×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

TIMOLENKS ko'z tomchilari 5mg / ml 5ml N1

Kategoriya:
- Oftolmologik vositalar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Болгария
Faol modda:
Тимолола малеат
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- Balkanpharma-Razgrad AD, Разград, Болгария
Vakil:
- VEGAPHARM
ATX kodi:
- S01ED01
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

TOBRADROP ko'z tomchilari 5ml 0,3% N1 Aseptica, ООО O'zbekiston
39 000 s`om dan
DAVERIS ko'z tomchilari 2,5ml 0,004% N1 World Medicine Ophthalmics, Великобритания произведено: S.C. Rompharm Company S.R.L. Ruminiya
RIMONAL ko'z tomchilari 5ml 0,2% N1 World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd Sti, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S. Turkiya
58 200 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Birlamchi o'ram: 5 ml dan preparat ochilishdan himoyalash uchun halqa bilan burab qotiriluvchi qalpoqcha bilan yopilgan tomizgich bilan oq plastik flakonda.

Ikkilamchi o'ram: 1 flakon davlat va rus tillardagi tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylashtiriladi.

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:faol modda: timolol maleati 5 mg timololga ekvivalent;yordamchi moddalar: benzalkoniya xlorid, natriy digidrofosfat digidrati, dinatriy fosfat digidrati, natriy gidroksidi 10% li eritma, gidroksipropilmetilsellyuloza, in'ektsiya uchun suv.

Timolol maleati ichki ahamiyati simpatomimetik faollikga ega bo'lmagan va miokardga susaytiruvchi ta'sir ko'rsatmaydigan noselektiv -blokatoridir (1 i 2). Anesteziya ta'siriga ega emas (membran-barqarorlashtiruvchi samara). Timolol 0,5% bevosita ko'zga qo'llanilganda glaukomaning mavjudligi yoki mavjud emasligiga bog'liq bo'lmagan holda oshgan va me'yordagi ko'z ichki bosimini (kib) pasaytiradi. Timolol ko'z ichki bosimini akkomodasiyaga, qorachiq o'lchamiga yoki ko'z o'tkirligiga ta'sir qilmasdan pasaytiradi, shuning uchun xiralashgan yoki noaniq ko'rish, yoki tungi shapko'rlik mavjud emas.
Timololni mahalliy qo'llanilganidan so'ng kib ning birlamchi pasayishi 30 minut o'tgandan keyin boshlanadi. Maksimal samara 1 yoki 2 soat o'tgach boshlanadi. Ko'z ichiki bosimining ahamiyatli pasayishi 24 soat davomida ushlab turiladi, timololning tizimli so'rilishi mumkin. 

Bolalar: kattalarda o'tkazilgan tadqiqotlarda har bir tomchidan 80% burun ko'z yoshi tizimiga kirib borib, u erda burunning shilliq qavati orqali tizimli qon aylanishiga tez so'rilishi aniqlangan. Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda fermentlar ishtirokidagi metabolizm yaxshi rivojlanmaganligi sababli chiqarilish davrining uzayishiga olib kelishi va bronxospazm hamda bradikardiyani keltirib chaqirishi mumkin.

Timololli ko'z tomchilarini mahalliy qo'llanilganda quyidagi nojo'ya samaralar qayd qilingan:

- ko'z ta'sirlanishi (qizish, ko'z qichishishi, qichishish, ko'zyoshlanishi, qizarish), kon'yunktivit, "quruq ko'z", ko'rishni xiralashishi, shox parda eroziyasi, diplopiya, ptoz;

- bradikardiya, ko'krak qafasida og'riq, aritmiya, atrioventrikulyar blokada;

- ishishlar, oqsoqlik, gipotoniya, Reyno fenomeni, qo'l-oyoqlari sovuq qotishi;

- bronxospazm, yo'tal, nafas etishmovchiligi;

- alopesiya, psoriazform toshma, eksfoliativ dermatit; 

- bosh miya qon aylanishining o'tkir buzilishi, parestiziyalar, asteniya, mialgiya;

- dispepsiya, og'izni qurishi, quruqlik, qusish;

- libidoning pasayishi, Peyron kasalligi, seksual disfunktsiyasi.

