×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

VERMUV suspenziya 10 ml 400 mg/10 ml

Kategoriya:
- Dori vositalari
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Farmakoterapevtik guruh:
- Antigel'mint vosita
Ishlab chiqaruvchi:
- Jurabek Laboratories, СП ООО
ATX kodi:
- Р02СА03
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

FAMVITAL kapsulalar 1g N90 CAPSUGEL Ploermel Frantsiya
EFFEKT YeRNAST kapsulalar Rusan Pharma LTD Индия
NEUROCOMPLEX KIDS stiki 1,5g N20 BIOTACT DEUTSCHLAND O'zbekiston
73 990 s`om dan
33 700 s`om dan
Yaroqlilik muddati (oy) 24
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi:

xar bir 10 ml suspenziya quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: albendazol - 400,0 mg

Yordamchi moddalar: glitserin, ksantan kamedi, polisorbat 80, metilparaben, sorbitol, banan aromatizatori, simetikon, in'ektsiya uchun suv- 10 ml gacha


Сhiqarilish shakli

Ichish uchun suspenziya,  10 ml preparat yunidozalarda (ampulalarda). 1 yunidozadan (ampuladan) qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutida joylashtirilgan.  

Ichish uchun suspenziya
Vermuv  farmakologik xususiyati faol modda – albendazol ta'siri bilan bog'liq bo'lgan, antigel'mint preparat hisoblanadi. Albendazol karbamatbenzimidazollar guruhiga mansub. Albendazolning ta'sir mexanizmi –bunda tubulin oqsili shikastlanib gelmintlarning ichak kanali hujayralarining mikrotubulyar tizimini faolligini  faoliyatini buzish bilan ifodalanadi.Buning natijasida xujayrada biokimyoviy buzilishlari kuzatiladi – metafaza bosqichidagi xujayra bo'linishi kamayishi asosida yotgan va tuxum xujayralarning kamayishi va gelmitlar lichinkalari rivojlanishi bilan bog'liq bo'lgan glyukoza va fumaratreduktoza transportiningbostirilishi. 

Albendazol yumaloq chuvalchanglarning mushak hujayralarida sekretor granulalar va boshqa organellalar harakatini bloklab, ularning o'limiga olib keladi.

Albendazol ko'plab ichak nematodalariga, shuningdek larval tsestodlar(lichinka bosqichi), shuningdek lyamblyalarga nisbatan samarali. Albendazol parazitlarga qarshi preparat sifatida yetarli keng ta'sir doirasiga ega.

So'rilishi. 

Ichilgandan keyin preparat me'da-ichak yo'llarida kam so'riladi, qon plazmasida o'zgarmagan ko'rinishida aniqlanmaydi. Ichilganda biokirisha olishlik past. Yog'li ovqatlarni iste'mol qilinganda so'rilishni va maksimal kontsentratsiyani 5 martaga oshiradi.

Metabolizmi. 

Albendazol jigarda antigel'mint faollikka ega bo'lgan albendazolning birlamchi metaboliti sul'foksidga tezaylanadi.

Taqsimlanishi. 

Albendazol sul'foksidining maksimal kontsentratsiyasi qon plazmasida qabul qilingandan keyin 2-5 soatda erishiladi.  Metabolitning 70% plazma oqsillari bilan bog'langan va organizm bo'ylab to'liq taqsimlanadi: siydikda, safroda, jigarda, gelmintlar tuxumlarining devorida va suyuqligida va orqa miya suyuqligida aniqlanadi.

Сhiqaralishi. 

Jigarda albendazol sul'foksidi albendazol sul'fonga (ikkilamchi metabolit) va boshqa oksidlangan mahsulotlarga aylanadi.Albendazol sul'foksidining yarim chiqarilish davri - 8-12soat. Buyraklar orqali turli metabolitlar ko'rinishida chiqariladi. Albendazol va albendazol sul'foksidini buyraklar orqali chiqarilishi ahamiyatsiz. Buyrak funktsiyasi buzilishi bo'lgan patsientlarda klirensi o'zgarmaydi.

