×
×
  • PLATIFILLIN eritma 1 ml 2 mg/ml N5

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

PLATIFILLIN eritma 1 ml 2 mg/ml N5

Kategoriya:
- Hazm qilish va moddalar almashinuvi tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Qadoqda soni:
- 5
Ishlab chiqaruvchi:
- Radiks, ООО
ATX kodi:
- А03А
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

MYATI PERECHNOY LISTYa sire 50g Gerbofarm, ЧП O'zbekiston
DYUSPATALIN kapsulalar 200mg N30 Mylan Laboratories SAS Frantsiya
60 000 s`om dan
GLISERIN suppozitorii 2,11g N10 Radiks, НПП Rossiya Federatsiyasi
6 700 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
PLATIFILLIN eritma 1 ml 2 mg/ml N5 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

PLATIFILLIN

PLATYPHILLINUM

 

Ushbu dori vositasini qabul qishish/ishlatishni boshlashdan oldin bu yo‘riqnomani diqqat bilan o‘qib chiqing.

Yo‘riqnomani saqlab qo‘ying, u yana kerak bo‘lib qolishi mumkin.

Agar Sizda savollar paydo bo‘lsa, shifokorga murojaat qiling.

Bu dori shaxsan Sizga buyurilgan, va uni boshqa shaxslarga berish mumkin emas, chunki u xatto Sizdagi simptomlar bo‘lganida ham ularga zarar yetkazishi mumkin.

 

Preparatning savdo nomi: Platifillin

Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): platifillin

Dori shakli: teri ostiga yuborish uchun eritma

Tarkibi:

Faol modda:

Platifillin gidrotartrati                                            -2,0 g

quruq moddaga qayta xisoblaganda

Yordamchi moddalar:

In‘eksiya uchun suv                                                             – 1000 ml gacha

Ta‘rifi: Rangsiz, tiniq suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: M-xolinoblokator.

ATX kodi: [A03A].

 

Farmakologik xususiyatlari

M-xolinoblokator, atropin bilan solishtirganda periferik xolinoreseptorlarga kamroq ta‘sir ko‘rsatadi (me‘da-ichak a‘zolarining silliq mushak hujayralariga va rangdor pardaning sirkulyar mushaklariga ta‘siri bo‘yicha atropindan 5-10 marta kuchsizroq). M-xolinoreseptorlarni bloklab, postganglionar xolinergik nervlardan ular tomonidan innervasiya qilinuvchi effektor a‘zolar va to‘qimalarga (yurak, silliq mushakli a‘zolar, tashqi sekresiya bezlari) nerv impulslarining o‘tkazilishini buzadi; shuningdek n-xolinoreseptorlarni ham bostiradi (ahamiyatli kuchsizroq). Xolinobloklovchi ta‘siri kattaroq darajada vegetativ nerv tizimining parasimpatik qismining yuqori tonusi yoki m-xolinostimulyatorlarning ta‘siri fonida namoyon bo‘ladi. Atropinga qaraganda kamroq darajada taxikardiya chaqiradi, ayniqsa katta dozalarda qo‘llanganida n.vagus ning ta‘sirini kamaytirib, yurakning o‘tkazuvchanligini yaxshilaydi, miokardning qo‘zg‘aluvchanligini oshiradi, qonning minutli xajmini oshiradi.

Bevosita miotrop spazmolitik ta‘sir ko‘rsatadi, terining mayda tomirlarining kengayishini chaqiradi. Yuqori dozalarda tomirlarni harakatlantiruvchi markazni susaytiradi va simpatik gangliylarni bloklaydi, buning oqibatida tomirlar kengayadi va arterial bosim pasayadi (asosan vena ichiga yuborilganida).

Ichki sekresiya bezlarining sekresiyasini atropindan kuchsizroq susaytiradi; silliq mushaklarning, me‘da, o‘n ikki barmoq ichak tonusini, ingichka va yo‘g‘on ichakning peristaltik qisqarishlari amplitudasi va tez-tezligini yaqqol pasayishini, o‘t qopi tonusini o‘rtacha pasayishini (o‘t yo‘llarining giperkineziyasi bo‘lgan shaxslarda) chaqiradi; gipokineziyada – o‘t qopining tonusi normal darajagacha oshadi. Bachadon, qovuq va siydik chiqarish yo‘llarining silliq mushaklarini bo‘shashini chaqiradi; spazmolitik ta‘sir ko‘rsatib, og‘riq sindromini bartaraf qiladi. N.vagus tonusini oshishi yoki xolinostimulyatorlar chaqirgan bronxlarning silliq mushaklarini bo‘shashtiradi, nafas xajmini oshiradi, bronxial bezlarning sekresiyasini susaytiradi, sfinkterlarning tonusini pasaytiradi.

