×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Serabin S konsentrati inyektsiya uchun 5ml N5

Kategoriya:
- Asab tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Janubiy Koreya
Faol modda:
пептиды
Qadoqda soni:
- 5
Ishlab chiqaruvchi:
- Unimed Pharm Inc.
Vakil:
- Pharmline Plus MChJ
ATX kodi:
- N06BX
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
5 ml eritma jigarrang ampulalarda, 10 ml eritma jigarrang shisha (I tipdagi) flakonlarda.

5 ampula yoki 5 flakon kontur uyali o'ramlarda karton qutiga (qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga) solingan.

Tserabin-Ts gematoentsefalik to'siqdan o'tuvchi va bevosita nerv hujayralariga kelib tushadigan quyi molekulyar biologik faol neyropeptidlarni saqlovchi kontsentratdir.

Tserabin-Ts bosh miyaning aerob energetik metabolizmining samaradorligini oshiradi, rivojlanayotgan va qariyotgan miyada hujayra ichki oqsil sintezini yaxshilaydi.

Neyronlarni shikastlovchi ta'sirdan himoya qiladi.

Tserabin-Ts neyron-spesifik neyrotrofik faollikga ega.

Preparat anglash funktsiyasini buzilishlarida ijobiy ta'sir ko'rsatadi, diqqatni jamlashni, eslab qolish jarayonlarini va qisqa muddatli xotira bilan bog'liq axborotni qayta aytib berishni yaxshilaydi, ko'nikmalarni o'zlashtirish va saqlab qolish qobiliyatini oshiradi, aqliy faoliyati jarayonini faollashtiradi, kayfiyatni yaxshilaydi, ijobiy emosiyalarni shakllanishiga yordam berib, shu yo'l bilan xulq-atvorga uyg'unlashtiruvchi ta'sir ko'rsatadi.

Har 1 ml quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: peptidlar kompleksi - 215,2 mg;

yordamchi moddalar: natriy gidroksidi – 2,1 mg; in'ektsiya uchun suv – 1 ml gacha.

- juda kam hollarda teri reaktsiyalari, mahalliy qon tomirlarining reaktsiyalari, bosh og'rig'i, bo'yin va qo'l-oyoqlar og'riqlari, isitma, belda og'riq, hansirash, et uvishishi va shok holati kabi allergiya va o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari kuzatilgan;

- kam hollarda istalgan faollashuv samarasi qo'zg'alish (tajovuz, chalkashish, uyqusizlik) bilan birga kechgan;

- kam hollarda ishtahani yo'qolishi, dispepsiya, diareya, qabziyat, ko'ngil aynishi kabi me'da-ichak buzilishlari kuzatilgan;

- in'ektsiya joyida qizarish, qichishish va yallig'lanish kabi reaktsiyalar;

- bir tadqiqotda giperventilyasiya, gipotoniya, holsizlik, tremor, depressiyalar, apatiyalar, bosh aylanishi va gripp simptomlari (shamollash, yo'tal, nafas yo'llarining infektsiyalari) ning kam hollari to'g'risida xabar berilgan. Tserabin-Ts qo'llanganida kuchli tutqanoq xurujlari va konvulsiyalarning alohida hollari to'g'risida xabar berilgan.

- ishemik insult;

- surunkali tserebrovaskulyar patologiya;

- bosh miyaning travmatik shikastlanishlari;

- bolalarda aqliy rivojlanishni kechikishi;

- bolalardagi diqqat tanqisligi bilan bog'liq bo'lgan buzilishlar;

- turli genezli dementsiya sindromlari;

- Alsgeymer kasalligi;

- antidepressantlarga rezistent bo'lgan endogen depressiyada qo'llaniladi.

