×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

LEVOYAPS ko'z tomchilari 5ml 5mg / ml N1

Kategoriya:
- Oftolmologik vositalar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Bolgariya
Faol modda:
Левофлоксацин
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- Belinda Laboratories LLP, Великобритания произведено: Balkanpharma-Razgrad AD
Vakil:
- VEGAPHARM
ATX kodi:
- S01AE05
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 145 ta dorixonasida topildi

ico 64 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 65 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

EMOTROP ko'z tomchilari 5ml 1% N1 Aseptica, ООО O'zbekiston
38 000 s`om dan
ALKAIN eritma 15ml 0,5% Alcon Pharmaceuticals Ltd, Швейцария произведено: S.A. Alcon–Couvreur n.v. Belgiya
ARUTIMOL ko'z tomchilari 5ml 0,25% Валеант, ООО, Россия произведено: Dr.Gerhard Mann Chem.-Pharm. Fabric GmbH Germaniya
BROKSINAK tomchilar 1,7ml 0,09% Сентисс Фарма Пвт. Лтд. Hindiston
120 300 s`om dan
Yaroqlilik muddati (oy) 3 yil
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Oq rangdagi plastikli flakonlarga 5 ml preparat joylangan bo'lib, tomizg'ichli tiqin bilan muhrlangan va birinchi ochish
nazoratiga ega bo'lgan buraluvchi qopqoq bilan yopilgan.
1 flakondan davlat va rus tillaridagi tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnoma bilan birga kartonli qutiga
joylashtirilgan.
5 ml preparat quyidagilarni saqlaydi:
faol moda:Levofloksasin gemigidrat -
levofloksasina ekvivalent 25 mg;
yordamchi moddalar: benzalkoniy xlorid i, natriy xlorid i, xlorid kislotasining 10% li eritmasi, natriy gidroksid Inning
10% li eritmasi, in'ektsiya uchun suv, azot.
Levoyaps ko'z tomchilari ofloksasin dori vositasining ratsemik L-izomeri. Oflaksasinning antibakterial faolligini
asosan ushbu L-izomer belgilaydi.
Ta'sir mexanizmi
Levofloksasin ftorxinalonli antibakterial agent bo'lib, grammanfiy bakteriyalarda bakterial topoizomeraza II tip –
DNK-girazani va topoizomeraza IV ni bloklaydi. Levofloksasin asosan grammanfiy bakteriyalardagi DNK-girazaga va
grammusbat bakteriyalardagi topoizomeraza IV ga hujum qiladi.
Chidamlilik mexanizmi
Bakteriyalarning levofloksasinga chidamliligi asosan ikki yo'l bilan shakllanishi mumkin – dorining bakteriya ichi
kontsentrasiyasini pasayishi yoki dori uchun mo'ljallangan fermentlarning o'zgarishi hisobidan. Mo'ljallangan joydagi
o'zgarishlar DNK girazani (gyrA va gyrB) kodlovchi xromosoma genlarining mutasiyasi natijasi hisoblanadi. Dorining
bakteriya ichi kontsentrasiyasini pasayishi tufayli kelib chiqadigan chidamlilik tashqi membrana tirqishlarining (OmpF)
o'zgarishidan yoki efflyuksli nasos mexanizmi natijasidir. Efflyuks nasosi asosida paydo bo'ladigan chidamlilik
pnevmokokklarda (PmrA), stafilakokklarda (NorA), anaerob va grammanfiy bakteriyalarda keltirilgan. Plazmidalar (dpggenom) tufayli xinalonlarga chidamlilik Klebsiella pneumoniae va u E.coli larda keltirilgan.
