×
×
  • Reopoliglyukin suxoy

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Reopoliglyukin suxoy

Kategoriya:
- Nafas olish tizimi
Faol modda:
Декстран [ср.мол.масса 30000-40000]
ATX kodi:
- B05AA05
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

SALBUTAMOL aerozol 100mkg 100 mkg/doza 200 doz Eastmount Invest L.P., Великобритания произведено: Heilongjiang Province Fulekang Pharmaceutical Co., Ltd Xitoy
20 000 s`om dan
SALBUTAMOL aerozol 100mkg 100 mkg/doza 200 doz Биннофарм, АО Rossiya
20 000 s`om dan
PEFSAL aerozol 50mkg 25/50 mkg/doza 120 doz World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S. Turkiya
SINGLON tabletkalari 10mg N28 Гедеон Рихтер, ОАО, Венгрия произведено: Гедеон Рихтер Польша, ООО Polsha
79 700 s`om dan
Saqlash shartlari В сухом месте, при температуре 10–25 °C.

Хранить в недоступном для детей месте.

Yaroqlilik muddati (oy) 5 лет.

Не применять по истечении срока годности, указанного на упаковке.

Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Reopoliglyukin suxoy qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

REOPOLIGLYUKIN

RHEOPOLGLUCINUM

 

Preparatning savdo nomi: Reopoliglyukin

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): dekstran

Dori shakli: infuziya uchun eritma.

Tarkibi:

faol modda: molekulyar massasi 35000-45000 gacha bo‘lgan dekstran – 100 g

yordamchi moddalar: natriy xlorid – 9 g, in‘eksiya uchun suv – 1000 ml gacha.

Ta‘rifi: tiniq rangsiz yoki  och-sariq suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: Plazma o‘rnini bosuvchi vosita.

ATX kodi: B05AA05

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Mikrosirkulyasiyani yaxshilovchi, dezintoksikasion, shokka qarshi, antiagregasion xususiyatlariga ega bo‘lgan gemodinamik ta‘sirga ega plazma o‘rnini bosuvchi va perfuzion vosita.

Suyuqlikni to‘qimalardan qon oqimiga o‘tishiga yordam beradi, aylanayotgan qon hajmini (AQH) tez va qisqa muddatli oshishini chaqiradi, natijada venoz qonni yurakka qaytishi oshadi. Qon tomir yetishmovchiligida AB (arterial bosim) oshiradi, QMH (qonning minutlik hajmi) va markaziy venoz bosimni oshiradi, to‘qimalar shishini kamaytiradi. Reopoliglyukin yuborilgandan keyin plazma hajmini oshishi birinchi 90 minutda yaqqol namoyon bo‘ladi. Tez yuborilganda plazma hajmi yuborilgan preparatning hajmiga nisbatan 2 barobar oshishi mumkin, chunki dekstranning har bir grammi 20-25 ml suyuqlikni to‘qimadan qon oqimimga o‘tishiga yordam beradi.

Reopoliglyukin qonning reologik xususiyatlarini yaxshilaydi, qonning suspenzion xususiyatlarini oshiradi, uni qovushqoqligini pasaytiradi, mayda kapillyarlarda qon oqimini tiklanishiga yordam beradi, arterial va venoz tomirlarda qon aylanishini normallashtiradi, shaklli elementlar agregasiyasini kamaytiradi. Eritrositlarni agregasiyasini bartaraf etadi yoki kamaytiradi, bu esa mikrosirkulyasiyani  yaxshilaydi. Trombositlarni adgezivligini pasaytiradi, operasiya va jarohatlardan keyin tromblarni hosil bo‘lishini bartaraf etadi, ularni eruvchanligini oshiradi (fibrin strukturasini o‘zgarishi natijasida). Jarohatda, operasiyada va kuyishda kapillyar qon oqimini yaxshilaydi. 15 ml/kg gacha bo‘lgan dozada qo‘llanganda qon ketish vaqtini sezilarli o‘zgarishini chaqirmaydi.

Reopoliglyukin osmotik mexanizmi bo‘yicha diurezni rag‘batlantiradi (kalavalarda filtrlanadi, birlamchi siydikda  yuqori onkotik bosim hosil qiladi va buyrak naychalarda suvni qayta so‘rilishiga to‘sqinlik qiladi), bu toksinlarini, modda almashinuvining degradasiya mahsulotlarini chiqarilishiga yordam beradi, dezintoksikasion ta‘sir ko‘rsatadi.

