×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

TAVANIK infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Germaniya
Faol modda:
Левофлоксацин
Ishlab chiqaruvchi:
- Sanofi-Aventis Deutschland GmbH
ATX kodi:
- J01MA12
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

IRAMOKS poroshok 100ml 250mg/5ml Cosar Pharmaceutical Co. Eron
30 000 s`om dan
AZIADJIO 200 suspenziya 15ml 200mg/5ml Agio Pharmaceutical Limited Hindiston
30 200 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
TAVANIK infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

Tavanik®

Tavanic

 

Preparatning savdo nomi: Tavanik® (Tavanic®)

Xalqaro patentlanmagan nomi (XPN): levofloksasin/levofloxacin

Dori shakli: plenka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Tarkibi:

Tavanik® 250 mg bir tabletkasi quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: levofloksasin ­ 250,000 mg (256,23 mg levofloksasin gemigidratiga mos keladi);

Yordamchi moddalar: gipromelloza ­ 5,400 mg, krospovidon ­ 7,000 mg, mikrokristal sellyuloza ­ 33,870 mg,  natriy stearilfumarat ­ 5,000 mg;

Plyonka qobiq: gipromelloza ­ 5,433 mg, makrogol 8000 ­ 0,288 mg, titan dioksidi (Ye 171) ­ 1,358 mg, talk ­ 0,407 mg, temir III oksidi (Ye 172) ­ 0,007 mg va temir II oksidi (Ye 172) ­ 0,007 mg.

bir tabletkasi quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: levofloksasin ­ 500,000 mg (512,46 mg levofloksasin gemigidratiga mos keladi);

Yordamchi moddalar: gipromelloza ­ 10,800 mg, krospovidon ­ 14,000 mg, mikrokristal sellyuloza ­ 67,740 mg,  natriy stearilfumarat ­ 10,000 mg;

Plyonka qobiq: gipromelloza ­ 10,866 mg, makrogol 8000 ­ 0,575 mg, titan dioksidi (Ye 171) ­ 2,716 mg, talk ­ 0,815 mg, temir III oksidi (Ye 172) ­ 0,014 mg va temir II oksidi (Ye 172) ­ 0,014 mg.

Ta‘rifi: och sarg‘ish-oq yoki pushtiroq-oq rangli cho‘zinchoq, ikki tomoni qabariq, bo‘luvchi chizig‘i bo‘lgan qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: mikroblarga qarshi vosita, ftorxinolon.

ATX kodi: J01MA12.

 

Farmakologik ta‘siri

Farmakodinamikasi

Tavanik® – ftorxinolonlar guruhidan bo‘lgan keng ta‘sir doirasiga ega sintetik antibakterial preparat, faol modda sifatida ofloksasinni chapga aylanuvchi izomeri – levofloksasin saqlaydi.

Levofloksasin DNK – girazani (topoizomeraza II) va topoizomeraza IV ni bloklaydi, DNK ni superspirilizasiyasi va uzilishlari tikilishini buzadi, DNK sintezini susaytiradi, sitoplazma, xujayra devori va mikrob hujayralarining membranalarida chuqur morfologik o‘zgarishlar chaqiradi.

Levofloksasin ham in vitro, ham in vivo sharoitlarda mikroorganizmlarning ko‘pchilik shtammlariga nisbatan faol.

 

In vitro:

Sezgir mikroorganizmlar (MSK £2 mg/ml; susaytirish doirasi ≥17mm)

­ Aerob grammusbat mikroorganizmlar: Corynebacterium diphtheriae, Corynebacterium striatum, Enterococcus faecalis, Enterococcus spp., Listeria monocytogenes, Staphylococcus coagulasenegative methi- S(I) [metilsillin-sezgirlar (metisillinga o‘rtacha sezgirlar)], Staphylococcus aureus methi-S, Staphylococcus epidermidis methi-S, Stapylococcus spp, C va G guruhi Streptococci, Streptococcus agallactiae, Streptococcus pneumoniae peni I/S/R (penisillinga rezistentlar), Streptococcus pyogenes, Viridans streptococci peni – S/R.

­ Aerob grammanfiy mikroorganizmlar: Acinetobacter baumannil, Acinetobacter spp., Actenobacillus actinomycetemcomitans, Citrobacter freundii, Eikenella corrodens, Enterobacter aerogenes, Enterobacter agglomerans, Enterobacter cloacae, Enterobacter spp., Escherichia coli, Gardnerella vaginalis, Haemophilus ducreyi, Haemophilus influenzae ampi-S/R (ampisillinga – sezgirlar – rezistentlar), Haemophilus parainfluenzae, Helicobacter pylori, Klebsiella oxytoca, Klebsiella pneumoniae, Klebsiella spp., Moraxela catarrhalis b+/ b-, Morganella morganii, Neisseria gonorrhoeae, Neisseria meningitides, Pasteurella canis, Pasreurella dagmatis, Pasteurella multocida, Pasteurella spp., Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Providencia rettgeri, Providencia stuartii, Providencia spp., Pseudomonas aeruginosa (Pseudomonas aeruginosa chaqirgan gospital infeksiyalarga majmuaviy davolash talab qilinishi mumkin), Pseudomonas spp., Salmonella spp., Serratia marcescens, Serratie spp.

­ Anaerob mikroorganizmlar: Bacteroides fragilis, Bifidobacterium spp., Clostridium perfringens, Fusobacterium spp., Peptostreptococcus, Propionibacterum spp., Veilonella spp.

­ Boshqa mikroorganizmlar: Bartonella spp., Chlamydia pneumaniae, Chlamydia psittaci, Chlamydia trachomatis, Legionella pneumophila, Legionella spp., Mycobacterium spp., Mycobacterium leprae, Micopbacterium tuberculosis, Mycoplasma hominis, Mycoplasma pneumoniae, Ricketsia spp., Ureaplasma urealyticum.

O‘rtacha faol mikroorganizmlar (MSK³4 mg/l; susaytirish doirasi 16­14 mm)

­ Aerob grammusbat mikroorganizmlar: Corynebacterium urealitium, Corynebacterium xerosis, Enterococcus faecium, Staphylococcus epidermidis methi-R (metisillinga rezistentlar), Stapylococcus haemolyticus methi-R.

­ Aerob grammanfiy mikroorganizmlar: Burkholderia cepacia, Campylobacter jejuni/coli.

­ Anaerob mikroorganizmlar: Bacteroides thetaiotaomicron, Bacteroides vulgatus, Bacteroides ovaius, Prevoitella spp., Porphyromonas spp.

Levofloksasinga chidamli mikroorganizmlar (MSK³8mg/l; susaytirish doirasi ≤13 mm)

­ Aerob grammusbat mikroorganizmlar: Corynebacterium jeikeium, Staphylococcus aureus methi-R, Staphylococcus coagulase-negative methi-R.

­ Aerob grammanfiy mikroorganizmlar: Alcaligenes xylosaxidans.

­ Anaerob mikroorganizmlar: Bacteroides thetaiotaomicron.

­ Boshqa mikroorganizmlar: Mycobacterium avium

Rezistentligi

Levofloksasinga rezistentlik ikkala II tur topomeraza: DNK­giraza va topoizomeraza IV ni kodlovchi genlarning bosqichma­bosqich mutasiya jarayonlari natijasida rivojlanadi. Mikrob hujayrasining penetrasion to‘sig‘iga ta‘sir mexanizmi (Pseudomonas aeruginosa  ga xos bo‘lgan mexanizm) va efflyuks mexanizmi (mikrobga qarshi vositani mikrob hujayrasidan faol chiqarilishi) kabi boshqa rezistentlik mexanizmlari ham mikroorganizmlarni levofloksasinga sezgirligini kamaytirishi mumkin. Levofloksasinning ta‘sir mexanizmini o‘ziga hosligi tufayli odatda levofloksasin va boshqa mikrobga qarshi vositalar orasida kesishgan rezistentlik kuzatilmaydi.

