×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

RIBOMUNIL tabletkalari N4

Kategoriya:
- Immunomodulyatorlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Frantsiya
Faol modda:
рибосомы бактериальные
Qadoqda soni:
- 4
Ishlab chiqaruvchi:
- Pierre Fabre Medicament Production
ATX kodi:
- L03AX Другие иммуностимуляторы
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

48 700 s`om dan
METILURASIL suppozitorii 500mg N10 Нижфарм-Stada CIS Rossiya
8 500 s`om dan
GENFERON LAYT suppozitorii 250000me N10 БИОКАД, ЗАО Rossiya
65 000 s`om dan
LEFNO tabletkalari 20mg N30 Kusum Healthcare Pvt. Ltd. Hindiston
154 600 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
RIBOMUNIL tabletkalari N4 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

ILOVA-VARAQA

RIBOMUNIL

RIBOMUNIL

Ushbu dori vositasini qo‘llashdan oldin ilova-varaqa bilan e‘tibor bilan tanishib chiqing, chunki unda Siz uchun muhim ma‘lumot bor.

  • Yo‘riqnomani saqlab qo‘ying. U bilan yana bir marta tanishib chiqing zarurati paydo bo‘lishi mumkin.
  • Agar Sizda savollar tug‘ilgan bo‘lsa, o‘zingizning davolovchi shifokoringizga yoki farmasevtga murojaat qiling.
  • Ushbu preparat Siz uchun yozib berilgan va uni boshqa pasientlarga tavsiya qilish mumkin emas. Agar ularning simptomlari Siznikiga o‘xshash bo‘lsa ham, bu ularga zarar keltirish mumkin.
  • Agar Siz har qanday jiddiy nojo‘ya samaralarni paydo bo‘lganini sezsangiz yoki ushbu yo‘riqnomada sanab o‘tilmagan nojo‘ya samaralar paydo bo‘lsa, iltimos o‘zingizning shifokoringizga yoki farmasevtga xabar bering.

Ushbu ilova-varaqa:

  • Ribomunil o‘zi nima va uni nima uchun ishlatiladi
  • Ribomunilni ishlatishni boshlashdan avval pasientlar uchun zurur bo‘lgan ma‘lumot
  • Ribomunil qanday qo‘llanadi
  • Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralar
  • Ribomunilni qanday saqlash lozim
  • Chiqarilish shakli va boshqa qo‘shimcha ma‘lumot

 

  1. Ribomunil o‘zi nima va uni nima uchun ishlatiladi.

Ribomunil 6 yoshdan katta bolalarda (tabletkalar ko‘rinishida) infeksiyalarni, yuqori nafas yo‘llarining (quloq, burun, tomoq) qaytalanuvchi infeksiyalarini oldini oluvchi vosita sifatida qo‘llanadi.

 

  1. Ribomunilni ishlatishni boshlashdan avval pasientlar uchun zarur bo‘lgan ma‘lumot

Ribomunilni quyidagilarda qabul qilmang:

  • Agar Siz ushbu dori vositasining faol komponentiga yoki boshqa komponentiga allergiyali (o‘ta yuqori sezuvchan) bo‘lsangiz (6 bo‘limga qarang).
  • Agar Sizda har qanday autoimmun kasalliklar mavjud bo‘lsa.
  • Tabletka sorbitol saqlaganligi sababli, agar Sizda fruktozani o‘zlashtiraolmaslik bo‘lsa, Siz preparatni qabul qilmasligingiz kerak.

Maxsus ko‘rsatmalar va ogohlantirishlar:

Ribomunilni qabul qilishdan avval, o‘zingizning davolovchi shifokoringizga yoki farmasevtga xabar bering.

 

Ribomunilni qo‘llash bo‘yicha maxsus ko‘rsatmalar.

