×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

TALLITON tabletkalari 12,5mg N28

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Vengriya
Faol modda:
Карведилол
Qadoqda soni:
- 28
Ishlab chiqaruvchi:
- Egis Pharma PLC
ATX kodi:
- C07AG02
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 205 ta dorixonasida topildi

ico 69 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 95 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 85 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
53 800 s`om dan
FLEBODIA 600 tabletkalari 600mg N60 Innothera Chouzy Frantsiya
319 300 s`om dan
VEROSHPIRON tabletkalari 25mg N20 Гедеон Рихтер, АО Rossiya
26 000 s`om dan
BISOPROL tabletkalari 2,5mg N30 Фармак, ПАО Ukraina
13 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
TALLITON tabletkalari 12,5mg N28 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

(pasientlar uchun ma‘lumot)

Talliton®

tabletkalar 6,25 mg, 12,5 mg, 25 mg

(karvedilol)

 

Ushbu dori preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin bu yo‘riqnomani diqqat bilan va to‘liq o‘qib chiqing, chunki u Siz uchun muhim ma‘lumot saqlaydi.

  • Bu ilova-varaqani saqlab qo‘ying. Ehtimol, Sizga uni yana o‘qib chiqish kerak bo‘lishi mumkin.
  • Agar Sizda qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, shifokoringizga yoki farmasevtga murojaat qiling.
  • Bu dori vositasi shaxsan Sizga buyurilgan. Uni boshqa shaxslarga bermasligingiz kerak. Hatto agar ularda kasallikni shu simptomlari bo‘lsa ham, u ularga zarar yetkazishi mumkin.
  • Agar Sizda biron-bir nojo‘ya samara paydo bo‘lsa yoki Siz ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokoringizga yoki farmasevtga xabar bering (4 bo‘limga qarang).

Ushbu ilova-varaqa quyidagi ma‘lumotlarni saqlaydi:

  1. Talliton® tabletkalari preparati nima va u nima uchun qo‘llanadi
  1. Talliton® tabletkalari preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin nimalarni bilish kerak
    1. Talliton® tabletkalari preparatini qanday qabul qilish kerak
    2. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari
    3. Talliton® tabletkalari preparatini qanday saqlash kerak
    4. Yaroqlilik muddati
    5. Dorixonalardan berish tartibi
    6. O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumot

  1. Talliton® tabletkalari preparati nima va u nima uchun qo‘llanadi

Talliton® preparatining faol komponenti – karvedilol – renin-angiotenzin-aldosteron tizimining faolligini tormozlovchi va shuningdek alfa1-adrenergik reseptorlarni blokadasi bilan bog‘liq qon tomirlarni kengaytiruvchi ta‘sirga ega beta-blokatorlar sinfiga mansub.

Talliton® tabletkalari preparati quyidagilarni uzoq muddatli davolash uchun qo‘llanadi:

  • Odatda qo‘llanadigan davolashga qo‘shimcha sifatida klinik jihatdan yaqqol surunkali yurak yetishmovchiligi (turg‘un o‘rtacha, o‘rtacha va og‘ir darajali)
  • Yuqori arterial bosim
  • Stabil stenokardiya (bir xil yuklamada paydo bo‘ladigan va yengillashadigan ko‘krak qafasidagi og‘riq)
  • Miokard infarkti o‘tkazgan pasientlarda yurak chap qorinchasi faoliyatining aniqlangan buzilishlari (chap qorinchadan otilib chiqayotgan qon hajmi ≤40%)

  1. Talliton® tabletkalari preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin nimalarni bilish kerak

Talliton® ni quyidagi holatlarda qabul qilmang:

  • Agar Sizda ta‘sir etuvchi moddaga yoki 8 bo‘limda keltirilgan Talliton® tabletkalari preparatining har qanday boshqa komponentiga allergiya bo‘lsa;
  • Agar Sizda dekompensasiyalangan yurak yetishmovchiligi bo‘lsa;
  • Agar Sizda klinik jihatdan yaqqol jigar faoliyatini buzilishi bo‘lsa;
  • Agar Sizda ritm elektro-kardiostimulyator tomonidan ishonchli ravishda boshqariladigan holatlardan tashqari yurakda qo‘zg‘alishni o‘tkazuvchanligini (yurak blokadasi) 2-chi yoki 3-chi darajali buzilishi bo‘lsa;
  • Agar Sizda bradikardiya bo‘lsa (yurak qisqarishlari sonini minutiga 50 zarbdan kamayishi);
  • Agar Sizda sinus tugunining zaifligi sindromi (shu jumladan sinus-bo‘lmacha blokadasi) bo‘lsa;
  • Agar Sizda og‘ir arterial gipotenziya (sistolik bosim/birinchi raqam/85 mm sim.ust. dan past arterial bosim) bo‘lsa;
  • Agar Sizda yurak faoliyatini og‘ir buzilishi bo‘lsa (kardiogen shok);
  • Agar Sizda bronxlarni spazmi yoki astma bilan kechuvchi nafas tizimining kasalliklari bo‘lsa;
  • Agar Sizning organizmingizda suyuqlikni ko‘p to‘planishi yoki yurakka yuklamani oshishi kuzatilsa, shu sababli Siz yurak mushaklarining qisqaruvchanligini kuchaytiruvchi dori vositalarini vena ichiga yuborishga muhtoj bo‘lsangiz;
  • Agar Siz moddalar almashinuvini og‘ir buzilishlari (metabolik asidoz – organizm suyuqlik va to‘qimalarining kislotaligini patologik oshishi) bo‘lsa;
  • Agar Sizning simptomlaringiz alfa-adrenergik blokatorlar bilan samarali nazoratlangan holatlardan tashqari Sizda feoxromasitoma (arterial bosimni oshishi bilan kechuvchi buyrak usti bezi o‘smalari) bo‘lsa.

