×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

MERTENIL tabletkalari 20mg N30

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Vengriya
Faol modda:
Розувастатин
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Gedeon Richter PLC
Vakil:
- Gedeon Richter
ATX kodi:
- C10AA07
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 147 ta dorixonasida topildi

ico 116 600 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 168 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 123 000 s`om dan

Bron qilish
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
10 plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar Pa/Al/PVX-plyonka va alyuminiy folga blisterda. 3 blister tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan karton qutida.

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda:

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 5 mg: 5,2 mg rozuvastatin kaltsiy (5 mg rozuvastatinga to'g'ri keladi)

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 10 mg: 10,4 mg rozuvastatin kaltsiy (10 mg rozuvastatinga to'g'ri keladi)

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 20 mg: 20,8 mg rozuvastatin kaltsiy (20 mg rozuvastatinga to'g'ri keladi)

Yordamchi moddalar: 

Laktoza monogidrati, mikrokristall tsellyuloza 12, magniy gidroksidi, krospovidon A turi, magniy stearati.

Plyonka qobiqning tarkibi: 

Opadray II oq (polivinil spirti, titan dioksidi E171, makrogol 3350, talk).

Ta'sir mexanizmi

Rozuvastatin 3-gidroksi-3-metilglyutaril ko-enzim A dan xolesterinning o'tmishdoshi - mevalonatni hosil bo'lishini katalizlovchi ferment - GMG-KoA reduktazaning selektiv raqobatli ingibitoridir. Rozuvastatinning ta'sirini asosiy nishoni, xolesterin (XS) ni sintezi va past zichlikdagi lipoproteinlar (PZLP) ning katabolizmi amalga oshiriladigan a'zo – jigardir. 

Rozuvastatin xujayralar yuzasida PZLP ga reseptorlarining sonini oshirib, PZLP larning qamrab olinishi va katabolizmini kuchaytiradi. 

U shuningdek juda past zichlikdagi lipoproteinlar (JPZLP) ning sintezini tormozlab, bu bilan PZLP va JPZLP ning umumiy miqdorini kamaytiradi.

Farmakodinamik samaralar

Rozuvastatin PZLP-xolesterin (XS-PZLP), umumiy xolesterin va trigliseridlar (tg) ning oshgan darajasini pasaytiradi, YuZLP-xolesterin (XS-YuZLP) ning miqdorini oshiradi, shuningdek Apoliporpotein V (apov), noyuzlp-xolesterin (PZLP-xolesterin, IJPZLP-XS, JPZLP-tg miqdorini chegirish bilan umumiy xolesterin miqdori) va apolipoprotein A-I (Apoa-I) darajasini oshiradi. (1 jadvalga qarang). Rozuvastatin PZLP-XS/YuZLP-XS, umumiy xolesterin/ YuZLP-XS va noyuzlp-XS/YuZLP-XS va apov/Apoa-I nisbatlarini xam pasaytiradi.

1 jadval. Birlamchi giperxolesterinemiya (IIa va IIb turi) bo'lgan pasientlarda dozaga bog'liq ta'sir (boshlang'ich darajaga nisbatan o'rtacha to'g'irlanagan foiz o'zgarishi).

Doza

Pasientlar

soni

XS-PZLP

Umumiy XS

XS- PZLP

Tg

XS-

PZLP emas

Apov

Apoa-I

Plasebo

13

-7

-5

3

-3

-7

-3

0

5 mg

17

-45

-33

13

-35

-44

-38

4

10 mg

17

-52

-36

14

-10

-48

-42

4

20 mg

17

-55

-40

8

-23

-51

-46

5

40 mg

18

-63

-46

10

-28

-60

-54

0

Terapevtik samarasiga davolash boshlanganidan keyin bir hafta davomida erishish mumkin, 2 haftadan keyin mumkin bo'lgan maksimal samaraning 90% ga erishiladi. Maksimal terapevtik samaraga odatda 4 haftadan keyin erishiladi va u preparat keyinchalik qabul qilinganida tutib turiladi.
Klinik samaradorligi va xavfsizligi
Rozuvastatin gipertrigliseridemiya simptomlari bilan yoki ularsiz kechuvchi giperxolesterinemiyasi bo'lgan katta pasientlarni, ularning irqiy mansubligi, jinsi yoki yoshidan qat'iy nazar davolashda, shuningdek, qandli diabeti bo'lgan yoki oilaviy giperxolesterinemiyaning nasliy shakli bo'lgan alohida toifa pasientlarni davolashda samaralidir. III bosqich tadqiqotlarning birlashtirilgan ma'lumotlarni tahlil qilganda, rozuvastatin IIa va IIb turdagi giperxolesterinemiyasi (PZLP-XS o'rtacha dastlabki darajasi taxminan 4,8 mmol/l) bo'lgan pasientlarni davolash uchun samaralidir. 10 mg rozuvastatin olgan 80% pasientlarda, aterosklerozni o'rganish bo'yicha Evropa jamiyati tomonidan belgilangan PZLP-XS darajasining maqsadli ko'rsatkichlariga (3 mmol/l dan kam) erishilgan.

 

So'rilishi: qon plazmasidagi maksimal kontsentrasiyasiga ichga muvofiq doza qabul qilinganidan keyin 5 soat o'tgach erishiladi. Mutloq Biokiraolishligi taxminan 20% ni tashkil qiladi. 

Taqsimlanishi: rozuvastatin xolesterinning sintezini va PZLP-XS metabolizmining klirensini asosiy joyi bo'lgan jigar tomonidan yutiladi. Rozuvastatinning taqsimlanish hajmi taxminan 134 l ni tashkil qiladi. Rozuvastatinnin 90% plazma oqsillari bilan, asosan albuminlar bilan bog'lanadi.

Metabolizmi: cheklangan miqdori (taxminan 10%) metabolizmga uchraydi. Rozuvastatin tsitoxrom R450 tizimining fermentlari tomonidan amalga oshirladigan metabolizmi uchun etarli mos keladigan substrat emasdir. CYP2C9 metabolizmida ishtirok etuvchi asosiy izoferment hisoblanadi, ayni paytda SUR2S19, SUR3A4 va CYP2D6 izofermentlari esa metabolizmga kamroq darajada jalb etilgan. Asosiy metaboliti - N-desmetil bo'lib, u rozuvastatinga qaraganda 50% kamroq faollikka ega. Lakton metabolitlari farmakologik jihatdan nofaoldirlar. Aylanib yurgan GMK-KoA-reduktazani ingibirlash bo'yicha farmakologik faollikning 90% dan ortig'i rozuvastatin tomonidan, qolgan qismi - metabolitlari tomonidan ta'minlanadi. 

Chiqarilishi: rozuvastatinning qabul qilingan dozasini taxminan 90% organizmdan ichak orqali o'zgarmagan holda (shu jumladan absorbtsiyalangan va absorbtsiyalanmagan rozuvastatin) chiqariladi, qolgan qismi o'zgarmagan holda buyraklar orqali chiqariladi. 5% ga yaqin o'zgarilmagan xolda buyraklar orqali chiqariladi.  Yarimchiqarilish davri (T1/2) 19 soatni tashkil qiladi va preparatning dozasi oshirilganida o'zgarmaydi. O'rtacha geometrik plazma klirensi soatiga taxminan 50 litr (variasiya koeffisienti 21,7%) ni tashkil qiladi. GMG-KoA reduktazaning boshqa ingibitorlari kabi, rozuvastatinni "jigar" tomonidan qamrab olinishi jarayoniga, membrana orqali xolesterinni membrana tashuvchisi – organik anionlardan tashuvchi transport proteini - TPOA-XS jalb qilingan. Ushbu tashuvchi rozuvastatinni jigar tomonidan chiqarilishida katta rol o'ynaydi. 

Chiziqliligi: rozuvastatinning tizimli ekspozisiyasi dozaga proportsional oshadi. Preparat sutkada bir necha marta qabul qilinganida farmakokinetik parametrlarining o'zgarishlari aniqlanmaydi.

Alohida pasientlar guruhlaridagi farmakokinetikasi 

Yosh va jins: katta pasientlarda jins va yosh rozuvastatinning farmakokinetik parametrlariga klinik ahamiyatli ta'sir ko'rsatmaydi. Geterozigotali oilaviy giperxolesterinemiya bilan og'rigan bolalar va o'smirlardagi ta'sir dislipidemiyasi bo'lgan kattalardagi pasientlarga o'xshash yoki pastroq bo'ladi ("bolalar va o'smirlar" bo'limiga qarang).

Etnik guruhlar: farmakokinetikaning qiyosiy tekshirishlari, osiyolik pasientlarda (yaponlar, xitoyliklar, Filippinlar, vetnamliklar va koreyslar) evropoid irqi vakillaridagi ko'rsatkichlariga nisbatan AUC va Cmax ning o'rtacha ko'rsatkichlarini ikki marta oshishini ko'rsatdi. Hindlarda AUC va Cmax o'rtacha qiymatlarini taxminan 1,3 marta oshishi aniqlangan. Bunda barcha tekshirilgan populyasiyalar uchun farmakokinetikaning ko'rsatkichlarini tahlili evropoid, negroid irqi vakillari va lotin amerikaliklar orasida preparatning farmakokinetikasida klinik ahamiyatli farqlarni aniqlamadi.

Buyrak etishmovchiligi: engil va o'rtacha darajadagi buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda rozuvastatin yoki N-desmetil metabolitining plazmadagi kontsentrasiyasi ahamiyatli o'zgarmaydi. Yaqqol buyrak etishmovchiligi (kreatinin klirensi (kk) 

30 ml/min dan kam) bo'lgan pasientlarda qon plazmasida rozuvastatinning kontsentrasiyasi 3 marta yuqori, N-desmetil metabolitining kontsentrasiyasi esa, sog'lom ko'ngillilarga nisbatan 9 marta yuqori. Gemodializdagi pasientlarning qon plazmasidagi rozuvastatinning kontsentrasiyasi sog'lom ko'ngillilarnikiga qaraganda taxminan 50% ga yuqori.

Jigar etishmovchiligi: Chayld-Pyu shkalasi bo'yicha 7 va undan past ballik turli darajadagi jigar etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda rozuvastatinning T1/2 oshishi aniqlanmagan. Biroq Chayld-Pyu shkalasi bo'yicha 8 va 9 ballik 2 pasientda T1/2 Chayld-Pyu shkalasi bo'yicha pastroq ko'rsatkichlari bo'lgan pasientlar uchun o'xshash ko'rsatkichdan taxminan 2 marta uzayishi aniqlangan. Rozuvastatinni Chayld-Pyu shkalasi bo'yicha 9 dan yuqori ballik pasientlarda qo'llash tajribasi yo'q.

Genetik polimorfizm: transport oqsillari OATP1B1 va BCRP ham HMG-CoA reduktaza ingibitorlari, shu jumladan rozuvastatinning farmakokinetikasida ishtirok etadi. SLCO1B1 (OATP1B1) va/yoki ABCG2 (BCRP) gen polimorfizmi bo'lgan pasientlarda rozuvastatinning oshishi xavfi mavjud. SLCO1B1 c.521CC va ABCG2 c.421AA individual polimorfizmi SLCO1B1 c.521TT yoki ABCG2 c.421CC genotiplariga nisbatan rozuvastatin ta'sirining (AUC) mos ravishda oshishi bilan bog'liq. Klinik amaliyotda genotiplarning bu turi aniqlanmagan, ammo shunga o'xshash polimorfizmga ega bo'lgan pasientlar uchun rozuvastatinning sutkalik dozasini kamaytirish tavsiya etiladi.

Bolalar va o'smirlar: 10 yoshdan 17 yoshgacha yoki 6 yoshdan 17 yoshgacha bo'lgan (jami 214 pasientlar) geterozigotali oilaviy giperxolesterinemiyasi bo'lgan bolalar populyasiyalarida rozuvastatinning (tabletka sifatida qabul qilingan) farmakokinetik ikki tadqiqoti shuni ko'rsatdiki, Pediatrik populyasiyada ta'siri shunga o'xshash yoki undan past bo'lgan. Rozuvastatinning ta'sirini 2 yil davomida doza va vaqt bo'yicha oldindan aytish mumkin edi.

Mertenil® ni qabul qilish bilan bog'liq nojo'ya dori reaktsiyalar (NDR) odatda o'rtacha yaqqollikka ega va qisqa muddatlidir. Nazoratli klinik tekshirishlarni o'tkazish vaqtida rozuvastatin qabul qilgan 4% dan kam pasientlarda, NDR ni rivojlanishi tufayli davolash to'xtatilgan. 

Klinik tadqiqotlar ma'lumotlari va marketingdan keyingi keng tajribaga asoslanib, 

2-jadvalda rozuvastatin uchun NDR profili keltirilgan.

NDR lar paydo bo'lish chastotasi va organ tizimlarining sinflari bo'yicha tasniflanadi.

NDR tez-tezligi quyidagicha ifodalanadi: tez-tez (≥1/100 dan <1/10); tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha); kam hollarda (≥1/10 000 dan <1/1000 gacha); juda kam hollarda (<1/10000); chastotasi noma'lum (mavjud ma'lumotlardan taxmin qilish mumkin emas).

