45 000 s`om dan
Dorixonalardan izlashYaroqlilik muddati (oy) | 2 года:2 yil |
Preparat viruslarga qarshi, interferonogen, isitmani tushiruvchi, yallig'lanishga qarshi, og'riqni qoldiruvchi, gistaminga qarshi, angioprotektiv ta'sir ko'rsatadi.
Paratsetamol – isitmani tushiruvchi, og'riqni qoldiruvchi va yallig'lanishga qarshi ta'sirga ega, shamollashli kasalliklarida kuzatiladigan og'riq sindromini, tomoq og'rig'ini, mushaklar va bo'g'imlardagi og'riqlarni kamaytiradi, tananing yuqori haroratini pasaytiradi. Ko'proq Markaziy asab tizimi (MaT) dagi Sog-1 va sog-2 fermentlarni bloklaydi. Periferik to'qimalarda prostaglandinlar ishlab chiqarilishiga uning bloklovchi ta'siri bo'lmaganligi sababli, suv-tuz almashinuvi (natriy ionlari va suvning ushlanib qolishi) ga va me'da-ichak shilliq qavatiga ta'sir qilmaydi.
Rimantadin – viruslarga qarshi vosita, adamantan hosilasi. A grippi virusining turli shtammlari, Herpes simplex ning I- va II-turi viruslari, kanali entsefalit (Markaziy Evropa va Rossiyaning bahorgi-kuzgi Flaviviridae oilasi arboviruslari guruhiga tegishli) viruslariga nisbatan faol.
Rimantadin replikativ tsiklining erta bosqichida ingibirlovchi ta'sir ko'rsatadi, ehtimol virus genomi transkripsiyasini ingibirlaydi. Irsiy tadqiqot natijalari vibrionni keltirilgan m2 genining virus oqsili A virusining rimantadinga nisbatan sezgirligida muhim ahamiyatga ega ekanligini taxmin qilishga imkon beradi. Rimantadin inson hujayralaridan ajratib olingan A grippining 3 ta antigenli turi, ya'ni N1N1, H2N2 va H3N3 ning har birida izolyatlarning hujayralar ekmasida replikasiyani ingibirlaydi. Rimantadin V grippining virusiga nisbatan nofaol yoki deyarli nofaol hisoblanadi. A grippining hujayraviy tuzilmalarida rimantadinga nisbatan sezgirlik va klinik samara o'rtasidagi miqdoriy nisbat aniqlanmagan. Hujayralar ekmasida virus replikasiyasini 50% yoki undan ko'proq darajada ingibirlashi uchun zarur bo'lgan dori moddasining kontsentrasiyasi shaklida ifodalangan sezgirlikni sinash natijalari qo'llanilayotgan sinama bayonnomasi, inokulyat o'lchami, A grippi virusining alohidalangan shtammlari va hujayralarning foydalanilayotgan turidan kelib chiqqan holda juda katta (19 nm dan 93 mkm gacha) farqlanadi.
Turg'unlik: hujayralar ekmasi va in vivo sharoitida A grippi virusining davolash vaqtida rimantadinga nisbatan turg'un izolyatlari ajratib olingan. A grippi virusining rimantadinga turg'un bo'lgan shtammlari rimantadin qo'llanilganda yaqinda tajribaviy sharoitda ajratib olingan shtammlar orasida aniqlandi. Turg'un viruslar yuqishi mumkinligi va tipik gripp bilan kasallanish sababi bo'lishi mumkinligi ta'kidlangan. M2 domenining membranasidagi 5 ta aminokislotadan istalgan birining almashtirilishi rimantadinning turg'unligiga olib keladi. Turg'unlikni chaqiruvchi eng tarqalgan almashishlar A grippi (H1N1), A (H3N2) va S31N ni o'z ichiga oladi. Turg'unlik chaqiruvchi boshqa kamroq tarqalgan almashishlarga A30F, V27A va L26F kiradi. Rimantadinni qabul qilmagan pandemik mavsumiy grippga chalingan shaxslardan ajratilgan shtammlarda rimantadinga turg'unlik aniqlanadi. Rimantadinga turg'un bo'lgan A cho'chqa grippi (H1N1)(S-OIV) viruslari S31N almashishini saqlashi ko'rsatilgan.