Klinik samaradorligi (quyida sanab o‘tilgan mikroorganizmlar chaqirgan infeksiyalarni davolashda klinik tadqiqotlardagi samaradorligi)

­ Aerob grammusbat mikroorganizmlar: Enterococcus faecalis, Staphylococcus aureus, Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes.

­ Aerob grammanfiy mikroorganizmlar: Citrobacter freundii, Enterobacter cloacae, Escherichia coli, Haemophilus influenzae, Haemophilus parainfluenzae, Klebsiella pneumoniae, Moraxela (Branhamella) catarrhalis, Morganella morganii, Proteus mirabilis, Pseudomonas aeruginosa, Serratia marcescens.

­ Boshqalar: Chlamydia pneumaniae; Legionella pneumophila, Mycoplasma pneumoniae.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi

Levofloksasin ichga qabul qilinganidan keyin tez va amalda to‘liq so‘riladi, ovqat qabul qilish so‘rilishiga kam ta‘sir qiladi. Ichga qabul qilinganidan keyin to‘liq biokiraolishligi 99­100% ni tashkil qiladi. Levofloksasinni bir martalik 500 mg dozasi qabul qilinganidan so‘ng maksimal konsentrasiyasiga 1­2 soat davomida erishiladi va 5,2+1,2 mkg/ml ni tashkil qiladi. Levofloksasinning farmakokinetikasi 50 dan 1000 mg doza diapazonida proporsional hisoblanadi. 500 mg levofloksasin sutkada 1 yoki 2 marta qabul qilinganda levofloksasinning qon plazmasidagi konsentrasiyasini turg‘un holatiga 48 soat davomida erishiladi.

Tavanik® 500 mg preparati 10 kun davomida sutkada 1 marta ichga qabul qilinganida levofloksasinning qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasi 5,7+1,4 mkg/ml ni tashkil qilgan, levofloksasinning qon plazmasidagi minimal konsentrasiyasi (navbatdagi dozani qabul qilishdan oldingi konsentrasiyasi) esa 0,5+0,2 mkg/ml ni tashkil qilgan.

Tavanik® 500 mg preparati 10 kun davomida sutkada 2 marta ichga qabul qilinganida levofloksasinning qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasi 7,8+1,1 mkg/ml ni tashkil qilgan, levofloksasinning qon plazmasidagi minimal konsentrasiyasi (navbatdagi dozani qabul qilishdan oldingi konsentrasiyasi) esa 3,0+0,9 mkg/ml ni tashkil qilgan.

Taqsimlanishi

Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 30-40% ni tashkil qiladi. Levofloksasinni bir martalik 500 mg dozasi qabul qilinganidan so‘ng levofloksasinning taqsimlanish hajmi taxminan 100 l ni tashkil qiladi, bu levofloksasinni inson a‘zolari va organizmi to‘qimalariga yaxshi o‘tishini ko‘rsatadi.

Bronxlarning shilliq qavatlariga, epitelial qoplama suyuqligiga, alveolyar makrofaglarga o‘tishi

Mos ravishdagi 1,1­1,8 va 0,8­3 ni tashkil qilgan qon plazmasidagi konsentrasiyasiga nisbatan bronxlarning shilliq qavatlaridagi va epitelial qoplama suyuqligidagi penetrasiya koeffisientlariga mos ravishda, levofloksasinni bir martalik 500 mg dozasi qabul qilinganidan so‘ng bronxlarning shilliq qavatlaridagi va epitelial qoplama suyuqligidagi maksimal levofloksasinning konsentrasiyasiga 1­4 soat davomida erishilgan va 8,3 mkg/ml va 10,8 mkg/ml ni tashkil qilgan.

500 mg levofloksasin ichga 5 kun qabul qilinganidan so‘ng preparatning oxirgi qabulidan keyin 4 soat o‘tgach epitelial qoplama suyuqligida levofloksasinning o‘rtacha konsentrasiyasi 9,94 mkg/ml ni va alveolyar makrofaglarda ­ 97,9 mkg/ml ni tashkil qilgan.

O‘pka to‘qimasiga o‘tishi

500 mg levofloksasin ichga qabul qilinganidan so‘ng o‘pka to‘qimasida levofloksasinning maksimal konsentrasiyasi taxminan 11,3 mkg/g ni tashkil qilgan va plazmadagi konsentrasiyasiga nisbatan 2­5 penetrasiya koeffisientlari bilan preparat qabul qilinganidan keyin 4­6 soat o‘tgach erishilgan.

Alveolyar suyuqlikka o‘tishi

500 mg levofloksasin 3 kun davomida sutkada 1 yoki 2 marta qabul qilinganidan so‘ng alveolyar suyuqlikdagi levofloksasinning maksimal konsentrasiyasiga preparat qabul qilinganidan keyin 2­4 soat o‘tgach erishilgan va 4,0 va 6,7 mkg/ml ni tashkil qilgan, plazmadagi konsentrasiyasiga nisbatan 1 penetrasiya koeffisientlari mos.

Suyak to‘qimasiga o‘tishi

Son suyagining proksimal va distal bo‘limidagi kortikal va g‘ovak suyagi to‘qimasiga yaxshi o‘tadi, penetrasiya koeffisienti 0,1­3 (suyak to‘qimasi/plazma). G‘ovak suyagida levofloksasinning maksimal konsentrasiyasi 500 mg preparat ichga qabul qilinganidan keyin taxminan 15,1 mkg/g ni (preparat qabul qilinganidan keyin 2 soat o‘tgach) tashkil qilgan.

Orqa miya suyuqligiga o‘tishi

Levofloksasin orqa miya suyuqligiga yomon o‘tadi.

Prostata bezining to‘qimasiga o‘tishi

500 mg levofloksasin ichga kuniga 1 marta 3 kun davomida qabul qilinganidan so‘ng prostata bezining to‘qimasida levofloksasinning o‘rtacha konsentrasiyasi 8,7 mkg/ml ni tashkil qilgan, prostata bezi/plazma konsentrasiyalarining o‘rtacha nisbati 1,84 ni tashkil qilgan.

Siydikdagi konsentrasiyasi

Levofloksasinning 150, 300 va 600 mg dozalari ichga qabul qilinganidan keyin 8­12 soatdan so‘ng siydikdagi o‘rtacha konsentrasiyasi mos ravishda 44 mkg/ml, 91 mkg/ml va 162 mkg/ml ni tashkil qilgan.

Metabolizmi

Levofloksasin ahamiyatsiz darajada (qabul qilingan dozaning 5%) metabolizmga uchraydi. Demetillevofloksasin va N-oksid levofloksasin uning metaboliti hisoblanadi, ular buyraklar orqali chiqariladi.

Levofloksasin stereokimyoviy turg‘un hisoblanadi va xiral o‘zgarishga uchramaydi.

Chiqarilishi

Ichga qabul qilinganidan keyin levofloksasin qon plazmasidan nisbatan sekin chiqariladi (yarimchiqarilish davri – 6-8 soatni tashkil qiladi). Asosan buyraklar orqali chiqariladi (qabul qilingan dozaning 85% dan ko‘prog‘i). 500 mg bir marta qabul qilinganidan so‘ng levofloksasinning umumiy klirensi 175+29,2 ml/min ni tashkil qilgan.

