×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

TONZILOTREN tabletkalari

Kategoriya:
- Tomoq kasalliklari
Ishlab chiqarilish joyi:
- Germaniya
Faol modda:
атропин серный D5, ацидум силицикум, гепарис сульфурис D3, дииодид ртути, калий бихромный D4
Ishlab chiqaruvchi:
- DHU
ATX kodi:
- R02AX
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

DORITRISIN tabletkalari N10 Медице Арцнаймиттель Пюттер ГмбХ &Ко.КГ Germaniya
69 400 s`om dan
SUPRIMA LOR tabletkalari so vkusom limona N16 Shreya Life Sciences PVT. LTD. Hindiston
16 000 s`om dan
ADJISEPT pastilkalar klassicheskiy N24 Agio Pharmaceutical Limited Hindiston
15 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
TONZILOTREN tabletkalari qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

TONZILOTREN

TONSILOTREN®

 

Preparatning savdo nomi: Tonzilotren

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

1 tabletka (250 mg) quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: Atropinum sulfuricum D5 – 12,5 mg, Hepar sulfuris D3 – 10,0 mg, Kalium bichromicum D4 – 50,0 mg, Mercurius bijodatus D8 – 25,0 mg, Silicea D2 – 5,0 mg;

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, saxaroza, magniy stearati.

Ta‘rifi: oq yoki deyarli oq rangli, har ikki tomonlama yassi faskali, katta bo‘lmagan dog‘lari bo‘lishi mumkin bo‘lgan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: gomeopatik vositalar.

ATX kodi: R02AX

 

Farmakologik xususiyatlari

Gomeopatik davolash uslublari va gomeopatik substansiyalarni qo‘llanilishi ananaviy tibbiyotda o‘rin tutgankasalliklar haqidagi tushunchalardan tubdan farqlanadi. Gomeopatik vositalar organizmning xususiy himoya mexanizmlarini rag‘batlantiradi va shu tarzda organizmni o‘z-o‘zini davolash imkoniyatlarini potensialini) faollashtiradi. Gomeopatik vositaga nisbatan xar bir organizm javobi qat‘iy individualdir. Shu sababli gomeopatik vositasini dozospesifik (dozaga bog‘liq) farmakologik samaralari, farmakodinamik yoki farmakokinetik ma‘lumotlarni aniqlab bo‘lmaydi.

 

Qo‘llanilishi

O‘tkir tonzillit, surunkali va surunkali qaytalanuvchi (resedivlanishuvchi) tonzillit, bodomsimon bezlarni shishib kattalashishi, bodomsimon bezlarni jarrohlikdan keyingi bitib ketishini tezlashtirish uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Dozalash tartibi

Kattalar: o‘tkir xolatlarda, har soatda 1 tabletkadan, ammo kuniga 12 tabletkadan ko‘p emas, simptomlar yengillashgunicha qabul qilinadi. Keyingi davogacha yoki surunkali xolatlarda 1-2 tabletkadan kuniga 3 marta qabul qilinadi.

Pediatrik guruhda

2 yoshdan 6 yoshgacha bolalar: o‘tkir xolatlarda, keyingi davogacha yoki surunkali xolatlarda 1 tabletkadan kuniga 3 marta qabul qilinadi.

6 yoshdan 12 yoshgacha bolalar: o‘tkir xolatlarda har 2 soatda 1 tabletkadan, ammo kuniga 6 tabletkadan ko‘p emas, simptomlar yaxshilangunigacha qabul qilinadi. Keyingi davolashgacha yoki surunkali xolatlarda 1 tabletkadan kuniga 3 marta qabul qilinadi.

12 yoshdan va katta yoshdagi bolalar: o‘tkir xolatlarda, 1 tabletkadan har kuni, ammo kuniga 12 tabletkadan ko‘p emas, simptomlar yengillashgunicha qabul qilinadi. Keyingi davolash uchun yoki surunkali xolatlarda 1-2 tabletkadan kuniga 3 marta qabul qilinadi.