Kesishmali chidamlilik
Ftorxinalonlarga kesishmali chidamlilik rivojlanishi mumkin. Yakka mutasiyalar klinik chidamlilikka olib kelmasligi
mumkin, ammo ko'plab mutasilar odatda ftorxinalonlar guruhining barcha dori vositalariga nisbatan klinik chidamlilikni
shakllantirishi mumkin. Tashqi membranalar tirqishlarining va so'rib oluvchi tizimlarning o'zgarishi bir qancha
antibakterial vositalarga ta'sir qiluvchi keng substratga ega bo'lishiga va ko'plab chidamliliklarga olib kelishi mumkin.
Cheklovchi ko'rsatkichlar
Sezgir mikroorganizmlarning o'rtacha sezgir mikroorganizmlardan va chidamli mikroorganizmlardan EUCAST
(antibakterial preparatlarga chidamlilikni aniqlovchi Evropa komiteti) ga binoan taqsimlovchi MBK (minimal bostiruvchi
kontsentrasiya) ning cheklangan darajalari quyidagilardir:
Pseudomonasspp., Staphylococcusspp., Streptococcus A, B, C, G: sezgirlik ≤ 1 mg/l, chidamlilik> 2 mg/l.
Streptococcus pneumoniae: sezgirlik ≤ 2 mg/l, chidamlilik > 2 mg/l.
Haemophylus influanzae, Moraxella catarrhalis: sezgirlik ≤ 1 mg/l, chidamlilik > 1 mg/l.
Barcha boshqa patogenlar: sezgirlik ≤ 1 mg/l, chidamlilik ≥ 2 mg/l.
Antibakterial spektr
Orttirilgan chidamlilik ma'lum bir shtammlarga geografik va vaqt jihatidan o'zgarib turishi mumkin, shu sabab, ayniqsa,
og'ir infektsiyalarni davolashda chidamlilikning mahalliy ma'lumotini inobatga olish lozim. Shu sababdan keltirilgan
ma'lumotlar, mikroorganizmlarning levofloksasinga chidamliligi paydo bo'lish yoki bo'lmasligini taxmin qilishgagina
yordam beradi. Dorini qo'llashdagi foyda, mahalliy chidamlilik chastotasi kamida uchta tiplari infektsiyaga nisbatan
shubhali bo'lgan hollarda mutaxassis maslahatiga murojaat qilish tavsiya etiladi. Quyida odatda kon'yunktivit, ya'ni
ko'zning yuza infektsiyalarini chaqiruvchi bakteriyalar turlari keltirilgan.
Antibakterial spektr – EUCAST bo'yicha sezgirlik va chidamlilik xarakteristikalari guruhi.
I kategoriya: tarqalgan sezgir turlar:
Aerob grammusbat mikroorganizmlar: Staphylococcus aureus (MSSA)*, Streptococcus pneumonia, Streptococcus pyogenes,
Viridans group streptococci.
Aerob grammmanfiy mikroorganizmlar: Escherichia coli, Haemophilus influenza, Moraxella catarrhalis, Pseudomonas aeruginosa
(shifohonadan tashqari izolyatlar).
Boshqa mikroorganizmlar: Chlamydia trachomatis (xlamidiyli kon'yunktivit bilan og'rigan bemorlarni davolashda bir
vaqtning o'zida tizimli antibakterial davo olib borish tavsiya etiladi).
II kategoriya: orttirilgan rezistentlik hisobida muammo tug'diruvchi turlar.
Aerob grammusbat mikroorganizmlar: Staphylococcus aureus (MRSA)**, Staphylococcus epidermidis.
Aerob grammanfiy mikroorganizmlar: Pseudomonas aeruginosa (shifoxonadagi shtammlar).
* MSSA – metisillinga sezgir Staphylococcus aureus shtammlari.
** MRSA – metisillinga sezgir Staphylococcus aureus shtammlari.
Mikroorganizmlar ularning in vitro sezgirligi va tizimli davolash asnosida olingan plazmali kontsentrasiyalari asosida
levofloksasinga sezgirlik tarzida belgilangan. Mahalliy qo'llanganda plazmada aniqlangan kontsentrasiyaga nisbatan ancha
yuqori cho'qqidagi kontsentrasiyaga erishiladi. Biroq ko'zga qo'llanganda kinetika qay tarzda levoflaksasinni antibakterial
faolligini o'zgartirishi mumkunligi noaniq.