Agar yuqori sanab o‘tilganlardan birontasi Sizga taalluqli bo‘lsa (yoki Sizga shubha tug‘dirsa), davolovchi shifokoringizga xabar bering.

Tibbiy qo‘llashdagi ehtiyotkorlik choralari:

Talliton® tabletkalari preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin davolovchi shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Agar Sizda quyidagi holatlardan birontasi bo‘lsa, Talliton® tabletkalari preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin Siz bu haqida shifokorga xabar berishingiz kerak:

  • Agar Sizda surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lsa, chunki yurak yetishmovchiligi kechishi yomonlashishi yoki organizmda suyuqlikni to‘planishi rivojlanishi mumkin.
  • Agar Sizda gipertoniya va surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lsa va ularni davolash uchun Sizga yurak glikozidlari (digitalis preparatlari) buyurilgan bo‘lsa, Talliton® tabletkalari preparatini ehtiyotkorlik bilan qabul qilish lozim, chunki yurak glikozidlarini karvedilol bilan birga qo‘llash bo‘lmacha-qorincha o‘tkazuvchanligini sekinlashtirishi mumkin.
  • Agar Sizda surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi (SOO‘K) bo‘lsa va u tufayli Siz peroral va ingalyasion dori preparatlari bilan davolanayotgan bo‘lsangiz.
  • Agar Sizda qandli diabet bo‘lsa, chunki Talliton® gipoglikemiya (qonda qand darajasini pasayishi) ning erta simptomlarini niqoblashi mumkin. Talliton® preparati bilan davolashning boshida yoki uning dozasi oshirilganida qonda qand darajasini muntazam nazorat qilish va muvofiq ravishda diabetga qarshi dori vositasining dozasini tanlash lozim, chunki karvedilol qonda qand darajasining nazoratini yomonlashtirishi mumkin.
  • Agar Sizda surunkali yurak yetishmovchiligi va past arterial bosim (sistolik bosim <100 mm sim.ust.), yurak ishemik kasalligi, diffuz qon tomir kasalliklari va/yoki yondosh buyrak kasalligi bo‘lsa. Bunday kasalliklarda Talliton® preparatining dozasi oshirilganda buyrak faoliyatini muntazam ravishda nazorat qilishi lozim, uning faoliyatini yomonlashganida esa ushbu preparat bilan davolashni bekor qilish yoki uning dozasini kamaytirish tavsiya etiladi.
  • Agar Siz kontakt linzalar taqsangiz. Pasientlar ko‘z yoshi ajralishini kamayishini e‘tiborga olishlari kerak.
  • Agar Sizda qon tomirlarning periferik kasalliklari bo‘lsa, chunki beta-adrenergik blokatorlarni qo‘llash qon tomir yetishmovchiligi rivojlanish xavfini oshirishi yoki simptomlarini yomonlashtirishi mumkin. Ammo karvedilolning alfa-1 adrenergik reseptorlarni bloklash qobiliyati ushbu samaralarni ahamiyatli darajada kompensasiyalaydi.
  • Agar Sizda periferik qon aylanishini buzilishi va Reyno fenomeni bo‘lsa; bunday pasientlarda karvedilol bilan davolash fonida periferik qon aylanishini buzilishi simptomlari va belgilari yomonlashishi mumkin.
  • Agar Sizda beta-blokatorlarni qo‘llash bilan bog‘liq psoriaz bo‘lsa. Davolovchi shifokor Talliton® tabletkalari preparatini qo‘llashning foydasi va bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfni baholashi kerak.
  • Agar Sizda qalqonsimon bezi kasalliklari (tireotoksikoz) bo‘lsa, chunki karvedilol tireotoksikozning belgilari va simptomlarini niqoblashi mumkin.
  • Agar Sizda ilgari og‘ir allergik reaksiyalar bo‘lgan bo‘lsa yoki Siz desensibilizasion davolash (allergik reaksiya chaqirgan ma‘lum moddaning samarasini susaytirish usuli) olayotgan bo‘lsangiz, Talliton® tabletkalari preparati allergenlarga sezuvchanlikni va anafilaktik reaksiyalarning og‘irligini oshirishi mumkin.
  • Agar Sizda feoxromasitoma (arterial bosimni oshishi bilan kechuvchi buyrak usti bezlari o‘smasi) bo‘lsa. Siz shifokorning ko‘rsatmalariga aniq rioya qilishingiz kerak, Talliton® tabletkalari preparati bilan davolashdan oldin esa davolovchi shifokor Sizga alfa-blokatorlar buyuradi.
  • Agar Sizda ko‘krakdagi og‘riqning alohida turi (Prinsmetal nostabil stenokardiyasi deb nomlanuvchi) aniqlangan bo‘lsa, chunki beta-adrenergik reseptorlarining blokatorlarini qo‘llash stenokardiya rivojlanish xavfini oshirishi mumkin. Ammo karvedilolning alfa-1 adrenergik reseptorlarni bloklash qobiliyati ushbu samaralarni ahamiyatli darajada kompensasiyalashi mumkin.
  • Agar Sizda bronxospazmga moyillik bo‘lsa. Agar Talliton® preparati bilan davolash vaqtida Sizda bronxial spazm belgilari va simptomlari rivojlansa, albatta davolovchi shifokoringizga xabar bering.
  • Agar Sizda o‘tkazilgan miokard infarktidan keyin yurak chap qorinchasi faoliyatini buzilishi bo‘lsa. Karvedilol bilan davolashni boshlashdan oldin pasient klinik jihatdan turg‘un bo‘lishi va kamida 48 soat davomida, turg‘un dozada esa – kamida 24 soat davomida angiotenzinga-aylantiruvchi ferment ingibitorini (AAFi) qabul qilishi kerak.
  • Agar Sizga umumiy anesteziyani talab etuvchi jarroxlik aralashuvi rejalashtirilgan bo‘lsa.
  • Verapamil yoki diltiazem kabi kalsiy kanallarining blokatorlarini, shuningdek boshqa antiaritmik vositalarni bir vaqtda qo‘llanganida.
  • Agar karvedilol bradikardiya (yurak qisqarishlari tez-tezligi minutiga 55 zarbdan kam) chaqirsa, shifokor bilan maslahatlashing, chunki shifokor dozani kamaytirish haqida qaror qabul qilishi mumkin.

