×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ROZAKET inyeksiya uchun eritma 30mg/ml 1ml N10:ROZAKET inektsiya uchun eritmasi 30mg/ml 1ml N10

Kategoriya:
- Yallig'lanishga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
кеторолака трометамин
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- VEGAPHARM LIFE SCIENCES PVT. LTD.,
Vakil:
- VEGAPHARM
ATX kodi:
- М01АВ15
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 3 ta dorixonasida topildi

ico 45 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

GLOBAVIKS poroshok 4,7 g 1500 mg/1200 mg N15 Ind-Swift Limited Hindiston
204 000 s`om dan
FANIGAN tabletkalari N100 Kusum Healthcare Pvt. Ltd. Hindiston
75 000 s`om dan
MEDROLGIN inyeksiya uchun eritma 1ml 30mg/ml N5 World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S., Турция произведено: PharmaVision Sanayi ve Ticaret A.S. Turkiya
37 500 s`om dan
DIKLORAN PLYUS gel 30g Джонсон & Джонсон, ООО, Россия произведено: Unique Pharmaceutical Laboratories (A.Division of J.B. Chemicals & Pharmaceuticals Limited) Hindiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
1 ml dan in'ektsiyalar uchun eritma qahrabo rangli shisha
ampulada.
5 ampula alyumin folgali va PVX blisterda. 2 blister
davlat va rus tillaridagi tibbiyotda qo'llanilishiga doir
yo'riqnomasi bilan birga karton o'ramda.
Har bir ml quyidagilarni saqlaydi:
faol moda: ketorolak trometamin i USP 30 mg;
yordamchi moddalar: natriy xlorid; dinatriy EDTA;
propilenglikol; kaliy digidrofosfat; natriy
gidroksid; in'ektsiya Uchan suv USP
Ketorolak og'riq qoldiruvchi va yallig'lanishga qarshi ta'sirga
ega, biroq uning tizimli og'riq qoldirish ta'siri
yallig'lanishga qarshi samarani sezilarli oshiradi. Boshqa
NYAQV lar kabi, ketorolak araxidon kislotasi va kollagen
bilan chaqirilgan trombositlar agregasiyasini susaytiradi
va ATF ga - trombositlarning indusiyalangan agregasiyasiga
ta'sir etmaydi. Ketorolak qon oqimining o'rtacha vaqtini
uzaytiradi, ammo trombositlar miqdoriga, protrombin
vaqtga yoki qisman tromboplastin vaqtga ta'sir qilmaydi.
Mushak ichiga yuborilgandan keyin dastlabki og'riqni
qoldirish ta'siri muvofiq ravishda 0,5 va 1 soat o'tib qayd
etiladi, maksimal samara 1-2 soatdan keyin erishiladi.
Biokiraolishligi - 80-100%, mushak ichiga yuborilganda
so'rilishi - to'liq va tez. 30 mg mushak ichiga yuborilgandan
keyin qon plazmasidagi maksimal kontsentrasiya (S ) - 1,74 - Max
3,1 mkg/ml ni, 60 mg - 3,23-5,77 mkg/ml ni, maksimal
kontsentrasiyaga erishish vaqti muvofiq - 15-73 min va 30-60
min 15 mg tomir ichiga infuziyadan keyin S - 1,96-2,98 Max
mkg/ml ni, 30 mg - 3,69-5,61 mkg/ml ni tashkil qiladi.
Preparatning 99% qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanadi
va gipoalbuminemiyada qondagi erkin moddalar miqdori
ko'tariladi.
Taqsimlanish hajmi 0,15-0,33 l/kg ni tashkil qiladi. Buyrak
etishmovchiligi bo'lgan bemorlarda preparatning
taqsimlanish hajmi 2 martaga, uning R-enantiomerining
taqsimlanish hajmi esa - 20% ga oshishi mumkin.
Gematoentsefalik to'siq orqali yomon o'tadi, yo'ldosh orqali
o'tadi (10%). Ko'p bo'lmagan miqdorlarda ko'krak sutida
aniqlanadi.
Yuborilgan dozaning 50% dan ortig'i farmakologik nofaol
metabolitlarni hosil qilish bilan jigarda metabolizmga
uchraydi. Buyraklar va r-gidroksiketorolak orqali
chiqariluvchi glyukuronidlar bosh metabolitlar hisoblanadi.
91,4% ga buyraklar (40% metabolitlar ko'rinishida), 6,1% -
ichak orqali chiqariladi.