Levofloksasin vena ichiga yuborilganida va ichga qabul qilinganida uning farmakokinetikasida ahamiyatli farqlar mavjud emas, bu uni ichga qabul qilish va vena ichiga yuborish o‘zaro almashina olishini ko‘rsatadi.

Pasientlarning alohida guruhida farmakokinetikasi

Ayollarda va erkaklarda levofloksasinning farmakokinetikasi farqlanmaydi.

Buyrak yetishmovchiligida levofloksasinning farmakokinetikasi o‘zgarmaydi. Burak faoliyati pasayishiga qarab buyrak orqali chiqarilishi va buyrak klirensi pasayadi, yarimchiqarilish davri esa uzayadi.

Keksa yoshdagi pasientlardagi farmakokinetikasi yosh pasientlarnikidan farqlanmaydi, kreatinin klirensidagi (KK) farqlar bilan bog‘liq farmakokinetikasidagi farqlar bundan mustasno.

Buyrak yetishmovchiligida levofloksasinning farmakokinetikasi o‘zgaradi. Buyrak faoliyatini og‘irlashishiga qarab buyrak orqali chiqarilishi va buyrak klirensi (CIR) pasayadi, T1/2 esa oshadi.

Buyrak yetishmovchiligida Tavanik® preparatining 500 mg ichga bir marta qabul qilinganidan so‘ng farmakokinetikasi.

KK (ml/min) <20 20­49 50­80
CIR (ml/min) 13 26 57
T1/2 35 27 9

Qo‘llanilishi

Kattalardagi levofloksasinga sezgir bakteriyalar chaqirgan infeksiyalarni davolash:

– o‘tkir sinusit;

– surunkali bronxitni zo‘rayishi;

– kasalxonadan tashqaridagi pnevmoniya;

– siydik chiqarish yo‘llarining asoratlanmagan infeksiyalari;

– siydik chiqarish yo‘llarining asoratlangan infeksiyalari (pielonefritni ham qo‘shib);

– surunkali bakterial prostatit;

– teri qoplamalari va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalari;

– tuberkulyozning dorilarga chidamli shakllarini majmuaviy davolash uchun;

– kuydirgini havo­tomchi orqali yuqishini oldini olish va davolashda qo‘llaniladi.

Tavanik® preparatini qo‘llaganda antibakterial preparatlarni qo‘llashda tegishli  rasmiy milliy tavsiyalarni, shuningdek muayyan bir mamlakatda patogen mikroorganizmlarni sezuvchanligini e‘tiborga olish kerak (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang).

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

– levofloksasinga yoki boshqa xinolonlarga, shuningdek Tavanik® preparatining har qanday yordamchi moddalariga o‘ta yuqori sezuvchanlik;

– tutqanoq;

­ psevdoparalitik miasteniyasi (myasthenia gravis) (“Nojo‘ya ta‘siri”, “Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang);

– anamnezida ftorxinolonlarni qabul qilish bilan bog‘liq paylarning shikastlanishi;

– bolalik va 18 yoshgacha o‘smirlik yoshi (skelet o‘sishi tugallanmaganligi sababli, chunki o‘sishning tog‘ay nuqtalarini shikastlanishini butunlay istisno qilib bo‘lmaydi);

– homiladorlik (homilada o‘sishning tog‘ay nuqtalarini shikastlanishini butunlay istisno qilib bo‘lmaydi);

– laktasiya davri (bolada o‘sishning tog‘ay nuqtalarini shikastlanishini butunlay istisno qilib bo‘lmaydi).

Ehtiyotkorlik bilan

­ Tirishishga moyilligi bo‘lgan pasientlarda [ilgari markaziy nerv tizimida (MNT) shikastlanishi bo‘lgan pasientlarda, bir vaqtda bosh miyaning tirishishga tayyorgarlik porogini pasaytiruvchi fenbufen, teofillin kabi preparatlarni qabul qilayotgan pasientlarda] (“Boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta‘siri” ga qarang) ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

­  Glyukoza-6­fosfatdegidrogenazaning latent yoki manifestlangan tanqisligi bo‘lgan pasientlarda (xinolonlar bilan davolashda gemolitik reaksiyalar paydo bo‘lishining havfi yuqori) ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

­ Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda (buyrak faoliyatini nazorat qilish, shuningdek dozalash tartibini to‘g‘irlash talab qilinadi, “ Qo‘llash usuli va dozalari” ga qarang) ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

­ QT intervalini uzayishi uchun ma‘lum havf omili bo‘lgan pasientlarda: keksa yoshdagi pasientlarda; to‘g‘irlana olinmagan elektrolitlar buzilishi bo‘lgan (gipokaliemiyasi, gipomagniemiyasi bo‘lgan) pasientlarda; tug‘ma QT intervalini uzayishi sindromi bo‘lgan pasientlarda; yurak kasalliklari (yurak yetishmovchiligi, miokard infarkti, bradikardiya) bo‘lgan pasientlarda; bir vaqtda QT intervalini uzaytirish qobiliyatiga ega bo‘lgan dori vositalarini qabul qilganda (“Dozani oshirib yuborilishi”, “Boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta‘siri” bo‘limlariga qarang) ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

­ Peroral gipoglikemik vositalarni, masalan, glibenklamid yoki insulinni qabul qilayotgan qandli diabeti bo‘lgan pasientlarda (gipoglikemiya rivojlanishi havfi oshadi) ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

­ Boshqa ftorxinolonlarga og‘ir nevrologik reaksiyalar kabi  og‘ir noxush reaksiyalari bo‘lgan pasientlarda (levofloksasinni qo‘llaganda analogik noxush reaksiyalar paydo bo‘lishining havfi yuqori) ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

­ Psevdoparalitik miasteniyasi (myasthenia gravis) bo‘lgan pasientlarda (“Dori vositasini qo‘llaganda bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlar” bo‘limiga qarang) ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Homiladorlik va emizish davri

Levofloksasinni homilador va emizikli ayollarda qo‘llash mumkin emas.

Qo‘llash usuli va dozalari

Tavanik® 250 mg yoki 500 mg tabletkalari ichga kuniga bir yoki ikki marta qabul qilinadi. Tabletkalarni chaynamasdan, yetarli miqdordagi suyuqlik bilan (0,5 dan 1 stakangacha) qabul qilish kerak. Zarurati bo‘lganida tabletkalarni bo‘luvchi o‘ymalaridan sindirish mumkin.

Preparatni ovqatlanish oldidan yoki ovqat qabul qilish orasidagi har qanday vaqtda qabul qilish mumkin, ovqat qabul qilish preparatning so‘rilishiga ta‘sir qilmaydi (“Farmakokinetikasi” bo‘limiga qarang).

Preparatni magniy va/yoki alyumin, temir tuzlari yoki sukralfat saqlovchi antasid preparatlarini qabul qilishdan 2 soat oldin yoki 2 soat keyin qabul qilish kerak (“Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri” ga qarang).

Tavanik® preparatini tabletkalarda qabul qilganda levofloksasinning biokiraolishligi 99­100% ga teng ekanligini hisobga olib, pasientni Tavanik® preparatining vena ichiga infuziyasidan tabletkalariga o‘tkazish hollarida davolashni vena ichiga infuziya qilishdagi xuddi o‘sha dozada davom ettirish kerak (“Farmakokinetikasi” bo‘limiga qarang).

Preparatning bir yoki bir nechta dozasini o‘tkazib yuborilishi

Agar behosdan preparatni qabul qilish o‘tkazib yuborilsa, navbatdagi dozasi imkon boricha tezroq qabul qilish va keyinchalik Tavanik® preparatini tavsiya qilingan dozalash tartibiga ko‘ra qabul qilish kerak.

