Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.
Yaroqlilik muddati (oy) | 2 года |
Har bir flakonga yorliq yopishtirilgan.
Har bir shisha flakon, tibbiyotda qo'llanilishiga doir davlat va rus tillarida yo'riqnomasi bilan birga, karton qutiga solingan.
Dori preparatlari o'rami bilan birga karton qutida qadoqlashga ruxsat beriladi.
Tasdiqlangan tibbiyotda qo'llanilishiga doir davlat va rus tillarida yo'riqnomani karton qutiga yozishga ruxsat beriladi.
Flakonni qutisiz karton korobkaga joylash mumkin.
Tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomani shisha flakonlar soniga qarab joylashtiriladi.
faol modda: 0,5 g yoki 1,0 g tsefepim gidroxloridi (tsefepimga qayta hisoblanganda)
yordamchi modda: arginin.
Tsefepim uchun MBK/MiK nisbati (minimal bakteritsID kontsentratsiya / minimal ingibitsiya qilish kontsentratsiya) barcha sezgir grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarning 80% dan ko'prog'i uchun 2 dan kam.
Tsefepim quyidagi mikroorganizmlarga qarshi faoldir:
Grammusbat aerob mikroorganizmlar
Staphylococcus aureus (jumladan, beta-laktamaza ishlab chiqaradigan shtammlar); Staphylococcus epidermidis (jumladan, beta-laktamaza ishlab chiqaradigan shtammlar); stafilokokklarning boshqa shtammlari jumladan S. hominis, S. saprophyticus; Streptococcus pyogenes (A guruhi streptokokklar); Streptococcus agalactiae (V guruhi streptokokklar); Streptococcus pneumoniae (jumladan, penisillinga o'rtacha darajada chidamlilikka ega shtammlar - MIk 0,1 Dan 1 mkg/ml gacha); ayrim beta-gemolitik streptokokklar (C, G, F guruhlari), S. bovis (D guruhi), Viridans guruhi streptokokklari.
Enterokokklarning ko'pchilik shtammlari, masalan: Enterococcus faecalis, va, metisillinga chidamli stafilokokklar ko'pchilik Tsefalosporin antibiotiklarga, jumladan tsefepimga chidamlidir.
Grammanfiy aerob mikroorganizmlar
Pseudomonas spp., jumladan P. aeruginosa, P. putida, P. stutzeri; Escherichia coli; Klebsiella spp., jumladan pneumoniae, K. oxytoca, K. ozoanae; Enterobacter spp., jumladan cloacae, E. aerogenes, E. agglomerans, E. sakazakii; Proteus spp., jumladan mirabilis, P. vulgaris; Acinetobacter calcoaceticus (subsp. anitratus, lwoffi); Aeromonas hydrophila; Capnocytophaga spp.; Citrobacter spp., jumladan diversus, C. freundii; Campylobacter jejuni; Gardnerella vaginalis; Haemophilus ducreyi; Haemophilus influenzae (jumladan, beta-laktamaza ishlab chiqaradigan shtammlar); Haemophilus parainfluenzae; Hafnia alvei; Legionella spp.; Morganella morganii; Moraxella catarrhalis (Branhamella catarrhalis )(jumladan, beta-laktamaza ishlab chiqaradigan shtammlar); Neisseria gonorrhoeae (jumladan, beta-laktamaza ishlab chiqaradigan shtammlar); Neisseria meningitidis; Providencia spp. (jumladan rettgeri, P. stuartii); Salmonella spp.; Serratia (jumladan, S. marcescens, S. liquefaciens); Shigella sp.; Yersinia enterocolitica.
Tsefepim Xanthmonas maltophilia (Pseudomonas maltophilia) ning ayrim shtammlariga nisbatan ta'sirga ega emas.
Anaerob mikroorganizmlar
Bacteroides spp., jumladan B. melaninogenicus va og'iz bo'shlig'ining Bacteroides sinfigamansub boshqa mikroorganizmlari; Clostridium perfringens; Fusobacterium spp.; Mobiluncus spp.; Peptostreptococcus spp.; Veillonella spp.
Enterococcus spp., Listeria spp., Legionella spp., shuningdek ayrim anaerob bakteriyalar (Bacteroides fragilis, Clostridium difficile) ga qarshi ta'sirga ega emas. Tsefepim har xil plazmid va xromosomal β-laktamazalarga qarshi yuqori barqarorlik bilan ajralib turadi.