KROSS-TURG'UNLIK: adamantanlar, rimantadin va amantadinlar o'rtasida Kross-turg'unlik kuzatiladi. Rimantadinga turg'unlik amantadinga nisbatan Kross-turg'unlik orqali paydo bo'ladi va aksincha. Rimantadinga nisbatan turg'unlikka olib keluvchi aminokislotalar almashishlariga m2 S31N (eng ko'p) kirib, kamroq tarqalganlariga V27, V30A, L26F va A30T lar tegishli.
Askorbin kislotasi – ko'pchilik oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalarida ishtirok etadi, organizmga umumiy rag'batlantiruvchi nospesifik ta'sir ko'rsatadi. Organizmning moslashuvchanlik qobiliyatini va infektsiyalarga nisbatan qarshilik qila olishligini oshiradi; regenerativ jarayonlarga ko'maklashadi.
Loratadin – N1-gistamin reseptorlarining davomli ta'sir etuvchi yuqori faol blokatori. Semiz hujayralardan gistamin va S4 leykotrienning ajralib chiqishini bostiradi. Allergiyaga qarshi, qichishishga qarshi, ekssudasiyaga qarshi ta'sirga ega. Kapillyarlarning o'tkazuvchanligini kamaytiradi, to'qimalarda shish rivojlanishini oldini oladi, silliq mushaklarning spazmlarini bartaraf etadi.
Kaltsiy karbonati – qon-tomirlarning yuqori o'tkazuvchanligi va mo'rtligi rivojlanishini oldini oladi, qoning me'yoriy ivishiga yordam beradi, nerv impulslarining o'tkazilish jarayonlarini amalga oshiri shda, skelet va silliq mushaklarning qisqarishlarida va yurak faoliyatining boshqarilishida ishtirok etadi.
Rutin – angioprotektor hisoblanadi. Grippda gemorragik jarayonlar bilan bog'lik bo'lgan qon-tomirlarning yuqori o'tkazuvchanligi va mo'rtligi rivojlanishini oldini oladi, shuningdek kapillyarlarda qon aylanishini tiklaydi. Rutin askorbin kislotasi bilan birga oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida ishtirok etadi, antioksidantlik xususiyatlariga ega, oksidlanishni oldini oladi va askorbin kislotasining to'qimalarda to'planishiga yordam beradi. Ikkala tarkibiy qism ham tomirlar devorini mustahkamlaydi (hujayralararo moddaning hosil bo'lishiga yordam beradi va gialuronidazaning faolligini pasaytiradi), kapillyarlarning o'tkazuvchanligi va mo'rtligini kamaytiradi.
faol moddalar: paratsetamol – 180 mg, rimantadin gidroxloridi – 25 mg, es turga mansub askorbin kislotasi – 150 mg, loratadin – 1,5 mg, rutin – 10 mg, kaltsiy (kaltsiy karbonati ko'rinishida) – 4,45 mg;
yordamchi moddalar: kaltsiy stearati, kartoshka kraxmali, laktoza monogidrati;
kapsula qobig'i tarkibi: jelatin, gliserin, E-218 metilparagidroksibenzoati, E-216 propilparagidroksibenzoati, tozalangan suv, E-171 titan dioksidi, natriy laurilsulfati, bo'yoq moddalar (E-104 xinolinli sariq, E-133 brilliantli zangori, E-110 apelsinli sariq).
Paratsetamol mavjudligi bilan bog'liq
Immun tizimi tomonidan: anafilaksiya; o'ta sezuvchanlikning teri reaktsiyalari, shu jumladan teriga toshma toshishi, angionevrotik shish, Stivens-Djonson sindromi/ toksik epidermal nekroliz.