2 jadval. Nojo'ya ta'sirlari

A'zolar va tizimlar

Tez-tez

Tez-tez emas

Kam

Juda kam

Chastotasi noma'lum

Qon va limfa tizimi tomonidan buzilishlar

Trombositopeniya

Immun tizimi tomonidan buzilishlar

Gipersezuvchanlik reaktsiyasi, jumladan angionevrotik shish

Endokrin tizimi tomonidan buzilishlar

qandli diabet1

2 turi

Ruhiy buzilishlar

Depressiya

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

bosh og'rig'i, bosh aylanishi,

polineyropatiya, xotirani yo'qolishi

Periferik neyropatiya, uyquni buzilishi (jumladan, uyqusizlik va daxshatli tush ko'rish)

Nafas olish, ko'krak qafasi va mediastinal buzilishlar

Yo'tal

Nafas qisilishi

Me'da-ichak yo'llari tomonidan buzilishlar

qabziyat, ko'ngil aynishi qorin og'riqlari,

pankreatit

Diareya

Jigar va o't-safro chiqarish yo'llari tomonidan buzilishlar

Jigar transaminaza faolligini oshishi

Sariqlik, gepatit

Teri va teriosti to'qimalar tomonidan buzilishlar

Teri qichishishi toshma eshakemi

Stivens-Djonson sindromi

Suyak-mushak ti-zimi va birikti-ruvchi to'qima tomonidan buzilishlar

mialgiya

miopatiya (shu jumladan miozit), radomioliz mushaklar uzilishi lupussimon sindrom

artralgiya

Kim kasalliklari bilan boglik bilgan bilan payqadim, miyopatiya, ba'zi birikmalar uzulish foydalanuvchi immuniteti

Сийдик чиқариш йўллари томонидан бузилишлар и Буйраклар

gematuriya

Tomonidansiz Jinsiy azolar, va kelajakda buzilishlar

Jinekomastiya

Umumiy Yuborish va qayta yuklash buzilishlar

Asti sindromi

Periferik shishlar

1 omillarning boglik buladi xavf, aralashma yoki yikligiga chastotasini rag'batlantiradi (och koring glyukoza konsentratsiyasi va 5,6 mmol/l, EA da > 30 kg / m2, osh monitoringining triglitseridlar konsentratsiyasi, arterial gipertenziya, po-tarix).

   GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlari qo'llanganida bo'lgani kabi, NDR ning paydo bo'lishini tez-tezligi dozaga bog'liq xarakterga ega.

Buyraklar va siydik chiqarish tizimi tomonidan: rozuvastatin qabul qilinganida asosan naychalar geneziga ega proteinuriya aniqlangan. Siydikda oqsil miqdorini o'zgarishlari (yo'qligi yoki juda oz bo'lishidan ++ yoki ortiqroq bo'lishi) 10 va 20 mg rozuvastatin qabul qilgan 1% dan kam pasientlarda va preparatni 40 mg dozada qabul qilgan 3% pasientlarda kuzatilgan. 

Siydikdagi oqsilning miqdorini yo'qligi va izlaridan + gacha o'zgarishi bilan namoyon bo'ladigan o'zgarishi, preparat 20 mg dozada qabul qilinganda kuzatilgan. Ko'pchilik hollarda proteinuriya kamaygan yoki davolash jarayonida mustaqil o'tib ketgan. Klinik tekshirishlarning ma'lumotlari tahlil qilinganida, proteinuriya va buyrak kasalliklarining o'tkir yoki zo'rayuvchi kechishi orasida sababli bog'liqlik aniqlanmadi.

Rozuvastatin bilan davolash kursini o'tgan qator pasientlarda gematuriya kuzatilgan, lekin klinik tekshirishlarning ma'lumotlari bunday holatlarning paydo bo'lish tez-tezligi juda pastligini ko'rsatdi.

Suyak-mushak tizimi va biriktiruvchi to'qima tomonidan: mialgiya, miopatiyani (shu jumladan miozitni) chaqiruvchi skelet mushaklarga ta'siri va kam hollarda – o'tkir buyrak etishmovchiligining rivojlanishi bilan yoki usiz rabdomioliz rozuvastatinning har qanday dozasini, ayniqsa 20 mg dan ortiq dozani qabul qilgan pasientlarda kuzatilgan. Kreatinfosfokinaza (KFK) miqdorini qabul qilayotgan dozaga qarab oshishi, rozuvastatin qabul qilgan pasientlarda aniqlangan, lekin ko'pchilik hollarda bu ko'rinishlar ahamiyatsiz, simptomsiz va vaqtinchalik bo'lgan. Agarda KFK miqdori normaning yuqori chegarasidan 5 marta ortiq bo'lsa, unda davolashni to'xtatish kerak ("maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang).

Jigar tomonidan: boshqa GMG-KoA reduktaza ingibitorlarida bo'lgani kabi, "jigar" transaminazalarining faolligini qabul qilinayotgan dozaga bog'liq oshishi, rozuvastatin qabul qilgan pasientlarning katta bo'lmagan guruhida kuzatilgan. Bunda ko'pchilik hollarda bu oshishi o'rtacha ifodalangan, simptomsiz yoki o'tkinchi bo'lgan.

Ba'zi statinlar bilan quyidagi NDR lar haqida xabar berilgan:

- jinsiy disfunktsiya;

- juda kam hollarda – interstisial o'pka kasalligi, ayniqsa uzoq muddatli terapiya bilan ("maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang).

Rabdomioliz, buyrak va jigarning jiddiy buzilishlar chastotasi (asosan, "jigar" transaminazalarining faolligi oshishi) 40 mg dozada yuqori bo'lgan.

Bolalar va o'smirlar

52 haftalik klinik tadqiqotda KFK ning normaning yuqori chegarasiga nisbatan 10 baravar oshishi va jismoniy mashqlar yoki sezilarli jismoniy zo'riqishlardan keyin mushaklarning simptomlari bolalar va o'smirlarda kattalarga qaraganda tez-tez kuzatilgan ("maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang). Aks holda, bolalar, o'smirlar va kattalarni davolashda rozuvastatinning xavfsizlik profili o'xshash bo'lgan.


Shubhali nojo'ya reaktsiyalar haqida xabar berish

Dori preparatlarni ro'yxatdan o'tkazgandan so'ng, shubhali nojo'ya reaktsiyalar holatlari haqida ma'lumot berish muhimdir. Bu preparatning foyda/xavf nisbatini doimiy monitoring qilish imkonini beradi. Tibbiyot xodimlaridan milliy hisobot tizimidan foydalangan holda har qanday shubhali nojo'ya reaktsiyalar haqida xabar berishlari so'raladi.

Maxsus ogohlantirishlar va ehtiyot choralari

Buyrak samarasi

Asosan naychalardan kelib chiqishiga ega proteinuriya, pasientlarda Mertenil® ning yuqori dozalarini, ayniqsa 40 mg qabul qilinganida aniqlangan, lekin ko'pchilik hollarda u vaqti-vaqti bilan yoki vaqtinchalik bo'lgan. Bunday proteinuriya buyrakning o'tkir kasalligini paydo bo'lishi yoki mavjud kasalligini zo'rayishini bildirmaydi ("nojo'ya ta'sirlari" bo'limiga qarang). Buyraklar funktsiyasining jiddiy buzilishlarini tez-tezligi 40 mg rozuvastatin qabul qilinganida oshadi. 30-40 mg preparat bilan davolash vaqtida buyraklar funktsiyasining ko'rsatkichlarini nazorat qilish tavsiya qilinadi.

Skelet mushaklarga ta'siri

Mertenil®ni barcha dozalarda, ayniqsa preparat 20 mg dan ortiq dozada qo'llanganida mialgiya, miopatiya va kam hollarda rabdomioliz aniqlangan. Juda kam hollarda rabdomioliz ezetimib va GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari bir vaqtda qabul qilinganida yuz bergan. Bunday hollarda preparatlarning farmakologik o'zaro ta'sirini inkor etish mumkin emas, shuning uchun Mertenil® va ezetimibni birga ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak ("dorilarning o'zaro ta'siri" bo'limiga qarang).

Rabdomioliz holatlarini tez-tezligi 40 mg rozuvastatin qabul qilinganida oshadi.

Kreatinfosfokinazani aniqlash

KFK faolligini aniqlashni, KFK miqdorini oshishini chaqiruvchi jadal jismoniy yuklamalardan keyin yoki boshqa sabablarga asoslanib o'tkazish mumkin emas, chunki bu natijalarni tahlil qilishni qiyinlashtirishi mumkin. KFK ko'rsatkichi davolash boshlangunicha normaning yuqori chegarasidan 5 martadan ortiq yuqori bo'lsa, 5-7 kundan keyin takroriy tekshirishni o'tkazish kerak. Agar takroriy tekshirish KFK ning dastlabki ko'rsatkichini (normaning yuqori chegarasiga nisbatan 5 marta yuqori) tasdiqlasa, Mertenil® bilan davolash boshlash mumkin emas.

Davolash boshlashdan oldin

Mertenil®ni GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlari kabi miopatiya/rabdomioliz xavf omillariga ega pasientlarga maxsus ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Bunday omillarga quyidagilar kiradi:

-buyrak etishmovchiligi;

-gipotireoz;

-mushak kasalliklarini shaxsiy yoki oilaviy anamnezi;

-GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlari yoki fibratlarni qabul qilish fonida anamnezda miotoksiklikni borligi;

-alkogolni suiiste'mol qilish;

-70 yoshdan oshgan bemorlar;

-qon plazmasida preparatning kontsentrasiyasini oshishi bilan kechuvchi holatlar ("qo'llash usuli va dozalari", "dorilarning o'zaro ta'siri" va "farmakokinetikasi" bo'limiga qarang);

-fibratlarni bir vaqtda qabul qilish.

Bunday pasientlarda davolashning xavfi va bo'lishi mumkin bo'lgan foydaning nisbatini baholash va butun davolash kursi davomida klinik kuzatishni amalga oshirish kerak. KFK ning dastlabki ko'rsatkichini (normaning yuqori chegarasiga nisbatan 5 marta yuqori) tasdiqlasa, davolashni boshlash mumkin emas.

Davolash vaqtida

Pasientlarni mushak og'riqlari, mushak holsizligi yoki ayniqsa lanjlik yoki isitma bilan kechuvchi spazmlarni kutilmaganda paydo bo'lish hollari to'g'risida shifokorga darhol xabar berishlari kerakligi to'g'risida xabardor qilish tavsiya qilinadi!

Bunday pasientlarda albatta KFK faolligining nazoratini amalga oshirish kerak. Agar KFK darajasi normaning yuqori chegarasidan 5 martadan ortiq yuqori bo'lsa yoki agar mushak simptomlari keskin namoyon bo'lsa va butun kun davomida har kungi diskomfort chaqirsa (hatto agarda KFK faolligi normaning yuqori chegarasidan 5 marta past bo'lsa ham) davolashni to'xtatish kerak. Agar simptomlar yo'qolsa va KFK faolligi normaga qaytsa, Mertenil®ni takror buyurish yoki pasient ustidan sinchkov kuzatuv sharoitida GMG-KoA-reduktazaning muqobil ingibitorini kichik dozalarda buyurish to'g'risidagi masalani ko'rib chiqish kerak. Rabdomioliz simptomlari bo'lmaganida pasientlarda KFK faolligini muntazam nazorat qilish maqsadga muvofiq emas.

Davolash vaqtida statinlar, shu jumladan rozuvastatin bilan davolash to'xtatilgandan keyin klinik jihatdan doimiy proksimal mushaklar kuchsizligi va qon zardobidagi kreatinkinaza faolligining oshishi bilan namoyon bo'ladigan immun vositali nekrotizan miopatiyaning juda kam holatlari qayd etilgan.

Biroq miozit va miopatiya hollarining sonini oshishi GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlarini fibroy kislotasining hosilalari, shu jumladan gemfibrozil, Tsiklosporin, nikotin kislotasining lipidlarni pasaytiruvchi dozalarda, zamburug'larga qarshi preparatlar, proteaza ingibitorlari va makrolid antibiotiklar bilan birga qabul qilgan pasientlarda aniqlangan. Gemfibrozil GMG-KoA-reduktazaning ayrim ingibitorlari bilan birga buyurilganida miopatiyaning paydo bo'lishi xavfini oshiradi. Shuning uchun rozuvastatin va gemfibrozilni bir vaqtda qabul qilish tavsiya qilinmaydi. Rozuvastatin fibratlar yoki nikotin kislotasi bilan birga qo'llanganida lipidlarni kontsentrasiyasi keyinchalik o'zgarishining mumkin bo'lgan xavf va foyda nisbati sinchiklab baholanishi kerak. Rozuvastatinni 30 mg va 40 mg dozada va fibratlarni bir vaqtda qabul qilish mumkin emas ("dorilarning o'zaro ta'siri" va "nojo'ya ta'sirlari" bo'limlariga qarang).

Mertenil® preparatini tizimli qo'llash uchun fuzid kislotasi preparatlari bilan bir vaqtda yoki fuzid kislotasini qo'llash to'xtatilgandan keyin 7 kun ichida qo'llanilmasligi kerak. Fuzid kislotasi bilan tizimli davolash ajralmas deb hisoblangan pasientlarda statinlar bilan davolash fuzid kislotasidan foydalanishning butun davri davomida to'xtatilishi kerak. Fuzid kislotasi va statinlar birgalikda qabul qilgan pasientlarda rabdomioliz holatlari (shu jumladan bir nechta o'lim holatlari) qayd etilgan ("dorilarning o'zaro ta'siri" bo'limiga qarang). Pasientlarga mushaklar kuchsizligi, og'riq yoki sezuvchanlik simptomlari bo'lsa, darhol tibbiy yordamga murojaat qilish tavsiya qilinishi kerak.

Statin terapiyasi fuzid kislotasining oxirgi dozasidan etti kundan keyin tiklanishi mumkin.