  • Agar Sizda Ushbu dori vositasini qo‘llash davrida isitma paydo bo‘lsa, davolashni to‘xtating va darhol shifokor bilan maslahatlashing.
  • Agar Sizda ushbu dori vositasiga allergiya paydo bo‘lsa, darhol davolashni to‘xtating.
  • Agar Sizda astma bo‘lsa. Tarkibida immun tizimini rag‘batlantirish uchun bakterial komponentlarni saqlovchi dori vositalarini qo‘llash oqibatida astma xurujlarini kelib chiqishi ta‘riflangan Agar Sizda astma xuruji paydo bo‘lsa, preparatni qo‘llashni to‘xtating va qo‘llashni qaytadan boshlamang.
  • Agar Sizda o‘tkir ichak infeksiyasi bo‘lsa, Siz ushbu dori vositasini qo‘llashingiz mumkin emas.
  • Ushbu dori vositasini (tabletkalar) 6 yoshdan kichik bolalarda qo‘llamang.

 

Boshqa preparatlar va Ribomunil:

Agar Siz har qanday boshqa dori vositalarni qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilgan bo‘lsangiz yoki qabul qilmoqchi bo‘lsangiz, bu haqida O‘zingizning davolovchi shifokoringizga yoki farmasevtga xabar bering.

Preparatning o‘zaro ta‘sir holatlari ta‘riflanmagan.

 

Homiladorlik va emizish:

Siz ushbu dori vositasini homiladorlik va emizish davrida qo‘llashdan saqlashingiz lozim, chunki hech qanday tadqiqotlar o‘tkazilmagan.

Har qanday preparatlarni qabul qilishdan oldin shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Ribomunil granulalar uchun polividon va D-mannitol, tabletka uchun magniy stearati va sorbitol saqlaydi.

 

  1. Ribomunil qanday qo‘llanadi

Ushbu dori vositasini doimo shifokoringiz yoki farmasevt Siz uchun buyurganidek qabul qiling.

Ushbu dori vositasi peroral qabul qilish uchun. Tabletkani oz miqdordagi suv bilan ichish kerak.

Tavsiya etilgan dozalash: kuniga 3 tabletka, ertalab och qoringa buyuriladi.

Birinchi oyda haftada davolash yoki profilaktika maqsadida bir haftada 4 kun ketma-ket, keyingi 3 hafta davomida, so‘ngra bir oy davomida 4 kun ketma-ket 5 oy davomida qabul qilinadi.

Agar Siz Ribomunilni katta miqdorda qabul qilgan bo‘lsangiz.

Siz o‘zingizning davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashishingiz kerak.

Preparatning bilan dozasi oshirib yuborilganda odamlar uchun ahamiyatli bo‘lgan nojo‘ya reaksiyalarni kelib chiqishi haqida xabar berilmagan.

 

Agar Siz Ribomunilni qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz.

Tabletkaning ikki barobar dozasini qabul qilmang.

Agar Siz Ribomunilni qabul qilishni to‘xtatgan bo‘lsangiz.

Agar Sizda preparatni qo‘llash bo‘yicha savollar paydo bo‘lsa, o‘zingizning davolovchi shifokoringiz yoki farmasevtdan so‘rang.

  1. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralar

Boshqa har qanday dori vositasi kabi, ushbu preparat ham nojo‘ya ta‘sirlar kelib chiqishiga sababchi bo‘lishi mumkin, biroq ular xammada ham paydo bo‘lmasligi mumkin.

Agar Sizda Ribomunilni qo‘llash davrida quyidagi jiddiy nojo‘ya ta‘sirlarning birortasi rivojlansa, Ribomunilni qabul qilishni to‘xtating va o‘zingizning shifokoringizga xabar bering:

  • Isitmani paydo bo‘lishi (≥39oS) – ushbu nojo‘ya ta‘sir kam uchraydi (100 kishidan 1 tasida kelib chiqishi mumkin).

 

O‘rganilmagan (mavjud ma‘lumotlar bo‘yicha chastotasini baholab bo‘lmaydi).

Allergik reaksiyalar (toshma, xotirjam nafas olaolmaslik) yuz berishi mumkin.

  • Yuz va hiqildoqni shishiga olib keluvchi, jiddiy allergik reaksiyalar.
  • Astma.
  • Qon quyilishi oqibatidagi terida kichik mayda to‘q-qizil dog‘lar va teri ostida tugunlar.

Boshqa nojo‘ya ta‘sirlar o‘z ichiga quyidagilarni olishi mumkin:

Tez-tez yuz beradigan (10 kishidan 1 nafarida yuz berishi mumkin):

  • Rinofaringit, quloq infeksiyalari va tonzilitni yuz berishi.