Qon tizimi tomonidan: anemiya, metgemoglobinemiya, trombositopeniya, agranulositoz.
Nafas tizimi tomonidan: atsetilsalisil kislotasi va boshqa NYAQV ga sezgir bemorlarda bronxospazm.
Gepatobilliar buzilishlar: jigar funktsiyasining buzilishlari.
Rimantadin mavjudligi bilan bog'liq
Yurak - qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, yurak etishmovchiligi, yurak blokadasi (yurak urishi maromining buzilishi), yurak urishini his qilish, arterial gipertenziya, bosh miyada qon aylanishining buzilishi, es-hushning yo'qotilishi.
Nerv tizimi tomonidan: uyqusizlik, bosh aylanishi, bosh og'rishi, ta'sirchanlik, charchoqlik, etibor jamlashning buzilishi, harakatlanish bilan bog'liq buzilishlar, uyquchanlik, yomon kayfiyatda bo'lish, eyforiya, giperkineziya, titroq, gallyusinasiyalar, es-hushning chalkashishi, tirishishlar.
Sezgi a'zolari tomonidan: quloqlarda shovqinning sezilishi, hid bilishning o'zgarishi yoki yo'qolishi.
Nafas tizimi tomonidan: harsillash, bronxospazm, yo'tal.
Me'da-ichak yo'li tomonidan: ko'ngil aynishi, qusish, ishtahaning yo'qolishi, og'iz bo'shlig'i shilliq qavatining qurishi, qorinning og'rishi, diareya, dispepsiya.
Teri va teri osti to'qimalari tomonidan: toshmalar.
Boshqalar: charchoqlik.
Loratadin mavjudligi bilan bog'liq
Immun tizimi tomonidan: juda kam hollarda - anafilaksiya.
Nerv tizimi tomonidan: juda kam hollarda – bosh aylanishi.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: juda kam hollarda - taxikardiya, yurak urishini his qilish.
Me'da-ichak yo'li tomonidan: juda kam hollarda – ko'ngil aynishi, og'izning qurishi, gastrit, jigar funktsiyasining buzilishi.
Teri va teri osti to'qimalari tomonidan: juda kam hollarda – teriga toshma toshishi, alopesiya.
Umumiy buzilishlar: juda kam hollarda - toliqish.
Askorbin kislotasi va rutin mavjudligi bilan bog'liq
Nerv tizimi tomonidan: bosh og'rig'i, charchoqlik hissi, yuqori dozalarni uzoq muddat qo'llaganda mat qo'zg'aluvchanligining oshishi, uyquning buzilishi.
Me'da-ichak tizimi tomonidan: me'da-ichak yo'li shilliq qavatining ta'sirlanishi, ko'ngil aynishi, qusish, diareya, me'da spazmlari.
Endokrin tizimi tomonidan: me'da osti bezi insulyar apparatining ezilishi (giperglikemiya, glyukozuriya).
Siydik ajratish tizimi tomonidan: yuqori dozalarda qo'llanilganda – giperoksalaturiya va kaltsiy oksalatidan siydik toshlarining hosil bo'lishi.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tromboz, yuqori dozalarda qo'llanilganda – arterial bosimning ko'tarilishi, mikroangiopatiyalarning rivojlanishi, miokardiodistrofiya.
Allergik reaktsiyalar: teriga toshma toshishi, kam – anafilaktik shok.
Laborator ko'rsatkichlar: trombositoz, giperprotrombinemiya, eritropeniya, neytrofilli leykositoz, gipokaliemiya.
Boshqalar: gipervitaminoz, qizib ketish hissi, yuqori dozalar uzoq muddat qo'llanilganda – natriy (Na+) va suyuqlikning ushlanib qolishi, rux (Zn+) va mis (Cu+) almashinuvining buzilishi.
Davolashni kasallikning birinchi belgilari paydo bo'lganidan 24-48 soat o'tmasdan kechiktirmay boshlash kerak.