Ko‘zning kon‘yunktiva qopchasiga tomizilganida va parenteral yuborilganida, rangdor pardaning doira mushagining bo‘shashishi oqibatida qorachiqning kengayishini chaqiradi. Bir vaqtda ko‘z ichki bosimi oshadi va akkomodasiya falaji yuz beradi (siliar tananing kipriksimon mushagini bo‘shashishi). Atropin bilan solishtirganda akkomodasiyaga ta‘siri kamroq va qisqa ifodalangan. Bosh miya va nafas markazini qo‘zg‘atadi, kattaroq darajada – orqa miyani (yuqori dozalarda tirishishlar, markaziy nerv tizimini, tomirlarni harakatlantiruvchi va nafas markazlarini susayishi mumkin). Gematoensefalik to‘siq orqali o‘tadi.

Qo‘llanilishi

Me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi, pilorospazm, xolesistit, xolelitiaz, ichak sanchig‘i, buyrak sanchig‘i, o‘t qopi sanchig‘i; bronxial astma (bronxo- va laringospazmni oldini olish uchun), bronxoreya; algodismenoreya; serebral arteriyalarning spazmi; angiotrofonevroz; arterial gipertenziya, stenokardiya (majmuaviy davolash tarkibida); tashhis maqsadida qorachiqni kengaytirish (shu jumladan, ko‘z tubini tekshirish, ko‘zning chin refraksiyasini aniqlash); ko‘zlarning o‘tkir yallig‘lanish kasalliklari (shu jumladan, irit, iridosiklit, keratit), ko‘z jarohatlarida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Teri ostiga, me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi, shuningdek ichak, jigar va buyrak sanchiqlaridagi o‘tkir og‘riqlarni, davomli bronxial astma hurujini, serebral va periferik angiospazmlarni bartaraf qilish uchun kattalarga 1-2 ml dan preparat sutkada 1-2 marta yuboriladi; bolalarga: yangi tug‘ilgan va emizikli bolalarga- 0,0175 ml/kg; 1-5 yoshdagi bolalarga – 0,015 ml/kg; 6-10 yoshdagi bolalarga – 0,0125 ml/kg; 11-14 yoshdagi bolalarga – 0,01 ml/kg buyuriladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Og‘izni qurishi, chanqoqlik, arterial bosimni pasayishi, taxikardiya, midriaz, akkomodasiya falaji, ichak atoniyasi, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, fotofobiya, tirishishlar, siydikni tutilishi, o‘tkir psixoz (yuqori dozalarda), o‘pka atelektazi.

Agar yo‘riqnomada ko‘rsatilgan biron-bir nojo‘ya samaralari chuqurlashsa, yoki Siz yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan har qanday boshqa nojo‘ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

O‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan

Homiladorlik; laktasiya davri; yurak qisqarishlari sonini oshishi ma‘qul bo‘lmagan yurak- qon tomir kasalliklari: xilpillovchi aritmiya, taxikardiya, surunkali yurak yetishmovchiligi, o‘tkir qon ketishi; tireotoksikoz (taxikardiya kuchayishi mumkin); tana haroratini oshishi (ter bezlari faolligini bostirilishi oqibatida yana oshishi mumkin); reflyuks-ezofagit, reflyuks-ezofagit bilan qo‘shilgan diafragmaning qizilo‘ngach teshigining churrasi (qizilo‘ngach va me‘da motorikasini pasayishi va pastki qizilo‘ngach sfinkterini susayishi me‘daning bo‘shalishini sekinlashishiga va faoliyati buzilgan sfinkter orqali gastroezofagal reflyuksni kuchayishiga yordam berishi mumkin; ichak tutilishi bilan birga kechuvchi me‘da-ichak yo‘llarining kasalliklari: axalaziya va privratnik stenozi (ichak tutilishi va me‘da ichidagisini tutilishiga olib keluvchi motorika va tonusni pasayishi mumkin); keksa yoshli bemorlarda yoki kuchsizlangan bemorlardagi ichak atoniyasi (ichak tutilishi rivojlanishi mumkin), paralitik ichak tutilishi (ichak tutilishi rivojlanishi mumkin); ko‘z ichki bosimi yuqori bo‘lgan kasalliklar: yopiqburchakli (ko‘z ichki bosimini oshishiga olib keluvchi midriatik samara, o‘tkir huruj chaqirishi mumkin) va ochiqburchakli glaukoma (midriatik samara ko‘z ichki bosimini biroz oshishini chaqirishi mumkin; davolashni to‘g‘rilash talab qilinishi mumkin), 40 yoshdan oshgan pasientlar (tashhis qilinmagan glaukoma ko‘rinishlarining xavfi); nospesifik yarali kolit (yuqori dozalari paralitik ichak tutilishi ehtimolini oshirib, ichak peristaltikasini susaytirishi mumkin; bundan tashqari toksik megakolon kabi og‘ir asoratni ko‘rinishi yoki zo‘rayishi mumkin); og‘izni qurishi (davomli qo‘llash kserostomiyaning yaqqolligini yanada kuchayishini chaqirishi mumkin); jigar yetishmovchiligi (metabolizmni pasayishi) va buyrak yetishmovchiligi (chiqarilishini pasayishi oqibatida nojo‘ya samaralarining rivojlanishini xavfi); o‘pkaning surunkali kasalliklari, ayniqsa kichik yoshli bolalarda va kuchsizlangan bemorlarda (bronxial sekresiyani kamayishi sekretni quyuqlashishiga va bronxlarda tiqinlarni hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin); miasteniya (asetilxolinning ta‘siri ingibirlanishi tufayli xolat yomonlashishi mumkin); vegetativ (avtonom) nevropatiya (siydikni tutilishi va akkomodasiya falaji kuchayishi mumkin), siydik chiqarish yo‘llarining obstruksiyasisiz prostata bezining gipertrofiyasi, siydikni tutilishi yoki unga moyillik yoki siydik chiqarish yo‘llarinig obstruksiyasi (shu jumladan, prostata bezi gipertrofiyasi oqibatidagi qovuq bo‘ynini) bilan birga kechuvchi kasalliklar; gestoz (arterial gipertenziyani kuchayishi mumkin); bolalarda bosh miyani shikastlanishi (markaziy nerv tizimi tomonidan samaralar kuchayishi mumkin); Daun kasalligi (qorachiqlarni odatdagi bo‘lmagan kengayishi va yurak qisqarishlar sonini oshishi mumkin); bolalardagi markaziy falaj (antixolinergik dori vositalariga reaksiya juda yaqqol bo‘lishi mumkin).

Agar Sizda sanab o‘tilgan kasalliklaridan biri bo‘lsa, preparatni qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Fenobarbital, etaminal natriy, magniy sulfatining sedativ va uxlatuvchi ta‘sirini kuchaytiradi. Boshqa m-xolinoblokatorlar, amantadin, galoperidol, fenotiazin, monoaminooksidaza (MAO) ingibitorlari, trisiklik antidepressantlar, ayrim antigistamin preparatlar nojo‘ya samaralarining rivojlanishi xavfini oshiradi. Antagonizm – antixolinesteraz preparatlar bilan kuzatiladi. Morfin yurak- qon tomir tizimiga susaytiruvchi ta‘sirini kuchaytiradi; MAO ingibitorlari – musbat xrono- va batmotrop samaralar; yurak glikozidlari – musbat batmotrop ta‘sir; xinidin, prokainamid – m-xolinobloklovchi ta‘sir kuzatiladi. Silliq mushaklarning spazmlari bilan bog‘liq bo‘lgan og‘riqlarda, ta‘sirini analgetiklar, sedativ vositalar, trankvilizatorlar; tomirli spazmlarda – gipotenziv va sedativ dori vositalari kuchaytiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Davolanish davrida yuqori diqqatni talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlaridan saqlanish kerak.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: paralitik ichak tutilishi; siydikni o‘tkir tutilishi; akkomodasiya falaji; ko‘z ichki bosimini oshishi; og‘iz bo‘shlig‘i, burun, tomoq shilliq qavatining qurishi; yutish, nutqni qiyinlashishi; midriaz (rangdor pardani butunlay yo‘qolishigacha); tremor, tirishishlar, gipertermiya, qo‘zg‘alish, markaziy nerv tizimini susayishi, nafas va tomirlarni harakatlantiruvchi markazlarning faolligini bostirilishi.