Preparatni quyidagi holatlarda:

- preparatning komponentlaridan biriga o'ta yuqori sezuvchanlik;

- tutqanoq;

- tutqanoq holatlari va katta tirishish xurujlarida (Tserabin-Ts xurujlar sonini oshirishi mumkin);

- buyrak funktsiyasini og'ir buzilishlarida;

- allergik diatezda;

- qon ivishining og'ir buzilishlari bo'lgan yoki oral antikoagulyantlarni (fenprokumon va varfarin) qabul qilayotgan pasientlarga mushak ichiga yuborilganda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.

Ehtiyotkorlik choralari

- Tserabin-Ts ni rn ni (rn 5,0-8,0) o'zgartiradigan preparatlar yoki yog'larni saqlovchi preparatlar bilan aralashtirish mumkin emas.

- in'ektsiya vena ichiga tez yuborilganda qizish hissi yoki ko'p terlash, bosh aylanishi va ayrim hollarda, yurakni juda tez urib ketishi va aritmiyalar paydo bo'lishi mumkin. Preparatni vena ichiga asta-sekin yuborish kerak.

Tserabin-Ts preparatining farmakologik profilidan kelib chiqib, antidepressantlar yoki Mao ingibitorlari bilan birga qo'llanganida bo'lishi mumkin bo'lgan additiv samaralariga alohida e'tibor berish kerak. Bunday hollarda antidepressantlarning dozasini pasaytirish tavsiya qilinadi. 

Tserabin-Ts ni infuziyalarda aminokislotalarning muvozanatlangan eritmalari bilan aralashtirish mumkin emas.

qahrabo rangli tiniq eritma

- O'rtacha simptomlarda 1-10 ml dan va og'ir simptomlarda 10-60 ml dan buyuriladi.

O'tkir holatlarda (ishemik insult, bosh - miya jarohati, neyrojarrohlik operasiyalardan keyingi asoratlarda) Tserabin-Ts ni vena ichiga tomchilab yuborish tavsiya qilinadi. Odatda in'ektsiyalar 10-20 kun davomida qilinadi, biroq ularni kasallikning rivojlanishi to'xtagunicha davom ettirish mumkin va in'ektsiyalar sonini haftada 2-3 kungacha kamaytirish mumkin. Davolash kurslari orasida tanaffus bo'lishi kerak. Simptomlar va pasientning yoshiga muvofiq dozani oshirish va/yoki o'zgartirish mumkin.

Mushak ichiga 5 ml gacha bo'lgan dozalari, vena ichiga 10 ml gacha bo'lgan dozalari yuboriladi. 10 - 30 ml dozasi vena ichiga tomchilab, asta-sekin 60 - 120 minut davomida 0,9% li izotonik eritmada, Ringer eritmasida, in'ektsiya uchun 5% li glyukoza eritmasida, dekstran 40 da suyultirilganidan keyin yuboriladi. Zarurat bo'lganida yurak-qon tomir preparatlari va vitaminlarni bir vaqtda yuborish mumkin, biroq bu holda ularni Tserabin-Ts bilan aralashtirish mumkin emas.

Hayvonlarda o'tkazilgan tadqiqotlar reproduktiv toksiklik belgilarini ko'rsatmagan, biroq, odamlarda bunday tadqiqotlar o'tkazilmagan. Shuning uchun homiladorlik va emizish davrida Tserabin-Ts ni faqat foyda/xavf sinchkov baholangandan keyingina qo'llash kerak.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

Serabin S konsentrati inyektsiya uchun 5ml N5 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
Serabin S konsentrati inyektsiya uchun 5ml N5 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
Serabin S konsentrati inyektsiya uchun 5ml N5 dori vositasi Unimed Pharm Inc. tomonidan Janubiy Koreya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
Serabin S konsentrati inyektsiya uchun 5ml N5 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
Serabin S konsentrati inyektsiya uchun 5ml N5 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
SEBROLAN inyeksiya uchun eritma 1ml 215,2mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: пептиды ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
Ishlab chiqaruvchining dorilari
UNICENTA inyeksiya uchun eritma 2ml N50
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9