×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

PARLAZIN tabletkalari 10mg N10

Kategoriya:
- Antiallergik dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Vengriya
Faol modda:
Цетиризин
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Эгис Фармацевтический завод ОАО
ATX kodi:
- R06AE07
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

FENISTIL NYu tomchilar dlya priema vnutr 20ml 0,1% Novartis Consumer Health S.A. Shveytsariya
55 000 s`om dan
ZODAK tabletkalari 10mg N30 Zentiva k.s. Chexiya
75 000 s`om dan
AVISET tabletkalari 5mg N30 Avantika Medex PVT. LTD, Индия произведено: Origin Formulation PVT. LTD Hindiston
32 000 s`om dan
ALLERVIL tabletkalari 10mg/5mg N10 Synokem Pharmaceuticals Ltd Hindiston
42 700 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
PARLAZIN tabletkalari 10mg N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

(pasientlar uchun ma‘lumot)

Parlazin®

qobiq bilan qoplangan tabletkalar

10 mg

(setirizin)

 

Ushbu dori preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin bu yo‘riqnomani diqqat bilan va to‘liq o‘qib chiqing, chunki u Siz uchun muhim ma‘lumot saqlaydi.

Ushbu preparatni har doim qat‘iy bu yo‘riqnomada yoki davolovchi shifokoringiz yoki farmasevt ko‘rsatmalariga muvofiq qabul qiling.

  • Ushbu varaqani saqlab qo‘ying. Ehtimol, Sizga uni yana o‘qib chiqish kerak bo‘lishi mumkin.
  • Agar Sizda qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, shifokorga yoki farmasevtga murojaat qiling
  • Agar Sizda biron-bir nojo‘ya samara paydo bo‘lsa yoki Siz ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokoringizga yoki farmasevtga xabar bering (4-bo‘limga qarang). Agar Sizning ahvolingiz uch kun davomida yaxshilanmasa yoki aksincha yomonlashsa, davolovchi shifokoringizga maslahat uchun murojaat eting.

Ushbu ilova-varaqa quyidagi ma‘lumotlarni saqlaydi:

  1. Parlazin® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparati nima va u nima uchun qo‘llanadi
  2. Parlazin® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin nimalarni bilish kerak
  3. Parlazin® qobiq bilan qoplangan tabletkalarini qanday qabul qilish kerak
  4. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari
  5. Parlazin® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparatini qanday saqlash kerak
  6. Yaroqlilik muddati
  7. Dorixonalardan berish tartibi
  8. O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumot

  1. Parlazin® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparati nima va u nima uchun qo‘llanadi

Setirizin gidroxloridi Parlazin® preparatining faol moddasi hisoblanadi.

Parlazin® allergiyaga qarshi vosita hisoblanadi.

Parlazin® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparati kattalar va 6 yosh va undan katta bolalarda quyidagi allergik kasalliklarni davolash uchun qo‘llanadi:

  • allergik mavsumiy yoki doimiy pichan isitmasida ko‘z yoshi oqishi va tumov simptomlari
  • qichishish
  • surunkali eshakemi simptomlari (surunkali idiopatik eshakemi)

Agar Sizning ahvolingiz yaxshilanmasa yoki yomonlashsa shifokoringizga maslahat uchun murojaat eting.

  1. Parlazin® qobiq bilan qoplangan tabletkalarini qabul qilishni boshlashdan oldin nimalarni bilish kerak

Parlazin® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparatini qabul qilmang:

  • Agar Sizda setirizinga (preparatning faol moddasi), gidroksizin yoki piperazin (tarkibi bo‘yicha yaqin bo‘lgan boshqa preparatlarning moddalari) yoki 8 bo‘limda keltirilgan preparatning har qanday yordamchi moddalariga allergiya bo‘lsa.
  • Agar Sizda buyrakning juda og‘ir kasalligi (kreatinin klirensi minutiga 10 ml dan kam bo‘lgan og‘ir buyrak yetishmovchiligi) bo‘lsa.
  • Agar Sizda qandlarning ayrim turlarini o‘zlashtirilishini nasliy buzilishlari (galaktozani o‘zlashtiraolmaslik, laktozani o‘zlashtiraolmaslik yoki glyukoza-galaktozani so‘rilishini buzilishi) bo‘lsa.

