tura olmaslik) da qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

100 mg/ml sirop ichga, ovqatdan 15-30 minut keyin qabul qilinadi. Kattalar uchun bir martalik doza sutkada 2,5-10 ml (0,25-1 g), bolalar uchun – 2,5-5 ml (0,25-0,5 g), kattalar uchun sutkalik doza – 15-30 ml (1,5-3 g), bolalar uchun – 7,5-30 ml (0,75-3 g). Davolash kursi – 1-4 oy, ba‘zida 6 oygacha. 3-6 oydan keyin takroriy davolash kurslarini o‘tkazish mumkin.

Bolalarga, yoshi va nerv tizimining patologiyasiga qarab, quyidagi dozalar diapazoni tavsiya qilinadi: bir yoshgacha bo‘lgan bolalarga sutkada – 5-10 ml (0,5-1 g), 3 yoshgacha – sutkada 5-12,5 ml (0,5-1,25 g), 3 dan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 7,5-15 ml (0,75-1,5 g), 7 yoshdan kattalarga – 10-20 ml (1-2 g) buyuriladi. Davolash taktikasi dozani 7-12 kun davomida oshirishni, maksimal dozada 15-40 va undan ko‘proq kun davomida qabul qilishni va asta-sekin 7-8 kun davomida kamaytirib bekor qilishni nazarda tutadi. Davolash kursi 30-90 kun (ayrim kasalliklarda 6 oy va undan ko‘proq) ni tashkil qiladi.

Shizofreniyada psixotrop preparatlar bilan majmuada sutkada 5 dan 30 ml gacha (0,5-3 g) buyuriladi. Davolash kursi – 1 dan 3 oygacha. Tutqanoqda antikonvulsantlar bilan majmuada – sutkada 7,5 dan 10 ml gacha (0,75-1 g) dozada buyuriladi. Davolash kursi – 1 yil va undan ko‘proq davom etadi. Ekstrapiramid buzilishlar bilan birga kechuvchi neyroleptik sindromida sutkalik doza – 30 ml gacha (3 g gacha) buyuriladi, davolash bir necha oy davom etadi.

Nerv tizimining organik kasalliklari bo‘lgan bemorlarda ekstrapiramid giperkinezlarda sutkada 5 dan 30 ml gacha (0,5-3 g) buyuriladi. Davolash kursi – 4 oy va undan ko‘proq davom etadi.

Neyroinfeksiyalar va bosh-miya jarohatlari oqibatlarida – sutkada 3 dan 30 ml gacha (0,5-3 g) buyuriladi.

Kuchli zo‘riqishlarda va astenik holatlarda ish qobiliyatini tiklash uchun preparat 2,5-5 ml dan (0,25-0,5 g) sutkada 3 marta buyuriladi.

Siyishni buzilishlarida bolalarga – 2,5-5,0 ml dan (0,25-0,5 g), sutkalik doza 2,5-50 mg/kg ni tashkil qiladi, davolash kursi 1-3 oy, kattalarga – 5-10 ml dan (0,5-1 g) sutkada 2-3 marta buyuriladi.

Uzoq muddatli davolash sharoitida preparatni boshqa nootrop va rag‘batlantiruvchi vositalar bilan bir vaqtda buyurish tavsiya qilinmaydi. Preparatning nootrop ta‘sirini hisobga olib, uni tonggi va kunduzgi soatlarda qabul qilgan ma‘qul.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar (rinit, kon‘yunktivit, terida allergik reaksiyalar) bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda preparat bekor qilinadi.

Juda kam hollarda markaziy nerv tizimi (MNT) tomonidan noxush reaksiyalar (o‘ta yuqori qo‘zg‘aluvchaanlik, uyquni buzilishi yoki uyquchanlik, lohaslik, tormozlanish, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, boshda shovqin) qayd etiladi. Bunday hollarda preparat bekor qilinadi.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatga yuqori sezuvchanlik, buyrakning o‘tkir og‘ir kasalliklari, homiladorlik (I uch oyligi), fenilketonuriyada (sirop aspartam saqlaydi) qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Barbituratlarning ta‘sirini uzaytiradi, tirishishga qarshi vositalarning ta‘sirini kuchaytiradi, fenobarbital, karbamazepin va neyroleptiklarning nojo‘ya ta‘sirlarini oldini oladi. Preparatning samarasi glisin, etidron kislotasi bilan birga qo‘llanganida kuchayadi. Mahalliy anestetiklar (prokain) ning ta‘sirini potensiyalaydi.

Dozani oshirib yuborilishi

Nojo‘ya ko‘rinishlarining simptomatikasini (uyquni buzilishi yoki uyquchanlik, boshda shovqin) kuchayishi kuzatiladi.

Davolash: faollashtirilgan ko‘mirni buyurish, me‘dani yuvish, simptomatik davolash o‘tkaziladi.

Chiqarilish shakli

100 mg/ml 100 ml dan birinchi marta ochilishini nazorat xalqasi bo‘lgan qopqoqchalar bilan berkitilgan to‘q shisha flakonlarda. Har bir flakon «1/2» markirovkali riskali (bu 2,5 ml ga muvofiq keladi) nominal xajmi 5 ml li o‘lchov qoshiqchasi yoki «1/4» va «1/2» markirovkali riskali (bu 1,25 ml va 2,5 ml ga muvofiq keladi) nominal hajmi 5 ml o‘lchov qoshiqchasi va rus va davlat tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15 dan 25ºS gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.

Ochilganidan keyin flakon sovutgichda 1 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil. Yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

PANTOGAM tabletkalari 250mg N50 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
PANTOGAM tabletkalari 250mg N50 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
PANTOGAM tabletkalari 250mg N50 dori vositasi Пик фарма,ООО произведено Пик фарма ЛЕК,ООО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
PANTOGAM tabletkalari 250mg N50 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
PANTOGAM tabletkalari 250mg N50 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
PANTOGAM tabletkalari 500mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Гопантеновая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Пик фарма,ООО произведено Пик фарма ЛЕК,ООО
Narh: 145 000 so'mdan Batafsil
PANTOKALSIN tabletkalari 250mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya Federatsiyasi
  • Faol modda: Гопантеновая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Валента фарм АО
Narh: 82 900 so'mdan Batafsil
PANTOKALSIN 0,25 tabletkalari N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Гопантеновая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Валента Фармацевтика АО
GOPANTAM 0,25 tabletkalari N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Гопантеновая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Алтайвитамины, ЗАО
Ishlab chiqaruvchining dorilari
PANTOGAM tabletkalari 500mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Гопантеновая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Пик фарма,ООО произведено Пик фарма ЛЕК,ООО
Narh: 145 000 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
PANTOGAM AKTIV kapsulalar 0,3g N60
PANTOGAM sirop 100ml 10%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Гопантеновая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Пик-фарма ПРО ООО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9