 

Farmakokinetikasi

Siydik bilan chiqariladi (asosan o‘zgarmagan ko‘rinishda, bir qismi glyukozagacha parchalanadi), 6 soatda 60%, 24 soatda – 70% chiqariladi. 30% jigarni RETga (retikuloendotelial tizimi) tushadi, u yerda alfa-glyukoksidaza nordoni fermenti ishtirokida glyukozagacha parchalanadi, ammo uglevod ozuqasi manbai hisoblanmaydi. Yarim chiqarilish davri (T1/2) – 6 soat.

 

Qo‘llanilishi

  • travmatik, operasion, operasiyadan keyingi, kuyish, gemorragik, toksik shok;
  • trombozlarni, tromboflebitlarni, endarteriitni, Reyno kasalligini oldini olish va davolash;
  • kapillyar qon oqimini buzilishi;
  • operasiyadan keyingi davrda gemodilyusiya uchun;
  • sun‘iy qon aylanishi apparatini ishlatilishi bilan o‘tkaziladigan yurakdagi operasiyalar (perfuzion suyuqligikka qo‘shish uchun);
  • transplantatlarda tromb hosil bo‘lishini oldini olish (yurak klapanlari, qon tomir transplantatlari, tomir va plastik operasiyalari);
  • qon tomir va plastik jarrohlikda mahalliy sirkulyasiyani yaxshilash uchun;
  • kuyishlarda, peritonitda, pankreatitda dezintoksikasiya, yarali-nekrotik enterokolit, ovqat toksikoinfeksiyasi, yumshoq to‘qimalarda katta yiringli-nekrotik jarayonlar, krash-sindrom, “kiritmalar” sindromi va boshqalar;
  • falajlangan ichak tutilishi;
  • operasiyadan oldingi va operasiyadan keyingi emboliyani profilaktikasi;
  • chiqarib tashlanadigan plazma hajmini o‘rnini bosish maqsadida davolovchi plazmaferezni o‘tkazish;
  • ko‘z to‘r pardasi va ko‘rish nervi kasalliklari (asoratlangan yuqori darajali miopiya, to‘rsimon qavatni distrofiyasi, to‘rsimon qavatni tomirli (venoz) patologiyasi, boshlang‘ich atrofiya);
  • ko‘zning shoxpardasi va tomir pardasini yallig‘lanish jarayonlari;
  • mikrosirkulyasiya buzilishlari: travmatik yoki eshitishni idiopatik yo‘qotishda qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Vena ichiga (v/i) tomchilab. Doza klinik vaziyatga va bemorni holatiga qarab shaxsiy belgilanadi.

Preparatni bevosita qo‘llashdan oldin, urgent (shoshilinch) holatlardan tashqari (bunday hollarda mumkin bo‘lgan allergik reaksiyalarni bartaraf qilish uchun zarur bo‘lgan hamma preparatlar bo‘lishi kerak) hollarda teri sinamasi o‘tkaziladi. Aseptika qoidalariga rioya qilgan holda bilakning ichki yuzasini o‘rta qismiga teri ichiga 0,05 ml ni “limon po‘sti” hosil bo‘lgunicha yuboriladi. Shifokor reaksiya natijasini 24 soatdan keyin o‘tkazadi. In‘eksiya joyida 1,5 sm dan katta diametrda pufakchani paydo bo‘lishi yoki ko‘ngil aynishi, bosh aylanishi va boshqa ko‘rinishdagi simptomlarni paydo bo‘lishi bemorni preparatga o‘ta yuqori sezuvchanligi borligini va bu preparatni ushbu pasient uchun ishlatishni mumkin emasligini ko‘rsatadi. Biron-bir reaksiya bo‘lmasa, bemorga vena ichiga teri ichki sinamasini o‘tkazish uchun qo‘llangan preparatni kerakli miqdori yuboriladi. Teri sinamasini o‘tkazish natijalari albatta kasallik varaqasiga qayd etiladi. Teri sinamasini reopoliglyukinga sensibilizasiyani bemorlarni 100% da aniqlash imkonini bermasligini esda tutish kerak.

