QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
SMEKTA®
SMECTA®
Preparatning savdo nomi: Smekta®
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): diosmektit
Dori shakli: ichga qabul qilish uchun suspenziya tayyorlash uchun kukun.
Tarkibi:
Bir paketcha (3 g) quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: dioktaedrik smektit (diosmektit) – 3 g;
yordamchi moddalar: glyukoza monogidrati, natriy saxarini, apelsin aromatizatori, vanilin aromatizatori.
Ta‘rifi: suspenziyani tayyorlaganda biroz apelsin hidli, oqdan biroz och-sariq rangligacha bo‘lgan kukun.
Farmakoterapevtik guruhi: diareyaga qarshi vosita.
ATX kodi: A07VS05
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Smekta® tabiiy yo‘l bilan olingan preparat bo‘lib, adsorbsiya qiluvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Shilliq to‘siqni barqarorlashtiradi, shilliqning glikoproteidlari bilan polivalent bog‘lar hosil qiladi, shilliqning miqdorini oshiradi, uning gastroprotektor xususiyatlarini (xlorid kislotaning vodorod ionlariga, safrodagi tuzlar, mikroorganizmlar va ularning toksinlariga salbiy ta‘siriga nisbatan) yaxshilaydi.
Selektiv sorbsion xususiyatlarga ega, bu uning diskoid-kristall tuzilishi bilan tushuntiriladi; me‘da-ichak yo‘llarining bo‘shliqlaridagi bakteriyalar va viruslarni adsorbsiya qiladi. Smekta® radioshaffof preparat bo‘lib, ahlat rangini o‘zgartirmaydi, terapevtik dozalarda fiziologik ichak tranziti vaqtiga ta‘sir qilmaydi.
Farmakokinetikasi
Dioktaedrik smektit me‘da-ichak yo‘llaridan so‘rilmaydi, o‘zgarmagan ko‘rinishda chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
O‘tkir diareyani davolash
Bolalar
1 yoshgacha: kuniga 2 paketchadan 3 kun davomida, so‘ngra kuniga 1 paketchadan buyuriladi.
1 yoshdan katta: kuniga 4 paketchadan 3 kun davomida, so‘ngra kuniga 2 paketchadan buyuriladi.
Kattalar
O‘rtacha kuniga 3 paketcha.
Amaliyotda davolash kursining boshida (birinchi 3 kun davomida) sutkalik doza ikki marta oshirilishi mumkin.
Boshqa ko‘rsatmalar
Bolalar:
1 yoshgacha: kuniga 1 paketcha buyuriladi.
1 yoshdan 2 yoshgacha: kuniga 1-2 paketcha buyuriladi.
2 yoshdan katta: kuniga 2-3 paketcha buyuriladi.
Kattalar:
O‘rtacha kuniga 3 paketcha.
Qo‘llash usuli
Ichga buyuriladi. Paketchaning ichidagisi bevosita iste‘mol qilinishidan oldin eritilishi kerak.
Bolalar:
Paketchaning ichidagisi bolalar butilkasida (50 ml) eritiladi va kun davomida bir necha qabul qilishga taqsimlanadi yoki biron bir yarim suyuq mahsulot (bo‘tqa, pyure, kompot, bolalar ozuqasi) bilan aralashtiriladi.
Kattalar:
Paketchaning ichidagisi ½ stakan suvda eritiladi.
Qabul qilish uchun eng yaxshi vaqt – ovqat qabul qilishlar orasida, ezofagitda – ovqatdan keyin buyuriladi.
Tavsiya qilingan davolash kursi: 3-7 kun.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Tez-tez: qabziyat (bunday hollarda dozani pasaytirib, davolashni davom ettirish mumkin).
Tez-tez emas: ichakni dam bo‘lishi, qusish.
Eshakemi, toshma, qichishish yoki angionevrotik shishni o‘z ichiga oluvchi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari to‘g‘risida xabarlar bo‘lgan.
Shuningdek qabziyatni og‘irlashishi to‘g‘risida xam xabar berilgan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
– preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik
– fruktozani o‘zlashtiraolmaslikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Preparat bir vaqtda qabul qilinayotgan dori vositalarning so‘rilish tezligi va/yoki darajasini kamaytirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Smekta® va boshqa dori vositalarni qabul qilish orasidagi interval 1-2 soatni tashkil qilishi kerak.
Anamnezida og‘ir surunkali qabziyatlari bo‘lgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
O‘tkir diareyasi bo‘lgan bolalarga, suvsizlanishga yo‘l qo‘ymaslik uchun preparat oral regidratasion eritmani oldindan qabul qilish bilan kompleksda qo‘llanishi lozim.
Kattalarda o‘ziga xos xolatlardan tashqari hollarda, regidratasiya zarur hisoblanmaydi.
Oral yoki vena ichiga yuboriladigan regidratasion eritma bilan regidratasiya davomiyligi kasallikning kechishi, pasientning yoshi va o‘ziga xos xususiyatlariga qarab buyuriladi.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi
Preparatni homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llash mumkin.
Dori vositasini transport vositalarini yoki potensial xavli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sirini o‘ziga xosligi.
Ta‘sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: nojo‘ya ta‘sirlar kuchayishi mumkin.
Davolash: simptomatik davolash.
Chiqarilish shakli
Ichga qabul qilish uchun suspenziya tayyorlash uchun kukun alyumin folga va polietilen bilan laminasiya qilingan qog‘oz paketchalarga joylangan.
10 yoki 30 paketchadan davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.