Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.
42 000 s`om dan
Dorixonalardan izlash50 000 s`om dan
Bron qilishQO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
PIKOVIT®
PIKOVIT
Preparatning savdo nomi: Pikovit®
Dori shakli: sirop, 150 ml
Tarkibi:
5 ml sirop quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar:
retinol palmitati (1,7 mln XB/g) (A vitamini) 900 XB
xolekalsiferol (1 mln XB/g) (D3 vitamini) 100 XB
askorbin kislotasi (S vitamini) 50,00 mg
tiamin gidroxloridi (V1 vitamini) 1,00 mg
riboflavin natriy fosfati (V2 vitamini) 1,00 mg
piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini) 0,60 mg
sianokobalamin (V12 vitamini) 1,00 mkg
nikotinamid (RR vitamini) 5,00 mg
dekspantenol (D – pantenol) 2,00 mg
yordamchi moddalar: agar, tragant kamedi, saxaroza, suyuq dekstroza (glyukoza), apelsin moyi, greypfrut aromatizatori, apelsin aromatizatori, polisorbat 80, limon kislotasi monogidrati, Ponceau 4R bo‘yovchisi (Ye124), natriy benzoati, tozalangan suv.
Ta‘rifi: och-sariqdan to jigarrangsimon-to‘q sariq rangligacha bo‘lgan quyuq qovushqoq, arang ko‘rinadigan kiritmalar bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Yoqimli hid va biroz nordon ta‘mga ega.
Farmakoterapevtik guruhi: Vitaminlar. Polivitaminlar.
ATX kodi: A11VA
Farmakologik xususiyatlari
Farmakokinetikasi
Pikovit® siropi yuzasidan farmakokinetik ma‘lumotlar yo‘q. Alohida vitaminlarning organizmdagi o‘rni ma‘lum va adabiyotlarda ta‘riflangan. Suvda eruvchi vitaminlar (V guruhi va S vitaminlari), organizmning sutkalik ehtiyojlariga to‘g‘ri keluvchi miqdorlarda juda yaxshi so‘riladi. To‘qimalarning to‘yinish darajasidan yuqori miqdorlari siydik bilan va ba‘zida ahlat bilan chiqariladi. Ular organizmda faqat cheklangan miqdorlarda to‘planadi. Shuning uchun bu vitaminlarni muntazam qabul qilish to‘qimalarda kerakli konsentrasiyalarini saqlab turish uchun muhim.
Peroral qabul qilingandan keyin yog‘da eruvchi A va D vitaminlari, yog‘lar ishtirokida ingichka ichakda yaxshi so‘riladi. Yog‘da eruvchi vitaminlarning ancha yuqori miqdorlari jigarda to‘planadi.
Farmakodinamikasi
Pikovit® siropi to‘qqizta asosiy vitaminlarni saqlaydi, ular organizmda ko‘pchilik biokimyoviy jarayonlarni boshqarishda ishtirok etadi. Vitaminlarning organizmdagi samaralari, farmakodinamik emas, balki ular asosan fiziologikdir. Hayotiy muhim faoliyatlarni va yaxshi ruxiy jismoniy holatni saqlab turishda muhim rol o‘ynaydi.
A vitamini turli moddalarning (oqsillar, lipidlar, mukopolisaxaridlar) almashinuvida ishtirok etadi va teri, shilliq qavatlar, shuningdek ko‘ruv a‘zosining normal faoliyatini ta‘minlaydi.
D3 vitamini organizmda kalsiy va fosfor balansini saqlab turishida muhim rol o‘ynaydi. Uning yetishmovchiligida suyak to‘qimasida kalsiy miqdori kamayadi (osteoporoz).
V1 vitamini yurak faoliyatini normallashtiradi va nerv tizimining normal faoliyatiga yordam beradi.
V2 vitamini to‘qimalar, shu jumladan teri xujayralarining regenerasiyasi jarayonlariga yordam beradi.
V6 vitamini suyaklar, tishlar, milklarning strukturasi va faoliyatini saqlab turilishiga yordam beradi; eritropoezga yordam beradi, nerv tizimining normal faoliyatiga yordam beradi.
