165 000 s`om dan
Dorixonalardan izlashQO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
(pasientlar uchun ma‘lumot)
Stimuloton®
qobiq bilan qoplangan tabletkalar 50 mg, 100 mg
(sertralin)
Ushbu dori preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin bu yo‘riqnomani diqqat bilan va to‘liq o‘qib chiqing, chunki u Siz uchun muxim ma‘lumot saqlaydi.
Ushbu ilova-varaqa quyidagi ma‘lumotlarni saqlaydi:
Stimuloton® ta‘sir etuvchi modda sertralin saqlaydi. Sertralin serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlari (SQQOSI) deb nomlanuvchi dori vositalari guruhiga kiradi. Bu dori vositasi depressiya va/yoki xavotirli buzilishlarni davolash uchun ishlatiladi.
Stimuloton® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparati quyidagilarni davolash uchun ishlatilishi mumkin:
Depressiya quyidagi simptomlarga ega bo‘lgan klinik kasallik hisoblanadi: qayg‘u tuyg‘usi, uyquni buzilishi yoki ilgari kuzatilmagan hayotdan norozilik hissi.
OKB va sarosimali buzilishlar xavotirlik bilan bog‘liq bo‘lgan kasallik bo‘lib, uning simptomlari qaytuvchan shilqim g‘oyalar hisoblanadi, u takrorlanuvchi “marosimli” xarakatlar qilishga undaydi (kompulsiv qo‘zg‘alish).
PTSB – bu depressiya va xovotirli xolatga o‘xshash ayrim simptomlar bilan birga kechuvchi, og‘ir emosional travmatik xodisadan keyin paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan holat.
Ijtimoiy xavotirlik xolati (ijtimoiy fobiya) kuchli xavotirlik tuyg‘usi yoki sosial vaziyatlardagi buzilishlar (masalan: noma‘lum odamlar bilan gaplashish, odamlar guruxi oldida so‘zga chiqish, begonalar oldida ovqat qabul qilish yoki o‘zining hatti-harakatidan bezovtalik va uyalish) bilan xarakterlanuvchi kasallikdir.
Davolovchi shifokoringiz, Sizning kasalligingizni davolash uchun bu dori vositasi to‘g‘ri keladi deb qaror qilgan.
Stimuloton® preparatini buyurilishiga nisbatan gumonlar paydo bo‘lgan xolda shifokor bilan maslahatlashishi kerak.
Stimuloton® tabletkalarini qabul qilmang
Tibbiyotda qo‘llanganidagi ehtiyotkorlik choralari
Hamma ham va xamma hollarda xam dori preparatlarini qabul qilaolmasliklari mumkin
Stimuloton® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparatini qo‘llashni boshlashdan oldin davolovchi shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslaxatlashing.
Agar Sizda quyida sanab o‘tilgan xolatlardan birontasi bo‘lsa, Stimuloton® tabletkalarini qabul qilishni boshlashdan oldin albatta davolovchi shifokoringizga xabar bering:
Bezovtalik/Akatiziya
Sertralinni qo‘llash akatiziya (qo‘zg‘algan holat va harakatni zarurligi, bir joyda o‘tiraolmaslik yoki turaolmaslik) rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bunday xolat ko‘proq davolashni birinchi bir necha xaftalari davomida paydo bo‘ladi. Dozani oshirish bunday simptomlari bo‘lgan pasientlarga noxush ta‘sir ko‘rsatishi mumkin, shuning uchun shunga o‘xshash simptomlar paydo bo‘lganida davolovchi shifokoringizga murojaat qiling.