Qo'llash davomiyligi – 5 kundan ko'p emas. Uzoq muddat (7 kundan oshiqroq) qo'llanilganida surunkali yo'ldosh kasalliklarning zo'rayishi kuzatilishi mumkin, arterial gipertenziyaga chalingan keksa bemorlarda gemorragik insult rivojlanish xavfi oshadi (rimantadinning ta'siri hisobiga).
Tana harorati 38,5S dan pastroq oshishi bilan kechuvchi grippda dori vositasini qabul qilish to'g'risidagi qarorni chiqarish uchun foyda/ xavf nisbatini baholash kerak.
Paratsetamol mavjudligi bilan bog'liq
Buyrak va jigar etishmovchiligi, yaxshi sifatli giperbilirubinemiyalar (shu jumladan Jilber sindromi), virusli gepatit, glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi, jigarning alkogolli zararlanishi, alkogolizmga chalingan va keksa yoshli bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Jigar va buyraklar funktsiyasi buzilgan, spirtli ichimliklarni suiiste'mol qiluvchi shaxslarda preparatni qo'llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak. Boshqa paratsetamol saqlovchi dorilar bilan qo'llash mumkin emas. Tavsiya etilgan doza oshirib yuborilganida paratsetamol jigarga shikastlovchi ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Rimantadin mavjudligi bilan bog'liq
Arterial gipertenziya, epilepsiya (shu jumladan anamnezda), bosh miya tomirlari aterosklerozida, jigar etishmovchiligida, me'da-ichak yo'li kasalliklarida, keksa yoshli bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Dori vositasiga turg'un viruslarning paydo bo'lishi ehtimoli bor.
Surunkali yo'ldosh kasalliklarning zo'rayishi ehtimoli mavjud. Arterial gipertenziyaga chalingan keksa yoshli bemorlarda gemorragik insult rivojlanish xavfi oshadi. Anamnezda epilepsiyaga chalinganlik va tirishishlarga qarshi davolash o'tkazilganligi haqida ma'lumotning borligida tirishishlar rivojlanish xavfi oshadi.
Loratadin mavjudligi bilan bog'liq
Soxta natijalarning qayd etilishini oldini olish maqsadida terida o'tkaziladigan allergosinamalarni o'tkazishdan 48 soat oldin loratadinning qabulini to'xtatish kerak. Jigar etishmovchiligi kuzatilayotgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Askorbin kislotasi va rutin mavjudligi bilan bog'liq
Giperoksaluriya, siydik tosh kasalligi, buyrak etishmovchiligi, gemoxromatoz, talassemiya, polisitemiya, leykemiya, sideroblastli anemiya, glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza, o'roq shaklli anemiya, zo'rayib boruvchi yomon sifatli kasalliklarga chalingan bemorlar va homiladorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo'llanilishi
Dori vositasining qo'llanilishi ta'qiqlangan.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Davolanish davrida avtotransportni boshqarish, yuqori e'tibor jamlanishi va ruhiy-harakat reaktsiyalarining tezkorligini talab etuvchi oldindan xavfli hisoblanuvchi faoliyat turlari bilan shug'ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish talab etiladi (tarkibida rimantadin mavjudligi uchun).
- homiladorlik va laktasiya davri;
- fenilketonuriya (aspartam mavjudligi sababli);
- 12 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas.
Rimantadin va paratsetamol mavjudligi bilan bog'liq:
- buyraklarning o'tkir va surunkali kasalliklari, jigarning o'tkir kasalliklari, tireotoksikoz.
Loratadin mavjudligi bilan bog'liq:
- buyrak etishmovchiligining terminal bosqichi (kreatinin klirensi 10 ml/daq).
Askorbin kislotasi va rutin mavjudligi bilan bog'liq:
- tromboflebitlar, trombozlarga moyillik, qandli diabet.