Jigar shikastlanishi bo'lgan patsientlarda–biokirishaolishligi ortadi, qon plazmasida albendazol sulfoksidining maksimal kontsentratsiyasi 2 martaga oshadi, yarim chiqarilish davri esa uzayadi.

Albendazol odam jigar xujayralarida CYPA2 tsitoxromni induktsiya qiladi, ko'plab dori preparatlarning metabolizmini tezlashtiradi.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan:funktsional jigar sinovlari o'zgarishlar bilan jigar funktsiyalarini buzilishi ("jigar" transaminazalar faolligini yengil yoki o'rtacha ortishi), gepatit, o'tkir jigar yetishmovchiligi, epigastriyada og'riq, anoreksiya, qabziyat, diareya va og'iz qurushi, ko'ngil aynishi, qusish.

Qon yaratish tizimi tomonidan:suyak ko'migining qon yaratishni bostirilishi (leykopeniya, granulotsitopeniya, agranulotsitoz, trombotsitopeniya, pantsitopeniya, aplastik anemiya, suyak ko'migining faoliyatini susayishi neytropeniya).

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: qon bosimini oshishi.

Markaziy nerv tizimi tomonidan, bosh og'rig'i va aylanishi, meningeal belgilar, simptomlar, bosh mi yaichki bosimini oshishi.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: buyrak funktsiyasi ko'rsatkichlarining o'zgarishi (o'tkir buyrak yetishmovchiligi).

Teri qoplamalari tomonidan: qichishish, teri toshmasi, ko'p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi.

Allergik reaksiyalar: angionevrotik shish, tezkor tipdagi o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari.

Boshqalar: gipertermiya, alopetsiya.

Agar yo'riqnomada ko'rsatilgan xar qanday nojo'ya samaralar kuchaygan bo'lsa yoki yo'riqnomalarda ko'rsatilgan boshqa nojo'ya samaralar paydo bo'lsa, bu haqida shifokorga xabar berish kerak. 

Shifokor retsepti bo'yicha.

Barcha oila a'zolarini bir vaqtda davolashni o'tkazish tavsiya etiladi.

Qonning hujayra tarkibini kuzatish tavsiya etiladi; leykopeniya paydo bo'lganida, preparat bilan davolash to'xtatiladi.

Ko'zning shikastlanishi bilan kechgan neyrotsistitserkozda davolanishni boshlashdan oldin ko'z to'r pardasining patologiyasini og'irlashish xavfi tufayli to'r pardani tekshirish kerak.

Tug'ish yoshdagi ayollarda davolanishni boshlashdan oldin homiladorlikka testi o'tkaziladi. Davolash paytida va tugaganidan keyin 1 oy davomida ishonchli kontratseptsiya zarur. 

Shuni esda tutish kerakki, albendazolni va har qanday boshqa gijjaga qarshi preparatlarni qo'llashdan oldin, yaxshilab, xonani tozalash, bolalar o'yinchoqlarini yuvish, xar kuni (ertalab va kechqurun) gigienik chora tadbirlarni bajarish, ichki kiyimni almashtirish kerak. Davolash paytida va preparatni qabul qilgandan keyin bir necha kun o'tgach, choyshabni tez-tez o'zgartirish yoki issiq dazmol bilan dazmollash tavsiya etiladi. 

Albendazol va teofillin bir vaqtda qo'llash teofillinning toksik ta'sir xavfini oshirishi mumkin (ko'ngil aynishi, qusish, yurak tez-tez urishi, tirishish xurujlari).Albendazolning yagona dozalari teofillin metabolizmini ingibitsiya qilmaydi ham,  albendazol gepatotsitlarda tsitoxrom R4501A ni induktsiya qiladi. Shu tufayli albendazol bilan davolash vaqtida teofillinning plazmadagi kontstsentratsiyalarini nazorat qilish tavsiya etiladi.