Buyraklarning normal funktsiyasi bo'lgan bemorlarda yarim
chiqarilish davri (T ) o'rtacha 5,3 soatni tashkil qiladi (3,5 - 1/2
9,2 soat 30 mg mushak ichiga (mi) yuborilgandan keyin, 4-7,9
soat 30 mg tomir ichiga (ti) yuborilgandan keyin). T keksa 1/2
bemorlarda uzayadi va yosh bemorlarda qisqaradi. Jigarg
funktsiyasi T ga ta'sir ko'rsatmaydi. Qon plazmasida 1/2
kreatinin kontsentrasiyasi 19-50 mg/l (168-442 mkmol/l)
bo'lganda buyraklar funktsiyasi buzilishi bo'lgan bemorlarda
T 10,3-10,8 soatni, ancha yaqqol ko'rinuvchi buyrak 1/2
etishmovchiligida - 13,6 soatdan ortig'ini tashkil etadi.
30 mg mi yuborilishida umumiy klirens - 0,023 l/kg/ch (0,019
l/kg/odam keksa bemorlarda), 30 mg ti infuziyada - 0,03
l/kg/odam; buyrak etishmovchiligi bo'lgan bemorlarda 30 mg
Mi yuborishda qon plazmasida kreatininning
kontsentrasiyasi - 0,015 l/kg/odamni tashkil etadi.
Gemodializ yo'li bilan chiqarilmaydi
Tez-tez - 3% dan ortiq, tez-tez emas - 1-3%, kam hollarda - 1%
kam.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez (ayniqsa, 65
yoshdan katta keksa bemorlarda, anamnezda me'da-ichak
yo'llarining eroziv-yarali shikastlanishlari) - gastralgiya, ich
ketish; tez-tez emas - stomatit, meteorizm, qabziyat, qusish,
me'daning to'lib qolganlik hissi; kam hollarda - ko'ngil
aynishi, me'da-ichak yo'llarining eroziv-yarali
shikastlanishlari (shu jumladan, teshilishi va / yoki qon
ketishi bilan - abdominal og'riq, epigastral sohada spazm yoki
achishish, melena, "kofe quyqasi" turi bo'yicha qusish, ko'ngil
aynishi, qabziyat va boshqalar), xolestatik sariq kasal,
gepatit, gepatomegaliya, o'tkir pankreatit.
Qon yaratish tizimi tomonidan: kam hollarda - anemiya,
eozinofiliya, leykopeniya.
Nafas olish tizimi tomonidan: kam hollarda - bronxospazm
yoki dispnoe, rinit, hiqildoqning shishi (nafas siqishi,
qiyinlashgan nafas olish).
MNT tomonidan: tez-tez - bosh og'rig'i, bosh aylanishi,
uyquchanlik; kam hollarda - aseptik meningit (bosinqirash,
qattiq bosh og'rig'i, tomir tirishishlar, bo'yin va/yoki orqa
mushaklarining rigidligi), giperfaollik (kayfiyatning
o'zgarishi, xavotirlik), gallyusinasiyalar, tushkunlik, psixoz.
Sezgi a'zolari tomonidan: kam hollarda - eshitishning
pasayishi, quloqlardagi jarang, ko'rishning buzilishi (shu
jumladan, ko'rish orqali qabul qilishning noaniqligi).
Metabolik buzilishlar: giperglikemiya, giperkaliemiya,
giponatriemiya.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: kam hollarda - o'tkir
buyrak etishmovchiligi, gematuriya va/yoki azotemiya bilan yoki
ularsiz beldagi og'riq, gemolitik uremik sindrom (gemolitik
kamqonlik, buyrak etishmovchiligi, trombositopeniya,
purpura), tez-tez siyishi, siydik hajmining oshishi yoki
kamayishi, nefrit, buyrak genezining shishi.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez emas - AB ning
oshishi; kam hollarda - o'pkalarning shishi, xushdan ketish.
Reproduktiv tizim (ayollar): bepushtlik.
Nafas olish tizimi: astma, yo'tal, xansirash, o'pkalarning
shishi, burun oqishi.
Gemostaz tizim tomonidan: kam hollarda - operasiyadan
keyingi yaradan qon ketishi, burundan qon ketishi, rektal qon
ketishi.
Teri qatlami tomonidan: tez-tez emas - teri toshmalari (shu
jumladan makulopapullez toshma), purpura; kam hollarda -
eksfoliativ dermatit (isitma bilan u usiz bosinqirash,
qizarish, terining zichlashishi yoki qavatlashishi, tanglay
bodomsimon bezlarning shishi va/yoki og'riqli), qichima,
Stivens-Djonson sindromi, Layella sindromi.