Bekor qilish reaksiyasi
Bekor qilish reaksiyasi ko‘proq davolash to‘htatilganida paydo bo‘ladi, ayniqsa, agar davolash birdan to‘xtatilgan bo‘lsa (3 bo‘limga “Agar Siz Stimuloton® tabletkalarini qabul qilishni to‘xtatgan bo‘lsangiz” va 4 bo‘limga “Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari” ga qarang). Bekor qilish simptomlarini paydo bo‘lish xavfi davolash davomiyligi, dozalash va dozani pasaytirish tezligiga bog‘liq. Ko‘pchilik hollarda bunday simptomlar yuqori bo‘lmagan yoki o‘rtacha og‘irlik darajasiga ega bo‘ladi. Lekin, ular ayrim pasientlarda o‘ta og‘ir bo‘lishi mumkin. Odatda ular davolash to‘xtatilganidan keyin birinchi kunlar davomida paydo bo‘ladi. Ko‘pincha bunday simptomlar o‘z-o‘zidan yo‘qoladi yoki 2 xaftadan keyin o‘tib ketadi. Ayrim pasientlarda ular ko‘proq (2-3 oylar va ko‘proq) davom etishi mumkin. Sertralin bilan davolash tugatilganida dozani, pasientning xolatiga qarab, asta-sekin bir necha xaftalar yoki oylar davomida pasaytirish kerak. Doimo preparatni optimal bekor qilish usuli bo‘yicha shifokoringiz bilan maslaxatlashing!
Suisidal fikrlar va depressiya yoki xavotirli xolatni yomonlashishi
Agar Sizda depressiya va/yoki xavotirli holat bo‘lsa, Sizda o‘zingizga jismoniy zarar yetkazish yoki o‘z-o‘zini o‘ldirish fikri paydo bo‘lishi mumkin. Bunday xolat antidepressantlarni qabul qilishni boshlang‘ich bosqichida kuchayishi mumkin, chunki bunday dori vositalari birdan emas, odatda ikki xafta, ba‘zida esa ko‘proq vaqtdan keyin ta‘sir qilishni boshlaydi.
Bunday fikrlar paydo bo‘lishini ehtimoli quyidagi holatda yuqori:
Agar Sizda har qanday vaqtda o‘zingizga zarar yetkazish yoki o‘z-o‘zini o‘ldirish fikri paydo bo‘lsa, darxol bu xaqida davolovchi shifokoringizga xabar bering yoki shifoxonaga murojaat qiling.
Ehtimol, o‘zingizni qarindoshlaringizga yoki yaqin do‘stlaringizga, Sizdagi depressiya yoki xavotirli xolat xaqida gapirib berishingiz va ularni ushbu ilova-varaqani o‘qib chiqishni so‘rasangiz foydali bo‘ladi. Ehtimol, agar ularning fikri bo‘yicha, Sizning depressiya yoki xavotirli holatingizni yomonlashayotgani yoki agar Sizning hatti-harakatlaringizdagi o‘zgarishlardan ular bezovta bo‘layotganlari haqida ularni Sizga xabar berishlarini so‘rashingiz kerak.
Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar
Odatda sertralin bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarni davolash uchun, obsessiv-kompulsiv buzilishlari bo‘lgan pasientlardan tashqari ishlatilmaydi. 18 yoshdan kichik pasientlar tomonidan ushbu sinf preparatlarini qabul qilish, suisidga urinish, suisidal fikrlar va dushmanlik (asosan tajovvuzkorlik, oppozision hatti-harakat va g‘azab) kabi noxush samaralar xavfini oshishi mumkinligi bilan bog‘liq. Shunga qaramasdan, agar shifokor bu pasientga foyda beradi deb xisoblasa, Stimuloton®ni 18 yoshdan kichik pasientlarga buyurishi mumkin. Agar shifokor Stimuloton®ni 18 yoshdan kichik pasientga buyurgan bo‘lsa va Siz buni muhokama qilishni xoxlasangiz, maslaxat uchun shifokorga murojaat qiling. Bundan tashqari, Siz Simuloton® qabul qilayotgan , 18 yoshdan kichik pasientda yuqorida sanab o‘tilgan simptomlardan birontasi paydo bo‘lganida yoki kuchayganida shifokorga xabar berishingiz kerak. Sertralinni davomli qo‘llashni bolalar va o‘smirlarning o‘sishi, yetilishi, talim olishi (kognitiv faoliyatlar) va hulqiga nisbatan xavfsizligi masalalari hali o‘rganilmagan.
Boshqa dori vositalari va Stimuloton® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparati
Shifokroingizga yoki farmasevtga Siz qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilgan yoki qabul qilishni rejalashtirgan, har qanday dori vositalari shu jumladan reseptsiz beriladigan preparatlar, xaqida xabar bering.
Ayrim dori vositalari Stimuloton® preparatining samarasiga ta‘sir qilishi mumkin yoki Stimuloton® bir vaqtda qabul qilinganida boshqa dori vositalarining samaradorligini pasaytirishi mumkin.
