×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

tabletkalari OT KASHLYA tabletkalari N30

Kategoriya:
- Shamollash va gripp
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Татхимфармпрепараты, ОАО
ATX kodi:
- R05FA02
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

TONZILGON N draje N50 Bionorica SE Germaniya
68 000 s`om dan
TERAFLYU poroshok so vkusom limona N10 Новартис Консьюмер Хелс СА Shveytsariya
44 800 s`om dan
OT KASHLYA tabletkalari N10 Дальхимфарм, ОАО Rossiya Federatsiyasi
1 500 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
tabletkalari OT KASHLYA tabletkalari N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

TABLETKI OT KASHLYA

TABULETTAE CONTRA TUSSIM

Preparatning savdo nomi: Tabletki ot kashlya

Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): nashtarsimon afsonak o‘tining termopsis lansetniy kukuni, natriy gidrokarbonati

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: nashtarsimon afsonak o‘tining kukuni – 0,0067 g, natriy gidrokarbonati – 0,2500 g

Yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali – 0,0279 g, talk – 0,0054 g.

Ta‘rifi: ko‘kimtir-kulrang rangli, yassisilindrik shakilli, faskali tabletkalar. To‘q dog‘larning bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.

Farmakoterapevtik guruhi: Balg‘am ko‘chiruvchi vosita.

ATX kodi: R05FA02

 

Farmakologik xususiyatlari

Afsonak o‘ti balg‘am ko‘chiruvchi ta‘sirga ega, me‘da shilliq qavatining reseptorlariga o‘rtacha qo‘zg‘atuvchi ta‘sir ko‘rsatib, reflektor bronxial bezlarning sekresiyasini oshiradi.

Afsonak o‘tida saqlanuvchi alkaloidlar (sitizin, metilsitizin, paxikarpin, anagirin, termopsin, termopsidin) nafas va, yuqori dozalarda qusish markazlariga qo‘zg‘atuvchi ta‘sir ko‘rsatadi.

Natriy gidrokarbonati bronxial bezlarning sekresiyasini rag‘batlantiradi, balg‘amning qovushqoqligini pasayishiga yordam beradi.

Qo‘llanilishi

Qiyin ajralib chiquvchi balg‘amli yo‘tal bilan birga kechuvchi nafas yo‘llarining kasalliklari (traxeit, bronxit) – majmuaviy davolash tarkibida qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Qo‘llash usuli: ichga buyuriladi. Kattalarga 1 tabletkadan kuniga 3 marta 3-5 kun davomida buyuriladi. 12 yoshdan oshgan bolalarga – 1 tabletkadan kuniga 3 marta 3-5 kun davomida.

Davolashning davomiyligi shifokorning tavsiyasi bo‘yicha qo‘llaniladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar, ko‘ngil aynishi kuzatilishi mumukin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, me‘da va o‘nikki barmoq ichakning yara kasalligi (zo‘rayish bosqichida), bolalik yoshi (12 yoshgacha).

Preparatni qon tupurishga moyilligi bo‘lgan o‘pka kasalliklarida (qon ketishi bo‘lgan o‘pkaning raki va tuberkulezi) buyurish mumkin emas.

Tabletka ot kashlyani homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Adsorbentlar, burishtiruvchi va o‘rab oluvchi vositalar, afsonak o‘tining tarkibiga kiruvchi alkaloidlarning me‘da-ichak yo‘llaridan so‘rilishini kamaytirishi mumkin.

Tabletka ot kashlyani kodein va boshqa yo‘talga qarshi dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llash kerak emas, chunki bu balg‘amning yo‘tal bilan ajralib chiqarilishini qiyinlashtiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Balg‘amning suyulishi va ajralib chiqishini yaxshilash uchun ko‘p iliq ichimlik ichish tavsiya qilinadi.

Preparatni qo‘llash yuqori diqqatni va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlarini (avtotransportni boshqarish, xarakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash, dispetcher va operator ishi) bajarish qobilyatiga ta‘sir qilmaydi.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Tabletka ot kashlyani homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishining simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish.

Davolash – simptomatik.

Chiqarilish shakli

Tabletkalar. 10 tabletkadan polietilen qoplama bilan qoplangan qog‘oz kontur uyasiz o‘ramda yoki polivinilxlorid plenkali va bosma laklangan alyumin folgali kontur uyali o‘ramda.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan ximoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

4 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

tabletkalari OT KASHLYA tabletkalari N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
tabletkalari OT KASHLYA tabletkalari N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
tabletkalari OT KASHLYA tabletkalari N30 dori vositasi Татхимфармпрепараты, ОАО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
tabletkalari OT KASHLYA tabletkalari N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
tabletkalari OT KASHLYA tabletkalari N30 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
ASIKLOVIR maz 10g 5%
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
MUKALTIN tabletkalari 50mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Татхимфармпрепараты, ОАО
Narh: 1 300 so'mdan Batafsil
SITRAMON P tabletkalari N10
Narh: 1 000 so'mdan Batafsil
FURASILIN tabletkalari 20mg N10
Narh: 1 100 so'mdan Batafsil
tabletkalari OT KASHLYA tabletkalari N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Татхимфармпрепараты, ОАО
Narh: 1 600 so'mdan Batafsil
tabletkalari OT KASHLYA tabletkalari N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Татхимфармпрепараты, ОАО
Narh: 7 000 so'mdan Batafsil
BENZONAL tabletkalari 100mg N25
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Татхимфармпрепараты, ОАО
BENZONAL tabletkalari 100mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Татхимфармпрепараты, ОАО
Другие формы препарата
tabletkalari OT KASHLYA N20
tabletkalari OT KASHLYA N10
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9