Istisno hollarda, fuzid kislotasini uzoq muddatli tizimli qo'llash zarur bo'lganda, masalan, og'ir infektsiyalarni davolash uchun, Mertenil® va fuzid kislotasini bir vaqtning o'zida qo'llash zarurati faqat har bir holatda va sinchkov tibbiy nazorat ostida ko'rib chiqilishi kerak. Mertenil® ni o'tkir miopatiyani taxmin qilishga imkon beruvchi o'tkir, og'ir kasalliklari bo'lgan yoki rabdomioliz fonida ikkilamchi buyrak etishmovchiligi rivojlanishi (masalan: sepsis, arterial gipertenziya, jarrohlik aralashuvi, jarohat, og'ir metabolik sindrom, tirishishlar, endokrin buzilishlari, elektrolit buzilishlari) mumkin bo'lgan pasientlarga buyurish mumkin emas.

Jigarga ta'siri

GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlari kabi, Mertenil® ni ham alkogolni haddan tashqari ko'p iste'mol qiluvchi yoki anamnezida jigar kasalliklari bo'lgan pasientlarga maxsus ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Jigar funktsiyasining ko'rsatkichlarini aniqlashni davolash boshlanishidan oldin va undan keyin 3 oy o'tgach o'tkazish tavsiya qilinadi. Agarda qon zardobida "jigar" transaminazalarining faolligi normaning yuqori chegarasidan 3 marta yuqori bo'lsa, Mertenil® ni qabul qilishni to'xtatish yoki qabul qilinayotgan dozani kamaytirish kerak ("qo'llash usuli va dozalari" bo'limiga qarang). Ro'yxatdan o'tgandan keyingi davrda jigar funktsiyasining yaqqol buzilishlarini xaqidagi xabarlar soni (asosan "jigar" transaminazalarining faolligini oshishi bilan bog'liq), 40 mg preparat qabul qilinganida yuqoriroq bo'lgan.

Ikkilamchi giperxolesterinemiyasi bo'lgan pasientlarda gipotireoz, nefrotik sindrom tufayli asosiy kasallikni davolash, Mertenil® bilan davolashni boshlashdan oldin o'tkazilishi kerak.

Irqiy mansublik

Farmakokinetik tekshirishlar vaqtida evropoid irqi vakillari – pasientlari orasida olingan ma'lumotlarga nisbatan, osiyolik pasientlar ichida rozuvastatinning tizimli kontsentrasiyasini oshishi aniqlangan ("qo'llash usuli va dozalari", "qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar" va "farmakokinetikasi" bo'limlariga qarang).

OIV proteaz ingibitorlari

Rozuvastatinni va turli xil OIV proteaz ingibitorlarini ritonavir bilan bir vaqtda qo'llash jarayonida rozuvastatinning tizimli ta'sirining oshishi kuzatiladi. Rozuvastatinni qabul qilishda qondagi lipidlar kontsentrasiyasini pasaytirishning afzalliklarini sinchkovlik bilan baholash kerak, shuningdek, davolanishning boshida va OIV proteaz ingibitorlarini qabul qiluvchi OIV bilan kasallangan pasientlarda preparatning dozasini oshirish davrida qon plazmasidagi rozuvastatin kontsentrasiyasining mumkin bo'lgan oshishini hisobga olish kerak. Rozuvastatinning dozasini to'g'irlamasdan, ba'zi proteaz ingibitorlari bilan bir vaqtda qo'llash tavsiya etilmaydi ("qo'llash usuli va dozalari", "dorilarning o'zaro ta'siri" bo'limlariga qarang).

Laktozani o'zlashtiraolmaslik

Preparat laktoza saqlaydi, shuning uchun uni galaktozani o'zlashtiraolmaslik, lappa laktoza etishmovchiligi kabi kam uchraydigan nasliy kasalliklari bo'lgan yoki glyukoza-galaktozani kam so'rilish sindromi bo'lgan pasientlar qabul qilmasliklari kerak.

Interstisial o'pka kasalligi

Ba'zi statinlar, ayniqsa uzoq vaqt davomida qo'llash bilan, interstisial o'pka kasalliklarining alohida holatlari haqida xabar berilgan ("nojo'ya ta'sirlari" bo'limiga qarang). Alomatlar orasida nafas qisilishi, samarasiz yo'tal va umumiy holatning yomonlashishi (holsizlik, vazn yoqotish va isitma). Agar intestisial o'pka kasalligiga shubha bo'lsa, statin terapiyasini to'xtatish kerak.

Qandli diabet 2-turi

Statinlar sinf sifatida qondagi glyukoza kontsentrasiyasining oshishiga olib kelishi va kelajakda diabet kasalligi rivojlanish xavfi yuqori bo'lgan ba'zi pasientlarda ular giperglikemiya darajasini qo'zg'atishi mumkinligi haqida dalillar mavjud, bunda qandli diabetni standart davolash ko'rsatilgan. Biroq, bu xavf statinlar tomonidan ta'minlangan qon tomir asoratlari xavfining kamayishi bilan ustun turadi, shuning uchun statin terapiyasini to'xtatish uchun terapiyasini to'xtatish uchun hech qanday sabab yo'q. Xavf ostida bo'lgan pasientlarda klinik va biokimeviy monitoring (och qorindagi glyukoza kontsentrasiyasi 5,6 dan 6,9 mmol/l gacha, VMI >kg/m2, trigliseridlar kontsentrasiyasining oshishi, arterial gipertenziya) milliy ko'rsatmalarga muvofiq amalga oshirilishi kerak.

JUPITER tadqiqotida qandli diabetning umumiy chastotasi rozuvastatin guruhida 2,8% va plasebo guruhida 2,3% ni tashkil etdi, pasientlarda asosan ochlikdagi glyukoza kontsentrasiyasi 5,6 dan 6,9 mmol/l gacha bo'lgan.

Giperxolesterinemiyani davolash
- Kattalar, o'smirlar va 6 yoshdan katta bolalarda dietoterapiyaga qo'shimcha sifatida birlamchi giperxolesterinemiya (IIa turi, shu jumladan oilaviy geterozigotli giperxolesterinemiya) yoki aralash dislipidemiya (IIb turi) parhez va boshqa nomedikamentoz chora-tadbirlar (masalan, jismoniy yuklama va tana vaznini kasayishi) samarasizligida.
- Kattalar, o'smirlar va 6 yoshdan katta bolalarda oilaviy gomozigot giperxolesterinemiyada parhez bilan davolash va lipidlarni kamaytirishga qaratilgan boshqa davolash turlari (masalan, PZLP aferezi) ga qo'shimcha sifatida yoki bunday dovolash samarasiz bo'lganida qo'llanadi.
Yurak-qon tomir asoratlarining oldini olish
Birlamchi yurak-qon tomir asoratlari xavfi yuqori bo'lgan pasientlarda og'ir yurak-qon tomir asoratlarining oldini olish ("farmakokinetikasi" bo'limiga qarang), boshqa xavf omillarini qo'shimcha tuzatish sifatida.
Rozuvastatinga yoki preparatning har qanday komponentlaridan biriga yuqori sezuvchanlik;

Faol bosqichdagi jigar kasalliklari, shu jumladan qon zardobida "jigar" transaminazalarning faolligini barqaror oshishi, shuningdek qon zardobida transaminazalarning faolligini normaning yuqori chegarasiga nisbatan kamida 3 marta har qanday oshishi;

Buyraklar funktsiyasining yaqqol buzilishlari (kk minutiga 30 ml dan kam);

Miopatiya;

Tsiklosporinni bir vaqtda qabul qilish;

Homiladorlik va laktasiya davri;

Ishonchli kontratsepsiya usullarini qo'llamayotgan, tug'ruq yoshidagi ayollarda;

Laktoza/galaktozani o'zlashtiraolmaslik, laktazaning tanqisligi yoki glyukoza-galaktozani kam so'rilishi.

Rozuvastatinni 30 mg va 40 mg dozada qo'llash miopatiya/rabdomioliz rivojlanishiga moyil bo'lgan omillari bo'lgan pasientlarga qo'llash mumkin emas.

Ushbu omillarga quyidagilar kiradi:

buyraklar faoliyatining yaqqol buzilishlari (kk minutiga 60 ml dan kam);

gipotireoz;

mushak kasalliklarining shaxsiy va oilaviy anamnezi;

GMK-KoA-reduktazaning (3-gidroksi-3-metilglutarilkoenzim A-reduktaza) boshqa ingibitorlari yoki fibratlarni anamnezdagi qabul qilish fonidagi miotoksiklik;

alkogolni xaddan ziyod iste'mol qilish;

qon plazmasida rozuvastatinning kontsentrasiyasini oshishiga olib kelishi mumkin bo'lgan holatlar; 

Osiyo irqiga mansub pasientlar;

fibratlarni bir vaqtda qabul qilishda qo'llash mumkin emas;

("Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar", "maxsus ko'rsatmalar" va "farmakokinetikasi" bo'limlariga qarang).

 

Boshqa preparatlarning rozuvastatinga ta'siri

Tashish oqsillari ingibitorlari: rozuvastatin bir qancha transport oqsillari, jumladan OATP1B1 jigar tomonidan so'rilish tashuvchisi va BCRP oqim tashuvchisi uchun substrat hisoblanadi. Rozuvastatin va ushbu transport oqsillarining ingibitorlari bo'lgan preparatlarni bir vaqtda qo'llash qon plazmasidagi rozuvastatin kontsentrasiyasining oshishi va miopatiya rivojlanish xavfining oshishi bilan birga bo'lishi mumkin ("qo'llash usuli va dozalari", "maxsus ko'rsatmalar" va "dorilarning o'zaro ta'siri" bo'limlariga qarang, 3 jadval).

Tsiklosporin: rozuvastatin va Tsiklosporin bir vaqtda qabul qilinganida, rozuvastatinning AUC ko'rsatkichi, sog'lom ko'ngillilardan olingan qiymatlarga nisbatan 7 marta oshgan ( 3 jadval ga qarang). Rozuvastatin Tsiklosporin qabul qilayotgan pasientlarga qo'llash mumkin emas ("qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar" bo'limiga qarang). Preparatlar bir vaqtda qabul qilinganida qon plazmasida tsiklosporinning kontsentrasiyasini o'zgarishi aniqlanmagan.

Proteaza ingibitorlari: garchi o'zaro ta'sirning aniq mexanizmi ma'lum bo'lmasada, rozuvastatinni proteaza ingibitorlari bilan bir vaqtda qabul qilish, rozuvastatinning yarimchiqarilish davrini uzayishiga olib kelishi mumkin (3 jadvalga qarang). Farmakokinetik tekshirishda 10 mg rozuvastatin va proteazaning ikki ingibitori (300 mg atazanavir/100 mg ritonavir) saqlovchi majmuaviy preparat sog'lom ko'ngillilar tomonidan bir vaqtda qabul qilinganida, rozuvastatinning AUC 3 marta va Cmax 7 marta muvofiq oshishi aniqlangan. Rozuvastatin va ba'zi proteaz ingibitorlari majmuasi bilan birgalikda qo'llanilishi rozuvastatinning dozasini sinchiklovlik bilan tanlanganda mumkin, rozuvastatin ta'sirini kuchayishi kutilganga asoslanib ("qo'llash usuli va dozalari", "maxsus ko'rsatmalar" va "dorilarning o'zaro ta'siri" bo'limlariga qarang, 3 jadval).

Gemfibrozil va lipidlar darajasini kamaytiruvchi boshqa vositalar: rozuvastatin va gemfibrozilni bir vaqtda qabul qilish, rozuvastatinning Smax va AUC 2 marta oshishiga olib keladi ("maxsus ko'rsatmalar" ga qarang).

Spesifik o'zaro ta'sirlarning tekshirishlarini ma'lumotlari asosida fenofibratlar bilan tegishli farmakokinetik o'zaro ta'siri kutilmaydi, biroq farmakodinamik o'zaro ta'siri bo'lishi mumkin. Gemfibrozil, fenofibrat, boshqa fibratlar va nikotin kislotasi lipidlarni pasaytiruvchi dozalarda (sutkada 1 g yoki undan ortiq) GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari bilan bir vaqtda qabul qilinganida, ular monoterapiya sifatida qabul qilinganida miopatiyani chaqirishi mumkinligi tufayli, miopatiyani paydo bo'lish xavfini oshirishgan. 30 mg yoki 40 mg rozuvastatinni va fibratlarni bir vaqtda qabul qilish mumkin emas ("maxsus ko'rsatmalar" va "qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar" bo'limlariga qarang). Bu guruhdagi pasientlarda Mertenil® ning boshlang'ich dozasi 5 mg dan oshmasligi kerak.

Ezetimib: rozuvastatinni 10 mg dozada va ezetimibni 10 mg dozada bir vaqtda qo'llash giperxolesterinemiyasi bo'lgan pasientlarda rozuvastatinning AUC ning 1,2 baravar oshishi kuzatildi (3-jadvalga qarang). Biroq rozuvastatin va ezetimibning noxush holatlarni chaqirishi mumkin bo'lgan farmakodinamik o'zaro ta'sirini inkor qilish mumkin emas ("maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang).

Antasidlar: rozuvastatinni alyuminiy va magniy gidroksidini saqlovchi antasid suspenziyalar bilan bir vaqtda buyurish, rozuvastatinning qon plazmasidagi kontsentrasiyasini taxminan 50% ga pasayishiga olib kelishi mumkin. Bu ta'sir, antasidlar rozuvastatinni qabul qilingandan keyin 2 soatdan so'ng qo'llansa kuchsizroq namoyon bo'ladi. Ushbu o'zaro ta'sirning klinik ahamiyati o'rganilmagan. 