Mahalliy ta'sirlar: tez-tez emas - yuborish joyida achishish
yoki og'riq.
Allergik ta'sirlar: kam hollarda - anafilaksiya yoki
anafilaktoid ta'sirlar (yuz terisining rangini o'zgarishi,
teri toshmalari, qichima, terining qichishishi, taxipnoe yoki
dispnoe, qovoqlarning shishi, periorbital shishish,
xansirash, qiyinlashgan nafas olish, ko'krak qafasidagi
og'irlik, hushtaksimon nafas olish).
Boshqalar: tez-tez - shishishlar (yuzning, boldirlarning,
to'piqlarning, barmoqlarning, tovonlarning, tana
og'irligining oshishi); tez-tez emas – ko'p terlash; kam
hollarda - tilning shishi, isitma kuzatiladi.
 Shifokorlar ketorolakning va tsiklooksigenazani ingibitsiya
qilovchi boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi
vositalarning farmakologik o'xshashligiga, hamda qon ketish
xavfi hosil bo'lishiga, ayniqsa keksa yoshdagi odamlarda,
diqqatli bo'lishlari kerak.
Me'da-ichakdan qon ketishlar, yaralanishlar va teshilishlar:
Nosteroidli yallig'lanishga qarshi preparatlar, shu jumladan
ketorolak, bilan terapiyani qo'llash natijasida halokatli
bo'lib qolishi mumkin bo'lgan me'da-ichak yaralari, qon
ketishlar va teshilishlar haqida xabarlar berilgan va ular
ogohlantiruvchi alomatli va ularsiz yoki anamnezida me'daichak yo'llarining oldingi jiddiy muammolari davolash
davomida har qanday payt hosil bo'lishi mumkin.
Boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar kabi,
bemorlar foizi va ularda vujudga keluvchi me'da-ichak
asoratlari darajasi dozani oshirish va ketorolakni tomir
ichiga yuborishning uzoq muddatli davolash kursi oqibatida
oshib ketishi mumkin. Klinik jiddiy me'da-ichakdan qosh
ketishi xavfining vujudga kelishi preparat dozasiga bog'liq
bo'ladi. Bu ayniqsa tomir ichiga ketorolakni 60 mg dan ortiq
o'rtacha sutkalik dozada qabul qiluvchi keksa yoshdagi
bemorlarga taalluqli. Anamnezida yara kasallik Rozaket
preparati bilan terapiyani qo'llash vaqtida jiddiy me'daichak asoratlarining vujudga kelish ehtimolligini oshiradi.
Preparatning kardiovaskulyar va tserebrovaskulyar ta'siri
Anamnezda gipertenziyaga va/yoki engil yoki o'rtacha kongestiv
yurak etishmovchiligi bo'lgan bemorlar uchun muvofiq
monitoring va maslahatlar zarur hisoblanadi, chunki
nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlarni qabul qilish
oqibatida suyuqlikning tutilishi va shishish haqida xabarlar
berilgan.
Nazorat qilinmaydigan arterial gipertenziya, surunkali
yurak etishmovchiligi, yurakning turg'un ishemik kasalligi,
periferik arterial kasallik va/yoki tserebrovaskulyar
buzilishlar bilan kasallangan bemorlar faqat sinchikov
tekshiruvdan o'tgandan keyingina ketorolakni qabul qilishni
boshlashlari kerak. Shunga o'xshash qaror kardiovaskulyar
kasalliklarning (masalan, gipertenziyada, giperlipidemiyada,
qandli diabetda va chekishda) vujudga kelish xavfi omil
bo'lgan bemorlarni davolashni boshlagunga qadar qabul
qilingan bo'lishi kerak.
Buyraklarga ta'sir etish
Boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar kabi,
buyraklar funktsiyasining buzilishi yoki anamnezda buyraklar
kasalligi bo'lgan pasientlarga ketorolak ehtiyotkorlik bilan
qo'llanilishi kerak, chunki u prostaglandin sintezining
kuchli ta'sir etuvchi ingibitori hisoblanadi.
Ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim bo'ladi, chunki aylanuvchi
qon va/yoki buyrak qon oqish hajmini qisqarishini chaqiruvchi
asoratlar bilan kasallangan bemorlarda ketorolakni va
boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlarni
qo'llashda nefrotoksiklik aniqlangan, bunda buyrak
prostaglandinlar buyrak perfuziyasini qo'llab turishda
qo'llab-quvvatlovchi rolni o'ynaydi.