Albendazolni qabul qilishda patsientlar greypfrut mahsulotlarini iste'mol qilishdan saqlanish kerak, chunki albendazolning plazmadagi kontsentratsiyasi oshishi mumkin, bu salbiy reaktsiyalar xavfini oshiradi.

Homiladorlik va emizish davrida qo'llanishi:

Albendazol homiladorlik  va emizish davrida qo'llash mumkin emas.

Avtotransport haydash va mexanizmlarini boshqarish qobiliyatiga ta'siri 

Davolash paytida transport vositalarini boshqarish va  yuqori diqqat e'tibor va psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab qiluvchi faoliyatning potentsial xavfli turlari bilan shug'illanishdan saqlanish kerak, chunki preparat bosh aylanishi va boshqa nojo'ya samaralar ko'rsatilgan qobiliyatlarga ta'sir qilishi mumkin.

Nematodozalar:

askaridoz, qo'zg'atuvchi – yumaloq gel'mint Ascaris lumbricoidesl;

trixotsefalez (vlasoglav), qo'zg'atuvchi – yumaloq gel'mint  Trichocephalus trichiurus;

enterobioz (ostritsalar), qo'zg'atuvchi – yumaloq gel'mint Enterobius vermicularis;

ankilostomidozlar (krivogolovkalar) qo'zg'atuvchi–Ancylostoma duodenalc va Necator americanus;

trixinellez, qo'zg'atuvchi - Trichinella spiralis;

toksokaroz, qo'zg'atuvchi - Toxocara canis;

lyamblioz, qo'zg'atuvchi - Giardia intestinalis;

strogiloidoz (ichak ugritsasi), qo'zg'atuvchi – yumaloq gel'mint Strongiloides strcoralis, xamda aralash invaziyalar.

To'qima tsestodozalar:

Neyrotsistitserkoz, qo'zg'atuvchi–Cysticercus cellulosus cellulosus (cho'chqa tasmasimonining lichinkali bosqichi);

jigar, o'pkalar, qorin pardaning gidatidoz exinokokkozi, qo'zg'atuvchi–Echinococcus granulosus (it tasmasimon chuvalchangining lichinkali bosqichi);

al'veolyar exinokokkozning jarrohlik davolashida yordamchi vosita sifatida, qo'zg'atuvchi–Echinococcus multilocularis qo'llanadi.


- Albendazolga, preparatning boshqa komponentlariga  va boshqa benzimidazol hosilalariga yuqori sezuvchanlik;

- fruktozani o'zlashtira olmaslik;

- ko'z to'r pardasi patologiyasi:

- 1 yoshgacha bo'lgan bolalar;

- homiladorlik va emizish davrida

Ehtiyotkorlik bilan:

Albendazol jigar funktsiyasini buzilishlarida (davolashdan oldin yoki davolash vaqtida jigar funktsiyasini muntazam nazorat qilish kerak), suyak ko'magining qon yaratishni bostirilishi, jigar tsirrozda extiyotkorlik bilan qo'llanadi.


Albendazol prazikvantel, deksametazon va tsimetidin bilan bir vaqtda qo'llash qonda albendazol sulfoksidining kontsentratsiyasini oshirishi mumkin. Karbamazepin, fenitoin, fenobarbital va oddiy jen'shen' bilan bir vaqtda qo'llash ichakda albendazol kontsentratsiyasini pasayishiga olib kelishi mumkin. 

Albendazol va teofillin bir vaqtda qo'llanganda teofilinni toksik ta'sirning (ko'ngil aynishi, qusish, yurak tez-tez urishi, tirishish xurujlari) xavfini oshishiga olib kelishi mumkin.

Quruq, yorug'likdan ximoyalangan joyda, 25 0S dan yuqori bo'lmagan xaroratda saqlansin. Bollar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlik muddati

2 yil.

