Portalimizni rivojlantirish maqsadida biz cookiesdan foydalanamiz. Saytdan foydalanishni davom etishingiz, ulardan foydalanishimizga rozilligingizni anglatadi. Batafsil
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
1 g surtma qo'yidagilarni saqlaydi:
faol modda: dekspantenol – 50 mg;
yordamchi moddalar: stearil spirti; setil spirti; oq asalari mumi; protegin XN; bodom moyi; oq yumshoq parafin; suyuq parafin; lanolin (qo'y yog'i); tozalangan suv 1 g gacha.
Dekspantenol to'qimalarda koferment A (SoA) ning tarkibiy qismi hisoblanuvchi va epiteliy me'yordagi funktsiyasini saqlab turishda, fibroblastlar proliferatsiyasini oshirish va jarohatlarni bitish jarayonida teri regeneratsiyasini tezlashtirishda muhim rolь o'ynaydigan pantoten kislotasiga aylanadi.
Hujayralarning bo'linishi va yangi teri to'qimalari shakllanishining ushbu jarayoni teri egiluvchanligini tiklaydi va jarohatlarning bitishini rag'batlantiradi.
So'rilishi
Dekspantenol terida tez so'riladi, darhol organizm to'qimalarida asosan koferment A ko'rinishida keng tarqaluvchi pantoten kislotasiga aylanadi.
Tarqalishi
Dori vositasi mahalliy qo'llangandan so'ng pantoten kislotasi sochlar, soch ildizlari, tirnoqlar, epidermis va derma qavatlarida to'planadi.
Chiqarilishi
Pantoten kislotasi o'zgarmagan holda ko'proq siydik bilan va kamroq miqdorda axlat bilan chiqariladi.
Barcha dori vositalari kabi, ushbu dori vositasi nojo'ya ta'sirlarni chaqirishi mumkin, lekin ular hammada ham kuzatilmaydi.
Quyidagi ko'rsatib o'tilgan nojo'ya ta'sirlar MedDRA bo'yicha a'zolar tizimi va tez-tezligi tasnifining ma'lumotlar bazasiga muvofiq tartibga solingan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha), kam hollarda (≥1/10 000 dan <1/1000 gacha), juda kam hollarda (<1/10 000), tez-tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlarga ko'ra aniqlash mumkin emas).
Immun tizimi tomonidan
Juda kam hollarda: allergik reaktsiyalar va terining allergik reaktsiyalari.
Teri va teri osti to'qimalari tomonidan
Juda kam hollarda: kontakt dermatit, allergik dermatit, qichishish, terining qizarishi, ekzema, toshmalar, eshakemi, terining ta'sirlanishi va yarasi.
Yuqorida keltirilgan nojo'ya ta'sirlar, shuningdek yo'riqnomada ko'rsatilmagan nojo'ya ta'sirlar paydo bo'lganda, shifokorga murojaat qilish kerak.
Dekspantenolni ko'zga tasodifan tushishini oldini olish kerak.
Allergik reaktsiyalar belgilari paydo bo'lgan holatda, Rekreol surtmisini qo'llashni to'xtatish lozim.
Agar Siz o'zingizni yaxshi xis qilmayotgan yoki qo'llash boshlangandan 14 kundan so'ng yanada ahvolingiz yomonlashsa, Siz shifokor bilan maslahatlashishingiz lozim.
Surtm ateri ta'sirlanishini chaqirishi mumkin bo'lgan propilenglikolь saqlaydi.
Surtma mahalliy teri reaktsiyalarini (masalan, kontakt dermatit) chaqirishi mumkin bo'lgan lanolin va setil spirti saqlaydi.
Homiladorlik va emizish
Homiladorlik
Dekspantenolning reproduktivlikka ta'siri bo'yicha tadqiqotlar o'tkazilmagan. Dekspantenolni homiladorlarga qo'llash haqida ma'lumotlar yo'q. Hayvonlarda o'tkazilgan tadqiqotlar reproduktiv toksiklikga bevosita yoki bilvosita ta'sir ko'rsatishini ko'rsatmagan.
Emizish
Emayotgan yangi tug'ilgan chaqaloqlar/go'daklarga ta'sir ko'rsatishi kutilmaydi, chunki dekspantenolning emizayotgan ayolga tizimli ta'siri ahamiyatsizdir. Rekreol emizish davrida qo'llanishi mumkin.