Bodomsimon bez kattalashgan kattalar va bolalar kuniga 3 marta 1 tabletkadan qabul qilishligi lozim. Davolashni 6-8 xafta davomida davom ettirish tavsiya etiladi.

Surunkali va surunkali qaytalanish xolatlarida yiliga bir necha davolash sikllari xar bir xolat bir yilda 6-8 xafta davomiyligi bilan qabul qilish kerak.

Qo‘llash usuli

Tabletkalarni ovqatdan 30 minut oldin yoki 30 minutdan keyin, og‘izda sekin so‘rib qabul qilish lozim.

Kichik bolalarni davolashda tabletkalarni oz miqdordagi suvda eritish tavsiya qilinadi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Juda kam xollarda (<1/10,000) yoki noma‘lum (mavjud bo‘lgan ma‘lumotlarga asosan tez-tezligini baxolab bo‘lmaydi):

Yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, masalan, terida toshmalar kuzatilishi mumkin. Bunday xollarda preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.

So‘lak ko‘p xosil bo‘lishida preparatni dozasini kamaytirish yoki qabul qilishni bekor qilish kerak.

Izoh: gomeopatik dori vositalari qo‘llanganda vaqtinchalik birlamchi yomonlashishi mumkin. Bunday hollarda preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokor bilan maslaxatlashish kerak.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatni  xrom, simob yoki  yoki boshqa ingredientlariga, shuningdek 2 yoshdan kichik bolalarga yuqori sezuvchanligi ma‘lum bo‘lganda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri noma‘lum.

Gomeopatik preparatlar bilan davolash boshqa dori vositalarni qo‘llashni istisno qilmaydi.

Har qanday boshqa dori vositalarini bir vaqtda qo‘llash zarurati xollarida shifokor bilan maslaxatlashish kerak.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat laktoza va saxaroza saqlaydi. Kam uchraydigan nasliy galaktozani o‘zlashtiraolmaslik shakllari, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukozo-galaktozali malabsorbsiyasi sindromi bo‘lgan pasientlarga preparatni qo‘llash mumkin emas. Preparat saxaroza saqlashi tufayli uni fruktozani o‘zlashtiraolmaslik yoki saxaroza-izomaltoza yetishmovchiligi kabi kam nasliy kasalliklari bo‘lgan pasientlarga qo‘llash mumkin emas.

Quyidagi holatlarda o‘zingizning davolovchi shifokoringiz bilan maslaxatlashish lozim:

– Agar o‘tkir xolat simptomlari yaxshilanmasa yoki 2 kun davolash davomida yomonlashsa,

– Agar qo‘shimcha shikoyatlar masalan 39°S dan yuqori tana harorati paydo bo‘lsa.

Qalqonsimon bez funksiyasini buzilishlari (gipertireoz) bo‘lgan bemorlarni davolash uchun Tonzilotrenni faqat oldindan shifokor maslaxatidan keyin qabul qilish kerak.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi

Barcha dori preparatlari kabi, homiladorlik yoki emizish davrida preparatni faqat shifokor maslaxatidan keyin qabul qilish kerak.

Avtotransportni va boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligi qobiliyatiga ta‘siri.

Ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Kuzatilmagan.

Chiqarilish shakli

250 mg li 20 tabletka blisterda; 3 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

Saqlash sharoiti

Original o‘ramda 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

5 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Ирина 20.03.2023
excellent
Fikringiz:
Очень люблю Тонзилотрен, принимаю как только горло першить начинает.
Рита 22.01.2023
excellent
Fikringiz:
У меня хронический тонзиллит, горло очень часто болит, тонзилотрен назначил врач, рассасывала курсами несколько раз по инструкции, горло перестало так часто восполяться, никаких гнойных пробок больше нет, сейчас принимаю в режиме профилактики.
 
Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

TONZILOTREN tabletkalari dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
TONZILOTREN tabletkalari dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
TONZILOTREN tabletkalari dori vositasi DHU tomonidan Germaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
TONZILOTREN tabletkalari dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
TONZILOTREN tabletkalari dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9