Shoshilinch yordam berish maqsadida reopoliglyukinni tezda yuborish zarurati bo‘lganida preparatni birinchi 10 tomchisini sekin yuborilgandan keyin 3 minutga tanaffus qilish kerak, keyin yana 30 tomchi yuboriladi va yana quyishni 3 minutga to‘xtatiladi. Reaksiya bo‘lmasa, preparatni yuborishni davom ettiriladi. Birinchi 10-20 minut pasientni holatini kuzatgan holda, preparatni asta-sekin yuboriladi.

Kapillyar qon oqimini buzilishlarini (shokning turli shakllari) oldini olish va davolash maqsadida kattalarga v/i tomchilab sutkada 500 ml (kamida 30-60 minut davomida) odatda sutkada 1 marta yuboriladi. Zarurat tug‘ilganida preparatning miqdorini 1000 ml gacha oshirish mumkin.

Yurak-qon tomir va plastik operasiyalarda kattalarga operasiyadan oldin v/i tomchilab tana vazniga 10 ml/kg dan, operasiya vaqtida – 500 ml va operasiyadan keyin har yuborishga 10 ml/kg dan 5-6 kun davomida yuboriladi.

Sun‘iy qon aylanishi bilan o‘tkaziladigan operasiyalarda Reopoliglyukinni qonga 1 kg tana vazniga 10-20 ml hisobidan oksigenatorning nasosini to‘ldirish uchun qo‘shiladi.

Reopoliglyukinning perfuzion eritmadagi konsentrasiyasi 3% dan oshmasligi kerak. Operasiyadan keyingi davrda preparatni xuddi shok holatlarini davolagandagi kabi dozalarda ishlatiladi.

Dezontoksikasiya maqsadida kattalarga v/i tomchilab 500 dan 1000 ml gacha bo‘lgan bir martalik dozalarda 60-90 minut davomida yuboriladi. Zarurat bo‘lganida birinchi sutkada yana 500 ml preparat quyiladi. Keyingi kunlari preparatni tomchilab 500 ml sutkalik dozada yuboriladi.

Oftalmologiya amaliyotida elektroforez yo‘li bilan qo‘llanadi. 8-10 ml dan qo‘llanadi (musbat va manfiy qutblardan); tok zichligi 15 MA/sm2 gacha. Muolajaning davomiyligi – 15-20 minut, har kuni. Davolash kursi 5-10 muolajadan iborat.

Bolalar. Bolalarga umumiy doza sutkada 15 mg/kg dan oshmasligi kerak.

Bolalarda shokning turli shakllarida tana vazniga 5-10 ml/kg hisobidan, zarurat bo‘lganida doza 15 ml/kg gacha oshirilishi mumkin. Gematokrit ko‘rsatkichini 25% dan pasaytirish tavsiya qilinmaydi.

Yurak-qon tomir va plastik operasiyalarda bevosita jarrohlik aralashuvlaridan oldin v/i tomchilab 30-60 minut davomida, 10 ml/kg dozada, operasiya vaqtida – 15 ml/kg dozada yuboriladi. Operasiyadan keyin preparatni v/i tomchilab (60 minut davomida) 5-6 minut davomida quyidagi hisob bo‘yicha:

  • 2-3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 10 ml/kg dan sutkada bir marta;
  • 8 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 7-10 ml/kg dan sutkada 1-2 marta;
  • 8 dan 13 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 5-7 ml/kg dan sutkada 1-2 marta;
  • 14 yoshdan katta bolalarga xuddi kattalarni dozasidek dozada yuboriladi.

Denintoksikasiya maqsadida bolalarga v/i tomchilab bir martalik dozada 5-10 ml/kg 60-90 minut davomida yuboriladi. Zarurat bo‘lganida birinchi sutkada yana xuddi shu dozada (5-10 ml/kg) quyish mumkin. Keyingi kunlari preparatni tomchilab sutkalik 5-10 ml/kg dozada yuboriladi. Reopoliglyukinni bolalarda va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda xavfsizligi va samaradorligi bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q, shuning uchun taxmin qilinadigan foyda organizm uchun bo‘lgan potensial xavfdan ustun bo‘lgan hollarda buyurish lozim.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar: teri qoplamalarini qizarishi, qichishish, teri toshmalari, angionevrotik shish (Kvinke shishi), anafilaktik shish, qizib ketishni his qilish, isitma.

