×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

TIOGAMMA tabletkalari 0,6g N60

Kategoriya:
- Hazm qilish va moddalar almashinuvi tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Germaniya
Faol modda:
Тиоктовая кислота
Qadoqda soni:
- 60
Ishlab chiqaruvchi:
- Worwag Pharma GmbH & Co. KG, Германия произведено: Artesan Pharma GmbH & Co. KG
ATX kodi:
- A16AX01
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 200 ta dorixonasida topildi

ico 358 400 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 560 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 460 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

RADIREKS tabletkalari N10 Wroclaw Herb Factory "Herbapol" S.A. Polsha
NATASIN vaginal suppozitorlar 100mg N6 Рубикон ООО Представительство Belarusiya
59 900 s`om dan
BEKARBON tabletkalari N20 Борщаговский ХФЗ, ПАО, НПЦ Ukraina
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
TIOGAMMA tabletkalari 0,6g N60 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

TIOGAMMA®

THIOGAMMA®

Bu dorini qabul qilishdan oldin ushbu yo‘riqnomani diqqat bilan o‘qib chiqing.

  • Yo‘riqnomani saqlab qo‘ying, u yana talab qilinishi mumkin.
  • Agarda Sizda savollar tug‘ilsa, shifokorga murojaat qiling.
  • Bu dori shaxsan Sizga buyurilgan va uni boshqa shaxslarga berish mumkin emas, chunki u hatto ularda Sizdagiga o‘xshash simptomlar bo‘lsa ham ularga zarar yetkazishi mumkin.

 

Preparatning savdo nomi:  Tiogamma®

Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): tioktat kislotasi

Dori shakli: infuziya uchun eritma.

Tarkibi:

1 flakon 50 ml 12/mg/ml infuziya uchun eritma saqlaydi:

Faol modda: tioktat kislotasining megluminli tuzi – 1167,70 mg (bu 600 mg tioktat kislotasiga ekvivalent);

Yordamchi moddalar: makrogol 300 – 4000,00 mg, meglumin, in‘eksiya uchun suv 50 ml gacha.

Ta‘rifi: och-sariq yoki sarg‘ish-yashil rangli tiniq eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: metabolik jarayonlarni to‘g‘rilash uchun vosita.

ATX kodi: A16AX01

 

Farmakologik xususiyatlari

Tioktat kislotasi–endogen antioksidant (erkin radikallarni bog‘lab oladi).

Organizmda alfa-ketokislotalarning oksidlanishli dekarboksillanishida hosil bo‘ladi. Mitoxondrial multifermentli komplekslarning koenzimi sifatida pirouzum kislotasi va alfa-ketokislotalarni oksidlanish dekarboksillanish jarayonlarida ishtirok etadi. Qonda glyukozaning konsentrasiyasini pasayishiga va jigarda glikogenni oshishiga, shuningdek insulinga rezistentlikni pasayishiga yordam beradi. Lipid va uglevodlar almashinuvini boshqarilishida ishtirok etadi, xolesterin almashinuviga ta‘sir qiladi, jigar faoliyatini yaxshilaydi, og‘ir metallar tuzlari bilan zaharlanishda va boshqa intoksikasiyalarda dezintoksikasion ta‘sir ko‘rsatadi.

Neyronlarning trofikasini yaxshilaydi. Qandli diabetda tioktat kislotasi glikirlanishning yakuniy mahsulotlarini hosil bo‘lishini kamaytiradi, endonevral qon oqimini yaxshilaydi, glyutationning miqdorini fizioliogik qiymatlar darajasigacha oshiradi, bu natijada diabetik polineyropatiyada periferik nerv tolalarining funksional holatini yaxshilanishiga olib keladi.

 

Farmakokinetikasi

Vena ichiga yuborilganida maksimal konsentrasiyasiga erishish vaqti – 10-11 min., maksimal konsentrasiyasi taxminan 20 mkg/ml ni tashkil qiladi. Jigar orqali «birinchi o‘tish» samarasiga ega.

Metabolitlarini hosil bo‘lishi yon zanjirini oksidlanishi va kon‘yugasiyalanishi natijasida yuz beradi. Umumiy plazma klirensi – 10-15 ml/min. Tioktat kislotasi va uning metabolitlari buyrak orqali (80-90%), katta bo‘lmagan miqdori – o‘zgarmagan holda chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 25 minutni tashkil qiladi.

 

 

Qo‘llanilishi

Diabetik polineyropatiya, alkogolli polineyropatiya.

Qo‘llash usuli va dozalari

Davolashni boshida Tiogamma® infuziya uchun eritma preparati vena ichiga sutkada       600 mg dozada (1 flakon) 2-4 hafta davomida yuboriladi. Preparatli flakon qutidan chiqariladi va darhol berilgan yorug‘likdan himoya qiluvchi g‘ilof bilan yopiladi, chunki tioktat kislotasi yorug‘likka sezgir. Infuziya bevosita flakondan qilinadi. Asta-sekin yuboriladi, taxminan 1,7 ml/min tezlikda, 30 minut davomida yuboriladi.

