Apilakning aptekalardagi narxlari
APILAK tabletkalari 10mg N10
|
|
15 ta dorixonada bor
|
7 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
APILAK GRINDEKS tabletkalari 10mg N10
|
|
1 ta dorixonada bor
|
8 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
APILAK GRINDEKS tabletkalari 10mg N50
|
|
5 ta dorixonada bor
|
27 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
90 000 so'mdan
Bron qilish
|
APILAK GRINDEKS tabletkalari 10mg N25
|
|
85 ta dorixonada bor
|
19 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
50 000 so'mdan
Bron qilish
|
APILAK tabletkalari 10mg N30
|
|
108 ta dorixonada bor
|
18 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
18 800 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Apilak ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
APILAK GRINDEKS
APPILAK GRINDEX
Preparatning savdo nomi: Apilak Grindeks
Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): liofillangan apilak
Dori shakli: shimish uchun tabletkalar.
Tarkibi:
1 tabletka saqlaydi.
faol modda: liofillangan apilak 10 mg,
yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, kartoshka kraxmali, talk, kalsiy stearat.
Ta‘rifi: yassi silindrik, faskali, sindirilganda yuzasi oq yoki sarg‘imtir tusli rangdagi tabletkalar. Mayda sariq xolli dog‘larga yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi: Biogen rag‘batlantiruvchilar
ATX kodi: A13A
Farmakologik xususiyatlari
Apilak yoki asalarilarning ona suti yosh ishchi asalarilarning allotrofik bezlari tomonidan ishlab chiqariluvchi biologik faol moddalarning aralashmasidan iborat sekretidir. Uning tarkibiga quyidagilar kiradi:
- Vitaminlar (S, V1, V2, V5, V6, V8, V12, N, folat kislotasi, inozitol);
- Makroelementlar (K, Na, Ca, Mg, Fe, P) va mikroelementlar (Zn, Mn, Cu, Co, S, Si, Ni, Cr, As, Bi);
- 23 turli aminokislotalar, shu jumladan almashinmaydigan (masalan, gistidin, valin, metionin, triptofan);
- Boshqa biologik faol moddalar (masalan, xolinesteraza fermenti, asetilxolin mediatori va boshqalar).
Umumiy tonusni oshiruvchi, antispastik ta‘sirga ega, organizmni stresslarga nisbatan qarshiligini va chidamliligini oshiradi, moddalar almashinuvini rag‘batlantiradi.
Qo‘llanilishi
- O‘tkazilgan kasalliklardan keyingi sog‘ayish davri;
- Tug‘ruqdan keyingi davrda emizishni buzilishi;
- Bolalarda ishtahani yo‘qolishi;
- Nevrotik buzilishlar va arterial gipotenziya (yordamchi vosita sifatida)
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalarga 1 tabletkadan sutkada 3 marta, 10-15 kun davomida.
3 yoshdan katta bolalarga 1 tabletkadan sutkada 2 marta, 10-15 kun davomida buyuriladi. Tabletkani til ostiga qo‘yish va to‘liq erib ketganigacha qoldirish kerak (ichga qabul qilinganda preparat me‘da shirasini ta‘siri ostida parchalanadi).
Agar Siz preparatni navbatdagi qabulini o‘tkazib yuborsangiz, uni darhol qabul qiling. O‘tkazib yuborilganni o‘rniga ikkibarobar dozani qabul qilmang. Shifokorning tavsiyasiga ko‘ra qabul qilishni davom ettiring.
Nojo‘ya ta‘sirlari
- Allergik reaksiyalar,
- Og‘iz qurishi,
- Taxikardiya:
- Uyquni buzilishi:
Yuqorida qayd etilgan nojo‘ya reaksiyalar paydo bo‘lganida, shuningdek yo‘riqnomada keltirilmagan nojo‘ya reaksiyalar paydo bo‘lganida, shifokorga murojaat qilish zarur.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Liofilizirlangan appilakka va asalarichilikning boshqa mahsulotlariga yoki preparatning biron-bir yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik,
- Addison kasalligi,
- 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar yoshi.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Tabletkalar allergik reaksiyalarni chaqirishi mumkin. Allergik reaksiyalar paydo bo‘lganida preparatni qo‘llashni to‘xtatish lozim. Og‘iz qurishi, yurak urishi yoki uyquni buzilishi paydo bo‘lganida preparatni dozasini kamaytirish yoki bekor qilish lozim. Preparat laktoza saqlaydi, shuning uchun laktozani o‘zlashtiraolmaslikni kam uchraydigan nasliy shakli, Lapp-laktoza tanqisligi yoki glyukoza-galaktozani kam so‘rilishi bo‘lgan pasientlarga ushbu dozalarini qo‘llash mumkin emas. Uyquni buzilishida preparatni dozasini kamaytirish yoki bekor qilish lozim. Faqat liofilizirlangan apilakning oz miqdorigina davolovchi samara ko‘rsatadi.
Homiladorlik va emizish
Preparatni homiladorlik va laktasiya davrida shifokorni maslahatidan keyin qo‘llash mumkin.
Transport vositalarini boshqarish va harakatlanuvchi mexanizmlarda xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘siri
Transport vositalarini boshqarish va harakatlanuvchi mexanizmlarda xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari:
Ko‘p miqdorda qabul qilinganda moddalar almashinuvi jarayonlari sekinlashadi, masalan kuniga 2,5 g qabul qilish lohaslik chaqiradi.
Davolash:
Preparatni bekor qilish. Simptomatik terapiya.
Chiqarilish shakli
Shimish uchun tabletkalar 10 mg
25 tabletkadan polivinil xlorid plyonkali va alyuminiy folgali kontur uyali o‘ramda.
1 yoki 2 kontur uyali o‘ramlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil
O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugagandan keyin qo‘llanilmasin.
Dorixonalarda berish tartibi
Reseptsiz
Chiqarish shakllari