Kam yuz beradigan (100 kishidan 1 nafarida yuz berishi mumkin):

  • Sinusit, bronxit va aloxida yo‘talni yuz berishi
  • Davolashni boshida gipersalivasiya
  • Limfatik tugunlarni o‘zgarishi
  • Ko‘ngil aynishi, qusish, diareya yoki qorinda og‘riq, me‘da–ichak yo‘llarida gastroenterit kabi buzilish hollari.

O‘rganilmagan (mavjud ma‘lumotlar bo‘yicha chastotasini baholab bo‘lmaydi):

  • Laringitni paydo bo‘lishi,
  • Terini qizarishi, ekzema, eshakemi.

Agar Sizda har qanday nojo‘ya ta‘sirlar paydo bo‘lsa, o‘zingizning davolovchi shifokoringiz yoki farmasevtga marojaat qiling. Bu, ushbu yo‘riqnoma ro‘yhatida ko‘rsatilmagan har qanday bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlarni o‘z ichiga oladi.

  1. Ribomulinni qanday saqlash lozim.

Ushbu dori vositasini bolalar ko‘rmaydigan, olaolmaydigan joyda saqlang.

Karton qutida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ushbu dori vositasini ishlatmang. Yaroqlilik muddati ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuniga to‘g‘ri keladi.

Hech qanday maxsus saqlash sharoiti yo‘q.

Dori vositasini oqava suvga yoki uy chiqindilari bilan birga tashlamang. Agar Siz uni boshqa qo‘llamayotgan bo‘lsangiz, o‘zingizning farmasevtingizdan dori vositasini qanday yo‘qotishni so‘rang. Ushbu ishlar atrof-muhitni saqlashga yordam beradi.

  1. Chiqarilish shakli va boshqa qo‘shimcha ma‘lumotlar.

Ribomunil nima saqlaydi.

  • Faol modda – Klebsiella pneumoniae (3,5 qismi), Streptococcus pneumonia (3,0 qismi), Streptococcus pyogenes Group A (3,0 qismi), Heamophilius influenzae (0,5 qismi) ning ribosomal fraksiyalari va Klebsiella pneumoniae (15 qismi) membranali fraksiyalari.
  • Boshqa ingredientlari – bu kolloidli kremniy dioksidi, magniy stearati va sorbitol.
  • ATX kodi: L03A
  • Yaroqlilik muddati: 5 yil.

 

Ribomunil qanday ko‘rinishga ega va o‘ramining ichidagisi.

Ribomunil 4 tabletkani saqlovchi o‘ramlarda chiqariladi.

Ushbu dori vositasi haqidagi qo‘shimcha ma‘lumotlar uchun qayd qilish guvohnomaning firma – egasining mahalliy vakillariga murojaat qiling.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

RIBOMUNIL tabletkalari N4 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
RIBOMUNIL tabletkalari N4 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
RIBOMUNIL tabletkalari N4 dori vositasi Pierre Fabre Medicament Production tomonidan Frantsiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
RIBOMUNIL tabletkalari N4 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
RIBOMUNIL tabletkalari N4 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
ALOPEKSI eritma 60ml 5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Pierre Fabre Medicament Production
  • Vakil: Euromedex
DEKSERIL krem 250g
Narh: 238 800 so'mdan Batafsil
MIKOSTER eritma 3ml 8%
MIKOSTER krem 30g 1%
LOKATOP krem 30g 0,1%
Narh: 145 000 so'mdan Batafsil
TARDIFERON tabletkalari 80mg N30
Narh: 52 000 so'mdan Batafsil
SITEAL eritma 250ml
Narh: 95 000 so'mdan Batafsil
STRUKTUM kapsulalar 500mg N60
Narh: 383 400 so'mdan Batafsil
OSTEOGENON tabletkalari N40
Narh: 208 400 so'mdan Batafsil
NAVELBIN konsentrat 5ml 50mg/5ml N10
NAVELBIN konsentrat 1ml 10mg/1ml N10
DEKSERIL krem 50g
Другие формы препарата
RIBOMUNIL GRANULYAT N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Пьер Фабр Медикамент Продакшн.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9