Ko'zga qo'llangandan so'ng levofloksasin ko'z yosh pardasida yaxshi saqlanadi. Levofloksasinni ko'z yosh pardasidagi o'rtacha
kontsentrasiyasi mahalliy qo'llangandan 4 va 6 soatdan so'ng muvofiq holda 17,0 mkg/ml va 6,6 mkg/ml ni tashkil qiladi.
Levofloksasin qo'llanganidan keyin 1 soatdan so'ng qon plazmadagi o'rtacha kontsentrasiyasi 1-chi sutkada 0,86 ng/ml dan 15-chi
sutkada 2,05 ng/ml ni tashkil qiladi. Levofloksasinning plazmadagi maksimal kontsentrasiyasi ikki kun davomida har 2
soatda kuniga 8 mahal qo'llanganidan so'ng 4-chi sutkada 2,25 ng/ml ga etganligi belgilandi. Levofloksasinning C 1-chi max
sutkada 0,94 ng/ml dan 15-chi sutkada 2,15 ng/ml gacha ko'tarildi, bu esa levofloksasinning standart dozasini ichga qabul
qilingandagi kontsentrasiyaga nisbatan 1000 barobar kam ekanligini ko'rsatadi.
Hozigi vaqtda infektsiyali ko'zga surilganda levofloksasinning qon plazmasidagi kontsentrasiyasi qancha bo'lishi aniq emas.
Biobsorbtsiyasi yuqori – 60 dan 100% gacha.
Nojo'ya ta'sirlarining paydo bo'lish chastotasi klassifikasiyasi (JSST): juda tez-tez >1/10; tez-tez >1/100 dan <1/10 gacha;
tez-tez emas >1/1000 dan <1/100 gacha; kam hollarda >1/10000 dan <1/1000 gacha; juda kamdan kam hollarda <1/10000, shu
jumladan ayrimi habarlarni uchrash tezligi noma'lum.
Nojo'ya ta'sirlar taxminan 10% bemorlarda kelib chiqishi mumkin. Ular odatda, engil va o'rtacha shaklda, o'tkinchi holatda
namoyon bo'ladi va odatda oftalmologik simptomlar bilan cheklanadi. Preparat o'zida konservant sifatida benzalkoniy
xlorid saqlaydi, hamda faol modda kabi kontakt dermatit, ko'zning ta'sirlanishi va boshqa nojo'ya ta'sirlarni yuzaga
chiqarishi mumkin.
Allergik reaktsiyalar: tez-tezligi noma'lum – ko'zning ekstraokulyar allergik reaktsiyalari, shu jumladan, toshmalar; juda
kamdan kam hollarda: anafilaksiya.
Asab tizimi tomonidan: juda kamdan kam hollarda – bosh og'rig'i.
Ko'ruv a'zolari tomonidan: ko'pincha – ko'rish o'tkirligini pasayishi va ko'zda tortilgan shilliqlarning paydo bo'lishi; kam
hollarda: blefarit, xemoz, kon'yuktival so'rg'ichli reaktsiya, kon'yuktiva giperemiyasi, ko'zlarning quruqlashishi, qovoqlar
eritemasi va fotofobiya.
Nafas olish tizimi tomonidan: kam hollarda – rinit; juda kam hollarda: hiqildoq shishi.
Mahalliy reaktsiyalar: ko'pincha – ko'zda achishishlar, qovoq shishi, diskomfort, ko'zni qichishi va og'rig'i.
Dori vositasini subkon'yuktival yuborish mumkin emas, ko'zning old kamerasiga to'g'ridan-to'g'ri tomizishdan ehtiyot bo'lish
lozim.