Dozasi va davolash davomiyligi

Dozalash tartibi infeksiyani xarakteri va og‘irligiga, hamda faraz qilinayotgan qo‘zg‘atuvchini sezgirligiga qarab belgilanadi. Davolashning davomiyligi kasallikning kechishiga bog‘liq ravishda o‘zgaradi.

Buyrak faoliyati normal yoki buyrak faoliyatini o‘rtacha pasayishi (KK>50 ml/min) bo‘lgan bemorlarni davolashda dozalash tartibi va davolashning davomiyligi 

–  O‘tkir sinusit: 2 tabletka Tavanik® 250 mg yoki 1 tabletka Tavanik® 500 mg kuniga 1 marta (500 mg levofloksasinga mos ravishda) – 10-14 kun davomida;

Surunkali bronxitning zo‘rayishi: 1 tabletka Tavanik® 250 mg kuniga 1 marta (250 mg levofloksasinga mos ravishda) yoki 2 tabletka Tavanik® 250 mg yoki 1 tabletka Tavanik® 500 mg kuniga 1 marta (500 mg levofloksasinga mos ravishda) – 7-10 kun davomida;

Kasalxonadan tashqari pnevmoniya: 2 tabletka Tavanik® 250 mg yoki 1 tabletka Tavanik® 500 mg kuniga 1-2 marta (500-1000 mg levofloksasinga mos ravishda) – 7-14 kun davomida;

Siydik chiqarish yo‘llarining asoratlanmagan infeksiyalari: 1 tabletka Tavanik® 250 mg kuniga 1 marta (250 mg levofloksasinga mos ravishda) – 3 kun davomida;

Siydik chiqarish yo‘llarining asoratlangan infeksiyalari (shuningdek pielonefrit): 1 tabletka Tavanik® 250 mg kuniga 1 marta (250 mg levofloksasinga mos ravishda) – 7­10 kun davomida;

Surunkali bakterial prostatit: 2 tabletka Tavanik® 250 mg yoki 1 tabletka Tavanik® 500 mg kuniga 1 marta (500 mg levofloksasinga mos ravishda) – 28 kun davomida;

Teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalari: 1 tabletka Tavanik® 250 mg kuniga 1 marta (250 mg levofloksasinga mos ravishda) yoki 2 tabletka Tavanik® 250 mg yoki 1 tabletka Tavanik® 500 mg kuniga 1-2 marta (500-1000 mg levofloksasinga mos ravishda) 7-14 kun davomida;

Yuqoridagi ko‘rsatmalar bilan bog‘liq bo‘lgan septisemiya/bakteriemiya: 2 tabletka Tavanik® 250 mg yoki 1 tabletka Tavanik®® 500 mg kuniga 1-2 marta (500-1000 mg levofloksasinga mos ravishda) – 10-14 kun davomida;

Qorin bo‘shlig‘ining infeksiyalari: 2 tabletka Tavanik® 250 mg yoki 1 tabletka Tavanik® 500 mg kuniga 1 marta (500 mg levofloksasinga mos ravishda) – 7-14 kun davomida (anaerob floraga ta‘sir qiluvchi antibakterial preparatlar bilan kombinasiyada);

Tuberkulyozni dorilarga chidamli shakllarini majmuaviy davolash: 1-2 tabletka Tavanik® 500 mg kuniga 1-2 marta (500-1000 mg levofloksasinga mos ravishda) – 3 oygacha.

­ Kuydirgini havo­tomchi orqali yuqishini oldini olish va davolash: 2 tabletka Tavanik® 250 mg yoki 1 tabletka Tavanik® 500 mg sutkada 1 marta (500-1000 mg levofloksasinga mos ravishda) 8 haftagacha bo‘lgan vaqt davomida.

 

Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarni davolashda dozalash tartibi (KK≤50 ml/min)

Levofloksasin asosan buyraklar orqali chiqariladi, shuning uchun buyrak faoliyati buzilgan bemorlarni davolashda preparatning dozasini kamaytirish talab qilinadi (quyidagi jadvalga qarang).

Kreatinin klirensi Tavanik® preparatini dozalash tartibi
kreatinin klirensi >50 ml/min bo‘lganida tavsiya qilingan doza:

250 mg/24 soat

kreatinin klirensi >50 ml/min bo‘lganida tavsiya qilingan doza:

500 mg/24 soat

kreatinin klirensi >50 ml/min bo‘lganida tavsiya qilingan doza:

500 mg/12 soat

50-20 ml/min Birinchi doza: 250 mg so‘ngra:

125 mg/24 soat

Birinchi doza: 500 mg so‘ngra:

250 mg/24 soat

Birinchi doza: 500 mg so‘ngra:

250 mg/12 soat

19-10 ml/min Birinchi doza: 250 mg so‘ngra:

125 mg/48 soat

Birinchi doza: 500 mg so‘ngra:

125 mg/24 soat

Birinchi doza: 500 mg so‘ngra:

125 mg/12 soat

<10 ml/min (gemodializ va DAPD1) Birinchi doza: 250 mg so‘ngra:

125 mg/48 soat

Birinchi doza: 500 mg so‘ngra:

125 mg/24 soat

Birinchi doza: 250 mg so‘ngra:

250 mg/24 soat

 

1 =gemodializ yoki doimiy ambulator peritoneal dializdan keyin (DAPD) qo‘shimcha dozalarni yuborish talab qilinmaydi.

Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarni davolashda dozalash tartibi

Jigar faoliyati buzilganida dozalash tartibini to‘g‘irlash talab qilinmaydi, chunki levofloksasin jigarda juda kam darajada metabolizmga uchraydi.

Keksa yoshdagi pasientlarni davolashda dozalash tartibi

Keksa yoshdagi pasientlar uchun dozalash tartibini to‘g‘irlash talab qilinmaydi, kreatinin klirensi >50 ml/min va undan kam darajagacha pasayishi hollari bundan mustasno.

Nojo‘ya ta‘siri

Quyida keltirilgan nojo‘ya samaralar ularni yuzaga kelish sonining gradasiyasiga mos ravishda ko‘rsatilgan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100, <1/10); tez-tez emas (≥1/1000, <1/100); kam hollarda (≥1/10000, <1/1000); juda kam hollarda (<1/10000) (shu jumladan, alohida habarlar), Tez-tezligi noma‘lum (mavjud ma‘lumotlardan kuzatilish tez-tezligini aniqlashning imkoni yo‘q).

Klinik tadqiqotlar va preparat postmarketing qo‘llanganda olingan ma‘lumotlar

Yurak tomonidan buzilishlar

Kam hollarda: sinusli taxikardiya, yurak urushini his etish.

Tez-tezligi noma‘lum (postmarketing ma‘lumotlar): QT intervalini uzayishi, yurak qorinchalarining ritmini buzilishi, yurak qorinchalari taxikardiyasi, yurakni to‘xtashiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yurak qorinchalari taxikardiyasining “piruet” turi  (“Dozani oshirib yuborilishi”, “Maxsus ko‘rsatmalar”  bo‘limlariga qarang).

Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas: leykopeniya (periferik qonda leykositlar sonini kamayishi),  eozinofiliya (periferik qonda eozinofillar sonini oshishi).

Kam hollarda: neytropeniya (periferik qonda neytrofillar sonini kamayishi), trombositopeniya (periferik qonda trombositlar sonini kamayishi).

Tez-tezligi noma‘lum (postmarketing ma‘lumotlar): pansitopeniya (periferik qonda barcha shakldagi elimentlar sonini kamayishi), agranulositoz (periferik qonda granulositlar sonini kamayishi yoki ularni yo‘qligi), gemolitik anemiya.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

Tez-tez: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi.