Eritromisin: rozuvastatin va eritromisinni bir vaqtda qabul qilish, rozuvastatinning AUQ(0-t) ni 20% ga va Smax ni 30% pasayishiga olib kelishi mumkin. Bu o'zaro bog'liqlik eritromisinni qabul qilish bilan bog'liq ichakning motorikasini kuchayishi bilan chaqirilgan bo'lishi mumkin.

Tsitoxrom R450 izofermentlari: o'tkazilgan In vitro va in vivo sharoitlarda tadqiqotlarning natijalari, rozuvastatin tsitoxrom R450 izofermentlarining ta'sirini ingibitori ham, induktori ham emasligini ko'rsatdi. Bundan tashqari, rozuvastatin bu izofermentlar uchun ancha kuchsiz substratdir. Shuning uchun tsitoxrom R450 bilan bog'liq metabolizmi natijasida dori vositalarning qandaydir o'zaro ta'siri kutilmaydi. Rozuvastatin va flyukonazol (SUR2S9 va SUR3A4 ingibitori) yoki ketonazol (SUR2A6 va SUR3A4 ingibitori) orasida klinik ahamiyatli o'zaro ta'sir kuzatilmagan. 

Rozuvastatinning dozasini to'g'irlashni talab qiladigan dori vositalari bilan o'zaro ta'siri (3-jadval qarang).

Mertenil® preparatining dozasini, agar kerak bo'lsa, uni rozuvastatin ta'sirini oshiradigan dorilar bilan birgalikda qo'llash bilan to'g'irlash mumkin. Mertenil® bilan birgalikda foydalanish imkoniyatini ko'rib chiqishda tegishli dori vositalari haqidagi ma'lumotlarni o'rganish tavsiya etiladi. Agar ta'sir qilishning (AUC) 2 marta yoki undan ko'proq oshishi kutilsa, Mertenil® ning boshlang'ich dozasi kuniga bir marta 5 mg ni tashkil qilishi kerak. Shuningdek, Mertenil® ning maksimal sutkalik dozasini rozuvastatin bilan o'zaro ta'sir qiluvchi dorilarni bir vaqtda reseptsiz qabul qilingan 40 mg dozadagi rozuvastatinning kutilgan ta'siridan oshmasligi uchun to'g'irlash kerak. Masalan, gemfibrozil bilan bir vaqtda qo'llanganda Mertenil® ning maksimal sutkalik dozasi 20 mg (ta'sir qilishning 1,9 baravar oshishi), atazanavir/ritonavir bilan - 10 mg (ta'sir qilishning 3,1 baravar oshishi).

3-jadval. Rozuvastatin ta'siriga bir vaqtda qo'llaniladigan terapiyaning ta'siri (AUC, ma'lumotlar kamayish tartibida keltirilgan).

Birgalikda davolash rejimi

Rozuvastatinni qo'llash rejimi

Rozuvastatinning AUC o'zgarishi*

Tsiklosporin 75-200 mg sutkada 2 marta, 6 oy.

10 mg sutkada 1 marta, 10 kun

7,1 martaga oshishi

Regorafenib 160 mg sutkada 1 marta, 14 kun

5 mg bir marta

3,8 martaga oshishi

Atazanavir 300 mg/ritonavir 100 mg sutkada 1 marta, 8 kun

10 mg bir marta

3,1 martaga oshishi

Velpatasvir 100 mg sutkada 1 marta.

10 mg bir marta

2,7 мартага ошиши

Ombitasvir 25 mg / paritaprevir 150 mg / ritonavir 100 mgsutkada1mart/ dasabuvir 400 mgsutkada2mart, 14kun

5 mg bir marta

2,6 мартага ошиши

Grazoprevir 200 mg/elbasvir 50 mgsutkada1mart, 11kun

10 mg bir marta

2,3 martaga oshishi

Glekaprevir 400 mg/pibrentasvir 120 mg sutkada 1 marta, 7 kun

5 mg sutkada 1 marta, 7 kun

2,2 martaga oshishi

Lopinavir 400 mg/ritonavir 100 mg sutkada 2 marta, 17 kun

20 mg sutkada 1 marta, 7 kun

2,1 martaga oshishi

Klopidogrel, yuklash doza 300 mg, keyin 24 soatdan so'ng 75 mg

20 mg bir marta

2 martaga oshishi

Gemfibrozil 600 mg sutkada 2 marta, 7 kun

80 mg bir marta

1,9 мартага ошиши

Eltrombopag 75 mg

sutkada1mart, 5kun

10 mg bir marta

1,6 мартага ошиши

Darunavir 600 mg/ritonavir 100 mgsutkada2mart, 7kun

10 mgsutkada1mart, 7kun

1,5 мартага ошиши

Tipranavir 500 mg/ritonavir 200 mg sutkada 2 marta, 11 kun

10 mg bir marta

1,4martaga oshishi

Dronedaron 400 mg sutkada 2 marta.

Ma'lumotlar yo'q

1,4 мартага ошиши

Itrakonazol 200 mg sutkada 1 marta, 5 kun

10 mg bir marta

1,4мартага ошиши **

Ezetimib 10 mg sutkada 1 mart, 14 kun

10 mg sutkada 1 mart, 14 kun

1,2мартага ошиши**

Fosamprenavir 700 mg/ritonavir 100 mg sutkada 2 mart, 8 kun

10 mg bir marta

O'zgarmaydi

Aleglitazar 0,3 mg, 7 kun

40 mg, 7 kun

O'zgarmaydi

Silimarin 140 mg sutkada 3 marta, 5 kun

10 mg bir marta

Ўзгармайди

Fenofibrat 67 mg sutkada 3 marta, 7 kun

10 mg, 7 kun

Ўзгармайди

Rifampin 450 mg sutkada 1 marta, 7 kun

20 mg bir marta

Ўзгармайди

Ketokonazol 200 mg sutkada 2 marta, 7 kun

80 mg bir marta

Ўзгармайди

Flukonazol 200 mg sutkada 1 marta, 11 kun

80 mg bir marta

Ўзгармайди

Eritromisin 500 mg sutkada 4 marta, 7 kun

80 mg bir marta

20% ga pasayadi

Baykalin 50 mg sutkada 3 marta, 14 kun

20 mg bir marta

47% ga pasayadi

    * Ko'p karra o'zgarishi sifatida taqdim etilgan ma'lumotlar AUC ning rozuvastatin bilan monoterapiyadagiga nisbatini ko'rsatadi. O'zgarish % sifatida taqdim etilgan ma'lumotlar rozuvastatin bilan monoterapiyaga nisbatan farqini (%) aks ettiradi.

** Jadvalda rozuvastatinning turli dozalarini qo'llashda eng muhim og'ishlar ko'rsatilgan.

Rozuvastatinni boshqa preparatlarga ta'siri

K vitaminining antagonistlari: GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlari bilan bo'lgani kabi, bir vaqtda K vitamini antagonistlarini (masalan, varfarin yoki boshqa kumarin antikoagulyantlari) olayotgan pasientlarda rozuvastatin bilan davolashning boshlanishi yoki preparatning dozasini oshirilishi, xalqaro normallashtirilgan nisbatni (Xnn) oshishiga olib kelishi mumkin. Rozuvastatinning dozasini bekor qilish yoki pasaytirish Xnn ni kamayishini chaqirishi mumkin. Bunday hollarda Xnn ning monitoringini o'tkazish kerak.

Peroral kontratseptivlar/gormono'rinbosar davolash: rozuvastatin va peroral kontratseptivlarni bir vaqtda qabul qilish, etinilestradiol va norgestrelning AUC ni muvofiq 26% va 34% ga oshishiga olib kelishi mumkin. Plazmadagi kontsentrasiyalarni bunday oshishini peroral kontratseptivlarning dozasini tanlashda hisobga olish kerak. Rozuvastatin va gormono'rinbosar davolash preparatlarini bir vaqtda qo'llash bo'yicha farmakokinetik ma'lumotlar yo'q, shuning uchun ushbu majmua ishlatilganida o'xshash ta'sirni inkor etib bo'lmaydi. Biroq, preparatlarning bunday majmuasi ayollar tomonidan klinik tekshirishlarni o'tkazish vaqtida etarli darajada keng ishlatilgan va o'zlashtirilgan.

Boshqa dori vositalari: 

Digoksin

Tadqiqotlar ma'lumotiga ko'ra rozuvastatin va digoksin bir vaqtda qabul qilinganida klinik ahamiyatli o'zaro ta'siri kutilmaydi.

Fuzidik kislota

Rozuvastatin va fuzid kislotasining o'zaro ta'siri bo'yicha tadqiqotlar o'tkazilmagan. Fuzid kislotani statinlar bilan bir vaqtda tizimli qo'llash bilan miopatiya, shu jumladan rabdomioliz xavfi ortishi mumkin. Ushbu o'zaro ta'sir mexanizmi (farmakodinamik yoki farmakokinetik o'zari ta'sir bormi yoki har ikkalasi) hali no'malum. Ushbu kombinasiyani olgan pasientlarda rabdomioliz holatlari (shu jumladan o'limga olib keladigan holatlar) haqida xabar berilgan.

Agar kerak bo'lsa, fuzid kislotasi bilan tizimli terapiya, rozuvastatin bilan davolash to'xtatilishi kerak ("maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang).

Bolalar 

O'zaro ta'sir qilish bo'yicha tadqiqotlar faqat kattalarda o'tkazilgan. Bolalardagi o'zaro ta'sirlarning intensivligi no'malum.

Maxsus ogohlantirishlar va ehtiyot choralari

Buyrak samarasi

Asosan naychalardan kelib chiqishiga ega proteinuriya, pasientlarda Mertenil® ning yuqori dozalarini, ayniqsa 40 mg qabul qilinganida aniqlangan, lekin ko'pchilik hollarda u vaqti-vaqti bilan yoki vaqtinchalik bo'lgan. Bunday proteinuriya buyrakning o'tkir kasalligini paydo bo'lishi yoki mavjud kasalligini zo'rayishini bildirmaydi ("nojo'ya ta'sirlari" bo'limiga qarang). Buyraklar funktsiyasining jiddiy buzilishlarini tez-tezligi 40 mg rozuvastatin qabul qilinganida oshadi. 30-40 mg preparat bilan davolash vaqtida buyraklar funktsiyasining ko'rsatkichlarini nazorat qilish tavsiya qilinadi.

Skelet mushaklarga ta'siri

Mertenil®ni barcha dozalarda, ayniqsa preparat 20 mg dan ortiq dozada qo'llanganida mialgiya, miopatiya va kam hollarda rabdomioliz aniqlangan. Juda kam hollarda rabdomioliz ezetimib va GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari bir vaqtda qabul qilinganida yuz bergan. Bunday hollarda preparatlarning farmakologik o'zaro ta'sirini inkor etish mumkin emas, shuning uchun Mertenil® va ezetimibni birga ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak ("dorilarning o'zaro ta'siri" bo'limiga qarang).

Rabdomioliz holatlarini tez-tezligi 40 mg rozuvastatin qabul qilinganida oshadi.

Kreatinfosfokinazani aniqlash

KFK faolligini aniqlashni, KFK miqdorini oshishini chaqiruvchi jadal jismoniy yuklamalardan keyin yoki boshqa sabablarga asoslanib o'tkazish mumkin emas, chunki bu natijalarni tahlil qilishni qiyinlashtirishi mumkin. KFK ko'rsatkichi davolash boshlangunicha normaning yuqori chegarasidan 5 martadan ortiq yuqori bo'lsa, 5-7 kundan keyin takroriy tekshirishni o'tkazish kerak. Agar takroriy tekshirish KFK ning dastlabki ko'rsatkichini (normaning yuqori chegarasiga nisbatan 5 marta yuqori) tasdiqlasa, Mertenil® bilan davolash boshlash mumkin emas.

Davolash boshlashdan oldin

Mertenil®ni GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlari kabi miopatiya/rabdomioliz xavf omillariga ega pasientlarga maxsus ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Bunday omillarga quyidagilar kiradi:

-buyrak etishmovchiligi;

-gipotireoz;

-mushak kasalliklarini shaxsiy yoki oilaviy anamnezi;

-GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlari yoki fibratlarni qabul qilish fonida anamnezda miotoksiklikni borligi;

-alkogolni suiiste'mol qilish;

-70 yoshdan oshgan bemorlar;

-qon plazmasida preparatning kontsentrasiyasini oshishi bilan kechuvchi holatlar ("qo'llash usuli va dozalari", "dorilarning o'zaro ta'siri" va "farmakokinetikasi" bo'limiga qarang);

-fibratlarni bir vaqtda qabul qilish.

Bunday pasientlarda davolashning xavfi va bo'lishi mumkin bo'lgan foydaning nisbatini baholash va butun davolash kursi davomida klinik kuzatishni amalga oshirish kerak. KFK ning dastlabki ko'rsatkichini (normaning yuqori chegarasiga nisbatan 5 marta yuqori) tasdiqlasa, davolashni boshlash mumkin emas.

Davolash vaqtida

Pasientlarni mushak og'riqlari, mushak holsizligi yoki ayniqsa lanjlik yoki isitma bilan kechuvchi spazmlarni kutilmaganda paydo bo'lish hollari to'g'risida shifokorga darhol xabar berishlari kerakligi to'g'risida xabardor qilish tavsiya qilinadi!