Yordamchi moddalar mavjudligi bilan bog'liq:
- dori vositasi tarkibida laktoza bor, shuning uchun galaktozani kam uchrovchi nasliy ko'tara olmaydigan, Lapp laktaza tanqisligi mavjud yoki glyukoza/galaktoza absorbtsiyasi buzilgan bemorlar mazkur dori vositasini qabul qilmasliklari kerak.
Paratsetamol mavjudligi bilan bog'liq
Paratsetamol va boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi vositalarni uzoq muddat davomida birgalikda qo'llanilishi "analgetik" nefropatiya va buyraklar papillyar nekrozi rivojlanishi, buyrak etishmovchiligining terminal bosqichi kuzatilishi xavfini oshiradi.
Yuqori dozalarda paratsetamolni va salisilatlarni birgalikda uzoq muddatga tayinlash buyrak yoki qovuq saratoni rivojlanish xavfini oshiradi. Mielotoksik dori vositalari preparatning gematotoksikligi ko'rinishlarini kuchaytiradi.
Uzoq muddat davomida preparatning qabul qilinishi bilvosita antikoagulyantlar (varfarin va boshqa kumarinlar) ning samarasini kuchaytiradi, bu esa qon ketishlar xavfini oshiradi. Bir marotabali dozalari sezilarli ta'sir ko'rsatmaydi. Jigardagi mikrosomal oksidlanish fermentlari induktorlari (barbituratlar, fenitoin, karbamazepin, rifampisin, zidovudin, difenin, etanol, flumesinol, fenilbutazon va trisiklik antidepressantlar) doza oshirib yuborilganida gepatotoksiklik ta'sir xavfini oshiradi.
Metoklopramid va domperidon paratsetamolning so'rilish tezligini oshiradi, kolestiramin esa aksincha – sekinlashtiradi. Etanol o'tkir pankreatit rivojlanishiga ko'maklashadi. Preparat urikozurik dorilarning faolligini pasaytirishi mumkin.
Rimantadin mavjudligi bilan bog'liq
Farmakodinamik: rimantadin epilepsiyaga qarshi dorilar samaradorligini kamaytiradi.
Farmakokinetik: adsorbentlar, burishtiruvchi va o'rab oluvchi vositalar rimantadinning so'rilishini kamaytiradi. Paratsetamol va atsetilsalisil kislotasi rimantadinning maksimal kontsentrasiyasini muvofiq ravishda 11 va 10% ga pasaytiradi. Tsimetidin rimantadin klirensini 18% ga pasaytiradi.
Peshob muhitini kislotali tomonga o'zgartiruvchi vositalar (ammoniy xloridi, askorbin kislotasi va boshq.) rimantadinni buyraklar orqali chiqarilishi oqibatida uning samaradorligini kamaytirishadi.
Peshob muhitini ishqoriy tomonga o'zgartiruvchi vositalar (atsetazolamid, diakarb, natriy gidrokarbonati va boshq.) rimantadinni buyraklar orqali chiqarilishini kamaytirishi hisobiga uning ta'sirini kuchaytiradi.
Loratadin mavjudligi bilan bog'liq
SUR3A4 yoki CYP2D6 ingibitorlari bilan o'zaro ta'sir: loratadin miqdorining oshishi qayd etilib, bu SUR3A4 yoki CYP2D6 ingibitorlari bilan birgalikda qo'llanilganida nojo'ya ta'sirlar rivojlanishi uchrash sonining oshishi bilan birga kechishi mumkin.
Allergologik sinamalar o'tkazilishidan oldin 3 kunlik "yuvib tashlovchi" davr tavsiya etilgan.
Askorbin kislotasi va rutin mavjudligi bilan bog'liq
Qonda benzilpenisillin va tetrasiklinlarning kontsentrasiyasini oshiradi; 1 g/sut dozada etinilestradiolning biokiraolishligini oshiradi. Ichakda temir preparatlarining so'rilishini yaxshilaydi (uch valentli temirni ikki valentliga o'tkazadi); deferoksamin bilan birgalikda qo'llanilganda temir ekskresiyasini oshirishi mumkin.