Tez-tez emas: uyquchanlik, tremor, disgevziya (ta‘mni buzilishi).

Kam hollarda: paresteziya, tirishishlar (“Maxsus ko‘rsatmalar”  bo‘limiga qarang).

Tez-tezligi noma‘lum (postmarketing ma‘lumotlar): sensor periferik nevropatiya, sensorli­motor periferik nevropatiya (“Maxsus ko‘rsatmalar”  bo‘limiga qarang), diskineziya, ekstrapiramid buzilishlar, agevziya (ta‘m bilish sezuvchanligini yo‘qotilishi), parosmiya (hid sezishni buzilishi, ayniqsa hidni sub‘ektiv sezish, ob‘ektiv sezmaslik), shuningdek hid sezishni yo‘qolishi; xushdan ketish, havfsiz ichki bosh miya gipertenziya.

Ko‘rish a‘zosi tomonidan buzilishlar

Juda kam hollarda: qaralayotgan tasvirni xiralashishi kabi ko‘rishni buzilishi.

Tez-tezligi noma‘lum: o‘tkinchi ko‘rishni yo‘qotilishi.

Eshitish a‘zosi tomonidan buzilishlar va labirint buzilishlar

Tez-tez emas: vertigo (tanani yoki atrofdagi predmetlarni og‘ishi yoki aylanish hissi).

Kam hollarda: quloqlarda shovqin.

Tez-tezligi noma‘lum (postmarketing ma‘lumotlar): eshitishni pasayishi, eshitishni yo‘qotilishi.

Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas: hansirash.

Tez-tezligi noma‘lum (postmarketing ma‘lumotlar): bronxospazm, allergik pnevmonit.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar

Tez-tez: diareya, qusish, ko‘ngil aynishi.

Tez-tez emas: qorin og‘riqlari, dispepsiya, meteorizm, qabziyat.

Tez-tezligi noma‘lum (postmarketing ma‘lumotlar): juda kam hollarda enterokolitning belgisi bo‘lishi mumkin bo‘lgan gemorragik diareya, shu jumladan psevdomembranoz kolit (“Maxsus ko‘rsatmalar”  bo‘limiga qarang), pankreatit.

Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas: qon zardobida kreatinin klirensi konsentrasiyasini oshishi.

Kam hollarda: o‘tkir buyrak yetishmovchiligi (masalan, interstisial nefrit rivojlanishi natijasidagi).

Teri va teri qoplamalari tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas: teri toshmasi, qichishish, eshakemi, gipergidroz.

Tez-tezligi noma‘lum (postmarketing ma‘lumotlar): toksik epidermal nekroliz, Stivens-Djonson sindromi, ekssudativ ko‘p shaklli eritema, fotosensibilizasiya reaksiyalari (quyosh va ultrabinafsha nurlanishga yuqori sezuvchanlik) (“Maxsus ko‘rsatmalar”  bo‘limiga qarang), leykositoklastik vaskulit, stomatit.

Teri va shilliq qavatlar tomonidan reaksiyalar ba‘zida preparatni birinchi dozasi qabul qilinganidan keyinoq rivojlanishi mumkin.

Skelet­mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas: artralgiya, mialgiya.

Kam hollarda: paylarni shikastlanishi, shu jamladan tendinit, (masalan, axillov payini), mushak kuchsizligi, bu ayniqsa psevdoparalitik miasteniyasi (myasthenia gravis) bo‘lgan pasientlarda havfli bo‘lishi mumkin (“Maxsus ko‘rsatmalar”  bo‘limiga qarang).

Tez-tezligi noma‘lum (postmarketing ma‘lumotlar): rabdomioliz, paylarning uzilishi (masalan, axillov payini. Bu nojo‘ya samarasi davolash boshlanganidan keyin 48 soat davomida kuzatilishi mumkin va ikki tomonlama xarakterga ega bo‘lishi mumkin (shuningdek (“Maxsus ko‘rsatmalar”  bo‘limiga qarang)), boylamlarni uzilishi, mushaklarni uzilishi, artrit.

Modda almashinuvi va oziqlanish tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas: anoreksiya.

Kam hollarda: gipoglikemiya, ayniqsa qandli diabeti bor pasientlarda (gipoglikemiyani mumkin bo‘lgan belgilari: «bo‘ri» ishtahasi, asabiylik, terlash, qaltirash).

Tez-tezligi noma‘lum: giperglikemiya, gipoglikemik koma (“Maxsus ko‘rsatmalar”  bo‘limiga qarang).

Infeksion va parazitar kasalliklar

Tez-tez emas: zamburug‘li infeksiyalar, patogen mikroorganizmlarning rezistentligini rivojlanishi.

Qontomir tomonidan buzilishlar

Kam hollarda: arterial bosimni pasayishi.

Umumiy buzilishlar

Tez-tez emas: asteniya.

Kam hollarda: pireksiya (tana haroratini oshishi).

Tez-tezligi noma‘lum: og‘riq (shuningdek belda, ko‘krakda va qo‘l­oyoqlarda).

Immun tizimi tomonidan buzilishlar

Kam hollarda: angionevrotik shish.

Tez-tezligi noma‘lum (postmarketing ma‘lumotlar): anafilaktik shok, anafilaktoid shok.

Anafilaktik va anafilaktoid reaksiyalar ba‘zida preparatni birinchi dozasi qabul qilinganidan keyinoq rivojlanishi mumkin.

Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar

Tez-tez: qonda “jigar” fermentlari faolligini oshishi (masalan, alaninaminotransferaza (AlAT), aspartataminotransferaza (AsAT), ishqoriy fosfatazaning (IF) va gamma­glutamiltransferazaning (GGT) faolligini oshishi).

Tez-tez emas: qonda bilirubin konsentrasiyasini oshishi.

Tez-tezligi noma‘lum (postmarketing ma‘lumotlar): og‘ir jigar yetishmovchiligi, shu jumladan o‘tkir jigar yetishmovchiligining rivojlanish hollari, ayniqsa og‘ir asosiy kasalligi bo‘lgan pasientlarda (masalan, sepsisda) (“Maxsus ko‘rsatmalar”  bo‘limiga qarang); gepatit, sariq kasalligi.

Ruhiyatni buzilishi

Tez-tez: uyqusizlik.

Tez-tez emas: bezovtalik hissi, vahima, ongni chalkashishi.

Kam hollarda: ruhiy buzilishlar (masalan, gallyusinasiya, paranoyya), depressiya, qattiq hayajonlanish (asabiylashish), uyquni buzilishi, tungi bosinqirash.

Tez-tezligi noma‘lum (postmarketing ma‘lumotlar): o‘z­o‘ziga zarar keltirish bilan xulqni buzilishi kabi ruhiy buzilishlar, shu jumladan suisidal fikrlar va suisidal harakatlar.

Barcha ftorxinolonlarga tegishli bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa nojo‘ya samaralar

Juda kam hollarda: porfiriyasi bo‘lgan pasientlarda porfiriya hurujlari (modda almashinuvini juda kam uchraydigan kasalligi).

 

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishining simptomlari

Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlardagi ma‘lumotlardan kelib chiqqan holda, Tavanik® preparatining dozasini oshirib yuborilishidagi juda muhim simptomlar markaziy nerv tizimi tomonidan namoyon bo‘lgan simptomlar (ongni buzilishi, shu jumladan  ongni chalkashishi, bosh aylanishi va tirishishlar) hisoblanadi.

Preparatni postmarketing qo‘llaganda dozasi oshirib yuborilganida markaziy nerv tizimi tomonidan samaralar, shu jumladan ongni chalkashishi, tirishishlar, gallyusinasiya va tremor kuzatilgan.

