Portalimizni rivojlantirish maqsadida biz cookiesdan foydalanamiz. Saytdan foydalanishni davom etishingiz, ulardan foydalanishimizga rozilligingizni anglatadi. Batafsil
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Unicenta tufayli gumoral immunitetni rag'batlantirish qobiliyatiga immunomodulyatsiyalovchi hususiyatlariga ega va fagotsitlar va tabiiy killer xujayralarining funktsional faoliyatini oshiradi. Qamrab olgan qo'zg'atuvchining bartaraf qilish qobiliyatini namoyon qilib periferik qon leykotsitlar, bakteritsid faolligini oshiradi. Preparat tarkibidagi sitokinler metabolik va teri xujayralarni nazorat faoliyatini faollashtiradi. Gidrolizatda biologik saqlovchi biologik faol moddalar gepatatsitlar regeneratsiyasini (proliferatsiyasini) rag'batlantiradi, dezintaksikatsion xususiyatlarini ko'rsatadi,jigar xujayralarida lipid va xolesterinlarni yig'ilishini kamaytiradi, nafas to'qimalari faolligini oshiradi, jigarda modda almashinuvini faollashtiradi,jigarda biriktiruvsi to'qima rivojlanish jadalligini pasaytiradi.uchun suv.
Farmakokinetik usullarni qo'llagan xolda, Unicenta preparatining farmakokinetik parametrlarini o'rganish mumkin emas, chunki u odatda organizmdagi mavjud fiziologik tarkibiy qismlardan iborat.
Nojo'ya ta'sirlari bemorlarning 3,7% da kuzatiladi.
Klinik kurs jixatdan sezilarli noxush reaktsiyalar: allergik reaktsiyalar bo'lishi mumkin, shu jumladan anafilaktik shok.
Boshqa kurs salbiy xollar: in'ektsiya joyida og'riqlar (2,56%), allergik reaktsiyalar, shu jumladan (qizarish, qichishish) (0,37%) in'ektsiya joyida jimillash (0,37%); ginekomastiya (0,37%) – preparatni qo'llash bilan sabab-natija bog'liqlik aniqlanmagan.
Mavjud ma'lumotlarga asosan keksa yosh Unicenta buyurilishi uchun qo'llab bo'lmaydigan xolat xisoblanmaydi. Ammo keksa odamlarda fiziologik funktsiyalar yomonlashib borishi sababli, preparatni sinchkov nazorat ostida qo'llash kerak.
Pediatriyada qo'llanilishi
Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda (shu jumladan chala tug'ilgan chaqaloqlarda) va kichik bolalarda Unicentani qo'llash xavfsizligi bo'yicha tadqiqotlar o'tkazilmagan. Bolalarda foydalanish tavsiya etilmaydi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida foydalanish
Homiladorlik davrida va emizishda preparatni qo'llash mumkin emas.
Keksalarda qo'llanilishi
Keksa bemorlarda ehtiyetkorlik bilan qo'llanilishi lozim.
Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri o'rganilmagan.
- preparatga yuqori sezuvchanlik;
- bola yoshidagilarga;
- homiladorlik;
- laktatsiya davrida qo'llash mumkin emas.
Keksalarda dori preparatlariga polivalent allergiyasi bo'lgan patsiyentlarda extiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Farmatsevtik o'zaro ta'siri
Unicenta eritmasini quchli asos (pH 8,5 dan yuqori) hisoblanuvchi boshqa dori vositalar bilan aralashtirishda preparatning faolligi kamayadi.
Bugungi kungacha, klinik jixatdan axamiyatga ega bo'lgan boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri aniqlanmagan.
Surunkali qaytalanuvchi gerpes va atopik dermatitda preparat vena ichiga yuboriladi: preparatning 10 ml (560 mg yo'ldosh gidrolizati) (5 ampula) 250-500 ml 5% dekstroza yoki fiziologik eritma va tirsak venasi orqali 1,5-2 soat davomida yuboriladi xaftasiga 3 marta 2 kunlik interval bilan amalga oshiriladi. Davolash kursi 10 ta in'ektsiyalar.
Surunkali jigar kasalliklarida – steatogepatit (alkogolli, metabolik va aralash etiologiyali), preparat mushak ichiga 2 ml/kun (112 mg yo'ldosh gidrolizati) dozasida yuboriladi. Kasallikning og'irligiga qarab, in'ektsiyalarning tez-tezligi kuniga 2-3 marta (6 ml gacha) ko'paytirilishi mumkin. Vena ichiga tomchilab yuborish 250-500 ml 5% dekstroza eritmasi yoki fiziologik eritmasi bilan 10 ml (560 mg yo'ldosh gidrolizati) preparat (5 ampula) 1,5-2 soat davomida tirsak venasi orqali tomchilab yuboriladi. Davolash kursi 2-3 xafta.