×
×
  • PIKOVIT pastilkalar N60

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

PIKOVIT pastilkalar N60

Kategoriya:
- Vitaminlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Sloveniya
Qadoqda soni:
- 60
Ishlab chiqaruvchi:
- Krka d.d.
ATX kodi:
- A11BA
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 3 ta dorixonasida topildi

ico 42 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 42 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

O'xshash dorilar

SUPRADIN KIDS VOLSHEBNIYe draje N60 Bayer Consumer Care AG Germaniya
100 000 s`om dan
45 000 s`om dan
MAGNE V6 tabletkalari 5mg N50 Sanofi Aventis France, Франция произведено: Sanofi Winthrop Industrie Frantsiya
36 000 s`om dan
AMINOPLYUS FORTE kapsulalar N20 Til Healthcare Pvt. Ltd Hindiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
PIKOVIT pastilkalar N60 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

PIKOVIT®

PIKOVIT

 

Preparatning savdo nomi: Pikovit®

Dori shakli: sirop, 150 ml

Tarkibi:

5 ml sirop quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

retinol palmitati (1,7 mln XB/g) (A vitamini)         900 XB

xolekalsiferol (1 mln XB/g) (D3 vitamini)                100 XB

askorbin kislotasi (S vitamini)                                               50,00 mg

tiamin gidroxloridi (V1 vitamini)                              1,00 mg

riboflavin natriy fosfati (V2 vitamini)                   1,00 mg

piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini)                                  0,60 mg

sianokobalamin  (V12 vitamini)                                     1,00 mkg

nikotinamid (RR vitamini)                                             5,00 mg

dekspantenol (D – pantenol)                                             2,00 mg

yordamchi moddalar: agar, tragant kamedi, saxaroza, suyuq dekstroza (glyukoza), apelsin moyi, greypfrut aromatizatori, apelsin aromatizatori, polisorbat 80, limon kislotasi monogidrati, Ponceau 4R bo‘yovchisi (Ye124), natriy benzoati, tozalangan suv.

Ta‘rifi: och-sariqdan to jigarrangsimon-to‘q sariq rangligacha bo‘lgan quyuq qovushqoq, arang ko‘rinadigan kiritmalar bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Yoqimli hid va biroz nordon ta‘mga ega.

Farmakoterapevtik guruhi: Vitaminlar. Polivitaminlar.

ATX kodi: A11VA

Farmakologik xususiyatlari

Farmakokinetikasi

Pikovit® siropi yuzasidan farmakokinetik ma‘lumotlar yo‘q. Alohida vitaminlarning organizmdagi o‘rni ma‘lum va adabiyotlarda ta‘riflangan. Suvda eruvchi vitaminlar (V guruhi va S vitaminlari), organizmning sutkalik ehtiyojlariga to‘g‘ri keluvchi miqdorlarda juda yaxshi so‘riladi. To‘qimalarning to‘yinish darajasidan yuqori miqdorlari siydik bilan va ba‘zida ahlat bilan chiqariladi. Ular organizmda faqat cheklangan miqdorlarda to‘planadi. Shuning uchun bu vitaminlarni muntazam qabul qilish to‘qimalarda kerakli konsentrasiyalarini saqlab turish uchun muhim.

Peroral qabul qilingandan keyin yog‘da eruvchi A va D vitaminlari, yog‘lar ishtirokida ingichka ichakda yaxshi so‘riladi. Yog‘da eruvchi vitaminlarning ancha yuqori miqdorlari jigarda to‘planadi.

Farmakodinamikasi

Pikovit® siropi to‘qqizta asosiy vitaminlarni saqlaydi, ular organizmda ko‘pchilik biokimyoviy jarayonlarni boshqarishda ishtirok etadi. Vitaminlarning organizmdagi samaralari, farmakodinamik emas, balki ular asosan fiziologikdir. Hayotiy muhim faoliyatlarni va yaxshi ruxiy jismoniy holatni saqlab turishda muhim rol o‘ynaydi.

