×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

PLANTEKS 5,0 DLYA DETEY granuli N10

Kategoriya:
- Hazm qilish va moddalar almashinuvi tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Sloveniya
Faol modda:
Фенхеля обыкновенного плоды
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Лек д.д
ATX kodi:
- A03 Препараты для лечения функциональных нарушений ЖКТ
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

ALFA NORMIKS tabletkalari 200mg N36 Альфасигма С.п.А. Italiya
MAGVIT kapsulalar N30 УП МИНСКИНТЕРКАПС Belarusiya
27 000 s`om dan
116 500 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
PLANTEKS 5,0 DLYA DETEY granuli N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

PLANTEKS®

PLANTEX®

 

Preparatning savdo nomi: Planteks®

Dori shakli: ichga qabul qilish uchun granulalar

Tarkibi:

5 g Planteks® granulalari quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: 250 mg (7,7:1) fenxel mevalarining suvli quruq ekstrakti (x) va fenxelning efir moyi, unda kamida 0,5 mg anetol va kamida 0,2 mg fenxon;

yordamchi moddalar: glyukoza, laktoza.

Ta‘rifi: dog‘lari bo‘lgan och-jigarrang mayda granulalar

Farmakoterapevtik guruhi: spazmolitik vosita

ATX kodi: A03AX

 

Farmakologik xususiyatlari

Fenxel mevalari va fenxel efir moyi me‘da shirasining ajralib chiqishini oshirib va peristaltikani kuchaytirib, ovqat hazm bo‘lishini rag‘batlantiradi. Shuning uchun ovqat tezroq parchalanadi va so‘riladi. Faol moddalar gazlarni yig‘ilishini oldini oladi va ularning chiqishiga yordam beradi, ichak spazmlarini yumshatadi.

Qo‘llanilishi

Planteks® ni hayotini ikki haftasidan boshlab va undan kattaroq yoshli bolalarda meteorizmga qarshi va ovqat hazm bo‘lishini yengil buzilishlarida ichakdagi spastik og‘riqlarni bartaraf qilish uchun, shuningdek emizishdan ovqatlanishning boshqa turlariga o‘tishda ishlatish tavsiya qilinadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat ichga oldindan yangi qaynatilgan iliq suvda eritilgandan keyin, ovqatdan keyin va ovqat qabul qilishlar orasidagi tanaffuslarda mustaqil ichish sifatida qo‘llanadi.

Hayotining 2 haftaligidan 1 yoshgacha bolalarga: sutkada 1-2 paketchadan (5-10 granulalar) 2-3 qabulda.

1 yoshdan 4 yoshgacha bo‘lgan bolalarga: sutkada 2-3 paketchadan (10-15 granulalar) 2-3 qabulda. Tavsiya etilgan dozalarda Planteks 1 oygacha qo‘llanishi mumkin.

Me‘da-ichak buzilishlari vaqtida Planteksni uzoq bo‘lmagan vaqt (bir necha kun) qabul qilish mumkin. Uzoq vaqt qabul qilish xaqida (bir necha kun) shifokor va farmasevt bilan maslahatlashing.

Eritmani tayyorlash uchun bir paketcha ichidagisini butilka yoki chashkaga solinadi, 100 ml qaynatilgan suv qo‘shiladi va granulalar to‘liq erigunicha silkitiladi. Preparat ovqatga qo‘shilishi mumkin (sutga), qismlar bo‘yicha (choy qoshiq uchida).

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar kutilishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik;

Maxsus ko‘rsatmalar

Eritmani tayyorlash uchun faqat iliq qaynatilgan suv yoki sut ishlating. Emizikli bolalar uchun faqat yangi tayyorlangan eritmani ishlatish kerak. Shirin ta‘m beruvchilarni qo‘shmang.

Planteksning har bir paketi 2,5 g glyukoza va 2,2 g laktoza  saqlaydi; preparat laktaza, tanqisligi galaktozemiya yoki glyukoza-galaktoza so‘rilishini buzilishlari bo‘lgan bolalarga tavsiya etilmaydi.

Homiladorlik va emizish

Preparatni homilador va emizikli ayollarga qabul qilishi tavsiya etilmaydi (chunki klinik ma‘lumotlar yetarli emas).

Transportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

To‘g‘ri kelmaydi.

Preparatni yaroqlilik muddati o‘tgandan keyin qo‘llash mumkin emas va bolalar ololmaydigan joyda saqlash kerak.

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatning dozasini oshirib yuborilishining simptomlari bo‘yicha ma‘lumotlar mavjud emas.

Chiqarilish shakli

5 g dan granulalar 10 paketchadan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan qutida.

 

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz beriladi.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

PLANTEKS 5,0 DLYA DETEY granuli N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
PLANTEKS 5,0 DLYA DETEY granuli N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
PLANTEKS 5,0 DLYA DETEY granuli N10 dori vositasi Лек д.д tomonidan Sloveniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
PLANTEKS 5,0 DLYA DETEY granuli N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
PLANTEKS 5,0 DLYA DETEY granuli N10 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 89 000 so'mdan Batafsil
Narh: 28 800 so'mdan Batafsil
Narh: 62 000 so'mdan Batafsil
AMLODIPIN SANDOZ tabletkalari 10mg N30
AMLODIPIN SANDOZ tabletkalari 5mg N30
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9