Ko'z tomchisi konservant sifatida benzalkoniy xloridini saqlaydi. Preparatni gidrofil (yumshoq) kontakt linzalarini
taqib yurgan chog'da qo'llamaslik kerak, chunki ushbu konservant linzalar tomonidan so'rilib ko'zlar achishishini keltirib
chiqarishi mumkin. Bakterial kon'yunktivit belgilari mavjud bo'lgan bemorlarga har qanday turdagi linzalarni taqmaslik
tavsiya etiladi.
Flakonni har bir ishlatgandan so'ng zich qilib yopish lozim.
Yoshi katta va 1 yoshgacha bo'lgan bolalarda levofloksasinga sezgir mikroorganizmlar keltirib chiqaradigan
ko'zning yuza bakterial infektsiyalarini mahalliy davolash, jumladan:
· bakterial kon'yunktivit;
· blefarit;
· muguz pardaning yiringli yarasi;
· ko'zning gonoreyali va xlamidiyli kasalliklari;
Ko'zlarda jarrohlik va lazerli amaliyotlardan keyingi asoratlarni oldini olish maqsadida qo'llanadi.
levofloksasinga yoki boshqa xinolonlarga, hamda benzalkoniy xlorid kabi preparat komponentlariga nisbatan
yuqori sezuvchanlikda qo'llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan
· yosh bolalar;
· preparatning bir yoki bir necha komponentlarini saqlovchi peroral preparatlar ehtiyotkorlik bilan qo'llanadi.
Hozirgi vaqtda boshqa dorilar bilan o'zaro ta'siri oxirigacha to'liq o'rganilmagan.
Mahalliy qo'llangandan so'ng levofloksasinni plazmadagi maksimal kontsentrasiyasi peroral qo'llanganga nisbatan 1000
marta kamdir, shu sabab boshqa dorilar bilan o'zaro ta'siri kelib chiqish ehtimoli pastdir.
Boshqa mahalliy oftalmologik preparatlar bilan birga qo'llanganda ularni qo'llash orasidagi interval 15 daqiqadan kam
bo'lmasligi tavsiya etiladi.
Mazli ko'z preparatlari bilan bir vaqtda qo'llanilganida avval tomchili shakllarini qo'llash lozim. 
25°C dan yuqori bo'lmagan xaroratda saqlansin.Muzlatilmasin!
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Flakonni birinchi ochilishidan keyin qo'llash davrida – 28 kun 25°C dan yuqori bo'lmagan xaroratda saqlansin. Yaroqlilik
muddati o'tgach qo'llanilmasin.
Yaroqlilik muddati
3 ili
Och sariq rangdan och yashil-sariq rangacha bo'lgan tiniq suyuqlik.
Doza kasallik og'irligi, infektsiya turi, organizm holati, bemorning yoshi, vazni va buyraklar faoliyatiga qarab aniqlanadi.
Mahalliy qo'llash uchun. Qo'llashdan oldin flakon silkitiladi! Ko'z tomchilarini qo'llashdan oldin ko'z linzalarini olib
qo'yish lozim, ularni ko'zga dori tomizib bo'lgandan 15 daqiqadan so'ng yana joyiga qo'yish mumkin bo'ladi. Bemor ko'zlariga
tomchi tomizayotib kontaminasiyani oldini olish maqsadida tomizgich uchini qoshlarga, ko'z atrofiga va boshqa sohalarga tegib
ketishini oldini olish lozimdir.
Barcha bemorlarga davolashning birinchi 2 kunida yallig'langan ko'zlarga eritma 1-2 tomchidan har 2 soatda, kun davomida 8
martadan ko'p bo'lmagan holda tomiziladi. So'ngra 3-chi kundan 5-kungacha kuniga 4 mahal tomiziladi.
