×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

SITEAL eritma 250ml

Kategoriya:
- Antiseptiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Frantsiya
Faol modda:
гексамидин, Хлоргексидин, хлоркрезол
Ishlab chiqaruvchi:
- Pierre Fabre Medicament Production
ATX kodi:
- D08AC52
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 33 ta dorixonasida topildi

ico 95 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 190 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

O'xshash dorilar

XLOROFILLIPT eritma 100ml 10mg/ml Галичфарм, ПАО Ukraina
3 000 s`om dan
BRILLIANTOVIY ZELENIY SPIRTOVIY eritma 20ml 1% Galenika Invest, OOO O'zbekiston
SALISILOVAYA KISLOTA eritma 25ml 2% MEDIOFARM, ООО O'zbekiston
vodorod perikisi eritma 50ml 3% MEDICAL MAX PHARM, ООО O'zbekiston
1 200 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
SITEAL eritma 250ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

SITEAL

CYTEAL

 

Preparatning savdo nomi: Siteal

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): xlorgeksedin biglyukonat, geksamidina diizetionat, para-xlormetakrezol.

Dori shakli: sirtga qo‘llash uchun eritma

Tarkibi:

100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:        xlorgeksidin biglyukonati (20№ eritma)          – 0,5 ml;

gekcamidin diizetionat                            – 100 mg;

para-xlormetakrezol                                  – 300 mg;

yordamchi moddalar: to‘ldiruvchi (rN5) kokamidopropilbetain 30%, kopra yog‘da eruvchi dietanolamid kislotasi, YeDTA, konifrol parfyum, laktat kislotasi, tozalangan suv   100 ml gacha.

Ta‘rifi: rangsiz, hushbo‘y hidli, ko‘pik hosil qiluvchi eritma

Farmakoterapevtik guruhi: antiseptik vosita

ATX kodi: D08AC52

 

Farmakologik xususiyatlari

Tarkibidagi uchta faol komponentini sinergizmi tufayli Siteal Stapylococcus Aureus, Streptococcus Faecalis, Gardenella Vaginalis, Escherichia Coli, Neisseria Gonorrhea, Pseudomonas Aeruginosa, Chlamydia Trachomatis, Proteus Vulgaris grammanfiy va grammusbat bakteriyalarga bakteriostatik ta‘sir ko‘rsatadi; anaerob va aerob urogenital infeksiyalar, soddalar, xlamidiyalar, mikoplazmalar, ureoplazmalar, gonokokklarga bakterisid ta‘sir ko‘rsatadi; virusid ta‘sirga ega; Candida albicans avlodi zamburug‘lariga va dermatofitlarga fungistatik ta‘sir ko‘rsatadi.

Biologik muhitlarda (yiring, qon, seroz suyuqligi va b.) samaralidir.

Farmakokinetikasi

Shikastlanmagan teriga qo‘yilganida preparat so‘rilmaydi.

 

Qo‘llanilishi

  • antiseptik vosita sifatida teriga ishlov berish uchun, shuningdek quyidagi ginekologik kasalliklarda shilliq qavatlarni yuvish uchun: vulvitlar, genital qichishish, vaginitlar, servisitlar, molochnisa, shu jumladan bolalar, o‘smirlar va keksa ayollardagi oddiy qiyilishlar;
  • qin infeksiyalarini oldini olish uchun (shu jumladan bachadon ichki spirallar ishlatilganida), jinsiy aloqa yo‘li bilan yuqqan infeksiyalarni oldini olish uchun;
  • birlamchi infeksiya va superinfeksiya oqibatida chaqirilgan teri kasalliklarini davolash uchun yordamchi vosita sifatida;
  • tibbiy xodimlarning qo‘llariga, jarohat yuzalariga antiseptik ishlov berish uchun, ularning bitishini tezlashtirish va ikkilamchi infeksiyalarni oldini olish uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

  • mahalliy davolash uchun ishlatiladi, jumladan tampon yordamida sirtga ishlov berish (suyultirilmagan preparat) yoki sprinsevaniya qilinadi (1:10 nisbatda suyultirilgan)
  • dermatologiya va ginekologiya amaliyotida eritma odatdagi covun kabi ishlatiladi;
  • jarohlik amaliyotida eritma 1:10 nisbatida cuyultirilgan holda jarohatlarga anticeptik ishlov berish va yuvish uchun ishlatiladi.

Cuyultirilgan preparatning eritmasini bevosita ishlatish oldidan tayyorlash lozim. Preparat qo‘llanganidan so‘ng applikasiya qilingan joylarni yaxshilab yuvish lozim.

Siteal har kuni ishlatiladi, o‘rtacha davolash kursi 10-15 kunni tashkil qiladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

  • geksamidinga nisbatan yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparat komponentlariga bo‘lgan yuqori cezuvchanlik.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Kation va anion antiseptik vositalarining o‘zaro ta‘siri yuzaga kelishi mumkinligini inobatga olib (antagonizm, faolsizlanish va b.), ularni bir vaqtda yoki ketma-ket qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatni teri orqali so‘rilishi uchun imkoniyat bo‘lgan hollarda (chala va muddatdan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarda terining katta maydon yuzasiga takroriy applikasiya, shikastlangan teriga applikasiya, ayniqsa kuyishlarda, shilliq qavatlarga applikasiya, bolalarda okklyuzion bog‘lovlar yoki plyonkalar ishlatilganda) uni  ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Preparatni ko‘zga va quloqqa (agar nog‘ora parda teshik bo‘lgan hollarda) tushishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.

Preparat oftalmologiya amaliyotida mahalliy ishlatilmaydi.

Preparat oddiy covunlar va po‘kak daraxtidan tayyorlangan materiallar, shuningdek boshqa anticeptik vositalar bilan birga ishlatilmaydi.

Homiladorlik va laktasiya

Sitealni homiladorlik va emizish davrida ishlatish mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Aniqlanmagan.

Chiqarilish shakli

Ko‘pik hosil qiluvchi eritma zichligi bo‘lgan yuqori maxsus polimer o‘ramda 250 ml dan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Preparatning tayyorlangan eritmalari saqlanmaydi.

Ishlatilgandan so‘ng flakon zich yopilsin. Yutilmasin.

 

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

SITEAL eritma 250ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
SITEAL eritma 250ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
SITEAL eritma 250ml dori vositasi Pierre Fabre Medicament Production tomonidan Frantsiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
SITEAL eritma 250ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
SITEAL eritma 250ml dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
ALOPEKSI eritma 60ml 5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Pierre Fabre Medicament Production
  • Vakil: Euromedex
DEKSERIL krem 250g
Narh: 238 800 so'mdan Batafsil
MIKOSTER eritma 3ml 8%
MIKOSTER krem 30g 1%
LOKATOP krem 30g 0,1%
Narh: 145 000 so'mdan Batafsil
TARDIFERON tabletkalari 80mg N30
Narh: 52 000 so'mdan Batafsil
STRUKTUM kapsulalar 500mg N60
Narh: 383 400 so'mdan Batafsil
OSTEOGENON tabletkalari N40
Narh: 208 400 so'mdan Batafsil
NAVELBIN konsentrat 5ml 50mg/5ml N10
NAVELBIN konsentrat 1ml 10mg/1ml N10
DEKSERIL krem 50g
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9