Yaroqlilik muddati o'tkandan so'ng ko'llanilmasin.


Oq yoki deyarli oq rangli banan hidli, bir xil taqsimlangan zarrachalari bilan suspenziya. 
Ovqat qabul qilish vaqtida yoki undan keyin ichga qabul qilinadi. Hech qanday maxsus tayorgarlik yoki parhez talab qilinmaydi.

Preparat kattalar va 1 yoshdan katta bolalarga qo'llash uchun mo'ljallangan.

Preparatning dozasi invaziya turiga va patsientning tana vazniga qarab individual belgilanadi. Dozani 400 mg dan 200 mg gacha pasaytirish zarurati, bolanning tana vazni 10 kg dan kam bo'lganda yuzaga kelishi mumkin. Biroq, bolalarda dozani kamaytirish uchun hech qanday asos umuman olganda yo'q. 

Maksimal sutkalik doza - 800 mg.

Bolalarda, imkon qadar, uzoq vaqt davomida albendazolning yuqori dozalarini qo'llashdan saqlanish kerak.

Nematodozalarda  (shu jumladan, askaridozda, trixotsefalezda, nekatorozda)

Yumaloq chuvalchanglarni invaziyasini davolashda standart doza kattalar va 60 kg yoki undan ortiq tana vazniga ega bo'lgan bolalar uchun - 400 mg (10 ml suspenziya) sutkada bir marta;

kattalar va vazni 60 kg dan kam bo'lgan bolalar uchun -1 kg tana massasiga 15 mg bir marta;

1 dan 2 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun 200 mg (5 ml suspenziya) dozani qo'llash kerak.

Enterobiozda kattalar va 2 yoshdan katta bo'lgan bolalar 400 mg dan bir marta qabul qiladi (10 ml suspenziya); 1 yoshdan 2 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun 200 mg dozani bir marta qabul qilish kerak (5 ml suspenziya).

Kerak bo'lganda 14 kundan keyin xuddi shunday doza va tartibda davolash kursini takrorlanadi.

Strongiloidozda. Ankilostomidozda kattalar va 2 yoshdan katta bo'lgan bolalar 400 mg dan3 kun davomida bir martadan qabul qiladi (10 ml suspenziya). 1 dan 2 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun doza 200 mg (5 ml suspenziya) ni tashkil qiladi. Bir haftadan so'ng, davolash tsiklini xuddi shunday dozalarda takrorlash tavsiya etiladi.

Trixinellezda preparatni 400 mg (10 ml suspenziya) dan kuniga 2 marta 10 -14 kun davomida qabul qilinadi. Og'ir invaziyada va a'zolarning shikastlanishida (miokardit, pnevmonit, meningoentsefalit) glyukokortikosteroid va simptomatik vositalar ham qabul qilinadi.

Toksokarozda kattalar va tana vazni 60 kg va undan ko'p bo'lgan 14 yoshdan katta bolalar: 400 mg (10 ml suspenziya) dan bir sutkada 2 marta 10 kun davomida ichilada; vazni 60 kg dan kam bo'lgan bemorlar 200 mg (10 ml suspenzii) dan sutkada 2 marta 10 kun davomida ichilada; 2-14 yoshdagi bolalar 1 kg tana vazniga 10 mg dan 10 kun davomida sutkada 2 marta qabul qilinadi. Davolashning takroriy kurslarini 2 hafta/oy intervalida o'tkazish talab qilinadi. Davolash jarayonida periferik qon (har 5-7 kunda bir marta) va aminotransferazalarni shu muddatlarda kuzatish kerak.

Lyambliozda: sutkada bir marta 400 mg dan 3 kun davomida. Tana vazni 10 kg dan kam bo'lgan bolalar 200 mg sutkada 1 marta 5 kun davomida buyuriladi.

Aralash invaziyalarda preparatni 400 mg dan sutkada 2 marta 3 kun davomida ichiladi.Kerak  bo'lganda, davolash kursini 1 oydan keyin takrorlash mumkin.