Yurak va qon tomirlari tomonidan: arterial bosimni oshishi, taxikardiya, hansirash, shishlar.

Markaziy  va periferik nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: odatda, ko‘ngil aynishi, qusish, og‘izni qurishi, qorinda og‘riq.

Siydik-chiqarish tizimi tomonidan: odatda, ayniqsa gipovolemiyada, preparat diurezni oshishini chaqiradi. Ammo, ba‘zida Reopoliglyukin qo‘llanganda diurezni kamayishi kuzatiladi, siydik yopishqoq bo‘lib qoladi, bu bemor organizmini degidratasiyasini ko‘rsatadi. Bunday holatlarda plazmaning osmotik bosimini tiklash bir maromda tutib turish uchun  kristalloid eritmalarini vena ichiga yuborish zarur.

Preparatni 15 ml/kg hisobidan katta dozada qo‘llanganda giperosmolyarlik yuz beradi, ular naychalarni kuyishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lib, keyinchalik buyrak yetishmovchiligi rivojlanishi mumkin, ular diurezni kamayishi, yopishqoq  siydikni chiqarilishi bilan  namoyon bo‘ladi.

Qon tizimi: gipokoagulyasiya, qon ketishi, preparat qon guruhlarini aniqlashni qiyinlashtiradi.

Boshqalar: umumiy holsizlik, oyoq-qo‘llarni shishishi, belda og‘riq.

Izoh: nojo‘ya reaksiyalari yuz bergan hollarda (klinik holatga ko‘ra) darhol preparatni yuborishni to‘xtatish lozim va ignani venadan chiqarmasdan muvofiq yo‘riqnomalarda ko‘rsatilgan hamma transfuzion reaksiyalarni yo‘qotish uchun shoshilinch choralarni – yurak-qon tomir preparatlarini, kortikosteroidlarni, antigistamin vositalarini, kalsiy preparatlarini (masalan, 10% li kalsiy xlorid eritmasi), nafas analeptiklari, kristalloid eritmalar va boshqalarni yuborishni, kollapsda – vazopressorlar va kardiotoniklarni qo‘llashni boshlash  lozim

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • preparatning bironta komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
  • trombositopeniya;
  • dekompensasiyalangan yurak yetishmovchiligi;
  • buyrak yetishmovchiligi (oliguriya, anuriya);
  • o‘pka shishi;
  • bosh miya ichki bosimini oshishi bilan kechuvchi bosh suyagi va miya jarohatlari;
  • gemorragik insult;
  • miyaga qon quyilishi;
  • ichki a‘zolarning to‘xtatilmagan qon ketishlari;
  • gipergidratasiya, gipervolemiya;
  • gipokoagulyasiya;
  • DVS-sindromi;
  • giperkaliemiya;
  • fruktozo-1, 6-difosfataza tanqisligi;
  • qovoq terisini maserasyasi (elektroforez uchun) da qo‘llash mumkin emas;

Ehtiyotkorlik bilan:

  • arterial gipertenziya;
  • giperkaliemiya, gipernatriemiya va giperxloremiya kabi og‘ir elektrolit buzilishlari bo‘lgan bemorlar;
  • 2 yoshgach bo‘lgan bolalarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Dekstranni infuzion eritmada yuborish rejalashtirilgan dori preparatlari bilan mutanosibligini oldindan tekshirish zarur.

Reopoliglyukinni glyukoza eritmasi, shuningdek qon o‘rnini bosuvchi va shokka qarshi suyuqliklar bilan qo‘llash mumkin. Aminokapron kislotasi, gidralazin, varfarin, 95% li etanol, deksametazon va ayrim boshqa dori vositalari dekstran bilan nomutanosib.

Antikoagulyantlar, nospesifik yallig‘lanishga qarshi vositalari bilan bir vaqtda qo‘llanganda ushbu preparatlarni dezagregant ta‘siri kuchayadi: qonni qovushqoqligin nazorat qilish va dozaga tuzatish kiritish zarur.