Karvedilolni qo‘llashni to‘satdan bekor qilish mumkin emas, ayniqsa yurak ishemik kasalligi bo‘lgan pasietlarda. Preparatni ikki haftadan ko‘proq vaqt davomida, bosqichma-bosqich bekor qilish kerak.

Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar

Talliton® preparatini bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarni davolash tavsiya etilmaydi.

Boshqa dori vositalari va Talliton® tabletkalari preparati

Siz qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilgan yoki qabul qilishni rejalashtirgan har qanday dori vositalari haqida davolovchi shifokoringizga xabar bering.

Ayniqsa quyidagi dori vositalarini qabul qilayotganligingiz haqida shifokorga xabar berish muhim:

  • yurak yetishmovchiligini davolash uchun qo‘llanilayotgan digoksin, chunki Talliton® tabletkalari bilan bir vaqtda qo‘llanilganida shifokoringiz uning dozasini o‘zgartirishi mumkin;
  • siklosporin (uni, masalan, a‘zolar transplantasiyasidan keyin uni ko‘chishini oldini olish uchun qo‘llanadi), chunki Talliton® siklosporinning samarasini kuchaytirishi mumkin;
  • rifampisin (tuberkulyozni davolash uchun antibiotik), chunki u Talliton® tabletkalari samarasini kamaytirishi mumkin;
  • simetidin (me‘dada kislota hosil bo‘lishini ingibisiya qiluvchi preparat), chunki u Talliton® ning samarasini kuchaytirishi mumkin;
  • fluoksetin (depressiyani davolash uchun preparat);
  • insulin yoki qandli diabetni davolash uchun ichga qabul qilish uchun vositalar, chunki Talliton® ularning samarasini kuchaytirishi mumkin;
  • rezerpin (arterial bosimni pasaytiruvchi preparat) va monoamin oksidaza ingibitorlari (antidepressantlarning bir turi), chunki bu dori vositalari yurak qisqarishlari tez-tezligi va/yoki arterial bosimni keyingi pasayishiga olib kelishi mumkin;
  • verapamil, diltiazem, amiodaron va boshqa aritmiyaga qarshi preparatlar. Shifokoringiz Siznng arterial bosimingizni va EKG ni muntazam nazorat qiladi;
  • klonidin (arterial bosimni pasaytirish va migrenni davolash uchun preparat);
  • gipertoniyaga qarshi boshqa dori vositalari. Talliton® arterial bosimni pasaytiruvchi (masalan, alfa-adrenergik reseptorlarning blokatorlari) yoki nojo‘ya reaksiya sifatida arterial bosimni pasaytirish qobiliyatiga ega preparatlar (masalan, tutqanoqni davolash uchun barbituratlar, psixozlarni davolash uchun fenotiazinlar, depressiyani davolash uchun trisiklik antidepressantlar, qon tomirlarni kengaytiruvchi preparatlar va alkogol) ning antigipertenziv samarasini kuchaytirishi mumkin;
  • anestetiklar (jarrohlik operasiyasi va narkozdan oldin Siz Talliton® tabletka preparatini qabul qilishingizni shifokorga xabar berish juda muhim;
  • Talliton® tabletkalari samarasini pasaytirishi mumkin bo‘lgan nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar;
  • bronxlarni kengaytiruvchi dori preparatlari.

