×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

SMEKTA 3,0 suspenziya dlya priema vnutr N8

Kategoriya:
- Hazm qilish va moddalar almashinuvi tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Frantsiya
Faol modda:
Смектит диоктаэдрический
Qadoqda soni:
- 8
Ishlab chiqaruvchi:
- Бофур Ипсен Индастри
ATX kodi:
- A07ВC05
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

ALFA NORMIKS tabletkalari 200mg N36 Альфасигма С.п.А. Italiya
MAGVIT kapsulalar N30 УП МИНСКИНТЕРКАПС Belarusiya
27 000 s`om dan
116 500 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
SMEKTA 3,0 suspenziya dlya priema vnutr N8 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

SMEKTA®

SMECTA®

 

Preparatning savdo nomi: Smekta®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): diosmektit

Dori shakli: ichga qabul qilish uchun suspenziya tayyorlash uchun kukun.

Tarkibi:

Bir paketcha (3 g) quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: dioktaedrik smektit (diosmektit) – 3 g;

yordamchi moddalar: glyukoza monogidrati, natriy saxarini, apelsin aromatizatori, vanilin aromatizatori.

Ta‘rifi: suspenziyani tayyorlaganda biroz apelsin hidli, oqdan biroz och-sariq rangligacha bo‘lgan kukun.

Farmakoterapevtik guruhi: diareyaga qarshi vosita.

ATX kodi: A07VS05

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Smekta® tabiiy yo‘l bilan olingan preparat bo‘lib, adsorbsiya qiluvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Shilliq to‘siqni barqarorlashtiradi, shilliqning glikoproteidlari bilan polivalent bog‘lar hosil qiladi, shilliqning miqdorini oshiradi, uning gastroprotektor xususiyatlarini (xlorid kislotaning vodorod ionlariga, safrodagi tuzlar, mikroorganizmlar va ularning toksinlariga salbiy ta‘siriga nisbatan) yaxshilaydi.

Selektiv sorbsion xususiyatlarga ega, bu uning diskoid-kristall tuzilishi bilan tushuntiriladi; me‘da-ichak yo‘llarining bo‘shliqlaridagi bakteriyalar va viruslarni adsorbsiya qiladi. Smekta®  radioshaffof preparat bo‘lib, ahlat rangini o‘zgartirmaydi, terapevtik dozalarda fiziologik ichak tranziti vaqtiga ta‘sir qilmaydi.

Farmakokinetikasi

Dioktaedrik smektit me‘da-ichak yo‘llaridan so‘rilmaydi, o‘zgarmagan ko‘rinishda chiqariladi.

Qo‘llanilishi

  • bolalar va chaqaloqlarda oral regidratasiya bilan kompleksda va kattalarda o‘tkir diareya
  • surunkali diareya
  • gastritda, me‘da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligida, kolitda jig‘ildon qaynashi, qorin dam bo‘lishi va qorinda diskomfort hissini simptomatik davolashda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

O‘tkir diareyani davolash

Bolalar

1 yoshgacha: kuniga 2 paketchadan 3 kun davomida, so‘ngra kuniga 1 paketchadan buyuriladi.

1 yoshdan katta: kuniga 4 paketchadan 3 kun davomida, so‘ngra kuniga 2 paketchadan buyuriladi.

Kattalar

O‘rtacha kuniga 3 paketcha.

Amaliyotda davolash kursining boshida (birinchi 3 kun davomida) sutkalik doza ikki marta oshirilishi mumkin.

Boshqa ko‘rsatmalar

Bolalar:

1 yoshgacha: kuniga 1 paketcha buyuriladi.

1 yoshdan 2 yoshgacha: kuniga 1-2 paketcha buyuriladi.

2 yoshdan katta: kuniga 2-3 paketcha buyuriladi.

Kattalar:

O‘rtacha kuniga 3 paketcha.

Qo‘llash usuli

Ichga buyuriladi. Paketchaning ichidagisi bevosita iste‘mol qilinishidan oldin eritilishi kerak.

Bolalar:

Paketchaning ichidagisi bolalar butilkasida (50 ml) eritiladi va kun davomida bir necha qabul qilishga taqsimlanadi yoki biron bir yarim suyuq mahsulot (bo‘tqa, pyure, kompot, bolalar ozuqasi) bilan aralashtiriladi.

Kattalar:

Paketchaning ichidagisi ½  stakan suvda eritiladi.

Qabul qilish uchun eng yaxshi vaqt – ovqat qabul qilishlar orasida, ezofagitda – ovqatdan keyin buyuriladi.

Tavsiya qilingan davolash kursi: 3-7 kun.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Tez-tez: qabziyat (bunday hollarda dozani pasaytirib, davolashni davom ettirish mumkin).

Tez-tez emas: ichakni dam bo‘lishi, qusish.

Eshakemi, toshma, qichishish yoki angionevrotik shishni o‘z ichiga oluvchi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari to‘g‘risida xabarlar bo‘lgan.

Shuningdek qabziyatni og‘irlashishi to‘g‘risida xam xabar berilgan.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

– preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik

– fruktozani o‘zlashtiraolmaslikda qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Preparat bir vaqtda qabul qilinayotgan dori vositalarning so‘rilish tezligi va/yoki darajasini kamaytirishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Smekta®  va boshqa dori vositalarni qabul qilish orasidagi interval 1-2 soatni tashkil qilishi kerak.

Anamnezida og‘ir surunkali qabziyatlari bo‘lgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

O‘tkir diareyasi bo‘lgan bolalarga, suvsizlanishga yo‘l qo‘ymaslik uchun preparat oral regidratasion eritmani oldindan qabul qilish bilan kompleksda qo‘llanishi lozim.

Kattalarda o‘ziga xos xolatlardan tashqari hollarda, regidratasiya zarur hisoblanmaydi.

Oral yoki vena ichiga yuboriladigan regidratasion eritma bilan regidratasiya davomiyligi kasallikning kechishi, pasientning yoshi va o‘ziga xos xususiyatlariga qarab buyuriladi.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Preparatni homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llash mumkin.

Dori vositasini transport vositalarini yoki potensial xavli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sirini o‘ziga xosligi.

Ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: nojo‘ya ta‘sirlar kuchayishi mumkin.

Davolash: simptomatik davolash.

Chiqarilish shakli

Ichga qabul qilish uchun suspenziya tayyorlash uchun kukun alyumin folga va polietilen bilan laminasiya qilingan qog‘oz paketchalarga joylangan.

10 yoki 30 paketchadan davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

 

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

SMEKTA 3,0 suspenziya dlya priema vnutr N8 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
SMEKTA 3,0 suspenziya dlya priema vnutr N8 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
SMEKTA 3,0 suspenziya dlya priema vnutr N8 dori vositasi Бофур Ипсен Индастри tomonidan Frantsiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
SMEKTA 3,0 suspenziya dlya priema vnutr N8 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
SMEKTA 3,0 suspenziya dlya priema vnutr N8 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Другие формы препарата
SMEKTA poroshok 3g N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: diosmektit ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ipsen Pharma, Франция произведено: Beaufour Ipsen Industrie
SMEKTA poroshok 3g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: diosmektit ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ipsen Pharma, Франция произведено: Beaufour Ipsen Industrie
SMEKTA 3,0 poroshok so vkusom klubniki N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: Смектит диоктаэдрический ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Бофур Ипсен Индастри
SMEKTA 3,0 poroshok so vkusom apelsina N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: Смектит диоктаэдрический ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Бофур Ипсен Индастри
SMEKTA 3,0 poroshok so vkusom vanili N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: Смектит диоктаэдрический ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Бофур Ипсен Индастри
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9