Tibbiy qo‘llashdagi ehtiyotkorlik choralari

Parlazin® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin davolovchi shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Agar Sizda quyida sanab o‘tilgan holatlardan birontasi bo‘lsa, Parlazin® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing:

  • Agar Sizda buyrak kasalligi bo‘lsa.
  • Agar Sizda siydik tutilishiga moyillik bo‘lsa (masalan, orqa miya, qovuq kasalligi yoki prostata buzini kattalashishi bilan bog‘liq).
  • Agar Sizda tutqanoq bo‘lsa yoki Siz tirishishlar rivojlashini xavfi yuqori guruhga mansub bo‘lsangiz.
  • Alkogol (qonda alkogol darajasi 0,5‰, bu bir stakan vinoga muvofiq) va odatda tavsiya etiladigan dozalarda qo‘llanadigan setirizin o‘rtasida yaqqol o‘zaro ta‘sir kuzatilmagan. Shunga qaramasdan, har qanday antigistamin preparatini qo‘llagandagi kabi Sizga spirtli ichimliklarni iste‘mol qilishdan saqlanish tavsiya etiladi.
  • Boshqa antigistamin preparatini qabul qilgandagi kabi, soxta manfiy natijadan saqlanish uchun rejalashtirilgan allergik teri sinamasini o‘tkazishdan kamida 3 kun oldin ushbu preparatni qabul qilishni bekor qilish kerak.

Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar

Parlazin® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparati 6 yoshdan oshgan bolalar uchun mo‘ljallangan. 2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar ushbu preparatni tomchi shaklida qabul qilishlari kerak.

2 yoshgacha bo‘lgan bolalar Parlazin® preparatini qabul qilmasliklari kerak, chunki 2 yoshdan kichik bolalarda setirizinning samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan.

Boshqa dori vositalari va Parlazin® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparati

Siz qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilgan yoki qabul qilishni rejalashtirgan har qanday dori vositalari haqida shifokoringiz yoki farmasevtga xabar bering.

Setirizinning dori profili asosida boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta‘siri kutilmaydi.

Parlazin® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparatini ovqat, ichimliklar va alkogol bilan qabul qilish

Ovqat setirizinning so‘rilishiga sezilarli ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Setirizinni alkogol (qonda alkogol darajasi 0,5‰, bu bir stakan vinoga muvofiq) bilan yaqqol o‘zaro ta‘siri kuzatilmagan. Shunga qaramasdan, har qanday antigistamin preparatini qo‘llagandagi kabi Sizga spirtli ichimliklarni iste‘mol qilishdan saqlanish tavsiya etiladi.

Fertillik, homiladorlik va emizish davri

Homiladorlik

Agar Siz homilador bo‘lsangiz, homiladorman deb taxmin qilsangiz yoki homilador bo‘lishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, bu haqida davolovchi shifokoringizga xabar bering.

Boshqa antigistamin preparatlarda bo‘lgani kabi, Parlazin® qobiq bilan qoplangan tabletkalar preparati homiladorlikda tavsiya etilmaydi. Homiladorlikda Parlazin® preparatini behosdan qabul qilish homilaga salbiy ta‘sir ko‘rsatmaydi, shunga qaramasdan, ushbu preparatni shifokorning tavsiyasi bo‘yicha homiladorlikda juda zarur holatlarda qabul qilish mumkin.

Emizish

Setirizin ko‘krak suti bilan ajraladi. Shuning uchun, agar davolovchi shifokoringiz buni buyurmagan bo‘lsa, Parlazin® ni emizish davrida qo‘llash mumkin emas.