Bunday pasientlarda albatta KFK faolligining nazoratini amalga oshirish kerak. Agar KFK darajasi normaning yuqori chegarasidan 5 martadan ortiq yuqori bo'lsa yoki agar mushak simptomlari keskin namoyon bo'lsa va butun kun davomida har kungi diskomfort chaqirsa (hatto agarda KFK faolligi normaning yuqori chegarasidan 5 marta past bo'lsa ham) davolashni to'xtatish kerak. Agar simptomlar yo'qolsa va KFK faolligi normaga qaytsa, Mertenil®ni takror buyurish yoki pasient ustidan sinchkov kuzatuv sharoitida GMG-KoA-reduktazaning muqobil ingibitorini kichik dozalarda buyurish to'g'risidagi masalani ko'rib chiqish kerak. Rabdomioliz simptomlari bo'lmaganida pasientlarda KFK faolligini muntazam nazorat qilish maqsadga muvofiq emas.

Davolash vaqtida statinlar, shu jumladan rozuvastatin bilan davolash to'xtatilgandan keyin klinik jihatdan doimiy proksimal mushaklar kuchsizligi va qon zardobidagi kreatinkinaza faolligining oshishi bilan namoyon bo'ladigan immun vositali nekrotizan miopatiyaning juda kam holatlari qayd etilgan.

Biroq miozit va miopatiya hollarining sonini oshishi GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlarini fibroy kislotasining hosilalari, shu jumladan gemfibrozil, Tsiklosporin, nikotin kislotasining lipidlarni pasaytiruvchi dozalarda, zamburug'larga qarshi preparatlar, proteaza ingibitorlari va makrolid antibiotiklar bilan birga qabul qilgan pasientlarda aniqlangan. Gemfibrozil GMG-KoA-reduktazaning ayrim ingibitorlari bilan birga buyurilganida miopatiyaning paydo bo'lishi xavfini oshiradi. Shuning uchun rozuvastatin va gemfibrozilni bir vaqtda qabul qilish tavsiya qilinmaydi. Rozuvastatin fibratlar yoki nikotin kislotasi bilan birga qo'llanganida lipidlarni kontsentrasiyasi keyinchalik o'zgarishining mumkin bo'lgan xavf va foyda nisbati sinchiklab baholanishi kerak. Rozuvastatinni 30 mg va 40 mg dozada va fibratlarni bir vaqtda qabul qilish mumkin emas ("dorilarning o'zaro ta'siri" va "nojo'ya ta'sirlari" bo'limlariga qarang).

Mertenil® preparatini tizimli qo'llash uchun fuzid kislotasi preparatlari bilan bir vaqtda yoki fuzid kislotasini qo'llash to'xtatilgandan keyin 7 kun ichida qo'llanilmasligi kerak. Fuzid kislotasi bilan tizimli davolash ajralmas deb hisoblangan pasientlarda statinlar bilan davolash fuzid kislotasidan foydalanishning butun davri davomida to'xtatilishi kerak. Fuzid kislotasi va statinlar birgalikda qabul qilgan pasientlarda rabdomioliz holatlari (shu jumladan bir nechta o'lim holatlari) qayd etilgan ("dorilarning o'zaro ta'siri" bo'limiga qarang). Pasientlarga mushaklar kuchsizligi, og'riq yoki sezuvchanlik simptomlari bo'lsa, darhol tibbiy yordamga murojaat qilish tavsiya qilinishi kerak.

Statin terapiyasi fuzid kislotasining oxirgi dozasidan etti kundan keyin tiklanishi mumkin.

Istisno hollarda, fuzid kislotasini uzoq muddatli tizimli qo'llash zarur bo'lganda, masalan, og'ir infektsiyalarni davolash uchun, Mertenil® va fuzid kislotasini bir vaqtning o'zida qo'llash zarurati faqat har bir holatda va sinchkov tibbiy nazorat ostida ko'rib chiqilishi kerak. Mertenil® ni o'tkir miopatiyani taxmin qilishga imkon beruvchi o'tkir, og'ir kasalliklari bo'lgan yoki rabdomioliz fonida ikkilamchi buyrak etishmovchiligi rivojlanishi (masalan: sepsis, arterial gipertenziya, jarrohlik aralashuvi, jarohat, og'ir metabolik sindrom, tirishishlar, endokrin buzilishlari, elektrolit buzilishlari) mumkin bo'lgan pasientlarga buyurish mumkin emas.

Jigarga ta'siri

GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlari kabi, Mertenil® ni ham alkogolni haddan tashqari ko'p iste'mol qiluvchi yoki anamnezida jigar kasalliklari bo'lgan pasientlarga maxsus ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Jigar funktsiyasining ko'rsatkichlarini aniqlashni davolash boshlanishidan oldin va undan keyin 3 oy o'tgach o'tkazish tavsiya qilinadi. Agarda qon zardobida "jigar" transaminazalarining faolligi normaning yuqori chegarasidan 3 marta yuqori bo'lsa, Mertenil® ni qabul qilishni to'xtatish yoki qabul qilinayotgan dozani kamaytirish kerak ("qo'llash usuli va dozalari" bo'limiga qarang). Ro'yxatdan o'tgandan keyingi davrda jigar funktsiyasining yaqqol buzilishlarini xaqidagi xabarlar soni (asosan "jigar" transaminazalarining faolligini oshishi bilan bog'liq), 40 mg preparat qabul qilinganida yuqoriroq bo'lgan.

Ikkilamchi giperxolesterinemiyasi bo'lgan pasientlarda gipotireoz, nefrotik sindrom tufayli asosiy kasallikni davolash, Mertenil® bilan davolashni boshlashdan oldin o'tkazilishi kerak.

Irqiy mansublik

Farmakokinetik tekshirishlar vaqtida evropoid irqi vakillari – pasientlari orasida olingan ma'lumotlarga nisbatan, osiyolik pasientlar ichida rozuvastatinning tizimli kontsentrasiyasini oshishi aniqlangan ("qo'llash usuli va dozalari", "qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar" va "farmakokinetikasi" bo'limlariga qarang).

OIV proteaz ingibitorlari

Rozuvastatinni va turli xil OIV proteaz ingibitorlarini ritonavir bilan bir vaqtda qo'llash jarayonida rozuvastatinning tizimli ta'sirining oshishi kuzatiladi. Rozuvastatinni qabul qilishda qondagi lipidlar kontsentrasiyasini pasaytirishning afzalliklarini sinchkovlik bilan baholash kerak, shuningdek, davolanishning boshida va OIV proteaz ingibitorlarini qabul qiluvchi OIV bilan kasallangan pasientlarda preparatning dozasini oshirish davrida qon plazmasidagi rozuvastatin kontsentrasiyasining mumkin bo'lgan oshishini hisobga olish kerak. Rozuvastatinning dozasini to'g'irlamasdan, ba'zi proteaz ingibitorlari bilan bir vaqtda qo'llash tavsiya etilmaydi ("qo'llash usuli va dozalari", "dorilarning o'zaro ta'siri" bo'limlariga qarang).

Laktozani o'zlashtiraolmaslik

Preparat laktoza saqlaydi, shuning uchun uni galaktozani o'zlashtiraolmaslik, lappa laktoza etishmovchiligi kabi kam uchraydigan nasliy kasalliklari bo'lgan yoki glyukoza-galaktozani kam so'rilish sindromi bo'lgan pasientlar qabul qilmasliklari kerak.

Interstisial o'pka kasalligi

Ba'zi statinlar, ayniqsa uzoq vaqt davomida qo'llash bilan, interstisial o'pka kasalliklarining alohida holatlari haqida xabar berilgan ("nojo'ya ta'sirlari" bo'limiga qarang). Alomatlar orasida nafas qisilishi, samarasiz yo'tal va umumiy holatning yomonlashishi (holsizlik, vazn yoqotish va isitma). Agar intestisial o'pka kasalligiga shubha bo'lsa, statin terapiyasini to'xtatish kerak.

Qandli diabet 2-turi

Statinlar sinf sifatida qondagi glyukoza kontsentrasiyasining oshishiga olib kelishi va kelajakda diabet kasalligi rivojlanish xavfi yuqori bo'lgan ba'zi pasientlarda ular giperglikemiya darajasini qo'zg'atishi mumkinligi haqida dalillar mavjud, bunda qandli diabetni standart davolash ko'rsatilgan. Biroq, bu xavf statinlar tomonidan ta'minlangan qon tomir asoratlari xavfining kamayishi bilan ustun turadi, shuning uchun statin terapiyasini to'xtatish uchun terapiyasini to'xtatish uchun hech qanday sabab yo'q. Xavf ostida bo'lgan pasientlarda klinik va biokimeviy monitoring (och qorindagi glyukoza kontsentrasiyasi 5,6 dan 6,9 mmol/l gacha, VMI >kg/m2, trigliseridlar kontsentrasiyasining oshishi, arterial gipertenziya) milliy ko'rsatmalarga muvofiq amalga oshirilishi kerak.

JUPITER tadqiqotida qandli diabetning umumiy chastotasi rozuvastatin guruhida 2,8% va plasebo guruhida 2,3% ni tashkil etdi, pasientlarda asosan ochlikdagi glyukoza kontsentrasiyasi 5,6 dan 6,9 mmol/l gacha bo'lgan.

6 yoshdan 17 yoshgacha bo'lgan bolalar va o'smirlar


Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 5 mg: 

Oq yoki deyarli oq rangli, dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq, plyonka qobiq bilan qoplangan, taxminan 5,5 mm diametrli tabletkalar. Tabletkaning bir tomonida "C33" gravirovkasi bor.

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 10 mg: 

Oq yoki deyarli oq rangli, dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq, plyonka qobiq bilan qoplangan, taxminan 7,0 mm diametrli tabletkalar. Tabletkaning bir tomonida "C34" gravirovkasi bor.

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 20 mg: 

Oq yoki deyarli oq rangli, dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq, plyonka qobiq bilan qoplangan, taxminan 9,0 mm diametrli tabletkalar. Tabletkaning bir tomonida "C35" gravirovkasi bor.

Davolashni boshlashdan oldin pasient xolesterinning past miqdori bo'lgan mahsulotlarni qo'llash bilan bog'liq standart parhezga amal qilishi va u butun davolash davri davomida davom ettirilishi kerak. 

Dozalash tartibi

Preparatning dozasi, o'tkazilayotgan davolashning maqsadiga va o'tkazilayotgan davolashga pasientning terapevtik javobiga muvofiq va lipidlarning maqsadli darajalari bo'yicha zamonaviy umumiy qabul qilingan tavsiyalarni hisobga olib, shaxsiy tanlanadi. 

Giperxolesterinemiyani davolash

Preparatning tavsiya qilinadigan boshlang'ich dozasi ilgari statinlarni qabul qilmagan pasientlar uchun ham, GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlari bilan davolashdan keyin ushbu preparatni qabul qilishga o'tkazilgan pasientlar uchun ham sutkada bir marta 5 mg yoki 10 mg ni tashkil qiladi. 

Preparatning boshlang'ich dozasini tanlashda, har bir konkret pasientda xolesterin darajasini, shuningdek yurak-tomir asoratlarining rivojlanishi xavfini va nojo'ya ta'sirlarni paydo bo'lishining potentsial xavfini hisobga olish kerak. Zarurati bo'lganida 4 haftadan keyin dozani o'zgartirishni o'tkazish mumkin ("farmakodinamikasi" bo'limiga qarang). 

Pastroq dozalarga nisbatan, 40 mg doza qabul qilinganida nojo'ya ta'sirlarini rivojlanishi tufayli ("nojo'ya ta'siri" bo'limiga qarang), 30 mg yoki maksimal 40 mg li dozagacha yakuniy titrlashni, 20 mg ni qabul qilganda xolesterinning maqsadli darajasiga erishilmagan va shifokorning kuzatuvi ostida bo'lgan, giperxolesteremiyaning og'ir shakllari bo'lgan va yurak-tomir asoratlarini paydo bo'lishini yuqori xavfi bo'lgan pasientlarda (ayniqsa nasliy giperxolesterinemiyasi bo'lgan pasientlarda) o'tkazish kerak. 30 mg yoki 40 mg doza buyurilganida shifokorning sinchkov kuzatuvi tavsiya qilinadi.  

Yurak-qon tomir asoratlarining oldini olish

Yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytirish uchun o'tkazilgan tadqiqotda rozuvastatin kuniga 20 mg dozada qo'llanilgan ("farmakodinamikasi" bo'limiga qarang).

Bolalar va o'smirlar

Rozuvastatinni bolalarga buyurish faqat mutaxassis tomonidan amalga oshirilishi kerak.

6 yoshdan 17 yoshgacha bo'lgan bolalar va o'smirlar (Tenner bosqichi

Oilaviy geterozigot giperxolesterinemiya

Oilaviy geterozigot giperxolesterinemiyasi bo'lgan bolalar va o'smirlar uchun odatiy boshlang'ich doza kuniga 5 mg ni tashkil qiladi. 

• Oilaviy geterozigotali giperxolesterinemiya bilan og'rigan 6 yoshdan 9 yoshgacha bo'lgan bolalarda tavsiya etilgan doza kuniga bir marta 5-10 mg ni tashkil qiladi. Pasientlarning ushbu guruhida 10 mg dan yuqori dozalarining xavfsizligi va samaradorligi o'rganilmagan.

• Oilaviy geterozigotali giperxolesterinemiya bilan og'rigan 10 yoshdan 17 yoshgacha bo'lgan bolalarda tavsiya etilgan doza kuniga bir marta 5-20 mg ni tashkil qiladi. Pasientlarning ushbu guruhida 20 mg dan yuqori dozalarining xavfsizligi va samaradorligi o'rganilmagan.