Ko‘ngil aynishi va me‘da-ichak yo‘llarining eroziyasi kuzatilishi mumkin.

Levofloksasinni terapevtik dozalardan yuqori bo‘lgan dozalari bilan o‘tkazilgan kliniko-farmakologik tekshirishlarda, QT intervalini uzayishi ko‘rsatilgan.

Doza oshirib yuborilganida davolash

Doza oshirib yuborilishi hollarida pasientni sinchkov nazorat qilish, shu jumladan EKG­monitoringini o‘tkazish kerak. Davolash simptomatik. Tavanik® tabletkalarining dozasini oshirib yuborish xollarida me‘dani yuvish va me‘da shilliq qavatini himoya qilish uchun antasidlarni yuborish buyuriladi. Levofloksasin dializ yordamida chiqarilmaydi (gemodializ, peritoneal dializ va doimiy peritoneal dializ).

Maxsus antidot mavjud emas.

Boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta‘siri

Ehtiyotkorlikni talab qiluvchi o‘zaro ta‘sirlar

Temir tuzlari, magniy va/yoki alyumin saqlovchi antasid vositalar bilan

Ikki valentli yoki uch velantli kationlarni saqlovchi temir tuzlari kabi preparatlarni (kamqonlikni davolash uchun vositalar), magniy yoki alyumin saqlovchi antasid vositalarni Tavanik® tabletkalarini qabul qilishdan 2 soat oldin yoki qabul qilgandan 2 soat keyin qabul qilish tavsiya qilinadi. Kalsiy karbonat bilan o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan.

Sukralfat bilan

Tavanik® preparatining ta‘siri sukralfat (me‘da shilliq qavatini himoya qilish uchun vosita) bilan bir vaqtda qo‘llanganida yaqqol susayadi.

Levofloksasin va sukralfatni qabul qilayotgan pasientlarga sukralfatni levofloksasinni qabul qilgandan 2 soat keyin qabul qilish tavsiya qilinadi.

Bosh miyaning tirishishga tayyorgarlik porogini pasaytiruvchi teofillin, fenbufen yoki nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar guruhining shunga o‘xshash dori vositalari bilan

Levofloksasinning teofillin bilan farmakokinetik o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan.

Fenbufen bilan bir vaqtda qabul qilinganda levofloksasinni konsentrasiyasi faqat 13% ga oshadi. Biroq xinolonlar va teofillinni, nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni va bosh miyaning tirishishga tayyorgarlik porogini pasaytiruvchi boshqa preparatlarni bir vaqtda buyurishda bosh miyaning tirishishga tayyorgarlik porogi yaqqol pasayishi mumkin.

Bilvosita antikoagulyantlar bilan

Levofloksasinni bilvosita antikoagulyantlar ( masalan, varfarin bilan) bilan majmuada davolashni olgan pasientlarda protrombin vaqtini (xalqaro nuqtai nazardan normallashtirilgan) oshishi va/yoki qon ketishini rivojlanishi, shu jumladan og‘ir, kuzatilgan. Shuning uchun bilvosita antikoagulyantlar va levofloksasin bir vaqtda qo‘llanganida qon ivishi ko‘rsatkichlarini muntazam nazorat qilish kerak.

Probenisid va simetidin bilan

Levofloksasinni buyrak naychalari orqali chiqarilishini buzuvchi probenisid va simetidin kabi dori vositalarini bir vaqtda qo‘llaganda ayniqsa buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Levofloksasinning chiqarilishi (buyrak klirensi) simetidin ta‘sirida 24% ga va probenisid ta‘sirida 34% ga sekinlashadi. Bu normal buyrak faoliyatida klinik ahamiyatga ega ekanligi ehtimoldan holi.

Siklosporin bilan

Levofloksasin siklosporinni yarimchiqish davrini 33% ga oshiradi. Bunday oshishi klinik ahamiyatga ega emasligi sababli levofloksasin bilan bir vaqtda qo‘llanganida siklosporinning dozasini to‘g‘irlash talab qilinmaydi.

Glyukokortikosteroidlar bilan

Glyukokortikosteroidlarni bir vaqtda qabul qilish paylarning uzilishi xavfini oshiradi.

QT intervalini uzaytiruvchi dori preparatlari bilan

Levofloksasin boshqa ftorxinolonlar kabi, QT intervalini uzaytiruvchi dori preparatlarini qabul qilayotgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan ishlatilishi kerak (masalan, IA va III sinf aritmiyaga qarshi preparatlar, trisiklik antidepressantlar, makrolidlar, neyroleptiklar).

Boshqalar

Levofloksasinni kalsiy karbonat, digoksin, glibenklamid, ranitidin va varfarin bilan bo‘lishi mumkin bo‘lgan farmakokinetik o‘zaro ta‘sirini o‘rganish uchun o‘tkazilgan klinik­farmakologik tadqiqotlar ushbu preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llaganda levofloksasinning farmakokinetikasi klinik ahamiyatga ega bo‘lishi uchun yetarli darajada o‘zgarmaganligini ko‘rsatdi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Ko‘k yiringli tayoqcha (Pseudomonas aeruginosa) chaqirgan gospital infeksiyalarda kombinasiyalangan davolash talab qilinishi mumkin.

Mikroorganizmlar shtammlari chaqirgan orttirilgan rezistentlikning tarqalishi geografik region va vaqt o‘tishi bilan bog‘liq ravishda o‘zgarishi mumkin. Shu sababli muayyan mamlakatda preparatga rezistentlik haqida ma‘lumotlar talab qilinadi. Og‘ir infeksiyani davolash uchun yoki davolash samarasiz bo‘lganida qo‘zg‘atuvchini ajratib chiqarish va uni levofloksasinga sezgirlini aniqlash bilan mikrobiologik tashxis qo‘yilishi kerak.

Metisillin­rezistent oltin rang streptokokk

Metisillin­rezistent oltin rang streptokokk ftorxinolonlarga, shuningdek levofloksasinga  rezistent bo‘lishining ehtimoli yuqori. Shuning uchun metisillin­rezistent oltin rang streptokokk chaqirgan infeksiyalar aniqlansa yoki taxmin qilinsa, agar laborator taxlillar ushbu mikroorganizmni levofloksasinga sezuvchanligini tasdiqlamasa, levofloksasin bilan davolash tavsiya qilinmaydi.

Tirishish rivojlanishiga moyilligi bo‘lgan pasientlar

Boshqa xinolonlar kabi, levofloksasin ham tirishishga moyilligi bo‘lgan pasientlarda qo‘llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Bunday pasientlarga markaziy nerv tizimini oldingi shikastlanishi, masalan insult, bosh­miyaning og‘ir jarohatlanishi bo‘lgan pasientlar; bir vaqtda bosh miyaning tirishishga tayyorgarlik porogini pasaytiruvchi fenbufen kabi preparatlarni va unga o‘xshash nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarni yoki tirishishga tayyorgarlik porogini pasaytiruvchi teofillin kabi boshqa preparatlarni qabul qilayotgan pasientlar kiradi (“Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri” ga qarang).

Psevdomembranoz kolit

Levofloksasin bilan davolash vaqtida yoki keyin rivojlangan diareya, ayniqsa og‘ir, kuchli va/yoki qon bilan, Clostridium difficile chaqirgan psevdomembranoz kolit simptomi bo‘lishi mumkin. Psevdomembranoz kolitga gumon qlinganida darhol levofloksasin bilan davolashni bekor qilish va spesifikni antibiotikterapiyani (ichga vankomisin, teykoplanin yoki metronidazolni) boshlash kerak. Ichak peristaltikasini tormozlovchi preparatlarni qo‘llash mumkin emas.