Agar Siz homilador bo‘lsangiz yoki emizsangiz, agar Siz homilador bo‘lishingiz mumkin bo‘lsa va agar Siz homilador bo‘lishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, har qanday dori vositasini qabul qilishni boshlashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

 

Dori vositasini transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Klinik tadqiqotlarda tavsiya etilgan dozalarda setirizinni qabul qilgandan keyin diqqatni jamlash, tetiklik yoki avtomobilni boshqarish qobiliyatini buzilishlari aniqlanmagan. Agar Siz avtomobilni boshqarish va diqqatni to‘liq jamlashni talab etuvchi boshqa ishni bajarishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, preparatning tavsiya etilgan dozasini oshirish mumkin emas. Ushbu preparatga Sizning reaksiyangizni kuzating.

Agar Siz preparatga sezgir bo‘lsangiz, ehitmol, alkogol va nerv tizimini susaytiruvchi boshqa preparatlar bilan birga qo‘llanganda Siz ularni diqqatga va reaksiya qobiliyatiga ta‘sirini his etasiz.

Parlazin® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparati yordamchi modda sifatida laktoza saqlaydi. Agar davolovchi shifokoringiz Sizda yoki Sizning bolangizda qandlarning ayrim turlarini (laktoza, galaktoza) o‘zlashtiraolmaslik borligi haqida Sizni ogohlantirgan bo‘lsa, ushbu tibbiy preparatni qo‘llashni boshlashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

Parlazin® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparati yordamchi modda sifatida allergik reaksiyalarni chaqiruvchi sanset sariq bo‘yovchisini saqlaydi.

  1. Parlazin® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparatini qanday qo‘llash kerak

Parlazin® qobiq bilan qoplangan tabletkalarini har doim ushbu yo‘riqnoma yoki shifokor yoki farmasevt ko‘rsatmalariga binoan qabul qiling. Savollar paydo bo‘lganida shifokor yoki farmasevtga murojaat eting.

Dozalash tartibi

Kattalar:

10 mg, ya‘ni 1 tabletka kuniga bir marta

Bolalar va o‘smirlar:

12 yosh va undan katta bolalar va o‘smirlar:

10 mg, ya‘ni 1 tabletka kuniga bir marta

6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar:

5 mg, ya‘ni yarim tabletka kuniga bir marta

2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga preparat tomchi shaklida buyuriladi.

Buyrak faoliyatini o‘rtacha og‘ir va og‘ir buzilishlari bo‘lgan pasientlar:

Agar Sizda buyrak kasalligi bo‘lsa, davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing. Sizga preparatning dozasini davolovchi shifokoringiz tanlaydi.

Davolash davomiyligi:

Davolash davomiyligi Sizning shikoyatlaringizning turi, davomiyligi va xarakteriga bog‘liq va davolovchi shifokoringiz tomonidan belgilanadi.

Agar Siz Parlazin® tabletkalarini buyurilgan ko‘proq qabul qilgan bo‘lsangiz

Agar Siz Parlazin® qobiq bilan qoplangan tabletka preparatini shifokor buyurganidan ko‘proq qabul qilgan bo‘lsangiz shifokorga murojaat eting. Davolovchi shifokoringiz qanday choralar ko‘rilishi kerakligini (va umuman kerakmi) xal etadi.

Doza oshirib yuborilganda quyida keltirilgan nojo‘ya samaralar, lekin jadalroq rivojlanishi mumkin. Ongni chalkashishi, ich ketishi, bosh aylanishi, toliqish, bosh og‘rig‘i, lohaslik hissi, qorachiqlarni kengayishi, qichishish, bezovtalik, sedasiya, uyquchanlik, stupor, yurak ritmini normal bo‘lmagan tezlashishi, tremor (qaltirash), ixtiyoriy siyishni tutilishi kabi noxush samaralar kuzatilgan.