Atsetilsalisil kislotasi (ask), og'iz orqali qabul qilinuvchi kontratseptivlar, yangi ezib chiqarilgan sharbatlar va ishqoriy ichimliklar askorbin kislotasining so'rilishini va o'zlashtirilishini kamaytiradi.
Ask bilan birgalikda qo'llanilganida peshob orqali askorbin kislotasining chiqarilishi oshadi va ask ekskresiyasi pasayadi. Ask askorbin kislotasi absorbtsiyasini taxminan 30% ga pasaytiradi.
Salisilatlar va qisqa muddatli ta'sir qiluvchi sulfanilamidlar bilan davolashda kristalluriya rivojlanish xavfini oshiradi, peshob orqali kislotalarning chiqarilishini sekinlashtiradi, qonda peroral kontratseptivlar kontsentrasiyasini oshiradi.
Etanolning umumiy klirensini oshiradi, bu o'z navbatida, askorbin kislotasi kontsentrasiyasining kamayishiga olib keladi.
Xinolin qatori preparatlari (ftorxinolonlar va boshq.), kaltsiy xloridi, salisilatlar, glyukokortikosteroidlar uzoq muddat qo'llanilganida askorbin kislotasi zahiralarining kamayishi kuzatiladi. Birgalikda qo'llanilganida izoprenalinning xronotrop ta'sirini kamaytiradi. Yuqori dozalarda va uzoq muddat qo'llanilganida disulfirametanol bilan o'zaro ta'sir buzilishi mumkin.
Yuqori dozalarda meksiletinning buyraklar orqali ekskresiyasini oshirishi mumkin.
Barbituratlar va primidon askorbin kislotasining peshob orqali chiqarilishini oshiradi. Antipsixotik vositalar (fenotiazin hosilalari) ning terapevtik ta'sirini, amfetamin va trisiklik antidepressantlarning naychali reabsorbtsiyasini kamaytiradi.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga – 2 ta kapsuladan kuniga 2-3 marta isitmalash sindromi saqlanib turganda 3-5 kun davomida.
Preparatni qabul qilinishi davomida bemorning ahvoli yaxshilanishi kuzatilmasa, preparat qabulini to'xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak!
Tavsiya etilgan doza oshirib yuborilganida jigarning kechiktirilgan jiddiy shikastlanishi xavfi mavjud. Kattalarda jigarning zararlanishi 10 g va undan ko'proq miqdorda paratsetamol qabul qilinganida rivojlanishi mumkin.
Paratsetamolni 5 g va undan ko'proq miqdorda qabul qilinishi quyidagi xavf omillariga ega bemorlarda jigarning zararlanishiga olib kelishi mumkin:
karbamazepin, fenobarbital, fenitoin, primidon, rifampisin, teshik dalachoy preparatlari yoki jigar fermentlarini rag'batlantiruvchi boshqa preparatlar bilan uzoq muddat davolanish;
alkogolni haddan ziyod miqdorlarda muntazam iste'mol qilish;
ehtimol glutation etishmovchiligi mavjud holatlar (ovqatlanishning buzilishi, mukovissidoz, OITV-infektsiya, och qolgan va ozib ketgan bemorlar).
Paratsetamol bilan birinchi 24 soat mobaynidagi o'tkir zaharlanish belgilari: ko'ngil aynishi, qusish, me'da sohasida og'riqlar, ko'p terlash, teri qoplamlarining rangparligi. Jigarning zararlanganligi doza oshirib yuborilganidan keyin 12-48 soat o'tgach ayon bo'lib boshlashi mumkin. Glyukoza metabolizmining buzilishi va metabolik asidoz rivojlanishi mumkin. Og'ir zaharlanishda jigar etishmovchiligi entsefalopatiya, qon ketishi, gipoglikemiya, miya shishi va o'limga olib kelishi mumkin. Naychalarning o'tkir nekrozi bilan kechuvchi o'tkir buyrak etishmovchiligi bel sohasidagi kuchli og'riq, gematuriya, proteinuriya bilan namoyon bo'lishi mumkin va hatto jigarning og'ir zararlanishi yo'qligida ham rivojlanishi mumkin. Shuningdek yurak aritmiyasi va pankreatit ham qayd etilgan.