Tendenit

Xinolonlarni, shu jumladan levofloksasinni qo‘llaganda kam kuzatiladigan tendinit paylarning, shu jumladan  axillov payini uzilishiga olib kelishi mumkin. Bunday nojo‘ya ta‘sir davolash boshlanganidan so‘ng 48 soat davomida rivojlanishi mumkin va ikkiyoqlama bo‘lishi mumkin. Keksa yoshdagi bemorlar tendinitga ko‘proq moyil bo‘ladilar. Bir vaqtda glyukokortikosteroidlarni qabul qilish paylarning uzilishi xavfini oshirishi mumkin. Tendinitga gumon qilinganida Tavanik® preparati bilan davolashni darhol to‘xtatish va shikastlangan payga mos keluvchi davolashni boshlash kerak, masalan, unni yetarli immobilizasiya bilan ta‘minlash (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” va “Nojo‘ya ta‘sirlar” bo‘limiga qarang).

O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyasi

Levofloksasin xatto dastlabki dozalarni qo‘llashni o‘zidayoq jiddiy, patensial o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyasini (angionevrotik shish, anafilaktik shok) chaqirishi mumkin (“Nojo‘ya ta‘siri” bo‘limiga qarang). Pasientlar darhol preparatni qabul qilishni to‘xtatishlari va shifokorga murojaat qilishlari kerak.

Og‘ir bullyoz reaksiyalar

Levofloksasinni qabul qilganda Stivens­Djonson sindromi yoki toksik epidermal nekroliz kabi og‘ir bullez teri reaksiyalari kuzatilgan (“Nojo‘ya ta‘siri” bo‘limiga qarang). Teri yoki shilliq qavatlar tomonidan har qanday nojo‘ya reaksiyalar rivojlanish hollarida pasient darhol shifokorga murojaat qilishi va uning maslahatisiz davolashni davom ettirmasligi kerak.

Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar

Levofloksasinni qo‘llaganda asosan og‘ir asosiy kasalliklari, masalan sepsis, bo‘lgan pasientlarda  jigar nekrozi, shu jumladan fatal jigar yetishmovchiligining rivojlanishi kuzatilgan (“Nojo‘ya ta‘siri” bo‘limiga qarang). Pasientlar davolashni to‘xtatilishi va anoreksiya, sariqlik, siydik rangini to‘qlashishi, qichishish va qorinda og‘riqlar kabi jigar shikastlanishining alomatlari va simtpomlari paydo bo‘lishi hollarida darhol shifokorga murojaat qilishlari kerakligi haqida ogohlantirilishlari kerak.

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar

Levofloksasin asosan buyraklar orqali chiqarilganligi sababli, buyrak faoliyati buzilishi bo‘lgan pasientlarni davolashda buyrak faoliyatini nazorat qilish, shuningdek dozalash tartibini to‘g‘irlash talab qilinadi (“Qo‘llash usuli va dozalari” ga qarang). Keksa yoshdagi bemorlarni davolashda, bu guruh bemorlarda ko‘proq buyrak faoliyatining buzilishlari bo‘lishini ko‘zda tutish kerak (“Qo‘llash usuli va dozalari” bo‘limiga qarang).

Fotosensibilizasiya reaksiyalarining rivojlanishini oldini olish

Levofloksasin qo‘llanganida fotosensibilizasiya juda kam kuzatilishiga qaramasdan, uni rivojlanishini oldini olish uchun, pasientlarga juda ham zarur bo‘lmasa, kuchli quyosh yoki sun‘iy ultrabinafsha nurlanishga (masalan, solyariyga borish) duchor bo‘lish tavsiya qilinmaydi.

Superinfeksiya

Boshqa antibiotiklarni qo‘llagandagi kabi, levofloksasin qo‘llanganda, ayniqsa uzoq vaqt davomida, unga sezgir bo‘lmagan mikroorganizmlarni jadal ko‘payishiga olib qelishi mumkin, bu insonda norma mavjud bo‘lgan mikroflorani o‘zgarishini (bakteriyalar va zamburug‘lar) chaqirishi mumkin, bu esa superinfeksiyani rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Shuning uchun davolash davomida pasientning holatini takroran baholashni o‘tkazish zarur va davolash vaqtida superinfeksiya rivojlanishi hollarida kerakli choralari ko‘rish kerak.

QT intervaliini uzayishi.

Ftorxinolonlarni, shu shumladan levofloksasinni qabul qilgan pasientlarda QT intervaliini uzayishini juda kam hollari haqida xabar berilgan.

QT intervaliini uzayishi uchun ma‘lum xavf omillari bo‘lgan pasientlarda ftorxinolonlarni, shu jumladan levofloksasinni qo‘llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak: to‘g‘irlana olinmagan elektrolitlar buzilishi bo‘lgan (gipokaliemiyasi, gipomagniemiyasi bo‘lgan) pasientlarda; QT intervalini tug‘ma uzayishi sindromi bo‘lgan pasientlarda; yurak kasalliklari (yurak yetishmovchiligi, miokard infarkti, bradikardiya) bo‘lgan pasientlarda; bir vaqtda QT intervalini uzaytirish qobiliyatiga ega bo‘lgan dori vositalarini, masalan IA va III sinf aritmiyaga qarshi preparatlar, trisiklik antidepressantlar, makrolidlar, neyroleptiklarni qabul qilganda.

Keksa yoshdagi pasientlar va ayol pasientlar QT intervalini uzaytiruvchi preparatlarga ancha sezuvchan bo‘lishlari mumkin. Shuning uchun ularda ftorxinolonlar, shu jumladan levofloksasinni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak (“Ehtiyotkorlik bilan”, “Qo‘llash usuli va dozalari”, “Nojo‘ya ta‘siri” va “Dozani oshirib yuborilishi” bo‘limlariga qarang).

Glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar

Glyukoza-fosfatdegidrogenazaning latent yoki manifestlangan tanqisligi bo‘lgan pasientlarda xinolonlar bilan davolashda gemolitik reaksiyalarga moyillik mavjud bo‘lib, buni levofloksasin bilan davolash vaqtida e‘tiborga olish kerak.

Gipo­ va giperglikemiya (disglikemiya).

Barcha xinolonlarni qo‘llashdagi kabi, levofloksasinni qo‘llaganda ham odatda bir vaqtda peroral gipoglikemik preparatlar (masalan, glibenklamid) yoki insulin preparatlari bilan davolanayotgan qandli diabet bo‘lgan pasientlarda giperglikemiya va gipoglikemiya hollari aniqlangan. Qandli diabet bo‘lgan pasientlar uchun qondagi glyukoza darajasini sinchiklab kuzatish tavsiya qilinadi (“Nojo‘ya ta‘siri” bo‘limiga qarang).

Periferik neyropatiya

Ftorxinolonlarni, shu shumladan levofloksasinni qabul qilgan pasientlarda boshlanishi tez bo‘lishi mumkin bo‘lgan sensor yoki sensor­motor periferik neyropatiya kuzatilgan. Agar pasientda neyropatiya simptomlari paydo bo‘lsa, levofloksasinni qo‘llash to‘xtatilishi kerak. Bu qaytarib bo‘lmaydigan o‘zgarishlar rivojlanishi havfini kamaytirishi mumkin.