A vitamini turli moddalarning (oqsillar, lipidlar, mukopolisaxaridlar) almashinuvida ishtirok etadi va teri, shilliq qavatlar, shuningdek ko‘ruv a‘zosining normal faoliyatini ta‘minlaydi.

D3 vitamini organizmda kalsiy va fosfor balansini saqlab turishida muhim rol o‘ynaydi. Uning yetishmovchiligida suyak to‘qimasida kalsiy miqdori kamayadi (osteoporoz).

V1 vitamini yurak faoliyatini normallashtiradi va nerv tizimining normal faoliyatiga yordam beradi.

V2 vitamini to‘qimalar, shu jumladan teri xujayralarining regenerasiyasi jarayonlariga yordam beradi.

V6 vitamini suyaklar, tishlar, milklarning strukturasi va faoliyatini saqlab turilishiga yordam beradi; eritropoezga yordam beradi, nerv tizimining normal faoliyatiga yordam beradi.

V12 vitamini eritropoezda ishtirok etadi, nerv tizimining normal faoliyatiga yordam beradi. V guruhi vitaminlari organizmda moddalar almashinuvini boshqaruvchi turli fermentlarni hosil bo‘lishida ishtirok etadi.

S vitamini qator biologik faol moddalarni oksidlanishida, biriktiruvchi to‘qimadagi almashinuvni boshqarilishida, uglevodlar almashinuvida, qon ivishida va to‘qimalarning regenerasiyasida ishtirok etadi, steroid gormonlarning xosil bo‘lishini rag‘batlantiradi, kapillyarlarning  o‘tkazuvchanligini normallashtiradi. S vitamini organizmni infeksiyalarga chidamliligini oshiradi, yallig‘lanish reaksiyalarini pasaytiradi.

RR vitamini va D-pantenol – oqsillar metabolizmida, yog‘ kislotalari va xolesterinni sintezida, energiya xosil bo‘lishida ishtirok etuvchi kofermentlar va markaziy nerv tizimining normal faoliyati uchun zarur.

Qo‘llanilishi

Pikovit® siropi profilaktik vosita sifatida bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, quyidagilarda:

  • ishtaha bo‘lmaganda;
  • organizmni infeksion va shamollash kasalliklariga qarshiligini oshirish uchun;
  • o‘tkazilgan kasalliklardan keyingi tuzalish davrida;
  • jismoniy rivojlanish yetarli bo‘lmaganda (o‘sishni orqada qolishida);
  • kundalik ovqat rasionida vitamin preparati sifatida, ayniqsa qishki va bahorgi davrlarda;
  • maktab yoshidagi bolalarda yuqori jismoniy va nerv-psixik yuklamalarda;
  • antibiotiklar qo‘llanganda majmuaviy davolashda qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Pikovit® sirop ichga qabul qilinadi.

1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 1 o‘lchov qoshiqdan (5 ml) sirop sutkada 2 marta buyuriladi.

4 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 1 o‘lchov qoshiqdan (5 ml) sirop sutkada 3 marta buyuriladi.

7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 1 o‘lchov qoshiqdan (5 ml) sirop sutkada 3 marta buyuriladi, maksimal – sutkada 4 marta.

Siropni qoshiqchada yoki choy, sharbat yoki meva pyuresi bilan aralashtirib berish mumkin. Tavsiya etilgan sutkalik dozani oshirish mumkin emas.

Ishtaha bo‘lmaganda siropni har kuni 1 oy davomida berish kerak.

Takroriy qabul qilish kursi 1-3 oydan keyin o‘tkaziladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.

Allergik reaksiyalar paydo bo‘lganda davolashni to‘xtatish va shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • faol moddalarga va preparatning yordamchi komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
  • qandli diabetda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Sulfanilamidlar bilan davolanganda, kristalluriya rivojlanishini oldini olish uchun, S vitaminini yuqori dozalarda qo‘llashdan saqlanish kerak.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Yuqori sezuvchanlik reaksiyalar paydo bo‘lgan holda, preparatni qabul qilishni bekor qilish kerak.