Reopoliglyukinni arterial bosimini darajasini oshiruvchi siydik haydovchi preparatlarni qabul qilayotgan bemorlarga ehtiyotkorolik bilan buyurish lozim. Dekstran eritmasiga mannitolni qushish osmodiuretik ta‘sir ko‘rsatadi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Kristalloid eritmalarni (Ringer, Ringer-asetat, natriy xloridni izotonik eritmasi, 5% li glyukoza eritmasi va boshqalar) suv-elektrolit muvozanatini normallashtira oladigan miqdorda (ayniqsa suvsizlangan bemorlarni davolashda va jarroxlik operasiyalardan keyin) birga yuborish maqsadga muvofiqdir. Preparat odatda diurezni oshishini chaqiradi (diurezni kamayshi bemor organizmni suvsizlanishini ko‘rsatadi). Buyrakning filtrasion qobiliyatini pasayishida yoki natriy xloridni yuborishni cheklash zarur bo‘lganda reopoliglyukinni glyukoza bilan buyuriladi. Qandli diabetda va uglevod almashinuvini buzilishi bilan bog‘liq boshqa hollatlarda, uglevodlarni yuborish mumkin bo‘lmaganda reopoliglyukinni 0,9% li natriy xloridi eritmasi bilan qo‘llanadi.

Preparatni faqat stasionar sharoitda qo‘llanadi. Bemorlar uzluksiz tibbiy kuzatuvi ostida bo‘lishlari kerak, qo‘shimcha terapevtik choralarni pasientlarni holatiga bog‘liq qabul qilish kerak.

Preparatni tashish vaqtida harakatni dekstran zarrachalari hisoblangan oq plyonka paydo bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda plyonka suv hammomida 1 soat davomida chayqatish yoki 20 minut davomida avtoklavga qo‘yib eritish kerak, preparatni tana haroratgacha sovutiladi va ko‘rsatma bo‘yicha ishlatiladi.

Dekstranlar eritrositlar yuzasini o‘rab olish xususiyatiga ega, qon guruhini aniqlashga to‘sqinlik qiladi, shuning uchun yuvilgan eritrositlarni ishlatish zarur.

Qonda dekstranni bo‘lishi bilirubin va oqsil konsentrasiyasini laborator aniqlash natijalariga ta‘sir qiladi. Shu sababli bu ko‘rsatkichlarni preparatni yuborishdan oldin qon sinamasi uchun olish tavsiya qilinadi.

Faqat shikastlanmagan idishlardagi eritmalarni ishlatish kerak!

Faqat bir marta ishlatish uchun. Flakonni butuligi buzilganida, eritmani tiniqligini o‘zgarganida ishlatish taqiqlanadi.

Homiladorlikda va laktasiyada qo‘llanilishi: Reopoliglyukin preparatini  homiladorlarda va emizikli onalarda qo‘llash to‘g‘risida klinik ma‘lumotlar yo‘q.

Preparatni homiladorlik davrida faqat ona uchun taxmin qilinadigan foyda, homila uchun bo‘lgan potensial xavfdan ustun bo‘lgan hollarda qo‘llash mumkin.

Hozirgi vaqtgacha dekstranni ko‘krak suti bilan chiqarilishi to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q, shuning uchun preparat buyurilganda emizishini to‘xtatish mumkinligini ko‘rib chiqish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: gipervolemiya, gipokoagulyasiya, o‘pka shishi paydo bo‘lishi mumkin.

Davolash: preparatni bekor qilish, simptomatik davolashni o‘tkazish kerak.

 

Chiqarilish shakli

10% infuziya uchun eritma 100 ml, 200 ml, 250 ml, 400 ml va 500 ml dan shisha butilkalarda.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.

Tashishda muzlatishga yo‘l qo‘yiladi.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

Reopoliglyukin suxoy dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
Reopoliglyukin suxoy dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
Reopoliglyukin suxoy dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
REOPOLIGLYUKIN infuziya uchun eritma 100ml
Другие формы препарата
REOPOLIGLYUKIN infuziya uchun eritma 200ml
REOPOLIGLYUKIN infuziya uchun eritma 200ml
REOPOLIGLYUKIN infuziya uchun eritma 100ml
REOPOLIGLYUKIN eritma 400ml
REOPOLIGLYUKIN eritma 200ml 10% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya Respublikasi
  • Faol modda: Dekstran ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Белмедпрепараты РУП
REOPOLIGLYUKIN infuziya uchun eritma 400ml
Reopoliglyukin suxoy
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9