Talliton® tabletkalari preparatini ovqat va alkogol bilan qabul qilish

Talliton® tabletkalari preparati ovqatlanishdan qat‘iy nazar qabul qilish mumkin. Surunkali yurak yetishmovchigi bo‘lgan pasientlarga arterial bosimni tez pasayishi va bosh aylanishi xavfini kamaytirish uchun bu tabletkalarni ovqat bilan qabul qilish tavsiya etiladi.

Talliton® preparati alkogolning samarasini kuchaytirishi mumkin.

Fertillik, homiladorlik va emizish davri

Agar Siz homilador bo‘lsangiz, bola emizsangiz, homiladorman deb taxmin qilsangiz yoki homilador bo‘lishni rejalashtirsangiz, bu haqida davolovchi shifokoringizga yoki farmasevtga xabar bering.

Homiladorlik

Talliton® tabletkalari preparatini homiladorlikda, kutilayotgan foyda bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfdan yuqori bo‘lgan holatlardan tashqari hollarda qo‘llash mumkin emas.

Emizish davri

Talliton® tabletkalari preparatini emizish davrida, kutilayotgan foyda bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfdan yuqori bo‘lgan holatlardan tashqari qo‘llash mumkin emas.

Har qanday dori vositalarini qabul qilishdan oldin davolovchi shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Yuqori arterial bosimni davolash uchun ko‘pgina boshqa preparatlar kabi, bosh aylanishi yoki shunga o‘xshash simptomlar rivojlanganida transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash mumkin emasligini e‘tiborga olish lozim. Ayniqsa buni davolashni boshida yoki davolash o‘zgartirilganida, shuningdek alkogolni bir vaqtda iste‘mol qilganda hisobga olish kerak.

Talliton® tabletkalari preparatining ayrim komponentlari haqida muhim ma‘lumot

Har bir tabletka 50 mg laktoza va 12,5 mg saxaroza saqlaydi. Agar davolovchi shifokoringiz Siz ba‘zi qandlarni o‘zlashtiraolmasligingiz haqida Sizni ogohlantirgan bo‘lsa, unga maslahat uchun murojaat eting.

Talliton® tabletkalari 6,5 mg ariavit xinolin sariq C.I. 47005 (Ye 104) bo‘yovchisi, Talliton® tabletka 12,5 mg esa ariavit sanset sariq C.I. 15985 (Ye 110) bo‘yovchisi saqlaydi, ular allergik reaksiya chaqirishi mumkin.

  1. Talliton® tabletkalari preparatini qanday qabul qilish kerak

Talliton® tabletkalari preparatini har doim qat‘iy shifokor yoki farmasevt buyurganidek qabul qiling. Biron-bir shubha bo‘lgan hollarda, albatt shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Dozalash tartibi

Yuqori arterial bosim

Preparatni kuniga bir marta qabul qilish tavsiya etiladi.

Kattalar

Arterial bosim oshganida odatdagi doza birinchi ikki kun davomida kuniga bir marta 12,5 mg ni tashkil etadi. So‘ngra dozani kuniga bir marta 25 mg gacha oshirish tavsiya etiladi. Ko‘pgina pasientlar uchun bu doza yetarli bo‘ladi. Yetarli samara kuzatilmaganida shifokor dozani kamida 14 kunlik intervallar bilan kuniga bir marta 50 mg yoki qabul qilishni ikkiga bo‘lib 25 mg dan ertalab va kechqurun maksimal dozagacha oshirishi mumkin.

Keksa pasientlar

Tavsiya etiladigan boshlang‘ich doza 12,5 mg ni tashkil etadi. Ko‘pgina holatlarda bu doza arterial bosimni nazorat qilishni ta‘minlaydi. Yetarli samara kuzatilmaganida shifokor dozani kuniga bir marta 50 mg yoki kuniga ikki marta 25 mg dan maksimal dozagacha bosqichma-bosqich oshirishi mumkin.

Stenokardiya (ko‘krakda og‘riq)

Kattalar

Stenokardiyada tavsiya etiladigan boshlang‘ich doza birinchi ikki kun davomida kuniga ikki marta 12,5 mg ni tashkil etadi. Tavsiya etiladigan samarani bir maromda ushlab turuvchi doza kuniga 2 marta 25 mg ni tashkil etadi.

Keksalar

Tavsiya etiladigan maksimal dozasi 25 mg dan ertalab va kechqurun ikki qabulga bo‘lingan 50 mg ni tashkil etadi.

Surunkali yurak yetishmovchiligi

Doza shifokor tomonidan shaxsiy ravishda tanlanadi.

Doza tanlangunigacha yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarni davolash tajribasiga ega mutaxassis pasientning klinik holatini baholash maqsadida unda klinik tekshirish o‘tkazishi kerak. Klinik holatni baholash natijasiga qarab preparat ambulator yoki stasionar sharoitda buyuriladi.

