Relifning aptekalardagi narxlari
RELIF PRO suppozitorii N12
|
|
1 ta dorixonada bor
|
83 300 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
RELIF ADVANS suppozitorii 206mg N12
|
|
242 ta dorixonada bor
|
71 100 so'mdan
Dorixonadan topish
|
89 600 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
73 500 so'mdan
Bron qilish
|
RELIF suppozitorii 5mg N12
|
|
265 ta dorixonada bor
|
73 200 so'mdan
Dorixonadan topish
|
104 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
74 000 so'mdan
Bron qilish
|
RELIF ULTRA suppozitorii 10 mg+11 mg N12
|
|
211 ta dorixonada bor
|
75 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
92 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
75 000 so'mdan
Bron qilish
|
RELIF maz 2,5mg/g 28,4g N1
|
|
181 ta dorixonada bor
|
57 500 so'mdan
Dorixonadan topish
|
73 200 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
65 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Relif ko'rsatmalar
RELIF® (RELIEF®)
Ilova-varaqa (pasientlar uchun)
Savdo nomi
Relif.
Dori shakli
Rektal surtma
Ta‘rifi
Begona moddalarsiz, o‘ziga xos kuchsiz hidli, sariq surtma.
Tarkibi
Faol ingredientlari:
2,5 mg/g fenilefrin gidroxloridi, 30 mg/g akula jigarining moyi.
Nofaol ingredientlari: mineral moy, vazelin, metilparagidroksibenzoat (Ye218), propilparagidroksibenzoat (Ye216), suvsiz lanolin, benzoy kislotasi (Ye210), makkajo‘xori moyi, gliserol, lanolinli spirtlar, qattiq parafin (58/60), zig‘ir moyi, Ye vitamini, oq mum, tozalangan suv.
Farmakoterapevtik guruhi
Gemorroyni mahalliy davolash uchun preparat.
Farmakologik xususiyatlari
Fenilefrin gidroxloridi alfa- adrenomimetik bo‘lib, mahalliy tomirlarni toraytiruv ta‘sir ko‘rsatadi, gemorroy va boshqa kasalliklarda anorektal sohasidagi eksudasiya ko‘rinishlarini (seroz ajralma, shish, qichishish, achishish) bartaraf qiladi.
Akula jigarining moyi mahalliy yallig‘lanishga qarshi, gemostatik, yarani bitkazuvchi va immunomodulyasiya qiluvchi ta‘sir ko‘rsatadi.
Qo‘llanilishi
Gemorroyga, perianal yoriqlarga, eroziyalar va orqa chiqaruv teshigining mikrojarohatlariga yondosh bo‘lgan perianal qichishish, achishish va diskomfortni simptomatik davolashda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparatni gigenik muolajalar o‘tkazilganidan keyin qo‘llash kerak. Applikatordan himoya qalpoqchasi olinadi. Applikator tyubikka o‘rnatiladi va applikatorni moylash uchun oz miqdordagi surtma siqib chiqariladi. Surtma applikator orqali ehtiyotkorlik bilan shikastlangan sohalarga, sirtga yoki orqa chiqaruv yo‘lining ichiga kuniga 4 martagacha (ertalab, kechqurun va ichak har bir bo‘shalganidan keyin) qo‘yiladi. Har qo‘llashdan keyin applikator yaxshilab yuviladi va u himoya qalpoqchasiga joylanadi. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – shifokor tavsiyasi bo‘yicha qo‘llash lozim.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Ba‘zi hollarda allergik reaksiyalar: achishish, giperemiya, anal teshigi sohasida teri toshmalari bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning ingredientlariga yuqori individual sezuvchanlik, tromboembolik kasalligi, granulositopeniyada qo‘llash mumkin emas.
Dozani oshirib yuborilishi
Tavsiya etilgan bir martalik va sutkalik dozadan oshirib yuborish hollarida giperkoagulyasiyaga moyillik kuzatilishi mumkin.
