Serabin S ko'rsatmalar
- surunkali tserebrovaskulyar patologiya;
- bosh miyaning travmatik shikastlanishlari;
- bolalarda aqliy rivojlanishni kechikishi;
- bolalardagi diqqat tanqisligi bilan bog'liq bo'lgan buzilishlar;
- turli genezli dementsiya sindromlari;
- Alsgeymer kasalligi;
- antidepressantlarga rezistent bo'lgan endogen depressiyada qo'llaniladi.
- preparatning komponentlaridan biriga o'ta yuqori sezuvchanlik;
- tutqanoq;
- tutqanoq holatlari va katta tirishish xurujlarida (Tserabin-Ts xurujlar sonini oshirishi mumkin);
- buyrak funktsiyasini og'ir buzilishlarida;
- allergik diatezda;
- qon ivishining og'ir buzilishlari bo'lgan yoki oral antikoagulyantlarni (fenprokumon va varfarin) qabul qilayotgan pasientlarga mushak ichiga yuborilganda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Ehtiyotkorlik choralari
- Tserabin-Ts ni rn ni (rn 5,0-8,0) o'zgartiradigan preparatlar yoki yog'larni saqlovchi preparatlar bilan aralashtirish mumkin emas.
- in'ektsiya vena ichiga tez yuborilganda qizish hissi yoki ko'p terlash, bosh aylanishi va ayrim hollarda, yurakni juda tez urib ketishi va aritmiyalar paydo bo'lishi mumkin. Preparatni vena ichiga asta-sekin yuborish kerak.
faol modda: peptidlar kompleksi - 215,2 mg;
yordamchi moddalar: natriy gidroksidi – 2,1 mg; in'ektsiya uchun suv – 1 ml gacha.
O'tkir holatlarda (ishemik insult, bosh - miya jarohati, neyrojarrohlik operasiyalardan keyingi asoratlarda) Tserabin-Ts ni vena ichiga tomchilab yuborish tavsiya qilinadi. Odatda in'ektsiyalar 10-20 kun davomida qilinadi, biroq ularni kasallikning rivojlanishi to'xtagunicha davom ettirish mumkin va in'ektsiyalar sonini haftada 2-3 kungacha kamaytirish mumkin. Davolash kurslari orasida tanaffus bo'lishi kerak. Simptomlar va pasientning yoshiga muvofiq dozani oshirish va/yoki o'zgartirish mumkin.
Mushak ichiga 5 ml gacha bo'lgan dozalari, vena ichiga 10 ml gacha bo'lgan dozalari yuboriladi. 10 - 30 ml dozasi vena ichiga tomchilab, asta-sekin 60 - 120 minut davomida 0,9% li izotonik eritmada, Ringer eritmasida, in'ektsiya uchun 5% li glyukoza eritmasida, dekstran 40 da suyultirilganidan keyin yuboriladi. Zarurat bo'lganida yurak-qon tomir preparatlari va vitaminlarni bir vaqtda yuborish mumkin, biroq bu holda ularni Tserabin-Ts bilan aralashtirish mumkin emas.
- kam hollarda istalgan faollashuv samarasi qo'zg'alish (tajovuz, chalkashish, uyqusizlik) bilan birga kechgan;
- kam hollarda ishtahani yo'qolishi, dispepsiya, diareya, qabziyat, ko'ngil aynishi kabi me'da-ichak buzilishlari kuzatilgan;
- in'ektsiya joyida qizarish, qichishish va yallig'lanish kabi reaktsiyalar;
- bir tadqiqotda giperventilyasiya, gipotoniya, holsizlik, tremor, depressiyalar, apatiyalar, bosh aylanishi va gripp simptomlari (shamollash, yo'tal, nafas yo'llarining infektsiyalari) ning kam hollari to'g'risida xabar berilgan. Tserabin-Ts qo'llanganida kuchli tutqanoq xurujlari va konvulsiyalarning alohida hollari to'g'risida xabar berilgan.
Tserabin-Ts ni infuziyalarda aminokislotalarning muvozanatlangan eritmalari bilan aralashtirish mumkin emas.
5 ampula yoki 5 flakon kontur uyali o'ramlarda karton qutiga (qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga) solingan.
Tserabin-Ts bosh miyaning aerob energetik metabolizmining samaradorligini oshiradi, rivojlanayotgan va qariyotgan miyada hujayra ichki oqsil sintezini yaxshilaydi.
Neyronlarni shikastlovchi ta'sirdan himoya qiladi.
Tserabin-Ts neyron-spesifik neyrotrofik faollikga ega.
Preparat anglash funktsiyasini buzilishlarida ijobiy ta'sir ko'rsatadi, diqqatni jamlashni, eslab qolish jarayonlarini va qisqa muddatli xotira bilan bog'liq axborotni qayta aytib berishni yaxshilaydi, ko'nikmalarni o'zlashtirish va saqlab qolish qobiliyatini oshiradi, aqliy faoliyati jarayonini faollashtiradi, kayfiyatni yaxshilaydi, ijobiy emosiyalarni shakllanishiga yordam berib, shu yo'l bilan xulq-atvorga uyg'unlashtiruvchi ta'sir ko'rsatadi.
Chiqarish shakllari