×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

SIKLOFERON 0,15 tabletkalari N20

Kategoriya:
- Immunomodulyatorlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Faol modda:
Меглюмина акридонацетат
Qadoqda soni:
- 20
Ishlab chiqaruvchi:
- ПОЛИСАН НТФФ, ООО
ATX kodi:
- L03AX Другие иммуностимуляторы
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

TONZILGON N draje N50 Bionorica SE Germaniya
68 000 s`om dan
IMMUNOMAKS liofilizat 200ed N3 Авексима,ОАО Россия, произведено Иммафарма,ООО Rossiya
484 400 s`om dan
PROGRAF kapsulalar 1mg N50 Astellas Pharma Europe B.V., Нидерланды произведено: Astellas Ireland Co. Ltd Irlandiya
255 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
SIKLOFERON 0,15 tabletkalari N20 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

SIKLOFERON®

CYCLOFERON®

Preparatning savdo nomi: Sikloferon®

Dori shakli: ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: meglyumin akridonasetati akridonsirka kislotasiga hisoblaganda – 150 mg;

Yordamchi moddalar: povidon – 7,93 mg, kalsiy stearati – 3,07 mg, gipromelloza – 2,73 mg, polisorbat 80 – 0,27 mg, metakril kislotasi va etilakrilatning sopolimeri – 23,21 mg, propilenglikol – 1,79 mg.

Ta‘rifi: ikki tomoni qavariq, sariq rangli, ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: immunrag‘batlantiruvchi vosita.

ATX kodi: L03AX

 

Farmakologik xususiyatlari

Sikloferon interferonning quyimolekulyar induktoridir, bu uning biologik keng faollik doirasini (viruslarga qarshi, immunomodullovchi, yallig‘lanishga qarshi va boshqalarni) belgilaydi.

Sikloferon gripp, gerpes viruslari va o‘tkir respirator kasalliklarning boshqa qo‘zg‘atuvchilariga nisbatan samaralidir. Infeksion jarayonning ilk muddatlarida (1-5-chi sutkalarida) viruslarning reproduksiyasini susaytirib, virus avlodlarining infeksionligini pasaytirib, nuqsonli virus zarrachalarini hosil bo‘lishiga olib kelib, bevosita viruslarga qarshi ta‘sirga ega. Virus va bakterial infeksiyalarga nisbatan organizmning nospesifik rezistentligini oshiradi.

Farmakokinetikasi

Sutkalik doza qabul qilinganida qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasiga 2-3 soatdan keyin erishiladi, 8 soatda konsentrasiyasi asta-sekin kamayadi, 24 soatdan keyin esa Sikloferon juda oz miqdorda aniqlanadi. Preparatning yarim chiqarilish davri 4-5 soatni tashkil qiladi, shuning uchun uni tavsiya qilingan dozalarda ishlatish, organizmda uning kumulyasiyasi uchun sharoit yaratmaydi.

Qo‘llanilishi

Kattalarda quyidagilarni majmuaviy davolashda:

  • gripp va o‘tkir respirator kasalliklarni;
  • gerpetik infeksiyalarni.

Bolalarda 4 yoshdan boshlab quyidagilarni majmuaviy davolashda:

  • gripp va o‘tkir respirator kasalliklarni;
  • gerpetik infeksiyalarni.

Bolalarda 4 yoshdan boshlab, gripp va o‘tkir respirator kasalliklarni oldini olish uchun  qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga sutkada bir marta ovqatdan 30 minut oldin, chaynamasdan, ½ stakan suv bilan, yoshi jihatidan quyidagi dozalarda qabul qilinadi:

4-6 yoshdagi bolalarga: 150 mg (bir tabletka) dan bir marta;

7-11 yoshdagi bolalarga: 300-450 mg (2-3 tabletka) dan bir marta,

kattalar va12 yoshdan oshgan bolalarga: 450-600 mg (3-4 tabletka) bir marta.

Takroriy kursni birinchi kurs tamom bo‘lganidan keyin 2-3 hafta o‘tganidan so‘ng o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.

Kattalarda:

  1. Gripp va o‘tkir respirator kasalliklarni davolashda preparat 1, 2, 4, 6, 8-chi sutkalarda qabul qilinadi (davolash kursi – 20 tabletka). Davolashni kasallikning birinchi simptomlarida boshlash kerak. Grippni og‘ir kechishida birinchi kuni olti tabletka qabul qilinadi. Zarurat bo‘lganida qo‘shimcha simptomatik davolash o‘tkaziladi (haroratni tushiruvchi, og‘riqni qoldiruvchi, balg‘am ko‘chiruvchi vositalar buyuriladi).
  2. Gerpetik infeksiyada preparat 1, 2, 4, 6, 8, 11, 14, 17, 20 va 23-chi sutkalarda qabul qilinadi (davolash kursi – 40 tabletka). Davolash kasallikning birinchi simptomlari paydo bo‘lganida juda samaralidir.