Yurak tomonidan buzilishlari: 1-darajali yurak blokadasi bo'lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llaniladi. 

Qon-tomir buzilishlari: periferik qon aylanishining og'ir buzilishlari bo'lgan pasientlarni ehtiyotkorlik bilan davolash lozim.

Nafas funktsiyasi buzilishlari: oftalmologik -blokatorlar qo'llanilgandan so'ng nafas a'zolari tomonidan reaktsiyalar (shu jumladan, astmasi bo'lgan pasientlarda bronxospazma natijasida o'lim)kuzatilishi mumkin. 

-blokatorlarni spontan gipoglikemiya yoki labil diabet bilan kasallangan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llaniladi, chunki ular o'tkir gipoglikemiyaning belgilari va alomatlarini niqoblashi mumkin.

Mushaklar zaifligi: β-blokatorlarning qo'llanilishi og'ir miasteniyaning simptomlari kuchaytiradi.

Ko'z shox pardasini kasalliklari: oftalmologik β-blokatorlar ko'z quruqligini chaqirishi mumkin.

Boshqa β-blokatorlar: ikkita mahalliy β-blokatorlarni qo'llash tavsiya etilmaydi.

Ko'zning tomirli pardasini ko'chishi: filtrasiya muolajasidan so'ng timololning suvli eritmasi qo'llanilganda ko'zning tomirli pardasi ko'chishi to'g'risida xabar berilgan.

Jarroxlik anesteziyasi: Anestiziolog anesteziya vaqtida og'ir gipotenziya rivojlanishi ehtimoli sababli pasient tomonidan timolol maleati qo'llanilish to'g'risida xabardor qilingan bo'lishi kerak. 

Benzalkoniya xloridi: preparat benzalkoniy xloridi konservantini saqlaydi, u ta'sirlanishi qo'zg'alishini chaqirishi, yumshoq kontakt linzalar yuzasini qoplanishi yoki ularni rangsizlantirib qo'yishi mumkin. Kontakt linzalarni preparatni qo'llashdan oldin echish va ko'z tomchilari tomizilgandan keyin 15 minut o'tgach taqish kerak.

Yopiq burchakli glaukomada davolashning asosiy maqsadi ko'zning oldingi kamerasining burchagini ochish hisoblanadi. Bunga miotik yordamida ko'z qorachig'ini toraytirish bilan erishiladi. Chunki mahalliy qo'llaniluvchi timolol ko'z qorachig'iga ta'sir ko'rsatmaydi, yopiq burchakli glaukomasi bo'lgan pasientlarda uni miotiklar bilan majmuada qo'llash lozim.

O'pka, og'ir tserebrovaskulyar, kompensasiya bosqichidagi yurak etishmovchiligi, arterial giponteziya

Atrofik rinit bilan kasallangan bemorlarda, va epinefrin ajralib chiqishini kuchaytiruvchi boshqa β-adrenoblokatorning bir vaqtning o'zida belgilanishida ehtiyotkorlik zarur bo'ladi.

-ko'z ichki bosimini oshishida (oftalmogipertenziya);

- surunkali ochiq burchakli glaukomada (shu jumladan, afakiya);

- ikkilamchi glaukomaning ba'zi hollarida qo'llaniladi.

-bronxial astma yoki o'pkaning surunkali obstruktiv kasalliklari;

- sinusli bradikardiya, sinusli tugunning kuchsizlik sindromi, sinoatrial blok;

- II - III-darajadagi atrioventrikulyar blokada, yurak etishmovchiligi;

- ko'z shox pardasi distrofiya jarayonlari;

- preparatning komponentlariga allergik reaktsiyalarda qo'llash mumkin emas.

Og'iz orqali kaltsiy antagonistlari, -blokatorlar, aritmiyaga qarshi vositalar, gvanetidin bilan bir vaqtning o'zida qabul qilinganda gipotoniya va/yoki yaqqol bradikardiya rivojlanishi ehtimoli mavjud. Fluoksetin, paroksetin bilan bir vaqtda qo'llanilganda bradikardiyaning rivojlanish ehtimoli mavjud. -blokatorlarning ko'z tomchilarida va adrenalin (epinefrin) bir vaqtda qo'llanilganda midriazning rivojlanishi haqida ma'lumotlar mavjud.