Tomirlarni toraytiruvchi vositalarni (fenilefrin gidroxloridi) uzoq muddat yuqori dozalarda anorektal sohasida qo‘llash, kam hollarda xavotirlik va ruhiy buzilishlarga olib kelishi mumkin. Kontakt dermatit rivojlanishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari
Orqa chiqarish yo‘lidan ko‘p miqdorda qonli ajralmalar kelganida yoki preparat qo‘llanganidan keyin 7 kun davomida terapevtik samara bo‘lmaganida, proktolog bilan qo‘shimcha maslahatlashish kerak.
Shifokorning roziligisiz homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Qandli diabet, arterial gipertenziya, gipertireoz, prostata bezining kasalliklarida preparatni qo‘llashda shifokor bilan kelishish kerak.
Preparat avtomobilni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri
Preparatni MAO ingibitorlari, antidepressantlar va gipotenziv preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.
Saqlash muddati
+25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, bolalar ololmaydigan joyda.
Saqlash sharoiti
2 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
O‘rami
Tuba 28,4 g (1 oz). Tuba applikator va ilova-varaqasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Berish tartibi
Reseptsiz
Катталар ва 12 ёшдан ошган болаларда геморройни ўз холича даволаш учун қўлланадиган фенилэфрин гидрохлоридини дозаси суткада 2 мг дан (1 г суртма 2,5 мг фенилэфрин гидрохлоридини сақлайди) ошмаслиги керак. Тавсия этилган дозани шифокор кўрсатмасисиз ошириш мумкин эмас.
Ректал суртма.
Таркиби
Таъсир этувчи модда: 2,5 мг/г фенилэфрин гидрохлориди.
Ёрдамчи моддалар: минерал мой, вазелин, метилпарагидроксибензоат (Е218), пропилпарагидроксибензоат (Е216), сувсиз ланолин, бензой кислотаси (Е210), маккажўхори мойи, глицерол, ланолинли спиртлар, қаттиқ парафин (58/60), зиғир мойи, Е витамини, оқ мум, тозаланган сув.
Яроқлилик муддати
2 йил. Ўрамида кўрсатилган яроқлилик муддати ўтгач ишлатилмасин.
Доза ошириб юборилган ҳолларда қуйидаги бузилишлар юз бериши мумкин: артериал гипертензия, юрак соҳасида оғриқ ва дискомфорт, юракни уриб кетиши, нафас олишни бузилишлари, ўпканинг нокардиген шиши, қўзғалиш, тиришишлар, уйқуни бузилиши, хавотирлик, жиззакилик, галлюцинациялар билан кечувчи психозлар, умумий ҳолсизлик, анорексия, кўнгил айниши, қусиш, олигурия, сийишни бузилиши, юзни қизариши, қўл-оёларда совуқ қотиш ҳисси, парестезиялар, гипергликемия, гипокалиемия, ҳаётий муҳим аъзоларга қон оқимини пасайиши, бу буйракни қон билан таъминланишини ёмонлашишига олиб келиши мумкин, метаболик ацидоз, умумий периферик қаршиликни ошиши туфайли, юракка бўлган юкламани ошиши. Даволаш симптоматик бўлиши керак.
Препаратни буюришдан олдин шифокор аллергик анамнезни, шу жумладан бошқа симпатомиметик воситаларга аллергик реакцияларни аниқлаши керак.
Орқа чиқариш йўлидан кўп миқдорда қонли ажралмалар келганида ёки препарат қўлланганида терапевтик самара бўлмаганида, шифокорга мурожаат қилиш лозим.
Chiqarish shakllari
Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?
Savol qoldirishKamchiliklari: Maksimal bir soatlik uyqusizlik. Mening hemoroid tugunim bor edi, menda juda kuchli shish bor edi, men yura olmadim, o'tira olmadim, yotolmadim, og'riq tufayli uxlashni to'xtatdim, ovqat yemadim. Men Relief Advance -ga juda umid qilgandim. Bekordan bekorga! Qisqa vaqt ichida og'riqni engillashtiradi. Anesteziyadan tashqari, uning hech narsasi yo'q. Men maslahat bermayman.
Kamchiliklari: Narx - eng qimmatlaridan biri, tashqarida chalkashlik bor edi, buni dorixonada maslahat berishdi, yaxshi, men uni sotib oldim, uyqusiz tun o'tkazdim, xuddi kabob kaboblari pastda edi. Dunyoda u erda to'plangan