Davolanish davomiyligi individual holatda vrach tomonidan belgilanadi. Odatdagi muolaja davomiyligi 5 kunni tashkil
qiladi. Ba'zi hollarda muolaja davomiyligi 2 haftagacha uzaytirilishi mumkin.
Tomchilar kon'yuktiva qopchasiga tomiziladi, bunda dori vositasini burun shilliq qavati orqali tizimli so'rilishini va
mahalliy ta'sirini kuchayishini oldini olish maqsadida instillyasiyadan so'ng 2-3 daqiqa davomida barmoq bilan
nazolakrimal kanal bosib turiladi.
Bir vaqtning o'zida ko'zga mahalliy boshqa dori vositalarini qo'llaganda ularni qo'llash orasida 15-daqiqadan kam bo'lmagan
interval saqlash tavsiya etiladi. Agar bemor bir vaqtning o'zida ko'z mazini ham qo'llaydigan bo'lsa uni eng oxirida qo'llashi
lozim bo'ladi.
Bolalar
Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda muguz parda yarasini va neonatal oftalmiyani davolashda preparatning havsizligi va
samaradorligi aniqlanmagan.
Samaradorligi va havfsizligi haqida ma'lumotlar yo'qligi tufayli 1 yoshgacha bo'lgan bolalarda Levoyaps ko'z tomchilarini
qo'llash tavsiya etilmaydi.
Ko'zga tomizish texnikasi. Boshni biroz ortga tashlab pastki qovoq cho'ntak hosil qilgan holda pastga tortiladi va
preparatdan 1-2 tomchi tomiziladi. So'ng ko'zlarni yumib ko'z olmalari bilan 1-2 daqiqa davomida aylantiruvchi harakatlari
bajariladi.
O'ziga hos klinik holatlardagi qo'llash usuli va dozasi
Keksa yoshdagi kishlarda qo'llanilishi: dozani o'zgartirishga ehtiyoj yo'q.
Levofloksasinni bitta ko'z tomchisi flakonidagi umumiy miqdori (25 mg) hatto tasodifan ichga qabul qilingan taqdirda ham
toksik reaktsiya chaqirishi uchun juda ham kam miqdordadir.
Belgilari: mahalliy qo'llanganda yo'riqnomani "nojo'ya ta'sirlar" (ayniqsa, mahalliy reaktsiyalar) qismida ko'rsatilgan
oftalmologik belgilarning kuchayishi kuzatilishi mumkin.
Davolash: Levoyaps ko'z tomchilari ortiqcha dozada mahalliy qo'llanganda ko'zlarni hona haroratidagi toza suv bilan yuvish
lozim bo'ladi. Preparatni ichga bilib yoki bilmay yuqori dozada qabul qilinganda davolash usuli simptomatik olib boriladi.
Preparatni homiladorlik davrida qo'llashga doir etarlicha tajriba mavjud emas.
Preparat homiladorlik davrida, uning ona sog'ligi uchun bo'lgan foydasi, homila uchun bo'lgan havfidan ustun deb topilgan
hollardagina qo'llanadi.
Laktasiya davrida qo'llash zaruriyati tug'ilsa, emizishni to'xtatib turish lozim bo'ladi.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

LEVOYAPS ko'z tomchilari 5ml 5mg / ml N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
LEVOYAPS ko'z tomchilari 5ml 5mg / ml N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
LEVOYAPS ko'z tomchilari 5ml 5mg / ml N1 dori vositasi Belinda Laboratories LLP, Великобритания произведено: Balkanpharma-Razgrad AD tomonidan Bolgariya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
LEVOYAPS ko'z tomchilari 5ml 5mg / ml N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
LEVOYAPS ko'z tomchilari 5ml 5mg / ml N1 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
MEFLOSID 750mg N7
Narh: 67 800 so'mdan Batafsil
MEFLOSID infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml
Narh: 58 000 so'mdan Batafsil
LEFOKSIN tabletkalari 0,5mg N5
SELEVO infuziya uchun eritma 0,5% 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Abaris Healthcare PVT. LTD. Plot No.-1407-11, Vill-Rajpur, Tal-Kadi City: Rajpur, Dist: Mehsana, Gujarat State, Индия
  • Vakil: VEGAPHARM
SELEVO tabletkalari 500mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: «UNITED BIOTECH (P) LTD», Индия.