Shu bilan birga, prostaglandinlarning sintezini
sekinlashiruvchi boshqa preparatlar kabi ketorolak
trometamini qo'llanilishi fonida zardobli mochevina,
kreatinin va kaliyning oshib ketishi haqida xabar berilgan,
ular preparatning bir dozasi qo'llanilgandan keyin vujudga
kelishi mumkin.
Buyraklar funktsiyasining buzilishlari bo'lgan bemorlar:
Garchi ketorolak trometamin va uning metabolitlari birinchi
buyraklar orqali chiqarilsa, buyraklar funktsiyasining
o'rtacha va og'ir buzilishlari bo'lgan bemorlarga (zardobli
kreatinin 160 mkmol/l dan yuqori) ketorolakni qabul
qilishi mumkin emas. Buyraklar funktsiyasi ancha kuchsiz
buzilishi bo'lgan bemorlar ketorolakning kamaytirilgan
dozasini olishlari kerak (mushak ichiga yoki tomir ichiga
sutkada 60 mg dan ortiq bo'lmagan) va ularning buyrak statusi
shifokorning doimiy nazorati ostida bo'lishi kerak.
Tizimli qizil yugirik va Sharp sindromi:
Tizimli qizil yugirik va Sharp sindromi bilan kasallangan
bemorlar aseptik meningitning vujudga kelish xavfi
guruhida bo'ladi.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo'llanishi
Ehtiyotkorlik choralari va reproduktiv funktsiyaga ta'siri:
Tsiklooksigenaza/prostaglandinning sintezini
sekinlashtiruvchi boshqa preparatlar kabi ketorolakning
qo'llanilishi reproduktiv funktsiyani buzilishi mumkin,
buning oqibatida homilador bo'lishni istayotgan ayollarga
preparatni qabul qilish tavsiya etilmaydi. Homilador bo'lish
muammolari ega bo'lgan yoki reproduktiv funktsiyaning
tekshiruvidan o'tayotgan ayollarga ketorolakning
qo'llanilishini bekor qilishlari lozim.
Kardiovaskulyar buzilishlar, buyraklar va jigar
funktsiyasining buzilishlari:
Qon va/yoki buyrak qon oqib o'tishi hajmini
kuchsizlantirilishiga sabab bo'lib qoluvchi asoratlari bo'lgan
bemorlarni tekshirishda ehtiyotkorlik lozim, bunda buyrak
perfuziyasini ta'minlashda buyrak prostaglandinlari
qo'llab-quvvatlovchi rolni o'ynaydi. Bunday bemorlarda
nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlarni qo'llash,
preparatning dozasiga bog'liq holda, buyrakning
prostaglandin tuzilishining susayishiga sabab bo'lishi va
yaqqol buyrak etishmovchiligini qo'zg'atishi mumkin.
Buyraklar dializda bo'lgan bemorlar uchun ketorolak
klirensi me'yordagi ko'rsatkichning tahminan yarmigacha
qisqartirildi va yarim chiqarishning vaqt davri tahminan 3
martaga oshgan.
Natriy/suyuqlikning tutilib qolishida kardiovaskulyar
asoratlar va periferik shishlar:
Anamnezda arterial gipertenziyaga va/yoki yurak
etishmovchiligi bo'lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan
munosabatda bo'lish lozim, chunki nosteroid yallig'lanishga
qarshi preparatlar bilan davolashda suyuqlikning tutilishi
va shishish haqida xabar berilgan.
Jigar funktsiyasi buzilishi bilan kasallangan bemorlar uchun
qo'llanilishi:
Tsirroz oqibatida jigar etishmovchiligi bilan kasallangan
bemorlarda ketorolak klirensi yoki yarim chiqarishning
yakuniy davrida hech qanday muhim klinik o'zgarishlar
kuzatilmagan.
Anafilaktik (psevdoanafilaktik) reaktsiyalar:
Anafilaktik (psevdoanafilaktik) reaktsiyalar (shu jumladan,
ammo chegaralanib qolmasdan, anafilaksiya, bronxospazmlar,
giperemiya, toshmalar, gipotoniya, laringeal shishish va
Kvinke shishishi) aspiringa, boshqa nosteroidli
yallig'lanishga qarshi preparatlarga yoki anamnezda ketorolak
bilan tomir ichiga yuqorisezuvchan bemorlarda qanday namoyon
bo'lsa, bunday anamnezga ega bo'lmagan bemorlarda ham xuddi
shunday namoyon bo'ladi.
