×
×
  • PIRASETAM RG inyeksiya uchun eritma 5ml 20% N5

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

PIRASETAM RG inyeksiya uchun eritma 5ml 20% N5

Kategoriya:
- Asab tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Qadoqda soni:
- 5
Ishlab chiqaruvchi:
- Remedy Group СП OOO
ATX kodi:
- N06BX03
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

AMITRIPTILIN tabletkalari 10mg N50 УЗХИМФАРМ, АО (упаков.) Rusan Pharma Ltd.,Индия (произ.) O'zbekiston
13 400 s`om dan
SERETON inyeksiya uchun eritma 4ml 250mg/ml N5 Сотекс Фармфирма, ЗАО Rossiya Federatsiyasi
147 800 s`om dan
FEVARIN tabletkalari 100mg N15 Abbott Healthcare Products B.V., Нидерланды произведено: Mylan Laboratories SAS Frantsiya
120 000 s`om dan
DIVAZA tabletkalari N100 ООО «НПФ «МАТЕРИА МЕДИКА ХОЛДИНГ» Rossiya
54 600 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
PIRASETAM RG inyeksiya uchun eritma 5ml 20% N5 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

ILOVA-VARAQA

(pasient uchun ma‘lumot)

PIRASETAM

 

Preparatning savdo nomi: Pirasetam

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): pirasetam

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma

Tarkibi:

Bir ampula (5 ml) quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: pirasetam –1,0 g;

yordamchi moddalar: natriy asetati trigidrati, suyultirilgan sirka kislotasi, in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: tiniq rangsiz yoki biroz bo‘yalgan suyuqlik

Farmakoterapevtik guruhi: boshqa psixostimulyatorlar va nootroplar.

ATX kodi: N06BX03

 

Qo‘llanilishi

Pirasetam demensiya tashxisi bo‘lmaganida (surunkali psixoorganik sindromni simptomatik davolash) xotira buzilishlarini yoki intellektual buzilishlarni simptomatik davolashda qo‘llanadi. Pirasetam po‘stloq miokloniyasi belgilarini kamaytirishi mumkin. Po‘stloq miokloniyasi bo‘lgan pasientlarda pirasetamni samaradorligini aniqlash uchun davolashni sinov kursini o‘tkazish zarur.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat vena ichiga (v/i) yoki mushak ichiga (m/i) 30-160 mg/kg sutkalik dozada (sutkada 3-12 g) buyuriladi, yuborish soni – sutkada 2-4 marta.

Psixoorganik sindromini simptomatik davolashda simptomlarning yaqqolligiga qarab, preparat sutkada 1,2-2,4 g; birinchi hafta davomida esa – sutkada – 4,8 g buyuriladi.

Psixoorganik sindrom va kortikal miokloniyada davolash sutkada 7,2 g dozadan boshlanadi, har 3-4 kunda dozani maksimal sutkada 24 g dozagacha erishilguncha sutkada
4,8 g ga oshiriladi. Davolash kasallikning butun davri davomida davom ettiriladi. Har 6 oyda hurujni oldini olish maqsadida, har 2 kunda dozani 1,2 ga asta-sekin kamaytirib dozani kamaytirish yoki preparatni bekor qilishga urinib ko‘rish kerak. Samara bo‘lmaganida yoki ahamiyatsiz terapevtik samarada davolash to‘xtatiladi.

Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda dozalash tartibiga KK qarab tuzatish kiritish talab qilinadi.

Buyrak yetishmovchi-ligining darajasi Kreatinin klirensi (ml/min) Dozalash
Norma >80 Odatdagi doza
Yengil 50-49 Odatdagi dozaning 2/3 qismi 2-3 qabulda
O‘rtacha 30-49 Odatdagi dozaning 1/3 qismi 2 qabulda
Og‘ir <30 Odatdagi dozaning 1/6 qismi, bir marta
Yakuniy bosqichi Qo‘llash mumkin emas

Keksa bemorlarda buyrak yetishmovchiligi bo‘lganida dozaga tuzatish kiritiladi va uzoq muddatli davolashda buyraklar faoliyatining funksional holatini nazorat qilish kerak.

Jigar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan bemorlarda dozalash tartibiga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.

Buyrak va jigar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan bemorlarda dozaga yuqorida ko‘rsatilganidek, KK ga qarab tuzatish kiritiladi.

Pirasetamni in‘eksion shakllari dori vositasini peroral qabul qilish imkoni bo‘lmaganda buyuriladi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nerv tizimi tomonidan: ruhiy qo‘zg‘alish, harakatni to‘xtab qolishi, ta‘sirchanlik, o‘zini tutib turaolmaslik, diqqatni jamlay olmaslik, xavotirlik, uyqusizlik yoki uyquchanlik, depressiya, ataksiya, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, ekstrapiramid buzilishlar (shu jumladan giperkinez), tirishishlar, tremor.

Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan: abdominal og‘riqlar, qorinning yuqori qismida og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, ishtahani pasayishi.

Immun tizimi tomonidan: o‘ta yuqori sezuchanlik, shu jumladan anafilaksiya.

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan: dermatit, qichishish, toshmalar, shish.

Qon tizimi tomonidan: qon ivishini buzilishi.

Qon tomir buzilishlari: kam hollarda tromboflebit (in‘eksion shakli uchun), arterial gipotenziya (in‘eksion shakli uchun).

Boshqalar: jinsiy faollikni oshishi, stenokardiyani kechishini yomonlashishi, tana vaznini oshishi, asteniya.

Nojo‘ya samaralar ko‘pincha, sutkada 2,4 g dan yuqori dozani qabul qilayotgan keksa yoshdagi bemorlarda aniqlanadi.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Pirasetamga yoki pirrolidon hosilalariga, shuningdek preparatning boshqa komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik.

Preparatni buyurish vaqtida psixomotor qo‘zg‘alish.

Gentington xoreyasi.

Bosh miyada qon aylanishini o‘tkir buzilishlari (gemorragik insult).

Buyrak yetishmovchiligining yakuniy bosqichi (kreatinin klirensi minutiga 20 ml dan kam).

Homiladorlik va laktasiya davri.

18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan: gemostazni buzilishi, katta jarrohlik aralashuvlari, og‘ir qon ketishi.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Qalqonsimon bezi gormonlari bilan bir vaqtda buyurilganda ongni chalkashishi, ta‘sirchanlik, dezorientasiya va uyquni buzilishi bo‘lishi mumkin.

Markaziy nerv tizimini (MNT) rag‘batlantiradigan dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llanganda MNT haddan ziyod rag‘batlantiradigan bo‘lishi mumkin.

Neyroleptiklar bilan buyurilganda ekstrapiramid buzilishlarini paydo bo‘lish xavfini kamaytiradi.

Klonazepam, fenitoin, fenobarbital, natriy valproati bilan o‘zaro ta‘sirlari aniqlanmagan.

Pirasetam yuqori dozalarda (sutkada 9,6 g) venoz trombozi bo‘lgan bemorlarda asenokumarolning samaradorligini oshiradi (trombositlar agregasiyasining darajasini, fibrinogenning darajasini, Villebrand omillarini, qon va plazmaning qovushqoqligini faqat asenokumarolning o‘zini qo‘llash bilan solishtirganda, yaqqolroq pasaytirishi aniqlangan).

Pirasetamning farmakodinamikasini boshqa dori preparatlarning ta‘sirida o‘zgarishini ehtimoli kam, chunki preparatning 90% siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi.

In vitro sharoitda Pirasetam 142, 426 va 1422 mkg /ml konsentrasiyalarda CYP1A2, 2B6, 2C8, 2C9, 2C19, 2D6, 2E1 va 4A9/11 izofermentlarini susaytirmaydi. Pirasetamning
1422 mkg/ml konsentrasiyasida CYP2A6 (21%) va 3A4/5 (11%) biroz susayishi aniqlangan. Ammo ushbu ikki izofermentni Ki darajasi 1422 mkg/ml dan oshganda ham yetarli. Shuning uchun boshqa preparatlar bilan metabolik o‘zaro ta‘sirlari ehtimoli kam.

Tutqanoqqa qarshi preparatlarni (karbamazepin, fenobarbital, valproat) muntazam qabul qiladigan tutqanog‘i bo‘lgan bemorlarda pirasetamni sutkada 20 mg dozada qabul qilinganda ushbu preparatlarni qon zardobidagi cho‘qqi konsentrasiyasini va egri chizig‘i darajasini o‘zgartirmagan.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda buyrak faoliyatining ko‘rsatkichlarini – qoldiq azot va kreatinin, jigar kasalliklari bo‘lgan bemorlarda – jigarning funksional holatini muntazam nazorat qilish tavsiya qilinadi.

Pirasetam bilan davolashni zarur bo‘lganda psixofaol, yurak-qon tomir va boshqa dori vositalari bilan birga qo‘llash mumkin.

Kortikal miokloniyani davolashda, preparatni keskin bekor qilishdan (xurujlarni qayta boshlanish xavfi) saqlanish lozim.

Uyquni buzilishi paydo bo‘lgan hollarda  kechqurungi qabulni bekor qilish, bu dozani kunduzgi dozaga qo‘shish kerak.

Gemodializ uchun apparatlarning filtrlovchi membranalari orqali o‘tadi.

Pirasetamni trombositlarni agregasiyasiga ta‘siri tufayli qon ketishini rivojlanish xavfi omillari: me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi, ilgari o‘tkazilgan bosh miya ichiga qon quyilishlari, yaqinda o‘tkazilgan jarrohlik aralashuvlari (shu jumladan stomatologik) bo‘lgan pasientlarga antikoagulyantlarni yoki antiagregantlarni, shu jumladan aspirinni kichik dozalarda qabul qilishda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.