Kattalar

Tavsiya etiladigan boshlang‘ich doza: birinchi ikki hafta davomida kuniga ikki marta 3,125 mg. Agar bu doza yaxshi o‘zlashtirilsa, shifokoringiz uni kamida ikki haftalik interval bilan kuniga ikki marta 6,25 mg dan qabul qilinguncha, so‘ngra 12,5 mg dan kuniga ikki marta va 25 mg dan kuniga ikki martagacha oshirishi mumkin. Dozani pasient o‘zlashtiraoladigan maksimal darajagacha oshirish kerak. Pasientlar ular tomonidan o‘zlashtiraolinadigan maksimal samarani bir maromda ushlab turuvchi dozani qabul qilishlari lozim.

Tavsiya etiladigan maksimal dozasi: surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan barcha pasientlar va tana vazni 85 kg dan kam bo‘lgan yengil yoki o‘rtacha darajali surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar uchun 25 mg dan kuniga ikki marta. Tana vazni 85 kg dan ortiq bo‘lgan yengil yoki o‘rtacha darajali surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar uchun maksimal tavsiya etiladigan doza 50 mg dan kuniga ikki martani tashkil etadi.

Sistolik arterial bosimi <100 mm sim.ust. bo‘lgan pasientlarda dozani har bir oshirishdan oldin buyrak yoki yurak faoliyati yomonlashishi mumkin. Shunday qilib, dozani har bir oshirishdan oldin shifokoringiz yurak yetishmovchiligi simptomlarini, buyrak faoliyati va/yoki qon tomirlarni kengayishi belgilarini (arterial bosimni pasayishi, bosh aylanishi) oshishini aniqlash maqsadida tekshirish o‘tkazadi.

Preparatni ikki haftadan ortiq qabul qilish zarurati bo‘lganida uni qabul qilishni eng past tavsiya etilgan dozadan, ya‘ni karvedilolni kuniga ikki marta 3,125 mg dan boshlash, so‘ngra dozalarni ko‘rsatilgan titrlashga muvofiq aniqlash lozim.

Keksalar

Dozalar kattalarga mo‘ljallangan dozaga mos keladi.

Miokard infarktidan keyin yurak chap qorinchasi faoliyatini buzilishi

Kattalar

Miokard infarktini o‘tkazgan yurak chap qorinchasi faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar uchun karvedilolning boshlang‘ich tavsiya etilgan boshlang‘ich dozasi kuniga ikki marta 6,25 mg ni tashkil etadi. Birinchi doza qabul qilinganidan keyin pasient 3 soat davomida tibbiy kuzatuv ostida bo‘lishlari lozim. So‘ngra har 3-10 kundan keyin dozani kuniga ikki marta 12,5 mg gacha va kuniga ikki marta 25 mg gacha oshirish lozim. Agar pasient kuniga ikki marta 6,25 mg boshlang‘ich dozani o‘zlashtiraolmasa, shifokor dozani 3-10 kun davomida kuniga ikki marta 3,125 mg gacha pasaytiradi. Agar pasient bu dozani o‘zlashtiraolsa, uni yana kuniga ikki marta 6,25 mg gacha va bosqichma-bosqich – kuniga ikki marta 25 mg gacha oshirish mumkin. Dozani pasient o‘zlashtiraoladigan maksimal dozaga oshirish lozim.

Keksalar

Dozalar kattalarga mo‘ljallangan dozaga mos keladi.

Pasientlarning alohida guruhlari

Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar

Sistolik arterial bosimi 100 mm sim.ust. dan yuqori bo‘lsa, o‘rtacha yoki og‘ir buyrak faoliyatini buzilishlarida karvedilolning dozani o‘zgartirish zarurati yo‘q.

Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar

Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda karvedilolni qo‘llash mumkin emas.

Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar

Talliton® ning xavfsizligi va samaradorligi haqida ma‘lumotlar yetarli bo‘lmaganligi tufayli, uni bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarga buyurish tavsiya etilmaydi.

Qo‘llash usuli

Ichga qabul qilish uchun preparat.

Bu tabletkalarni kamida yarim stakan suv bilan, chaynamasdan, ovqatlanishdan qat‘iy nazar qabul qiling.

Agar Sizda surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lsa, arterial bosimni to‘satdan pasayishi xavfini kamaytirish uchun bu preparatni ovqat bilan birga qabul qiling.

Riska (sindirish uchun o‘yiqcha) yordamida tabletkalarni teng ikki dozaga bo‘lish mumkin.

Agar Siz haddan tashqari ko‘p Talliton® tabletkalarini qabul qilgan bo‘lsangiz

Agar Siz buyurilgandan ko‘proq Talliton® tabletkalarini qabul qilgan bo‘lsangiz, darhol shifokorga yoki yaqindagi shifoxonaning shoshilinch bo‘limiga murojaat eting.