Eritmaning rn qiymatini 4,0 – 6,0 oralig'ida ushlab turish uchun arginin qo'shiladi.
Tsefepim metabolizmga uchrab N-metilpirrolidinga, keyinchalik bu modda tezda tegishli N-oksidga aylanadi. Tsefepimning tanadan yarim chiqarilish davri o'rtacha 2 soatni tashkil qiladi. Yuborilgan pReparat dozasining taxminan 80-85% siydik bilan o'zgarmagan holda chiqariladi, qolganlari metabolitlar ko'rinishida ajraladi (taxminan 6,8% N-metilpirrolidin oksidi, taxminan 1% N-metilpirrolidin va 2,5% tsefepim epimeri). Tsefepim asosan glomerulyar filьtratsiya yordamida organizmdan uzoqlashtiriladi. Tsefepimning umumiy klirensi taxminan 120 ml/min, o'rtacha buyrak klirensi esa 110 ml/min oralig'ida.
65 yoshdan oshgan bemorlarda yosh bemorlarga nisbatan egri osti maydoni (AUC) farmakokinetik egri chizig'ining ko'payishi va buyrak klirensining pasayishi kuzatiladi. Shuning uchun, buyrak funktsiyasi buzilgan taqdirda, keksa bemorlarda dozani to'g'irlash talab qilishi mumkin.
Kreatinin klirensi 30 ml/min dan kam bo'lgan buyrak etishmovchiligi bo'lgan bemorlarda tanadan yarim chiqarilish davri uzayadi. Dializ seanslarini talab qiladigan darajada og'ir buyrak etishmovchiligida (kreatinin klirensi 15 ml/min dan kam), yarim chiqarilish davri o'rtacha gemodializ bilan birga 13 soatni va peritoneal DiaLiz bilan birga 19 soatni tashkil qiladi. Buyraklar funktsiyasi buzilgan bemorlarda dozani tuzatish kiritish talab qilinadi.
Jigar funktsiyasi buzilgan yoki mukovissidozli bemorlarda tsefepimning farmakokinetikasi o'zgarmaydi. Ushbu bemorlar uchun dozani o'zgartirish talab qilinmaydi.
- ko'ngil aynishi, qusish, kolit, shu jumladan psevdomembranozli kolit, diareya
- qichima, eshakem, teri toshmasi (ko'pincha bolalarda)
- tana haroratining oshishi
- bosh og'rig'i
- vaginit, eritema, genital qichishish
- jigar transaminazalari, ishqoriy fosfataza, umumiy bilirubin darajasining oshishi
Tez-tez emas
- qorin og'rig'i, qabziyat, ta'm sezishning o'zgarishi
- nafas qisishi, yo'tal, tomoq og'rig'i
- vazodilatatsiya, yurak o'ynashi, ko'krakda og'riqlar
- bosh aylanishi
- paresteziya
- orofaringeal kandidoz
- giperkalTSIemiya
- protrombin vaqtining yoki qisman tromboplastin vaqtining ko'payishi, gemolizsiz KuMBS testining ijobiy natijasi
- anemiya, eozinofiliya, vaqtinchalik trombotsitopeniya, leykopeniya, neytropeniya
- qonda mochevina azotining va / yoki kreatininning vaqtincha ko'payishi
Kamdan kam
- superinfektsiya rivojlanishi
- ko'p shaklli ekssudativ eritema (Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (LayELL sindromi)
- anafilaktik shokni o'z ichiga olgan anafilaktik reaktsiyalar
- gemolitik anemiya, Pantsitopeniya, qon ketishlar
Yuzaga kelishi mumkin
- in'ektsiya joyida yallig'lanish va og'riq (mushak ichiga yuborilganda), flebit (vena ichiga yuborilganda)
- terlash, asteniya
- orqa sohasida og'riqlar
- periferik shishlar
Juda kamdan kam
- xolestatik sariqlik, gepatit
- buyrak etishmovchiligi bo'lgan bemorlarda entsefalopatiya, buyrak etishmovchiligining kuchayishi va mioklonus (faqat preparatning dozasi tuzatish kiritilmagan bemorlarda)
- tirishishlar
- siydik ajratish yo'li infektsiyalari (shu jumladan, asoratlanmagan, asoratli, pielonefrit)
- teri va yumshoq to'qimalarning infektsiyalari
- qorin bo'shlig'i infektsiyalari, shu jumladan peritonit va o't yo'llari infektsiyalari
- ginekologik infektsiyalar
- septitsemiya
- febril neytropeniya
- 13 yoshdan oshgan bolalarda bakterial meningit
- qorin bo'shlig'i jarrohligi (oldini olish mumkin infektsiyalar) da qo'llaniladi.