So‘ngra tioktat kislotasini peroral shaklini (Tiogamma®, qobiq bilan qoplangan tabletkalar) qabul qilishni davom ettirish mumkin.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Noxush nojo‘ya reaksiyalarni paydo bo‘lishini tez-tezligi JSST tasnifiga muvofiq keltirilgan:

Juda tez-tez 10 nafar davolanayotganlardan 1 tadan ko‘proq
Tez-tez 10 nafar davolanayotganlardan 1 tadan kamroq, lekin 100 nafaridan 1 tadan ko‘proq
Tez-tez emas 100 nafar davolanayotganlardan 1 tadan kamroq, lekin 1000 nafaridan 1 tadan ko‘proq
Kam 1000 nafar davolanayotganlardan 1 tadan kamroq, lekin 10000 nafaridan 1 tadan ko‘proq
Juda kam 10000 nafardan 1 tadan kamroq, shu jumladan alohida hollar ham

Qon yaratish tizimi va limfatik tizimi tomonidan:

Juda kam: shilliq qavatlar va teriga nuqtali qon quyilishlar, trombositopeniya, gemorragik toshma (purpura), tromboflebit;

Immun tizimi tomonidan:

Alohida hollarda: tizimli allergik reaksiyalar (hatto anafilaktik shok rivojlanishigacha) bo‘lishi mumkin;

Markaziy nerv tizimi tomonidan:

Juda kam hollarda: ta‘m sezishni o‘zgarishi yoki buzilishi; juda kam: tirishishlar;

Ko‘rish a‘zosi tomonidan:

Juda kam hollarda: diplopiya;

Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan:

Alohida hollarda: allergik reaksiyalar – eshakemi, qichishish, ekzema, toshma.

Boshqa nojo‘ya reaksiyalar:

Alohida hollarda: glyukozani o‘zlashtirilishini yaxshilanishi tufayli, qonda glyukozaning konsentrasiyasi pasayishi mumkin. Bunda gipoglikemiya simptomlari: bosh aylanishi, ko‘p terlash, bosh og‘rig‘i, ko‘rishni buzilishi; alohida hollarda: yuborish joyida allergik reaksiyalar – ta‘sirlanish, giperemiya yoki shish paydo bo‘lishi mumkin;

Juda kam hollarda: preparat tez yuborilgan hollarda bosh miya ichki bosimini oshishi (boshda og‘irlik hissi paydo bo‘ladi), nafasni qiyinlashishi kuzatilishi mumkin. Bu reaksiyalar mustaqil o‘tib ketadi.

Agarda yo‘riqnomada ko‘rsatilgan nojo‘ya samaralar birontasi yomonlashsa, yoki Siz yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan boshqa nojo‘ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Tioktat kislotasi va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

18 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Homiladorlik va emizish davri.

Preparatni qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Tioktat kislotasi bir vaqtda qabul qilinganida sisplatinning samaradorligini pasaytiradi, shuningdek temir, magniy preparatlari kabi metallarni saqlovchi preparatlar bilan reaksiyaga kirishadi. Tioktat kislotasi qandlarning molekulalari bilan, masalan levulyoza (fruktoza) eritmasi bilan reaksiyaga kirishib, qiyin eruvchi molekulalarni hosil qiladi. Glyukokortikoidli vositalarning yallig‘lanishga qarshi ta‘sirini kuchaytiradi.

Tioktat kislotasining infuzion eritmasi dekstroza eritmasi, Ringer eritmasi va disulfidli va SH-guruhlari bilan reaksiyaga kirishuvchi eritmalar bilan nomutanosib.

Tioktat kislotasi insulin yoki peroral gipoglikemik preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida, ularning ta‘siri kuchayishi mumkin.

Agarda Siz boshqa preparatlarni qabul qilayotgan yoki qabul qilmoqchi bo‘lsangiz, Tiogamma® preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Qandli diabeti bo‘lgan pasientlarda, ayniqsa davolashning boshlang‘ich bosqichida, qonda glyukozaning konsentrasiyasini doimiy nazorati zarur. Ayrim hollarda gipoglikemiyani rivojlanishidan saqlanish uchun, insulin yoki peroral gipoglikemik preparatning dozasini pasaytirish kerak. Gipoglikemiya simptomlari (bosh aylanishi, ko‘p terlash, bosh og‘rig‘i, ko‘rishni buzilishi, ko‘ngil aynishi) paydo bo‘lganida davolashni darhol to‘xtatish kerak. Yakka hollarda Tiogamma® qo‘llanganida glikemik nazorat bo‘lmagan va umumiy holati og‘ir bo‘lgan pasientlarda jiddiy anafilaktik reaksiyalar rivojlanishi mumkin. Tiogamma® preparati bilan davolanish vaqtida alkogolni iste‘mol qilish davolovchi samarani pasaytiradi va neyropatiyani rivojlanishi va kuchayishiga yordam beruvchi xavf omili hisoblanadi. Tiogamma® preparatini qabul qilayotgan pasientlar alkogolni iste‘mol qilishdan saqlanishlari kerak.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Avtotransport vositasini boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i.