Tabletkalarni haddan tashqari ko‘p miqdori qabul qilingandan keyin (dozani ahamiyatli darajada oshirib yuborilganda) arterial bosim va puls tez-tezligini ahamiyatli darajada pasayishi, yurak yetishmovchiligi, kardiogen shok (yurak yetishmovchiligi oqibatida to‘qimalar va a‘zolarni qon bilan ta‘minlanishini yetishmovchiligi) va yurak to‘xtatishi mumkin. Bundan tashqari, nafasni buzilishi, bronxospazm (nafas chiqarishni buzilishi), ko‘ngil aynishi, ongni chalkashishi va tirishishlar kuzatilgan.

Davolash: shoshilinch tibbiy yordamsiz hushdan ketish, tirishish xuruji, qon aylanishi tizimi kollapsi va yurakni to‘xtashi yuzaga kelishi mumkin. Umumiy qabul qilingan choralardan tashqari, hayotiy zarur faoliyatlarni nazorat qilish va simptomatik davolashni o‘tkazish lozim. Ba‘zida buni jadal davolash bo‘limida o‘tkazish zarur.

Agar Siz Talliton® tabletkalari preparatini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz

Yoddan chiqarilgan tabletkaning o‘rniga ikki barobar dozani qabul qilmang, chunki bu o‘tkazib yuborilgan dozani kompensasiya qilmaydi, balki dozani oshirib yuborilishiga olib keladi. Preparatni qabul qilishni shifokor buyurganidek davom ettiring.

Agar Siz Talliton® tabletkalari preparatini qabul qilishni to‘xtatgan bo‘lsangiz

Talliton® tabletkalari preparati uzoq muddat qabul qilish uchun mo‘ljallangan. Ushbu preparatni qabul qilishni muddatidan oldin to‘xtatmang, chunki bu kasallikning qaytalanishini chaqirishi mumkin. Ushbu preparatni qabul qilishni to‘satdan to‘xtatish, ayniqsa stenokardiyasi bo‘lgan pasientlarda ko‘krakda og‘riq va arterial bosimni pasayishini chaqirishi mumkin. Shuning uchun preparatni qabul qilishni shifokor tavsiyalariga muvofiq bosqichma-bosqich to‘xtatish kerak.

Agar Siz Talliton® tabletkalari preparatini klonidin saqlovchi preparat bilan bir vaqtda qabul qilgan bo‘lsangiz, bularning hech birini shifokor maslahatisiz qabul qilishni to‘xtatmang, chunki bu arterial bosimni haddan tashqari oshishini chaqirishi mumkin. Bu preparatlarni qabul qilishni faqat shifokor ko‘rsatmasi va uning yo‘riqnomalariga aniq rioya qilgan holda to‘xtatish lozim.

Agar Sizda ushbu preparatni qo‘llash bo‘yicha qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, shifokor yoki farmasevtga murojaat eting.

  1. Tibbiyotda qo‘llanganida bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlari

Barcha dori vositalari kabi, ushbu preparat ham nojo‘ya reaksiyalar chaqirishi mumkin, lekin ular hammada pasientlarda paydo bo‘lavermaydi.

Nojo‘ya samaralarni uchrash tez-tezligi (paydo bo‘lishi ehtimoli) quyida a‘zolar sinfi bo‘yicha keltirilgan va quyidagicha tasniflangan:

Juda tez-tez: 10 pasientdan 1 tadan ko‘proq uchraydi.

Tez-tez: 100 pasientdan 1-10 tada uchraydi.

Tez-tez emas: 1000 pasientdan 1-10 tada uchraydi.

Kam hollarda: 10000 pasientdan 1-10 tada uchraydi.

Juda kam hollarda: 10000 pasientdan 1tadan kamroq uchraydi.

Tez-tezligi noma‘lum: mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar asosida baholab bo‘lmaydi.

Nojo‘ya samaralarning tez-tezligi:

Juda tez-tez:

  • bosh aylanishi va bosh og‘rig‘i, ayniqsa davolash kursini boshida
  • holsizlik
  • gipotoniya (arterial bosimni pasayishi)
  • asteniya (toliqish)
  • yurak yetishmovchiligi

Tez-tez:

  • tana vaznini oshishi
  • qonda xolesterin darajasini oshishi
  • diabeti bo‘lgan pasientlarda qonda qand darajasini oshishi yoki kamayishi va glyukozani o‘zlashtiraolinishini yomonlashishi
  • yurak qisqarishlari tez-tezligini kamayishi (bradikardiya)
  • tana holatini o‘zgartirganda arterial bosimni pasayishi
  • shishlar (shu jumladan, tarqalgan, periferik va qo‘l va oyoq, jinsiy a‘zolarni shishlari), gipervolemiya (aylanib yuruvchi qon xajmini oshishi), organizm to‘qimalarida suyuqlikni to‘planishi
  • buyrak yetishmovchiligi va buyrak faoliyatini buzilishi ,ayniqsa qon tomirlarning diffuz kasalliklari va/yoki yondosh buyrak kasalliklari bo‘lgan pasientlarda
  • og‘riq
  • bronxit, pnevmoniya, yuqori nafas yo‘llarining infeksiyalari
  • siydik chiqarish yo‘llarining infeksiyalari
  • siyishni buzilishi
  • anemiya
  • depressiya, kayfiyatni tushishi
  • periferik qon aylanishini buzilishi [(qo‘l va oyoqlarni sovushi, qon tomirlarning periferik kasalliklari, vaqti-vaqti bilan paydo bo‘luvchi oqsoqlikni (qon aylanishini yetarli bo‘lmasligi oqibatida ma‘lum masofaga harakatlanganda oyoq mushaklarida to‘satdan og‘riqni paydo bo‘lishi) yomonlashishi va reyno fenomeni (qon tomirlar spazmi, buning natijasida barmoqlar, burun va quloqlar oqaradi yoki ko‘kimtir bo‘lib qoladi) ]
  • nafas olishni buzilishi, o‘pka shishi va sezuvchan pasientlarda astma
  • me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar – ko‘ngil aynishi, dispepsiya (ovqat hazm qilishni buzilishi), qorinda og‘riq, ich ketishi va ko‘ngil aynishi
  • oyoqlarda og‘riq
  • ko‘rishni buzilishi
  • ko‘z yoshi ajralishini kamayishi (quruq ko‘zlar sindromi), ko‘zlarni ta‘sirlanishi