Dozani titrlash pasientning terapiyaga terapevtik javobiga muvofiq tolerantlikni hisobga olgan holda individual ravishda amalga oshirilishi kerak ("maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang). Davolanishni boshlashdan avval pasientda past xolesterinli standart parhezga rioya qilish kerak, bu butun davolanish davrida davom etishi kerak.

Oilaviy gomozigot giperxolesterinemiya

Oilaviy gomozigot giperxolesterinemiyasi bo'lgan 6 yoshdan 17 yoshgacha bo'lgan bolalarda tavsiya etilgan maksimal doza kuniga bir marta 20 mg ni tashkil qiladi.

Tavsiya etilgan boshlang'ich doza yoshi, vazni va oldingi statinlardan foydalanishga qarab kuniga bir marta og'iz orqali 5-10 mg ni tashkil qiladi. Kuniga bir marta maksimal 20 mg dozada titrlash pasientning davolanishga individual javobiga va bolalarda foydalanish bo'yicha tavsiyalarga muvofiq va o'zlashtiriaolishiga qarab amalga oshirilishi kerak ("maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang). Rozuvastatin bilan davolanishni boshlashdan avval, bolalar va o'smirlar past xolesterinli mahsulotlardan foydalangan holda standart parhezga rioya qilishlari kerak, bu davolanishning butun davri davomida davom ettilishi kerak.

Pasientlarning ushbu guruhida 20 mg dan boshqa dozalarni qo'llash tajribasi cheklangan.

Rozuvastatinning dozalari: 30 mg va 40 mg 18 yoshgacha bo'lgan bolalarda foydalanish uchun mo'ljallanmagan.

6 yoshgacha bo'lgan bolalar

6 yoshgacha bo'lgan bolalarda rozuvastatinning xavfsizligi va samaradorligi o'rganilmagan. Shuning uchun Mertenil® ni 6 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash tavsiya etilmaydi.

Keksa pasientlar

70 yoshdan oshgan pasientlar uchun preparatning tavsiya qilinadigan boshlang'ich dozasi 5 mg ni tashkil qiladi ("maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang). 

Yoshga qarab dozani to'g'rilash talab qilinmaydi.

Buyrak funktsiyasini buzilishi bo'lgan pasientlar 

Engil va o'rtacha darajadagi buyrak etishmovchiligi bo'lgan bemorlar uchun dozani to'g'rilash talab qilinmaydi. O'rtacha darajali buyrak etishmovchiligi (kk <60 ml/min) bo'lgan pasientlar uchun tavsiya qilinadigan boshlang'ich doza 5 mg ni tashkil qiladi. Mertenil® ning har qanday dozalarini og'ir darajali buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarga buyurish mumkin emas ("qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar" va "farmakokinetikasi" bo'limiga qarang). O'rtacha darajali buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlar uchun preparatni 30 mg va 40 mg dozada buyurish mumkin emas.

Jigar etishmovchiligi bo'lgan pasientlar

Chayld-Pyu shkalasi bo'yicha 7 va undan past ballik pasientlarda rozuvastatinning tizimli kontsentrasiyasini oshishi aniqlanmagan. Biroq preparatning tizimli kontsentrasiyasini oshishi Chayld-Pyu shkalasi bo'yicha 8 va 9 ballik pasientlarda kuzatilgan ("farmakokinetikasi" bo'limiga qarang). Bunday pasientlarda davolash fonida jigar faoliyatini nazorat qilish kerak ("maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang). Preparatni Chayld-Pyu shkalasi bo'yicha 9 dan yuqori ballik pasientlar tomonidan qabul qilinishi to'g'risida ma'lumotlar yo'q. Faol fazadagi jigar kasalliklari bo'lgan pasientlarda Mertenil® ni qo'llash mumkin emas ("qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar" bo'limiga qarang).

Etnik guruhlar

Osiyo irqiga mansub pasientlarda rozuvastatinning tizimli kontsentrasiyasi oshishi mumkin ("qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar", "maxsus ko'rsatmalar" va "farmakokinetikasi" bo'limiga qarang). 10 va 20 mg dozalar buyurilganida osiyolik pasientlar uchun preparatning tavsiya qilingan boshlang'ich dozasi 5 mg ni tashkil qiladi. Bunday pasientlarga preparatni 30 mg va 40 mg dozada qo'llash mumkin emas 

Genetik polimorfizm

Ma'lumki, irsiy polimorfizimning ayrim turlari rozuvastatin ta'sirini kuchayishiga olib kelishi mumkin ("farmakokinetikasi" bo'limiga qarang). Ushbu turdagi polimorfizmga ega bo'lgan pasientlarda rozuvastatinning sutkalik dozasini kamaytirish tavsiya etiladi.

Miopatiyaga moyil bo'lgan omillar mavjudligida dozalar

Miopatiyaga moyil pasientlar uchun preparatning tavsiya qilingan boshlang'ich dozasi 5 mg ni tashkil qiladi ("maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang). 

Ushbu guruhdagi ba'zi pasientlarga preparatni 30 va 40 mg dozada qo'llash mumkin emas ("qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar" bo'limiga qarang).

Birgalikda terapiya

Rozuvastatin turli transport oqsillari (masalan, OATP1B1 va BCRP) uchun substratdir. Mertenil® preparati transport oqsillari bilan o'zaro ta'siri tufayli qon plazmasidagi rozuvastatin kontsentrasiyasini oshiradigan dorilar bilan (masalan, Tsiklosporin, ba'zi OIV proteaz ingibitorlari, shu jumladan ritonavirning atazanavir, lopinavir va/yoki tipranavir bilan kombinasiyasi) qo'llanilganda, miopatiya xavfi oshishi mumkin (shu jumladan rabdomioliz) ("maxsus ko'rsatmalar" va "dori vositalarining o'zaro ta'siri" bo'limlariga qarang). Mertenil® bilan birgalikda foydalanish imkoniyatini ko'rib chiqishda tegishli dori vositalari haqidagi ma'lumotlarni o'rganish tavsiya etiladi. Bunday hollarda siz alternativ terapiyani buyurish yoki Mertenil® preparatini vaqtincha to'xtatish imkoniyatini baholashingiz kerak. Agar yuqorida ko'rsatilgan dorilar va rozuvastatinni qo'llash zarur bo'lsa, birgalikda davolashning foyda/xavf nisbatini baholash va Mertenil® dozasini kamaytirish imkoniyatini ko'rib chiqish kerak ("dori vositalarining o'zaro ta'siri" bo'limiga qarang).

Qo'llash usuli

Ichga, kunning istalgan vaqtida, oziq-ovqat iste'mol qilishdan qat'iy nazar, chaynamasdan va maydalamasdan, suv bilan butunlay yutib yuboring.

Doza oshirib yuborilganida maxsus davolash yo'q. 

Doza oshirib yuborilganida simptomatik davolash va tutib turuvchi tadbirlarni o'tkazish tavsiya qilinadi. Jigar funktsiyasini va KFK darajasini nazorat qilish kerak. Bunday holda gemodializ, ehtimol, kam samarali.

 

MERTENIL tabletkalari 20mg N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

ILOVA-VARAQA

Mertenil 5 mg, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Mertenil 10 mg, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Mertenil 20 mg, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

XPN: Rozuvastatin (Rosuvastatin)

Preparatni qabul qilishdan avval ushbu ilova-varaqani diqqat bilan o‘qib chiqing, chunki u Siz uchun muhim ma‘lumot saqlaydi.

–           Bu ilova-varaqani saqlab qo‘ying. Ehtimol uni yana bir bor o‘qishingizga to‘g‘ri kelishi mumkin.

–        Agar Sizda qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

–        Bu preparat faqat Siz uchun mo‘ljallangan. Uni boshqa odamlarga bermang. Ularning kasallik simptomlari Siznikiga o‘xshasa ham, u ularga ziyon yetkazishi mumkin.

–        Har qanday nojo‘ya samaralar yuzaga kelganida shifokor yoki farmasevtga murojaat qiling. Bu ushbu ilova-varaqada sanab o‘tilmagan har qanday nojo‘ya samaralarga tegishli.  4-bo‘limga qarang.

Ilova-varaqaning mazmuni

  1. Mertenil preparati o‘zi nima va u nima uchun qo‘llaniladi
  2. Mertenil preparatini qo‘llashdan oldin nimalarni bilish kerak
  3. Mertenil preparati qanday qo‘llaniladi
  4. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralar
  5. Mertenil preparatini saqlash sharoiti va yaroqlilik muddati
  6. Chiqarilish shakli va boshqa ma‘lumotlar

  1. Mertenil preparati o‘zi nima va u nima uchun qo‘llaniladi

 

Rozuvastatin xolesterin biosintezini susaytiradi; u statin deb nomlanuvchi dori preparatlari guruhiga kiradi. Preparat qabul qilinganda qonda past zichlikdagi lipoproteinlar xolesterini deb nomlanuvchi yoki  XS-PZLP darajasi pasayadi, bu esa qon tomir devorini shikastlanishi mumkin, va qonda yuqori zichlikdagi lipoproteinlar xolesterini deb nomlanuvchi yoki  XS-YUZLP darajasi oshadi, bu qon tomir devorini himoya qiladi.  Bundan tashqari, Mertenil preparati shuningdek yuqori konsentrasiyada qon tomir devorlarini shikastlanishi mumkin bo‘lgan qondagi trigliseridlar darajasini kamaytiradi.

Sizga Mertenil preparati buyurilgan bo‘lsa, demak Sizda xolesterin darajasi oshgan. Bu degani, Sizda miokard infarkti yoki insult rivojlanishi xavfi mavjud.

Sizga statin qabul qilish tavsiya etilgan, chunki xolesterin darajasini yaxshilash uchun parhezni o‘zgartirish yoki jismoniy harakatlarni kuchaytirish yetarli bo‘lmagan.  Mertenil preparatini qabul qilish vaqtida Siz gipoxolesterinli parhez va jismoniy mashqlar tartibini davom ettirishga amal qilishingiz kerak.

Yoki Sizga statin qabul qilish tavsiya etilgan, chunki Sizda miokard infarkti, insult rivojlanishi xavfini oshiruvchi va  sog‘lig‘ingiz bilan bog‘liq muammolarni ifodalovchi boshqa omillar mavjud.

Avval Siz xolesterinning yuqori darajasini davolash uchun boshqa dori vositalarini qabul qilgan bo‘lsangiz ham, ushbu ilova-varaqani diqqat bilan o‘qib chiqing.

  1. Mertenil preparatini qo‘llashdan oldin nimalarni bilish kerak

Mertenil preparatini qabul qilmang

–        agar Sizda rozuvastatin yoki ushbu dori preparatining boshqa har qanday ingredientiga allergiya bo‘lsa (6-bo‘limga qarang);

–        homiladorlik yoki emizish vaqtida. Agar Siz Mertenil preparatini qabul qilish vaqtida homilador bo‘lib qolsangiz, preparat qabul qilishni darhol to‘xtating va shifokor bilan bog‘laning. Ayollar Mertenil preparatini qabul qilayotgan vaqtlarida homiladorlikning oldini oluvchi o‘zlariga mos kontrasepsiya usullaridan foydalanishlari kerak;

–           jigar kasalliklarida;

–           buyrakning og‘ir kasalliklarida;

–        agar Sizni hozirgi vaqtda takrorlanuvchi yoki tushunarsiz zirqirab turadigan yoki o‘tkir mushak og‘rig‘i bezovta qilayotgan bo‘lsa;

–        agar Siz tarkibida siklosporin moddasi (masalan, a‘zolar transplantasiyasidan keyin qo‘llaniladigan) mavjud bo‘lgan dori preparatini qabul qilayotgan bo‘lsangiz.

Agar yuqorida ko‘rsatilganlaridan birontasi Sizga tegishli bo‘lsa, preparat qabul  qilishdan voz keching va shifokorga murojaat qiling.

Mertenil preparatining 40 mg li dozasini (maksimal doza) quyidagi holatlarda qabul qilmang:

–        agar Sizda buyrakning o‘rtacha ifodalangan kasalligi (shubha tug‘ilganda shifokorga murojaat qiling);

–           qalqonsimon bez funksiyasi buzilishi mavjud bo‘lganida;

–        agar Sizni takrorlanuvchi yoki tushunarsiz zirqirab turadigan yoki o‘tkir mushak og‘rig‘i bezovta qilayotgan bo‘lsa, shaxsiy va oilaviy anamnezda mushak buzilishlarini kuzatilishi, yoki xolesterin darajasini kamaytiruvchi boshqa preparatlarni qabul qilganda o‘tmishda mushak kasalliklarining mavjudligi;

–           agar Siz muntazam alkogolni ko‘p miqdorda iste‘mol qilsangiz;

–        agar Siz osiyolik (yapon, xitoy, filippinlik, vetnam, koreys yoki hindu) bo‘lsangiz;

–           agar Siz xolesterin darajasini pasaytirish uchun fibrat deb nomlanuvchi boshqa dori preparatlarini qabul qilayotgan bo‘lsangiz.

Agar yuqorida ko‘rsatilganlaridan birontasi Sizga tegishli bo‘lsa, preparat qabul  qilishdan voz keching va shifokorga murojaat qiling.

Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari

Mertenil preparatini qabul qilishdan oldin shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Mertenil preparatini ehtiyotkorlik bilan qo‘llang

–           buyrak kasalliklarida;

–           agar Sizda avval jigar kasalligi aniqlangan bo‘lsa;

–        agar Sizda takrorlanuvchi yoki tushunarsiz zirqirab turadigan yoki o‘tkir mushak og‘rig‘i bo‘lsa, shaxsiy va oilaviy anamnezda mushak buzilishlarini kuzatilishi, yoki xolesterin darajasini pasaytiruvchi boshqa preparatlarni qabul qilishda o‘tmishda mushak kasalligi mavjud bo‘lsa. Agar Sizda takrorlanuvchi yoki tushunarsiz zirqirab turadigan yoki o‘tkir mushak og‘rig‘i bo‘lsa, ayniqsa Siz lohaslikni sezsangiz yoki tana harorati oshsa, darhol bu haqida shifokorga xabar bering. Shuningdek, preparatni qabul qilish fonida Sizda mushaklar holsizligi saqlanib qolsa, shifokor yoki farmasevtga xabar bering;

–           ko‘p miqdordagi alkogolni muntazam iste‘mol qilganda;

–           qalqonsimon bez funksiyasini buzilishi mavjud bo‘lganda;

–        agar Siz xolesterin darajasini pasaytirish uchun fibrat deb nomlanuvchi boshqa dori preparatlarini qabul qilayotgan bo‘lsangiz;

–        OITV-infeksiyasini davolash uchun dori preparatlari, masalan, lopinavir/ritonavir qabul qilganda: «Mertenil preparati va boshqa dori preparatlari» ga qarang;

–        agar bemor 10 yoshdan kichik bo‘lsa: Mertenil preparatini 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas;

–        agar bemor 18 yoshdan kichik bo‘lsa: Mertenil preparatining 40 mg li tabletkalarini 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda qo‘llanilishi to‘g‘ri kelmaydi;

–        agar Siz 70 yoshdan oshgan bo‘lsangiz  (shifokor Mertenil preparatining Sizga mos keladigan boshlang‘ich dozasini to‘g‘ri tanlashi kerak);

–        agar Siz osiyolik (yapon, xitoy, filippinlik, vetnam, koreys yoki hindu) bo‘lsangiz. Shifokoringiz Mertenil preparatining Sizga mos keladigan  boshlang‘ich dozasini to‘g‘ri tanlashi kerak.

Agar yuqorida ko‘rsatilganlaridan birontasi Sizga tegishli bo‘lsa (yoki Siz bunga ishonmasangiz), preparat qabul qilishdan voz keching va shifokorga murojaat qiling.

Mertenil preparatini qabul qilishdan oldin shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing

–           agar Sizda yaqqol nafas yetishmovchiligi bo‘lsa.

Statinlar kam miqdordagi odamlarda jigar shikastlanishiga olib kelishi mumkin. U qondagi «jigar» fermentlari faolligining oshishini aniqlash oddiy tahlil yordamida aniqlanadi. Shuning uchun ham shifokoringiz odatda bu qon tahlilini (jigar funksional sinamasini) Mertenil preparati qabul qilguncha va preparat bilan davolanayotgan vaqtda o‘tkazadi.

Agar Sizda qandli diabet yoki uning rivojlanish xavfi mavjud bo‘lsa, Siz ushbu preparat bilan davolanayotganingizda, shifokor Sizning ahvolingizni sinchkovlik bilan kuzatadi. Agar Sizda qondagi glyukoza va lipidlar konsentrasiyasi yuqori bo‘lsa, ortiqcha tana vazni va arterial bosimni oshishi kuzatilsa, ehtimol Siz qandli diabet rivojlanishi xavfiga duchor bo‘lishingiz mumkin.

Bolalar va o‘smirlar

Bolalarni davolash faqat mutaxassislar tomonidan olib boriladi.

Mertenil 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llanilishi tavsiya etilmaydi.

Mertenil preparati va boshqa dori vositalari

Agar Siz boshqa har qanday dori preparatlarini yaqinda qabul qilgan, qabul qilayotgan yoki endi qabul qilmoqchi bo‘lsangiz bu haqida shifokoringiz yoki farmasevtga xabar bering.

Shifokoringizga Siz quyidagi dori preparatlaridan birontasini qabul qilayotganingiz haqida xabar bering, chunki Mertenil preparati quyidagi dori preparatlaridan birining ta‘sirini o‘zgartirishi yoki dori preparatlaridan biri Mertenil preparatining ta‘sirini o‘zgartirishi mumkin.

–        Siklosporin (masalan, a‘zolar transplantasiyasidan keyin qo‘llaniladigan; qonda rozuvastatin konsentrasiyasini oshiradi).

–        Varfarin (yoki qonni suyultirish uchun qo‘llaniladigan boshqa har qanday preparat; rozuvastatin bilan bir vaqtda qo‘llanilganda ushbu samara yanada kuchayishi mumkin).

–        Gemfibrozil, fenofibrat kabi fibratlar (qondagi xolesterin darajasini pasaytirish uchun qo‘llaniladigan; qonda rozuvastatin konsentrasiyasini oshiradi), yoki xolesterin darajasini kamaytirish uchun qo‘llanadigan boshqa dori preparati (ezetimib kabi).

–        Ovqat hazm qilishga ta‘sir ko‘rsatuvchi dori preparatlari (masalan, me‘dada kislotani neytrallash uchun qo‘llaniladigan preparatlar; qonda rozuvastatin konsentrasiyasini kamaytiradi).

–           Eritromisin (antibiotik; qonda rozuvastatin konsentrasiyasini kamaytiradi).

–        Peroral kontraseptiv (kontraseptivdan ajralib chiquvchi qondagi gormonlar miqdorini oshiruvchi tabletkalar).

–           O‘rinbosar gormonal davolash (qonda gormonlar darajasi oshadi).

–        Ritonavir lopinavir bilan, atazanavir va/yoki tipranavir (OITV-infeksiyasini davolash uchun qo‘llaniladigan dori preparatlari; qonda rozuvastatin konsentrasiyasini oshiradi).

Mertenil preparati ovqat, suyuqlik va alkogol bilan birga qo‘llanilganda

Siz Mertenil preparatini ovqatlanishdan qat‘iy nazar  qabul qilishingiz mumkin.

Mertenil preparatini qabul qilish davomida haddan tashqari ko‘p miqdorda muntazam alkogol iste‘mol qilishdan saqlaning.

Homiladorlik va emizish davri

Agar Siz homilador bo‘lsangiz, yoki bola emizsangiz, yoki homiladorman deb taxmin qilayotgan bo‘lsangiz, yoki homiladorlikni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, ushbu preparatni qo‘llashdan avval shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Agar Siz homilador bo‘lsangiz yoki bola emizsangiz, Mertenil preparatini qabul qilmang. Agar Siz Mertenil preparatini qabul qilish vaqtida homilador bo‘lib qolsangiz, Siz preparat qabul qilishni darhol to‘xtating va shifokor bilan bog‘laning. Ayollar Mertenil preparatini qabul qilish vaqtida homiladorlikning oldini olish maqsadida o‘zlariga mos kontrasepsiya usullaridan foydalanishlari lozim.

Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish

Mertenil preparatini transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarishga hech qanday ta‘sir ko‘rsatmaydi. Biroq ayrim odamlarda Mertenil preparati bilan davolanish vaqtida bosh aylanishi ro‘y berishi mumkin. Agar Siz bosh aylanishini sezsangiz transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

Mertenil preparati laktoza saqlaydi

Agar Sizga shifokor Sizda qandning ayrim turlarini (laktoza yoki sut qandi) o‘zlashtiraolmaslik mavjudligi to‘g‘risida xabar bersa, ushbu dori preparatini qabul qilishdan oldin shifokor bilan bog‘laning.

 

  1. Mertenil preparati qanday qabul qilinadi

Hamisha preparatni shifokor tavsiyasiga qat‘iy amal qilgan holda qo‘llang.  Shubha tug‘ilgan holatlarda shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Katta yoshdagi bemorlar uchun tavsiya etilgan dozalar

Agar Siz Mertenil preparatini xolesterinning yuqori darajasi tufayli qabul qilayotgan bo‘lsangiz

Boshlang‘ich doza

Agar Siz xolesterin darajasini kamaytiruvchi eng yuqori dozadagi boshqa preparatni (statin) qabul qilgan bo‘lsangiz ham, Sizning Mertenil preparati bilan davolanishingiz kuniga 5 mg yoki 10 mg li dozadan boshlanishi kerak.  Sizning boshlang‘ich dozangizni tanlash quyidagilarga bog‘liq bo‘ladi:

–           Sizning xolesterin darajangiz.

–           Sizda miokard infarkti yoki insult rivojlanishi xavfi mavjudligi.

–        Sizda turli nojo‘ya samaralarga sezgirligingizni oshiruvchi omillarning mavjudligi.

Shifokor Sizga eng minimal doza (5 mg) ni buyurishga qaror qabul qilishi mumkin, agar:

–        Siz osiyolik  (yapon, xitoy, filippinlik, vetnam, koreys yoki hindu) bo‘lsangiz.

–           Sizning yoshingiz 70 dan yuqori bo‘lsa.

–           Sizda buyrak funksiyasini o‘rtacha buzilishi bo‘lsa.

–           Sizda zirqirab turadigan yoki kuchli mushak og‘riqlari paydo bo‘lish (miopatiya) xavfi bo‘lsa.

Dozaning oshirish va maksimal sutkalik doza

Shifokor Sizga buyurilgan preparat dozasini oshirish haqida qaror qabul qilishi mumkin. Bu Mertenil preparatining Sizga mos keladigan dozasini qabul qilishingiz uchun qilinadi.

Har bir dozaga tuzatish kiritish oralig‘idagi interval davomiyligi to‘rt haftani tashkil qiladi.

Agar Siz davolanishni 5 mg sutkalik dozadan boshlagan bo‘lsangiz, shifokor uni ikki marta 10 mg gacha, keyin 20 mg gacha va keyin zarurat tug‘ilganda 40 mg sutkalik dozagacha oshirish haqida qaror qabul qiladi. Agar Siz davolanishni 10 mg dozadan boshlagan bo‘lsangiz, shifokor uni ikki marta 20 mg gacha va keyin zarurat tug‘ilganda  40 mg gacha oshirish haqida qaror qabul qiladi.

Mertenil preparatining maksimal sutkalik dozasi 40 mg ni tashkil qiladi. U faqat xolesterin darajasi yuqori bo‘lgan, miokard infarkti yoki insult rivojlanishi xavfi yuqori bo‘lgan, xolesterin darajasi 20 mg li dozada yetarli darajada kamaymagan bemorlarda qo‘llaniladi.

Agar Siz Mertenil preparatini miokard infarkti yoki insult rivojlanishi xavfini kamaytirish maqsadida yoki sog‘lig‘ingiz bilan bog‘liq muammolar tug‘ilganda qabul qilayotgan bo‘lsangiz:

Tavsiya qilinayotgan sutkalik doza 20 mg ni tashkil qiladi. Biroq shifokor yuqorida ko‘rsatilgan omillar mavjud bo‘lsa, juda oz miqdordagi dozada qabul qilish to‘g‘risida qaror qilishi mumkin.

 

Bolalar va o‘smirlar

10-17 yoshdagi bolalar uchun tavsiya etiladigan dozalar

Odatdagi boshlang‘ich doza 5 mg ni tashkil etadi. Shifokor Siz uchun mos dozani tanlash uchun dozani oshirishi mumkin.

Mertenil preparatining maksimal sutkalik dozasi 20 mg ni tashkil qiladi.

Dozani kuniga bir marta qabul qiling.

Mertenil preparatining  40 mg li tabletkalari bolalarda qo‘llanilmaydi.

Tabletkalarni qabul qilayotgan vaqtda

Tabletkalarni butunligicha suv bilan birga yuting.

Mertenil preparatini kuniga bir marta qabul qiling. Tabletkalarni kunning istalgan vaqtida qabul qilish mumkin.

Tabletkalarni har kuni bir vaqtda qabul qilishga harakat qiling, bu Sizga preparatni qabul qilish zarurligini eslatib turishda yordam beradi.

Xolesterin darajasini muntazam nazorat qilish

Sizda xolesterin mavjudligi va uning darajasi normada ekanligiga ishonch hosil qilish, xolesterinning darajasini nazorat qilish maqsadida Siz shifokorga murojaat qilishingiz muhim.

Shifokor  Mertenil preparatining Sizga to‘g‘ri keladigan dozasini qabul qilishingiz uchun dozani  oshirish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.

Mertenil preparatini qabul qilish nima uchun muhim?

Hattoki xolesterin darajasi normal ko‘rsatkichgacha pasaygan bo‘lsa ham, Siz uchun Mertenil preparatini qabul qilishni davom ettirish muhim, chunki preparat xolesterin darajasini takroran oshishiga to‘sqinlik qiladi.

Agar Siz Mertenil preparatining buyurilgan dozasidan ko‘prog‘ini qabul qilgan bo‘lsangiz

Maslahat uchun shifokorga yoki yaqindagi kasalxonaga murojaat qiling.

Agar Sizni stasionarga gospitalizasiya qilishsa yoki Siz boshqa kasallik sababli davolanayotgan bo‘lsangiz, Siz tibbiyot xodimiga Mertenil preparatini qabul qilayotganligingiz haqida xabar bering.

Siz Mertenil preparatini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz  

Xavotirlanmang, faqat rejalashtirilgan keyingi dozani belgilangan vaqtda qabul qiling. Faqat unutib qoldirilgan dozaning o‘rnini to‘ldirish uchun dozani ikki marta oshirib qabul qilmang.