Neyrotsistitserkozda va gidatidoz exinokokkozda 60 kg yoki undan ortiq tana vazni bo'lgan patsientlar 400 mg (10 ml suspenziya) sutkada 2 marta, 60 kg dan kam tana vazni bo'lgan patsientlar - kuniga 1 kg tana vazniga 15 mg 2 marta; maksimal sutkalik doza 800 mg. Neyrotsikerkoz da davolash kursi 28-30 kun (preparatni qabul qilishdan 2 kun oldin va glyukokortikoid preparatlarni qabul qilishning birinchi haftasida), exinokokkozda –28 kundan 3 tsikl, tsikllar orasida 14 kunlik tanaffus bilan buyuriladi.

Preparatni qo'llashdan oldin klinik qon tahlili va biokimyoviy qon tahlili zarur. Davolash laboratoriya ko'rsatkichlari normal bo'lganda amalga oshiriladi. Davolash jarayonida qon va aminotransferazalar tahlili har 5-7 kunda olib boriladi. Leykotsitlarni 3.0x109 dan kamayishida va aminotransferazalar faoligi 2 marta ko'tarilganda ko'rsatkichlar normalashgunga qadar davolashni to'xtatib turish kerak

Preparat bilan davolashni laboratoriya ko'rsatkichlari davolash boshlanishidan oldin bo'lgan darajaga qaytganidan so'ng qayta boshlash mumkin, shuningdek davolash vaqtida laboratoriya tekshiruvlari muntazam ravishda olib borilishi kerak.

Davolash paytida va toksik ko'rinishlarda gepatoprotektorlarni buyurish samarasiz bo'lib, preparatni bekor qilish kerak.

Al'veolyar exinokokkozni Verfum bilan davolashda qo'shimcha vosita hisoblanadi.

Preparatning dozasi va tartibi gidatidoz exinokokkoz kabi bir xil.Davolash kursi va davomiyligi patsientning holati va preparatning qanday qabul qilinishi bilan belgilanadi..

Simptomlari: dozaga bog'liq nojo'ya samaralarning kuchayish.

Davolash: me'da yuvish, faollashtirilgan ko'mir qo'llash, simptomatik davolash.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

VERMUV suspenziya 10 ml 400 mg/10 ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
VERMUV suspenziya 10 ml 400 mg/10 ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
VERMUV suspenziya 10 ml 400 mg/10 ml dori vositasi Jurabek Laboratories, СП ООО tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
VERMUV suspenziya 10 ml 400 mg/10 ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
VERMUV suspenziya 10 ml 400 mg/10 ml dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
YUVIRA-400 suspenziya 10 ml 400 ml/10 ml N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 10 ml 400 ml/10 ml N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 10 ml 400 ml/10 ml N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 10 ml 400 ml/10 ml N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 10 ml 400 ml/10 ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 5 ml 400 ml/10 ml N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 5 ml 400 ml/10 ml N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 5 ml 400 ml/10 ml N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 5 ml 400 ml/10 ml N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 5 ml 400 ml/10 ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 10 ml 200 mg/5 ml N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 10 ml 200 mg/5 ml N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 10 ml 200 mg/5 ml N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 10 ml 200 mg/5 ml N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 10 ml 200 mg/5 ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 5 ml 200 mg/5 ml N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 5 ml 200 mg/5 ml N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 5 ml 200 mg/5 ml N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 5 ml 200 mg/5 ml N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 5 ml 200 mg/5 ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
ENOKSAPARIN-JL eritma 1 ml 8000 ME/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
ENOKSAPARIN-JL eritma 1 ml 8000 ME/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
Narh: 65 400 so'mdan Batafsil
ENOKSAPARIN-JL eritma 1 ml 6000 ME/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
ENOKSAPARIN-JL eritma 1 ml 6000 ME/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
ENOKSAPARIN-JL eritma 1 ml 4000 ME/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9