Agar Siz Parlazin® tabletkalarini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz

Agar Siz bir dozani o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz. Uni iloji boricha tezroq qabul qiling. Shunga qaramasdan, agar keyingi dozani qabul qilish vaqti kelgan bo‘lsa o‘z vaqtida qabul qilinmagan dozani o‘tkazib yuboring; odatdagidek bir dozani qabul qiling. O‘tkazib yublrilgan dozani o‘rnini to‘ldirish uchun Parlazin® qobiq bilan qoplangan tabletka preparatining ikkita dozasini qabul qilmang. Bu o‘tkazib yuborilgan dozaning o‘rnini to‘ldirmaydi, ammo dozani oshirib yuborilishi xavfini oshiradi xolos.

Agar Siz Parlazin® tabletkalarini qabul qilishni to‘xtatgan bo‘lsangiz

Keyingi davolash haqida davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing.

Qo‘llash usuli

Ichga qabul qilish uchun buyuriladi.

Tabletkalarni bir stakan suyuqlik bilan qabul qilish kerak.

Tabletkalarni ikkita teng dozaga bo‘lish mumkin.

Agar ushbu preparatni qo‘llash bo‘yicha Sizda qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, shifokor yoki farmasevtga murojaat eting.

  1. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari

Barcha dori vositalari kabi, ushbu preparat ham nojo‘ya samaralar chaqirishi mumkin, lekin ular hammada ham paydo bo‘lavermaydi.

Agar Sizda quyida keltirilgan nojo‘ya ta‘sirlardan birontasi rivojlansa, preparatni qabul qilishni bekor qiling va darhol davolovchi shifokoringizga murojaat eting:

  • yuz yoki tomoqni shishini chaqiruvchi og‘ir allergik reaksiya (angionevrotik shish)
  • butun organizm tomonidan og‘ir reaksiya (anafilaktik shok)
  • o‘z joni suiqasd haqida fikrlar (o‘z joniga suiqasdga qaratilgan fikrlar yoki o‘z joniga suiqasd bilan bog‘liq takrorlanuvchi, qaytalanuvchi fikrlar)
  • xotirani yo‘qolishi (amneziya), xotirani buzilishi
  • qovuqni bo‘shataolmaslik (siydikni tutilishi)
  • hushdan ketish
  • tirishish xuruji

Tez-tez uchraydigan nojo‘ya reaksiyalar (100 pasientdan 1-10 tasida uchraydi):

  • uyquchanlik
  • bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i
  • tumov, faringit (tomoqni yallig‘lanishi)
  • ich ketishi (bolalarda), ko‘ngil aynishi, og‘izni qurishi
  • toliqish

Tez-tez uchramaydigan nojo‘ya reaksiyalar (1000 pasientdan 1-10 tasida uchraydi):

  • qo‘zg‘alish
  • paresteziya (terida normal bo‘lmagan his)
  • qorinda og‘riq, ich ketishi
  • qichishish, teri toshmasi
  • asteniya (yaqqol xolsizlik), umumiy lohaslikni his qilish

Kam uchraydigan nojo‘ya reaksiyalar (10000 pasientdan 1-10 tasida uchraydi):

  • allergik reaksiyalar
  • depressiya, gallyusinasiyalar, tajavuzkorlik, ongni chalkashishi, uyqusizlik
  • tirishish xurujlari
  • taxikardiya (yurak qisqarishlari tez-tezligini oshishi)
  • jigar faoliyatini o‘zgarishi
  • eshakemi
  • shishlar
  • tana vaznini oshishi

Juda kam uchraydigan nojo‘ya reaksiyalar (10000 pasientdan 1 tadan kamroq uchraydi):