Gematologik samaralar:
Koagulyasiyaning buzilishi bo'lgan bemorlarga ketorolikni
qabul qilish mumkin emas. Antikoagulyasion terapiyani qabul
qiluvchi bemorlar ushbu preparatlar bilan ketorolakni bir
vaqtda qabul qilishlarida qon ketishlar vujudga kelish
xavfi guruhida bo'ladi. Ketorolakni va geparinning (2500 -
5000 birlik har 12 soat), hamda dekstranning past oldini
olish dozada bir vaqtda qo'llash sinchikov o'rganilmagan,
shuning uchun ham qon ketishning vujudga kelishini yuqori
ehtimoli tufayli bo'lishi mumkin.
Metotreksat:
Metotreksatni bir vaqtda ehtiyotkorlik bilan qo'llash tavsiya
etiladi, chunki prostaglandin sintezini sekinlashtiruvchi
ba'zi preparatlar metotreksat kliransini kamaytirgan va
uning toksikligini kuchaytirgan.
Transport vositalarini yoki potentsial xavfli
mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga dori vositasining
ta'sir etishining xususiyatlari
Bemorlarning sezilarli qismida Rozaket preparatini
buyurishida Markaziy nerv tizimi tomonidan nojo'ya
ta'sirlar rivojlanganligi (uyquchanlik, bosh aylanishi, bosh
og'rig'i) sababli yuqori diqqatni va tez harakatlarni talab
etuvchi ishlarni bajarishdan (avtotransportni boshqarish,
mexanizmlar bilan ishlash va hokazolar) saqlanish tavsiya
etiladi.
O'rtacha va kuchli jadallikdagi og'riqli sindromni
susaytirish uchun, asosan, quyidagilarda:
- ildizli sindromda, mushaklar va bo'g'imlardagi og'riqlarda.
- revmatoid artrit;
- osteoartritlar;
- ankilozlovchi spondilit;
- Bexterev kasalligi;
- yumshoq to'qimalar revmatizmi;
- podagraning o'tkir xuruji;
- norevmatik yallig'lanish;
-jarohatlarni operasiyadan tish shifokor aralashuvidan
keyingi og'riqli holatlarida qo'llaniladi.
‒ zo'riqish bosqichida me'da-ichak yo'llarining erozivyarali shikastlanishlari, peptik yaralar, gipokoagulyasiya (shu
jumladan gemofiliya);
‒ me'da-ichakdan qon ketishlar yoki anamnezda oldingi
NYAQV davolash bilan bog'liq teshilish;
‒ ketorolakga yoki boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi
vositalarga yuqori sezuvchanlik;
‒ bronxial astmaning to'liq yoki to'liq bo'lmagan
birikmasi, burun va burun atrofi bo'shliqlari polipozi
qaytarilishi, atsetilsalisil kislotasi yoki boshqa NYAQV (shu
jumladan anamnezda) o'zlashtiraolmaslik;
‒ qon ketishini rivojlanishi yoki qaytarilishining
yuqori xavfi (shu jumladan operasiyalardan keyin), qon
yaratishning buzilishi;
‒ bir vaqtda NQYAV, shu jumladan tsiklooksigenaza-2
selektiv ingibitorlari bilan qo'llashdan saqlanish kerak;
‒ probenesidlar va litiy tuzlari bilan bir vaqtda qabul
qilish;
‒ buyrak funktsiyasi o'rtacha va og'ir buzilishlari bo'lgan
pasientlarga (zardobli kreatinin 160 mkmol/l dan yuqori);
‒ og'ir yurak etishmovchiligi, jigar va/yoki buyrak
etishmovchiligi;
‒ antikoagulyantlar (shu jumladan varfarin va geparin)
bilan bir vaqtda qabul qilish;
‒ homiladorlik, tug'ruq va laktasiya davri;
‒ 16 yoshgacha bolalar yoshi (samaradorligi va xavfsizligi
aniqlanmagan);
‒ qon ketishining yuqori xavfida xirurgik
operasiyalardan oldin va ularni o'tkazish vaqtida
og'riqsizlantirish uchun, hamda surunkali og'riqlarni
davolash uchun preparat qo'llanilmaydi;
‒ preparat tarkibidagi kiruvchi etanol tufayli
neyroaksial (epidural yoki intratekal) yuborish uchun qo'llash
mumkin emas.
‒ ketorolakning okpentifillin bilan biriktirilishi
mumkin emas.