Tioktat kislotasi 10 g dan 40 g gacha dozalarda alkogol bilan birga qabul qilingan holda, hatto o‘lim bilan yakunlangan intoksikasiya hollari kuzatilgan. Dozani o‘tkir oshirib yuborilishining simptomlari: odatda keyinchalik yoyilgan tirishishlarni rivojlanishi va laktoasidozni rivojlanishi bilan birga kechuvchi psixomotor qo‘zg‘alish yoki ongni buzilishi. Shuningdek gipoglikemiya, shok, rabdomioliz, gemoliz, disseminasiyalangan tomir ichki qon ivishi, suyak ko‘migining depressiyasi va ko‘p a‘zolarda yetishmovchilik hollari ta‘riflangan.

Davolash simptomatik. Spesifik antidoti yo‘q.

Chiqarilish shakli

Infuziya uchun eritma 12 mg/ml.

50 ml dan II tur jigarrang shishadan tayyorlangan, rezina tiqin bilan berkitilgan flakonda. Tiqin alyumin qalpoqcha yordamida mustahkamlanadi, uning yuqori qismida polipropilen taglik bor. 1 flakondan yoki 10 flakondan flakonlarning miqdori bo‘yicha qora rangli polietilendan tayyorlangan yorug‘likdan himoya qiluvchi osma g‘iloflar bilan, karton to‘siqlar va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida joylangan.

 

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, +25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Yaroqlilik muddati

5 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

TIOGAMMA tabletkalari 0,6g N60 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
TIOGAMMA tabletkalari 0,6g N60 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
TIOGAMMA tabletkalari 0,6g N60 dori vositasi Worwag Pharma GmbH & Co. KG, Германия произведено: Artesan Pharma GmbH & Co. KG tomonidan Germaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
TIOGAMMA tabletkalari 0,6g N60 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
TIOGAMMA tabletkalari 0,6g N60 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
INSULIPON tabletkalari 600mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Тиоктовая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Insuphar Laboratories Ilaçlari Limited Şirketi
  • Vakil: Dr.Sertus
Narh: 97 500 so'mdan Batafsil
INSULIPON tabletkalari 300mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Тиоктовая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Insuphar Laboratories Ilacları Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
  • Vakil: Dr.Sertus
INSULIPON inyeksiya uchun eritma 50ml 600mg/50ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Тиоктовая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Insuphar Laboratories Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: Mefar Ilac Sanayii A.S.
  • Vakil: Dr.Sertus
Narh: 55 000 so'mdan Batafsil
TIOGAMMA tabletkalari 0,6g N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Тиоктовая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Worwag Pharma GmbH & Co. KG, Германия произведено: Artesan Pharma GmbH & Co. KG
Narh: 210 000 so'mdan Batafsil
TIOKTASID 600 T inyeksiya uchun eritma 24ml 25mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Тиоктовая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Зигфрид Хамельн ГмбХ/МЕДА Фарма Гмбх и Ко.КГ
TIOKTASID 600 BV tabletkalari 600mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Тиоктовая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: МЕДА Мануфакчуринг ГмбХ
Narh: 683 790 so'mdan Batafsil
TIOKTASID 600 BV tabletkalari 600mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Тиоктовая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: МЕДА Мануфакчуринг ГмбХ/Меда Фарма ГмбХ и Ко.КГ
BERLITION eritma 600mg 25mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Тиоктовая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Зигфрид Хамельн ГмбХ/Берлин-Хеми АГ
OKTOLIPEN kapsulalar 300mg N30
TIOGAMMA infuziya uchun eritma 50ml 12mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Тиоктовая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Солюфарм Фармацойтише Эрцойгниссе ГмбХ
Narh: 493 000 so'mdan Batafsil
TIOGAMMA tabletkalari 600mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Тиоктовая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Драгенофарм Апотекер Пюшль ГмбХ
Narh: 210 000 so'mdan Batafsil
TIOGAMMA infuziya uchun eritma 50ml 12mg/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Тиоктовая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Солюфарм Фармацойтише Эрцойгниссе ГмбХ
Narh: 51 400 so'mdan Batafsil
TIOGAMMA tabletkalari 600mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Тиоктовая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Драгенофарм Апотекер Пюшль ГмбХ
Narh: 358 400 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
TIOGAMMA tabletkalari 0,6g N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Тиоктовая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Worwag Pharma GmbH & Co. KG, Германия произведено: Artesan Pharma GmbH & Co. KG
Narh: 210 000 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
TIOGAMMA infuziya uchun eritma 50ml 12mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Тиоктовая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Солюфарм Фармацойтише Эрцойгниссе ГмбХ
TIOGAMMA infuziya uchun eritma 50ml 12mg/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Тиоктовая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Солюфарм Фармацойтише Эрцойгниссе ГмбХ
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9