Agar Siz Mertenil preparatini qabul qilishni to‘xtatgan bo‘lsangiz

Agar Siz Mertenil preparatini qabul qilishni to‘xtatmoqchi bo‘lsangiz, bu haqida shifokorni xabardor qiling. Agar Siz Mertenil preparatini qabul qilishni to‘xtatsangiz,  Sizda yana xolesterin darajasi oshishi mumkin.

Agar Sizda preparatni qabul qilish bo‘yicha qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, shifokorga yoki farmasevtga murojaat qiling.

  1. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralar

Boshqa dori preparatlari kabi, bu preparat ham nojo‘ya samaralar chaqirishi mumkin, biroq bu barcha pasientlarda kuzatilmaydi.

Siz bu nojo‘ya samaralar haqida xabardor bo‘lishi muhim. Odatda ular ahamiyatsiz va ma‘lum vaqtdan so‘ng o‘tib ketadi.

Agar Sizda quyidagi allergik reaksiyalardan biri sodir bo‘lsa, Mertenil preparatini qabul qilishni to‘xtating va darhol tibbiy yordamga murojaat qiling:

–           Yuz, lab, til va/yoki tomoq shishiga bog‘liq bo‘lmagan nafas olishni qiyinlashishi

–        Yutinishni qiyinlashishini chiqarishi mumkin bo‘lgan yuz, lab, til va/yoki tomoq shishi

–           Kuchli teri qichishishi (pufaklarni paydo bo‘lishi)

Bundan tashqari quyidagi holatlar yuzaga kelganda Mertenil preparatini qabul qilish to‘xtating va darhol shifokorni xabardor qiling, agar Sizda mushaklarda g‘ayriodatiy zirqirab turadigan va o‘tkir og‘riqlar paydo bo‘lsa va ular Siz kutgandan ham uzoq davom etsa. Mushak simptomlari kattalarga qaraganda, bolalar va o‘smirlarda ko‘proq uchraydi. Shuningdek, xolesterin darajasini pasaytiruvchi boshqa dori preparatlarini (statin) qo‘llaganda juda ko‘p bo‘lmagan odamlarda noxush mushak samaralari aniqlangan, bu esa kam hollarda rabdomioliz  nomi bilan tanilgan, ba‘zi hollarda hayot uchun xavfli bo‘lgan mushaklar shikastlanishiga olib keladi.

Tez-tez uchraydigan nojo‘ya samaralar (taxminan 10 pasientdan birida uchraydi): Bosh og‘rig‘i.

Qorinda og‘riq.

Qabziyat.

Ko‘ngil aynishini his etish.

Mushaklarda og‘riq.

Holsizlik hissi.

Bosh aylanishi.

Siydikda oqsil darajasini oshishi, bu odatda Mertenil preparatini qabul qilishni to‘xtatmasa ham mustaqil ravishda normaga qaytadi (faqat Mertenilning       40 mg li tabletkasi).

Qandli diabet. Agar Sizda qondagi glyukoza va lipidlar konsentrasiyasi yuqori bo‘lishi, ortiqcha vazn va arterial bosim oshishi ehtimoli mavjud bo‘lsa. Siz ushbu preparat bilan davolanayotganigizda shifokor Sizning ahvolingizni nazorat qilib turadi.

Tez-tez uchramaydigan nojo‘ya samaralar (taxminan 100 pasientdan birida uchraydi): Toshma, qichima va eshakemi.

Siydikda oqsil darajasi oshishi, bu odatda Mertenil preparatini qabul qilishni to‘xtatmasa ham mustaqil ravishda normaga qaytadi (faqat Mertenilning 5 mg, 10 mg va 20 mg li tabletkalari).

 

Kam hollarda uchraydigan nojo‘ya samaralar (taxminan 1000 pasientlardan birida uchraydi):
Og‘ir allergik reaksiyalar – yuz, lab, til va/yoki tomoq shishi, yutinish yoki nafas olishni qiyinlashishi, kuchli teri qichishishi (pufaklarni paydo bo‘lishi) kabi simptomlarni o‘z ichiga oladi.  Agar Siz o‘zingizda allergik reaksiya mavjud deb hisoblasangiz, Mertenil preparati qabul qilishni to‘xtating va darhol tibbiy yordamga murojaat qiling.

Mushaklarni shikastlanishi. Agar Sizda mushaklarda g‘ayriodatiy zirqirab turadigan va o‘tkir og‘riqlar paydo bo‘lsa va ular Siz kutgandan ham uzoq davom etsa, ehtiyot choralarini ko‘rish maqsadida Mertenil preparati qabul qilishni to‘xtating va darhol shifokorga murojaat qiling.

Qorindagi kuchli og‘riq (me‘da osti bezining yallig‘lanishi).

Qonda “jigar” fermentlari faolligini oshishi.

Qonda trombositlar miqdorini kamayishi, bu esa qon ketishi yoki ko‘karishlar paydo bo‘lishiga olib keladi.

Juda kam hollarda uchraydigan nojo‘ya samaralar (taxminan 10000 pasientdan birida uchraydi):
Sariqlik (terini va ko‘z oqsilini sarg‘ayishi).

Jigarni yallig‘lanishi (gepatit).

Siydikda qon izlari.

Qo‘l va oyoqlarni uvishishi (neyropatiya).

Bo‘g‘imlarda og‘riq.

Xotirani buzilishi.

Ginekomastiya (erkaklarda sut bezlarini kattalashishi).

Tez-tezligi noma‘lum
Depressiya.

Uyquni buzilishi (shu jumladan uyqusizlik va dahshatli tushlar ko‘rish).

Hansirash.

Yo‘tal.

Diareya (ichni suyuq kelishi).

Stivens-Djonson sindromi (teri shikastlanishining og‘ir shakli, og‘iz bo‘shlig‘i, ko‘z, jinsiy a‘zolarning pufak hosil qilib shikastlanishi).

Shish.

Periferik neyropatiya (qo‘l va oyoqlarda uvishish, sanchish, og‘rish yoki achishish hissi).

Paylarni shikastlanishi, ba‘zan ularni uzilish asoratlari.

Doimiy mushak zaifligi.

Quyidagi nojo‘ya samaralar statin deb nomlanuvchi ushbu guruhga kiruvchi dori preparatlarini qo‘llaganda qayd etilgan:

–           Jinsiy faoliyatni buzilishi

–           Nafas olishni buzilishi, shu jumladan doimiy yo‘tal va/yoki hansirash yoki isitma.

  1. Mertenil preparatini saqlash tartibi va yaroqlilik muddati

30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda, original o‘ramda yorug‘lik ta‘siridan himoyalangan joyda saqlanadi.  Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!

Yaroqlilik muddati

3 yil.

O‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugagandan so‘ng qo‘llash mumkin emas.

Dori preparatlarini kanalizasiyaga tashlash yoki maishiy chiqindilar bilan birga utilizasiya qilish tavsiya etilmaydi. Qabul qilish to‘xtatilgan dori preparatlarini qanday qilib yo‘qotishni farmasevtdan so‘rang. Bu choralar atrof muhitni himoya qilishga yo‘naltirilgan.

  1. Chiqarilish shakli va boshqa ma‘lumotlar

 

Mertenil preparatining tarkibi

Ta‘sir etuvchi modda: rozuvastatin  5, 10 yoki 20 mg.

Yordamchi moddalar:

Tabletka yadrosi:

magniy stearati, mikrokristall sellyuloza (12), magniy gidroksidi, krospovidon (A tipi), laktoza monogidrati.

Tabletka qobig‘i:

titan dioksidi (E171), makrogol 3350, talk, polivinil spirti.

Preparat ta‘rifi va o‘rami

Preparat ta‘rifi:

Mertenil plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalari, 5 mg:

Oq yoki deyarli oq rangli, dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq, plyonka qobiq bilan qoplangan, taxminan 5,5 mm diametrli tabletkalar. Tabletkaning bir tomonida «C33» gravirovkasi bor.

Mertenil plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalari, 10 mg:

Oq yoki deyarli oq rangli, dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq, plyonka qobiq bilan qoplangan, taxminan 7,0 mm diametrli tabletkalar. Tabletkaning bir tomonida «C34» gravirovkasi bor.

Mertenil plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalari, 20 mg:

Oq yoki deyarli oq rangli, dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq, plyonka qobiq bilan qoplangan, taxminan 9,0 mm diametrli tabletkalar. Tabletkaning bir tomonida «C35» gravirovkasi bor.

O‘rami:

10 tabletka PA/Al/PVX-plyonka va alyumin folgali blisterda.

3 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

Dorixonalardan berish tartibi:

Resept bo‘yicha

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

MERTENIL tabletkalari 20mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
MERTENIL tabletkalari 20mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
MERTENIL tabletkalari 20mg N30 dori vositasi Gedeon Richter PLC tomonidan Vengriya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
MERTENIL tabletkalari 20mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
MERTENIL tabletkalari 20mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
MERTENIL tabletkalari 5mg N30
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
NOVTOR tabletkalari 20mg N28
Narh: 71 000 so'mdan Batafsil
NOVTOR tabletkalari 10mg N28
Narh: 46 900 so'mdan Batafsil
NOVTOR tabletkalari 5mg N28
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
ROSUSTAR tabletkalari 20mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
Narh: 90 000 so'mdan Batafsil
ROSUSTAR tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
ROMAZIK tabletkalari 20mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmasceutical Works POLPHARMA SA
ROMAZIK tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmasceutical Works POLPHARMA SA
ROZART tabletkalari 20mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Malta
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Actavis Group PTC ehf., Исландия произведено: Actavis Ltd
ROZART tabletkalari 10mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Malta
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Actavis Group PTC ehf., Исландия произведено: Actavis Ltd
LIVERKOL tabletkalari 20mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ilko Ilac San. ve Tic. A.S.
KRESTAT tabletkalari 20mg N30
Narh: 96 000 so'mdan Batafsil
ROZART tabletkalari 5mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Malta
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Актавис Лтд
  • Vakil: Аktavis
ROKSERA tabletkalari 30mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: KRKA d.d.
Narh: 124 300 so'mdan Batafsil
ROKSERA tabletkalari 15mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
MERTENIL tabletkalari 10mg N30
Narh: 82 500 so'mdan Batafsil
ROMAZIK tabletkalari 5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmasceutical Works POLPHARMA SA
LIVERKOL tabletkalari 10mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ilko Ilac San. ve Tic. A.S.
ROSUSTAR tabletkalari 5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
KRESTAT tabletkalari 10mg N30
Narh: 65 000 so'mdan Batafsil
ROZART tabletkalari 40mg N90
  • Ishlab chiqarilish joyi: Malta
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Актавис Лтд
ROZART tabletkalari 40mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Malta
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Актавис Лтд
ROZART tabletkalari 20mg N90
  • Ishlab chiqarilish joyi: Malta
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Актавис Лтд
ROZART tabletkalari 20mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Malta
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Актавис Лтд
ROZART tabletkalari 10mg N90
  • Ishlab chiqarilish joyi: Malta
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Актавис Лтд
ROZART tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Malta
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Актавис Лтд
Narh: 58 500 so'mdan Batafsil
ROZART tabletkalari 5mg N90
  • Ishlab chiqarilish joyi: Malta
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Актавис Лтд
ROZART tabletkalari 5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Malta
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Актавис Лтд
ROKSERA tabletkalari 15mg N90
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА, д.д., Ново место, АО
Ishlab chiqaruvchining dorilari
MERTENIL tabletkalari 5mg N30
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
MIDOKALM tabletkalari 150mg N30
Narh: 43 500 so'mdan Batafsil
MIDOKALM tabletkalari 50mg N30
Narh: 44 000 so'mdan Batafsil
GROPRINOSIN sirop 150ml 250mg/5ml
Narh: 95 000 so'mdan Batafsil
RIGEVIDON tabletkalari N21
Narh: 42 600 so'mdan Batafsil
REGULON tabletkalari N21
Narh: 44 100 so'mdan Batafsil
LINDINET 20 tabletkalari N21
Narh: 99 500 so'mdan Batafsil
KAVINTON eritma 25mg/5ml N10
Narh: 81 800 so'mdan Batafsil
KAVINTON eritma 10mg/2ml N10
Narh: 49 000 so'mdan Batafsil
MERTENIL tabletkalari 10mg N30
Narh: 82 500 so'mdan Batafsil
EKVATOR tabletkalari 20mg/5mg N30
Narh: 44 000 so'mdan Batafsil
DIROTON tabletkalari 20mg N28
Narh: 63 440 so'mdan Batafsil
DIROTON tabletkalari 5mg N28
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
VEROSHPIRON kapsulalar 100mg N30
Narh: 75 800 so'mdan Batafsil
VEROSHPIRON kapsulalar 50mg N30
Narh: 53 900 so'mdan Batafsil
BIDOP tabletkalari 10mg N28
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
BIDOP tabletkalari 5mg N28
Narh: 25 800 so'mdan Batafsil
BIDOP tabletkalari 2,5mg N28
Narh: 22 000 so'mdan Batafsil
KVAMATEL tabletkalari 20mg N28
Narh: 28 000 so'mdan Batafsil
KVAMATEL tabletkalari 40mg N14
Narh: 22 000 so'mdan Batafsil
DEKARIS tabletkalari 150mg N1
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
DEKARIS tabletkalari 50mg N2
Narh: 14 000 so'mdan Batafsil
KURIOZIN gel 15g
Narh: 46 000 so'mdan Batafsil
FTOROKORT maz 15g 0,1%
Narh: 33 400 so'mdan Batafsil
ESMIYA tabletkalari 5mg N28
Narh: 1 235 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9