Homiladorlik va laktasiya

Homiladorlik va emizish davrida buyurilmaydi.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Avtomobilni haydashda va boshqa diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaksiyalarini tezligini talab qiladigan potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Dori vositasi deyarli toksik emas. Dozani oshirib yuborilish ehtimoli kam. Ammo u paydo bo‘lgan hollarda ta‘riflangan nojo‘ya samaralarni, ayniqsa markaziy nerv tizimi tomonidan–bezovtalanish, uyqusizlik yoki uyquchanlikni kuchayishi mumkin. Giperkinezalar, ataksiya.

Davolash: ko‘rsatilgan simptomlar dori vositasi bekor qilinganda tezda o‘tib ketadi. Dori vositasini klirensini oshirish uchun ko‘p suyuqlik va saluretiklarni buyurish mumkin. Gemodializni (pirasetamin 50-60% chiqarilishi) buyurish mumkin.

 

Chiqarilish shakli

5 ml dan ampulalarda, o‘ramda №10; №5x1; №5x2.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

5 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

PIRASETAM RG inyeksiya uchun eritma 5ml 20% N5 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
PIRASETAM RG inyeksiya uchun eritma 5ml 20% N5 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
PIRASETAM RG inyeksiya uchun eritma 5ml 20% N5 dori vositasi Remedy Group СП OOO tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
PIRASETAM RG inyeksiya uchun eritma 5ml 20% N5 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
PIRASETAM RG inyeksiya uchun eritma 5ml 20% N5 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 19 200 so'mdan Batafsil
FERRAT S sirop 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
Narh: 64 500 so'mdan Batafsil
FERRAT S inyeksiya uchun eritma 100mg/2ml N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
Narh: 37 300 so'mdan Batafsil
AZIREM suspenziya 15ml 200mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
IZIFER sirop 100ml
Narh: 58 200 so'mdan Batafsil
ASTANOL tabletkalari 5mg N10
ASTANOL tabletkalari 10mg N10
ALLEGRA sirop 50ml 5mg/5ml
LEFTRIN NEO infuziya uchun eritma 200ml 1000mg/200ml
SIAZIT kapsulalar 500mg N3
SIAZIT kapsulalar 250mg N6
ZANEKSA kapsulalar 250mg N6
ZANEKSA kapsulalar 500mg N3
Narh: 37 000 so'mdan Batafsil
SINAFULL NEO tabletkalari 5mg N10
Narh: 37 000 so'mdan Batafsil
IXTIOLOVAYA maz 25g 10%
Narh: 2 800 so'mdan Batafsil
SIAZOL tabletkalari 400mg N1
Narh: 23 500 so'mdan Batafsil
Narh: 25 800 so'mdan Batafsil
ENSEFAKOLIN NEO eritma 4ml 1000mg/4ml N5
SIKOL eritma 4ml 1000mg/4ml N5
Narh: 143 500 so'mdan Batafsil
SIKOL eritma 2ml 500mg/2ml N5
SEBROGEN eritma 5ml N5
Narh: 248 600 so'mdan Batafsil
BRALIN eritma 4ml 1000mg/4ml N5
Narh: 115 000 so'mdan Batafsil
OFLOKORT infuziya uchun eritma 100ml 200mg/100ml
Другие формы препарата
PIRASETAM kapsulalar 400mg N20
PIRASETAM kapsulalar 0,2g N10
PIRASETAM 0,4 kapsulalar N60
PIRASETAM 0,4 kapsulalar N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya Respublikasi
  • Faol modda: Pirasetam ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Белмедпрепараты РУП
PIRASETAM kapsulalar 400 mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: NAVBAHOR SANOAT, OOО
PIRASETAM kapsulalar 400 mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: NAVBAHOR SANOAT, OOО
PIRASETAM kapsulalar 400 mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: NAVBAHOR SANOAT, OOО
PIRASETAM kapsulalar 400 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: NAVBAHOR SANOAT, OOО
PIRASETAM kapsulalar 400 mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: NAVBAHOR SANOAT, OOО
PIRASETAM kapsulalar 200 mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: NAVBAHOR SANOAT, OOО
PIRASETAM kapsulalar 200 mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: NAVBAHOR SANOAT, OOО
PIRASETAM kapsulalar 200 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: NAVBAHOR SANOAT, OOО
PIRASETAM kapsulalar 200 mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: NAVBAHOR SANOAT, OOО
PIRASETAM kapsulalar 200 mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: NAVBAHOR SANOAT, OOО
PIRASETAM REMEDY kapsulalar N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
PIRASETAM REMEDY kapsulalar N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
PIRASETAM REMEDY kapsulalar N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
PIRASETAM tabletkalari 0,2g N10
PIRASETAM tabletkalari 400mg N10
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9