Psevdoparalitik miasteniyani (myasthenia gravis) zo‘rayishi

Psevdoparalitik miasteniyasi bo‘lgan pasientlarda ftorxinolonlar, shu jumladan levofloksasin nerv­mushak o‘tkazish faolligini bloklashi va mushak holsizligi kuchaytirishi bilan xarakterlanadi. Postmarketing davrda psevdoparalitik miasteniyasi bo‘lgan pasientlarda ftorxinolonlarni qo‘llashga assosiasiyalangan noxush reaksiyalar, shu jumladan o‘pkalarda sun‘iy ventilyasiya o‘tkazilishini talab qiluvchi o‘pka yetishmovchiligi va o‘lim holati kuzatilgan. Psevdoparalitik miasteniya aniqlangan pasientlarda levofloksasinni qo‘llash tavsiya qilinmaydi (“Nojo‘ya ta‘siri” bo‘limiga qarang).

Kuydirgini havo­tomchi orqali yuqishini oldini olish va davolashda qo‘llanilishi

Ushbu ko‘rsatma bo‘yicha levofloksasinni odamda qo‘llash in vitro tadqiqotlardan olingan unga  Bacillus anthracis sezgirligi bo‘yicha va hayvonlarda o‘tkazilgan eksperimental tadqiqotlardagi ma‘lumotlar, hamda levofloksasinni odamda qo‘llash bo‘yicha chegaralangan ma‘lumotlarga asoslanadi. Davolovchi shifokorlar kuydirgini davolash bo‘yicha umumiy izlanishlardan olingan fikrlarni aks ettirgan milliy va/yoki xalqaro hujjatlarga murojaat qilishlari kerak.

Psixotik reaksiyalar

Ftorxinolonlarni, shu shumladan levofloksasinni qo‘llaganda juda kam hollarda suisidal hayollarni va o‘ziga­o‘zi shikast yetkazish bilan hulqni buzilishini rivojlanishigacha zo‘raygan psixotik reaksiyalar haqida habar qilingan (ba‘zida levoflosasinning bir martalik dozasini qabul qilgandan keyin (“Nojo‘ya ta‘siri” bo‘limiga qarang). Bunday reaksiyalar rivojlanganida levoflosasin bilan davolashni to‘xtatish va mos ravishdagi davolashni buyurish kerak. Psixozi bo‘lgan pasientlarga yoki anamnezida ruhiy kasalliklari bo‘lgan pasientlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Ko‘rishni buzilishi

Har qanday ko‘rishni buzilishi rivojlanishi hollarida darhol oftalmolog maslahati zarur (“Nojo‘ya ta‘siri” bo‘limiga qarang).

Laborator testlarga ta‘siri

Levofloksasinni qabul qilayotgan pasientlarda siydikda opiatlarni aniqlash yolg‘on ijobiy natijalarga olib kelishi mumkin, buni o‘ziga hos usullar bilan tasdiqlash kerak bo‘ladi.

Levofloksasin  o‘sishini susaytirishi va keyinchalik tuberkulezni bakteriologik aniqlashda yolg‘on ijobiy natijalarga olib kelishi mumkin.

Transport vositasini boshqarish yoki boshqa potensial havfli  harakat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta‘siri

Tavanik® preparatining bosh aylanishi yoki vertigo, uyquchanlik va ko‘rishni buzilishi kabi nojo‘ya samaralari (“Nojo‘ya ta‘siri” bo‘limiga qarang) psixomotor reaksiyalarni va diqqat konsentrasiyasiga qobiliyatni pasaytirishi mumkin. Bu ushbu qobiliyatlar alohida ahamiyatga ega holatlarda ma‘lum havf tug‘dirishi mumkin (masalan, avtomobilni boshqarishda, mashinalarga va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatishda, turg‘un bo‘lmagan holatdagi ishlarni bajarishda).

Chiqarilish shakli

Qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 250 mg

3, 5, 7 yoki 10 tabletkadan PVX/alyumin folga blisterda.

Bir blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 500 mg

5, 7 yoki 10 tabletkadan PVX/alyumin folga blisterda.

Bir blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Saqlash sharoiti

+250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin!

Yaroqlilik muddati

5 yil. Preparat o‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanilmasin.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha beriladi.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

TAVANIK infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
TAVANIK infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
TAVANIK infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml dori vositasi Sanofi-Aventis Deutschland GmbH tomonidan Germaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
TAVANIK infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
TAVANIK infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
MEFLOSID 750mg N7
Narh: 67 800 so'mdan Batafsil
MEFLOSID infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml
Narh: 58 000 so'mdan Batafsil
LEFOKSIN tabletkalari 0,5mg N5
SELEVO infuziya uchun eritma 0,5% 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Abaris Healthcare PVT. LTD. Plot No.-1407-11, Vill-Rajpur, Tal-Kadi City: Rajpur, Dist: Mehsana, Gujarat State, Индия
  • Vakil: VEGAPHARM
SELEVO tabletkalari 500mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: «UNITED BIOTECH (P) LTD», Индия.
  • Vakil: VEGAPHARM
VELMEKS tabletkalari 750mg N5
VELMEKS tabletkalari 500mg N10
Narh: 26 000 so'mdan Batafsil
VELMEKS tabletkalari 250mg N10
Narh: 14 600 so'mdan Batafsil
LEVORIL tabletkalari 250mg N10
LEVONIK FL tabletkalari 500mg, 750mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Scott-Edil Pharmacia Limited
  • Vakil: Farmalife
Narh: 34 000 so'mdan Batafsil
LEVORIL inyeksiya uchun eritma 100ml 5mg/ml
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
SPIROFLOKS OFTALMO ko'z tomchilari 5ml 0,5%
LEMOKS tabletkalari 500mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd.
  • Vakil: GMP
Narh: 77 000 so'mdan Batafsil
LEVOFEKSIN ko'z tomchilari 5ml 5mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Koreya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ildong Pharmaceutical. Co., Ltd.
LEVOSEF 500 infuziya uchun eritma 100ml 5mg/5ml
Narh: 43 700 so'mdan Batafsil
FLEKSID tabletkalari 250mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Lek d.d.
FLEKSID tabletkalari 250mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Lek d.d.
FLEKSID infuziya uchun eritma 100ml 5mg/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sandoz Pharmaceuticals d.d., Словения произведено: Lek d.d.
FLEKSID infuziya uchun eritma 50ml 5mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sandoz Pharmaceuticals d.d., Словения произведено: Lek d.d.
TAYGERON tabletkalari 750mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 49 000 so'mdan Batafsil
TAYGERON tabletkalari 500mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
TAVANIK tabletkalari 500mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanofi Winthrop Industrie
LOTIKS tabletkalari 250mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Malta
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Actavis Group PTC ehf., Исландия произведено: Actavis Ltd
LOTIKS tabletkalari 500mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Malta
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Actavis Group PTC ehf., Исландия произведено: Actavis Ltd
LEVORIL tabletkalari 500mg N10
Narh: 75 000 so'mdan Batafsil
LEVOMAK tabletkalari 500mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Macleods Pharmaceutical Ltd
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
LEVOKSIMED tabletkalari 500mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil:
Narh: 33 800 so'mdan Batafsil
LEVOKSIMED ko'z tomchilari i ushnie 5ml 0,5% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd Sti, Турция произведено: Idol Ilac Dolum San. ve Tic. A.S., Турция по лицензии World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.,
Narh: 53 000 so'mdan Batafsil
LEVAKSELA infuziya uchun eritma 100ml 5mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА д.д.
LEVAKSELA infuziya uchun eritma 100ml 5mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА д.д.
Другие формы препарата
TAVANIK tabletkalari 500mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanofi Winthrop Industrie
TAVANIK tabletkalari 250mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanofi Winthrop Industrie
TAVANIK 0,25 tabletkalari N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Санофи Винтроп Индустрия
TAVANIK 0,5 tabletkalari N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Санофи Винтроп Индустрия
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9