Atsetilsalisil kislota/NYAQV: ketorolakning atsetilsalisil
kislota yoki boshqa nosteroidli yallig'lanishga qarshi
preparatlar, kaltsiy preparatlar, glyukokortikosteroidlar,
etanol, kortikotropin bilan bir vaqtda qo'llanilishi me'daichak yo'llarining yarali hosil bo'lishlariga va me'da-ichak
qon ketishlari rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Antikoagulyantlar: antikoagulyantlar (shu jumladan
varfarin va geparin) bilan bir vaqtda qabul qilish.
Mifepriston: mifepriston qo'llanilgandan keyin sakkiz -
o'n ikki kun davomida NYAQV ni qo'llash lozim bo'lmaydi,
chunki NYAQV mifepristonning samarasini kuchsizlantirishi
mumkin.
Opioidli analgetiklar bilan kombinasiyalanganda
oxirgilarning dozasi sezilarli pasaytrilishi mumkin.
Okspentifillin: ketorolakni okspentifillin bilan bir
vaqtda qo'llanilganda, qon ketishlarga moyillikning oshishi
hosil bo'ladi.
Ketorolakni ehtiyotkorlik bilan quyidagi boshqa dori
vositalari bilan bir vaqtda qo'llash:
Diuretiklar: siydik haydovchi vositalar bilan bir vaqtda
qo'llash diuretik samaraning pasayishiga va NYAQV ning
nefrotoksikligining rivojlanish xavfini oshishiga olib
kelishi mumkin.Diuretiklar va antigipertenziv dori vositalari: NYAQV
lar diuretiklarning va antigipertenziv dori vositalarning
ta'sirini pasaytirishi mumkin. ACE = AAF
(angiotenzinaylanuvchi ferment) va/yoki NYAQV bilan
birgalikda angiotenzin II reseptorlari antagonistlarini
qo'llashda, odatda, qaytariluvchi hisoblangan o'tkir buyrak
etishmovchiligi rivojlanishi xavfi buyraklar funktsiyasi
buzilishi bilan kasallangan ba'zi bemorlarda oshgan bo'lishi
mumkin (masalan, suvsizlangan bemorlarda yoki keksa yoshdagi
bemorlarda).
Yurak glikozidlari: NYAQV lar yurak etishmovchiligini
og'irlashtirishi, GFR = TFT (tugunchali filtrasiya tezligi)
pasaytirishi va yurak glikozidlari bilan birgalikda
qo'llashda plazmada yurak glikozidlari darajasini oshirishi
mumkin.
Metotreksat: metotreksatning bir vaqtda qo'llanilishida
ehtiyotkorlik tavsiya etiladi chunki prostaglandin sintezini
sekinlashtiruvchi ba'zi preparatlar, metotreksat klirensini
kamaytirgan va uning toksikligini kuchaytirgan.
Tsiklosporin: barcha NYAQV lar uchun bo'lgandek, preparatni
nefrotoksiklik rivojlanishi xavfi yuqori bo'lganligi
sababli tsiklosporinni parallel qo'llashda ehtiyotkorlik
bilan qo'llash lozim.
Kortikosteroidlar: barcha NYAQV lar uchun bo'lgandek,
preparatni Teshilishlarning rivojlanishi yoki me'da-ichak
yo'llaridan qon ketishi rivojlanishining yuqori xavfi
sababli kortikosteroidlar bilan birgalikda qo'llashda
ehtiyotkorlik bilan qo'llash tavsiya etiladi.
Xinolonlar: hayvonlardan olingan ma'lumotlar, NYAQV
xinolon qatori antibiotiklarini qo'llash bilan bog'liq
tomir tortishlarning rivojlanish xavfini oshirishi
mumkin. NYAQV va xinolonni bir vaqtda qabul qiluvchi
bemorlarda tomir tortishlarning rivojlanishi xavfi
oshishi vujudga kelishi mumkin.
Serotoninni qayta ushlab qolish ingibitorlar yoki antitrombositar preparatlar: yaralar paydo bo'lishini yoki qon
ketishini chaqirishi mumkin bo'lgan peroral qo'llash uchun
kortikosteroidlar, serotoninni qayta ushlab qolish alohida
ingibitorlar kabi yoki aspirin kabi anti-trombositar
preparatlarni bir vaqtda qabul qiluvchi bemorlarga
ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish tavsiya etiladi.
Takrolimus: takrolimus bilan birgalikda NYAQV
qo'llanilishi vaziyatida nefrotoksiklik rivojlanish xavfi
mavjud.