Boshqa vitaminli va vitaminli-mineralli preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llashdan oldin, shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashish kerak.

Riboflavin saqlanishi tufayli, siydik sariq rangli bo‘lishi mumkin. Bu samara xavfsiz hisoblanadi.

Pikovit® siropini qandli diabeti bo‘lgan pasientlarda qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki 5 ml sirop (1 o‘lchov qoshig‘i) 3 g qand saqlaydi.

1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga siropni faqat shifokorning tavsiyasi va kuzatuvi ostida berish mumkin.

Ayrim ingredientlari xaqida maxsus ma‘lumotlar

Pikovit® siropi saxaroza, glyukoza va azobo‘yovchi Ye124 saqlaydi.

Fruktozani o‘zlashtiraolmaslik, glyukoza/galaktozani kam so‘rilishi yoki saxaroza-izomaltoza tanqisligini kam uchraydigan nasliy shakllari bo‘lgan pasientlarga bu preparatni buyurish mumkin emas.

Ponceau 4R Ye124 bo‘yovchi allergik reaksiyalar rivojlanishini chaqirishi mumkin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: nojo‘ya samaralarini kuchayishi.

Davolash: faollashtirilgan ko‘mir, me‘dani yuvish; zarurati bo‘lganda simptomatik davolash o‘tkaziladi.

Chiqarilish shakli

100 yoki 150 ml dan sirop suyuqlikni ajratuvchi plastmassa tiqin va birinchi ochish nazorati bo‘lgan plastik qopqoq bilan berkitilgan to‘q shisha flakonda.

1 flakon dozalovchi qoshiq va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Flakon ochilganidan keyin siropni 2 oy davomida ishlatish kerak.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor reseptisiz beriladi.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

PIKOVIT pastilkalar N60 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
PIKOVIT pastilkalar N60 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
PIKOVIT pastilkalar N60 dori vositasi Krka d.d. tomonidan Sloveniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
PIKOVIT pastilkalar N60 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
PIKOVIT pastilkalar N60 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
PIKOVIT sirop 150ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
Narh: 27 200 so'mdan Batafsil
GENTAMISIN K inyeksiya uchun eritma 80mg/2ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
Narh: 58 900 so'mdan Batafsil
PANZINORM 10000 kapsulalar N21
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
VIROLEKS poroshok 250mg N5
Narh: 105 000 so'mdan Batafsil
Narh: 115 000 so'mdan Batafsil
Narh: 88 600 so'mdan Batafsil
Narh: 97 000 so'mdan Batafsil
ENAP HL tabletkalari 10mg/12,5mg N20
Narh: 37 000 so'mdan Batafsil
ROKSERA tabletkalari 30mg N30
Narh: 124 300 so'mdan Batafsil
ROKSERA tabletkalari 15mg N30
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
ATORIS tabletkalari 60mg N30
Narh: 135 000 so'mdan Batafsil
ATORIS tabletkalari 10mg N30
Narh: 22 800 so'mdan Batafsil
ATORIS tabletkalari 40mg N30
Narh: 69 000 so'mdan Batafsil
TENOKS tabletkalari 10mg N30
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
TENOKS tabletkalari 5mg N30
Narh: 51 000 so'mdan Batafsil
PRENESSA tabletkalari 4mg N30
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
PRENESSA tabletkalari 8mg N30
Narh: 52 000 so'mdan Batafsil
LORTENZA tabletkalari 50mg/10mg N30
Narh: 70 000 so'mdan Batafsil
LORTENZA tabletkalari 100mg/10mg N30
Narh: 109 000 so'mdan Batafsil
LORTENZA tabletkalari 100mg/5mg N30
Narh: 83 000 so'mdan Batafsil
LORTENZA tabletkalari 50mg/5mg N30
Narh: 66 000 so'mdan Batafsil
LORISTA N tabletkalari 50mg/12,5mg N28
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
LORISTA tabletkalari 100mg N28
Narh: 64 100 so'mdan Batafsil
LORISTA tabletkalari 50mg N28
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
PIKOVIT sirop 150ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9