Original o'ramda 25ºС dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin. 

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!


Yaroqlilik muddati 

2 yil. 

Flakonni birinchi ochilishidan so'ng qo'llash davri - 25ºS dan yuqori bo'lmagan haroratda 28 kun. 

Yaroqlilik muddati o'tgandan so'ng qo'llanilmasin.

tiniq, jigarrang rangli eritma.

Davolashning boshida 0,5% Timolens shikastlangan ko'zga 1 tomchidan kuniga 1-2 marta tomiziladi. Timolens preparati bilan davolash uzoq muddatda o'tkaziladi. Davolash boshlangandan so'ng 4 haftadan so'ng kib ni o'lchash lozim. Kib barqarorlashganidan keyin dozasi ertalab kuniga 1 marta 1 tomchigacha kamaytiriladi. Tomchi tomizilgandan so'ng burun ko'z yosh kanalini bosib turish yoki 2 minutga ko'zni yopib turish bilan tizimli so'rilishni kamaytirishga va mahalliy ta'sirni kuchaytirishga erishish mumkin. 

Boshqa -blokatordan keyin timolol bilan davolashga o'tish: timolol bilan davolashga o'tish zarur bo'lganda aniq kunda mahalliy -adrenoblokatorni qo'llashni to'xtatish va keyingi kuni kuniga ikki marta bir tomchidan tomizib timolol bilan davolashni boshlash lozim bo'ladi.

Boshqa glaukomaga qarshi preparatdan so'ng timolol bilan davolashga o'tish: agar glaukomadan preparatni timolol bilan almashtirish zarur bo'lib qolsa, kuniga ikki marta bir tomchi timololni qo'shib uning qo'llanilishini davom ettirish lozim bo'ladi. Keyingi kuni kuniga ikki marta bir tomchidan faqat timolol qo'llaniladi. 

Bolalar: Timolens 0,5% qo'llanilishini faqat birlamchi tug'ma va o'spirinlik glaukomasida tavsiya qilish mumkin. Preparat timololni eng past ehtimolli kontsentrasiyada (0,1%) kuniga 1 marta 1 tomchidan (samara mavjud bo'lmaganida - 2 tomchidan) qisqa kursda belgilanadi. Bolalarni, ayniqsa yangi tug'ilgan chaqaloqlarni, birinchi doza qo'llanilgandan so'ng 1-2 soat davomida (joyida, shifokor xonasida) va ko'z yoki tizimli nojo'ya ta'sirlarni paydo bo'lishini kuzatish lozim bo'ladi.

faqat birlamchi tug'ma va o'spirinlik glaukomasida qo'llaniladi. Apnoe va Cheyn-Stoks nafas olishi rivojlanish mumkinligi tufayli yangi tug'ilgan chaqaloqlarga, emadigan go'daklarga va kichik yoshdagi bolalarga maksimal ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Nojo'ya samaralar haqida ota-onalarni xabardor qilish zarur.

Simptomlari: bradikardiya, gipotoniya, bronxospazm va o'tkir yurak etishmovchiligi.

Davolash: darhol ko'zlarni suv bilan yoki fiziologik eritma bilan yuvish.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

TIMOLENKS ko'z tomchilari 5mg / ml 5ml N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
TIMOLENKS ko'z tomchilari 5mg / ml 5ml N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
TIMOLENKS ko'z tomchilari 5mg / ml 5ml N1 dori vositasi Balkanpharma-Razgrad AD, Разград, Болгария tomonidan Болгария mamlakatida ishlab chiqarilgan.
TIMOLENKS ko'z tomchilari 5mg / ml 5ml N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
TIMOLENKS ko'z tomchilari 5mg / ml 5ml N1 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
PRESSIMOL ko'z tomchilari 5ml 0,5%
PRESSIMOL ko'z tomchilari 5ml 0,25%
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9