- lidokainga yuqori sezuvchanlik (mushak ichiga yuborish uchun erituvchi sifatida ishlatilganda)
- surunkali buyrak etishmovchiligi
- oshqozon-ichak trakti kasalliklari, shu jumladan anamnezda (yarali kolit, regional yoki antibiotik bilan bog'liq kolit)
- 13 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas.
Metronidazol eritmasi bilan mos kelmaydi (jarrohlik operasiyalari paytida infektsiyaning oldini olish uchun metronidazol eritmasidan oldin infuzion tizimni Tsef IV - SANTO eritmasidan tozalab yuvib tashlash kerak).
Maxsus ko'rsatmalar
Tsef IV - SANTO preparatini qo'llashdan oldin, bemorda anamnezda tsefepim, boshqa tsefalosporinlar, penisillinlar va boshqa beta-laktam antibiotiklariga yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari bo'lganligini aniqlash kerak.
Anamnezda dori-darmonlarga allergik reaktsiyalar bo'lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Agar terapiya paytida allergik reaktsiyalar yuzaga kelsa, preparatni bekor qilish kerak. Jiddiy yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari adrenalin (epinefrin) va boshqa quvvatlovchi davolash usullarini qo'llashni talab qilishi mumkin.
Aralash aerob/anaerob mikroflorasi tufayli infektsiya yuqtirish xavfi yuqori bo'lgan bemorlarga Tsef IV - SANTO ni buyurishda (shu jumladan, patogenlardan biri Bacteroides fragilis bo'lgan hollarda), qo'zg'atuvchining identifikasiyasidan oldin Tsef IV - SANTO bilan bir vaqtning o'zida patogen anaeroblarga qarshi faollikka ega bo'lgan preparatni buyurish tavsiya etiladi.
Davolash paytida diareya paydo bo'lganda, psevdomembranozli kolit rivojlanish ehtimollarini ko'rib chiqish kerak. Preparatni qabul qilishni to'xtatgandan so'ng kolitning engil shakllari o'z-o'zidan o'tib ketishi mumkin; o'rtacha va og'ir holatlar maxsus davolanishni talab qilishi mumkin. Agar psevdomembranozli kolit uzoq davom etadigan diareya bilan yuzaga kelsa, preparatni yuborishni to'xtatish va vankomisin (og'iz orqali) yoki metronidazol buyurish kerak.
Tsef IV - SANTO dan foydalanganda superinfektsiya rivojlanishi mumkin, bu preparatni bekor qilishni va tegishli davolashni tayinlashni talab qiladi.
Tsef IV - SANTO aminoglikozidlar va xalqa diuretiklari bilan birgalikda juda ehtiyotkorlik bilan qo'llash zarur.
Uzoq muddatli davolanishda periferik qon tarkibi, buyrak va jigar funktsional holatining laboratoriya ko'rsatkichlarini kuzatib borish kerak. Aralash aeRob va anaeRob infektsiyalarda patogenni aniqlashdan oldin uni aeroblarga qarshi faol dorilar bilan bir vaqtning o'zida qo'llash maqsadga muvofiqdir.
Infektsiya o'chog'idan uzoqlashtirilgan bemorlarda meningeal disseminasiya aniqlanganda, meningitdan shubha qilingan yoki meningit tashhisi qo'yilganda Tsef IV-SANTO o'rniga muqobil antibiotik buyurish kerak.
Musbat Kumbs testi, siydikdagi glyukoza uchun testda soxta ijobiy natija aniqlanishi mumkin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Buyrak funktsiyasi normal xolatda bo'lgan kattalar va vazni 40 kg dan oshgan 13 yoshdan katta bolalar uchun preparat kuyidagicha buyuriladi:
Kasallikning og'irlik darajasi |
Bir marotabalik doza |
In'ektsiya oralig'i |
Engil va o'rtacha darajadagi siydik chiqarish yo'li infektsiyalari |
0,5 - 1 g m/i yoki v/i |
Har 12 soatda |
Quyi nafas yo'llari, teri, yumshoq to'qimalar, qorin bo'shlig'i infektsiyalari, engil va o'rtacha og'irlikdagi ginekologik infektsiyalar |
1 g m/i yoki v/i |
Har 12 soatda |
Febril neytropeniya |
2 g m/i yoki v/i |
Har 8 soatda |
13 yoshdan oshgan bolalarda bakterial meningit |
1 g - 2 g m/i yoki v/i |
Har 8 soatda |
Septisemiya |
2 g m/i yoki v/i |
Har 12 soatda |
Og'ir infektsiyalar |
2 g v/i |
Har 12 soatda |
Hayot uchun xavfli infektsiyalar |
2 g v/i |
Har 8 soatda |
Davolash kursi 7-10 kunni tashkil qiladi, og'ir yuqumli kasalliklarda uzoqroq terapiya talab qilinishi mumkin.