Stimuloton preparati va quyidagi dori vositalarini bir vaqtda qabul qilish jiddiy nojo‘ya samaralar chaqirishi mumkin
Quyidagi dori vositalarini qabul qilish xaqida shifokorga xabar berish kerak:
Stimuloton® tabletkalarini ovqat va ichimliklar bilan qabul qilish
Stimuloton® tabletkalarni ovqat bilan yoki ovqat qabul qilishdan qatiy nazar qabul qilish mumkin. Stimuloton® bilan davolanish vaqtida alkogolni istemol qilish tavsiya etilmaydi. Sertralinni greypfrut sharbati bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin emas, chunki greypfrut sharbati Sizning organizmingizda sertralinning darajasini oshirishi mumkin.
Fertillik, homiladorlik va emizish davri
Agar Siz homilador bo‘lsangiz, bola emizsangiz, homiladorman deb taxmin qilsangiz, yoki bolaga ega bo‘lishni rejalashtirsangiz, bu preparatni qo‘llashni boshlashdan oldin bu xaqida davolovchi shifokoringizga xabar bering.
Homiladorlik
Homilador ayollarda sertralin qabul qilishni xavfsizligi to‘liq aniqlanmagan. Homilador ayollarga Stimuloton® faqat agar shifokor preparatni qo‘llashdan ona uchun foyda, homila uchun mumkin bo‘lgan xavfdan yuqori deb xisoblagan xollardagina qo‘llash mumkin. Reproduktiv yoshdagi ayollar sertralin qabul qilishda kontrasepsiyaning muvofiq usulini ishlatishlari kerak.
Stimuloton® preparati bilan davolanayotganingiz xaqida akusherka va/yoki shifokoringiz xabardorligiga ishonch hosil qilishingiz kerak. Xomiladorlik vaqtida, ayniqsa oxirgi uch oyligi davomida qabul qilishda, Stimuloton® kabi dori vositalari xomilaning og‘ir kasalligi rivojlanish xavfini oshirishi mumkin, xususan bolaning nafasini tezlashishi va terini ko‘karishiga olib keluvchi yangi tug‘ilgan chaqaloqning turg‘un o‘pka gipertenziyasiga (YaTCHTO‘G) olib kelishi mumkin. Bu simptomlar odatda bola tug‘ilganidan keyingi birinchi sutkalar davomida namoyon bo‘ladi. Agar Sizning bolangizda shunday simptomlar paydo bo‘lsa, darhol akusherka yoki shifokor bilan bog‘lanish kerak.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda tug‘ilgandan keyingi birinchi sutkada boshqa holatlar ham rivojlanishi mumkin. Bu simptomlarga quyidagilar kiradi:
Agar bola tug‘ilganidan keyin keltirilgan simptomlardan birontasi rivojlansa yoki agar Sizda Sizning bolangizni sog‘lig‘i bilan bog‘liq bo‘lgan savollar paydo bo‘lsa, maslahat uchun davolovchi shifokoringizga yoki akusherkaga murojaat qiling.
Emizish
Sertralinni ko‘krak sutiga chiqarilishi isbotlangan. Stimuloton® emizuvchi ayollarga faqat agar ona uchun kutilayotgan foyda, bolaga ta‘siri xavfidan yuqori bo‘lgan xollardagina buyurilishi mumkin.
Fertillik
Hayvonlardagi eksperimentlarning ma‘lumotlari bo‘yicha, sertralin turidagi ayrim preparatlar sperma sifatiga noxush samara ko‘rsatishlari mumkin.
Nazariy jihatdan bu fertillikka ta‘sir qilishi mumkin, lekin odamdagi fertillikka samarasi hozirgi vaqtgacha aniqlanmagan.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri
Sertralin kabi markaziy nerv tizimiga ta‘sir qiluvchi dori preparatlari transport vositalarini haydash va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir qilishi mumkin. Shuning uchun davolanish vaqtida ushbu dori vositasi bunday harakatlarni bajarishga qanday ta‘sir qilishi aniqlanmagunicha, transport vositalari va mexanizmlarni boshqarmaslik kerak.
Stimuloton®ni doimo davolovchi shifokoringizning ko‘rsatmalariga aniq rioya qilib qabul qiling. Agar Sizda savollar paydo bo‘lsa shifokorga murojaat qiling.