Zidovudin: NYAQV ning zidovudin bilan birgalikda
qo'llanilishi gematologik toksiklik xavfini oshiradi.
Zidovudin va ibuprofen bilan bir vaqtda davolangan
gemofiliyasi bo'lgan bemorlarda gemartroz (bo'g'imlar
bo'shlig'ida qonni to'planishi) va HIV (+) = OIV
gematomalarning xavfi oshishini tasdiqlovchi ma'lumotlar
mavjud.
Digoksin: ketorolak trometamini qon oqsillari bilan
digoksinning bog'lanishiga ta'sir qilmaydi. In vitro
sharoitidagi tadqiqotlari salisilatning terapevtik
kontsentrasiyalarida (300 mkg/ml), ketorolakning bog'lanishi
tahminan 99,2 % dan 97,5 % gacha pasaygan, bu o'zi bilan qon
plazmasida bog'lanmagan ketorolakning kontsentrasiyasini
hisoblanuvchi ikki karrali oshishini taqdim etadi.
Digoksin, varfarin, ibuprofen, naproksen, piroksikam,
atsetaminofen (paratsetamol), fenitoin va tolbutamidning
terapevtik kontsentrasiyalari ketorolakning oqsillar bilan
bog'lanishiga ta'sir ko'rsatmaydi.
In'ektsiyalar uchun eritmani cho'kmalar xosil bo'lishi sababli
morfin sulfati, prometazin va gidroksizin bilan bir
shprisda aralashtirish lozim bo'lmaydi.
Antasidlar: Anatasidlar absorbtsiya darajasiga ta'sir
qilmaydi.
In'ektsiyalar uchun eritma fiziologik eritma, dekstrozaning
5% eritmasi, Ringer va Ringer-laktat eritmasi, "Plazmalit"
eritmasi, hamda tarkibida aminofillin, lidokain
gidroxloridi, dopamin gidroxloridi, qisqa ta'sirli odam
insulini va geparin natriyli tuzi bo'lgan infuzion
eritmalar bilan mos keladi.
25°C dan yuqori bo'lmagan haroratda quruq, yorug'likdan
himoyalangan joyda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda
saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati o'tgandan so'ng qo'llanilmasin.
Mushakka chuqur, asta-sekin (yoki tomir ichiga tomchilab)
bemorning og'rig'i va reaktsiyasi jadalligi bilan
muvofiqlikda tanlangan samarali minimal dozalarda 15
sekund kam bo'lmagan davomiylikda yuboriladi. Zarurat
tug'ilganda bir vaqtda kamaytirilgan dozalarda opioid
analgetiklarni qo'shimcha tayinlash mumkin.
Uzluksiz tomir ichiga infuziya 24 soatdan ortiq davom
ettirilishi mumkin emas.
Parenteral yuborishda davolash kursining davomiyligi 2
kundan oshmasligi kerak.
Mushak ichiga yoki tomir ichiga bir safar yuborishda bir
martalik dozalar quyidagicha:
65 yoshgacha kattalarga va 16 yoshdan katta bolalarga - og'riq
sindromining og'irligiga bog'liq holda 10-30 mg.
65 yoshdan kattalarga yoki buyraklar funktsiyasi buzilishlari
bo'lgan bemorlarga - 10-15 mg.
Ko'p martalik parenteral yuborishda dozalar quyidagicha:
Mushak ichiga:
65 yoshgacha kattalarga va 16 yoshdan katta bolalarga
dastlabki yuborishda 10-60 mg , keyin esa - har 6 soatda 10-30
mg dan (odatda 30 mg dan har 6 soat) yuboriladi.
65 yoshdan kattalarga yoki buyraklar funktsiyasi buzilishlari
bo'lgan bemorlarga - 10-15 mg dan har 4-6 soat.
Tomir ichiga:
65 yoshgacha kattalarga va 16 yoshdan katta bolalarga
tomchilab 10-30 mg yuboriladi, keyin esa - 10-30 mg dan har 6
soatda, infuzomator yordamida uzluksiz infuziyada boshlang'ich
doza - 30 mg, keyin esa infuziya tezligi 5 mg/soatni tashkil
qiladi.
65 yoshdan kattalarga yoki buyraklar funktsiyasi buzilishlari
bo'lgan bemorlarga tomchi ko'rinishida 10-15 mg dan har 6
soatda yuboriladi.