Jarrohlik operatsiyalari vaqtida mumkin bo'lgan infektsiyalarning oldini olish uchun
Jarrohlik operasiyasi boshlanishidan 60 minut oldin tomir ichiga 2 g preparat 30 minut davomida yuboriladi. Infuziya oxirida tomir ichiga qo'shimcha ravishda 500 mg metronidazol yuboriladi. Metronidazol eritmasi Tsef IV - SANTO bilan birgalikda yuborilmasligi kerak. Metronidazolni yuborishdan oldin infuzion tizimni yuvib tashlash kerak (qarang. Vena ichiga yuborish). Tsef IV - SANTO ning birinchi dozasidan 12 soat o'tgach, uzoq (12 soatdan ortiq) jarrohlik operasiyalari davomida preparatning teng dozasini qayta qabul qilish tavsiya etiladi, so'ngra metronidazol yuboriladi.
Surunkali buyrak etishmovchiligida
Buyrak funktsiyasi buzilgan bemorlarda (kreatinin klirensi <60 ml/min), preparatning dozasi infektsiyaning og'irligiga va kreatinin klirensiga (Kk) qarab to'g'rilanishi kerak:
60 ml / min dan ortiq - har 12 soatda 0,5-1-2 g yoki har 8 soatda 2 g,
Kk 30-60 ml / min bilan - har 24 soatda 0,5-1-2 g yoki har 12 soatda 2 g, Kk bilan 11-29 ml/min bo'lganda - har 24 soatda 0,5-1-2 g,
11 ml / min dan kam - har 24 soatda 0,25-0,5-1 g;
doimiy ambulator peritoneal DiaLiz - har 48 soatda 0,5-1-2 g.
gemodializning 1-kunidagi bemorlarga 1 g, so'ngra barcha infektsiyalar uchun har 24 soatda 0,5 g va febril neytropeniyani davolash uchun har 24 soatda 1 g yuboriladi. Gemodializ kuni preparat gemodializ seansi tugaganidan keyin qo'llaniladi; har kuni bir vaqtda Tsef IV - SANTO yuborish maqsadga muvofiqdir.
Uzluksiz ambulator peritoneal DiaLizda Tsef IV - SANTO infektsiya og'irligiga qarab tavsiya etilgan dozalarda (0,5 g, 1 g, 2 g) 48 soatlik oraliqlar bilan qo'llanilishi mumkin.
Eritmani tayyorlash va qo'llash qoidalari
Vena ichiga yuboriladigan eritma tayyorlash uchun flakonda in'ektsiya uchun kukun 5 ml yoki 10 ml steril in'ektsion suvda, 5% glyukoza eritmasida yoki 0,9% natriy xlorid eritmasida eritiladi. Vena ichiga yuboriladigan preparat 3-5 minut ichida oqizib yuboriladi, tomir ichiga kamida 30 minut davomida tomizib yuboriladi.
Mushak ichiga yuboriladigan eritma tayyorlash uchun flakondagi kukun 0,5% yoki 1% li lidokain gidroxlorid eritmasida, in'ektsion steril suvda, jadvalda ko'rsatilganidek eritiladi.
In'ektsiya uchun kukun |
Erituvchi miqdori (ml) |
Hosil bo'ladigan eritma miqdori (ml) |
Tsef IV - SANTO kontsentrasiyasi (mg/ml) |
M/i yuborish: 0,5 g/flakon |
1,3 |
1,8 |
280 |
M/i yuborish: 1 g/flakon |
2,4 |
3,6 |
280 |
Lidokain saqlovchi eritma tomir ichiga yuborilmasligi kerak!
Davolash: gemodializ va simptomatik terapiya2 года
Tsefepim ona suti tarkibiga juda past kontsentrasiyalarda o'tadi. Preparatni qo'llaganda emizishni to'xtatish kerak.