Davosi. Doza oshirib yuborilganda kechiktirib bo'lmas tibbiy yordam ko'rsatilishini ta'minlash kerak. Doza oshirib yuborilishining erta belgilari yoki a'zolar zararlanganligi xavfi bo'lmasa ham bemorni zudlik bilan shifoxonaga etkazish kerak. Agar paratsetamolning haddan ziyod miqdori 1 soatgacha vaqt chegarasida qabul qilingan bo'lsa, faollashtirilgan ko'mir bilan davolash mumkin. Paratsetamolning plazmadagi kontsentrasiyasi dori qabulidan keyin 4 soat va undan ko'proq vaqt o'tgach baholanishi kerak (bundan ertaroq aniqlanishi ishonchsiz hisoblanadi). N-atsetilsistein bilan davolash taxminan paratsetamol qabulidan keyin 24 soat davomida o'tkazilishi mumkin, lekin eng yuqori himoyalovchi samaradorligiga qabuldan keyingi 8 soat ichida erishish mumkin. Bundan keyingi vaqt davomida ziddi zaharning samarasi keskin tushib ketadi. Zarurat bo'lganida bemorning venasi ichiga N-atsetilsistein belgilangan dozalar ro'yxatiga muvofiq yuboriladi. Qusish kuzatilmasa, og'iz orqali metioninni qo'llash mumkin. U shifoxonadan tashqarida uzoq hududlarda muqobil vosita sifatida qo'llaniladi.
Rimantadin mavjudligi bilan bog'liq dozani oshirib yuborilishi
Belgilari: qo'zg'alish, gallyusinasiyalar, aritmiyalar. Ayrim hollarda tavsiya etilgan dozadan ko'proq miqdorda dori qabul qilinganda ko'zlardan yosh oqishi va ko'zlarda og'riq sezilishi, ko'p siyish, isitmalash, qabziyat, ko'p terlash, og'iz bo'shlig'i shilliq qavatining yallig'lanishi, terining quruqligi aniqlanadi.
Davosi: me'dani yuqish, simptomatik davolash. Zaharlanganda hayotiy zarur funktsiyalarni ushlab turish kerak. Markaziy asab tizimi tomonidan belgilar paydo bo'lganida fiziostigminni kattalarga 1,2 mg, bolalarga esa 0,5 mg miqdorda vena ichiga yuborish samarali hisoblanadi. Zarurat bo'lganda bu muolajani takrorlash mumkin, lekin 1 soat davomida ziddi zaharning miqdori 2 mg dan oshmasligi kerak. Rimantadin qisman gemodializ yordamida chiqariladi.
Loratadin mavjudligi bilan bog'liq dozani oshirib yuborilishi
Belgilari: doza oshirib yuborilishida uyquchanlik, taxikardiya, bosh og'rig'i aniqlanishi ehtimoli bor.
Davosi: me'dani yuvish va faollashtirilgan ko'mirni tayinlash.
Loratadin gemodializ yordamida chiqarilmaydi, peritoneal dializ yordamida chiqarilishi mumkinligi ham aniqlanmagan.
Askorbin kislotasi va rutin mavjudligi bilan bog'liq bo'lgan dozani oshirib yuborilishi
Bir kunda 1 g dan ko'proq qabul qilinganda jig'ildon qaynashi, ich ketishi, peshob ajralishining qiyinlashuvi yoki uning qizil rangga kirishi, gemoliz (glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi mavjud bemorlarda) kuzatilishi ehtimoli bor. Nojo'ya ta'sirlar uzatilganda preparat qabulini to'xtatish va shifokorga murojaat qilish zarur.