V12 vitamini eritropoezda ishtirok etadi, nerv tizimining normal faoliyatiga yordam beradi. V guruhi vitaminlari organizmda moddalar almashinuvini boshqaruvchi turli fermentlarni hosil bo‘lishida ishtirok etadi.
S vitamini qator biologik faol moddalarni oksidlanishida, biriktiruvchi to‘qimadagi almashinuvni boshqarilishida, uglevodlar almashinuvida, qon ivishida va to‘qimalarning regenerasiyasida ishtirok etadi, steroid gormonlarning xosil bo‘lishini rag‘batlantiradi, kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini normallashtiradi. S vitamini organizmni infeksiyalarga chidamliligini oshiradi, yallig‘lanish reaksiyalarini pasaytiradi.
RR vitamini va D-pantenol – oqsillar metabolizmida, yog‘ kislotalari va xolesterinni sintezida, energiya xosil bo‘lishida ishtirok etuvchi kofermentlar va markaziy nerv tizimining normal faoliyati uchun zarur.
Qo‘llanilishi
Pikovit® siropi profilaktik vosita sifatida bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, quyidagilarda:
Qo‘llash usuli va dozalari
Pikovit® sirop ichga qabul qilinadi.
1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 1 o‘lchov qoshiqdan (5 ml) sirop sutkada 2 marta buyuriladi.
4 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 1 o‘lchov qoshiqdan (5 ml) sirop sutkada 3 marta buyuriladi.
7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 1 o‘lchov qoshiqdan (5 ml) sirop sutkada 3 marta buyuriladi, maksimal – sutkada 4 marta.
Siropni qoshiqchada yoki choy, sharbat yoki meva pyuresi bilan aralashtirib berish mumkin. Tavsiya etilgan sutkalik dozani oshirish mumkin emas.
Ishtaha bo‘lmaganda siropni har kuni 1 oy davomida berish kerak.
Takroriy qabul qilish kursi 1-3 oydan keyin o‘tkaziladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.
Allergik reaksiyalar paydo bo‘lganda davolashni to‘xtatish va shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Sulfanilamidlar bilan davolanganda, kristalluriya rivojlanishini oldini olish uchun, S vitaminini yuqori dozalarda qo‘llashdan saqlanish kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Yuqori sezuvchanlik reaksiyalar paydo bo‘lgan holda, preparatni qabul qilishni bekor qilish kerak.
Boshqa vitaminli va vitaminli-mineralli preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llashdan oldin, shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashish kerak.
Riboflavin saqlanishi tufayli, siydik sariq rangli bo‘lishi mumkin. Bu samara xavfsiz hisoblanadi.
Pikovit® siropini qandli diabeti bo‘lgan pasientlarda qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki 5 ml sirop (1 o‘lchov qoshig‘i) 3 g qand saqlaydi.
1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga siropni faqat shifokorning tavsiyasi va kuzatuvi ostida berish mumkin.
Ayrim ingredientlari xaqida maxsus ma‘lumotlar
Pikovit® siropi saxaroza, glyukoza va azobo‘yovchi Ye124 saqlaydi.
Fruktozani o‘zlashtiraolmaslik, glyukoza/galaktozani kam so‘rilishi yoki saxaroza-izomaltoza tanqisligini kam uchraydigan nasliy shakllari bo‘lgan pasientlarga bu preparatni buyurish mumkin emas.
Ponceau 4R Ye124 bo‘yovchi allergik reaksiyalar rivojlanishini chaqirishi mumkin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: nojo‘ya samaralarini kuchayishi.
Davolash: faollashtirilgan ko‘mir, me‘dani yuvish; zarurati bo‘lganda simptomatik davolash o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
100 yoki 150 ml dan sirop suyuqlikni ajratuvchi plastmassa tiqin va birinchi ochish nazorati bo‘lgan plastik qopqoq bilan berkitilgan to‘q shisha flakonda.
1 flakon dozalovchi qoshiq va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Flakon ochilganidan keyin siropni 2 oy davomida ishlatish kerak.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor reseptisiz beriladi.