Dozalash tartibi
Odatda tavsiya etiladigan doza quyidagilarni tashkil qiladi:
Kattalar:
Depressiya va obsessiv-kompulsiv buzilishlar (OKB)
Depressiya va OKB odatdagi samarali doza kuniga 50 mg ni tashkil qiladi. Xar kungi doza kamida bir xaftalik intervallar bilan bir necha xafta davomida 50 mg ga oshirishilish mumkin. Maksimal tavsiya etiladigan doza kuniga 200 mg ni tashkil qiladi.
Sarosimali buzilishlar, sosial xavotirlik xolatlari va posttravmatik stressli buzilishlar
Sarosimali buzilishlar, sosial xavotirlik xolatlari va posttravmatik stressli buzilishlarni davolashda kuniga 25 mg dozadan boshlash va bir xafta o‘tgach uni kuniga
50 mg gacha oshirish kerak. Keyinchalik xar kungi doza bir necha xafta davomida 50 mg ga oshirilishi mumkin. Maksimal tavsiya etiladigan doza kuniga 200 mg ni tashkil qiladi.
Bolalar va o‘smirlar
Stimuloton® faqat obsessiv-kompulsiv buzilishlari bo‘lgan bolalar va 6-17 yoshli o‘smirlarni davolash uchun qo‘llanishi kerak.
Obsessiv-kompulsiv buzilishlar
6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar: tavsiya etilgan boshlang‘ich doza kuniga 25 mg ni tash kil qiladi. Bir xafta o‘tgach shifokoringiz dozani kuniga 50 mg gacha oshirishi mumkin. Maksimal doza kuniga 200 mg ni tashkil qiladi.
13 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar: tavsiya etilgan boshlang‘ich doza kuniga 50 mg ni tashkil qiladi. Maksimal doza kuniga 200 mg ni tashkil qiladi.
Jigar va buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar
Jigar yoki buyrak kasalliklari bo‘lganida bu xaqida shifokorga xabar berish va uning ko‘rsatmalariga rioya qilish kerak.
Shifokoringiz bu dori vositasini qancha muddat qabul qilish kerakligi haqida xabar beradi. Bu kasallikning tabiati va davolashga javob reaksiyasiga bog‘liq. Bu klinik simptomlar yaxshilana boshlashigacha bir necha xaftalarni olishi mumkin.
Qo‘llash usuli
Stimuloton® tabletkalarini ovqat qabul qilishdan qatiy nazar qabul qilish mumkin.
Dori vositasini kuniga bir marta ertalab yoki kechqurun qabul qiling.
Riska yordamida tabletkalarni ikki bir xil dozaga bo‘lish mumkin.
Agar Siz buyurilganidan ko‘proq Stimuloton® tabletkalarini qabul qilgan bo‘lsangiz
Agar Siz tasodifan Stimuloton® tabletkalarining oshiqcha miqdorini qabul qilgan bo‘lsangiz, darhol bu xaqida shifokorga xabar bering yoki yaqindagi tez yordam bo‘limiga murojaat qiling. Doimo dori vositasini original o‘ramini, u to‘la yoki bo‘sh bo‘lishidan qatiy nazar, o‘zingiz bilan birga olib yuring.
Doza oshirib yuborilishini simptomlari: uyquchanlik, ko‘ngil aynishi va qusish, taxikardiya, qaltirash, xavotirlik, bosh aylanishi va kam xollarda xushni yo‘qotish.
Agar Siz Stimuloton® tabletkalarini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz
Agar Siz tabletkani qabul qilishni uniutgan bo‘lsangiz, o‘tkazib yuborilgan dozani navbatdagi doza bilan birga qabul qilish mumkin emas. Faqat navbatdagi dozani kerakli vaqtida qabul qiling.
O‘tkazib yuborilgan dozalar o‘rnini to‘ldirish uchun ikkilangan dozani qabul qilmang, chunki Siz o‘tkazib yuborilgan dozaning o‘rnini to‘ldiraolmaysiz, lekin dozani oshirib yuborilishi xavfini oshirishingiz mumkin.