Tez-tez emas:

  • bo‘lmacha-qorincha bloki (yurak mushagida impulsni o‘tkazilishini buzilishi)
  • uyquni buzilishi
  • paresteziyalar (qo‘l va oyoqlarda sanchish va uvishish)
  • xushdan ketishlar, xushdan ketishdan oldingi holat
  • arterial gipotoniya
  • stenokardiya (ko‘krakda og‘riq)
  • qabziyat
  • teri tomonidan allergik reaksiyalar (allergik ekzantema, dermatit, eshakemi, qichishish, yassi temiratkini eslatuvchi o‘zgarishlar, terini psoriatik shikastlanishi (psoriaz – kepaklanuvchi qizil dog‘larni paydo bo‘lishi bilan kechuvchi surunkali kasallik))
  • soch to‘kilishi
  • erektil faoliyatni buzilishi, impotensiya
  • dermatit
  • terlash

Kam hollarda:

  • trombositopeniya (qonda qon plastinkalari miqdorini kamayishi)
  • burunni bitishi
  • og‘izni qurishi

Juda kam hollarda:

  • allergik reaksiyalar
  • jigar faoliyatining testlari natijalarini o‘zgarishi (jigar fermentlari – alanin-aminotransferaza, aspartat-aminotransferaza va gamma glutamiltransferaza faolligini oshishi)
  • leykopeniya (oq qon tanachalari miqdorini kamayishi)
  • ayollarda siydikni tutib tura olmaslik

Dimlangan yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda karvedilolning dozasi oshirilganida yurak yetishmovchiligini yomonlashishi va suyuqlikni tutilishi kuzatilishi mumkin.

Karvedilol bilan davolash fonida surunkali yurak yetishmovchiligi va past arterial bosim, yurak ishemik kasalligi va yondosh buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda buyrak faoliyatini qaytuvchan yomonlashishi kuzatilgan.

Nojo‘ya reaksiyalarning tez-tezligi bosh aylanishi, ko‘rishni buzilishi va yurak qisqarishlari sonini kamayishidan tashqari dozaga bog‘liq bo‘lmagan.

Karvedilol qabul qilgan gipertoniya va stenokardiyasi bo‘lgan pasientlarda nojo‘ya reaksiyalarning profili yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda kuzatiladigan kabi bir xil bo‘lgan, ammo reaksiyalarning tez-tezligi pastroq bo‘lgan.

Talliton® preparatining beta-reseptorlarni bloklash qobiliyati tufayli, yashirin qandli diabet namoyon bo‘lishi, qondagi glyukozaning konsentrasiyasiga qarab uning darajasini nazorat qilish va glyukoza darajasini muvofiqlashtirish yomonlashishi mumkin.

Talliton® preparatini qabul qilayotgan ayrim pasientlarda boshqa nojo‘ya reaksiyalar paydo bo‘lishi mumkin.

Har qanday nojo‘ya samaralar aniqlanganida yoki ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan samaralar paydo bo‘lganida, shifokor yoki farmasevtga murojaat eting.

Nojo‘ya samaralar haqida xabar berib, Siz bu preparatning xavfsizligi haqida qo‘shimcha ma‘lumot olishingiz mumkin.

  1. Talliton® tabletkalari preparati qanday saqlash kerak

15-25oS haroratda, yorug‘likdan va namlikdan himoya qilingan joyda saqlansin!

Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin!

Preparatning ko‘rinadigan shikastlanishi belgilari aniqlanganida, Talliton® tabletkalarini qabul qilmang.

 

 

  1. Yaroqlilik muddati

Yaroqlilik muddati o‘ramida ko‘rsatilgan.

O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin Talliton® tabletkalarini preparatini ishlatmang. Yaroqlilik muddatining o‘tish sanasi ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuni hisoblanadi.

Dori vositalarini maishiy chiqindilar yoki oqava suvlarga tashlash mumkin emas. Agar kerak bo‘lmagan preparatni chiqindilarga tashlash kerak bo‘lsa, farmasevt bilan maslahatlashing. Bu choralar atrof-muhitni ifloslanishini oldin olishga yordam beradi.

