×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

APILAK GRINDEKS tabletkalari 10mg N25

Kategoriya:
- Tetiklashtiradigan
Ishlab chiqarilish joyi:
- Latviya
Faol modda:
Маточное молочко
Qadoqda soni:
- 25
Ishlab chiqaruvchi:
- Гриндекс, АО
Vakil:
- Grindeks
ATX kodi:
- A13A
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan
Toshkentning 85 ta dorixonasida topildi

ico 19 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 50 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

ALFAGIN sirop 120ml Herbion Pakistan (PVT) Ltd Pokiston
20 000 s`om dan
VOBI KIDS sirop 150ml Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: Farmamag Ambalaj Sanayi ve Ticaret A.S. Turkiya
VIVABON sirop 120ml Herbion Pakistan (PVT) Ltd Pokiston
25 200 s`om dan
JENSHENYA nastoyka 25ml Radiks, НПП O'zbekiston
11 200 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
APILAK GRINDEKS tabletkalari 10mg N25 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

APILAK GRINDEKS

APPILAK GRINDEX

 

Preparatning savdo nomi: Apilak Grindeks

Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): liofillangan apilak

Dori shakli: shimish uchun tabletkalar.

Tarkibi:

1 tabletka saqlaydi.

faol modda: liofillangan apilak 10 mg,

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, kartoshka kraxmali, talk, kalsiy stearat.

Ta‘rifi: yassi silindrik, faskali, sindirilganda yuzasi oq yoki sarg‘imtir tusli rangdagi tabletkalar. Mayda sariq xolli dog‘larga yo‘l qo‘yiladi.

Farmakoterapevtik guruhi: Biogen rag‘batlantiruvchilar

ATX kodi: A13A

Farmakologik xususiyatlari

Apilak yoki asalarilarning ona suti yosh ishchi asalarilarning allotrofik bezlari tomonidan ishlab chiqariluvchi biologik faol moddalarning aralashmasidan iborat sekretidir. Uning tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • Vitaminlar (S, V1, V2, V5, V6, V8, V12, N, folat kislotasi, inozitol);
  • Makroelementlar (K, Na, Ca, Mg, Fe, P) va mikroelementlar (Zn, Mn, Cu, Co, S, Si, Ni, Cr, As, Bi);
  • 23 turli aminokislotalar, shu jumladan almashinmaydigan (masalan, gistidin, valin, metionin, triptofan);
  • Boshqa biologik faol moddalar (masalan, xolinesteraza fermenti, asetilxolin mediatori va boshqalar).

Umumiy tonusni oshiruvchi, antispastik ta‘sirga ega, organizmni stresslarga nisbatan qarshiligini va chidamliligini oshiradi, moddalar almashinuvini rag‘batlantiradi.

 

Qo‘llanilishi

  • O‘tkazilgan kasalliklardan keyingi sog‘ayish davri;
  • Tug‘ruqdan keyingi davrda emizishni buzilishi;
  • Bolalarda ishtahani yo‘qolishi;
  • Nevrotik buzilishlar va arterial gipotenziya (yordamchi vosita sifatida)

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalarga 1 tabletkadan sutkada 3 marta, 10-15 kun davomida.

3 yoshdan katta bolalarga 1 tabletkadan sutkada 2 marta, 10-15 kun davomida buyuriladi. Tabletkani til ostiga qo‘yish va to‘liq erib ketganigacha qoldirish kerak (ichga qabul qilinganda preparat me‘da shirasini ta‘siri ostida parchalanadi).

Agar Siz preparatni navbatdagi qabulini o‘tkazib yuborsangiz, uni darhol qabul qiling. O‘tkazib yuborilganni o‘rniga ikkibarobar dozani qabul qilmang. Shifokorning tavsiyasiga ko‘ra qabul qilishni davom ettiring.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

  • Allergik reaksiyalar,
  • Og‘iz qurishi,
  • Taxikardiya:
  • Uyquni buzilishi:

Yuqorida qayd etilgan nojo‘ya reaksiyalar paydo bo‘lganida, shuningdek yo‘riqnomada keltirilmagan nojo‘ya reaksiyalar paydo bo‘lganida, shifokorga murojaat qilish zarur.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Liofilizirlangan appilakka va asalarichilikning boshqa mahsulotlariga yoki preparatning biron-bir yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik,
  • Addison kasalligi,
  • 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar yoshi.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Aniqlanmagan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Tabletkalar allergik reaksiyalarni chaqirishi mumkin. Allergik reaksiyalar paydo bo‘lganida preparatni qo‘llashni to‘xtatish lozim. Og‘iz qurishi, yurak urishi yoki uyquni buzilishi paydo bo‘lganida preparatni dozasini kamaytirish yoki bekor qilish lozim. Preparat laktoza saqlaydi, shuning uchun laktozani o‘zlashtiraolmaslikni kam uchraydigan nasliy shakli, Lapp-laktoza tanqisligi yoki glyukoza-galaktozani kam so‘rilishi bo‘lgan pasientlarga ushbu dozalarini qo‘llash mumkin emas. Uyquni buzilishida preparatni dozasini kamaytirish yoki bekor qilish lozim. Faqat liofilizirlangan apilakning oz miqdorigina davolovchi samara ko‘rsatadi.

Homiladorlik va emizish

Preparatni homiladorlik va laktasiya davrida shifokorni maslahatidan keyin qo‘llash mumkin.

Transport vositalarini boshqarish va harakatlanuvchi mexanizmlarda xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘siri

Transport vositalarini boshqarish va harakatlanuvchi mexanizmlarda xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari:

Ko‘p miqdorda qabul qilinganda moddalar almashinuvi jarayonlari sekinlashadi, masalan kuniga 2,5 g qabul qilish lohaslik chaqiradi.

Davolash:

Preparatni bekor qilish. Simptomatik terapiya.

Chiqarilish shakli

Shimish uchun tabletkalar 10 mg

25 tabletkadan polivinil xlorid plyonkali va alyuminiy folgali kontur uyali o‘ramda.

1 yoki 2 kontur uyali o‘ramlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil

O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugagandan keyin qo‘llanilmasin.

Dorixonalarda berish tartibi

Reseptsiz

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

1 mahsulot mulohazalari

APILAK GRINDEKS tabletkalari 10mg N25 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
APILAK GRINDEKS tabletkalari 10mg N25 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
APILAK GRINDEKS tabletkalari 10mg N25 dori vositasi Гриндекс, АО tomonidan Latviya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
APILAK GRINDEKS tabletkalari 10mg N25 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
APILAK GRINDEKS tabletkalari 10mg N25 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Бахи

21 Noyabr 2020

Добрый день. ГдеМожно купить в Ташкенте

Analoglar
APILAK GRINDEKS tabletkalari 10mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Latviya
  • Faol modda: Маточное молочко ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гриндекс, АО
  • Vakil: Grindeks
Narh: 27 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
KARVIDIL tabletkalari 6,25mg N28
Narh: 49 000 so'mdan Batafsil
Narh: 62 000 so'mdan Batafsil
Narh: 59 000 so'mdan Batafsil
IPIGRIKS tabletkalari 20mg N50
Narh: 197 700 so'mdan Batafsil
MILDRONAT kapsulalar 500mg N60
Narh: 228 000 so'mdan Batafsil
BETAMAKS tabletkalari 200mg N30
BETAMAKS tabletkalari 100mg N30
REKREOL maz 50mg
Narh: 68 000 so'mdan Batafsil
REKREOL krem 50mg
IVAKARD tabletkalari 7,5mg N56
Narh: 146 800 so'mdan Batafsil
IVAKARD tabletkalari 5mg N56
DEZAMINOOKSITOSIN tabletkalari 50me N10
Narh: 95 000 so'mdan Batafsil
BROMGEKSIN GRINDEKS sirop 100ml 4mg/5ml
GRINTEROL kapsulalar 250mg N100
GRINTEROL kapsulalar 250mg N50
VARFAREKS tabletkalari 5mg N30
VARFAREKS tabletkalari 3mg N30
VARFAREKS tabletkalari 5mg N100
Narh: 33 600 so'mdan Batafsil
KARVIDIL tabletkalari 25mg N28
Narh: 78 400 so'mdan Batafsil
KARVIDIL tabletkalari 12,5mg N28
Narh: 74 000 so'mdan Batafsil
RISPAKSOL tabletkalari 2mg N60
Narh: 196 000 so'mdan Batafsil
RISPAKSOL tabletkalari 4mg N60
Narh: 322 500 so'mdan Batafsil
VENLAKSOR tabletkalari 37,5mg N30
Narh: 78 400 so'mdan Batafsil
Narh: 57 000 so'mdan Batafsil
Narh: 77 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9