Agar Siz Stimuloton® tabletkalarini qabul qilishni to‘xtatgan bo‘lsangiz
Shifokordan muvofiq ko‘rsatmalar olmaguncha, Stimuloton® tabletkalarini qabul qilishni to‘xtatish mumkin emas. Siz dori vositasini qabul qilishni to‘xtatishingiz oldidan, shifokoringiz bir nech xafta davomida Stimuloton® preparatining dozasini asta-sekin pasaytiradi. Bu dori vositasini qabul qilish birdan to‘xtatilgan xolda nojo‘ya samaralari paydo bo‘lishi mumkin, masalan, bosh aylanishi, uvishishi, uyquni buzilishi, qo‘zg‘alish yoki xavotirlik, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish va qaltirash. Stimuloton® preparatini bekor qilish bilan bog‘liq bo‘lgan shunday nojo‘ya samaralari yoki har qanday boshqa nojo‘ya reaksiyalar paydo bo‘lgan holda, shifokor bilan maslaxatlashish kerak.
Ushbu dori vositasini qabul qilish bo‘yicha biron-bir qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslaxatlashing.
Barcha dori vositalari kabi, ushbu preparat ham nojo‘ya samaralar chaqirishi mumkin, lekin ular hamma pasientlarda xam paydo bo‘lavermaydi.
Ko‘ngil aynishi eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya samarasidir. Nojo‘ya samaralar dozalashga bog‘liq va ko‘pincha uzluksiz davolashda yo‘qolib ketadi.
Kechiktirmasdan shifokorga xabar bering:
Ushbu dori vositasini qabul qilgandan keyin quyidagi simptomlardan birontasi paydo bo‘lganida; bu simptomlar jiddiy bo‘lishi mumkin
Klinik sinovlar vaqtida kattalarda quyidagi nojo‘ya samaralar kuzatilgan:
Juda tez-tez uchraydigan nojo‘ya samaralari (10 pasientlardan 1 dan ko‘prog‘ida paydo bo‘ladi):
Uyqusizlik, bosh aylanishi, uyquchanlik, bosh og‘rig‘i, diareya, ko‘ngil aynishi, og‘izni qurishi, eyakulyasiyani buzilishi, charchoqlik.
Tez-tez uchraydigan nojo‘ya samaralari (100 pasientlardan 1 dan 10 tasigachada paydo bo‘ladi):
Tomoq og‘rig‘i, ishtaxani yo‘qligi, ishtaxani yuqoriligi, depressiya, odatlanmagan hissiyotlar, tungi dahshatlar, xavotirlik, bezovtalik, qo‘zg‘aluvchanlik, past seksual qiziqish, tishlarni g‘ichirlatish, uvishish va sanchilish tuyg‘usi, qaltirash, mushaklarni kuchlanishi, anomal ta‘m, e‘tiborni yo‘qotish, ko‘rishni buzilishi, quloqlarda jaranglash, yurakni kuchli urishi, oqib kelishlar, esnash, qorin og‘rig‘i, qusish, qabziyat, me‘da tomonidan buzilish, ichakda gazlar, toshma, ko‘p terlash, mushaklarda og‘riq, seksual disfunksiya, erektil disfunksiya, ko‘krakda og‘riq.
Tez-tez bo‘lmagan nojo‘ya samaralari (1000 pasientlardan 1 dan 10 tasigachada paydo bo‘ladi):
Nafas yo‘llarining infeksiyalari, tumov, gallyusinasiyalar, normal bo‘lmagan yuqori kayfiyat, beparvolik, fikrlashni buzilishi, konvulsiyalar, mushaklarni ixtiyorsiz qisqarishi, harakat koordinasiyasini buzilishi, oshiqcha harakatchanlik, xotirani buzilishi, taktil sezuvchanlikni pasayishi, nutqni buzilishi, turganda bosh aylanishi, migren, quloqlarda og‘riq, yurak qisqarishlari tez-tezligini oshishi, yuqori arterial bosim, oqib kelishlar, nafasni qiyinlashishi, xushtaksimon nafas bo‘lishi mumkin, hansirash, burundan qon ketishi, qizilo‘ngach bilan muammolar, yutishni qiyinlashishi, gemorroy, ko‘p so‘lak ajralishi, til kasalliklari, kekirish, ko‘zlarni shishi, to‘q-qizil dog‘lar (nuqtalar ko‘rinishida), sochlarni to‘kilishi, sovuq ter, terini quruqligi, eshakemi, osteoartrit, mushaklarda kuchsizlik, belda og‘riqlar, mushaklarni tortilishi, tunda tez-tez siyish, siyaolmaslik, siyishni ko‘payishi, siyish tez-tezligini oshishi, siyish bilan muammolar, siydikning miqdorini oshishi, qindan qon ketishi, ayollar jinsiy disfunksiyasi, o‘zini yomon his qilish, etni uvishishi, isitma, holsizlik, chanqoqlik, tana vaznini pasayishi, tana vaznini oshishi.