  1. Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha beriladi.

  1. O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumot

Talliton® tabletkalari preparati nimalarni saqlaydi

Ta‘sir etuvchi modda: har bir tabletkada muvofiq 6,25 mg, 12,5 mg yoki 25 mg karvedilol.

Yordamchi moddalar:

Laktoza monogidrati, krospovidon, saxaroza, suvsiz kremniy dioksidi, povidon K-25, magniy stearati. Ko‘rsatib o‘tilgan komponentlardan tashqari bo‘yovchi sifatida Talliton® 6,25 mg tabletkasi xinolin sariq C.I. 47005, Talliton® 12,5 mg tabletkasi esa sanset sariq C.I. 15985 saqlaydi.

Talliton® tabletkalari preparatining tashqi ko‘rinishi va o‘ram ichidagisi

Ta‘rifi

Talliton® 6,25 mg tabletkasi: Och-sariq rangli, yassi, uzunchoq, faskali, bir tomonida riskali va tabletkaning boshqa tomonida Ye xarfi va 341 raqami gravirovkali, hidsiz yoki deyarli hidsiz tabletkalar.

Talliton® 12,5 mg tabletkasi: Och-to‘q-sariq rangli (to‘qroq rangli kiritmalar bo‘lishi mumkin), yassi, dumaloq, faskali, bir tomonida riskali va tabletkaning boshqa tomonida Ye xarfi va 342 raqami gravirovkali, hidsiz yoki deyarli hidsiz tabletkalar.

Talliton® 25 mg tabletkasi: Oq yoki deyarli oq rangli, yassi, dumaloq, faskali, bir tomonida riskali va tabletkaning boshqa tomonida Ye xarfi va 343 raqami gravirovkali, hidsiz yoki deyarli hidsiz tabletkalar.

O‘rami:

Talliton® 6,25 mg tabletkasi: 7 tabletkalar blisterda. 2 yoki 4 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylangan.

Talliton® 12,5 mg, 25 mg  tabletkalari: 14 tabletkadan blisterda. 1 yoki 2 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylangan.

O‘ramlarning ayrim turlari savdoga chiqarilmasligi mumkin.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

TALLITON tabletkalari 12,5mg N28 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
TALLITON tabletkalari 12,5mg N28 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
TALLITON tabletkalari 12,5mg N28 dori vositasi Egis Pharma PLC tomonidan Vengriya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
TALLITON tabletkalari 12,5mg N28 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
TALLITON tabletkalari 12,5mg N28 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
KARDIVA tabletkalari 12,5mg N28
Narh: 68 800 so'mdan Batafsil
KARVIDIL tabletkalari 6,25mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Latviya
  • Faol modda: Карведилол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гриндекс, АО
  • Vakil: Grindeks
Narh: 49 000 so'mdan Batafsil
KARDIVA tabletkalari 6,25mg N28
Narh: 40 500 so'mdan Batafsil
KARDIVA tabletkalari 25mg N28
Narh: 65 000 so'mdan Batafsil
KORIOL tabletkalari 25mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Карведилол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d. Novo Mesto
KORIOL tabletkalari 12,5mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Карведилол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d. Novo Mesto
TALLITON tabletkalari 6,25mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Карведилол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharma PLC
Narh: 51 500 so'mdan Batafsil
TALLITON tabletkalari 25mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Карведилол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharma PLC
Narh: 87 500 so'mdan Batafsil
KARVIDIL tabletkalari 25mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Latviya
  • Faol modda: Карведилол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гриндекс, АО
  • Vakil: Grindeks
Narh: 78 400 so'mdan Batafsil
KARVIDIL tabletkalari 12,5mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Latviya
  • Faol modda: Карведилол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гриндекс, АО
  • Vakil: Grindeks
Narh: 74 000 so'mdan Batafsil
KORIOL tabletkalari 6,25mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Карведилол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d. Novo Mesto
SELIKARD tabletkalari 2,5mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Карведилол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО (упак.) Zefer Pharma, Великобритания (произ.)
KARVEDILOL (VEDIKARDOL) 0,00625 tabletkalari N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Карведилол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез АКОМПиИ,ОАО ("Синтез" ОАО)
VEDIKARDOL 0,0125 tabletkalari N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Карведилол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез АКОМПиИ,ОАО ("Синтез" ОАО)
VEDIKARDOL 0,025 tabletkalari N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Карведилол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез АКОМПиИ,ОАО ("Синтез" ОАО)
Ishlab chiqaruvchining dorilari
KETILEPT tabletkalari 200mg N60
Narh: 420 000 so'mdan Batafsil
TALLITON tabletkalari 6,25mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Карведилол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharma PLC
Narh: 51 500 so'mdan Batafsil
TALLITON tabletkalari 25mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Карведилол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharma PLC
Narh: 87 500 so'mdan Batafsil
EGILOK tabletkalari 100mg N60
Narh: 35 000 so'mdan Batafsil
EGILOK tabletkalari 50mg N60
Narh: 38 000 so'mdan Batafsil
EGILOK tabletkalari 25mg N60
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9