Bolalarda 4 yoshdan boshlab:

  1. Gripp va o‘tkir respirator kasalliklarda preparat yoshga bog‘liq dozalarda 1, 2, 4, 6, 8, 11, 14, 17, 20, 23-chi sutkalarda buyuriladi. Davolash kursi holatning og‘irlik darajasi va klinik simptomlarining yaqqolligiga qarab, 5 dan to 15 qabul qilishgacha bo‘lishi mumkin.
  2. Gerpetik infeksiyada preparat 1, 2, 4, 6, 8, 11, 14-chi sutkalarda qabul qilinadi. Davolash kursi holatning og‘irligi va klinik belgilarining yaqqolligiga qarab o‘zgarishi mumkin.
  3. Gripp va o‘tkir respirator kasalliklarni shoshilinch nospesifik profilaktikasi uchun (gripp yoki boshqa etiologiyali O‘RK bilan xastalangan bemor bilan bevosita kontaktda, gripp epidemiyasi davrida): 1, 2, 4, 6, 8-chi sutkalarda buyuriladi. So‘ngra 72 soat (uch sutka) tanaffus qilinadi va kursni 11, 14, 17, 20, 23-chi sutkalarda davom ettiriladi. Umumiy kurs 5 dan 10 martagacha qabulni tashkil qiladi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Homiladorlik, emizish davri, 4 yoshgacha bo‘lgan bolalar (yutish faoliyati yetarlicha shakllanmaganligi tufayli), preparatning komponentlarini yaxshi o‘zlashtirolmaslik, dekompensasiyalangan jigar sirrozi.

Ehtiyotkorlik bilan

Ovqat hazm qilish a‘zolarining zo‘rayish bosqichidagi kasalliklarida (me‘da va/yoki o‘n ikki barmoq ichakning eroziyalari, yaralari, gastritlar va duodenitlar) va anamnezda allergik reaksiyalarda preparatni qabul qilishdan oldin o‘zingizning davolovchi shifokoringiz bilan albatta maslahatlashing.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Sikloferon ko‘rsatilgan kasalliklarni davolashda qo‘llanadigan barcha dori vositalari (interferonlar, ximioterapevtik dori vositalari va boshqalar) bilan mutanosibdir.

Interferonlar va nukleozidlarning analoglarining ta‘sirini kuchaytiradi. Kimyoterapiya, interferonoterapiyaning nojo‘ya samaralarini kamaytiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Sikloferon transport vositalarini boshqarish qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Qalqonsimon bezining kasalliklarida shifokor-endokrinologning maslahati kerak.

Agar preparatning navbatdagi dozasini qabul qilish o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa, unda birinchi imkoniyat tug‘ilgandayoq vaqt intervalini hisobga olmay va dozani ikki barobar oshirmasdan, davolash kursini boshlangan sxema bo‘yicha davom ettirish kerak.

Davolash samarasi bo‘lmagan hollarda shifokorga murojaat qilish lozim.

Homiladorlikda va emizish davrida qo‘llanilishi. Preparatni homiladorlikda va emizish davrida qo‘llash mumkin emas.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatning dozasini oshirib yuborilishi to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.

Chiqarilish shakli

Ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 150 mg dan. 10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda. 1, 2 yoki 5 kontur uyali o‘ramdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

SIKLOFERON 0,15 tabletkalari N20 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
SIKLOFERON 0,15 tabletkalari N20 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
SIKLOFERON 0,15 tabletkalari N20 dori vositasi ПОЛИСАН НТФФ, ООО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
SIKLOFERON 0,15 tabletkalari N20 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
SIKLOFERON 0,15 tabletkalari N20 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
BATFERON inyeksiya uchun eritma 2ml 12,5% N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Faol modda: Меглюмина акридонацетат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Юнимед Груп Корп; произведено Биополюс,ООО
STIMULOFERON eritma 2ml 125mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Faol modda: Меглюмина акридонацетат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Биофарм,АО
SIKLOFERON inyeksiya uchun eritma 2ml 125mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Меглюмина акридонацетат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ПОЛИСАН НТФФ, ООО
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
SIKLOFERON tabletkalari 150mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Меглюмина акридонацетат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ПОЛИСАН НТФФ, ООО
Narh: 47 000 so'mdan Batafsil
SIKLOFERON tabletkalari 150mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Меглюмина акридонацетат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ПОЛИСАН НТФФ, ООО
Narh: 160 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
SIKLOFERON inyeksiya uchun eritma 2ml 125mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Меглюмина акридонацетат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ПОЛИСАН НТФФ, ООО
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
SIKLOFERON tabletkalari 150mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Меглюмина акридонацетат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ПОЛИСАН НТФФ, ООО
Narh: 47 000 so'mdan Batafsil
SIKLOFERON tabletkalari 150mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Меглюмина акридонацетат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ПОЛИСАН НТФФ, ООО
Narh: 160 000 so'mdan Batafsil
Narh: 229 000 so'mdan Batafsil
REAMBERIN eritma 400ml 1,5% N1
Narh: 47 500 so'mdan Batafsil
REAMBERIN eritma 200ml 1,5% N1
Narh: 32 704 so'mdan Batafsil
REMAKSOL eritma 400ml N1
Narh: 69 000 so'mdan Batafsil
Narh: 163 800 so'mdan Batafsil
REAMBERIN eritma 250ml 1,5% N5
REAMBERIN eritma 500ml 1,5% N5
REAMBERIN eritma 250ml 1,5% N32
REAMBERIN eritma 500ml 1,5% N20
Другие формы препарата
SIKLOFERON liniment 5ml 5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Меглюмина акридонацетат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармпроект, АО/ ПОЛИСАН НТФФ,ООО
SIKLOFERON inyeksiya uchun eritma 2ml 125mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Меглюмина акридонацетат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ПОЛИСАН НТФФ, ООО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9