Kam hollarda uchraydigan nojo‘ya samaralari (10000 pasienlardan 1 dan 10 tasigachada paydo bo‘ladi):
Ichakni yallig‘lanishi, o‘rta quloq infeksiyasi, xavfli o‘smalar, limfa tugunlarini shishi, holesterinni yuqori darajasi, qonda qandning darajasini pasayishi, stresslar yoki emosiyalar chaqirgan jismoniy simptomlar, doriga qaramlik, ruxiy buzilishlar, agressiya, paranoya (taqib qilish bosinqirashi), suisidal fikrlar, lunatizm, muddatidan oldingi eyakulyasiya, koma, anomal harakatlar, harakatni qiyinlashishi, yuqori taktil sezuvchanlik, sezuvchanlikni buzilishi, glaukoma, ko‘z yoshi oqishini buzilishi, ko‘rish maydonida dog‘lar, ko‘zlarda ikkilanish, ko‘zlarni yorug‘likka sezuvchanligi, ko‘zlarga qon quyilishi, qorachiqlarni kengayishi, yurak xuruji, yurak urishini sekinlashishi, yurakning boshqa kasalliklari, qo‘l-oyoqlarda qon aylanishini yomonlashishi, halqum spazmi, nafasni sekinlashishi, nafasni tezlashishi, nutq tovushlari hosil bo‘lishini buzilishi, axlatda qon, og‘iz bo‘shlig‘ini yallig‘lanishi, tilda jaroxatlarni paydo bo‘lishi, tishlarning kasalliklari, tilning kasalliklari, jigar faoliyatini buzilishi, po‘rsildoqlar hosil bo‘lishi bilan terining kasalliklari, soch ildizlarini yallig‘lanishi, sochlarning strukturasini o‘zgarishi, terining xidini o‘zgarishi, kaftlarning qizarishi, siyishni pasayishi, siydikni tutib turaolmaslik, siyishni boshlanishini qiyinlashishi, haddan ziyod qindan qon ketishi, qinni quruqligi, jinsiy olatda va uning boshida og‘riqli qizarish, qindan ajralmalar, davomli, og‘riqli ereksiya, sut bezlaridan ajralmalar, churra, dori vositalariga torelantlikni pasayishi, yurishda qiyinchiliklar, laboratoriya tekshirishlarini anomal natijalari, urug‘ suyuqligida o‘zgarishlar, qon tomirlarni shikastlanishi, kengayishi.
Davolash vaqtida, shuningdek bevosita sertralin bekor qilinganidan keyin suisidal fikrlar va suisidal hatti-harakatni rivojlanish xollari kuzatilgan (2 bo‘limga qarang).
Stimuloton® preparatini postmarketing tekshirishda quyidagi nojo‘ya samaralar aniqlangan:
Oq qon tanachalarining darajasini pasayishi, qon plastinkalarining darajasini pasayishi, qalqonsimon bezi gormonlari darajasini pasayishi, endokrin tizimini buzilishi, qonda natriyning darajasini pasayishi, qonda qandning darajasini boshqarilishini buzilishi, qonda qandning darajasini oshishi, dahshatli tush ko‘rishlar, suisidal hatti-harakat, mushak xarakatlarini buzilishi (haddan ziyod harakatchanlik, kuchlangan mushaklar, yurishda qiyinchiliklar, xushdan ketishlar, to‘satdan, og‘ir bosh og‘riqlari (bu qaytuvchan serebral vazokonstriktorli sindrom sifatida ma‘lum bo‘lgan og‘ir, lekin qaytuvchan belgi bo‘lishi mumkin), qorachiqlarning o‘lchamlarida farq, qon ketishi (burundan qon ketishi, me‘dadan qon ketishi yoki siydikda qon), o‘pka kasalliklari (interstisial), pankreatit, jigar faoliyatini jiddiy buzilishlari, teri va skleralarni sarg‘ayishi (sariqlik), terini shishi, quyoshga teri reaksiyasi, qichishish, bo‘g‘imlarda og‘riq, mushak tirishishlari, sut bezini kattalashishi, hayz ko‘rish siklini buzilishi, oyoqlarni shishi, qonni ivishi bilan muammolar, tungi siydikni tutaolmaslik, jiddiy allergik reaksiyalar.