Fertillik
Dekspantenolni odam fertilligiga ta'siri bo'yicha tadqiqotlar o'tkazilmagan.
Homilaning rivojlanishiga ta'siri noma'lum.
Transport vositalari va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Rekreol surtmasi transport vositalari va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Teri yuzasini shikastlanishlarini davolash uchun (terining biroz kuyishi va yorilishi, terining shilinishi va yoriqlar bilan qoplanishi), teri yallig'lanishi (nur bilan muolaja olish, fototerapiya yoki ulьtrabinafsha nurlanish ta'siri oqibatida yuza keluvchi) da qo'llaniladi.
dekspantenol yoki preparatning biror-bir yordamchi moddasiga yuqori sezuvchanlik;
qon ketish xavfi yuqori bo'lganligi tufayli, gemofiliyasi bo'lgan patsiyentlarga dekspantenolni jarohatlarga qo'llash mumkin emas.
So'nggi vaqtlarda qo'llanayotgan, qo'llanilgan yoki qo'llanishi mumkin bo'lgan barcha dori vositalari haqida shifokor yoki farmatsevtga xabar bering.
Rekreol surtmasi boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'sirlashishi bo'yicha ma'lumotlar mavjud emas.
Preparat 30 g yoki 50 g dan ichki yuzasi lok bilan qoplangan, og'zi alyuminiyli himoya membranali va buraladigan plastmassali bushonga joylashgan membranani teshish uchun konussimon moslamali alyuminiy tubada.
1 tuba tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Preparatni yaroqlilik muddati o'tgach qo'llash mumkin emas.
Bu dori vositasi doimo ushbu yo'riqnomada ko'rsatilgandek yoki shifokor yoki farmatsevt buyurgandek qo'llanilsin. Tushunmovchilik bo'lgan holatlarda, shifokor yoki farmatsevtaga murojaat qiling.
Sirtga qo'llash uchun.
Odatda surtma yupqa qavat ko'rinishida terining shikastlangan qismiga kuniga bir yoki bir necha marta surtiladi. Davolash kursi davomiyligi kasallik tabiati va og'irlik darajasiga bog'liq.
Dekspantenol kuniga bir martadan bir necha marotabagacha mahalliy qo'llaniladi.
Bolalarda qo'llash
Dekspantenolni bolalarni qo'llash mumkin.
Buyrak va jigar faoliyatii buzilishi bo'lgan patsiyentlar
Buyrak va jigar faoliyatlari buzilgan patsiyentlarda tadqiqotlar o'tkazilmagan.
Keksa yoshdagi patsiyentlar
Keksa yoshdagi patsiyentlarda tadqiqotlar o'tkazilmagan (65 va undan katta yoshdagi).
Dekspantenolning mahalliy ta'siri bo'yicha ko'pchilik tadqiqotlar qisqa davrli, odatda 3-4 hafta davom etgan.
Agar Sizga surtkining ta'siri juda kuchli yoki juda kuchsiz tuyulayotgan bo'lsa, shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
Odamlar tomonidan dozani oshirib yuborish holatlari kuzatilmagan. Dekspantenolni haddan ziyod miqdorda qo'llash holatida ham, u kam toksiklikga ega va patsiyent salomatligiga xavf tug'diruvchi nojo'ya ta'sirlarni chaqirmaydi.
Homiladorlik
Dekspantenolning reproduktivlikka ta'siri bo'yicha tadqiqotlar o'tkazilmagan. Dekspantenolni homiladorlarga qo'llash haqida ma'lumotlar yo'q. Hayvonlarda o'tkazilgan tadqiqotlar reproduktiv toksiklikga bevosita yoki bilvosita ta'sir ko'rsatishini ko'rsatmagan.
Emizish
Emayotgan yangi tug'ilgan chaqaloqlar/go'daklarga ta'sir ko'rsatishi kutilmaydi, chunki dekspantenolning emizayotgan ayolga tizimli ta'siri ahamiyatsizdir. Rekreol emizish davrida qo'llanishi mumkin.
Fertillik
Dekspantenolni odam fertilligiga ta'siri bo'yicha tadqiqotlar o'tkazilmagan.