  • Vakil: VEGAPHARM
VELMEKS tabletkalari 750mg N5
VELMEKS tabletkalari 500mg N10
Narh: 26 000 so'mdan Batafsil
VELMEKS tabletkalari 250mg N10
Narh: 14 600 so'mdan Batafsil
LEVORIL tabletkalari 250mg N10
LEVONIK FL tabletkalari 500mg, 750mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Scott-Edil Pharmacia Limited
  • Vakil: Farmalife
Narh: 34 000 so'mdan Batafsil
LEVORIL inyeksiya uchun eritma 100ml 5mg/ml
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
SPIROFLOKS OFTALMO ko'z tomchilari 5ml 0,5%
LEMOKS tabletkalari 500mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd.
  • Vakil: GMP
Narh: 77 000 so'mdan Batafsil
LEVOFEKSIN ko'z tomchilari 5ml 5mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Koreya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ildong Pharmaceutical. Co., Ltd.
LEVOSEF 500 infuziya uchun eritma 100ml 5mg/5ml
Narh: 43 700 so'mdan Batafsil
FLEKSID tabletkalari 250mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Lek d.d.
FLEKSID tabletkalari 250mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Lek d.d.
FLEKSID infuziya uchun eritma 100ml 5mg/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sandoz Pharmaceuticals d.d., Словения произведено: Lek d.d.
FLEKSID infuziya uchun eritma 50ml 5mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sandoz Pharmaceuticals d.d., Словения произведено: Lek d.d.
TAYGERON tabletkalari 750mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 49 000 so'mdan Batafsil
TAYGERON tabletkalari 500mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
TAVANIK tabletkalari 500mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanofi Winthrop Industrie
LOTIKS tabletkalari 250mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Malta
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Actavis Group PTC ehf., Исландия произведено: Actavis Ltd
LOTIKS tabletkalari 500mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Malta
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Actavis Group PTC ehf., Исландия произведено: Actavis Ltd
LEVORIL tabletkalari 500mg N10
Narh: 75 000 so'mdan Batafsil
LEVOMAK tabletkalari 500mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Macleods Pharmaceutical Ltd
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
LEVOKSIMED tabletkalari 500mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil:
Narh: 33 800 so'mdan Batafsil
LEVOKSIMED ko'z tomchilari i ushnie 5ml 0,5% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd Sti, Турция произведено: Idol Ilac Dolum San. ve Tic. A.S., Турция по лицензии World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.,
Narh: 53 000 so'mdan Batafsil
LEVAKSELA infuziya uchun eritma 100ml 5mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА д.д.
LEVAKSELA infuziya uchun eritma 100ml 5mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА д.д.
Ishlab chiqaruvchining dorilari
TAMEKRAZ maz 5 g 3 mg/g+1 mg/g
BELASEF kukuni 1g N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Bolgariya
  • Faol modda: Seftriakson ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Belinda Laboratories LLP, Великобритания произведено: Balkanpharma-Razgrad AD
  • Vakil: VEGAPHARM
BELAZIDIM kukuni 1000mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Bolgariya
  • Faol modda: Seftazidim ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Belinda Laboratories LLP, Великобритания произведено: Balkanpharma-Razgrad AD
  • Vakil: VEGAPHARM
ALLERAYZ/ALLEREYES ko'z tomchilari 5ml 1mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Bolgariya
  • Ishlab chiqaruvchi: Belinda Laboratories LLP, Великобритания произведено: Balkanpharma-Razgrad AD
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9