Ushbu tur dori vositalarini qabul qilgan pasientlarda, suyak sinishlarini yuqori xavfi kuzatilgan.
Bolalar va o‘smirlardagi boshqa nojo‘ya samaralari
Bolalar va o‘smirlar ishtirokidagi klinik tadqiqotlarda umuman olganda kattalardagi kabi nojo‘ya samaralar kuzatilgan (yuqoriga qarang). Bolalar va o‘smirlarda eng ko‘p nojo‘ya samaralari bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, diareya va ko‘ngil aynishi bo‘lgan.
Preparat bekor qilinganida rivojlanishi mumkin bo‘lgan simptomlar
Ushbu preparat to‘satdan bekor qilinganida quyidagi nojo‘ya reaksiyalar rivojlanishi mumkin: bosh aylanishi, uvishish, uyquni buzilishi, qo‘zg‘aluvchanlik, xavotirlik, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish va qaltirash.
Sertralin qabul qilgan pasientlarda benzadiazepinlarni aniqlash uchun immunotestlarni ishlatish bilan siydikni skriningli testlari soxta-musbat natijalar berishi mumkinligi xaqida xabarlar bor.
Nojo‘ya samaralari xaqida xabar berib, Siz bu preparatni xavfsizligi bo‘yicha qo‘shimcha ma‘lumot olishga yordam berasiz.
15-25oS xaroratda saqlansin.
Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.
Stimuloton® qobiq bilan qoplangan preparatini sifatini yomonlashishini aniq belgilari (masalan, rangini o‘zgarishi) belgilari paydo bo‘lganida qo‘llash mumkin emas.
Yaroqlilik muddati o‘ramida ko‘rsatilgan.
O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin preparat ishlatilmasin!
Yaroqlilik muddatining o‘tish sanasi ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuni hisoblanadi.
Dori vositalarini maishiy chiqindilar yoki oqava suvlarga tashlash mumkin emas. Agar kerak bo‘lmagan preparatni chiqindilarga tashlash kerak bo‘lsa, farmasevt bilan maslahatlashing. Bu choralar atrof-muhitni ifloslanishini oldin olishga yordam beradi.
Shifokor resepti bo‘yicha beriladi.
Stimuloton® tabletkalari nima saqlaydi
Ta‘sir etuvchi modda: xar bir qobiq bilan qoplangan tabletka 50 mg yoki 100 mg sertralin (muvofiq 55,95 mg va 111,90 mg sertralin gidroxloridi ko‘rinishida) saqlaydi.
Yordamchi moddalar: magniy stearati, gidroksipropilsellyuloza, natriy kraxmal glikolyati, kalsiy gidrofosfat digidrati, mikrokristall sellyuloza, makrogol 6000, titan dioksidi, gipromelloza.
Tashqi ko‘rinishi:
Stimuloton® tabletkalari 50 mg: oq yoki deyarli oq, ikki tomonlama qavariq, oval shaklli, hidsiz, bir tomonida “Ye 271” gravirovkali va boshqa tomonida riskali qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Riska yordamida tabletkani teng ikkita dozaga bo‘lish mumkin.
Stimuloton® tabletkalari 100 mg: oq yoki deyarli oq, ikki tomonlama qavariq, oval shakilli, hidsiz, bir tomonida “Ye 272” gravirovkali va boshqa tomonida riskali qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Riska yordamida tabletkani teng ikkita dozaga bo‘lish mumkin.
O‘rami:
Stimuloton® tabletkalari 50 mg: 10 qobiq bilan qoplangan tabletkadan blisterda. 1, 2 yoki 3 blister tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Stimuloton® tabletkalari 100 mg: 14 qobiq bilan qoplangan tabletkadan blisterda. 1 yoki 2 blister tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.