Yaroqlilik muddati (oy) | 36 |
faol modda: umifenovir gidroxloridi, suvsiz moddaga qayta hisoblaganda - 100.0 mg;
yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, magniy stearati.
Сhiqarilish shakli
Kontur uyali o'ramda 10 kapsuladan. 1 yoki 2 kontur uyali o'ramlar qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutida.
Virusli infektsiyalarda davolash samaradorlik kasallikning davomiyligi va og'irligini va uning asosiy belgilarini, shuningdek, virusli infektsiya va surunkali bakterial kasalliklarning kuchayishi bilan bog'liq asoratlar tez-tezligini kamaytiradi.
Kam zaharli preparatlar (LD50>4 g/kg) ga kiradi. Tavsiya etilgan dozalarda og'iz orqali ishlatilganda inson organizmiga hech qanday salbiy ta'sir ko'rsatmaydi.
Me'da-ichak yo'llarida tez so'riladi. Qon plazmasida Smax 1.5 soatdan keyin erishiladi.
Umifenovir organizm to'qimalariga va a'zolar bo'ylab tez taqsimlanadi.
Metabolizmi va chiqarilishi
Jigarda metabolizmga uchraydi. T1/2 17-21 soatni tashkil qiladi.
Taxminan 40% o'zgarmagan holda, asosan safro (38.9%) va oz miqdorda - buyraklar (0,12%) bilan chiqariladi. Birinchi sutkalar davomida qabul qilingan dozaning 90% chiqariladi.
Agar ko'rsatilgan nojo'ya samaralar og'irlashsa, yoki har qanday boshqa nojo'ya samaralar paydo bo'lsa, bemor bu haqida shifokorga xabar berishi kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Hayvonlarni o'rganishda homiladorlik, embrion va homilaning rivojlanishi, tug'ruq faoliyati va tug'ruqdan keyingi rivojlanishga zararli ta'sirlari aniqlanmadi.
Saluvir preparatini homiladorlikning I uch oylikda qo'llash mumkin emas.
Homiladorlikning II va III uch oyliklarida Saluvir, agar onaga mo'ljallangan foyda homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo'lgandagina grippni davolash va oldini olish uchun ishlatilishi mumkin. Foyda/xavf nisbati shifokor tomonidan belgilanadi.
Emizish davridagi ayollarda Saluvirning ko'krak suti bilan ajralishi noma'lum. Saluvir preparatini qo'llash zarur bo'lganda, emizishni to'xtatish kerak.
Bolalarda foydalanish
Preparatni 6 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas.
Transport vositalarni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Markaziy neyrotrop faollikni namoyon etmaydi va psixomotor reaktsiyalar tezligini va yuqori diqqat e'tiborni talab qiluvchi turli kasblardagi odamlarda tibbiyot amaliyotida qo'llash mumkin (shu jumladan, transport haydovchilari, operatorlar).
Bir martalik doza: 6 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga - 100 mg (1 kapsula), 12 yoshdan katta bolalar va kattalar uchun-200 mg (2 kapsula 100 mg dan)
Bolalar va kattalarda gripp va boshqa O'RVI ni nospetsifik oldini olish va davolash uchun
Nospetsifik oldini olish
Gripp va boshqa O'RVI epidemiyasi paytida: 6 dan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga -100 mg, 12 yoshdan katta bolalar va kattalarga -200 mg haftasiga 2 marta 3 hafta davomida.
Gripp va boshqa O'RVI bo'lgan bemorlar bilan bevosita aloqada - 6 dan 12 yoshgacha bo'lgan bolalar -100 mg, 12 yoshdan katta bolalar va kattalar-200 mg 1 marta/kun 10-14 kun davomida.
Gripp va boshqa O'RVI ni davolash
6 dan 12 yoshgacha bo'lgan bolalar -100 mg, 12 yoshdan katta bolalar va kattalar -200 mg 4 marta/kun (har 6 soatda) 5 kun davomida.
6 yoshdan katta bolalarda rotavirus etiologiyali o'tkir ichak infektsiyalarini kompleks davolash
6 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalar - 100 mg, 12 yoshdan katta bolalar -200 mg 4 marta/kun (har 6 soatda) 5 kun davomida.
Surunkali bronxit, pnevmoniya va qaytalangan gerpetik infektsiyani kompleks davolashda
6 dan 12 yoshgacha bo'lgan bolalar - 100 mg, 12 yoshdan katta bolalar va kattalar - 200 mg 4 marta/kun (har 6 soatda) 5-7 kun davomida, keyin bir martalik dozani haftasiga 2 marta 4 hafta davomida.
Operatsiyadan keyingi asoratlarni oldini olish
6 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalar - 100 mg, 12 yoshdan katta bolalar va kattalar -200 mg operatsiyadan 2 kun oldin, keyin operatsiyadan keyingi 2 va 5-kunlarda.