65 yoshgacha kattalar va 16 yoshdan katta bolalarga maksimal
sutkalik doza 90 mg dan oshmasligi kerak, 65 yoshdan
kattalarga yoki buyraklar funktsiyasi buzilishlari bo'lgan
bemorlarga - 60 mg, mushak ichiga yuborish yo'li qanday bo'lsa,
tomir ichiga yuborish yo'li ham xuddi shunday bo'ladi.
Preparatni parenteral yuborilishidan uning ichga qabul
qilinishiga o'tishda ikkala dori shakllarining sutkalik
dozalar yig'indisiga o'tish kuni 65 yoshgacha kattalarga va 16
yoshdan katta bolalarga 90 mg dan va 65 yoshdan kattalarga yoki
buyraklar funktsiyasi buzilishlari bo'lgan bemorlarga - 60 mg
dan oshmasligi kerak. Bunda preparat dozasi tabletkalarga
o'tish kunida 40 mg dan oshmasligi kerak.
Mikrobiologik nuqtai nazardan preparatni ochilgandan
keyin darhol qo'llash lozim. Agar preparat darhol
yuborilmagan vaziyatda davomiylik va saqlash sharoitlari
(2°S dan 8°S gacha haroratda 24 soatdan ortiq emas) uchun
foydalanuvchi javobgarlikni olib boradi, o'rnatilgan
tartibda tasdiqlangan nazorat qilinuvchi aseptik
sharoitlarda eritmani tayyorlash vaziyatlari bundan mustasno.
Simptomlari (bir martalik yuborishda): qorindagi og'riq,
ko'ngil aynishi, qusish, me'da-ichak yo'llarining eroziv-yarali
shikastlanishlari, buyraklar funktsiyasini buzilishi,
metabolik asidoz.
Davolash: simptomatik (organizmning hayot uchun muhim
funktsiyalarini bir maromda ushlab turish). Dializ kam
samarali.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ROZAKET inyeksiya uchun eritma 30mg/ml 1ml N10:ROZAKET inektsiya uchun eritmasi 30mg/ml 1ml N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ROZAKET inyeksiya uchun eritma 30mg/ml 1ml N10:ROZAKET inektsiya uchun eritmasi 30mg/ml 1ml N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ROZAKET inyeksiya uchun eritma 30mg/ml 1ml N10:ROZAKET inektsiya uchun eritmasi 30mg/ml 1ml N10 dori vositasi VEGAPHARM LIFE SCIENCES PVT. LTD., tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ROZAKET inyeksiya uchun eritma 30mg/ml 1ml N10:ROZAKET inektsiya uchun eritmasi 30mg/ml 1ml N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ROZAKET inyeksiya uchun eritma 30mg/ml 1ml N10:ROZAKET inektsiya uchun eritmasi 30mg/ml 1ml N10 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
MINA inyeksiya uchun eritma 1ml 30mg/ml N10
MINA inyeksiya uchun eritma 1ml 30mg/ml N5
P - ZERO tabletkalari 10mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: кеторолака трометамин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avantika Medex Pvt. Ltd, Индия произведено: Halewood Laboratories Pvt. Ltd
  • Vakil: MChJ Konark Pharm MChJ
P ZERO gel 30g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: кеторолака трометамин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avantika Medex Pvt. Ltd., Индия произведено: Nucleus Formulation Pvt. Ltd.
  • Vakil: MChJ Konark Pharm MChJ
Narh: 22 400 so'mdan Batafsil
KELAK inyeksiya uchun eritma 1ml 30mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: кеторолака трометамин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Agio Pharmaceutical Limited
Narh: 35 000 so'mdan Batafsil
KYUPEN FORTE ko'z tomchilari 5ml 0,5% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: кеторолака трометамин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avison Pharmaceuticals Pvt. Ltd, Индия произведено: Adore Pharmaceuticals Pvt. Ltd
  • Vakil: Shayana Farm MChJ
Narh: 39 000 so'mdan Batafsil
KYUPEN FORTE ko'z tomchilari 5ml 0,4% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: кеторолака трометамин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avison Pharmaceuticals Pvt. Ltd, Индия произведено: Adore Pharmaceuticals Pvt. Ltd
  • Vakil: Shayana Farm MChJ
Narh: 36 000 so'mdan Batafsil
UNOKETRO DT tabletkalari N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: кеторолака трометамин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unosourсe Pharma LTD, Индия произведено: Acums Drugs & Pharmaceuticals Ltd
KYUPEN FORTE tabletkalari 10mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: кеторолака трометамин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avison Pharmaceuticals Pvt. Ltd., Индия произведено: Coral Laboratories Limited
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9