×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

RELIF PRO suppozitorii N12

Kategoriya:
- Gemorroyni davolash
Ishlab chiqarilish joyi:
- Italiya
Faol modda:
Флуокортолон, Лидокаин
Qadoqda soni:
- 12
Ishlab chiqaruvchi:
- Институт де Ангели С.Р.Л
ATX kodi:
- C05AX03 Препараты для лечения геморроя и анальных трещин в комбинации
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 1 ta dorixonasida topildi

ico 84 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

RELIF suppozitorii N12 Bayer Consumer Care AG Germaniya
73 000 s`om dan
POSTERIZAN suppozitorii N10 Dr.Kade Pharmazeutische Fabrik GmbH Germaniya
70 000 s`om dan
RELIF ADVANS maz 28,4g 200mg/g Bayer Consumer Care AG Germaniya
56 000 s`om dan
IPROID maz 15g Caspian Tamin Pharmaceutical Co Eron
25 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
RELIF PRO suppozitorii N12 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

RELIF® (RELIEF®)

Ilova-varaqa (pasientlar uchun)

 

Savdo nomi

Relif.

Dori shakli

Rektal surtma

Ta‘rifi

Begona moddalarsiz, o‘ziga xos kuchsiz hidli, sariq surtma.

Tarkibi

Faol ingredientlari:

2,5 mg/g fenilefrin gidroxloridi, 30 mg/g akula jigarining moyi.

Nofaol ingredientlari: mineral moy, vazelin, metilparagidroksibenzoat (Ye218), propilparagidroksibenzoat (Ye216), suvsiz lanolin, benzoy kislotasi (Ye210), makkajo‘xori moyi, gliserol, lanolinli spirtlar, qattiq parafin (58/60), zig‘ir moyi, Ye vitamini, oq mum,  tozalangan suv.

Farmakoterapevtik guruhi

Gemorroyni mahalliy davolash uchun preparat.

 

Farmakologik xususiyatlari

Fenilefrin gidroxloridi alfa- adrenomimetik bo‘lib, mahalliy tomirlarni toraytiruv ta‘sir ko‘rsatadi, gemorroy va boshqa kasalliklarda anorektal sohasidagi eksudasiya ko‘rinishlarini (seroz ajralma, shish, qichishish, achishish) bartaraf qiladi.

Akula jigarining moyi mahalliy yallig‘lanishga qarshi, gemostatik, yarani bitkazuvchi va immunomodulyasiya qiluvchi ta‘sir ko‘rsatadi.

 

Qo‘llanilishi

Gemorroyga, perianal yoriqlarga, eroziyalar va orqa chiqaruv teshigining mikrojarohatlariga yondosh bo‘lgan perianal qichishish, achishish va diskomfortni simptomatik davolashda qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparatni gigenik muolajalar o‘tkazilganidan keyin qo‘llash kerak. Applikatordan himoya qalpoqchasi olinadi. Applikator tyubikka o‘rnatiladi va applikatorni moylash uchun oz miqdordagi surtma siqib chiqariladi. Surtma applikator orqali ehtiyotkorlik bilan shikastlangan sohalarga, sirtga yoki orqa chiqaruv yo‘lining ichiga kuniga 4 martagacha (ertalab, kechqurun va ichak har bir bo‘shalganidan keyin) qo‘yiladi. Har qo‘llashdan keyin applikator yaxshilab yuviladi va u himoya qalpoqchasiga joylanadi. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – shifokor tavsiyasi bo‘yicha qo‘llash lozim.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ba‘zi hollarda allergik reaksiyalar: achishish, giperemiya, anal teshigi sohasida teri toshmalari bo‘lishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning ingredientlariga yuqori individual sezuvchanlik, tromboembolik kasalligi, granulositopeniyada qo‘llash mumkin emas.

Dozani oshirib yuborilishi

Tavsiya etilgan bir martalik va sutkalik dozadan oshirib yuborish hollarida giperkoagulyasiyaga moyillik kuzatilishi mumkin.

Tomirlarni toraytiruvchi vositalarni (fenilefrin gidroxloridi) uzoq muddat yuqori dozalarda anorektal sohasida qo‘llash, kam hollarda xavotirlik va ruhiy buzilishlarga olib kelishi mumkin. Kontakt dermatit rivojlanishi mumkin.

 

Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari

Orqa chiqarish yo‘lidan ko‘p miqdorda qonli ajralmalar kelganida yoki preparat qo‘llanganidan keyin 7 kun davomida terapevtik samara bo‘lmaganida, proktolog bilan qo‘shimcha maslahatlashish kerak.

Shifokorning roziligisiz homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Qandli diabet, arterial gipertenziya, gipertireoz, prostata bezining kasalliklarida  preparatni qo‘llashda shifokor bilan kelishish kerak.

Preparat avtomobilni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.

 

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri

Preparatni MAO ingibitorlari, antidepressantlar va gipotenziv preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.

 

Saqlash muddati

+25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, bolalar ololmaydigan joyda.

 

Saqlash sharoiti

2 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

O‘rami

Tuba 28,4 g (1 oz). Tuba applikator va ilova-varaqasi bilan birga karton qutiga joylangan.

 

Berish tartibi

Reseptsiz

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

RELIF PRO suppozitorii N12 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
RELIF PRO suppozitorii N12 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
RELIF PRO suppozitorii N12 dori vositasi Институт де Ангели С.Р.Л tomonidan Italiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
RELIF PRO suppozitorii N12 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
RELIF PRO suppozitorii N12 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Другие формы препарата
RELIF PRO krem 10g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Флуокортолон, Лидокаин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Байер Хелскэр Мануфэкчуринг С.р.л.
RELIF ADVANS maz 28,4g 200mg/g
RELIF maz 28,4mg
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9