Davolash: me‘dani yuvish, jadallantirilgan diurez, xolinostimulyatorlar va antixolinesteraz vositalarni parenteral yuborish. Gipertermiyada – namlab artish, isitmani tushiruvchi vositalar; qo‘zg‘alishda – vena ichiga tiopental natriy yoki rektal – xloralgidratni yuborish; midriazda – mahalliy, ko‘z tomchilari ko‘rinishida: fosfakol, fizostigmin, pilokarpin yuboriladi. Glaukoma huruji rivojlangan holda darhol kon‘yunktiva qopchasiga pilokarpinning 1% li eritmasi har soatda 2 tomchidan tomiziladi va teri ostiga – 1 ml 0,05% li prozerin eritmasi sutkada 3-4 marta yuboriladi.

Chiqarilish shakli

Teri ostiga yuborish uchun eritma 2 mg/ml. 1 ml dan neytral shisha ampulada yoki ISO bo‘yicha ampulada. 5 ampuladan kontur uyali o‘ramda (folga yoki qog‘oz bilan, yoki folga va qog‘ozsiz). 2 kontur uyali o‘ram karton qutida. 10 ampuladan qog‘oz kiritmali yoki maxsus uyachalari bo‘lgan karton qutida. Har bir qutiga qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma va skarifikator joylanadi. Sindirish kertigi, halqasi va nuqtalari bo‘lgan ampulalar ishlatilganida qutiga skarifikator joylanmaydi.

 

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Yaroqlilik muddati

5 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

PLATIFILLIN eritma 1 ml 2 mg/ml N5 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
PLATIFILLIN eritma 1 ml 2 mg/ml N5 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
PLATIFILLIN eritma 1 ml 2 mg/ml N5 dori vositasi Radiks, ООО tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
PLATIFILLIN eritma 1 ml 2 mg/ml N5 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
PLATIFILLIN eritma 1 ml 2 mg/ml N5 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
RINGER LAKTAT eritma 200 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ООО
Narh: 8 000 so'mdan Batafsil
MOKSIFLOKSASIN eritma 200 ml 400 mg/ 200ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ООО
Narh: 9 000 so'mdan Batafsil
MOKSIFLOKSASIN eritma 200 ml 200 mg/100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ООО
LOPERAMID kapsulalar 2 mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ООО
Narh: 3 500 so'mdan Batafsil
LOPERAMID kapsulalar 2 mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ООО
Narh: 2 200 so'mdan Batafsil
KALSIYA XLORID eritma 10 ml 10% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ООО
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
KALSIYA XLORID eritma 10 ml 10% N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ООО
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
KALSIYA XLORID eritma 5 ml 10% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ООО
Narh: 1 700 so'mdan Batafsil
KALSIYA XLORID eritma 5 ml 10% N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ООО
Narh: 10 000 so'mdan Batafsil
GEPARIN eritma 1 ml 5000 ME/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ООО
Narh: 24 000 so'mdan Batafsil
RUTAN tabletkalari 25 mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi:
  • Ishlab chiqaruvchi: RADIKS, ООО
SIPROFLOKSASIN eritma 100 ml 200 mg/100 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ООО
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
URSODIOL kapsulalar 500mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ООО
URSODIOL kapsulalar 500mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ООО
URSODIOL kapsulalar 500mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ООО
URSODIOL kapsulalar 500mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ООО
URSODIOL kapsulalar 250 mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ООО
URSODIOL kapsulalar 250 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ООО
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
URSODIOL kapsulalar 250 mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ООО
URSODIOL kapsulalar 250 mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ООО
RINGER LAKTAT eritma 100 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ООО
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
PLATIFILLIN eritma 1 ml 2 mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ООО
Narh: 12 200 so'mdan Batafsil
PENTOKSIFILLIN eritma 500 ml 0,5 mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ООО
PENTOKSIFILLIN eritma 400 ml 0,5 mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ООО
PENTOKSIFILLIN eritma 250 ml 0,5 mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ООО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9