  • trombositopeniya (qon plastinkalari miqdorini kamayishi)
  • yuz yoki tomoqni shishini chaqiruvchi og‘ir allergik reaksiya (angionevrotik shish), butun organizm tomonidan og‘ir reaksiya (anafilaktik shok), fiksasiyalangan toksikodermiya (bir joyda paydo bo‘luvchi teri toshmasi)
  • tik (mushaklarni to‘satdan, normal bo‘lmagan, takrorlanuvchi tirishishi), qaltirash
  • hushdan ketish
  • ta‘m bilishni buzilishi
  • ko‘rishni noaniqligi, akkomodasiyani (ko‘zlarnring tasvirni fokuslash qobiliyati) buzilishi, okulogir simptomlar (ko‘zlarni ixtiyorsiz aylanma harakati)
  • siydik ajralishini buzilishi (tungi siydikni tutib turaolmaslik, siyishni og‘riqliligi yoki qiyinlashishi)

Tez-tezligi noma‘lum (mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar asosida tez-tezligini aniqlab bo‘lmaydi)ya:

  • ishtahani oshishi
  • o‘z joniga suiqasd qilish fikri (o‘z joniga suiqasd qilish fikri yoki u bilan bog‘liq takroriy fikrlar)
  • xotirani yo‘qolishi, xotirani buzilishi
  • vertigo (aylanish hissi bilan kechuvchi bosh aylinishi)
  • siydikni tutilishi (qovuqni to‘liq bo‘shataolmaslik).

Nojo‘ya samaralar haqida xabar berish

Har qanday nojo‘ya samaralar, shu jumladan ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralar aniqlanganida, iltimos shifokor yoki farmasevtga xabar bering.

Siz har qanday nojo‘ya samaralar haqida dori vositalarining nojo‘ya samaralarini qayd etishning milliy tizimi (konkret mamlakatdagi sayt manzili) orqali xabar berishingiz mumkin. Sizning xabarlaringiz tufayli, Siz ushbu preparatning xavfsizligi xaqida ko‘proq ma‘lumot olishga yordam berasiz.

  1. Parlazin® qobiq bilan qoplangan tabletka preparatini qanday saqlash kerak

25oS dan past haroratda, bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

 

  1. Yaroqlilik muddati

Yaroqlilik muddati o‘ramida ko‘rsatilgan.

O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin preparat ishlatilmasin! Yaroqlilik muddatining o‘tish sanasi ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuni hisoblanadi.

Agar Siz preparatning sifatining yomonlashganini aniq belgilarini sezsangiz, ushbu preparatni ishlatmang.

Dori vositalarini maishiy chiqindilar yoki oqava suvlarga tashlash mumkin emas. Agar kerak bo‘lmagan preparatni chiqindilarga tashlash kerak bo‘lsa, farmasevt bilan maslahatlashing. Bu choralar atrof-muhitni ifloslanishini oldin olishga yordam beradi.

  1. Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor reseptisiz beriladi.

  1. O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumot

Parlazin® qobiq bilan qoplangan tabletka preparati nima saqlaydi

Ta‘sir etuvchi modda: Har bir qobiq bilan qoplangan tabletka 10 mg setirizin saqlaydi.

Yordamchi moddalar:

Suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati, laktoza monogidrati, mikrokristall sellyuloza, gipromelloza 2910, titan dioksidi, makrogol 400, sariq sanset C.I.15985.

Parlazin® qobiq bilan qoplangan tabletka preparatining tashqi ko‘rinishi va o‘ram ichidagisi

Tashqi ko‘rinishi:

Och-to‘q sariq rangli, ikki tomonlama qavariq, uzunchoq, faskali, bir tomonida riskali va boshqa tomonida Ye511 gravirovkali, hidsiz qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Riska yordamida tabletkalarni ikkita teng dozaga bo‘lish mumkin.

