Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.
QO‘LLASH BO‘YIYACHA YO‘RIQNOMA
FOLIA SALVIA OFFICINALIS
Savdo nomi: Shalfeya lekarstvennogo listya.
Yasnotkadoshlar (Lamiaceae) oilasiga mansub, madaniylashtirilgan yarim buta dorivor mavrak (Salvia officinalis L.) o‘simligining yoz davomida yig‘ilgan, quritilgan va maydalangan barglari.
Dori shakli: Dorivor o‘simlik xom ashyosi.
Tarkibida: oshlovchi moddalar va efir moyi (0,8% kam emas) saqlaydi.
Farmakoterapevtik guruhi: Mahalliy ta‘sir ko‘rsatuvchi yallig‘lanishga qarshi vositalar.
Farmakologik xususiyatlari
Yallig‘lanishga qarshi, burishtiruvchi va antiseptik ta‘sirga ega.
Qo‘llanilishi
Yukori nafas yo‘llari, tomoq, og‘iz bo‘shlig‘i, milklarning yallig‘lanish kasalliklarini davolashda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Damlamani tayyorlash uchun 10 g maydalangan barglarni sirlangan idishga solib, ustiga 200 ml (1 stakan) xona haroratidagi qaynagan suv quyiladi va qopkoq bilan yopib, 15 min davomida qaynayotgan suv hammomida qizdiriladi va 45 min davomida xona haroratida sovutiladi. Damlama doka orqali suzib o‘tkaziladi va qolgan hom-ashyo siqiladi. Olingan damlama hajmi qaynatilgan suv bilan 200 ml gacha yetkaziladi. Damlamani salqin joyda 2 sutkagacha saqlash mumkin.
Chayish, ho‘llash va vannalar qabul qilish uchun qo‘llaniladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Aniqlanmagan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatga shaxsiy yuqori sezuvchanlik
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Chiqarilish shakli
Qutilar va paketlar, qutilarga joylashtirilgan paketlarda 25, 30, 40, 50 va 100 g dan.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
1,5 yil.
Dorixonalardan olish tartibi
Reseptsiz.