O‘rami:

10 qobiq bilan qoplangan tabletkalardan blisterda. 1 yoki 3 blister

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

PARLAZIN tabletkalari 10mg N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
PARLAZIN tabletkalari 10mg N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
PARLAZIN tabletkalari 10mg N10 dori vositasi Эгис Фармацевтический завод ОАО tomonidan Vengriya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
PARLAZIN tabletkalari 10mg N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
PARLAZIN tabletkalari 10mg N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
TERIKS tabletkalari 10mg N10
Narh: 35 000 so'mdan Batafsil
Narh: 54 000 so'mdan Batafsil
ONSET eritma dlya priema vnutr 60ml 5mg/5ml
SETRIN tomchilar dlya priema vnutr 20ml 10mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr.Reddy's Laboratories Ltd
SETRIN tomchilar dlya priema vnutr 10ml 10mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr.Reddy's Laboratories Ltd
RONEKS sirop 60ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Hilton Pharma (Pvt) Ltd.
ZEFTIZIN sirop 50ml 5mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для ZEUS Pharma Ltd.
ALLERKAPS kapsulalar 5mg N20
ROLINOZ tabletkalari 10mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil: Rotapharm
Narh: 16 000 so'mdan Batafsil
ROLINOZ tomchilar dlya priema vnutr 20ml 10mg/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
Narh: 52 000 so'mdan Batafsil
ZIRTEK tomchilar dlya priema vnutr 10ml 10mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GlaxoSmithKline Export Limited, Великобритания произведено: Aesica Pharmaceuticals S.r.l.
Narh: 72 000 so'mdan Batafsil
SVETOKS tabletkalari 10mg N20
Narh: 36 000 so'mdan Batafsil
NOVEKS SETIRIZIN sirop 60ml 5mg/5ml N1
Narh: 26 000 so'mdan Batafsil
ZIRTEK tabletkalari 10mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GlaxoSmithKline Export Limited, Великобритания произведено: Aesica Pharmaceuticals S.r.l.
ALLERGON tabletkalari 10mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гуфик-Авиценна, СП, ООО
ALLERGIN GT tabletkalari 10mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Hebei Oriental Pharma IE Corporation
ALERKUR tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Lafz, ООО (упаков.) Unicure Pvt. Ltd., Индия (произ.)
  • Vakil:
ZODAK tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Chexiya
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Zentiva k.s.
  • Vakil: Sanofi
Narh: 75 000 so'mdan Batafsil
SETRIN tabletkalari 10mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr.Reddy's Laboratories Limited
NOVEKS SETIRIZIN tabletkalari 10mg N10
Narh: 18 500 so'mdan Batafsil
ALER G tabletkalari 10mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd.
  • Vakil: GMP
Narh: 35 000 so'mdan Batafsil
PARLAZIN tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Эгис Фармацевтический завод ОАО
PARLAZIN tomchilar dlya priema vnutr 20ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Эгис Фармацевтический завод ОАО
ZODAK tomchilar 20ml 0,01/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: А.Наттерманн энд Сие ГмбХ
Narh: 54 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
SUPRASTIN inyeksiya uchun eritma 1ml 20mg/ml N5
Narh: 20 000 so'mdan Batafsil
SUPRASTIN tabletkalari 25mg N20
Narh: 26 900 so'mdan Batafsil
ROZULIP tabletkalari 20mg N28
Narh: 159 999 so'mdan Batafsil
ROZULIP tabletkalari 10mg N28
Narh: 85 000 so'mdan Batafsil
TULOZIN kapsulalar 0,0004g N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Tamsulozin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Эгис Фармацевтический завод ОАО
STIMULOTON tabletkalari 100mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Sertralin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Эгис Фармацевтический завод ОАО
Narh: 170 000 so'mdan Batafsil
SUPRASTINEKS tomchilar dlya priema vnutr 20ml 5mg/ml
Narh: 67 000 so'mdan Batafsil
SUPRASTINEKS tabletkalari 5mg N7
SUPRASTINEKS tabletkalari 5mg N14
PARLAZIN tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Эгис Фармацевтический завод ОАО
PARLAZIN tomchilar dlya priema vnutr 20ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Эгис Фармацевтический завод ОАО
ROZULIP tabletkalari 5mg N28
Другие формы препарата
PARLAZIN tomchilar dlya priema vnutr 20ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Эгис Фармацевтический завод ОАО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9